Press "Enter" to skip to content

Charm, zamsh, jut: poyabzallar qanday tozalanishi kerak

Krossovkalar

– 3.2. Rezina materiallarining xossalariga ko‘ra qoiianilishi

SH. A. Karimov, sh. M. Shakirov, М. A. M amatqosimov nometall materiallar texn ologiyasi toshkent

– 3.2. Rezina materiallarining xossalariga ko‘ra qoiianilishi

    Bu sahifa navigatsiya:
  • 3.3 Umumiy xossaga ega boigan rezina materiallari
  • 3.4. Maxsus xossaga ega bo‘lgan rezina materiallari
  • Moy-yoqilg‘i bardosh rezinalar
  • Issiqbardosh rezinalar
  • Yorug‘lik-ozonga bardosh rezinalar
  • Yeyilishga bardoshli rezinalar
  • 3.5. Ekspluatatsion sharotining rezina xossalariga ta’siri
  • N T – 2 / Q_ \ . 3 A 4 4 N \ V 200 t oc
  • Sovuq haroratning ta’siri
  • Takroriash uchun savollar

– 3.2. Rezina materiallarining xossalariga ko‘ra qoiianilishi
1.Umumiy xossaga ega boigan rezina materiallari va ulaming
markalanishi.
2. Maxsus rezina materiallari va ulaming markalanishi.
3. Issiqbardosh,
yorugiik-ozonga,
yeyilishga
bardosh,
elektrotexnik rezina materiallari.
3.3 Umumiy xossaga ega boigan rezina materiallari
Umumiy xossalarga ega boigan rezina materiallariga asosan
vulkanlanuvchi qutubsiz kauchukdan – TK (NK), BSK (SKB), SSK
(SKS), ISK (SKI) ishlab chiqarilgan materiallar kiradi.

TK (NK) – tabiiy kauchuk bo‘lib u quyidagi (C5N8)n – kimyoviy
formulaga ega bo‘lgan polimerlar turkimiga kiradi. U yog‘larda va
aromatik erituvchilarda: benzin, benzol, xloroform va oltingugurt
vodorot moddalarida yelim xossasiga ega bo‘lgan suyuq eritmaga
aylangan holda eriydi. Bu kauchuk 80-100°C haroratgacha qizdiril-
ganda yuqori plastiklik holatga o‘tadi va 200°C gacha qizdirilganda
kimyoviy parchalana boshlaydi. Tabiy kauchuk – 70°C sovuqda juda
mo‘rt bo‘lib qoladi, odatda tabiiy kouchuk amorf jismlar safiga kiradi,
ammo u uzoq muddat saqlansa asta sekin kristallana boshlaydi.
Materialning tarkibida kristall faza u cho‘zilganda ham hosil bo‘lishi
mumkin, bu esa uning mustahkamligini keskin oshiradi. Tabiiy kau-
chukdan rezina olish uchun u oltingugurt bilan birga vulkanlashtirish
zarur. Tabiiy kauchuk o ‘zining yuqori elastikligi, mustahkamligi, suv
va gaz o‘tkazmasligi hamda yuqori elektr izolyasiyalovchi xossalari
bilan boshqa turdagi kauchuklardan ajralib turadi. Uning solishtirma
elektr qarshiligi p = 3 1 0 14- 2 3 1018 Om sm ga teng.
BSK (SKB) – butadien sun’iy kauchuk – u (C4N6)n – kimyoviy
formulaga ega b oiib kimyogar va materialshunos S.V. Lebedev
usulida ishlab chiqariladi. Bu material kristallanmaydigan kauchuk
boiib, uning cho‘zilishdagi mustahkamligi juda kichik boigani uchun
undan rezina ishlab chiqarishda material tarkibiga kuchaytiruvchilar
kiritilishi shart. Uning sovuqqa bardoshligi kichik va -45 °S ni tashkil
etadi.
SSK (SKS) – butadienstirolli sun’iy kauchuk – bu kauchuk
butadien (C4N6) va stirohii (CN2= CN – C6N5) birgalikda polimerlash
natijasida olinadi. Bu kauchuk ishlab chiqarishda keng tarqalgan
umumiy xossalarga ega boigan material. Kauchukning tarkibidagi
stirol miqdoriga ko‘ra uning quyidagi: SK.S-10, SKS-30, SKS-50
inarkalari ishlab chiqariladi. Bunda materialning fizik-mexanik
xossalari uning tarkibidagi stirol miqdoriga qarab o‘zgaradi. Masalan
stirolning foyizi ortgan sari materialning mustahkamligi orta boradi,
ammo uning sovuqqa chidamliligi pasaya boradi. Ishlab chiqarishda
keng qoilaniladigan kauchukning markasi SKS-30 hisoblanadi
chunki uning eskirishga qarshiligi va tez deformasiyaga ishlashligi
boshqa markalarnikidan ancha yuqori hisoblanadi. Gaz singuvchanligi
va dielektrikligi bo‘yicha u tabiiy kauchukka tenglasha oladi. SKS-10
markali kauchukning sovuqqa bardoshligi yuqori -77 °C ni tashkil
etadi. Agarda bu materialga m aium xossalarga ega boigan

