Press "Enter" to skip to content

Kelajak raqamli ta’lim ortida

— O‘z farzandlaringiz uchun mukammal maktabni qanday tasavvur qilasiz?

Raqamli darsliklar AR

“Raqamli darsliklar AR” ilovasi umumta’lim maktablari fanlarini o’zlashtirishda foydalaniladigan qo’shimcha ta’limiy resurslar jamlanmasidir. Ilovada “AR” — kengaytirilgan borliq texnologiyasidan foydalanish uchun darsliklarning bosma shakllari zarur.

Скриншоты

Что нового

  • Версия: 17
  • Обновлено: 2023-01-23 07:06:01 UTC

Version 17

Цена

  • Сегодня: Бесплатно
  • Минимум: Бесплатно
  • Максимум: Бесплатно
  • Дата выпуска: 2021-06-05 07:05:33 UTC

Отслеживайте цены » Добавить в список

Разработчик

  • Respublika ta’lim markazi
  • Платформы:Android Приложения (2) Android Игры (14)
  • Скидки: 0
  • Видео: 0
  • Рейтинги: 0
  • Отзывы: 0
  • Списки: 0 + 0
  • Очки:1 + 0 i
  • RSS:Подписаться

Kelajak raqamli ta’lim ortida

Yaqin kelajakda ta’lim tizimi qanday o‘zgarishi mumkin va nima uchun mukammal maktab dasturlarini yaratish kerak? Shu va boshqalar haqida ta’lim tizimi uchun innovatsion darsliklar yaratish guruhi rahbari Komil Allamjonov so‘zlab berdi.

— Raqamli darsliklarni nima uchun yaratmoqchisiz?

— Hayotimiz har jihatdan texnika va texnologiyalar bilan bog‘liq: ertalab soat bongidan boshlab to kun rejasini tuzish va o‘qish bilan yakunlashgacha. Biz ta’lim sifatini oshirish va rivojlantirish uchun texnologiyalardan manfaatli foydalanish imkoniyatini yaratishni istadik. Qachonki, planshet ta’lim olishning bir elementiga aylansa, bolalar o‘qish jarayoniga katta qiziqish bilan kirishadi. Bu o‘yin bilan klassik ta’limni birlashtirishga tengdir. Natijada o‘qish jarayoni yaxshilanadi, o‘zlashtirish, ta’lim darajasi va kadrlarni tayyorlash samaradorligi oshadi. Bilimli avlod, professional kadrlar — bu jamiyatning keng miqyosda rivojlanishining garovidir.

— Raqamli darsliklar qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

— Loyihani boshlashdan avval biz fokus-guruh tashkil qildik, axborotni qabul qilishning samarali usullari bo‘yicha tadqiqotlar olib bordik. Shuningdek, texnologiyalarning sog‘liqqa ta’sirini tahlil qilish maqsadida bu jarayonga psixologlar, tibbiyot xodimlarini jalb etdik. Natijada biz yaratayotgan o‘quv darsliklari bilim olish jarayonini qiziqarli, yengil, esda qolarli va zararsiz qilishga yo‘naltirildi. Buning uchun deyarli barcha sezgi organlari hamda axborotni qabul qilishning barcha usullari harakatga keltiriladi. Birgina sahifada bir vaqtning o‘zida ham matn, ham audiotushuntirish, ham videorolik, ham 3D-animatsiya bo‘lishi mumkin. Zarur hollarda musiqa yoki tovushlar, masalan, yurak urishi va hokazolar ham bo‘ladi. Ya’ni darslikni qismlarga ajratish, yig‘ish, eshitish va his qilish imkoniyati bor.

— Bunday darslik bo‘yicha qaysi fanlarni o‘rganish mumkin?

— Jamoamiz fizika va anatomiya bo‘yicha darsliklar ustida ishlamoqda. Fokus-guruhimizning tadqiqotlariga ko‘ra, darsliklarimiz vizual, multiformatli va interaktiv bo‘lgani sababli ishtirokchilar 80 foiz axborotni eslab qoladi. Kelajakda mukammal elektron kutubxona yaratishni rejalashtirganmiz. Unga 1-sinfdan 4-sinfgacha bo‘lgan boshlang‘ich va 5-sinfdan 9-sinfgacha bo‘lgan yuqori sinf uchun dasturlar kiritiladi.

— Bola — o‘quvchining planshetda o‘yin o‘ynamasdan faqat o‘qishiga qanday kafolat bor?

— Bolaning o‘qish jarayonidagi o‘zlashtirishini, davomat va tartib-intizomni nazorat qiluvchi dasturiy ta’minot mavjud. Ota-onalarga bolaning shaxsiy kabinetiga kirishiga ruxsat beriladi. Bunda bola yangi mavzuni qachon ko‘chirib olganini, qachon uni ko‘rganini, qancha vaqt o‘rganganini, qanday mavzu va savollarga javob berganini kuzatish mumkin. Ushbu ma’lumotlarga ota-onalar bilan birga o‘qituvchiga ham ruxsat bor. Raqamli darsliklar shunday qurilganki, birorta mavzuni o‘zlashtirmasdan keyingisiga o‘tishga imkon berilmaydi. Bu shaffof va to‘ppa-to‘g‘ri nazorat tizimidir.

— Darsliklarni yaratishda qanday o‘quv dasturiga tayanyapsiz? O‘zbekistondagi standartlargami? Darsliklar qaysi tilda bo‘ladi?

