Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida 2022-2023 o’quv yili uchun qabul jarayonlari 2022-yilning 6-iyunidan — 10 iyuligacha davom etadi
Qutb Xorazmiy. Xusrav va Shirin
Adobe Acrobat
Adobe Acrobat – это пакет программ для создания и редактирования документов в формате pdf. Включает в себя средство просмотра документов Reader, конвертер Distiller, «виртуальный принтер» PDF-Writer и ряд других составляющих, полный набор которых зависит от версии пакета. Активно используется в сфере бизнеса, науки и образования, упрощает обмен документами, помогает экономить время и деньги.
Adobe Acrobat дает возможность контролировать процесс передачи информации, управлять им и анализировать его эффективность, осуществлять сбор данных, организовывать совместную работу с документами, выводить их на печать, проводить онлайн-конференции. Позволяет создавать файлы pdf из любых приложений с функцией печати, от Microsoft Office и Outlook до сложных профессиональных программ для создания чертежей, таблиц и полноцветных изображений. В pdf файл можно конвертировать электронные сообщения, технические чертежи, служебную документацию, веб-сайты, таблицы и многие другие виды данных, с сохранением целостности и внешнего вида оригинальных документов.
Краткий перечень возможностей Adobe Acrobat
Преобразование в формат PDF файлов, созданных в сторонних приложениях – Internet Explorer, Microsoft Office, AutoCAD, Microsoft Visio и др. Приложения пакета поддерживают текст, изображения, таблицы и мультимедийные объекты, позволяют полностью сохранять структуру документов.
Модификация PDF файлов – редактирование текста и графических элементов, добавления новых мультимедийных объектов и комментариев, сохранение документа в другом формате.
Объединение в одном документе файлов, созданных в разных приложениях – в целях систематизации данных и приведения их в удобную для обмена форму.
Подготовка документов к выводу на печать – пакет предоставляет комплекс мощных средств для их обработки, обеспечивает рецензирование.
Создание электронных архивов – с возможностью просмотра и рецензирования проектной и технической документации.
Сбор данных при помощи анкет pdf – путем создания всевозможных электронных форм и их рассылки пользователям по электронной почте. Данные заполненных анкет можно накапливать в системах архивирования и заносить в специальные таблицы.
Горячие клавиши Adobe Acrobat
- Shift + Z – переключение инструментов масштабирования;
- Shift + F – переключение инструментов форм;
- Shift + M – переключение мультимедийных инструментов;
- Shift + T – переключение инструментов редактирования текста;
- Shift + D – переключение инструмента пометок;
- Shift + Ctrl + T – вставка пустой страницы;
- Ctrl + Shift + F6 – переход к предыдущему документу.
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutida 2022-2023 o’quv yili uchun qabul jarayonlari 2022-yilning 6-iyunidan — 10 iyuligacha davom etadi.
Topshiriladigan hujjatlar ro’yxati
- Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (Fuqarolik passporti yoki ID karta)
- Ma’lumotini tasdiqlovchi hujjat asl nusxa (Umumiy o’rta ta’lim shahodatnomasi yoki O’rta maxsus ta’lim diplomi)
- 3.5-4.5 hajmdagi 8 dona surat.
60310903-Psixologiya (amaliy psixologiya) ta’lim yo’nalishiga hujjat topshirganlar soni 73 ta
60112600-Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) ta’lim yo’nalishiga hujjat topshirganlar soni: 53 ta
60111800— Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) talim yo`nalishiga hujjat topshirganlar soni : 65 ta
60310903 — Psixologiya (Amaliy psixologiya ) Sirtqi ta’lim yo’nalishiga hujjat topshirganlar soni : 118 ta
Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari:
60310903 — Psixologiya (Amaliy psixologiya ) Ta’lim tili : o’zbek
1-fan Biologiya- (30 ta savol) 3.1 ball = 93 ball
2-fan Ona-tili va adabiyot- (30 ta savol) 2.1 ball = 63 ball
3-fan O’zbekiston tarixi (10 ta savol ) 1.1 ball = 11 ball
4-fan Ona-tili — (10 ta savol ) 1.1 ball = 11 ball
yo`nalishining umumiy tavsifi
60310903-Psixologiya (amaliy psixologiya) ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo`yicha o`qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.
