Таълим / Образование
3. Siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro munosabatlar).
Rus tilini o’qitishda taʼlim metodlari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»
Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nargisxon Isamuddinovna To’Xtayeva
Hozirgi kunda o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillariga o’qitish sifatini ta’minlash, chet tillarida erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, chet tillarni o’zlashtirish orqali jahon ta’lim standartlariga javob beradigan yetuk kadrlarni tayyorlash yurtimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotining maqsadlaridan biridir. Til o’rgatishdagi imkoniyatlarni aniqlash va ularni yuzaga chiqarishda o’qituvchining bilimi, ijodkorligi, talabalarni o’z faniga nisbatan muhabbatini uyg’ota olishi, talaba bilan hamkorlik munosabatini o’rnatish hozirgi davr talabini taqozo etadi. Qaror chet tillarini o’rgatishni yanada rivojlantirish, xalqaro standartlariga muvofiq umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari uchun chet tillarini yuqori darajada egallagan malakali o’qituvchilarini tayyorlash darajasi va sifatini yuksaltirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida qabul qilindi. Shu bilan birga aytish joizki, har bir o’rganilayotgan tilning o’ziga xos qonun-qoidalari, sir-sinoatlari mavjud. Xalqaro standartlarga javob beruvchi yetuk mutaxassis kadr bo’lish uchun o’rganuvchidan tilning eng nozik qatlamlarini nazardan qoldirmaslik talab etiladi.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Nargisxon Isamuddinovna To’Xtayeva
Mutaxassisligi chet tili bo`lmagan OTM talabalariga ingliz tilini o`rgatishda yangi pedagogoik texnologiyalar
Сhet tilini o’rgatishda yangi pedagogik texnologiyalar
CHET TIL O’QITISH METODIKASIDA ZAMONAVIY METODLAR
CHET TILLARINI O‘RGANISH JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
YOSHLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYLASHDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Текст научной работы на тему «Rus tilini o’qitishda taʼlim metodlari»
Rus tilini o’qitishda ta’lim metodlari
Nargisxon Isamuddinovna To’xtayeva SamDU Kattaqo’rg’on filiali
Annotatsiya: Hozirgi kunda o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillariga o’qitish sifatini ta’minlash, chet tillarida erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, chet tillarni o’zlashtirish orqali jahon ta’lim standartlariga javob beradigan yetuk kadrlarni tayyorlash yurtimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotining maqsadlaridan biridir. Til o’rgatishdagi imkoniyatlarni aniqlash va ularni yuzaga chiqarishda o’qituvchining bilimi, ijodkorligi, talabalarni o’z faniga nisbatan muhabbatini uyg’ota olishi, talaba bilan hamkorlik munosabatini o’rnatish hozirgi davr talabini taqozo etadi. Qaror chet tillarini o’rgatishni yanada rivojlantirish, xalqaro standartlariga muvofiq umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari uchun chet tillarini yuqori darajada egallagan malakali o’qituvchilarini tayyorlash darajasi va sifatini yuksaltirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida qabul qilindi. Shu bilan birga aytish joizki, har bir o’rganilayotgan tilning o’ziga xos qonun-qoidalari, sir-sinoatlari mavjud. Xalqaro standartlarga javob beruvchi yetuk mutaxassis kadr bo’lish uchun o’rganuvchidan tilning eng nozik qatlamlarini nazardan qoldirmaslik talab etiladi.
Kalit so’zlar: Ta’lim, tarbiya, metodlar, texnologiya
Teaching methods in teaching Russian
Nargisxon Isamuddinovna Tokhtayeva SamSU Kattakurgan branch
Abstract: Ensuring the quality of teaching the younger generation in foreign languages, radically improving the system of training specialists fluent in foreign languages, training of qualified personnel who meet world educational standards through mastering foreign languages in our country is one of the goals of the ongoing education reform. The teacher’s knowledge, creativity, ability to arouse students’ love for their subject, to establish a cooperative relationship with the student in the process of identifying and revealing opportunities in language teaching requires modern requirements. The decision is aimed at further development of foreign language teaching, implementation of measures to improve the level and quality of training of highly qualified teachers of foreign languages for secondary schools,
vocational colleges and academic lyceums, higher education institutions in accordance with international standards. was adopted to ensure. At the same time, it should be noted that each language studied has its own rules and secrets. In order to become a professional who meets international standards, the learner is required not to overlook the most delicate layers of language.
Keywords: Education, training, methods, technology
Metod so’zi – yunoncha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, yo’l, usul ma’nolarini anglatadi.
