Press "Enter" to skip to content

Rasmli ertak kitoblar skachat

“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”. Abdulla Avloniy

Rasmli ertak kitoblar skachat

Bugungi sanada: 6 ta

Bugungi sanada: 1 ta

Bugungi sanada: 4 ta

BUGUN: 09-Mart, 2023-yil. Payshanba
“Ertak” so‘z yoki gap ishtirok etgan ma’lumotni qidirish davomida 16 ta ma’lumot topildi.
Muallif: Administrator

Hayotda har qaysi insonning ezgu orzu-umidlarj bo’ladi. Ayniqsa, ozod va obod Vatanda o’sib-ulg’ayayotgan, qalbi pok his-tuyg’ular bilan to’lgan yoshlarning orzulari bir olam. Ana shu orzularning eng ulug’i – ota-onaga, el-yurtga beminnat xizmat qilish, ularning oldidagi farzandlik burchini sidqidildan ado etishdir.

Muallif: Administrator

Mohir hikoyanavis, yozuvchi va o‘zbek adabiyotning atoqli namoyandasi Abdulda Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qo‘qonning Ko‘mir bozori mahallasida temirchi oilasida tug‘ildi.

Muallif: Administrator

Vazir shoh oldiga qaytib kelibdi. Kizlar qo’llaridagi idnshlariii suvga to’ldirishibdi-da, uy-uylariga qarab jo’nashibdi. Shoh bunday qapaca molparastning qizi yo’lda ketib borayotganmish, shunda u vaziriga qarab:

Muallif: Administrator

Ushbu kitobda bolajonlar uchun turli mavzulardagi ertaklar kiritildi. Ularda to`g`rilik, rostgo`ylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi insoniy va ijobiy fazilatlar ulug`lanadi. Qiziq voqea va qahramonlarning o`zaro suhbat muloqoti, sarguzashtlari orqali ezgulikning g`alabasi, yomonlikning zavol topishi yosh kitobxonlarga oson va ravon usullarda uqtiriladi.

Muallif: Administrator

Ushbu kitobga bolajonlarga atalgan she’r va ertaklar jamlandi. Ularda kichiklar hayoti va orzulari aks etgan turli xil voqea va manzaralar qiziqarli tasvir qilinadi. Muallifning uslubi sodda va ravon. Inson uchun muhim bolgan ezgu g‘oyalar bolalarga xos va mos tarzda asarlar zamiriga singdirilgan.

Muallif: Administrator

O’zbek va ingliz tilidagi hikoyalar. Kitob ingliz tilini o’rganayotgan yoshlar uchun mo’ljallangan

Muallif: Administrator

Bir dehqon qo‘sh haydab turgan ekan, podshoning qushbegisi ot minib katta yo‘ldan o‘tib qolibdi. Dehqonga ko‘zi tushib:— Hormang! — debdi. Dehqon eshitsa ham o‘zini eshitmaganga solib, «xo‘sh, jonivor!» deb ho‘kizlarini qaytarib, yerni hayday beribdi. Bek: «Qulog‘i karmi buning, nega indamaydi yoki bu chol meni pisand qilmayaptimi», deb o‘ylabdi va yana unga qattiqroq: «Hormang!» debdi. Dehqon boshini bir qimirlatib, yana ishini davom ettiraveribdi. Bek g‘azablanib jo‘nab ketibdi. Qo‘rg‘onga borib, xizmatkorlariga buyruq beribdi.

Muallif: Luqmoni hakim

Ushbu to’plamda bir ertakchidan yozib olingan og’zaki nasr namunalari jamlangan. Ularda xalq maishiy hayotining turli tomonlari tasvirlandi: odob, axloq il va hunarga doir mehnatkash omma qarashlari bayon etiladi: och ko’zlik, tamagirlik, axloqsizlik kabi salbiy sifatlar fosh etiladi.

Muallif: Administrator

Ushbu kitob o‘zbek xalq ertaklarining o‘zbek, arab va ingiliz tilidagi tarjimasi bo‘lib, Siz aziz kitobxonlarga manzur bo‘ladi degan umiddamiz .

Muallif: Administrator

Ertak o’qishni kim sevmaydi, deysiz. Zero ertak o’qigan kishi o’zi ham mo’jiza yaratishni istaydi.

Muallif: Administrator

Muxtaram kitobxon! Ushbu to‘plamda afg‘on xalq og‘zaki ijodidan namunalar etiboringizga havola etilmoqda. Bu ertaklarni o’qir ekansiz, tarixiy shaharlar Qobul, Hirot, Kandahor hamda afsonaviy shaharlar Talxak, Bakvon, Diloromga sayohat qilasiz.

Muallif: Administrator

Ertak qahramonlarining odamlar singari so‘zlashi bolalarda axloqiy fazilatlarni tarbiyalab, tabiatni asrab-avaylash hissini uyg‘otadi, o‘zaro munosabatlarda hozirjavoblikni o‘rgatadi, ularda mehribonlik va saxiylik xislatlarini paydo qiladi.

Muallif: Administrator

Ertaklar – xalq hayotining, orzu-umidlarining, xayolotining ko‘zgusi, ming yillar bo‘yi og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan badiiy ijod namunalaridir. Qo‘lingizdagi ertaklar to‘plamini biz shartli ravishda «Bir qalpoq oltin» deb nomladik.

Muallif: Administrator

BILIMI ZO’R MINGNI, BILAGI ZO’R BIRNI YIQAR.

Muallif: Administrator

“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”. Abdulla Avloniy

Muallif: Administrator

Mamlakatimizni sevishdan aslo to’xtamang bunga minglab sabablar bor qolaversa bunaqasi yer yuzida boshqa yo’q.

Ertaklar

Ayozli tongda uyqudan uyg‘ongan Qarg‘a qora qayin shoxidagi inida shumshayib o‘tirardi. Uning judayam qorni ochgan edi. Biroq tuni bo‘yi yoqqan qalin qor ostidan biron bir meva yoki o‘simlik urug‘larini topish amrimahol. Shuning uchun ham Qarg‘aning ochlikdan qag‘illashga ham holi kelmay o‘tirarkan, to‘satdan sal nariroqda o‘sgan eman daraxti…

Javondagi shivir-shivirlar

– Hoy, nafasim tiqilib qoldi, sal nariroq turing, iltimos.

– Men ham shu ahvoldaman, nima qilay? Axir, bizni shu yerga – kitob javoniga qamab qo‘yishibdi.

– Hoy, Robinzon Kruzo, sen aqlliroqsan, bir nima o‘ylab top, bu yerlardan ozod bo‘laylik.

– Do‘stlar, bilasizlarmi, men 28 yil-u 2 oy 12 kun noma’lum orolda qolib,…

Saroyda aqli va odobi go‘zal, ko‘rkam shahzoda voyaga yetibdi. Otasi shahzodaning boshini ikkita qilmoqchi bo‘libdi. O‘g‘liga husnda tengi yo‘q qizlarni ko‘rsatibdi. Biroq, shahzoda uylanish uchun otasiga bir shart qo‘yibdi:

– Otajon, men sizning orzuingizni amalga oshiraman, – debdi yerdan ko‘zini uzmay. – Lekin men qizlarni saralash uchun…

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Bizning dorulomon zamonda Jamshid degan bola bor ekan. U kundalik darslarini tez-tez bajarib, keyin kitob o‘qishni yaxshi ko‘rar ekan. Vaqt o‘tib, Jamshid uyi va maktab kutubxonasidagi jami kitoblarni o‘qib bo‘libdi. Ertasi kuni endi qayerdan kitob topib o‘qisam ekan, deb xayol surib ketayotganida ko‘zi “Noyob kitoblar”…

Akaning kiprigi uzilib, ko‘zining kosasiga qo‘nibdi.

– Qarang, kiprigingiz! – deb akasining qovog‘idan olib kaftiga qo‘yibdi singlisi. – Niyat qilib, samoga puflab uchiring!

Akasi biroz o‘ylanibdi-da, nimani so‘rashni anglab shunday debdi:

Ey kiprikjon, kiprikjon,

Sen uchgin Moskov tomon.

Bor ekan-u, yo‘q ekan, och ekan-u, to‘q ekan. Qadim zamonda ulkan daraxt osti­da chumolilarning qasri bo‘lgan ekan.

Chumolilar o‘z malika­lariga bo‘ysunib, daraxtning ildizi­ni kemirib yashar ekan. Oxir- oqibat ildizlari lat yegan daraxt quriy boshlabdi. Bundan daraxt tepasida yashovchi asalarilar mali­kasi norozi…

O‘rmonga yaqin bir qishloqda juda quvnoq va tantiq Oppoqvoy degan quyoncha yashar ekan. U har tong dadasi bog‘chaga olib borayotganda, bugun borgim kelmayapti. Iltimos, bir kungina uyda qolay, – deb yalinar ekan. Ammo, buning iloji yo‘q ekan. Chunki oyisi va dadasi “O‘rmon mevalari” firmasida ishlashar ekan. Oppoqvoy bugun ham nonushtadan…

Ayiqpolvon yog‘liqqina palovni juda yaxshi ko‘rganidan bir qozon oshni bir o‘zi yeb qo‘yar ekan. Shuning uchun qishga sholi g‘amlab qo‘ysam, uni oqlatib guruch qilib, har kuni osh damlab yeyaveraman deb o‘ylabdi. Daryo bo‘yidan bir parcha yerga pol qilib, unga suv burib kelibdi. Keyin sholi ekibdi. Sal o‘tib sholilar ninaning bo‘yidek bo‘lib unib…

Bir qishloqda na yozishni, na o‘qishni bilmaydigan savodsiz odam bo‘lgan ekan. U odamlarning kitob yoki gazeta o‘qimoqchi bo‘lsalar ko‘zoynak taqib olishlarini ko‘ribdi-yu, “Agar menda ko‘zoynak bo‘lsa, men ham shu odamlarga o‘xshab o‘qiy olaman. Shaharga tushib o‘zimga ko‘zoynak sotib olishim kerak,” deb o‘ylabdi. Shunday qilib, bir kuni…

Sarlavhani oʻqib, qumdan ham qasr qursa boʻlarkanmi, deb oʻyladingiz-a? Mumkin ekan. Bir kuni qumdan qasr yasashibdi. Kim, deysizmi? Bu – oʻzimizning Orombek-da.

Orombekning uyidagilar, darsingni tayyorla, kitob oʻqi, deb holi joniga qoʻyishmas ekan. Buyruqlardan bezor boʻlgan Orombek hech kim bezovta qilmaydigan, yolgʻiz oʻz aytganlari boʻladigan…

Hoy bola, jon ogʻayni, meni tezroq yashir, shu yergacha zoʻrgʻa qochib keldim. Ortiq madorim qolmadi. Hozir anavi ochopat chumchuqlar yeb qoʻyadi.

Bahor oftobida isinib oʻtirgan Gʻolibjon bu gʻalati ovozdan hayron boʻlib, yon atrofiga qarabdi. Shunda oyogʻi ostida yotgan bir dona bugʻdoyga koʻzi tushibdi. Bugʻdoydan sal narida esa ikkita chumchuq…

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan. Biz yashaydigan joydan uzoq-uzoqlarda oʻyinchoqlar mamlakatining podshosi bor ekan. Uning sehrli koʻzgusi hamda uchar qanotlari boʻlib, podsho har kuni oqshom payti sehrli koʻzguga qarab butun olamdagi bolalarning oʻyinchoqlarini koʻrib chiqar ekan. Qaysi bola oʻyinchoqlarini oʻynab boʻlganidan soʻng yigʻishtirib…

Qadim zamonda dunyoning togʻlari, oʻrmonlari moʻl boʻlgan, sharqiroq suvlari musaffo, qushlari ovlanmagan, mevalari toʻkilmagan yuksak togʻlaridan birining bagʻrida ona ayiq bolalari bilan yashagan ekan. Uning ikkita bolasi boʻlib, biri-biridan doʻmboq, biri-biridan quvnoq ekan. Ona ayiq har kuni bolalarini inida qoldirib, yemish izlab toqqa chiqib…

Sergey Mixalklov

Baqaloq Begemot qamishlar orasida kimdir tashlab yuborgan eski avtomobilni koʻrib qoldi.

U Filni chaqirdi-da:

– Joʻrajon, bir qaragin, men nima topib oldim! Uni nima qilsak ekan? – dedi.

– Yaxshi narsa ekan! – dedi Fil. – Kel uni chiqarib olamiz-da, tuzatamiz. Soʻng ikkalamiz haydab yuramiz! – Ikki doʻst avtomobilni tortishga…

Salom-salom, mening tinib-tinchimas, ijodkor doʻstlarim! Hech qiziqib koʻrganmisiz, dunyoning boshqa bir burchagidagi tengdoshingiz ham nimalarnidir qoralashga qiziqarmikin? Agar qiziqsa, ular nimalar haqida yozishadi? Oʻtgan yili Turkiyadaligimda “Pusula” deb atalgan kitob qoʻlimga tushib qoldi. Unda siz kabi jajji ijodkorlarga maslahatlar va…

Otfrid Proysler

Otfrid Proysler – mashhur nemis yozuvchisi, 1923-yilda tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushidan qaytgach, Bavariyadagi maktabda oʻqituvchilikdan direktorlik lavozimigacha koʻtarilgan. Uning ijodiy faoliyati aynan bolalar orasida ishlagan davrida boshlangan edi. Otfrid Proyslerning ertaklari oʻttizdan oshiq tillarga tarjima qilingan. Adib…

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim zamonda, chekka bir qishloqda beva bir ayol oʻgʻli va qizi bilan yashar ekan. Ayol gazlama toʻqir, qizi bu matolardan koʻylak tikar, oʻgʻli esa ularni bozorga olib borib sotar ekan. Qiz tikkan koʻylaklar juda xaridorgir ekan. Kunlardan bir kuni nuroniy xaridor kelib, peshtaxtadagi koʻylaklarga uzoq tikilibdi.…

Bolalar, yodingizda boʻlsa, jurnalimizning oʻtgan yilgi dekabr sonida “Kim yaxshi ertak yozadi?” sarlavhasi ostida quyidagi rasmni eʼlon qilgan, rasm asosida ertak boshlagan va davom ettirishni sizlardan soʻragan edik. Yil davomida ushbu sahifaga oʻndan ortiq maktub oldik. Ulardan eng maʼqulini bugun eʼtiboringizga havola qilamiz.

Bor ekan-da yoʻq…

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, qadim oʻtgan zamonda toʻrt opa-singil fasl – Bahor, Yoz, Kuz, Qish yashagan ekan. Ular butun yer yuzini aylanib, bir yildan soʻng Oy ham, Quyosh ham kecha-yu kunduz nur sochib turadigan “Moʻjizalar mamlakati”da diydorlashishga kelishib olishibdi. Aytilgan fursat kelibdi. Uchrashuvda birinchi boʻlib opa-singillarning…

Yashil qurbaqa koʻl ichidagi nilufar gulbargida oʻtirgan ekan. Boshqa bir xoldor qurbaqa u oʻtirgan nilufar bargi tomon sakrabdi.

– Chetga oʻt. Men birinchi boʻlib bargga chiqdim. Sen oʻzingga boshqa joy top, bu yer meniki, – debdi yashil qurbaqa jahl bilan.

– Oʻzing boshqa joyga bor, – boʻsh kelmabdi xoldor qurbaqa. – Bundan buyon bu yerga faqat…

Koʻrpacha va taxmon

Bir kuni taxmonda taxlanib turgan koʻrpacha yerga toʻshalgan koʻrpachaga qarab:

– Ey juldur, buncha kir, iflos boʻlmasang, seni oʻzi qachon yuvib, paxtangni yangilashgandi, haliyam tashlab yuborishmaganiga hayronman, – deb uni kamsitibdi. – Mana, meni qara, top-tozaman. Matoim ham yap-yangi, yaraqlab turibdi.

Tatar xalq ertagi

Qadim zamonda boy savdogar yashagan edi. Uning turli mamlakatlardan keltirilgan qimmatbaho buyumlari juda koʻp edi. U qayerga bormasin esdalik uchun biror yaxshi narsa olib qaytardi.

Savdogarning uyida bir bulbul bor edi. U kumushdan yasalgan katta va chiroyli qafasga solingan edi. Savdogar undan hech narsani ayamasdi.…

Ikki rassom, kim yaxshi surat chiza oladi, degan mavzuda bahslashmoqchi boʻlishdi. Diyonatli va oqil bir odamni hakam qilib tayinlashdi. Dastlab ulardan biri chizgan surati yuzidan pardani oldi. Rasmda uzum tasvirlangan edi. Rasm mahorat bilan yorqin ranglarda mohirona tasvirlangan edi. Xuddi shoxda osilib turgan chinakam uzumga oʻxshardi. Shu vaqt…

Shahar qozisi bir jinoyatni koʻrib chiqib, jinoyatchini zindonga soldirdi. Shu kundan boshlab har kuni qozining oldiga bir qizcha yigʻlab kela boshladi. Qizcha otasini qoʻyib yuborishini iltimos qilar, beshta bola otasiz qiynalayotganini, och qolayotganini aytib, qozixonani boshiga koʻtarib dod solardi. Uni hech kim tinchlantira olmas,…

Davomi. Boshi oʻtgan sonda.

Muqbil toshotar koʻmagi

Kumush va Qalqon polvon Muqbilning uyini topib kelishibdi. Muqbilning uyi juda baland boʻlsa-da, toshlardan qurilgani uchun eski doʻkonlarni yodga solar ekan. Ikki hamroh Muqbilni chaqirib, uyiga kirishibdi. Boʻyi chamasi ikki yarim gaz keladigan, yelkalariga bemalol ikki odam oʻtirsa…

Yozning issiq kunlarida shimolga uchib ketmay daryo boʻylarida goh suvga shoʻngʻib, goh daraxt soyasida turgan qora qargʻaga koʻzingiz tushganmi? Men sizlarga oʻsha qargʻa haqida hikoya qilmoqchiman.

Kunlarning birida chumchuq bedana uchun qoʻyilgan toʻrga tushib oʻzini har yonga urib oh-voh deya yordam kutayotgan qargʻani koʻrib qolibdi. Chumchuq…

Qalqon botir himoyasida

– Ishingizga aralashmoqchi emasman-u, ammo qandaydir muammoga qoʻshilib qolganingiz aniq. Balki sizga yordam bera olarman? – debdi Kumushning xafaligini koʻrgan haydovchi.

– Qanday yordam berardingiz, botirman degan odamlar bosh tortishayotgan bir paytda?

– Avval aytib koʻring-chi.

Kumush Zumradbibining gaplaridan hammasini tushunibdi va bu muammodan qanday xalos boʻlish yoʻlini soʻrabdi.

– Asl holingga qaytish va qolgan odamlarning yoshligini saqlab qolish uchun, qoʻlingdagi koʻylakni olib, Dabusiya qalʼasi ostida qolgan shahar ichidan malikaning qabrini topib, unga…

Sarguzashtning boshlanishi

Kumush koʻp oʻtmay, “Qizim, turdingmi?” degan ovozdan koʻzlarini ochibdi. “Xudoga shukur, tushim ekan”, degancha sevinib oynaga qarabdi. Qarabdi-yu sochlari tushida emas, oʻngida oqarib ketganini koʻrib, qoʻrquvi ikki karra ortibdi. “Balki qari kampirning koʻylagini kiyganim uchun shunday…

Yodingizda boʻlsa, jurnalimizning mart sonida “Men eshitgan ertaklar” tanlovining Respublika bosqichida gʻolib boʻlgan “Oltin ketmon” ertagini 4-sonda chop etishni vaʼda qilgandik.

Juda qadim zamonda

Bir qishloq boʻlgan ekan.

Gul ochilib har yonda,

Nurlarga toʻlgan ekan.

Odamlar baxtli yashab,

Mehnatdan tolmas ekan.

Kutilmagan yomgʻir

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan bolalar multfilm koʻrib, internetni bilib, ertaklarga umuman ishonmay qoʻygan zamonda, olis vodiy tomonda Hayitvoy novvoy xotini Shabnamoy va erka qizi Kumush bilan tinch-totuvlikda yashar ekan.

Shunday kunlarning birida Kumush tugʻilgan kunini nishonlash uchun dugonalarini chaqiribdi. Bu…

Fidji xalq ertagi

Oʻrmonda yashovchi Toʻtiqush va Koʻrshapalak qalin doʻst ekanlar. Ularning biri kunduzi, ikkinchisi tunda uchsa ham oʻrmonda bir vaqtda uchib, suhbatlashishga imkon topishar ekan. Bir kuni Koʻrshapalak Toʻtiqushga:

– Koro orolidagi palma mevasi pishibdi, – debdi.

– Menga ularning yumshoqligi yoqadi, oʻsha yoqqa uchib bormaymizmi? –…

Qadim zamonda bir podshohning uch qizi boʻlgan ekan. Bir kuni podshoh qizlarini yoniga chaqirib:

– Meni qanchalik yaxshi koʻrasiz? – deb soʻrabdi.

Katta qizi “dunyolar qadar” debdi, oʻrtancha qizi “quchoq-quchoq mehr bilan” debdi qulochini keng yozib. Podsho xursand boʻlib qizlarini bagʻriga bosibdi. Keyin oʻylanib qolgan kenja qiziga qarab,…

Bor ekan-da, yoʻq ekan, qadim-qadim zamonda qurama togʻ tomonda Mehr deb atalgan soʻlim qishloq boʻlgan ekan. Qishloq aholisini mehrlilar deb atashar ekan. Mehrlilar bir-birlari bilan juda ahil ekanlar-u ammo, shundoqqina yonlaridagi Oqibat qishlogʻida yashaydigan odamlar bilan umuman bordi-keldi qilishmas ekan. Mehr qishlogʻining oqsoqoli bir kuni…

Qadim-qadim zamonda Koinot atalmish bepoyon saroyda 9 ta aka-uka sayyora boʻlgan ekan. Quvnoq Merkuriyjon, yoqimtoy Veneraxon, hazilkash Yer, kulsa ham, yigʻlasa ham, uyalsa ham, darrov qip-qizarib ketadigan Mars, shirinlikxoʻr Yupiter, ozgʻin boʻlay deb hamisha halqa aylantirib yuradigan Saturn, yuvvoshgina Uran, Neptun bilan Plutonlar ahil-inoq…

Oshxonada savlat toʻkib turgan javon ichida yotaverib zerikkan sabzavotlar oʻzaro gurungga kirishibdi.

Suhbatni bir tomoni oftob koʻrmay sargʻayib pishgan Pomidor boshlabdi:

– Shakl jihatdan kamina ham meva, ham sabzavotga oʻtaveraman. Ayniqsa, shu xonadonning chaqqon qizi Munisa meni juda ham yaxshi koʻradi, – dedi va qoʻshib qoʻydi, – goh “oltin…

Bor ekan-da, yoʻq ekan, och ekanda, toʻq ekan, ulkan oʻrmonda Olaqargʻayevlar oilasi yashar ekan. Ular oʻn yil kutibdi, yigirma yil kutibdi, nihoyat, farzandli boʻlishibdi. Yolgʻiz farzandining ismini Qoratosh atabdilar. Bu ismni unga boshi toshdek qattiq, joni mustahkam boʻlsin, uzoq umr koʻrsin degan niyatda qoʻyibdilar.

Olaqargʻa xola oʻz bolasi…

Bir bor ekan, bir yoʻq ekan, shunday zamonlar boʻlgan ekanki, Burgutlar va Lochinlar Xoʻrozdan qoʻrqishgan ekan. Xoʻrozning qizil tojini juda xatarli deb hisoblasharkan. Oʻzlarining ichida eng kichigi boʻlgan Burgutga buni aniqlashni buyurishibdi. Kenja Burgut elchi sifatida yerga qoʻnibdi va Xoʻrozni kuzatibdi. U joʻjalari bilan atrofni aylanib…

Bor ekan-u yoʻq ekan, och ekan-u toʻq ekan. Qadim zamonda bir zukko yigit boʻlgan ekan. Uning otasi ogʻir betob boʻlib, oʻgʻil unga yegulik va dori-darmon olish uchun ertadan kechgacha shoh saroyida xizmatkorlik qilar ekan. Shohning bir vaziri boʻlib, u yigitni yomon koʻrar, unga atayin bajarilishi qiyin boʻlgan yumushlarni topshirarkan. Kunlardan…

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda emas, aynan biz yashayotgan zamonda hali maktabga bormasdanoq kitob o‘qishni o‘rganib olgan bolakay bor ekan.

Bir kuni ota-onasi undan: “Tug‘ilgan kuningga nima sovg‘a qilaylik?” deb so‘rashibdi. Bolakay darhol: “Menga kitob, ko‘p ertak kitob sovg‘a qiling”, deb javob beribdi. Oradan vaqt o‘tib, yozning…

Bahor kelib suvlar loyqalanyapti. Ariq bo‘ylarida eng avval yalpiz va otquloqlar chiqibdi. Keng dalalarda, adir hamda qir bag‘irlarida boychechaklar, lolalar chiroy ochib, butun borliqqa shirin hid ufuribdi. O‘shanda quvonchga to‘lgan shabada bir yumalab, sho‘x shamolga aylanibdi-yu gullar iforini shahar va qishloqlar uzra olib ketibdi.

Bir qishloqda boy bilan kambag‘al yigit qo‘shni ekan. Boy ziqna, badfe’l, yigit esa ochiq yuzli, hammaga birdek nafi tegadigan, oqko‘ngil ekan. Boyning adirlarga tutashib ketgan serhosil yerlari o‘rtasidan oqqan ariq yigitning bir parchagina tomorqasi chetidan o‘tib qishloqqa kirarkan. Boy qishloq ahlining shodliklari, tashvishlarigayam aralashmas…

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Yurgan yo‘lida tabiatga zarar yetkazadigan Jahongir ismli sho‘x bola bo‘lgan ekan. U ko‘cha-ko‘yda ko‘zi tushgan gullarni uzib, daraxtlarning shoxlarini sindirarkan. Kattalar, “unday qilma”, deb nasihat qilsa ham sira quloq solmas ekan. Bir kuni Jahongir ariq bo‘yida uchib yurgan kapalakning ortidan quvlab, mahalladagi…

(o‘zbek xalq ertagi)

Qadim zamonlarda bir yetim qiz bo‘lgan ekan. U juda kambag‘al ekan. Hatto yeyishga noni ham bo‘lmaganidan shifobaxsh giyohlar, yovvoyi mevalar bilan qornini to‘yg‘azar ekan. Bechora qiz o‘tirib kashta tikish uchun ip, igna va ozgina qiyqim topsam edi, deb orzu qilar ekan.

Bir kuni qizning tushida kimdir “Kul tepani izlasang,…

Bor ekan, yo‘q ekan. Qadim-qadim zamonda o‘rmon chetidagi bir daraxtda olmaxon to‘rtta bolasi bilan yashagan ekan. Kunlarning birida uzoqdan itning hurgani eshitilibdi. Ovoz borgan sari yaqindan kela boshlabdi. Demak, o‘rmonda ovchi paydo bo‘libdi. Olmaxon bolalari qo‘rqib ketishibdi, ona olmaxon esa ularga dalda berib, debdi:

– Avval ko‘raylik, bu…

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda chol bilan kampir yashagan ekan. Ularning yolg‘iz o‘g‘li bo‘lib, unga yaxshi tarbiya, halol luqma berib voyaga yetkazishgan ekan. Kunlarning birida chol yaylovda qo‘ylarini boqib yurgan mahal oldiga besh suvoriy kelibdi. Qorinlari ochligini aytib bitta qo‘y so‘rashibdi. Buni eshitgan cho‘ponning o‘g‘li…

Qadim zamonda bir mamlakat bo‘lgan ekan. U yurt juda obod, xalqi baxtiyor va shod ekan. Mamlakat podshosi juda zukko bo‘lib, saltanatini adolat bilan boshqarar, xalqiga, vazir-u ulamolariga nisbatan juda yaxshi muomalada bo‘larkan. Uning husnda tengi yo‘q Oyjamol degan qizi bo‘lib, afsuski, juda qo‘rs, buning ustiga bemehr ekan. U na boshqalar…

Valida UMAROVA bolalarni juda yaxshi ko‘radi. Shu bois u ko‘p yillardan buyon hayotda ko‘rgan, kuzatganlarini ertak va hikoyalarida aks ettirib keladi. Uning ijod namunalari muntazam ravishda “Maktabgacha ta’lim”, “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallarida chop etilmoqda. Ushbu sahifada muqovasi aks etgan “Bog‘bonning pushaymoni” deb nomlangan yangi kitobi…

Endi rasm chizishni boshlagan shogird ustoziga:

– Ustoz, men qora rangni yomon ko‘raman, bu rang qayg‘u, alam, xullas yomonlik ramzi. Mana ko‘rasiz, men o‘z asarlarimda bu rangdan sira foydalanmayman. Qolaversa, hayotda qora rangning umuman keragi yo‘q, deb hisoblayman.

Shogirdidan bu so‘zlarni eshitgan keksa rassom unga hech narsa demabdi. Faqat…

Bir so‘lim qishloqda juda odobli, barchaga birdek mehribon Zarina degan qizcha bor ekan. U oyisining dastyori ekan. Bir kuni Zarina idish-tovoqlarni yuvib bo‘lgach, o‘rtoqlari bilan o‘ynash uchun oyisidan ruxsat olibdi.

Zarina hozirgina oyisi tandirdan uzgan issiq nondan ushatib olib ko‘chaga chiqibdi. Non kavshagancha o‘rtoqlari o‘ynayotgan…

Boysunning Ketmonchopti tog‘i haqidagi rivoyatlarning biri – mard, jasur qirqta qiz haqida. Unda aytilishicha, qadim zamonda yov bostirib keladi. Qurol ko‘tarishga qodir barcha erkaklar himoyaga otlanadi. Shaharda faqat qariyalar, yosh bolalar, qizlar qoladi. Shunda qizlardan jasuri atrofiga qirqta qizni to‘plab, shahar boshlig‘i huzuriga borib,…

Donald Bister

Bir dengizda ikkita to‘lqin yasharkan. Birining nomi Katta to‘lqin, ikkinchisi Kichik to‘lqin ekan. Ular juda inoq bo‘lib, doim birga suzib yurisharkan.

Kichik to‘lqin juda ochiqko‘ngil ekan, baliqlar, shamol va boshqa to‘lqinlar bilan birga o‘ynarkan. Katta to‘lqin esa shiddatli va shafqatsiz bo‘lib, yo‘lida nima uchrasa,…

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, xuddi hozirgi kunlarning birida shinamgina bir uyda aka-uka Erali va Sherali ismli bolalar yashar ekan. Bu ikki og‘a-ini juda sho‘x va to‘polonchi ekan. Fikr-u xayoli doimo o‘yinda bo‘larkan. Tong sahardan onasi amallab ularni uyg‘otar, aka-ukalar yuzlarini chala-chulpa yuvib, dasturxon boshida ham bir-birini turtkilab…

Bir mevali daraxt mevasiz daraxt bilan yonma-yon o‘sar ekan. Kunlardan bir kuni mevali daraxt debdi:

– Insonlarga mening ko‘p foydam tegadi, chunki ularga shirin mevalar beraman. Ammo sendan hech qanday foyda yo‘q, meva qilmaysan. Sening o‘rningda bo‘lganimda, uyatdan xijolat chekib, qurib qolardim.

Mevasiz daraxt qo‘shnisining gaplaridan ranjibdi.…

Donald BISSET

Bir kuni Zulmat Oy bilan berkinmachoq o‘ynabdi. U uylar, mo‘rilar ortiga o‘tib olib, oy nuri yetib kelgunicha o‘sha yerda berkinib o‘tiribdi. Ba’zida esa ko‘chada daydib yurgan it yoki mushukning orqasiga yashirinib olibdi. Xullas, Oydan berkinish unga qiyinchilik tug‘dirmabdi.

Lekin Quyosh chiqqanidan so‘ng hammasi o‘zgaribdi.…

Qadim zamonda juda olis tomonda ko‘rkam bir shahar bo‘lgan ekan. Shaharni aqlli, xalqparvar, adolatli hokim boshqarar ekan. U har bozor kuni oddiy fuqaro libosini kiyib xalq orasida yurar, qanday hodisa va yangiliklar bo‘lsa, barchasidan xabardor ekan. Hokimning xizmatkorlari buni bilmas ekanlar. Shunday kunlarning birida bozor aylanib yurgan hokim…

Bahor kelib jiyda gulining kishini mast qiluvchi o‘tkir ifori atrofga taralibdi. Uning yonidan o‘tganlar bu daraxtning ajib atridan, go‘zalligidan zavqlanib tomosha qilisharmish. Nainki odamlar, hatto bolarilar, tillaqo‘ng‘izlar, turli qushlar ham jiydaning shirin bo‘yidan sarmast bo‘lib, atrofidan ketolmas ekan. Tabiatning bu jajji mavjudotlari…

Kunlarning birida o‘z kuchiga qattiq ishongan Shamol Yomg‘irga debdi:

– Yomg‘irvoy, dunyoda hamma narsadan ko‘ra men qadrlimanmi, deyman-da. Ayniqsa, yozda meni hamma izlab qoladi. Shunday emasmi?

– Ha, to‘g‘ri, – javob beribdi Yomg‘ir. – Sen juda keraklisan. Balki shuning uchun ham sening kuching ko‘pdir-a?

– Albatta, men juda kuchliman. Endi sen…

Bahor kelib kunlar isibdi, tuproqqa urug‘lar qadalibdi. Quyosh taftini his qilgan tuproq darhol vazifasini ado etmoqqa shaylanibdi. Bag‘riga bosgan urug‘larga ko‘kdan ingan farmonni yetkazibdi. Urug‘lar kuch to‘plab, qobiqlarini yoribdilar. Hayot boshlanibdi. Endi ularni hech nima to‘xtatib qololmabdi. Shafqatli ona tuproq bag‘ridan yer yuziga…

Deraza tokchasida tuvakka ekilgan pion guli turar edi. Pion ochilgan gullari bilan shu xonadonga yanada fayz baxsh etardi. Vaqt o‘tib gulning tomirlari tuvakda qisilib, yaxshi o‘smay qolibdi.

Bir kun tuvak pion guliga qarab: “Sen bir kun ham mensiz yashay olmaysan. Shuning uchun ham mendan bir umr qarzdorsan, doimo xizmatimni qilishing kerak.…

(ingliz xalq ertagi)

Qadim o‘tgan zamonda, uzoq o‘lkalardagi qalin o‘rmon ichida bir qarg‘a yashagan ekan. U o‘z umridan juda mamnun, baxtli hayot kechirar ekan. Biroq bir kuni ko‘kda viqor bilan uchib ketayotgan oqqushni ko‘ribdi-yu, o‘ylab qolibdi: “U juda ham oppoq qush ekan. Shuning uchun juda chiroyli. Men esa qop-qoraman. Nazarimda,…

(tatar xalq ertagi)

Qadim zamonda boy savdogar bo‘lib, uning turli mamlakatlardan keltirgan qimmatbaho buyumlari juda ko‘p edi. U qayerga bormasin, esdalik uchun biror yaxshi narsa olib qaytardi-da.

Savdogarning uyida bir bulbul bor edi. U kumushdan yasalgan katta va chiroyli qafasda yashardi. Savdogar undan hech narsani ayamasdi. Xizmatkor…

Qadim zamonda Mittivoy degan bir chumoli bo‘lgan ekan. Uning aka-ukalari juda mehnatsevar ekan. Mittivoy esa aksincha, xayol surishni, to‘yib ovqatlanishni va shirin uyquni juda-juda yaxshi ko‘rarkan. Og‘a-inilari tinimsiz ishlayotganida, Mittivoy birorta o‘simlik tagiga kirib dam olarkan. Kunlardan bir kuni u yam-yashil bargda xuddi belanchakda…

Qadim o‘tgan zamonda uzoq o‘rmon chekkasida bir kampir yashar ekan. Uning chog‘roqqina hovlisining bir tomonida anhor, bir tomoni chakalakzor, orqa tomonida esa jarlik bor ekan. Kampir bukchayib qolganiga qaramasdan juda mehnatkash ekan. U: “Meni mehnat asraydi, men mehnatni asrayman”, degan hikmatni qo‘shiqdek takrorlab yurarkan.

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim o‘tgan zamonda Hisob boboning to‘rt nafar o‘g‘li bor ekan. Ular hech bir ish bilan shug‘ullanishmas, vaqtlarini bekorchilik bilan o‘tkazar ekanlar. Bir kuni og‘a-inilar bir masalada uzoq tortishib qolib, otalaridan so‘rashibdi:

– Otajon, aytingchi, nega shu paytgacha birortamizga aniq ism qo‘ymagansiz. Qachongacha…

Ertalabki nonushta payti. Dasturxon ustida barcha noz-ne’matlar yig‘ilishdi. Yegulik orasida qaymoq, asal, shakar va non bor edi. Ular o‘zaro bahslashar edilar.

Qaymoq kerilib gap boshladi:

– Sizlarga bu yerda nima bor? Menday oppoq, mazali, yoqimli qaymoq turganda, odamlar sizlarni yeyisharmidi?

Bu gap asalga yoqmadi:

– Hay, hay Qaymoqjon!…

(ertak)

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Hozirgi zamonda, Amudaryo bo‘ylaridagi go‘zal qishloqda Anvar degan bola yashar ekan. Ularning hovlisida anvoyi gulzor bor ekan. Ana shu gulzor yonidagi daraxtda kattakon qafas osilgan bo‘lib, unda ikkita chiroyli to‘tiqush yashar ekan. Bir kuni Anvar qafas yonidan o‘tayotib ularning suhbatini eshitib…

Qadim zamonda bir bog‘bon bo‘lgan ekan. Uning bog‘ida, turli xil mevali daraxtlar bo‘lib, har yili mo‘l hosil berar ekan. Shu bois bog‘bonning dong‘i hamma yoqqa ketgan ekan. Bahor kelganda bog‘ yashnab ketar, kuz faslida esa anvoyi mevalarning ifori bog‘ni tutib, ishtahani qitiqlar ekan.

Bundan bog‘bon boboning bahri dili ochilib, mevalaridan…

Qadim o‘tgan zamonda, baland tog‘lardagi qalin o‘rmonda soch-soqoli oqargan Kecha, o‘rta yoshdagi Bugun va yosh o‘spirin Erta yashagan ekan. Uchovlon otlariga minib safarga otlanishibdi. Yo‘lda g‘oyibdan qora qarg‘a paydo bo‘libdi va Bugunning yelkasiga qo‘nibdi.

– Sen zabardast ekansan-u, nima qilib keksa chol va yigitcha bilan yetaklashib…

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda tog‘ning narigi tomonida juda mashhur tandirchi chol bilan kampir yashagan ekan. Cholning katta o‘g‘li olamdan ko‘z yumgan, undan bir o‘g‘il qolgan ekan. Chol-kampir Yodgorboyni ancha erkalatib katta qilishibdi. U bobo va momosi oftob tig‘ida tuproq o‘yib, loy qorib, undan tepkilab-tepkilab tandir…

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qalin o‘rmonda ayiq, tulki, bo‘ri, quyon, kiyik, sher, yo‘lbars kabi ko‘plab hayvonlar yasharkan. Ularning eng ayyori Tulkixon ekan. Hayvonlar uni yomon ko‘risharkan, chunki u tayyorga ayyorlik qilib kun ko‘rar ekan. Bir kuni Tulkixon Ayiqvoyning asalini o‘g‘irlab ketibdi. Ayiqvoy uyga qaytgach, asali kamayganini…

Eron xalq ertagi

Xayol va uyqu mamlakatida tanbal bola yashar ekan. U yerda hamma narsa sekin, tushga o‘xshab o‘tar ekan. Qushlar ham kasalga o‘xshab uchisharkan, ba’zida uchgan holda yerga qulasharkan. Maysalar va o‘simliklar juda sekin, daraxtlar egilib o‘sarkan.

Odamlar uyqudan kech uyg‘onisharkan. Biror ish qilishsa, uzoq cho‘zilarkan.…

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, yam-yashil, go‘zal o‘rmonda tipratikanlar oilasi yashar ekan. Bu oila juda ahil-inoq, ozoda va quvnoq, mehribon va ko‘ngli oq tipratikanlardan iborat ekan. Oilaning kattalari: ota tipratikan va ona tipratikanlar bo‘lib, ularning to‘rtta farzandi bor ekan. To‘ng‘ich o‘g‘ilning nomi O‘lmasvoy, ikkinchi o‘g‘ilning nomi…

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, atrofi dengizlar bilan o‘ralgan bir mamlakat bo‘lgan ekan. Orol atrofidagi 99 ta qoya xuddi hushyor soqchilardek uni kuchli to‘fonlar xurujidan himoya qilar ekan. Oroldagilar sholikorlik, baliqchilik, ovchilik qilishar ekan. Mana shu orolda lapashanggina Ali ismli bola ham yashar ekan. Uning atrofdagilar bilan unchalik…

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Katta bir shahar bo‘lgan ekan. U yerning aholisi judayam mehnatkash ekan. Bu shaharda bir etikdo‘z yashar ekan. Uning Ko‘sa ismli o‘g‘li bor ekan. Etikdo‘z har kuni charchab ishdan qaytganda Ko‘sa bilan suhbatlashar, bolasining biyron javoblaridan yayragan etikdo‘z birpasda charchog‘ini unutib yuborarkan. Kunlar…

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ulkan o‘rmonda bir ayyor tulki bo‘lgan ekan. Bir kuni u yo‘lda, bo‘rini uchratibdi. Bo‘ri semizgina quyonni tishlab ketayotgan ekan. Tulki bo‘riga:

– Assalomu alaykum, bo‘ri tog‘a, o‘lja muborak. Men sizga yangi yilga semiz qo‘chqor olib qo‘ygandim. Endi uni o‘zim yeya qolaman, – debdi.

Bo‘rini quvonchi ichiga sig‘may…

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, biz ko‘rmagan, biz bo‘lmagan zamonlarning birida ikki qo‘shni bo‘lgan ekan. Biri o‘ta boy, bo‘g‘zigacha moy, ikkinchisi uning xizmatida sochi oqargan, ammo kosasi oqarmagan kambag‘al ekan.

Kunlarning birida kambag‘alning xotini qo‘chqorday o‘g‘il tug‘ibdi. Otasi bizdan ham bir boy chiqsin, deb yaxshi niyat bilan otini…

Tog‘dagi bir qishloqda nihoyatda kambag‘al chol bilan kampir yashar edi. Er-xotin poxoldan shlyapa to‘qishar, chol ularni shaharga sotgani olib borardi. Savdosi yurishsa, biror yegulik olib qaytardi. Shlyapa sotilmagan kuni qariyalar och-nahor uxlashga majbur bo‘lishardi.

Yangi yil bayrami arafasida chol kampiriga shunday dedi: –…

Gulchehra ABDUQAHHOR qizi

Qachonlardir ko‘m-ko‘k tubsiz dengiz va qalin zumrad o‘rmon oralig‘idagi kichkina qishloqda baliqchilar oilasi yashagan ekan. Xonadon sohibi Kali, mehribon beka Dilda, o‘g‘li Mansur va sohibjamol qizaloq Dariyadan iborat bu uyda barchaning o‘z yumushi bor edi. Kali baliq tutib kelar, Mansur parranda va darrandalarni…

Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim-qadim zamonda, juda olis tomonda, baland tog‘lar etagidagi kichkina bir kulbada Bahodir ismli bola bobosi va buvisi bilan yashar ekan. Bahodir yashaydigan shaharda vabo kasali keng tarqalgan bo‘lib, otasi va onasi shu kasalga chalinib vafot etgan ekan. Buvasi uni erkalab, Bahodirtoy, deb chaqirarkan. Ammo bu baxtli…

Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda bir cholning ikki o‘g‘li bo‘lib, ulardan biri sabrli va mehnatkash, ikkinchisi esa yalqov va ishyoqmas ekan. Katta o‘g‘il tinmay mehnat qilgani uchun ham sog‘lom va baquvvat bo‘lsa, dangasa o‘g‘il xo‘ppa semiz va dardmand ekan.

Kunlardan bir kuni qarib qolgan ota merosni taqsimlashga kelganda o‘zi…

Qadimda Boysun bilan Sho‘rchi orasidagi kichik so‘qmoq Qoradaradan o‘tardi. Savdogar, yo‘lovchi karvonlari ming azob bilan dara ichidan o‘tib, Hisor tomonlarga borishardi.

Qoradaraning kunchiqar tomondagi qoyasi ustida dahshatli ajdarho pastga tashlanishga hozirlangancha toshqotgan. Ajdarga diqqat bilan, qarasangiz,…

Bor ekan-u yo‘q ekan, och ekan-u to‘q ekan, obod dasht qishlog‘ida tomorqasi kattagina ahil oila yashar ekan. Uy bekasining buyurtmasiga ko‘ra ota-o‘g‘il shu tomorqalari chetida qurgan yangi qo‘noq – tovuqkatak binoyidek chiqibdi. Mo‘jaz hovlisi sim to‘r bilan o‘ralgan. Erta-indin…

Kech bo‘lib qoldi. Tovuqlar katakka kirishdi, lekin eshigi ochiq qoldi. Eshikni yopadigan onasi qo‘shninikida gaplashib qoldi. Bo‘rivoy deraza peshtaxtasida tik turganicha atrofni kuzata boshladi. Shu payt molxonaning orqa tarafida, daraxtlar orasida tulkining dumi ko‘rinibdi.

– Obbo, endi nima bo‘ladi?

Bo‘rivoy hovliga chiqib, u yoq-bu yoqqa qaradi. Don cho‘qilayotgan xo‘rozni bir tepib, qoqolatdi-yu, ko‘chaga oshiqdi. Kechqurun hovli chetidagi tovuqxonada tepki yegan xo‘roz yig‘lamsirab, hasrat qila boshladi:

– Men hovlini begona xo‘rozlardan himoya qilib, o‘g‘ri hakkani quvsam, shumi…

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ko‘m-ko‘k o‘rmon yoqasida bir uy bor ekan. Bu uyda bir keksa kampir yolg‘iz yashar ekan. Bir kuni kampir eshik yonida ip yigirib o‘tirganda, qarg‘a quvlab kelayotgan sichqonni ko‘rib qolibdi. Kampir o‘rnidan turib, qarg‘ani kaltak bilan haydabdi. Sichqonni uyga olib kirib, oldiga bir kaft guruch to‘kibdi.

Qadim zamonlarda Baliqko‘l tomonlarda bir Jin bo‘lgan ekan. Kunlarning birida uning xojasi olamdan o‘tib, Jin ozodlikka chiqibdi. U hech qachon mustaqil, ozod yashab ko‘rmagan ekan. Endi nima qilsam ekan, yo o‘zimga boshqa xo‘jayin topsammikan, deb ketayotib dalada mehnat qilayotgan dehqonga duch kelibdi. U terlab-pishib yer chopayotgan ekan.…