Bir soatlik ochiq dars ishlanmasi
2022-02-01 21:16 267,116
2023
Музыка онлайн:
рус тилидан дарс ишланмалари
BOZK Rus tili fanidan ochiq dars o qituvchi Murodova G T
2021-03-15 15:09 2,636
Mana rus tilini qanday o tish kerak Оригинальный урок русского языка Anvarovich
2020-12-11 45:05 6,422
15 maktab Rus tili fan oyligi doirasida o 39 tkazilgan tadbir
2019-12-26 24:08 10,517
Rus tilini noldan o 39 rganing 1 dars русский язык для начинающих русский язык 1 урок
2021-08-14 03:32 722,983
rus tilidan ochiq dars
2020-03-06 10:05 1,618
JONLI EFIR 1 ЧИ БЕПУЛ ОНЛАЙН ДАРС
2021-02-02 52:33 69,594
РУС АЛИФБОСИ БОЛАЛАР УЧУН ЖУДА КИЗИКАРЛИ
2021-03-13 27:08 438,096
RUS TILI NOLDAN BOSHLAB O 39 RGANAMIZ 1 DARS
2018-10-28 18:05 1,628,388
ЎЗБЕКЧАДАН РУСЧАГА ТАРЖИМА КИЛИНГ 7 901 171 24 74 ОНЛАЙН ДАРСЛАР
2022-02-01 21:16 267,116
O 39 ynab o 39 rganamiz Г harfi rus tili
2021-05-18 04:47 3,983
Rus tilida ko 39 pchilik qiynaladigan mavzulardan biri
2022-04-14 00:29 113,321
РУС ТИЛИДА ГАПИРИШНИ ӮРГАНАМИЗ
2022-05-25 00:45 50,691
Rus tilida yangi so zlarni o rganamiz videodars rustiliniorganish rustili
2023-01-21 00:53 169,912
rus tili fanidan С А Есенин quot quot Черёмуха quot 39 mavzusida ochiq dars
2022-03-16 13:58 418
Dars jarayonida Gugurt metodini qo 39 llash
2022-01-31 02:31 86,816
2 soatda 10 ta metod
2022-02-09 14:33 92,642
30 Maktab Rus tili fan oyligi doirasida o 39 tkazilgan tadbir
2019-12-02 25:12 8,728
2 синф рус тили 4 дарс O 39 QUV QUROLLARI рус тилини урганамиз dars ishlanmasi lugat
2017-04-26 16:19 22,238
Rus tili bolalar uchun
2019-04-04 14:45 201,134
Boshlang ich ochiq dars
2022-03-11 31:04 30,657
viplistpro@mail.ru – для правообладателей и обратной связи
Bir soatlik ochiq dars ishlanmasi
Jihoz: mavzuga oid rasmlar,videofilmlar, multimediyalar, tarqatmalar asosida.
Nazorat: o`quvchilarni darsda faolligi kuzatilib, husnixatlari nazoratga olinadi.
Tarbiyaviy: o`quvchilarda do`stlik, hamjihatlik, kasblarga nisbatan mehr, sinf jihozlarini avaylab asrash kabi ijobiy sifatlarni tarbiyalash;
O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash
O`tilgan darsni ,,Tezkor savol- javob” metodi orqali so`rab baholash;
Yangi mavzu bayoni
2. O`qituvchi ot so`z turkumi,haqida tushuncha beradi va birlikdagi hamda ko`plikdagi otlarni farqlashni ko`rgazmalar orqali tushuntiradi
3.“Tarmoqli klaster” usuli orqali o`quvchilar bilimi tekshiriladi;
4. Mashqlar bajariladi;
Yangi mavzuni mustahkamlash
- Tashkiliy qism.
O`qituvchi: Aziz oquvchilar, bugun kim navbatchi?
O`quvchi: Bugun men navbatchi.
O`qituvchi: Yilda nechta fasl bor?
O`qituvchi: Hozir qaysi fasl?
O`quvchi: Qish fasli.
O`qituvchi: Qish faslida qaysi buyuk allomalarni tavallud topgan kunlarini nishonlaymiz?
O`quvchi: G`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy va Mirzo Boburning tavallud topgan kunlarini nishonlaymiz?
O`qituvchi: Hozir qaysi oy?
O`quvchi: Fevral oyi.
O`qituvchi bolalarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
O`qituvchi: Aziz bolajonlar, darsga hamma tayyormi?
Hamma o`quvchilar o`quv qurollari borligini ya’ni: daftar, darslik, kundalik, ruchka, qora qalamlarini tekshirib chiqadi.
O`qituvchi: Demak, hamma darsga tayyor. Bolajon, bizlar dars davomida nimalarga, qaysi qoidalarga rioya qilishimiz kerak?
O`quvchilar: Biz ona tili darsida asosan husnixat bilan yozish va mashqlarni bajarishga faol qatnashishimiz kerak.
O`qituvchi: Ona tili darsining shiorini aytamiz.
O`quvchilar: Ona tili darsimiz,
Onam tili darsimiz.