Ta’lim metodi – o’qituvchining o’quvchilar bilan muntazam qo’llaydigan, o’quvchilarga o’z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko’nikmalarini egallay hamda ulardan amalda ham foydalanish imkonini beruvchi ish usulidir. Belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo’yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faoliyatini tashkil etishning tartibga solingan usullar majmuasi hisoblanadi.
SUHBAT metodi bu – o’quvchi shaxsini g’ayaviy, ma’naviy, axloqiy jihatdan shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi eng ta’sirchan usullardan biri hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf o’quvchilari uchun har tomonlama mosligi, dolzarbligi muhim ahamiyatga ega. Suhbat quyidagi mavzularda uyushtirilishi mumkin.
1. Etik mavzular (ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy, jamoa orasida o’zini tutish qonun-qoidalari)
2. Estetik mavzular (tabiat go’zalligi, inson go’zalligi, shaxslararo munosabatlar)
3. Siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari, xalqaro munosabatlar).
4. Ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot va hayvonot dunyosi va boshqalar) kabi mavzularda suhbat tashkil etish ijodiy natija beradi.
Suhbat davomida o’quvchilarga ularning o’z fikrini erkin ifoda etishlari hamda mustaqil fikr yuritishlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat etish juda muhimdir. Bu borada bahs-munozaraning ham katta ahamiyati bor.
HIKOYA metodi bunda o’quvchilar odatda turli xil misollar bilan boyitilgan hikoyalarga qiziqishadi va ularni sevib tinlashadi. Ularga xalq o’tmishi, ertak qahramonlarining hayoti, ularning ko’rsatgan jasoratlari haqida so’zlab berish mumkin. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari, gazetalar, jurnallar, radio-televideniyedagi malumotlar ham o’quvchilarni aslo befarq qoldirmaydi. Suhbat yokki hikoya mavzusining o’quvchilar tomonidan tanlanishi, ularning mazmunli va qiziqarli o’tishini ta’minlaydi. Buning natijasida o’quvchilar ilgari surilayotgan bu
mavzuga e’tiborsiz bo’lishmaydi. O’z fíkrlarini erkin ravishda bildira oladi. Bu esa fikrlarini rivojlanishiga olib keladi.
Bu borada birinchi Prezidentimiz I.Karimov ham “Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samara uchuni past bo’lishi muqarrar” degan fikrni bildirgan edilar. Shuning uchun bolalarni erkin fikrlashga undashimiz, ularning dunyoqarashini boyitib borishimiz kerak.
O’Z-O’ZINI TARBIYALASH metodi bu – o’quvchilarning o’zini o’zi idora qilish va o’quvchilarning turli organlari faoliyatida faol ishtirok etishni ta’minlash, ijtimoiy mavqeini oshirishning ta’sirchan vositasidir.
O’Z-O’ZINI BAHOLASH metodi bunda xatti-harakatlari, fazilatlari, xulq-atvorini tahlil qilish, asosida o’z shaxsiga baho berishga yo’naltirilgan faoliyat turi hisoblanadi. O’quvchi o’z-o’zini baholash qiyin, lekin ularni bunga yetarlicha tayyorlash mumkin. Buning uchun o’quvchi o’z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo’lishi, ya’ni tarbiyalanishni xohlashi, o’z – o’zini takomillashtirishga intilishi lozim. Bu usul ularga o’zlariga chetdan turib, xolisona baho berishga yordam beradi.
RAG’BATLANTIRISH metodi bu – o’quvchilarning faoliyatiga, xatti harakatiga ijobiy baho berish, asosida unga ishonch bildirish, ko’nglini ko’tarish va ularni qo’llab- quvvatlash usuli hisoblanadi.
O’qituvchi doimiy ravishda o’quvchilaridagi o’zgarishlarni kuzatib borishi, ularga nisbatan e’tiborli bo’lishi kerak bo’ladi. Shundagina, o’quvchilar o’zlarini e’tiborsiz qolodik deb bilmaydilar. Doimo e’tibordaman deb o’ylab, rivojlanishga, oldinga intilishga harakat qilib boradilar. O’qituvchi hamma o’quvchilariga nisbatan jamoada adolatli bo’lishi kerak. Shunda o’quvchilari ustozini hurmat qilishadi, bilimlarni to’g’ri baholashlariga ishonishadi. Ustozlar shu tariqa, o’z jamoasida o’z o’rinlarini topishadi.
