O’qituvchi o’quvchilar bilan kelishgan holda bugungi dars uchun hurmatli yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida keltirilgan “Hozirgi kunda milliy ma’naviyatimiz rivojini tasviriy san’at namunalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi” degan hikmatli so’zlarini darsning shiori sifatida qabul qilib oladi.
Dars ishlanmasi
Respublika umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan tajriba-tadqiqot maydonlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ekspert guruhi xulosasi
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil etilayotgan tasviriy san’at fani darslarini ilg’or pеdagogik tеxnologiyalar asosida tashkil etish katta ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o’quvchilarning nazariy va amaliy mashg’ulotlar davomida o’zlashtirishlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma hamda malakalarni osonlashtiradi. Ushbu dars ishlanmasida darsning maqsadi, vazifalari, o`quv jarayonining mazmuni va o’quvchilar uchun uyga vazifalar kеltirilgan.
Ushbu mavzu o’quvchilarga tushunarli bo’lishi uchun “ Guruhlarda ishlash”,“Savol-javob”, “Kuzatish”, “Aqliy hujum”, “Boshqotirma” kabi metodlardan,xotirasi va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun videotasvirlardan hamda tarqatma materiallardan samarali foydalanilgan. “Ozbekiston amaliy bezak san`ati haqida suhbat ’’mavzusidagi dars ishlanmasida muammoli vaziyatlar yaratilgan,bu o’quvchilarning izlanishiga va yechimini topishga undaydi.
Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan kilib chiqqan holda, ushbu dars ishlanmani amaliyotda foydalanish uchun tavsiya qilish mumkin.
F.Muxamedova – RTM Tasviriy san’at fani metodisti.
Sh.Haydarova – Yunusobod tumani 70-maktabning “Tasviriy san’at”
Darsning mavzusi: O’zbekiston amaliy bezak san’ati haqida suhbat.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – O’quvchilarga O’zbek xalq amaliy bezak san’atining barcha turlari haqida tushunchalar berish. Ularning badiiy qobiliyatlari, intellectual salohiyatlarini rivojlantirish. Islimiy, girix, gulli girix naqsh kompazitsiyasini tuzish haqida tushuncha berish,
Tarbiyaviy – O’zbek xalq amaliy bezak san’atining jozibali turlariga bo’lgan mehrini uyg’otish. O’zbek xalq amaliy bezak san’atiga oid turli ta’limiy o’yinlar orqali jamoa bo’lib ishlash ko’nikmalarini shakllantirish. O’z fikrini mustaqil bayon qila olish, o’zgalar fikrini hurmat qilishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: – O’zbek xalq amaliy bezak san’atiga oid nazariy va amaliy bilimlarini umumlashtirib, uning hayotimizda tutgan o’rni nechog’li katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish orqali ijodkorlik ko’nikmalarini yanada rivojlantirish.
Darsning jihozi: O’zbek xalq amaliy bezak san’ati namunalari,
Xalq amaliy san’ati ustalarining fotosuratlari, videoproyektor, slaydlar, tarqatmali materiallar, magnit yopishtirilgan amaliy san’at asarlaridan reproduksiyalar. Qog’oz, qalam, o’chirg’ich, chizg’ich, sirkullar.
Darsning shakli: Noan’anaviy
Dars o’tish uslubi: Suhbat, kichik guruhlarda ishlash, muammoli vaziyatlar yaratish
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’qituvchi: Assalomu-alaykum, ey aziz yoshlar,
Ilmu fanga tashna qalbi quyoshlar!
O’quvchilar: Va alaykum assalom, qadrli ustoz,
Sizlardan har qancha o’rgansakda oz.
Aziz o’quvchilar, tasviriy san’atdan navbatdagi mashg’ulotimizni boshlaymiz. Marhamat o’tirib olishingiz mumkin.
O’qituvchi sinf ozodaligining tekshirib, navbatchi orqali davomatni aniqlab oladi.
Bolalar bugungi sabog’imizni musobaqa-o’yin tarzida tashkil etsak rozimisizlar?
O’quvchilar: Ha albatta rozimiz!
O’qituvchi: Unday bo’lsa, ikki guruhga bo’linamiz.
1 – guruh Kamoliddin Behzod.
2 – guruh Mirak naqqosh nomi bilan yuritiladi.
O’qituvchi o’quvchilar bilan kelishgan holda bugungi dars uchun hurmatli yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida keltirilgan “Hozirgi kunda milliy ma’naviyatimiz rivojini tasviriy san’at namunalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi” degan hikmatli so’zlarini darsning shiori sifatida qabul qilib oladi.
O’qituvchi: O’quvchilar nima uchun guruhlarimiz nomini aynan shunday nomladingiz?