1.2.1. 60310903-Psixologiya (amaliy psixologiya) ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:
60310903-Psixologiya (amaliy psixologiya) — sosiologiya va psixologiya sohasidagi yo`nalish bo`lib, maktabgacha ta’lim, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat va nodavlat muassasalarida; ommaviy axborot vositalari, davlat va mahalliy boshqaruvi organlari, har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida; xususiy psixologik xizmat ko`rsatish markazlarida psixologik yordam ko`rsatish; O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi orqali psixodiagnostik tadbirlar uyushtirish; o`zini o`zi boshqarish organlari, Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi tasarrufidagi muassasalarda, reabilitasiya markazlarida, sport jamoalarida psixologik xizmat ko`rsatish; Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy bo`limlarda, huquqni muhofaza qilish idoralarida psixologik yordam ko`rsatish bilan bog`liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
60310904- Psixologiya ( Oila psixologiyasi ) Ta’lim tili : o’zbek
1-fan Biologiya- (30 ta savol) 3.1 ball = 93 ball
2-fan Ona-tili va adabiyot- (30 ta savol) 2.1 ball = 63 ball
3-fan O’zbekiston tarixi (10 ta savol ) 1.1 ball = 11 ball
4-fan Ona-tili — (10 ta savol ) 1.1 ball = 11 ball
60310904- Psixologiya (oila psixologiyasi) talim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi, Barcha talim shakllari bo`yicha O`qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.
1.2.1. 60310904- Psixologiya (oila psixologiyasi) ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatnning sohalari:
60112600 – Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til ( Ingliz tili )
1-fan Ingliz tili – ( 30 ta savol ) 3.1 ball = 93 ball
2-fan Ona-tili va adabiyot – (30 ta savol) 2.1 ball = 63 ball
3-fan O’zbekiston tarixi (10 ta savol ) 1.1 ball = 11 ball
4-fan Ona-tili — (10 ta savol ) 1.1 ball = 11 ball
1.2.1. 5112200-Maktabgacha va boshlang`ich ta’limda xorijiy til (tillar buyicha) ta’lim yunalishi buyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:
60111800 – Xorijiy til va adabiyoti ( Ingliz tili )
1-fan Ingliz tili – ( 30 ta savol ) 3.1 ball = 93 ball
2-fan Ona-tili va adabiyot – (30 ta savol) 2.1 ball = 63 ball
3-fan O’zbekiston tarixi (10 ta savol ) 1.1 ball = 11 ball
4-fan Ona-tili — (10 ta savol ) 1.1 ball = 11 ball
60111800— Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) ta’lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Kredit-modul tizimining nazariy va amaliy mashgulotlarini to`liq o`zlashtirgan, yakuniy davlat attestasiyasidan muvaffakiyatli o`tgan shaxsga “bakalavr” malakasi (darajasi), Chet tili va adabiyoti o`qituvchisi kvalifikasiyasi beriladi hamda oliy ma’lumot to`g`risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi. Barcha ta’lim shakllari bo`yicha o`qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.
1.1.Qo`llanish sohasi.
60110500 — Boshlang‘ich ta’lim Ta’lim tili : o’zbek
1-fan Matematika – (30 ta savol ) 3.1 ball = 93 ball
2-fan Ona-tili va adabiyot – (30 ta savol ) 2.1 ball =63 ball
3-fan O’zbekiston tarixi (10 ta savol ) 1.1 ball = 11 ball
4-fan Ona-tili — (10 ta savol ) 1.1 ball = 11 ball
60110200 — Maktabgacha ta’lim Ta’lim tili : o’zbek
1-fan Biologiya- (30 ta savol) 3.1 ball = 93 ball
2-fan Ona-tili va adabiyot- (30 ta savol) 2.1 ball = 63 ball
3-fan O’zbekiston tarixi (10 ta savol ) 1.1 ball = 11 ball
4-fan Ona-tili — (10 ta savol ) 1.1 ball = 11 ball
60110200 — Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining obyektlari:
— ta’lim jarayoni; o’qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlari; — ta’limning nazariy masalalari; o’qitish metodikasi; — loyihalashtirish asosida o’quv jarayonini boshqarish texnologiyalari, ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini loyihalashtirish va tashkil etish jarayoni.