Quyida rivojlanayotgan yangi pedagogikalar haqida so’z yuritamiz.
1) Ta’limda sun’iy aql. «Sun’iy aql» atamasi (SA) kompyuter tizimlarini tavsiflash uchun ishlatiladi. Sun’iy aql ta’lim tizimlari maktablarga, kollejlarga va universitetlarga shiddat bilan kirib bormoqda. Ko’pchilik odamlar sun’iy aqlni robot o’qituvchilar deb tasavvur qilsalar-da, uning ham foydali tomonlari bor. Talabalar uchun yaratilgan ilovalar aqlli o’qitish tizimi, dialogga asoslangan o’qitish tizimi, tadqiqotga asoslangan o’quv muhiti, avtomatik yozishni baholash va suhbat agentlarni o’z ichiga oladi. O’qituvchilar uchun mo’ljallangan dasturlar kam rivojlangan bo’lsa ham, o’qituvchilarni o’z bilimlarini oshirishlarida yordamchi dastur hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, talabalar va o’qituvchilarning tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, muloqot va hamkorlik kabi qobiliyatlarini inobatga olish kerak. O’qituvchilar, o’rganuvchi olimlar va boshqa manfaatdorlar ikkala tomonni ya’ni
sun’iy aql ilovalarni ham, o’qitish va o’rganish usullari ham rivojlantirishga shug’ullanishsa nur ustiga a’lo nur bo’lar edi.
2) Ochiq ma’lumotlar orqali o’rganish. 250 dan ko’proq milliy, mahalliy va shahar hokimiyatlari va global miqyosdagi tashkilotlar ma’lumotlarni bir-birlari bilan almashishyapti, yaratishyapti va o’z ishlarida foydalanishyapti. Ushbu tashkilotlar xalq tomonidan ishlatiladigan ma’lumotlarni ko’rishga intilishadi, ko’pgina yetuk xizmatlar ochiq ma’lumotlarni o’rganish uchun manbalarni taqdim etishadi. Keyinchalik tashabbuslar ularni innovatsion ta’limga olib keldi. Xo’sh, savol tug’iladi – ochiq ma’lumotlar material sifatida nimani taklif qiladi? Uning o’rganish va o’qitishdagi ahamiyati qanday? Asosiy omil bu – haqiqiylik. Birgalikda ishlatiladigan ma’lumotlar yirik tashkilotlar ichida sodir bo’layotgan real jarayonlar natijasida paydo bo’ladi. Ko’pincha kasbiy ishda foydalaniladigan ma’lumotlar bizning hayotimizga va atrofimizdagi dunyoga real ta’sir qiladi. Ikkinchi omil – bu ma’lumotlar talabalarning salohiyatini oshirishdagi ahamiyatidir. Bu juda kuchli ruhiy ta’sir bo’la oladi. Talabalar o’z shaharlarida, qishloqlarida balki o’z sinflarida bo’layotgan voqea-hodisalarni yaqin va uzoqda sodir bo’layotgan voqea-hodisa bilan taqqoslay oladilar. Balki bu jarayonda ular muammolarni ham aniqlab, bu muammoga mahalliy yoki butun jamiyat e’tiborini jalb qilishlari ham mumkin. Bitta misolda, o’rta maktab o’quvchilari Italiyada davlat tomonidan moliyalashtirish to’g’risidagi ma’lumotlarni o’rganish jarayonida qurilish loyihalari uchun mukofotlangan. Bundan ko’rinib turibdiki, ochiq ma’lumotlar o’quvchilarni bir-biri bilan bog’lagan, ma’lumotlar savodxonligi, oshkoralik va dalillarga asoslangan harakatlar natijasida kattaroq rag’bat uchun ijtimoiy harakatlar vujudga kelgan.