O’quvchi: 1 – guruhdan: Chunki, Kamoliddin Behzod O’rta Osiyoda yashab, ijod etgan va o’zbek tasviriy san’atidagi miniatyura janrining dovrug’ini butun dunyoga taratgan fanining rivojlanishga katta hissa qo’shgan buyuk musavvirdir.
O’quvchi: 2 – guruhdan: Kamoliddin Behzodning sevimli ustozi Mirak naqqosh O’rta Osiyoda yashab, ijod etgan va o’zbek tasviriy san’atining rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk musavvir va naqqosh hisoblanadi.
O’qituvchi: Yana shunday buyuk allomalarimizdan kimlarni bilasiz?
O’quvchi: Ikkala guruhdan : Al- Beruniy, Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, abu Nasr Farobiy, A. Navoiy, Bobur kabi buyuk mutafakkirlarimiz barcha fanlar bo’yicha dunyo miqyosida olamshumul muvaffaquyatlarga erishganlar.
Aqliy hujum: Tasviriy, amaliy va monumental san’atning rivojiga oid savol-javoblar o’tkazish orqali o’quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini sinovdan o’tkazish uchun guruhlarga quyidagi savollarni beriladi:
1-guruhga: “O’zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etish to’g’riida”gi Farmon, Kamoliddin Behzod nomli Davlat mukofotini tashkil etish to’g’risidagi qaror qachon qabul qilingan. (1997-yil 23-yanvar )
1-guruhga: Toshkent shahridagi Amir Temur, Farg’onadagi Al-Farg’oniy haykallarining muallifi kim? (Ilhom Jabborov)
2-guruhga: “Xalq badiiy hunarmadchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo’llab – quvvatlash to’g’risida” gi Farmon qachon qabul qilingan? (2010 – yil 30 mart)
2-guruhga: 2000 – yil Prezidentimizning farmonlariga ko’ra qaysi hamshahrimizga “O’zbekiston xalq ustasi” unvoni berildi? (Asqarali Akbarov)
Har qaysi guruhlardan to’g’ri javob bergan o’quvchialrni rag’batlantirib boriladi.
10 nafar o’quvchining uy vazifalarini magnitli doskaga hammaga ko’rinarli qilib, ilib qo’yiladi hamda o’quvchilar bilan birgalikda har qaysi rasmni alohida-alohida yutuq kamchiliklarni sharhlab olib, ballar e’lon qilinadi.
Shundan so’ng avvaldan tanlab olingan 9 nafar o’quvchini doska yoniga chorlab, slaydni namoyish etilishiga mos tushgan holda xalq amaliy san’ati turlarini she’rlar orqali ta’riflanadi.
1-o’quvchi: Ajdodlardan meros amaliy san’at,
Barchani rom etgan azaliy san’at,
O’zbek nomin yerdan ko’kka ko’tarib,
Yerdan osmon etgan bebaho san’at.
2-o’quvchi: Xomaki tasvirni tutgancha bedor,
Ganch, yog’och, tosh o’yar usta o’ymakor,
Oyu kun izlanib chizadi tasvir,
Asaridan ko’ngli to’lmas baribir.
3-o’quvchi: Turli shakllarga qo’yib muhabbat,
Naqqosh chizar girix hamda munabbat,
Islimiyda chizsa yaproq gajak, gul,
Gulzorning iforin tuyasiz butkul.
4-o’quvchi: Rangli metallarni tutib kandakor,
Unga naqsh solar go’zal betakror,
Qumg’onmi, oftoba yoinki lagan,
Jilosi quyoshdek doim porlagan.
5-o’quvchi: Yasab bilakuzuk, sirg’a, tillaqosh,
Ko’zin orolabdi topib yoqut tosh,
Ustoning kimligin so’rsangiz agar,
Ijod muallifi bir mohir zargar.
Charxin aylantirar kulib bemalol,
Yasar ko’z, lagan va turli kosa,
Gul solib, ham sirlab lol etar
7-o’quvchi: Tikib zar etigu, hamda zar cho’pon,
Zardo’z quvonadi ishidan chunon,
Zardo’ppi kiyganda o’zbek qizlari,
Oymisol yorishar lo’ppi yuzlari.
8- o’quvchi: Uylarga yarashar qo’sh Xiva gilam,
Xonani bezatar gulzordek biram,
Har qatim ipiga qo’ygancha mehr,
Gilamdo’z yaratar betakror sehr.
9-o’quvchi: O’zbek kashtalari qadimdan mashhur,
Barcha millatlarga bo’ladi manzur,
So’zana, zardevor, palak, joynamoz,
Do’ppi haqda qancha ta’rif aytsak oz.
Hamma: Oltin meros erur bularning bari,
Ko’zing uzolmaysan qaragan sari,
O’z yurtin muqaddas bilgani kabi,
San’atin e’zozlar har yoshu qari.