to‘ldiruvchi qo‘shi!sa uning mexanik xossalari sezilarli ravishda
oshadi.
ISK (SKI)-izopren sun’iy kauchugi -C 5N8 izoperenning
polimerlashuvidagi mahsuloti. Bu kauchukni maxsus katallizatorlar
yaratilgandan keyin olishga muvaffaq boiindi. SKI
– kauchugi
o‘zining kimyoviy va fizika-mexanik xossalariga ko’ra tabiiy
kauchukka juda yaqin. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan
markalaridan SKI-3 va SKI-3P bo‘lib, ulaming xossalari tabiiy
kauchuk xossalari bilan deyarli bir xil. SKI-3D – elektrokabellar
uchim qoplama, SKI-3V – markasi esa vakuum texnikasi uchun
rezina sifatida ishlab chiqariladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan umumiy xossalarga ega boigan rezina
materiallari suvda, havoda, kislota va ishqorlarda qo‘llanilishi
mumkin boiib, ulaming qo‘llanilishdagi harorati -35 dan 130 °C
gacha. Bu rezinalardan asosan avtomobil shinalari, turli maqsadlarda
qo‘llaniladigan tasmalar (remen), konveyrlar lentalari, elektr simlar-
ning qoplamalari va har xil radio-televideniye detallari tayyorlanadi.
3.4. Maxsus xossaga ega bo‘lgan rezina materiallari
Maxsus xossaga ega bo‘lgan rezina materiallari qo‘llanilishiga
ko‘ra quyidagi turlarga: moy-yoqilg‘i bardosh, issiqbardosh rezinalar,
yorug‘lik-ozonga bardosh rezinalar, yeyilishga bardosh rezinalar,
elektrotexnik
rezinalar
va
gidravlik
suyuqliklarga
bardoshli
rezinalarga bo‘linadi.
Moy-yoqilg‘i bardosh rezinalar – bu rezinalar maxsus SKN
kauchugidan ishlab chiqariladi. SKN – butadiennitril kauchugi bo‘lib
u butadien va akril kislota nitrilining birgalikdagi polimerlashuv
mahsuloti:

CN2 – CN = CN – CN2 – CN2 – CNCN-
Kauchukning tarkibiga ko‘ra, quyidagi SKN-18, SKN-25,
SKN-40
markali
turlari
ishlab
chiqariladi.
Bu
kauchuk
molekulasining tarkibida CN – boiishligi unga qutubli xossalarga ega
bolishligini ta’minlaydi. Kauchukning qutublilik darajasi ortgan sari
uning kimyoviy va mexanik xossalari orta boradi va u bilan birga
uning sovuqqa bardoshligi kamaya boradi. Masalan SKN-18 ning
sovuqqa bardoshligi -5 0 dan -60 °C gacha, SKN—40 esa -26 dan –
28°C gacha. Bu kauchuk ham oltingugurt bilan vulkanlashtiriladi.