3) Ma’lumotdan foydalanish axloqi bilan shug’ullanish. O’sib borayotgan ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish axloqiy savollarning doimiy ravishda ko’payishi bilan birga keladi. Bu yerda axloqiy muammolar ko’p ma’lumotlarga, masalan, kim egalik qiladi, ma’lumotlarni qanday izohlash kerak, talabalar va professor-o’qituvchilarning shaxsiy hayoti qanday himoya qilinishi kerak? O’zlari xabardor bo’lmagan odamlarni tanqid qilish holatlari ham kuzatilgan. Ehtimol, bu faqat vaqt masalasidir. Bunday muammolarni oldini olish uchun ta’lim muassasalarida ma’lumotlar axloqiga tegishli siyosatni ishlab chiqish, ma’lumotlardan foydalanish uchun talabalardan rozilik olish, ularning o’zaro aloqalaridagi har qanday ma’lumotlarni tahlil qilish, ularning ta’limni boshqarish tizimi haqidagi fikrlari bilan tanishib, samarali o’qitish tizimini yaratish, shuningdek, talabalar va xodimlarni qo’llab-quvvatlash masalalari ham inobatga olinishi kerak. Hozirda rasmiy mashg’ulotlar mavjud emas. Buning uchun o’qituvchilar talabalarga imkoniyat yaratib berishi lozim. Hozirgi raqamli dunyoda institut va universitetlarning o’zaro ma’lumot almashishi ularning samaradorligini yanada oshiradi [“Innovating Pedagogy 2020” jurnali].
Talabalaringiz rus tilini qanday qilib yaxshilay olishlarini so’rashganda, ularga qanday maslahat berasiz? O’qituvchilar ko’pincha quyidagilarni maslahat berishadi: ko’plab rus tillarini tinglash, so’zlarni tez-tez qayta ko’rib chiqish, tilni o’rganish va grammatikaning ma’noga qanday ta’sir qilishini tushunish.
O’qituvchi juda ko’p yordam berishi mumkin, ammo talabalar haqiqatan ham ilgarilab ketishlari uchun sinfda o’tkazadigan vaqt yetarli emas; ularga darsdan tashqari vaqtlarda ham ko’plab mashqlar kerak.
O’qituvchi uchun talabalar darsdan tashqari vaqtlarda nima qilayotganini ko’rib chiqish va rus tilini takomillashtirish bo’yicha ko’rsatma berish juda muhimdir. Bu uy vazifasini belgilashdan tashqarida va talabalar har kuni rus tilida ko ‘nikmalarini rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin bo’lgan vositalar va manbalarni o’z ichiga olishi kerak.
Dunyo bo’ylab ko’plab vaziyatlarda o’rta va undan yuqori darajadagi talabalar yordam beradigan dastur do’konlari orqali turli xil dasturlarni taklif qiladigan smartfonlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Darhaqiqat, ular juda ko’p; Apple App Store yoki Google Play-da “Rus tilini o’rganing” ni qidirib toping va shuncha variantlarga duch kelasizki, qayerdan boshlashni bilish qiyin. Yaxshi joylardan biri, albatta, Britaniya Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan, o’qituvchilar va mobil ta’lim bo’yicha mutaxassislar tomonidan yozilgan dunyoga mashhur dasturlardir.
Xulosa qilib aytganda, bu qoidalar, metodlar ustoz va shogird o’rtasida kerak bo’ladigan muhim omillardandir. Bu usullar o’quvchilarning fikrlarini teranlashtiradi, cho’chimasdan bemalol o’z shaxsiy fikrlarini bayon qilishlariga yordam beradi.
1. M. X. Toxtaxodjayev “Pedagogika” Toshkent – 2010. 220, 221 – betlar.
2. I. Karimov “Barkamol avlod orzusi” Toshkent- 2000. 133, 134 – betlar
3. O. Z. Suyunov “Pedagogika Psixologiya” fanidan o’quv – uslubiy majmua. Samarqand- 2013.
4. Sh. Qosimov Pedagogikada ta’lim modellari Chop etilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya YMKX,TTKMO va UKTI “Bar^aror rivojlanish talablaridan kelib chi^Kan xplda kadrlar malakasini oshrish va ularni Kayta tayyorlash tizimini modernizatsiyalash” 2016 yil 13 aprel. -B179-182.
Таълим / Образование
Рус тили фанидан «Морфология» бўлими бўйича тарқатма материаллар
Ушбу саҳифада рус тили фанидан «Морфология» бўлими бўйича тайёрланган тарқатма материалларни юклаб олишингиз мумкин.
3.1 K марта кўрилди
Рус тилини қандай қилиб тез ва мукаммал ўрганиб олсам бўлади?
Рус тилини қандай қилиб мукаммал ўрганиб олсам бўлади? Рус тилини ўрганишни эндигина бошлаганларда тез-тез учрайдиган савол. Бир вақтлар ўзимда хам шу савол тез-тез ҳаёлимга келиб турарди ва репититорларга ёки рус тилида яхши гапирадиганларга биринчи берадиган саволим шу эди.
15.7 K марта кўрилди
Рус тили фанидан онлайн тест. Сложносочинённое предложение.