O`zbek tilini chuqurroq
II. O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash.
O`qituvchi: Balli, dono bolalarim. Hozir biz siz bilan,, Tezkor savol- javob” so`rov metodi asosida o`tilgan mavzuni mustahkamlaymiz.
DONOLAR ZUKKOLAR ZIYRAKLAR
Soylar to`lib oqadi,
Qizlar chechak taqadi,
Xushbo`y hidlar sochadi.
Bu qaysi fasl?
Ishlaringiz ,,besh” bo`lsin!
Quvonch sizga yor bo`lsin
Hoy, bolalar ,bolalar,
Chamandagi lolalar
Turnalar hoy turnalar
Pastlab uchingiz
Bizning ko`l va daryolar
Bag`rin quchingiz
III-Yangi mavzuning bayoni. Otlarda birlik va ko`plik”.
Shaxs va narsani bildirib kim? yoki nima?so`rog`iga javob bo`lgan so`zlar
ot deyiladi.
Otlar birlik shaklida (o’quvchi, bulbul) va ko’p shaklida (o’quvchilar, bulbullar) qo’llanadi.
Birlikdagi otlar kim? yoki nima? so’rog’iga javob bo`ladi.
Ko’plikdagi otlar kimlar? yoki nimalar? so‘rog’iga javob bo’ladi.
-lar qo’shimchasi birlikdagi otdan ko’plikdagi ot hosil qiladi.
Qoida! Otlar birlik shaklida (o’quvchi, bulbul)
va ko’plik shaklida (o’quvchilar, bulbullar) qo’llanadi.
Birlikdagi otlar kirn? yoki n i m a ? so’rog’iga, ko’plikdagi otlar kimlar? yoki ni malar? so’rog’iga javob bo’ladi.
-lar qo’shimchasi birlikdagi otdan ko’plikdagi otni hosil qiladi. Bir shaxs va narsani bildirgan ot birlikdagi ot, birdan ortiq shaxs va narsani bildirgan ot ko’plikdagi ot ekanini esda tuting!
Gaplarni o’qing. Ajratib ko’rsatilgan otlarga savol bering.
1. O’quvchi topshiriqni to’g’ri bajardi. 2. O’quvchilar sayohatga tayyorgarlik ko’rdilar. 3. Bulbullar gulzorda sayraydi. 4. Bulbul qafasda yashay olmaydi. 5. Qal-dirg ‘ ochlar ilk bahorda uchib keladi. 6. Ayvonga qaldirg‘och uya qurdi. 7. Men o’qigan kitob juda qiziq ekan. 8. Kutubxonada kitoblar saqlanadi.
Bir narsa va shaxsni bildirgan otlar bilan birdan ortiq narsa va shaxsni bildirgan otlarni aniqlang, namunada ko’rsatilganidek ikki ustunga ajratib yozing.
N a m u n a:
Birlikdagi otlar: Ko’plikdagi otlar:
о ‘quvchi о ‘quvchilar
N | Birlikdagi otlar | Ko`plikdagi otlar |
1 | O’quvchi | . O’quvchilar |
2 | . Bulbul | Bulbullar |
3 | qaldirg ‘ och | Qaldirg‘ochlar |
4 | kitob | kitoblar |
Dam olish daqiqasi
Husnixat derlar meni,
Kimki chiroyli yozsa,
Biling shuni do`stlarim,
Maqtayman uni rosa.
Maqollar bahsi
Ilmsiz – bir yashar, Ilmli – ming yashar.
Ona yurting – oltin beshiging.
Izzat tilasang, ko’p dema, . Sihat tilasang, ko’p yema.
Do’st bo’lsang, do’stingning aybini tuzat.
Duo bilan el ko’karar, Yomg’ir bilan yer ko’karar.
El qo’risang, o’zarsan, Qo’rimasang, to’zarsan.
Vaqting ketdi – naqding ketdi.
222- mashq. O’qing.
Qo’shiq kuylar qizaloq,
Tinglar bog’lar, dalalar,
Ovozi sho’x qo’ng’iroq,
Qo’shiq nurday taralar (Rauf Tolib)
Ko`plikdagi otlarni birlikdagi otlarga aylantirib yozing.
Kuylar – kuy
Dalalar- dala
IV-Yangi mavzuni mustahkamlash:
,,Charxpalak” metodi asosida
N | Birlikdagi otlar | Ko`plikdagi otlar |
1 | kitob | ? |
2 | qalam | ? |
3 | ruchka | ? |
4 | qog`oz | ? |
N | Birlikdagi otlar | Ko`plikdagi otlar |
1 | ? | olmalar |
2 | ? | noklar |
3 | ? | uzumlar |
4 | ? | qovunlar |
N | Birlikdagi otlar | Ko`plikdagi otlar |
1 | terak | ? |
2 | chinor | ? |
3 | archa | ? |
4 | qayin | ? |
Rag`bat kartochkalari orqali o`quvchilar bilimlarini baholash. Baholash marosimida har bir o`quvchining bahosini izohlab berish. Baholash vaqtida o`quvchilarni shaxsiy munosabatlarini emas, balki bilimlarini, sayu-harakatlarini hisobga olish.
VI-Uyga vazifa.
223-mashq. Berilgan qoidani yodda tuting!