Press "Enter" to skip to content

Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi chop etildi

Xabaringiz bor, ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Respublikasiga davlat tashrifini amalga oshirmoqda.

Shavkat mirziyoyev kitob haqida fikrlari

Xabaringiz bor, ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Respublikasiga davlat tashrifini amalga oshirmoqda.

Koreya Respublikasida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatining birinchi yili haqida koreys tilida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev” nomli kitob 50 ming nusxada chop etildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Joriy yil 20 noyabr kuni nashr etilgan ushbu kitob 8 bo‘lim, 320 sahifadan iborat bo‘lib, ko‘plab suratlar bilan boyitilgan.

Nashrda Shavkat Mirziyoyevning avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, so‘ng Prezident sifatidagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berilgan. O‘zbekiston rahbarining mamlakat va xorijda so‘zlagan nutqlari, jumladan, Prezident lavozimiga kirishish marosimi, Konstitutsiya bayrami, Yangi yil bayrami, BMT Bosh assambleyasi sessiyasidagi nutqidan iqtiboslar keltirilgan.

Kitobda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha sohalarda boshlangan juda muhim islohotlar tahliliga katta e’tibor qaratilgan. Iqtisodiyotning liberallashuvi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va himoyalash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar, valyuta bozorini liberallashtirish, aholining ijtimoiy himoyasi, viloyatlarga nisbatan yangi siyosat, so‘z erkinligi va konstitutsiyaviy huquq tamoyillarini himoya qilish, bularning barchasi Prezident Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan yangi islohotlarning dastlabki natijalaridir.

Kitobning “2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” nomli bobida ushbu dastur chuqur tahlil qilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosatdagi mintaqaviy hamkorlikning yangi sur’atiga turtki bo‘lgan, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan aloqalarini yangi bosqichga olib chiqqan tashabbuslari haqida so‘z yuritilgan. O‘tgan bir yil davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning xorijiy davlatlarga tashrifi, O‘zbekistonga tashrif buyurgan bir necha davlat rahbarlari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar yetakchilari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralari haqida atroflicha ma’lumot berilgan.

Koreys millatiga mansub o‘zbekistonliklarning mamlakatda istiqomat qilayotganiga 80 yil to‘ldi va bu sana O‘zbekistonda keng nishonlandi. Kitobda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p yillik savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikka ham keng o‘rin ajratilgan.

Kitob “Uz Kor Economy Media Group” tomonidan chop etilgan. Uning muallifi mashhur jurnalist va yozuvchi Cho Chol Xyon.

Shavkat mirziyoyev kitob haqida fikrlari

Foto: Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi chop etildi. Unda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.

Кириллчада 9 sentabr 2021, 10:26 Siyosat

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’ezdida prezident Shavkat Mirziyoyevning yangi kitobi taqdim etildi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Kitob muqaddima, 7 bo‘lim va xotimadan iborat.

Bo‘limlar quyidagicha nomlangan:

  • «Yangi O‘zbekiston strategiyasi»
  • «Xalqparvar davlat»
  • «Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish»
  • «Adolatli ijtimoiy siyosat»
  • «Ma’naviy taraqqiyot»
  • «Xavfsizlik va tashqi siyosat»
  • «O‘zbekiston va umumbashariy muammolar».

Kitob so‘zboshida aytilishicha, ushbu kitobda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.

«Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirga davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g‘oyaviy-ma’navyi asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir», — so‘zlari bilan kitob boshlanadi.

Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi ham «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» deb nomlanadi.

«Газета.uz» 37 143

Shavkat Mirziyoyev asarlari va ma’ruzalaridagi fikrlar jamlanmasi kitob sifatida nashr etildi

Poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida 2018—2019-yillar davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi va bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan “Saodat yo‘li” rukni ostida chop etilgan turkum kitoblar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlari va ma’ruzalaridan olingan fikrlar jamlanmasidan iborat “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.

Taqdimotda, yoshlar ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni asrlar davomida sayqallanib kelgan hayotiy hikmatlar bilan boyitilgan kitoblar mutolaasiga jalb qilish maqsadida “Yoshlarga donolar o‘giti”, “Boshqaruv hikmati” va “Qarisi bor uyning — parisi bor” kabi nodir kitoblar yoshlar va yig‘ilganlarga tanishtirildi.

Кто-то пишет комментарии.
Asosiy yangiliklar
Bugun, 17:51
Bugun, 15:59
Bugun, 16:29
Ko‘proq yangiliklarni yuklash

  • Daryo
    • Internet-nashr
    • Tahririyat haqida
    • Aloqa ma’lumotlari
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Yangiliklar arxivi
    • Instagram | Rasmiy
    • Instagram | Lifestyle
    • Instagram | Sport
    • Facebook | Rasmiy
    • OK | Rasmiy
    • YouTube
    • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
    • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
    • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
    • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
    • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
    • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing