Ruhiy tarbiya kitobi
Bugungi mehmonimiz “ Ziyouz . com ” portali asoschisi, jurnalist, bloger Davronbek Tojialiyev o‘zini o‘zgartirgan uch kitob haqida mulohazalarini bildirib o‘tdi. Davronbek Tojialiyevning “Kitob haqida kitob” nomli asari mushtariylar tomonidan qiziqish bilan o‘qilmoqda. Quyidagi tavsiyalari ham sizlarga foydali bo‘ladi, degan umiddamiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ruhiy tarbiya
Ma’lumki, jismoniy va moliyaviy ibodatlarimizni, ya’ni zohiriy amallarimiz shariatimiz tomonidan tartibga solinib, ularning tafsilotlarini fiqh ilmi Qur’oni Karim va Sunnat asosida bayon qilib beradi. Dinimizning ruhiy-ma’naviy va axloq-odobga oid ta’limotlarini esa Qur’oni Karim va Sunnat asosida ruhiy tarbiya ilmi bayon qilib beradi.
«Ruhiy tarbiya» asari dinimizning tamal toshlaridan biri bo‘lmish nafs tarbiyasi masalalariga bag‘ishlangandir. Ushbu majmua «Poklanish», «Tiklanish» va «Hulqlanish» deb nomlangan uch jilddan iborat bo‘lib, ularga nafsni poklash, ahloqni sayqallash kabi ruhiy kamolot bosqichlariga oid masalalar kiritilgan, nafs va qalbdagi turli xastaliklarning bayoni va ulardan poklanish yo‘llari, ruhiy kamolotning bosqichlariga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan.
Xususiyatlar
ISBN | 978-9943-7033-7-7 |
Muallif | Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф |
Til | O’zbekcha |
Yozuv | Kirillcha |
Betlar soni | 480 |
Nashriyot | Ҳилол-нашр |
Muqovasi | Qattiq |
Qog‘oz formati | A5 |
Chop etilgan yili | 2021 |
Kitoblar, mahsulotlar, jahon adabiyoti, o’zbek adabiyoti, biznes va psixologiya, rus tilida, zamonaviy o’zbek adabiyoti, bolalar adabiyoti, diniy adabiyotlar, fan va o’quv qo’llanmalari, abituriyentlar uchun eng yaxshi kitoblar, eng yaxshi 100 ta kitoblar, badiiy (biografik adabiyotlar), , ingliz tilida juda ko’p narsalar va tez yetkazib berish
Sharhlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ruhiy tarbiya
DILSHODA ARALOVA IKROM QIZI
Mashhurlar mutolaasi: Davronbek Tojialiyev “Ruhiy tarbiya” to‘plamini tavsiya qildi
Bugungi mehmonimiz “ Ziyouz . com ” portali asoschisi, jurnalist, bloger Davronbek Tojialiyev o‘zini o‘zgartirgan uch kitob haqida mulohazalarini bildirib o‘tdi. Davronbek Tojialiyevning “Kitob haqida kitob” nomli asari mushtariylar tomonidan qiziqish bilan o‘qilmoqda. Quyidagi tavsiyalari ham sizlarga foydali bo‘ladi, degan umiddamiz.
1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ruhiy tarbiya” to‘plami inson hayot tarzi, ma’naviy dunyosini butkul o‘zgartira oladigan kitoblar sirasiga kiradi. U mo‘min uchun hayot-mamot ahamiyatiga ega “tazkiyatun-nafs” – nafs, qalb va ruhni poklash masalalariga bag‘ishlangan.
Kitob uch juzdan iborat. Birinchi juz – “Poklanish”da nafs pokligi va axloq sofligi uchun suv bilan havodek zarur bo‘lgan ilm, ibodat va amallar haqida so‘z yuritiladi. Ayni choqda, bandani yo‘ldan toydiruvchi eng xatarli ma’naviy illatlarni muolaja etish yo‘llari ko‘rsatiladi.