shaxsiy va kasbiy axborot maydonini shakllantirish jarayoni, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayoni; ta’lim sohasidagi muammolar va ularning yechimlarini topishni tashkil etish jarayoni; ta’limni boshqarish va pedagogik jarayonni tashkil etish; — mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlari jarayonlari ; — maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi bo’lib faoliyat yuritishi, o’rta maxsus kasb- hunar kollejlarida kasbiy fanlardan o’rnatilgan tartibda dars berish; — maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi bo’lib ishlash; — ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash;
Rafiyev ona tili va adabiyot pdf скачать
Gulbahor Said G’ani. Yovvoyi ushshoq
Muallif: Gulbahor Said G’ani
Hajmi: 196 Kb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
Gulbahor Said G’ani. Baribir baxtliman
Muallif: Gulbahor Said G’ani
Hajmi: 260 Kb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
Gulbahor Said G’ani. Qo’shig’imni kutmoqda dunyo
Muallif: Gulbahor Said G’ani
Hajmi: 267 Kb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
Shavqi Guliston (eski o’zbek yozuvida)
Muallif: Sa’diy Sheroziy
Hajmi: 19,7 Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
Mir Ammon Dehlaviy. Bog’u bahor
Muallif: Mir Ammon Dehlaviy
Hajmi: 5,68 Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
Navoiy asarlari lug’ati
Tuzuvchilar: Porso Shamsiyev, S.Ibrohimov
Hajmi: 20,0 Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz – Зиё истаган қалблар учун!
Меню пользователя AbdulAziz |
Посмотреть профиль |
Посетить домашнюю страницу AbdulAziz |
Найти ещё сообщения от AbdulAziz |
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA: AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273 2,100/980
Jahon adabiyoti – 1999, № 4
Hajmi: 11,4 Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
Jahon adabiyoti – 1997, № 7
Hajmi: 10,3 Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
Sharq yulduzi – 1999, № 2
Hajmi: 8,22 Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
Звезда Востока – 1996, № 3
Hajmi: 7,32 Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
Звезда Востока – 1994, № 7-8
Hajmi: 7,26 Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
Звезда Востока – 1994, № 11-12
Hajmi: 7,03 Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz – Зиё истаган қалблар учун!
Меню пользователя AbdulAziz |
Посмотреть профиль |
Посетить домашнюю страницу AbdulAziz |
Найти ещё сообщения от AbdulAziz |
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA: AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273 2,100/980
Sayfi Saroyi. Gulistoni bit-turkiy
Muallif: Sayfi Saroyi
Hajmi: 3,94 Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
Qutb Xorazmiy. Xusrav va Shirin
Muallif: Qutb Xorazmiy
Hajmi: 5,57 Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
Ma’rufjon Yo’ldoshev. Badiiy matn lingvopoetikasi
Muallif: Ma’rufjon Yo’ldoshev
Hajmi: Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
Ma’rufjon Yo’ldoshev. Cho’lpon so’zining sirlari
Muallif: Ma’rufjon Yo’ldoshev
Hajmi: 4,14 Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
A.Muxtorov, U.Sanaqulov. O’zbek adabiy tili tarixi
Muallif: A.Muxtorov, U.Sanaqulov
Hajmi: 6,51 Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
U.Tursunov, B.O’rinboyev, A.Aliyev. O’zbek adabiy tili tarixi
Muallif: U.Tursunov, B.O’rinboyev, A.Aliyev
Hajmi: 9,40 Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
X.Abdurahmonov, A.Rafiyev, D.Shodmonqulova. O’zbek tilining amaliy grammatikasi
Muallif: X.Abdurahmonov, A.Rafiyev, D.Shodmonqulova
Hajmi: 8,10 Mb
Fayl tipi: pdf
Saqlab olish
Rafiyev ona tili va adabiyot pdf скачать
Foto: Ўзбекистон президенти матбуот хизмати
Shavkat Mirziyoyev barcha sohalarda o‘zbek tilidan to‘laqonli foydalanish, lotin yozuviga asoslangan alifboni takomillashtirish va boshqa millat vakillarining til o‘rganishi uchun sharoitlar yaratishning muhimligini ta’kidladi.