SKN – asosli rezina materiallari yuqori mustahkamlik о = 35 MPa,
yaxshi yeyilishga bardosh bo‘lsa-da elastiklik xossasiga ko‘ra tabiiy
kauchukdan pastroq. Bu rezina benzin, kerasin, turli moylar ta’siriga
bardoshli bo‘lib -30 dan 130°C haroratgacha qo‘llash mumkin. Bu
rezinadan asosan turli tasmalar, konveyr lentalari, yoqilg‘i quyish
shoxobchalarida
ishlatiladigan
turli
shlanglar,
proklatkalar,
zichlagichlar ishlab chiqariladi.
Issiqbardosh rezinalar – SKT – kauchugi asosida ishlab
chiqariladi. SKT – sun’iy issiqbardosh kauchuk bo‘Iib kremniyorganik
birikma, uning kimyoviy formulasi quyidagidek:
. . . – S i (CH3)2- 0 – S i ( C H 3)2- . . .
Bu kauchuk perekslar yordamida vulkanlashtiriladi va unga oq
saja – nitrid bo‘r qo‘shilib kuchlantiriladi. Bu kauchukning
molekulyar zanjiridagi siloksan guruh mustahkam bog‘i kauchukka
yuqori issiqbardoshlikni ta’minlaydi. SKT – kichik qutublanish
darajasiga ega bo‘lgani uchun u juda yaxshi dielektrik hisoblanadi.
Uning ishlash harorati -60 dan 250 °C gacha. U erituvchilarda shishib
ularni shimib olishi natijasida mustahkamligi va yeyilishga
bardoshligi keskin yomonlashib qoladi. Ammo issiq va sovuq suvlarni
uzatish uchun juda yaxshi shlanglar ishlab chiqariladi.
Yorug‘lik-ozonga bardosh rezinalar – ftorli, etilen-propilenli
to‘yingan kauchuklar va butilkauchuk asosida ishlab chiqariladi.
Ftorli to‘yingan kauchuk – CF2 = CFC1, CH2 = CF2 to‘yinmagan
ftorli uglevodorodlaming sopolimerlash natijasida ishlab chiqariladi.
Vatanimizda ishlab chiqariladigan turlari SKF-32, SKF-26 toifada
markalanilsa, chet ellarda : Yeyilishga bardoshli rezinalar – bu rezina SKU- poliuritan
asosli kauchuklardan ishlab chiqariladi. Chunki bu kauchuk juda
yuqori mustahkamlikka, elastiklikka, yeyilishga va turli yoqilgi
moylar ta’siriga bardoshli. Bu kauchugning tarkibida to‘yinmagan
bog‘lanishlar bo‘lmagani uchun u kislorod va ozon ta’siriga juda

