Category: Salomatlik
Salomatlik sirlari — Inson salomatligiga doir maqola va maslahatlar, uzoq umr ko’rish sirlari hamda doimo tetik va sog’lom bo’lish uchun tavsiyalar.
Salomatlik sirlari barcha yoshdagi insonlar uchun
Salomatligimizning risoladagidek bo‘lishi ko‘p jihatdan biz yeyotgan taomlar va oziq-ovqatlarga bog‘liq. Ovqatlanish ratsioni vitaminlarga boy va foydali mahsulotlarga ega bo‘lishi salomatligimizni mustahkamlashda juda muhim. Bir guruh mutaxassislar organizm uchun juda zarur va foydali bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini tuzib chiqishdi. Ular bilan tanishning.
Sarimsoqpiyoz – saratonga qarshi fermentlar “egasi”. To‘g‘ralgan sarimsoqpiyozni iste’mol qilishdan avval 10 daqiqa kuting. Shunda foydasi yanada ko‘payadi.
Avokado yoki amerika pirseyasi – Doimiy yashil daraxt mevasi saratonga qarshi kurashuvchi yana bir “jangchi”. U og‘iz bo‘shlig‘ida saratonga qarshi kurashuvchi organik birikmalar hosil qiladi. Mevaning eti mineral va foydali vitaminlarga boy. Undan tayyorlangan pyure oddiy mayonez bilan ist’yemol qilish tavsiya etiladi.
To‘yintirilgan non. Ichaklar bizga uzoq va samarali xizmat qilishi kerak. Buning uchun kundalik ratsionga to‘yintirilgan nonni kiritish zarur. Semizlikka moyil yoki semiz odamlar oq nonni to‘yintirilgan qora nonga alishtirishi tavsiya qilinadi.
Sho‘rtang pishloq (brinza). Bu yumshoq pishloq organizmni kalsiy va boshqa foydali mikroelementlarga to‘yintiradi.
Shampinonlar (qo‘ziqorin turi) – Immun tizimning kuchaytiruvchisi. Saratonga qarshilik qiluvchi antioksidantlarni to‘playdi. Kam kalloriyali mazkur qo‘ziqorinlar ozish istagida yurganlar uchun kerakli mahsulot.
Petrushka – Foydali mikroelementlar soni bo‘yicha “chempion”. Uning bir bog‘lamida kunlik S vitaminining 70 foizi, A vitaminining 50 foizi va temir moddasining 10 foizi mavjud. Mazkur ko‘kat nafas olishni yanada yengillashtiradi.
Loviya (fasol) – Organizm uchun zarur bo‘lgan oqsil va to‘qimalarning makoni. Konservalangan va tuzga to‘yinganidan ko‘ra, qaynatilgan loviya foydaliroq hisoblanadi.
Qalampir. Qizil qalapirda qondagi ortiqcha insulinni haydab chiqaruvchi «kapsaitsin» moddasi bor. U teri ostida yog‘ yig‘ilishining oldini oladi.
Armyan lavashi—Suv va undan tayyorlangan quruq non. Kam kalloriyali bo‘lgani uchun sog‘likka xavfi katta bo‘lgan xolesterinning ko‘paymasligiga sabab bo‘ladi.
Tofu (soyali tvorog) – urologik kasalliklar, jumladan, prostata saratoniga qarshi kurashadi. Odam organizmi uchun foydasi katta bo‘lgan mahsulotlardan biri.
Qatiq – Oshqozonning o‘z me’yorida, yaxshi ishlashiga ko‘maklashadi. Kam kalloriyali bu mahsulot ochlikni tez qondiradi.
Antioksidantlar bilan to‘yintirilgan zaytun moyi. Asl moy qora va taxirroq bo‘lishi kerak.
Sedra (limon yoki apelsin qobig‘i va shu qobiqdan tayyorlangan ziravor) teri uchun koni foyda va u saratondan himoya qiladi. Haftasiga bir marta bir osh qoshiqdan iste’mol qilish kifoya.
Yalpiz—u nafas olishni yengillashtiradi. Shuningdek, u A vitaminlariga boy o‘simlik sanaladi.
Jambil-rayhon—ularning bir qoshig‘ida olmanikidan ko‘proq antioksidantlar bor. Sous va salatlarga qo‘shib iste’mol qilish ishtahani ochadi.
Mundoq olib qaralsa, ratsionda mukammal bo‘lmasa-da, yuqorida sanalgan mahsulotlar bor. Ammo uning doimiy mavjud bo‘lishiga va iste’mol ham ana shu tamoyil asosida kechishiga harakat qilsangiz doim sog‘lom bo‘lasiz.
Internet manbalari asosida tayyorlandi
Category: Salomatlik
To’g’ri ovqatlanish — kun tartibi, me’yorlar, OYU-balans va foydali mahsulotlar
Inson organizmi deyarli barcha kerakli moddalarni oziq-ovqat va suv orqali oladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi va ularning xususiyatlari salomatlik, jismoniy rivojlanganlik, mehnat qobiliyati, hissiy holat va umuman, umr… Davomi.
Tuya suti — foydali xususiyatlari, davolash uchun ishlatilishi, zarari, tarkibi
Tuya suti nafaqat mazali, balki ozuqalarga boy bo’lgan Sharq mamlakatlarining an’anaviy ichimligi. Ta’mi shirin, biroq bu to’g’ridan-to’g’ri tuyaga berilgan suv va yemish sifatiga bog’liq.… Davomi.