Кириллчада 22 oktabr 2019, 09:11 Siyosat
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va nufuzini oshirish bo‘yicha vazifalarni sanab o‘tdi. Quyidagi davlat rahbari nutqining o‘zbek tiliga bag‘ishlangan qismini e’tiboringizga havola etamiz.
Qadrli vatandoshlar!
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir.
Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin.
Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining tarixi xalqimizning ko‘p asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va g‘alabalari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar.
O‘tmishda o‘lkamizni bosib olgan turli yovuz kuchlar bizni avvalo o‘z tilimizdan, tariximiz va madaniyatimizdan, dinu diyonatimizdan judo qilishga qayta-qayta urindilar. Ular el-yurtimiz boshiga qanday azob-uqubatlar, kulfat va musibatlar solgani tarixdan yaxshi ma’lum.
Ammo jasur va matonatli xalqimiz har qanday og‘ir sinovlarda ham o‘z ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashdi. Bu yo‘lda behisob qurbonlar berdi. Har qanday zulm va zo‘ravonliklarga qaramasdan, o‘z ona tilini — milliy g‘ururini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni har tomonlama rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol yetkazib berdi.
Bu borada ma’naviy jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan buyuk arboblarimiz, adib va olimlarimiz, ulamolarimiz, ulug‘ san’atkorlarimizning xotirasini bugun hurmat va ehtirom bilan yod etamiz.
Ushbu qutlug‘ ayyomni bayram qilar ekanmiz, avvalo, 1989 yil 21 oktyabr sanasini — «Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunni eslashimiz o‘rinlidir.
Yurtimizda mustabid tuzum hali o‘z hukmini o‘tkazib turgan g‘oyat og‘ir sharoitda xalqimizning taqdiri va kelajagini hal qiladigan bu qonunni qabul qilish biz uchun oson kechmagan edi.
Qonun loyihasi ikki marta umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan edi. Uning atrofida qanday qizg‘in bahs va tortishuvlar bo‘lib o‘tganini, o‘ylaymanki, ko‘pchilik yurtdoshlarimiz juda yaxshi eslaydi. Shaxsan men ham o‘shanda bu tarixiy jarayonlarning bevosita guvohi va ishtirokchisi bo‘lganman.
Bu muhim hujjatning qabul qilinishida fidoyi va vatanparvar ziyolilarimiz, keng jamoatchilikning qat’iy shijoati hamda Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning siyosiy irodasi katta o‘rin tutdi.
O‘zbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Ayni vaqtda u O‘zbekistonning davlat mustaqilligi sari qo‘yilgan birinchi dadil qadam edi.
Bu qonun xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilash yo‘lidagi azmu qarorining yorqin namoyoni bo‘ldi. Oradan ikki yil o‘tib, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi aynan ona tilimizda jahonga e’lon qilindi.
Mamlakatimizning Asosiy qonuni — Konstitutsiyamizning o‘zbek tilida yaratilishi uning nufuzini yanada yuksaltirdi.
Yurtimiz bo‘ylab va xalqaro maydonlarda ona tilimizda yangrayotgan Davlat madhiyasi ham qalblarimizda Vatan tuyg‘usini jo‘sh urdiradi.
O‘zbek tili o‘tgan yillar davomida mamlakatimizdagi yuzdan ortiq millat va elat vakillarini o‘zaro bog‘laydigan mehr-oqibat tiliga aylandi.
Bundan besh asr muqaddam hazrat Alisher Navoiy:
«Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam”, deb yozgan edi. Ya’ni, ul zot ona tili bayrog‘ini baland ko‘tarib, butun el-ulusni, yurtlarni shu bayroq ostida birlashtirdim, deb iftixor qilgan.
Barchamizga yaxshi ayonki, ona tili — millat ma’naviyatining mustahkam poydevoridir. Ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti — bu uning milliy tili va adabiyotidir.
Shu ma’noda dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashni maqsad qilib qo‘ygan har qaysi davlat avvalo o‘z xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi.