bardoshli. Uning gazsinguvchanligi tabiiy kauchuknikidan 10-20
barobar yuqori, ishlash harorati esa -3 0 dan 130 °C ni tashkil etadi.
SKU – kauchugi asosida avtomobillar uchun juda sifatli shinalar,
tufli va batinkalaming padoshlari, abraziv zarrachali mahsulotlami
transportirovka qilish uchun konveyr lentalar, quvurlar va shunga
o‘xshash buyumlar ishlab chiqariladi.
Elektrotexnik rezina – bu rezinalar yoki eletr tokini mutloqo
o ‘tkazmaydigan yoki elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan rezinalar
bo‘lishi mumkin.
Elektr o‘tkazmaydigan rezinalar – asosan elektr uzatuvchi simlar,
turli dastgohlar elektr izolyasiyasi, tok o‘tkazmaydigan qo‘lqop va
oyoq kiyimlari TK, SKB; SKS, SKT va butilkauchuk asosida olingan
rezinalardan ishlab chiqariladi. Ulaming elektrqarshiligi р=10п – 1016
O nrsm , dielektrik singuvchanligi 8 = 2,5 – 4, atrofida bo‘ladi.
Elektr tokini o ‘tkazuvchi rezinalar – NK, SKN, SKN-26 –
kauchuklarning tarkibiga uglerod sajasi va grafit kiritish yo‘li bilan
ishlab chiqariladi. Bunda grafitning miqdori kamida 65-75%ni tashkil
etishi kerak. Ulaming elektr qarshiligi p—102 – 104 Om sm dan katta
bo‘lmasligi talab etiladi.
Yuqorida ko‘rib chiqqilgan rezinalar gidravlik suyuqliklar, moy,
benzin ta’siriga turg‘un bo‘lib ulardan asosan harakatlanuvchi
detallami bir-biri bilan ulanish joylaridagi prokladkalar, zichlagichlar
ishlab chiqarishda foydalaniladi.
3.5. Ekspluatatsion sharotining rezina xossalariga ta’siri
Ekspluatatsion sharoitlarda rezina materiallarida turli: yorugMik-
dan, ozondan, issiqlikdan, radiatsiyadan va vakuumdan eskirish
jarayonlari bo‘lishligi ulaming ishlash qobiliyatini kamaytirib,
strukturasida qaytalanmaydigan o ‘zgarishlarga olib keladi. Rezina
materiallarining eskirishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati u yasalgan
kauchukning to‘yinmaganlik darajasi, makromolekulalarining bikirlik
darajasi, zanjirdagi kimyoviy bog‘ning mustahkamligi va materialning
orientatsion hamda kristallanish darajalari bilan belgilanadi. Rezina
materiallaming eskirishi ulaming: mustahkamligi va cho‘ziluvchanligi,
cho‘zilgach o ‘z shaklini qayta tiklash qobilyatini pasaytirishi va
yeyilishga bardoshliligi keskin kamayishi bilan baholanadi.

Kristallanadigan tabiiy, butil, xloropen va SKI kauchuklaming
mustahkamligi 20-30 MPa ni tashkil etadi. Ularning dinamik kuchla-
nishlarga nisbatan uzoq ishlash muddati asosan toliqishga ishlash
qobiliyati bilan aniqlanadi.
Atmosfera ozonning ta’siri ostida to‘yinmagan kauchukdan
olingan rezina tashqi va ichki kuchlanishlar natijasida darzlar paydo
b o iib parchalanadi. Bunday sharoitlarga asosan SKF, SKT, EP –
markali kauchukdan olingan rezinalar qoilaniladi. Quyosh yorugiigi
ta’sirida kauchukda foto-oksidlanish yuz beradi. Agar unga yana
issiqlik ta ’sir qilayotgan b o is a bu jarayon yana jadallanadi.
3.1-rasmda SKB – kauchuginig harorat va yorugiik ta’sirida material
cho‘ziluvchanligini o ‘zgarish diagrammasi keltirilgan.
E’/Eo
/
/
/
/
– r Z

— с
\i_u
с
0
100
200r,min
3.1-rasnu
SKB kauchuginingyorug’lik nuri ta ’sirida ularning
cho ‘zilishga bo ‘Igan mustahkamligining pasayish diagrammasi:
1 – 2 5 ° С da yorug ‘liksiz; 2 – 8 0 ° С da yorug ‘liksiz; 3 – 25 °C
yorug ‘likda va 4 – 8 0 °C yorug ‘likda
Rezinaning eskirish jarayonining jadalashuvi rezina holatiga
bogiiq. Masalan rezina bo‘sh turgan holda uning eskirishi juda sekin
bo iib o ‘tsa u tortilgan, ya’ni cho‘zilgan sharoitida atrof muhit
ta’sirida uning eskirishi jadal kechib o ‘tadi.