Ushbu slaydning namoyish etilishi sinf o’quvchilaridagi kayfiyatni ko’tarinki holatga kelishini ta’minlaydi.
YANGI MAVZUNING BAYONI:
Naqqoshlik san’ati haqida. Naqsh namunalarida qo’llaniladigan turli geometrik shakllarning ham ramziy ma’nolari bor. To’rtburchak (g’isht, xisht) -ishonch ma’nosini anglatadi. Bir-biriga qalashtirib tikilgan, to’qilgan va chizilganligi g’ishtdan qurilgan imoratning mustahkamligi, unda insonlarning xotirjam yashashi ma’nosini anglatadi. Shuning uchun naqshda gullar, yo’llar-islimiy elementlar, grixdda qo’llaniladigan geometric shakllar bir biri bilan qalashtirib, o’raltirib tasvirlanadi. Boisi, insonlar hayoti bir biri bilan bog’liq: bir sayyora, bir mamlakat, bir maktab, bir sinf, bir tashkilot, bir oilada yashaydi, mehnat qiladi, o’qiydi.
1-rasm. Islimiy naqsh namunasi
Naqqoshlik san’atida to’rt tomoni teng to’rtburchak kvadrat (lotincha quadratis arabcha-murabba) –abadiylik, yorug’lik; romb-ona-yer; beshq qirrali yulduz-dunyoning o’tkinchi ekanligi; quyosh-hayot ramzi; bulut, olov-g’oliblik ramzi; aylana-baxt, insonni yovuz niyatlardan qaytarish; yarim oy (oygul), xumo qushi-baxt-iqbol; yangi chiqqan oy-musulmonlik ramzi; qalampir-yomon ko’zdan asrash; olma-muhabbat; bulbul-sadoqat; oq kabutar-tinchlik; boyo’g’li (boyqush)-xushyorlik; tulki-ayyorlik, makkorlik; sher-mardlik, jasorat; ohu-noziklik, go’zallik, himoyasizlikni anglatadi.
Xalq amaliy bezak san’atida qo’llaniladigan ranglar ham o’ziga xos ma’no-mazmun kasb etadi. Qora-motam, sariq-ayriliq, oq-musaffolik, tozalik, yorug’lik, baxt; zangori –oliy e’tiqod; ko’k-moviy osmon, tinchlik; qizil-g’alaba, shodlik va xursandchilik; yashil-ona-tabiatni ifoda etadi.
Amaliy bezak san’atida qo’llaniladigan ramziy shakllar va ularning ma’nosi insonlar hayoti kabi va tarixiy rang-barang, insonlar hayoti bilan hamnafas. Insonning hayoti, turmush tarsi, mahalliy sharoiti, turli-tuman bo’lganligi uchun amaliy san’atda qo’llaniladigan ramziy shakllar, rang va tasvir usullari ham turlicha bo’ladi. Misol uchun, naqqoshlik san’atini olsak, unda Farg’ona, Xiva va Toshkent naqsh maktablari mavjud. Ularda o’zbek xalq amaliy san’atining xususiyatlarini bilan birga mahalliy o’ziga hoslik bor.
Bu maktablarning kompozitsiya uslubi va rang berishdagi o’ziga xosligida Farg’ona maktabi naqshlarida chetlari chiroyli qilib aylantirilgan, ranglar esa qizil va yashil bo’yoqlarning to’yingan tuslari bilan bo’ladi. Xorazmda esa usta musvvirlar naqsh yuzasining novda-yo’l va g’uncha shuningdek, geometrik nashlar bilan to’ldirib, asosan, moviy rangli bo’yoqlar bilan go’zallik yaratiladi. Toshkent maktabi naqshlarida ranglar koloritining qatiiyligi, naqsh elementlari, ayniqsa, gullar, barglarga mehr bilan targ’il berish orqali ular jozibasi taminlanganligini ko’ramiz. Ular bir hildagi ranglarning turli tuslarini qo’llashga ko’proq e’tibor qaratadilar.
Toshkent naqqoshlik maktabining shakllanishi va rivojlanishida Yoqubjon Raufov, Toir To’xtaxo’jayev, Jalil Hakimov, Anvar Ilhomov kabi naqqoshlar, Toshpo’lat Arslonqulov, Mahmud Usmonov, Ortiq Fayzullayev kabi ganj va yog’och o’ymakorlarining hizmati katta bo’lgan.
- Akbarov ijodidan namunalar
Farg’ona naqqoshlik maktabi vakillarining ijodida yuqorida aytib o’tilgan o’ziga xoslikdan tashqari, Toshkent va Xiva naqqoshlik maktablarining an’analarini qo’llash hollari ham uchraydi. Saidmuhammad Norqo’ziyev, Abdug’ani Abdullayev, Asqar Akbarov, Qodirjon Haydarov kabi ustalar nafaqat O’zbekistonda, balki bir qator chet mamklakatlarida ham o’zlarining noyob san’atlarini namoyon etganlar.