— Albatta, birinchi o‘rinda bizning auditoriyamiz — O‘zbekiston. Lekin bu bilan cheklanib qolmaymiz. Nyuton qonuni yoki qon aylanish tizimi har qaysi mamlakatda universaldir. Biz mavzularning asosini to‘plab, o‘zbek, rus va ingliz tillarida darslik yaratamiz. Tayyor mahsulotni istalgan mamlakatning va xohlagan o‘quv dasturining talabiga qarab moslashtirish mumkin.

— Mazkur loyihani Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan Butunjahon GESS ta’limi sohasida innovatsiya ko‘rgazmasida taqdim etib keldingizlar. Bunga qanday baho berildi?

— Ha, biz 2015-yilda o‘z mahsulotimizni GESS ko‘rgazmasida namoyish etdik. Bizning taqdimotimizga BAA ta’lim vaziri qiziqish bildirdi va hamkorlik qilishni taklif etdi. Hamkorlik qilish bo‘yicha muhokamalar olib borilmoqda. Shu narsa aniqki, BAAda raqamli darsliklarga o‘tish to‘g‘risida davlat dasturi qabul qilindi. Arab bolalarini qog‘oz darsliklar bilan ushlab turish borgan sari qiyinlashib bormoqda.

— Raqamli darsliklarning kelajagini qanday ko‘ryapsiz? U davlatga qo‘shimcha sarf-xarajatdan tashqari yana nima beradi?

— Shu yerda gapingizga qo‘shilolmayman. E-learning’dagi uzoq muddatli investitsiya istiqboli bu — texnologiya tendensiyasiga shunchaki soliq solish emas, balki budjet mablag‘larini iqtisod qilish imkoni hamdir. Tasavvur qiling, davlat har yili dunyo bo‘yicha qog‘oz darsliklarni chop etish va yangilashga qancha mablag‘ sarflaydi? AQShda, masalan, bu yiliga deyarli 7 milliard dollarni tashkil qiladi. Davlat elektron jihozlanishga bir marta investitsiya kiritib, keyin tejaydi-ku. Jihozlarni har yili sotib olish kerak bo‘lmaydi. Faqat kontent o‘zgaradi. Bundan tashqari, agar kelajakda “bulutli” texnologiyalar yordamida yagona elektron kutubxona yaratilsa, davlat raqamli darsliklar sotuvidan daromad olishi mumkin.

— Buning uchun nima kerak?

— Bizning darsliklarimiz universal formatda yaratiladi. Hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi, ya’ni ulardan foydalanishda faqat Apple, Samsung yoki yana boshqa ishlab chiqaruvchilar texnikalari kerak, degan tushuncha yo‘q. Masalan, milliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda barcha o‘quv dasturlarini Artel planshetlariga o‘rnatish mumkin. Maktab uchun ma’lum bir miqdorda planshetlar, server va boshqa kerakli jihozlar sotib olinadi. O‘quvchi darsga kirib, o‘qituvchining yo‘l-yo‘rig‘i bilan mavzular va vazifalarni ko‘chirib oladi. O‘qituvchilarga ham yengil o‘zlashtiriluvchi vizual materiallar bilan dars o‘tish qulay. Bu har tomonlama foydali yirik loyihadir. Elektronika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga bu — katta buyurtmadir. Davlat uchun bu — ta’lim tizimi samaradorligini yengillashtirish va oshirishdir, shu bilan birga, nashr qilishdan tejashdir. Dasturchilar uchun bu — yangi dasturlar yaratish va mahsulotni takomillashtirish imkoniyatidir. Iste’molchilar, ya’ni o‘quvchilar uchun esa ta’lim olish oson o‘zlashtiriluvchi va qiziqarli bo‘ladi.

— Yaqinda Toshkentdagi maktablardan birida smart-sinf yaratildi. Demak, raqamli kelajak yaqin ekan-da?

— Ha, O‘zbekistonda intreraktiv sinf doskalari, planshetlar va boshqa texnikalardan foydalaniladigan taraqqiylashayotgan maktablar ko‘payib bormoqda. Axborot texnologiyalari keng tarqalishi turgan gap. Bunda muhimi, mazkur texnologiyalar uchun kontent yaratishdir. Va kontent San-Fransisko yoki Gonkongdagi mutaxassislar tomonidan yozilgan bo‘lishi kerak emas, balki bizning milliy mahsulot bo‘lmog‘i darkor. Ta’lim muhim g‘oyaviy tarkibga ega. Har qaysi millat unga o‘z qiziqishlarini qo‘shadi. Shu nuqtai nazardan kelajak ta’lim tizimi kontenti bu — yana axborot xavsizligi va g‘oyaviy immunitet masalasini ham ko‘ndalang qo‘yadi.

— O‘z farzandlaringiz uchun mukammal maktabni qanday tasavvur qilasiz?

— To‘liq ravishda zamonaviy AKT, raqamli darsliklar bilan jihozlangan va, albatta, yuqori malakali o‘qituvchilari bilan faxrlanadigan maktabni tasavvur qilaman. Bunday maktabda AKT o‘quv jarayonini qiziqarli, samarali va oson qiladi. Ta’lim har bir kishining kelajagini belgilaydi. Agar biz ta’lim sifati masalasini hal eta olsak, bu, so‘zsiz, davlatimizga zarur bo‘lgan rivojlanishga, madaniyatni oshirishga, professional kadrlarning ko‘payishiga olib keladi.

Reklama huquqi asosida.