Organizmni tozalash — 5 usuli, uy sharoitida tayyorlanadigan retseptlar, tavsiyalar
Organizmni tozalash nima — o’ta kerakli muolajami yoki shunchaki afsona? «Detoks» va «tanani toksinlardan qanday qilib tozalash kerak» degan so’zlar mavjud bo’lishga haqlimi yoki organizmning… Davomi.
Asal — foydasi, shifobaxsh xususiyatlari, zarari, tanlashning 7 oltin qoidasi
Asal — asalarilar gul nektarini qayta ishlashi natijasida olinadigan shirin mahsulot. Asalning hushbo’yligi, rangi va ta’mi nektar qaysi o’simliklardan to’planganligiga bog’liq. Odatda och… Davomi.
Asabni tinchlantirish — 3 samarli usul, tinchlantiruvchi vositalar, tavsiyalar
Zamonaviy dunyodagi tezkor ritmda kishining halovatni buzib, asablarni tajang qiladigan vaziyatlar ko’p uchrab turadi. Ba’zi kishilar stressga bardoshli bo’lib, asabiylik holatidan tezda chiqib ketishadi. Boshqalar… Davomi.
Sigareta chekish zararlari — tamakining organizmga ta’siri, kashandalik oqibatlari
Chekuvchilar hech bo’lmaganda bir marta chekish organizmga qay darajada zarar yetkazishi haqida o’ylab ko’rishganmikan? Chekish kishining nafaqat o’zi, balki atrofdagilariga ham ziyon keltiradi. Tamaki… Davomi.
Bedana tuxumi — foydasi va zararlari, iste’mol qilish tartibi va me’yori
Xirosima va Nagasakida yadro hujumidan keyin aholining immuniteti zaiflashdi va nurlanish ta’siri orqaga qaytarilmas oqibatlarga olib keldi. Olimlar organizm kuchini oshiradigan mahsulotlarni izlashni boshlashdi va tarkibida… Davomi.
Psixologik test: xarakterni aniqlash, shaxs tipologiyasi. Mayers-Briggs sinovi
Mayers-Briggs tipologiyasi (MBTI) — 1940-yillarda Yunga tipologiyasi asosida yuzaga kelgan va AQSh va Yevropada keng tarqalgan shaxs tipologiyasidir. Test ba’zan tanqid qilinishiga qaramasdan, u shaxs xarakterini aniqlash… Davomi.
Sayt bo’ylab izlash
Eng ko’p o’qilgan
Tavsiya etiladi:
Menyu
So’nggi maqolalar
Kerakli ma’lumotni qidiruv orqali toping
© 2017 — 2023 MYMEDIC — Salomatlik va go’zallik sirlari
Barcha huquqlar himoyalangan. Ma’lumotlarni ko’chirib olish faqatgina sayt administratorlarining ruxsati bilan mumkin hisoblanadi! Saytda 18 yoshdan kichik bo’lgan bolalar uchun mo’ljallanmagan kontent mavjud bo’lishi mumkin. 18+
Barcha materiallar faqat ma’lumot berish maqsadida joylashtirilgan, shifokor maslahatisiz ish tutmang.
Bog’lanish uchun manzil: info@mymedic.uz | Maxfiylik siyosati
Salomatlik sirlari
Salomatlik sirlari — Inson salomatligiga doir maqola va maslahatlar, uzoq umr ko’rish sirlari hamda doimo tetik va sog’lom bo’lish uchun tavsiyalar.
Qon bosimi yuqori insonlarga tavsiya etilgan 4 mahsulot
Ko‘z yoshlanishi va qichishishi sabablari hamda davolash usullari
Tizzalarda artrit boshlanayotganidan ogohlantiruvchi simptomlar
Stress holatidagi insonni tinchlantiruvchi 7 vosita
Bel og‘rig‘ining paydo bo‘lishi va undan xalos bo‘lishning usuli
Imkon qadar doim istemol qilish kerak bo’lgan 9 sabzavot
Ko‘richakni o‘tkazib yubormaslik va kasallikning alomatlari
Jigarda muammo borligini anglatuvchi 12 belgi
Qalqonsimon bez salomatligini yaxshilaydigan 11 mahsulot
Bahorda organizm uchun foydali bo’lgan vitamin va minerallar
Ushbu 4 ichimlikni och qoringa ichish tavsiya etilmaydi
Osteoxondroz nima va u bilan qanday kurashish kerak?
Shirinliklarni qanday iste’mol qilsa tishlarga zarar bermaydi?
Suyaklar mustahkamligi uchun kalsiyga boy 10 ta mahsulot
Anor mevasining foydali xususiyatlari
Olma va baliqni foydali hususiyatlari
Yurak xastaligiga nimalar sabab bo‘ladi
Bo‘gimlar uchun shifoli besh mahsulot
Nima uchun tongda limonli iliq suv ichish kerak?
Tarqoq skleroz kasalligi va davolash usullari
Bedana tuxumining tarkibi hamda foydasi va zararlari
Asabni tinchlantirish uchun 7 samarali usul
Oshqozon og‘rig‘i va uy sharoitida davolash
Shamollash alomatlari va uy sharoitida davolash
Gamburger va xot-dog bulochkalarini tayyorlaymiz
Balish tayyorlash retsepti bosqichma bosqich
Kartoshka va go‘sht qiymasidan to‘yimli pirog
Bo‘limlardan birini tanlang