Keyin esa ganchkorlik san’ati haqida va shu san’at turi bilan shug’ullangan mashhur ustalar haqida ma’lumotlar aytib o’tiladi.. Toshpo’lat Arslonqulov (1882-1962). Ganj o’ymakorlari O’zbekiston xalq rassomi (1944), Davlat mukofotining laureati (1948), bir necha orden va medallar bilan taqdirlangan. Bir qator madaniy, maishiy va ma’muriy binolarning, shu jumladan, XX asrning boshida xususiy uylar, keyinchalik, Abror Hidoyatov nomidagi o’zbek drama teatri, Alisher Navoiy nomidagi Davlat opera va balet akademik katta teatri binolarini bezashda ishtirok etgan.
2-rasm. Ganch o’ymakorligidan namuna.
Buxorolik usta Shirin Murodov Samarqandlik usta Kuli Jalilov, Usta Shamshiddin Jalilovlar mamalakatimizdagi ko’plab madaniy-ma’rifiy binolar qurilishida ishtirok etgan mashhur naqqosh, ganj va yog’och o’ymakorlaridandir.
Usta Shirin Murodov . 1879–yilda Buxoro shahrida ganj o’ymakorlari ustasi oilasida tug’ilgan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasining faxriy a’zosi (1943), Davlat mukofotining laureati (1948) bir qancha orden va medallar bilan taqdirlangan. Buxoro, Samarqanddagi qadimiy me’moriy obidalarning ta’mirlashda, Buxorodagi Setorai Mohi-Xosa, Toshkentdagi Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri, Navoiy nomidagi Davlat opera va balet akademik katta teatri binosining qurilishida ishtirok etgan. 1957-yilda Toshkent shahrida vafot etgan.
3-rasm. Yog’och o’ymakorligidan namuna.
Yog’och o’ymakorligi haqida hamda shu amaliy san’atning rivojiga hissa qo’shgan ustalar haqida so’zlab o’tiladi. Qodirjon Haydarov. 1918-yilda Qo’qon shahrida tug’ilgan. O’zbekiston xalq rassomi, davlat mukofotlarining laureati. Asarlari O’zbekiston tarixiy muzeyida xalq amaliy san’ati muzeyida saqlanadi. U tarix muzeyi, O’zbekiston badiiy akademiyasining “Xamar” ko’rgazma zalining o’ymakor eshiklarini ishlagan.
O’zbekiston Xalq amaliy san’atida qo’llaniladigan naqsh elementlari, ularning tabiiy va stilizatsiyalashtirilgan variantlari, naqsh elementlarining ramziy belgi va mazmuni haqida tasavvurga ega amaliy san’at usullari-naqqoshlik, ganj va yog’och o’ymakorlari haqida ma’lumotga ega bo’ldingiz. Olgan taasurotlaringiz, egalagan bilimizgiz asosida mustaqil tarzda naqsh kompozitsiyasi tuzuladi. Uning shaklini (doira, kvadrat, yo’l ichida ) ixtiyoriy tarzda olishingiz mumkin. Naqsh kompozitsiyasida ramziy shakllar, ranglarni bir-biriga mutanosib bo’lishiga e’tibor bering.
YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH:
Namoyish etilgan videotasvir va o’qituvchi tomonidan xalq amaliy san’atiga doir ma’lumotlarni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirganligini bilish va yangi darsni mustahkamlash uchun test va savol-javoblar o’tkaziladi.
Magnit doskaga amaliy san’atning turli ko’rinishlariga oid rasmlar ilib qo’yiladi, taklif etilgan o’quvchilar bir muddat ko’z o’ngidagi rasmlar holatini eslab qolish uchun fursat beriladi. O’quvchi o’girilib turadi, o’qituvchi shu jarayonda rasmlar o’rnini almashtirib qo’yadi, so’ngra o’quvchilar ushbu rasmlarning o’rni-orniga qo’yadilar.
Yana har qaysi guruhdan 2-3 o’quvchini jalb etilib, ularga test savollari beriladi:
- Naqshni qog’ozga chizib, chiziq yo’llarini ignada teshib olingan andazani nima deyiladi?
- Iroqi B) Yo’rma C) Axta D) Kundal
- Girix naqshlarini nimalarga asoslanib chiziladi?
- Gullarga va barglarga B) Geometrik shakllarga
3) O’zbek xalq amaliy bezak san’ati monografiyasining muallifi kim?
C) Asqarali Sulaymonov D) Saidaxbor Bulatov