Press "Enter" to skip to content

Bosh kiyimlari ayollar uchun

4. Ravishda soʻz turkumiga koʻchgan soʻzlar

So z yasalishi

Oʻzbek tilida soʻzlar, asosan, 2 xil usul bilan yasaladi:

Affiksatsiya (morfologik) usuli.

Bunda soʻzga soʻz yasovchi qoʻshish orqali soʻz yasash tushniladi. Bu uslu orqali tuzuilishiga

koʻra sodda yasama soʻzlar hosil qilinadi. Affiksatsiya usuli bilan soʻz yasalishi mustaqil soʻz

turkumlaridan faqatgina 4 ta soʻz turkumi: ot, sifat, ravish, fe’l ga xos. Masalan: ish+chi,

gul+la, kuy+la, kura+k, qadr+don.

Kompozitsiya (Sintaktik) usuli.

Bunda soʻzlar (asos+asos…) koʻrinishida hosil qilinshi tushuniladi. Kompozitsiya usuli orqali

soʻzlarning tuzilishiga koʻra qoʻshma soʻzlar hosil qilinadi. Masalan: erta+pishar, tok+qaychi,

bodom+qovoq, tez+yurar.

So z yasashning asosiy bo lmagan usullari

Bunda odatda 2 hodisa nazarda tutiladi:

I. So’zda fonetik (tovush) o’zgarish natijasida yangi so’z hosil boʻlishi.

a) otda: bo’r-bo’z, ko’r-ko’z, boshoq-mashoq, yagona-yagana

b) sifatda: semir-semiz, bit (bitmoq)-but (tugal)

c) fe’lda: artmoq-archmoq

d) ravishda: oyoq-yayov

Bunday usul bilan so’z yasash tarixiy usul hisoblanadi.

II. Urg’uning o’rnini o’zgartirish bilan yangi so’z hosil bo’lishi.

yang`i (sifat, eski emas) –ya`ngi (ravish, hozir)

ho`zir (payt ravishi) – hozi`r (tayyor, shay ma’nosida)

endi(harakat boshlangan payt) – endi(harakatning boshlanishidan oldingi payt.

Bunday usul bilan so’z yasalishi juda oz miqdorda.

Bunda sintaktik birlik, ya’ni so’z birikmasi yoki gapning leksik birlik, ya’ni so’zga

aylanishi nazarda tutiladi. Masalan:

Mingboshi (asli: mingning boshi)

Jo’xoripoya (asli: jo’xorining poyasi)

Tokqaychi (asli: tokning qaychisi)

Yuqoridagi so’zlari moslashuvli birikmalardan kelib chiqqan.

Tinchliksevar (asli: tinchlikni sevar)

Kungaboqar (asli: kunga boqar)

Otboqar (asli: otni boqar)

Yuqoridagi so’zlar esa boshqaruvli birikmalardan kelib chiqqan.

Quyidagi qo’shma so’zlar asli bitishuvli birikmalardan kelib chiqqan

Sovuqqon (asli: sovuq qon)

Kamgap (asli: kam gap)

Balandparvoz( asli: baland parvoz)

Quyida berilgan so’zlar esa gap (ega-kesim)dan kelib chiqqan.

Baribir (asli: Bari bir.)

Oʻzbilarmon (asli: O’zi bilarmon.)

________________________________________________________________

___________

Qo’shma so’zlar kesim va undalma munosabatidan kelib chiqqan.

Yoriltosh (asli: Yoril, tosh.)

Ochildasturxon (asli: Ochil, dasturxon.)

Sintaktik-leksik usul kompozitsiya usuli doirasiga kiradi. Bu usul bilan ham tuzilishiga

ko’ra qo’shma so’zlar hosil bo’ladi.

