Press "Enter" to skip to content

Tishlarga zarar bermaslik uchun shirinliklarni qanday iste’mol qilish kerak? Stomatologdan 4 ta muhim qoida

Shakar va tishlar

TISH KARIYESINI TABIIY USULLAR BILAN TUZATISH MUMKIN!

Ko’pchilik tish kariyesini tabiiy yo’llar bilan tuzatishning iloji yo’q deb hisoblaydi. Aslida esa buning iloji bor. Tish buzilishi natijasida hosil bo’gan teshik butunlay yo’qolib ketmasligi mumkin, ammo tishni mustahkamlab, o’sha kariyes atrofida boshqa qatlam hosil bo’lishiga erishish mumkin. Bunday holda tish buzilishda davom etmaydi. Kariyes kichik bo’lsa, tish teshigi tabiiy holda butunlay yopilib bitib ketish holatlari ham kuzatilgan. Bunday natija ko’pincha bolalarda ro’y berishi ko’proq kuzatiladi.

1900 yillarda yashab o’tgan doktor va tish davolash bo’yicha mutahassis Veston Prays dunyo kezib tish buzilishing sabablarini o’rgandi va buning asosiy sababini aniqlashga muvaffaq bo’ldi. Bugungi kunning zamonaviy tish davolash bo’yicha mutahassisi hisoblangan Ramiel Nagel doktor V.Praysning ishlarini o’rganib chiqib, qo’shimcha ilmiy manbalarga tayangan holda tish sog’lig’ini tabiiy ravishda tiklash dasturini ishlab chiqdi.

Doktor V.Praysning xulosasiga ko’ra tishlarning buzilishida ham tuzalishida ham asosiy omil bu taomlanish tarzi hisoblanadi. Har bir yeyilgan taom tishlardan minerallar “o’g’irlashi” yoki tish-suyaklarni kerakli vitamin va minerallar bilan ta’minlashi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, har bir iste’mol qilingan taom tishlarning buzilishiga yoki ularni mustahkamlashga hissa qo’shadi.

Tishlarni vaqtida yuvmaslik tish buzilishing eng asosiy sababi hisoblanmaydi. Aksincha, zararli tish pastalari ishlatilsa, tishlar buzilishiga hissa qo’shilgan bo’ladi. Tish va og’iz gigiyenasiga albatta rioya qilish lozim, ammo tish pastalarining tarkibiga ham alohida ahamiyat berish muhim. Tish pastalarini qanday tanlash haqida BU YERDA o’qishingiz mumkin.

Tishlarni tabiiy usulda sog’lomlashtirish natijalari qanday?

Oziqlanishni quyida ko’rsatilganidek tartibga solish orqali tishlarni mustahkamlashga erishganlar bormi?

Tish shifokorisiz tabiiy holda tishlarni sog’lomlashitirshga erishganlar ko’p. Mana ayrim misollar:

1). 8 hafta ichidagi o’zgarish. Manba: curetoothdecay.com 2). 1 yil ichidagi o’zgarish. Manba: mommypotamus.com

3). 24 ta tishida 42 ta kariyesi mavjud qiz oziqlanishni tartibga solish orqali pulpa palatalarida dentin hosil bo’kishiga va tishlarning mustahkamlanishiga erishgan. Manba: Veston Prays. 4). 6 hafta ichidagi o’zgarish. Manba: thehealthyhomeeconomist.com

Bunday natijaga erishganlarning o’z manbasidan o’qishni istasangiz ushbu raqamlar ustiga bosing: 1, 2, 3, 4

Tish buzilishining asosiy sabablari nima?

Tish kariyesi paydo bo’lishing eng asosiy 4 ta sababi mavjud:

  1. Organizmda mineral tanqisligi paydo bo’lishi. Bunda kaltsiy, magniy va fosfor tanqisligi eng asosiy sabablardan hisoblanadi.
  2. Organizmda yog’da eruvchi A, D, K, E vitaminlarining tanqisligi (defitsiti) vujudga kelishi. Vitamin D tanqisligi tish buzilishining eng asosiy sabablaridan hisoblanadi.
  3. Fitin kislotasi ko’p bo’lgan ozuqa mahsulotlarini doim iste’mol qilish. Fitin kislotasi deyarli barcha donlarda, yong’oq va urug’larda mavjud. Ularni iste’mol qilishdan oldin don, yong’oq va urug’larga to’g’ri ishlov berib fitin kislotasini kamaytirish yoki yo’q qilish muhim. Bunga erishish uchun don-dunlarni ivitib, undirib va fermentlab me’yorda iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
  4. Shakar ko’p iste’mol qilish.