Ушбу сахифада рус тили фанидан тест саволларига жавоб бериб, ўзингизни синаб кўришингиз мумкин. Тестлар асосан мактаб дастуридан тузилган бўлиб, фойдаланувчи морфемика ва сўзларнинг тузилиш жиҳатига эътибор беришлари талаб этилади. Ўз билимларингизни текшириб кўринг, омад сизга ёр бўлсин! Тест муаллифи: Шерматова…
18.9 K марта кўрилди
Рус тилида келишиклар (падеж)
Рус тилидаги падежларни тушуниш учун, ўқувчи аввал ўзбек тили келишикларини яхши ўзлаштирган бўлиши керак! Акс ҳолда тушуниши қийин бўлади. Биз бу саҳифада рус ва ўзбек тилларидаги келишикларни қиёслаб беришга ҳаракат қиламиз. Шундай қилиб, қуйида берилган маълумотларни яхшилаб ўқиб чиқинг.
38.5 K марта кўрилди
Рус тилида род (жинс) тушунчаси (видео)
Рус тилида отларнинг ҳаммаси мужской, женский ва средний родга бўлиниб, бир-биридан шакл жиҳатидан кескин фарқ қилади. Ўзбек тилида бундай ҳодиса учрамайди. Ўзбек тилида баъзан женский родни билдирувчи қўшимчалар учрайди, масалан: муаллима, Салимова, Каримова.
14.8 K марта кўрилди
Рус тилида сонлар. Русча-ўзбекча сўзлашгич. Сонлар, ҳисоб, математика (видео)
Ушбу саҳифа орқали рус тилидаги «сонлар ва ҳисоб» мавзусидаги русча-ўзбекча сўзлашгич рукни остида янги сўзлар билан танишиб чиқишингиз мумкин. Ҳар сафаргидек, мавзуни мустаҳкамлашингиз учун видео қўшилди. «Рус тилини ўрганамиз!» рукнининг кейинги саҳифаларида сон ҳақида янада кўпроқ маълумот берамиз.
25.0 K марта кўрилди
Ўзбекча – русча сўзлашгич (илк суҳбат)
Ушбу ўзбекча – русча сўзлашгич асосий сўзлашув ибора ва сўзларидан иборат бўлиб, рус тилида суҳбат қуриш учун асқотади. «Рус тилини ўрганамиз!» рукнининг кейинги саҳифаларда янада кўпроқ маълумот берамиз.
20.1 K марта кўрилди
Ўзбек, рус ва инглиз тилларида дарахтларнинг номланиши
«Инглиз тилини ўрганамиз!» рукни остида инглиз тилини ўрганишга оид қизиқарли мақолаларни бериб боришни давом эттирамиз. Дарсларимиз янада қизиқарли бўлиши учун рус ва инглиз тилларини бир саҳифада юклаб борамиз. Бугунги мақоламиз орқали инглиз ва рус тилларида дарахтларнинг ёзилиши ва ўқилиши қоидалари…
9.6 K марта кўрилди
Қариндош уруғларнинг рус тилида номланиши (видео)
Ушбу саҳифа орқали рус тилида қариндош уруғларнинг номланиши ҳақида батафсил маълумот олишингиз мумкин. Видео билимларингизни мустаҳкамлашга ёрдам беради.
13.2 K марта кўрилди
Рус тили фанидан тест
Ушбу сахифада рус тили фанидан тест саволларига жавоб бериб, ўзингизни синаб кўришингиз мумкин. Тестлар асосан мактаб дастуридан тузилган бўлиб, фойдаланувчи нуқталар ўрнига керакли сўз ёки жумлаларни қўйиши талаб этилади. Ўз билимларингизни текшириб кўринг, омад сизга ёр бўлсин!
99.4 K марта кўрилди
Ўзбекча – русча сўзлашгич (кундалик иборалар)
Ушбу ўзбекча – русча сўзлашгич асосий сўзлашув ибора ва сўзларидан иборат бўлиб, рус тилида суҳбат қуриш учун асқотади. «Рус тилини ўрганамиз!» рукнининг кейинги саҳифаларда янада кўпроқ маълумот берамиз.
20.5 K марта кўрилди
Рус тилида сифатдошларнинг морфологик тахлили (видео)
Ушбу саҳифада рус тилидаги «Причастие», яъни сифатдошлар, уларнинг турлари, тузилиши ва морфологик тахлили ҳақида батафсил маълумот берамиз. Видеороликлар ушбу мавзуни яхшироқ тушунишингизга ёрдам беради деган умиддамиз.