III. Semantik usul

Bunda so’z yangi ma’no kasb etadi; ko’p ma’noli so’zlar o’rtasidagi bog’lanish,

ma’no zanjiri uzilib, shu yo’l bilan tilimizda yangi omonim so’zlar paydo bo’ladi.

doira (matematik atama)doira (cholg’u asbobi)

uloq (jonivor)uloq (sport turi)

sur (sifat, quritilgan)sur (sifat, beti qattiq)

bet (yuz, aft)bet (sahifa)

changal (qushning changali)changal (o’simlik)

salla (bosh kiyim)salla (pishiriq)

chechak (gul)chechak (kasallik)

qavs (yarim oy shaklidagi belgi)qavs (burj)

tepki (zarba)tepki (kasallik)

dam (havo)dam (hordiq)-dam (temirchi bosqoni)

kun (quyosh)kun (sutkaning yorug’ qismi)

Soʻzlarning bir turkumdan ikkinchi turkumga koʻchib oʻtish hodisasi konversiya

deb nomlanadi. Konversiya usulida so’zning turkumi bilan birga lugʻaviy ma’nosi ham

oʻzgaradi, soʻz yangi ma’no kasb etadi. MisolIar:

1. Ot soʻz turkumiga koʻchgan soʻzlar:

a) koʻk,achchiq-chuchuk,yosh,qari,oʻgʻil,qiz,er,xotin (sifatdan koʻchgan)

b) uch, yetti, yigirma, qirq marosimlar nomi (sondan koʻchgan)

c) kurash, koʻch, yasan-tusan, oldi-berdi,charlandi (fe’ldan koʻchgan)

d) ququ(qush), patpat (mototsikl), dudut (mashina) (taqlid soʻzdan koʻchgan)

2. Sifat soʻz turkumiga koʻchgan soʻzlar

a) yoʻl-yoʻl, mosh-gurunch (otdan koʻchgan)

b) daydi, qari, och,yanglish,aralash,kuydi-pishdi (fe’ldan koʻchgan)

c) birdan-bir (takroriy sondan)

d) manman (men/men) (takroriy olmoshdan)

3. Olmosh soʻz turkumiga koʻchgan soʻzlar:

a) kishi, odam (otdan koʻchgan)

b) quyidagi, tubandagi (sifatdan koʻchgan)

c) bir, biron (sondan koʻchgan)

4. Ravishda soʻz turkumiga koʻchgan soʻzlar

a) erta, kecha, kechqurun, indin (otdan koʻchgan).

b) yaqqol, bafurja, baralla (sifatdan koʻchgan)

c) uzil-kesil, oʻta (fe’ldan koʻchgan)

Shuningdek, yordamchi va alohida so’z turkumlariga ham soʻzlar koʻchadi. Masalan:

boshqa, tashqari, koʻra, qaramasdan (koʻmakchiga koʻchish)

yaxshi, rost, chamasi, aftidan, qalay (modal soʻzga koʻchish)

hali. hali. bir. bir. (bogʻIovchiga koʻchish) kabi.

V. Abbreviatsiya usuli

Bu usul rus tili ta’sirida, asosan, 1917-yilgi inqilobdan keyin paydo boʻlgan yangi

hodisadir. Bunda soʻzlarni qisqartirish orqali yangi soʻz shakl hosil qilinadi.

Qisqartma otlar bir necha yoʻllar bilan hosil bo ladi:

1. Komponentlarning bosh harfigina olinadi: BMT, AQSH, MDH, NATO

2. Birinchi soʻzning bosh qismi, qolgan soʻzlaming bosh harfi olinadi: SamMI, ToshDU,

FarDU, QarDU, BuxDU

3. Komponentlarning bosh qismi olinadi: oʻzfilfak

4. Birinchi soʻzning bosh qismi va butun soʻz olinadi: pedkengash, pedkollej, medpunkt

Qisqartma otlar qoʻshma otlardan hosil qilinadi, bunda yangi lugʻaviy ma’noli

soʻz yuzaga kelmaydi, so’zning faqat shakli qisqaradi lekin ma’nosi yangilanmaydi.

Shuning uchun abbreviatsiyaga soʻz yasashning yangi, alohida usuli deb emas, balki

kompozitsiya usuli bilan yaratilgan qoʻshma so’zlardan qisqargan shakl hosil qilish yoʻli

deb qarash toʻgʻriroq bo’ladi.