Tish buzlishini to’htatish va tish kariyesini tuzatish uchun qanday yo’l tutish lozim?

Tish kariyesi mavjud bo’lsa va uni tuzatish niyatida bo’lganlar ushbu qoidalarga rioya qilishlari muhim:

1. Shakardan butunlay voz kechish.

Sun’iy yoki qayta ishlangan shirinlashtiruvchilar tish buzilishiga katta hissa qo’shadi. Bunga oq shakar, novvot, shakarli pishiriqlar, sun’iy shirinlashtiruvchilar, konfetlar, shokoladlar, va boshqalar kiradi.

Tabiiy va bezarar hisoblangan ayrim shirin mahsulotlarga isitilmagan asal, arab xurmosi, quritilgan mevalar, shirin mevalar kabilarni kiritishimiz mumkin. E’tibor qilish muhim bo’gan jihat shuki, tish kariyesi aktiv paytda hatto tabiiy shirin mahsulotlardan ham vaqtincha cheklanish muhim.

Demak, tish buzilganida, ayniqsa og’rib turganida, mazasi shirin mahsulotlarni iste’moldan butunlay chiqarish tavsiya qilinadi. Tish mustahkamlanib, og’riqlar yo’qolganida, yana tabiiy shirin mahsulotlarni me’yorda iste’mol qilsa bo’ladi. Tabiiy shirin mahsulotlarni me’yordan ortiq ko’p iste’mol qilish ham tishlar buzilishiga olib keladi. Qayta ishlangan shirin mahsulotlarni esa tishlar mustahkamlangandan so’ng ham mutlaqo iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.

2. Fitin kislotasini iste’moldan chiqarish yoki keskin kamaytirish

Tish kariyesi mavjud bo’lgan payt tishlarni mustahkamlashga qaror qilsangiz, tishlar mustahkamlanib olguncha fitin kislotasi mavjud mahsulotlarni vaqtincha butunlay iste’moldan chiqarish muhim.

Tish mustahkamlanganidan so’ng, bunday mahsulotlarni to’g’ri ivitib, undirib va fermentlab me’yorda iste’mol qilishingiz mumkin bo’ladi. Fitin kislotasi deyarli barcha donlarda, yong’oq va urug’larda mavjud.

Noto’g’ri ishlov berilgan don-dun, yong’oq va urug’lar tish kariyesini vujudga keltirishga juda katta sabablardan biri hisoblanadi.

3. Ozuqaga boy mahsulotlar iste’mol qiling

Tish uchun foydali va ozuqaga boy mahsulotlar ro’yhati:

4. Ozuqaviy qiymati kam bo’lgan va zararli mahsulotlardan voz keching

Organizmni ozuqaga boyitmaydigan, aksincha organizmdan o’g’irlaydigan mahsulotlardan voz keching:

5. Quyoshdan unumli foydalaning.

Quyosh vitaminisiz tish salomatligi haqida o’ylash ham mumkin emas. Sun’iy vitamin D quyoshdan hosil bo’ladigan vitaminga tenglasha olmaydi. Quyoshdan to’gri foydalanish haqida BU YERDA o’qing.

6. Remineralizatsiya qiluvchi tish yuvish vositalaridan foydalaning.

Remineralizatsiya qilivchi degani, tishlarni minerallarga boyituvchi deb tushiniladi. Ftorli tish yuvish vositalari bunga kirmaydi. Ftorli tish pastalari zararli! Tish yuvish vositalarini tog’ri tanlash haqida ma’lumotni BU YERDA o’qing.

Remineralizatsiya qilivchi tish pastani o’zingiz ham tayyorlashingiz mumkin. Retseptlar uchun BU YERGA bosing.

7. Yog’ muolajasini muntazam o’tkazing

Buning uchun tongda uyqudan uyg’onganda, tishni ham yuvmasdan og’izga 2-4 osh qoshiq foydali yog’lardan biri solinadi. Yog’ 20 daqiqa og’izda ushlab turiladi, bunda yog’ tishlarga va til tagiga ham yetib borishi kerak. Yog’i aslo yutish mumkin emas, sababi bu yog’ til tagidagi kapillyar tomirlar orqali toksinlarni shimib oladi. 2o daqiqa o’tgach, yog’ tuflab tashlanadi (axlat qutisiga, chig’aniqqa emas).

Yog’ muolajasi uchun istalgan rafinadlanmagan va isitilmagan yog’ ishlatish mumkin, masalan kokos yog’i, MCT yo’gi, rafinadlanmagan kungaboqar yog’i, zaytun yog’i, kunjut yog’i va hk. Bu muolaja uchun eng yaxshi yog’ – bu kokos yog’idir.