0
4
6

r.yillar
3.2-rasnu
Rezina materialining cho ‘zilgan va erkin holatlarda ularda
eskirishningjadallashuvini ко ‘rsatuvchi diagramma. 1 – eskirish
jadalligini о ‘zgarishi; 2 – qoldiq deformatsiya paydo bo ‘lishligi
Diagrammadan ko‘rinadiki u qancha cho‘zilsa u vaqt o ‘tgan sari
o ‘z tarangligini yo‘qotyapti. Demak, cho‘zilishga ishlayotgan
rezinaning eskirish jarayoni erkin turgan rezina materialiga nisbatan
2-3 barobar jadalroq bo‘lar ekan.
Juda ko‘plab rezinalar vakuum hosil qilish qurilmalarida
qo‘llaniladi. Shuning uchun rezina materiallari vakuum sharoitida
uning xossalarini qay darajada o ‘zgartirishi haqidagi m a’lumot juda
muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, rezinaga vakuum sharoitida ham
issiqlik va atrof muhitdagi agressiv moddalar katta ta’sir ko‘rsatadi.
Rezinaning ozon ta’siriga bardoshligini unga turli ingridentlar va
himoya qoplamlar bilan qoplash orqali erishiladi. Rezina materiallari
uzoq vaqt omborxonalarda saqlangan bo‘lsa uni ishlatishdan oldin
cho‘zishga sinab ko‘rishadi, agar uning cho‘zilishdagi mustahkamligi
talabda ko‘rsatilgandan 80% kam bo‘lsa u jadal eskirgan hisoblanadi.
bsiqlik ta’siri – polimerlarning issiqqa bardoshligi uning
strukturasidagi makromolekulalararo kimyoviy bog‘ning mustah­
kamligi bilan izohlanadi. Kauchuklaming issiqqa bardoshligi quyida
keltirilgan qatorda aks etgan: tabiiy kauchuk (NK) N T –
2
/
Q_
\
.
3
A
4 4 N \
V
200
t oc

ichida o ‘zining qancha vaznini yo‘qotishi bilan izohlanadi. Masalan
tabiiy (NK) va izopren sun’iy kauchugi (SKI) 330°C haroratda 30
minut ichida o ‘zining 50% massasini yo‘qotsa, SKD – 410°C da 50%
massasini yo’qotadi.
Sovuq haroratning ta’siri – bu haroratlarda rezinaning yuqori
elastik xossasi kamayib, hattoki mutlaqo yo‘qolib shishasimon holatga
o ‘tib qoladi, buning natijasida materialning mo‘rtligi ming va hattoki
10 ming marotaba ortib ketadi. Juda past haroratlarda ishlashligi
rezinaning sovuqbardoshlik koeffitsiyenti bilan izohlanadi. Bu
koeffitsiyent rezinaning barcha xossalariga tegishli bo‘ladi. Masalan:
Kssfl – siljish, KsSki – siqilish, Kschuz-c h o ‘zilishdagi sovuqqa
bardoshlik koeffitsiyentlari. Rezina materiallarida sovuqqa bardoshlik
koeffitsiyentlari quyidagi tartibda bo‘ladi: Kssi| Takroriash uchun savollar
1. Rezina deb qanday materiallarga aytiladi?
2. Rezina materiallarining qanday turlarini bilasiz?

3. Kauchuklarning qanday turlarini bilasiz?
4. Tabiiy kauchuk bilan sun’iy kauchukning qanday farqi bor?
5. Tabiiy kauchukning afzalligi va kamchiligi?
6. Sun’iy kauchukning afzaligi va kamchiligi?
7. Rezina materialining tarkibi qanday va ular nima uchun alohida
guruhga kiritilgan?
8. Vulkanlash nima va nima hisobiga sodir bo‘ladi?
9. Vulkanlashish jarayonida materialning fizik-mexanik xossasi
qanday o‘zgaradi?
10. Sun’iy ravishda ishlab chiqariladigan kauchuklar nomlari
qo‘llanilish sohalarini keltiring?
11. Maxsus xossaga ega bo‘lgan rezina materiallari haqida
ma’lumot bering?
12. Agar rezina materiali moyga turg‘un bo‘lsa, qanday rezina
turiga kiradi?
13. Issiqqa bardosh rezinaning tarkibi bilan umumiy xossaga ega
bo‘lgan rezina tarkibida qanday farq bor?
14. Yorug’lik va ozonga bardosh rezina materiallari qanday
kauchuk asosida ishlab chiqariladi?
15. Yeyilishga bardosh rezina qanday kauchuk asosida ishlab
chiqariladi?
16. Elektrtexnik rezina qanday maqsadlarda ishlab chiqariladi?
17. Rezina materialining fizik-mexanik xossalariga yorug‘lik
qanday ta’sir ko‘rsatadi?
18. Rezina materiali eskirishi mumkinmi?
19. A trof muhit harorati rezina materiali xossalariga qanday ta ’sir
ko‘rsatadi?
20. Rezinaning vakuumga turg‘un turlarini keltiring?
21. Rezina materiallarini vakuumga turg‘unligi bo‘yicha qanday
turlarini bilasiz?
22. Sovuq harorat rezinaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
23. Tabiiy kauchuk asosida olingan rezina 330 °C gacha
qizdirilsa nima kuzatiladi?