Mustaqillik yillarida ona tilimizni tom ma’noda davlat tiliga aylantirish yo‘lida katta chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu o‘rinda bir fikrga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Hozirgi kunda Yer yuzida 7 mingdan ziyod til mavjud bo‘lsa, ularning faqat 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini huquqiy jihatdan muhrlab bergan mazkur qonunning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Bu tarixiy voqeadan so‘ng lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish haqida yana bir muhim qonun qabul qilindi.
Hurmatli vatandoshlar!
Bugun jonajon O‘zbekistonimiz «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan ustuvor g‘oya asosida o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda. Barcha sohalar bilan birga davlat tilining jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda.
Hozirgi kunda o‘zbek tili davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda faol qo‘llanmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.
Davlatimiz tomonidan ma’naviy hayotimizni yanada rivojlantirish, jumladan, ta’lim-tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan o‘nlab farmon va qarorlar o‘zbek tili ravnaqiga bevosita xizmat qilmoqda.
Bu haqda gapirganda, keyingi yillarda ona tilimizda faoliyat yuritadigan yuzlab bog‘chalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, yangi gazeta va jurnallar, tele-radio kanallar, nashriyotlar, madaniy-ma’rifiy muassasalar, kutubxonalar tashkil etilayotganini qayd etish lozim.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda folklorshunoslik, dialektologiya, turkologiya, matnshunoslik kabi yo‘nalishlar ochildi.
Bu borada yangi o‘quv dasturlari yaratilayotgani, darslik va qo‘llanmalar, risola va monografiyalar nashr etilayotgani, ilmiy anjumanlar, ommaviy axborot vositalarida o‘zbek tilining buguni va istiqboli haqida amaliy taklif va tashabbuslar bildirilayotgani g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Xabaringiz bor, azim poytaxtimiz markazidagi Milliy bog‘ hududida Adiblar xiyoboni bunyod qilinmoqda. Bu go‘zal maskanda barpo etilayotgan yodgorlik majmualari adabiyotimizning buyuk namoyandalari, o‘zbek tilining chinakam jonkuyarlari xotirasiga bag‘ishlangani ayniqsa e’tiborlidir.
Ona tilimiz va milliy adabiyotimizni ulug‘lash, uning boy xazinasi, tarovati va nafosatini yosh avlodimizga yetkazish maqsadida, yurtimizda atoqli shoir va adiblarimiz nomlaridagi ijod maktablarini tashkil etdik. Muhammad Rizo Ogahiy, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Qodiriy, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablarida eng avvalo o‘zbek tili va adabiyotini, badiiy ijod sirlarini chuqur o‘rganish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Hozirgi vaqtda o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni jahon miqyosida 50 million kishiga yaqinlashib qoldi. Bu ona tilimizning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.
Bugungi kunda xalqaro maydonda obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotgan O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qo‘shmoqda.
O‘zbek tili Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning 60 ga yaqin universitetlari va 100 dan ziyod maktablarida o‘rganilmoqda. O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim va tadqiqotchilar soni yil sayin ko‘paymoqda.
Shu borada mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari qoshida «O‘zbek tilining do‘stlari» klublari tashkil etilayotganini biz har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz.
Fursatdan foydalanib, bugungi quvonchimizga sherik bo‘layotgan chet davlatlarning muhtaram elchilarga, xalqaro tashkilotlar vakillariga ularning yurtlarida o‘zbek tiliga ko‘rsatilayotgan hurmat va e’tibor uchun tashakkur izhor etaman. Ayniqsa, O‘zbekistondagi xizmat faoliyati davomida o‘zbek tilini o‘rganib, faol muloqot qilayotgan xorijiy diplomatlarga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Sizlarga yaxshi ma’lum, yaqinda O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, nafaqat o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga, balki turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilining xalqaro maqomini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Kengash sammitida bildirgan tashabbuslarimiz, xususan, qardosh xalqlar adabiyotining eng sara namunalari mujassam bo‘lgan yuz jildlik «Turkiy adabiyot xazinasi» kitoblar turkumini a’zo davlatlarning ona tillarida nashr etish taklifimiz ijobiy qabul qilindi.