VI. So zlarni juftlash va takrorlash yo`li bilan

So’zlarni juftlash va takrorlash, odatda, yangi so’z yasash hisoblanmaydi, chunki

bunda so’zning lug’aviy ma’nosi yangilanmaydi, balki umumlashtirish, jamlash,

kuchaytirish, takroriylik, davomiylik kabi qo’shimcha grammatik ma’nolar qo’shiladi,

Masalan: qozon-tovoq, qovun-tarvuz, ota-ona, aka-uka, oʻqib-yozib,

Ammo ba’zan so’zlarni juftlash va takrorlash orqali yangi lug’aviy ma’noli so’z

hosil qilish mumkin. Bunday hollarga yangi so’z yasalish sifatida qaraymiz (ayrim

darsliklar buni kompozitsiya usuliga kiritish mumkin, deb ham hisoblaydi):

nari-beriravishni juftlash orqali yangi ravish yasalyapti.

Ot-ot (o’yin nomi)ot so’z turkumini takrorlash orqali yangi yasalyapti.

Yoki: es-es, gul-gulotni takrorlash orqali ravish hosil bo’lgan, buni

so’zni takrorlash va konversiya (ko’chish) usullari ishtirok etgan.

Katak-katak, yo’l-yo’lotni takrorlash orqali sifat hosil bo’lishi

(takrorlash va konversiya)

Achchiq-chuchuk, issiq-sovuqsifatni juftlash orqali ot hosil bo’lishi.

(juftlash va konversiya)

Qoʻydi-chiqdi, oldi-berdife’Ini juftlash orqali ot hosil boʻlishi.

(juftlash va konveriya)

AFFIKSATSIYA (MORFOLOGIK) USUL BILAN SOʻZ YASALISHI

OT SO Z TURKUMINING YASALISHI.

Otdan ot yasalishi

Shaxs oti yasovchi qo shimchalar

qoʻshimchalar

A) asosdan anglatgan narsa bilan shugʻullanish: suvoqchi, tunukachi,

ishchi, gulchi.

B) asosdan anglatgan narsani yaratish bilan shugʻullanish: kashtachi,

sanqiqchi, tandirchi.

C) shaxsning biror belgi bilan ajralib turishi: lofchi.

A) shaxs oti: sinfdosh, sirdosh

B) atama nomi: sifatdosh, ravishdosh

Asosdan anglashilgan narsa boʻyicha shaxsning kasb-hunari: savdogar,

kimyogar, miskar.

Asos anglatgan narsani yetishtiruvchi yoki shu narsani saqlovchisi:

bogʻbon, saroybon, darvozabon.

Asos anglatgan narsani yetishtiruvchi, shu bilan shugʻullanuvchi:

paxtakor, pillakor, sholikor, san’atkor

Asos anglatgan narsaga egalik yoki aloqadorlik: quldor, mulkdor,

muhrdor, doʻkondor.

Asosdan anglatgan sohaning mutaxassisi: tilshunos, adabiyotshunos,

san’atshunos.

Asosda ifodalangan narsani sotish bilan shugʻullanuvchi: chitfurush,

qandfurush, giyohfurush.

Asos anglatgan narsa bilan koʻp shugʻullanish: dorboz, xotinboz,

Asosdan anglashilgan narsalarni kоʻp va tez-tez iste’mol qiluvchi:

choyxoʻr, goʻshtxoʻr, qimizxoʻr

Asosdan anglashilgan ovqatni pishirish, tayyorlash bilan

shugʻullanuvchi: somsapaz, kabobpaz, mantipaz

Asos anglatgan narsani yasash, sozlash, tuzatish bilan

shugʻullanuvchi: aravasoz, soatsoz, kemasoz

Asos anglatgan narsani tikish, yaratish bilan shug’ullanuvchi:

etikdoʻz, kashtadoʻz, mahsidoʻz

Asos ifodalagan narsa bilan shug’ullanish, ish-harakatni shu orqali

bajarish: aravakash, suratkash, janjalkash

Asosdan anglashilgan narsani o’qish bilan shugʻullanuvchi: kitobxon,

Asosdan anglashilgan narsaga berilganlik: amalparast,xayolparast

a) qarindoshlik otlari: amakivachcha, xolavachcha

b) jonivorlarning bolasi: itvachcha, mushukvachcha

Asosdan anglashilgan narsa-hodisalar bilan band boʻluvchi,

uni doim aytib turuvchi: maslahatgoʻy, nasihatgoʻy

Shaxs taxallusini bildiruvchi otlar: Navoiy, Muqimiy,

Asosdan anglashilgan narsa, soha, joy bilan birgalik, aloqadorlik:

hamqishloq, hamkasb, hamshahar

Asosdan anglashilgan narsani yozish bilan shugʻullanuvchi:

ocherknavis, maqolanavis, romannavis

Asosdan anglashilgan narsani zabt etish, egallash: fazogir,jahongir

Asosdan anglashilgan predmetni yoʻnish,kaltalash: haykaltarosh,

toshtarosh, sochtarosh.