Ikkinchi juz – “Tiklanish”da poklangan nafsni yuqori maqomotlarga ko‘tarish borasida qimmatli ma’lumot va tavsiyalar beriladi.
Uchinchi juz – “Xulqlanish”da esa asosan Alloh taoloning xulqlari bilan xulqlanish va Rasululloh alayhissalomga ergashish shartlari, mazkur amallarning samarasi mo‘min bandada qay tarzda namoyon bo‘lishi haqida so‘z boradi.
2. “Xislatli hikmatlar sharhi” – anglash va hazm qilish birmuncha qiyin bo‘lgan kitoblardan. Menimcha, kuniga bitta hikmat va uning sharhini o‘qib, uqib olish kifoya qiladi. Darvoqe, mazkur kitob mutolaasidan avval uch jildli “Ruhiy tarbiya”ni o‘qigan ma’qul.
“Xislatli hikmatli sharhi” – misrlik mashhur alloma ibn Atoulloh as-Sakandariy qalamiga mansub “Hikam ul-Atoiyya” kitobining o‘zbekcha sharhidir. Ushbu kitob muallifning Qur’oni Karim va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari hamda boshqa islomiy ilmlardan olgan xulosalarining muxtasar ifodasidir. Hikmatlar uslub va ma’no, shakl va mazmun nuqtai nazaridan arab tilining yuqori “parda”larida bitilgan. Asar o‘z muallifining arab tili balog‘ati va fasohatini puxta egallagan adib ekaniga shohidlik beradi.
Atoulloh Sakandariy asari tarjimasini o‘qigan oddiy kitobxon hikmatlarning teran ma’no qatlamlarini to‘liq tushunmasligi mumkin. Shu bois “Hikam ul-Atoiyya” kitobiga bir qancha ulamolar sharhlar bitganlar. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ham hikmatlarni zamon va makon ila bog‘lab, mulohazaga undaydigan misollar bilan boyitgan.
3. “Majolisi Hakimul-umma” (“Ummat hakimining majlislari”) – Islom olamining mashhur olimi, “Bayonul Qur’on” sohibi, 1500 ga yaqin kitob yozgan hazrat Ashraf Ali Tahonaviy (1862-1943) rahimahulloh suhbatlari jamlangan hikmatli kitob. Uni alloma, Pokiston muftiysi Muhammad Shafe’ Usmoniy (1897-1976) rahimahulloh jamlagan.
Kitobdan ilk parchalarni 20 yillar avval ustoz Yorqinjon qori Fozilov (1978-2021) rahimahulloh ma’ruzalarida eshitib juda ta’sirlangandim. Kitob ilk bor o‘zbek tilida 2021 yili Yorqinjon qori Fozilov tarjimasida chop etildi.
Kitob muallifi alloma Tahonaviyning majlislaridan olgan o‘gitu saboqlari qaymog‘ini ta’sirchan tarzda bayon qilgan. Hikmatga boy ajoyib hayotiy hikoyalar va qissadan hissalar sizni o‘ylashga, tafakkur qilishga undaydi. Mana o‘sha ibratli naqllardan biri !
Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy aytadi: “Bir insonga doimiy yashash uchun hovli hadya qilindi. Uning ijarada turadigan boshqa uyi ham bor. Ijaradagi uyi yaqin, o‘ziga mulk qilib berilgan hovli esa uzoqda ekan. Ikki uy ham xarob ahvolda. Haligi odamning puli esa bitta uyni obod etishga yetadi, xolos. Shunda o‘sha odam: “Uzoqdagi o‘z uyimni ta’mir qilgandan yaqindagi ijara uyni obod qilganim yaxshi”, debdi. Buni eshitgan hamma uni ahmoqlikda ayblabdi. Bizning ham misolimiz shunga o‘xshaydi. Bizga ham bu dunyo – ijaradagi hovli. Biz oxiratdagi o‘zimiz uchun doimiy manzil bo‘ladigan uy qolib, 70-80 yilga berilgan ijara uyni obod qilyapmiz”.