Press "Enter" to skip to content

Savdogarlar ustozi”dan 15ta tavsiya

– O’g’lonlarim, yodingizda bo’lsin, fikringiz o’zgarmaguncha, hayotingiz o’zgarmaydi. O’zingizni o’zgartirmaguningizcha, Alloh ham sizlarni o’zgartirmaydi.

Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti.

Ushbu risolada Imom A’zamning shogirdi Abdulloh ibn Muborakning tijorat bilan bog‘liq faoliyatib halolligi, taqvosi va o‘gitlari yoritib berilgan. Risolani o‘qigan har bir kitobxon Abdulloh timsolida savdo-sotiq ishlarida rostgo‘y va diyonatli bir kishining siymosi bilan yuzlashadi hamda o‘ziga tegishli xulosa chiqaradi degan umiddamiz.Risolada quyidagi jihatlarga jiddiy e’tibor qaratilgan:- Savdoda halol bo‘lmoq;- o‘z vaqtida sotilgan molni qaytarib berish yoki qaytarib olishni bilish;- birovning molini zo‘ravonlik bilan tortib olish;- agar molga xarom aralashgan bo‘lsa, uning chorasini ko‘rish;- savdoda yolg‘on qasam ichishdan ehtiyot bo‘lish kerak;- nimani sotish joyizu, nimani sotish xarom ekanini bilmoq lozim;- ribo(sudxo‘rlik)dan saqlanish lozim;- tarozidan urib qolishdan ehtiyot bo‘lish;- “najsh” qilmaslik – tovar(mahsulot)ning bahosini sun’iy ko‘tarish.

44 O’qimoqchi
0 o’qiyapti

  • Annotatsiya
  • Qisqa ma`lumot
  • Taqrizlar (0)
  • Iqtiboslar (13)

Kitob nomi: Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti.
Kitobning asl nomi: Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti.
Nashr qilingan til: O’zbekcha
Kitobning asl tili: O’zbekcha
Formati: Yumshoq/160
ISBN: 978-9943-7319-3-6
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Ilm-Ziyo-Zakovat
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish

Iqtiboslar

Murodjon Normatov 18-yanvar 2022 y. 18:41
Alloh nazdida quvvatli mo’min quvvatsiz mo’mindan afzaldir.

18-yanvar 2022 y. 18:44

Musulmonlar boy bo’lishlari kerak. Shunda dunyoda adolat hukm suradi. Ishsizlik kamayib, insonlar baxtli yashaydi. Yo’qsillar toptalmaydi, ilm xor qilinmaydi, o’qituvchi va tabiblar kamsitilib, obro’lari to’kilmaydi. Ayollar ishlash uchun tashqariga chiqmaydi. Islom dini yomonotliq qilinmaydi.

18-yanvar 2022 y. 18:45

Hech qachon birovning ilojisizligidan yo xalqning noilojligidan foydalanib dunyo orttirmang!

18-yanvar 2022 y. 18:47

– O’g’lonlarim, yodingizda bo’lsin, fikringiz o’zgarmaguncha, hayotingiz o’zgarmaydi. O’zingizni o’zgartirmaguningizcha, Alloh ham sizlarni o’zgartirmaydi.

18-yanvar 2022 y. 18:48

Chayqovchilardan shundog’am odamlar aziyat chekyapti.

“Savdogarlar ustozi”dan 15ta tavsiya

“Haqiqiy omad kaliti yoxud savdogarlar ustozi” nomli kitob Imomi A’zamning shogirdi, 8-asrda yashab o‘tgan faqih olim va savdogar Abdulloh ibn Muborakning hayoti haqida hikoya qiladi. “Tezelon” platformasi asoschisi Abbos Rizqiyev shu kitobni o‘qishdan olgan 15ta xulosasi bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Getty Images

1. Odamning muhtojligidan foydalanib, sotayotgan narsasini past bahoda sotib olmang. Asl bahosida sotib olishda baraka bor.