(unumsiz) Asosdan anglashilgan narsa, sohani koʻra bila

olish: folbin.

(unumsiz) Asosdan anglashilgan narsani kovlash: goʻrkov

(unumsiz) novvoy (aslida “nonvoy” boʻlgan)

qoʻshimchalar

narsani saqlashga xoslangan, narsa solinadigan predmet:

tuzdon, kuldon

xabar, hujjat ma’nosidagi ot: axborotnoma, taklifnoma

asosdagi ot anglatgan narsa bilan bog liq predmet nomi:

sholipoya, zinapoya

(unumsiz) oʻrindiq, siydik

O rin-joy oti yasovchi qo shimchalar

Oʻrin-joy oti

qoʻshimchalar

asosdan anglashilgan narsa ko’p bo’lgan o’rin-joy:

oʻtloq, toshloq

asosdan anglashilgan voqea-hodisala sodir boʻladigan joy: saylgoh,

asosdan anglashilgan ish, narsa uchun moʻljallangan joy:

mehmonxona, yotoqxona

yasash asosi ma’nosi bilan bog’langan joy nomi:

Hamzaobod, Dehqonobod (ayrim darsliklarda bunday soʻzlar

kompozitsiya usuliga kiritiladi)

(forscha), asosdan anglashilgan belgi bilan bog liq joy:

xaroba, vayrona

(unumsiz) peshayvon, peshtaxta

muayyan millat yashaydigan mamlakat yoki asosdan ang

lashilgan narsa koʻp boʻlgan oʻrin-joy:

Oʻzbekiston, guliston

asosdan anglashilgan narsa koʻp boʻlgan oʻrin-joy: gulzor,mevazor

Mavhum ot yasovchi qoʻshimchalar

Mavhum ot yasovchi

qoʻshimchalar

a) mavhum ot: bolalik, yigitlik

b) oʻrin oti: jarlik, tepalik

c) narsa oti: darslik, shirinlik

d) kasb-hunar, mutaxassislik otlari: kosiblik, zargarlik

kasb-hunar sohasi, holat, xususiyat ma’nolarini bildiruvchi

otlar: dehqonchilik, qudachilik

a) mavhum ot: hisobot (arabcha)

b) narsa oti: mahsulot

-sababiyat (arabcha)

garchilik(gar+chilik)

holat, belgi, xususiyat ma’nolari: odamgarchilik, yog’ingarchilk

elektrlashtirish

FE’LDAN OT YASALISHI

Fe’ldan ot yasovchi

qoʻshimchalar

a) narsa oti: qatlama, surma

b) mavhum ot: ustqurma, atama

c) o’rin oti: bostirma, pistirma

d) harakat-holat oti: yozishma

e) atama otlari: undalma, birikma

a) mavhum ot: bilim, chidam

b) narsa oti: kiyim, toʻplam

c) numerativ ot: qisim, tilim

-gich (-g’ich,-qich,)

narsa oti; asbob,qurol: oʻchirg’ich, chizgʻich

a) mavhum ot: sevgi, tuygʻu

b) narsa oti: supurgi, tutatqi,tepki

a) mavhum ot: oʻkinch, qoʻrqinch

b) narsa oti: choʻmich, chakich

a) narsa oti: elak, taroq, o’roq

b) o’rin oti: kechik, yotoq

c) mavhum ot: tilak, qiynoq

gin (-gʻin,-qun,

harakat-holat oti: toshqin, yongʻin

narsa yoki holat oti: choʻkindi, yuvundi

narsa yoki holat oti: tugun, ekin

a) shaxs oti: uchuvchi, yozuvchi

b) mavhum ot (atama): aniqlovchi, toʻldiruvchi

harakat-holat oti: saylov, qoʻshuv

harakat-holat oti: yigʻilish, burilish

Fe’ldan ot yasovchi unumsiz qoʻshimchalar

Fe’ldan ot yasovchi

yugurdak, qovurdoq, kekirdak

Bosh kiyimlari ayollar uchun

Ayollar bosh kiyimi – bu go‘zallik, estetika, nafosat va madaniyat. Hayotning har qanday holatlari uchun mo‘ljallangan ayollar bosh kiyimi assortimentini e’tiboringizga havola etamiz!