Noorganik polimer materiallarga grafit, mineral shisha, stallar,
keramika materiallari kiradi. Bu materiallar: olovda yonmaslik, yuqori
issiqlikga bardoshlik, kimyoviy moddalarga bardoshlik, eskirmaslik,
yuqori qattiqlik, siqilishga chidamlilik xossalariga ega bo‘lishadi.
Ammo bu materiallar juda mo‘rt, o‘zgaruvchan haroratlarga va yukla-
malarga kam bardoshli, organik polimerlarga nisbatan yuqori
zichlikga ega hisoblanadi.
Asosiy noorganik polimerlarga asosan metallaming oksidlari va
ularning kislorodsiz birikmalari kiradi. Bulaming ichida ko‘pchiligi
kisloroddan tashqari kremniy va boshqa elementlari b o ig ani uchun
ularga umumiy ravishda silikatlar deb nom berishgan. Hozirgi paytda
silikatlardan tashqari sof oksidlardan tashkil topgan materiallar ham
ishlab chiqarilmoqda. Bularga: alyuminiy, magniy, sirkoniy va shunga
o ‘xshash metallaming sof oksididan olingan materiallar misol bo‘la
oladi.
4.1 Grafit
Grafit – bu uglerodning allotropik shakillaridan biri bo‘lib u
kristallik polimer noorganik nometall materiallar turkumiga kiradi. U
parallel qatlamlardan iborat geksaganal kristall panjara hosil qiladi.
Bu panjaraning fazoviy ko‘rinishi 4.1-rasmda ko‘rsatilgan.
Panjaraning har bir tugunlarida bittadan atom joylashgan b o iib
ular orasidagi masofa 0,143 nmni tashkil etadi. Bu tugunlarda atomlar
bir-biri bilan juda mustahkam kovolent bog‘ga ega. Panjara qatlamlar
orasidagi masofa esa 0,335 nmni tashkil etib ular bir-biri bilan Van-der
Vais kuchlari bilan ta’sirlashgan. Bundan tashqari, qatlamlar orasida
erkin elektronlar bor. Grafit kristall panjarasining bunday tuzilishi
materialga o ‘zgacha xossalarga ega boiishligini ta’minlaydi. Masalan
har bir qatlam tekisligidagi geksagonal tugundagi atomlaming bir-biri
bilan kovolent bogiangani uchun ular juda mo‘rt b o iib nometall
xossalarga ega boiishlikni ta’minlasa, qatlamlar oraligida joylashgan
erkin elektronlar materialga elektr va issiqlik o ‘tkazuvchanlik va