2. Sarmoya cho‘ntakda bo‘lmaydi, agar aqlingizni ishlatsangiz va harakatdan to‘xtamasangiz, sarmoya sizni uzoq kuttirmaydi.

3. Haqgo‘y sherik omadning yarmi demakdir! Sherik tanlashda adashmang, halollik ustiga qurilgan sherikchilikda uchinchi sherigingiz Allohning o‘zi bo‘ladi!

4. Ishlarni deb zikrni unutmang. Zikrlar esa ishlarga xalaqit bermasin.

5. Yaxshilikdan haddan ortiq suyunish, yomonlikdan haddan ortiq kuyunish mo‘minning sifati emas. Allohga tavakkal qiling.

6. Dangasalik – illat! Omad – omadsizlar qilishni xohlamagan ishni qilishingizda. Shijoatli bo‘ling!

7. Xodimlarni ishga qabul qilishda sekin, sinab-sinab qabul qiling, ishdan bo‘shatishda tez va uzil-kesil bo‘shating!

8. Saxiylik – boylik garovi. Beruvchi qo‘l oluvchi qo‘ldan balanddir! Birni berganga Alloh o‘nni beradi.

9. Mijozning hurmati baland. Uning talablari ustun ekanini unutmang.

10. Halol savdo bu – ilm! Uni yaxshilab o‘rganish va o‘zlashtirish kerak.

11. Kuchli musulmon kuchsiz musulmondan yaxshiroqdir! Jismonan baquvvat, boy, aqli raso musulmon tadbirsiz, kuchsiz va zaif musulmondan afzaldir.

12. Rejasiz va maqsadsiz ishning natijasi ham foydasiz bo‘ladi. Maqsadsiz odam, qaysi tomga chiqishini hal qilmay turib qo‘liga narvon ko‘tarib olgan odamga o‘xshaydi.

13. Solih, aqlli va muvaffaqiyatli odamlar davrasida bo‘lish – ulardek bo‘lishning eng oson yo‘lidir. Siz – atrofingizdagi odamlarning o‘rtacha qiymatiga ega odamsiz, kimlar bilan yaqin bo‘lsangiz, tez kunda o‘shalarning biriga aylanasiz.

14. Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmang. (Oyat ma’nosi)

15. Aqlli insonlar doim izlanishda va o‘rganishda bo‘lishadi. Nodonlar esa shundoq ham hamma narsani bilishadi! Tolibi ilmga hatto suvdagi baliqlar ham istig‘for aytishadi. O‘rganishdan va o‘zgarishdan aslo to‘xtamang!

Ushbu material Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazilgan.

Savdogarlar kitobi

Savdogarlik Ustozi Kitobi

Iason The World Death Note Op 1 Rus Cover Тетрадь Смерти Опенинг 1 На Русском

Вербиченька Буряки Я Копала

Анжела Баталова Свэнко

Песня Признание В Любви Женщине

Chasing The Rooster

Diplomats I Am A Witness

Мен Шу Ёмон Яхши Кураман

Dj Tavfik Atakan

Jdm Mark 2 Клип Марк На Джейзети Пародия Песьни Крузвк 200

Ма Хаз Ди Ахь Сун Х1Ар Маьлха Дуьне Хьоменаг

Прощание Славянки Ансамбль Песни И Пляски Российской Армии Имени А В

Грустная Песня Speed Up

Ура В Моей Школе Нельзя Плакать

Armnhmr Abandoned Can T Let You Go Feat Rynn Ace Aura Remix Nightcore

Гололед Такая Гадость Неизбежная Зимой

Тенса Не Ищи Меня Ремикс

Agk Episode 30 Agk Goes To Graceland

Кух Ба Кух Намерасад

Alex World Music

Патимат Расулова Азизав Новинка 2021

Игра Бабушкины Носки

Uglystephan Type Beats

Кизару Психопат Лунатик Без Мата

Школа Добра И Зла Принцесса Или Ведьма

Звук Для Ревности Девушки