Kuz va qish kabi yilning sovuq fasllari uchun biz turli rang va modeldagi qulay va shinam issiq shapkalarni tanlab oldik.

Sport va faol hayot tarzi ixlosmandlari uchun mahsulotlarimiz assortimentiga ayollar uchun mo‘ljallangan beysbolka va kepkalar kiradi.

Biz yengil plyaj shlyapalarini ham e’tibordan chetda qoldirmadik va eng mukammal hamda qiziqarli rangdagilarini tanladik. Bunday yengil aksessuar bo‘limiga biz haqiqiy xitga aylangan plyaj panamalarini ham qo‘shdik!

Badiiy jihatdan yuksak va chiroyli beretlar ham saytimizda mavjud, ular sizning bahorgi yoki kuzgi obrazingizni nafaqat bezashga, balki tugallashga imkon beradi. Biroq biz bu bilan to‘xtab qolmadik. Xit, qulaylik, urf va shunchaki unutilmas shinamlik – bu ayollar sallasi.

Shapka, shlyapa, panama, kepka – bularning barchasi sizning qiyofangizni yangi obrazga o‘zgartiruvchi o‘z stilistikasini hadya etadi. Siz nafaqat maqtovlarga, balki zavqli nigohlarga ham sazovor bo‘lasiz.

Allso.uz bilan trendda bo‘ling, chunki endilikda bu hammaboplik va tezkorlik belgisidir. Saytimiz tufayli siz endi shahardagi barcha do‘konlarni aylanishingiz va bunga vaqtingizni sarflashingiz shart emas. Endilikda sizga kerak bo‘lgan narsa – saytga kirish va o‘zingizga mos narsani tanlash!

Arzon narxlar sizga ortiqcha moliyaviy zararsiz garderobingizni yangilashga imkon beradi! Tugmani bor-yo‘g‘i bir necha marta bosing va buyurtmani rasmiylashtiring!

Sizga qulaylik yaratish maqsadida biz yetkazib berish xizmatini ham yo‘lga qo‘ydik. Biz nafaqat Toshkent, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yuritamiz.

Biz bilan xarid qilish yoqimli!

Allso.uz – bu to‘g‘ri shoping!

Qirg’izistonda milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni

Qirg’izistonda milliy bosh kiyim – Oq qalpoq kuni nishonlandi. Mahalliy faollar tomonidan ilk bor 2011-yil otkazilgan tadbir norasmiy bayram tusini olib, har bahor 5-mart kuni, tabiat uyg’ona boshlagan paytda o’tkazilayotir.

Shahar-qishloqlarda millat qadriyatlarining ramzi bo’lmish libosga bag’ishlangan tanlovlar, konsertlar, bayram yurishlari, xalq hunarmandlari asarlarining ko’rgazmalari bo’lib o’tdi.

Aytish joizki, bu kun mamlakat parlamentining majlisiga milliy bosh kiyimda kelish odat bo’lmoqda.

Xalq ustalari aytishicha, oq qalpoq qorli choqqilardan andoza olgan. Sof matodan ishlangan qalpoq qishda inson boshini sovuqdan saqlaydi, yozda – issiqdan.

Mustaqillik yillari milliy bosh kiyim keng tarqala boshladi. Kattayu-kichik oq qalpoqni iftixor bilan kiyib yuradi. Hurmatli mehmonlarga, jumladan, rasmiy safar bilan kelgan xorij arboblariga, qadrli sovg’a sifatida aynan oq qalpoq taqdim etiladi.

Mahalliy bozorlarda tabiiy toza materialdan tayyorlangan qalpoq 700 somdan 1500 somgacha (taxminan 10-20 AQSh dollari) turadi, sintetik matoligi esa o’n baravar arzon.

Bayramlar, to’y-hashamlar uchun alohida bezatilgan, qimmatbaho qalpoqlar tavsiya qilinadi.

Quyidagi suratlar O’sh shahrining ayyomlar maskanlari, saylgohlari va ko’chalarida olingan.

Suratlar va matn muallifi Muhiddin Zarif