Aziz do‘stlar!
Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida bugun mamlakatimizda yana bir muhim qadam qo‘ydik. Men bugun «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdim. Unga binoan «Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, 21 oktyabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi.
O‘ylaymanki, o‘zbek tili bayramining mamlakatimiz va xalqaro miqyosda keng nishonlanishi xalqimizning milliy ruhi va g‘ururini yuksaltirish bilan birga, davlat tilini hayotimizda to‘laqonli joriy etishga xizmat qiladi.
Ushbu Farmonda ona tilimizning kelgusi taraqqiyotiga oid ko‘plab masalalar qatorida, Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha alohida tuzilma tashkil etilganini ham sizlarga ma’lum qilmoqchiman.
Bu tuzilma davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini, sohaga oid muammolarni tahlil etib, bu borada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Ayni paytda dunyoda ilm-fan va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib, mamlakatimizning xalqaro hamkorlik aloqalari tobora kengaymoqda. Natijada, hayotimizga chetdan ko‘plab yangi tushuncha, so‘z va iboralar kirib kelmoqda.
Globallashuv sharoitida milliy tilimizning sofligini saqlash, uning lug‘at boyligini oshirish, turli sohalarda zamonaviy atamalarning o‘zbekcha muqobilini yaratish, ularning bir xil qo‘llanishini ta’minlash dolzarb vazifa bo‘lib turibdi.
To‘g‘risini aytish kerak, bu masalada ham oqsoqligimiz bor edi. Shu munosabat bilan Farmonda yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste’molga kiritish borasidagi ishlarni tartibga soladigan Atamalar komissiyasini tuzish masalasini ham nazarda tutdik.
Ona tilimiz — milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.
Davlat tiliga bo‘lgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik mamlakatimizda bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.
Qadrli yurtdoshlar!
Ma’lumki, Vatanimiz necha yuz yillar mobaynida buyuk sivilizatsiya va madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan. Qadimdan diyorimizda xalqimiz bilan birga turli millat vakillari yelkadosh, ahil va hamjihat bo‘lib, tinch va osoyishta muhitda yashab keladilar.
O‘z tilini hurmat qilgan ma’rifatli el boshqalarning ona tiliga ham chuqur hurmat bilan qaraydi. O‘zbekistondagi bag‘rikenglik siyosati tufayli, hozirda yurtimizda yagona oila bo‘lib yashayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillariga o‘z ona tili, urf-odat va qadriyatlarini rivojlantirishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilmoqda. Toshkent shahri va joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan 140 ga yaqin milliy madaniy markazlar ayni shu maqsadga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya muassasalari va ommaviy axborot vositalari o‘zbek tili bilan birga qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida faoliyat olib borayotgani xalqaro jamoatchilik tomonidan ijobiy hodisa sifatida e’tirof etilmoqda.
Dono xalqimiz «Til bilgan — el biladi» deydi. Bu borada buyuk bobolarimiz ibrat va namuna ko‘rsatganlar. Xususan, Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Imom Buxoriy, Ahmad Farg‘oniy, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy kabi ulug‘ ajdodlarimiz o‘nlab tillarni puxta bilganlari uchun ham jahon ilm-fanining yuksak cho‘qqilarini zabt etganlar.
Bugungi kunda yurtimizdagi ta’lim maskanlarida ingliz, rus, nemis, fransuz, ispan, italyan, arab, fors, turk, xitoy, yapon, koreys, hind va urdu tillari chuqur o‘qitilayotgani bu an’analar davom etayotganining yorqin ifodasidir.
Biz yoshlarimizning jahon tillarini egallashga bo‘lgan ulkan qiziqish va intilishlarini har doim qo‘llab-quvvatlaymiz.
Men bugun aziz bolalarimizga murojaat qilib, ulug‘ alloma, XX asr boshida olti tilli — o‘zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillarida lug‘at tuzgan Ishoqxon Ibratning mana bu hikmatli so‘zlarini eslatmoqchiman: «Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat — bu vataniy ishdir».