Bu yog’ muolajasi organizmni tozalashda hizmat qilibgina qolmay, tishlarni mustahkam qiladi, milklarni tuzatadi, bosh og’riqlardan halos qiladi.

Tishlarga zarar bermaslik uchun shirinliklarni qanday iste’mol qilish kerak? Stomatologdan 4 ta muhim qoida

Albatta, aksariyat odamlar shirinlik iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi. Pechenye, choy bilan shokolad, tort ajoyib uyg‘unlikni hosil qiladi. Ammo bu vaqtda tishlar bilan og‘izda nima sodir bo‘lishini hech kim bilmaydi. Eng muhimi, hech qanday yomon narsa bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?

Shakar va tishlar

Shakar va shakarga boy mahsulotlar iste’mol qilinganda, mavjud bakteriyalar shakar hosilalari bilan oziqlanadi. Bu sodir bo‘lganda, tish emaliga zarar yetkazadigan kislota ajralib chiqadi. Bakteriyalarning ko‘payishi uchun shakar asosiy sababdir. Bu jarayon har kuni sodir bo‘ladi. Uzoq muddatli salbiy ta’sir tishni nafaqat tashqi tomondan, balki ichkaridan ham yo‘q qiladi.

Tishlarga eng ko‘p zarar shirinliklar tufayli yetadi va ularning iste’molidan keyin tishlar yuvilmaydi. Bunday yondashuv og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini buzadi. Tish yuzasida yetarlicha yopishqoq qoplama paydo bo‘ladi va u turli bakteriyalar uchun ajoyib ko‘payish joyiga aylanadi. Ular bir-birining ustiga qatlamlanib, keyinchalik tishlarda qattiq toshlarni hosil qiladi. Bu jarayon asta-sekin kariyes rivojlanishiga olib keladi va natijada tishlarda chirish boshlanadi. Kariyesdan keyin pulpit, keyin esa periodontit rivojlanadi.

Tishlar uchun shakarning zararini qanday kamaytirish mumkin?

Oziq-ovqatlarda shakar mavjudligini taqiqlash yoki keskin cheklash mumkin emas, chunki u nisbatan arzon va mazali mahsulotdir. Undan bosh tortish juda qiyin va deyarli imkonsizdir, zamonaviy oziq-ovqat sanoatida shakar ma’lum darajada qo‘shiladi. Ammo uning iste’molini nazorat qilish mumkin.

Sog‘lom va chiroyli tabassumni saqlashning asosi to‘rtinchi nuqtaga so‘zsiz rioya qilishdir! Shirinlik yoki ichimliklar iste’mol qilgandan keyin majburiy og‘iz gigienasi. Tishlarning barcha yuzalarini tozalashdir. Tishlarning ko‘p qismi tish pastasi va cho‘tka bilan tozalanadi, 45 daraja burchak ostida yuviladi. Keyin yuzalar uzra yumshoq oldinga va orqaga harakatlarini qo‘llash va oziq-ovqat bo‘laklari olib tashlanadi. Tishlarni cho‘tkalashning oxirgi bosqichi shilliq qavatni gigienik og‘iz yuvish vositasi bilan tozalashdir.

Ushbu gigiyena ketma-ketligi tishlar yuzasidan barcha bakteriya va shakar qoldiqlarini olib tashlaydi. Bunday tartib nafaqat ertalab va kunduzi, balki yotishdan oldin ham majburiydir. Ertalabki gigiyena ham muhim narsa, chunki og‘iz kechasi 6 soatdan ko‘proq kisloroddan mahrum bo‘ladi. Bu bakteriyalar hayoti uchun eng qulay vaqt. Shuning uchun yotishdan oldin, gigiyena kalsiy, ftor, fosfor va boshqalarga asoslangan maxsus eritmalar yoki gellar bilan to‘ldirilishi mumkin. Bu barcha mineral va elementlari kun davomida kislota ta’siriga uchragan emalning shikastlangan joylarini tiklaydi.

Notog’ri iste’mol qilinganda zarar keltiradigan 7 hil mahsulot

Hozirda odamlar ovqatlanish tartibi va sifatiga ko’p etibor berishiga qaramasdan, barcha qoidalarga rioya qilish oylaganimizdek oson emas. Masalan, olma notog’ri vaqt iste’mol qilinganda ovqat hazm qilishni yaxshilash o’rniga ichakdagi muammolarni keltirib chiqarishi mumkun. Hayriyatki, gap raketa qurish haqida ketmayapti, shunung uchun bazi mahsulotlarni iste’mol qilish qoidalarini saytimizda yoritishni maqsad qildik.

Banan bilan kunni boshlash yaxshi tanlovdek ko’rinsada, uni och qoringa qabul qilish aslida quvvatni pasayishiga sabab bo’lishi mumkun. Ehtimol avvaliga tarkibidagi shakar hisobiga kuchga to’lgandek his qilasiz, ammo birozdan so’ng charchoq va ochlikni his qilasiz.

Agar nonushtangizni banansiz tasavvur qilaolmasangiz, tarkibida foydali yog’ bo’lgan boshqa mahsulotlar bilan, masalan yeryong’oq moyi bilan, birga iste’mol qiling.

Ko’pchilikka malumki, uyg’onish bilanoq qahva ichish tabiiy holdek ko’rinadi, aslida esa bu butunlay befoyda. Tadqiqotlar shuni korsatadiki, ovqatdan oldin qahva ichish kofeinga sezgirlikni pasaytiradi. Uyg’onganimizdan so’ng bir soat davomida tanamiz kartizol garmonini ishlab chiqaradi. Bu jarayon tabiiy biologik ritm bo’lib uni buzmaslik juda muhim.

Shuning uchun qahva ichishni biroz kechiktirganingiz maqbul. Biroq shuni yodda tutingki,tavsiya etilgan kunlik kofein meyorga amal qilish va uyqusizlikni oldini olish uchun bu ichimlikni kechga yaqin qabul qilmaslik afzalroq.

Guruchli taomlarni uzoq ish kunidan so’ng iste’mol qilishni yoqtirsakda, bu unchalik yaxshi odat emas. Guruch tarkibida uzoq hazm bo’ladigan ko’plab murakkab uglevodlar mavjud. Bunday taom bizga ko’p quvvat bag’ishlasada, guruch o’ta kaloriyaga boyligi bilan ajralib turadi va kechki ovqatga iste’mol qilinganda ortiqcha vazn to’plashga olib keladi. Tushlik guruch iste’moli uchun eng yaxshi vaqt. Tushlik vaqtida metabolizm faollashuvi natijasida organizm bunday taomni yengil hazm qiladi. Undan tashqari kuningiz samarali o’tishi uchun kuch-quvvat zarur. Uglevodlar esa bu jarayonda eng yaxshi yordamchi!

Agar siz sog’lom ovqatlanish tarafdori bo’lsangiz sizga qayta ishlangan shakardan uzoqroq yurishni maslahat beramiz. Biz yo’l qo’yadigan eng katta hato-shirinliklarni ermak uchun iste’mol qilishimizdur. Buning natijasida qondagi shakar miqdori oshib ketadi, so’ngra sezilarli darajada kamayib bizni tez charchab qolishimiz va asabiy bo’lishimizga sababchi bo’ladi.

Shirinliklar bilan o’zingizni hursand qilishning eng yaxshi yo’li – ularni asosiy taomdan so’ng iste’mol qilish. Shu tarzda qon tarkibidagi shakar keskin ko’tarilishini oldini olgan bo’lasiz.

Bazi insonlar bolaligidan kunini bir stakan sut ichib boshlashga odatlanishgan, ammo bu odat kattalarga unchalik ham tog’ri kelmaydi. Sut og’ir hazm bo’lgani uchun uni nonushtaga iste’mol qilish va boshqa mahsulotlar bilan aralashtirish jig’ildon qaynashi va oshqazondagi og’riqlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Kechki payt bir stakan iliq sut uchun ayni muddao. Bu organizmni tinchlantirishga va uyquni yaxshilashga yordam beradi.

Olma ovqat hazm qilishni va yo’g’on ichak faoliyatini yaxshilaydigan kletchatka va tabiiy kislotalarga boy. Biroq olmani kechki payt iste’mol qilinishi natijasida uni tarkibidagi kislotalar oshqozonda yig’ilib noqulaylikka olib kelishi mumkin. Chunki tunda ovqat hazm bo’lishi sekinlashadi va har qanday taom hazmi uchun odatdagidan uzoqroq vaqt talab qilinadi.

Ertalab olma uchun eng yaxshi vaqt. Chunki oshqozon ichak faoliyati yaxshilanadi.

Dukkakli taomlar kletchatkaga boy, shuning uchun ularni kechki payt iste’mol qilish qorin dam bo’lishi va uyqu sifatini pasayishini keltirib chiqarishi mumkin.Ushbu mahsulot tushlik uchun ayni muddao: shu tarzda barcha foydali ingredientlar o’zlashtiriladi va siz ortiqcha og’irlikni his qimaysiz.