yaltiroq
bo‘lishlikni
ta’minlaydi.
Qatlamlaming
bir-biri
bilan
molekulyar bog‘i materialga yumshoqlik berib kichik tashqi kuchlar
ta’sirida qatlamlami bir-biri bilan oson ajralishini ta’minlaydi.
A
4.1-rasm.
Grafltning geksagonal kristall panjarasi. A va S – uning
kristallografik о ‘qlari
Grafit atmosfera bosimi ostida juda yuqori haroratlargacha
qizdirilganda ham erimaydi, lekin 3700 °C haroratgacha qizdirganda
erish jarayonini qoldirib u bugianishga o‘tadi. Grafit materialini faqat
yuqori 10 MPa bosim ostida 4000 °C haroratgacha qizdirilganda
eriydi.
Grafit tabiatda keng tarqalgan material bo‘lib u sun’iy ravishda
ham ishlab chiqariladi. Tabiiy qazib olingan grafitning sifati unchalik
yuqori bo’lmaydi, chunki unda begona elementlar bo‘ladi. Shuning
uchun bu grafit materiali antifriksion yoki elektrotexnik material
sifatida ishlatiladi. Sun’iy grafit ikkita asosiy guruhga: texnikaviy
grafit guruhi va pirolitik (maxsus jarayon prolizdan o‘tkazilgan)
grafitga bo‘linadi. Bu guruhdagi grafitlar kristall panjaralari deyarli

uksonsix, anizatropik xossalarga ega bo’lgan yuqori temperaturalarga
bardoshli konstmksion material hisoblanadi.

Charm, zamsh, jut: poyabzallar qanday tozalanishi kerak?

Poyabzallarning qanday tozalanishi asosan ular ishlab chiqarilgan materialga bog‘liq. “Domashniy ochag” nashri beradigan quyidagi maslahatlar hamma uchun foydali bo‘ladi — axir har bir uyda bunday poyabzallar borligi aniq.

Tabiiy charm

Foto: “Domashniy ochag”

Charm oyoq kiyimni toza suv bilan yuvib, keyin sirka eritmasi bilan arting (1 stakan oq sirka + 1 stakan suv). Ushbu aralashma sirtdagi dog‘larni ketkazishga yordam beradi.

Poyabzal qurigandan so‘ng ularni yumshoq mato bilan arting. Agar charmda kichik dog‘ yoki chiziqlar bo‘lsa, ularni 2 osh qoshiq osh sodasiga qo‘shilgan 100 ml iliq suv bilan tozalashga harakat qiling.

Laklangan charm

Foto: “Domashniy ochag”

Oyoq kiyimni nam latta bilan arting. Kichik dog‘ va chizilgan joylarni ketkazish uchun paxtaga oz miqdorda vazelin surting. Ortiqchasini toza mato bilan artib oling.

Oyoq kiyimingizni oyna yuvadigan sprey bilan artsangiz, ular yap-yangidek yarqiraydi.

Zamsh

Foto: “Domashniy ochag”

Zamsh poyabzalni tozalash uchun maxsus qattiq cho‘tka sotib oling. Bir yo‘nalishda cho‘tkalab, kir va changdan tozalang. Chuqur dog‘larni oq o‘chirg‘ich yoki tirnoq pilkasi yordamida ketkazish mumkin.

Agar bu natija bermasa, toza oq matoni sirka yoki tibbiyot spirtiga botirib, dog‘ ustiga surting. Oyoq kiyimining butun yuzasini suyuqlik bilan ishlov bering — bunday protseduradan so‘ng zamsh yanada yarqiroq bo‘ladi.

Uggi

Foto: “Domashniy ochag”

Uggini kir va changdan pilka yordamida tozalang, qiyin ketadigan dog‘larni o‘chirg‘ichda ketkizing. Oxirida uggi etiklarini alkogolli sirka eritmasi (1: 1) yoki oddiy suvga namlangan mato bilan artib oling. Quritayotganda shaklini yo‘qotmasligi uchun oyoq kiyim ichiga g‘ijimlangan gazeta solib qo‘ying.

Oq kedalar

Foto: “Domashniy ochag”

Oq poyabzallarni tozalash ayniqsa qiyin. Boshlanishiga dog‘larni sirka yoki atseton bilan tozalashga harakat qiling. Agar ketmasa, suv bilan 1:5 nisbatda suyultirilgan xlorli oqartirgichdan foydalaning. Keyin poyabzalingizni toza suv bilan yuving.

Shippaklar

Foto: “Domashniy ochag”

Yomon hiddan xalos bo‘lish uchun rezina shippakni iliq suv bilan yuving, so‘ngra butun yuzasiga qalin soda qatlamini surting va uni 5-10 daqiqaga qoldiring. Keyin tish cho‘tkasi ishqalang. Ozgina kir yuvish vositasi va bir stakan sirka qo‘shib, kir yuvish mashinasida yuving.

Krossovkalar

Foto: “Domashniy ochag”

Krossovkalar yuzasini tish cho‘tkasi bilan tozalang. Keyin yaxshilab yuvib, 1 choy qoshiq suyuq kir yuvish kukuni va 1 stakan suv qo‘shilgan eritmaga solib qo‘ying.

Oyoq kiyimining mato, to‘r va rezina qismlarini ishqalang, lekin uni charm yoki g‘ovakli rezina qismiga tegmang. Keyin ko‘pikni nam mato bilan artib tashlang va poyabzalni ochiq havoda yaxshilab quriting.

Jut (kanop tolali o‘simlik)

Foto: “Domashniy ochag”

Oyoq kiyimining jut shnuri bilan qoplangan qismlarini gilam va pol tozalaydigan vositaga botirilgan tish cho‘tkasi bilan tozalang. Bezaklariga zarar bermaslik uchun u yopishtirilgan yo‘nalishda harakatlaning.

  • Poyabzal g‘ijirlashidan xalos bo‘lishning sinalgan usullari
  • Tashlashga shoshilmang: meva va sabzavot po‘stlog‘ining ko‘pchilikka noma’lum foydalari
  • Har qanday obrazni osongina buzishi mumkin bo‘lgan kiyinishdagi mayda detallar
  • Istalgan kiyimga mos tushadigan hamda sarflangan pulni oqlaydigan oyoq kiyimlar (foto)

Oyoqlarni isituvchi aqlli pataklar ishlab chiqildi

Qish oylarida kasallanmaslik uchun birinchi navbatda issiq kiyinish talab etiladi – sviter, bo‘yinbog‘, kurtka, bosh kiyimi, issiq shimlar va qishki oyoq kiyimi. Bularning barchasini biz yaxshi bilamiz. Ammo zamonaviy gadjyetlarga bir nazar tashlab ko‘rsakchi? Masalan, aqlli pataklar + Shveytsariya startapidan Winter.

Mahsulot oyoqlarni issiq holda ushlab turishga yordam beradi, harorat esa Android va iOS’da ishlovchi smartfonlarga mo‘ljallangan ilova orqali boshqariladi. Pataklar juda ham yupqa bo‘lib – atigi 2 millimetrni tashkil qiladi. Shu sababdan ularni nafaqat har kungi oyoq kiyim bilan, balki chang‘i botinkalari, muzli konkilar, velosiped oyoq kiyimi, rezina etiklar, snoubord botinkalari bilan birga kiyish ham mumkin.

Belgilangan haroratdan (maksimal – 45 darajaga teng) kelib chiqib o‘rnatilgan akkumulyator bir quvvatda 5 soat ishlashi mumkin. Eng muhimi +Winter faqatgina harakat qilganda oyoqlarni isitadi, bunga maxsus joylashtirilgan akselerometrlar xizmat qiladi. Kishi bir joyda turganda pataklar quvvatni tejash maqsadida ishlashdan to‘xtaydi.

Akkumulyator quvvati darajasini bilish, haroratni o‘zgartirish mobil dasturiy ta’minot orqali amalga oshirilishi mumkin. ma’lumotlar almashinuvi Bluetooth 4.0 orqali ishlaydi. Quvvatlantirish uchun esa simsiz zaryad qurilmadan foydalaniladi. 99 shveysariya franki evaziga taklif etilayotgan majmuada faqatgina bir quvvat qurilmasi bor. Kengaytirilgan nusxa esa o‘z ichiga ikkita shunday uskunani olgan bo‘lib, 119 shveysariya frankiga tushadi.

Gadjyet Yevropada sotuvga chiqib bo‘ldi. Pataklar Italiya shimolidagi korxonada ishlab chiqarilmoqda.