O‘ylaymanki, bu so‘zlarga ortiqcha izohning hojati yo‘q.
Hurmatli anjuman qatnashchilari!
Ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada oshirish bo‘yicha oldimizda o‘ta muhim va dolzarb vazifalar turibdi.
Avvalo, bundan o‘ttiz yil muqaddam qabul qilingan «Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablari nuqtai nazaridan har tomonlama chuqur tahlil qilib, takomillashtirish zarurati sezilmoqda.
Yana bir muhim vazifa fundamental tadqiqotlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa tarmoqlarda davlat tilini to‘laqonli qo‘llash bilan bog‘liq.
O‘zbek tilining qo‘llanish doirasini kengaytirish, mamlakatimizda yashayotgan turli millatlarga mansub vatandoshlarimizning davlat tilini o‘rganishlari uchun tegishli sharoit yaratib berish, yurtimizda va xorijda o‘zbek tilini o‘rgatadigan o‘quv markazlarini ko‘paytirish zarur.
Shu maqsadda yangi darsliklar, qiyosiy va turli sohalarga oid lug‘atlar, ish yuritish va so‘zlashuv qo‘llanmalari nashr etish, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish, bu tizimga to‘liq o‘tish bo‘yicha hali ko‘p ish qilishimiz kerak.
Shuningdek, o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, shevalari, tarixiy taraqqiyoti, uning istiqboli bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar samarasini oshirish, kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga erishmog‘imiz zarur. Bu ishlar uchun moliyaviy resurslar va mablag‘larni aslo ayamasligimiz kerak.
O‘zining bebaho asarlari bilan ona tilimizning qadrini va qaddini tiklagan buyuk mutafakkir ajdodimiz Alisher Navoiy hayoti va ijodining mukammal ensiklopediyasini yaratish ham oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biridir.
Ayni paytda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz turli ma’lumotlarni asosan Internet va ijtimoiy tarmoqlardan olmoqda. Binobarin, ona tilimizni jozibali va qiziqarli tarzda taqdim etish, buning uchun o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini, onlayn darsliklar, elektron lug‘atlarni yaratish kerak. Internet imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib, o‘zbek tilini keng targ‘ib etish bo‘yicha ishlarimizni kuchaytirishimiz lozim.
Davlat tili masalasi milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lishi zarur. Yosh avlod qalbiga ona tilimizni bolalikdan singdirish maqsadida ta’limning barcha bosqichlarida o‘zbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o‘rgatishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Toki, bolalarimiz o‘zbek tilida ravon o‘qiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin.
Jamiyatimizda til bilan bog‘liq eng ko‘p muhokama qilinayotgan, haqli e’tirozlarga sabab bo‘layotgan mavzu — bu joy nomlarini belgilash masalasi, desak, xato bo‘lmaydi.
Afsuski, jamoat joylarida, ko‘chalarda, binolar peshtoqida toponimik belgilar, turli lavha va reklamalar ko‘pincha xorijiy tillarda, ma’naviyatimizga yot mazmun va shakllarda aks ettirilmoqda. Bu davlat tili talablariga, milliy madaniyat va qadriyatlarimizga bepisandlikdan, umumiy savodxonlik darajasi esa tushib ketayotganidan dalolat beradi.
Shu munosabat bilan, Vazirlar Mahkamasi Atamalar komissiyasi bilan birgalikda ushbu masalalarni keng jamoatchilik ishtirokida jiddiy o‘rganib chiqishi va tartibga solishi zarur.
Chunki ijtimoiy ob’ektlarga nom berish — bu shunchaki shaxsiy yoki xususiy ish emas. Bu barchamizning vatanparvarlik va ma’naviy saviyamizni yaqqol ko‘rsatadigan o‘ziga xos mezondir. Buni hech kim hech qachon unutmasligi kerak.
Biz xalqimizning taqdiri, ertangi kuni haqida o‘ylar ekanmiz, eng avvalo, millatimizning asl fazilatlarini, go‘zal urf-odatlarimiz, betakror san’atimiz va adabiyotimizni, ona tilimizni ko‘z qorachig‘iday saqlashimiz zarur.
Muxtasar aytganda, har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim.
Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak.