Press "Enter" to skip to content

SHUM BOLA” ROMANI ASOSIDA KITOB TAQDIMOTI

‎ “Dandon sopli pichoq”dan boshlanib, chuvalashib ketgan gapni boyning qizi – Adolning “o‘g‘il ‎tug‘ib bergani”ga borib ulab “innankeyin”chi, o‘lgudek injiq, ziqna, ezma Sariboyni mot qilgan ‎Shum bolaning bir-biridan qiziq sarguzashtlaridan xabardor bolishni xohlasangiz kitob ‎mutolaasiga shoshiling.‎

«Shum bola»‎

Biz bugun sevib o‘qiyotgan kitoblarni yigirma-o‘ttiz yil o‘tib balki varaqlagimiz ham kelmas, ‎xohish topa olmasmiz. Lekin “Shum bola” qissasini esa har gal, har qanday yoshda bolalik ‎sho’xliklarini qo‘msab, sog‘inib, mutolaa qilishga ehtiyoj sezamiz Adibimiz G‘. G’ulomning bu ‎qissasi tasviriy vositalarga boyligi bilan boshqa asarlaridan ajralib turadi.‎

‎ “Dandon sopli pichoq”dan boshlanib, chuvalashib ketgan gapni boyning qizi – Adolning “o‘g‘il ‎tug‘ib bergani”ga borib ulab “innankeyin”chi, o‘lgudek injiq, ziqna, ezma Sariboyni mot qilgan ‎Shum bolaning bir-biridan qiziq sarguzashtlaridan xabardor bolishni xohlasangiz kitob ‎mutolaasiga shoshiling.‎

Asar keng kitobxonlar ommasi uchun moljallangan.‎

Muallif: G‘ofur G‘ulom ‎
Nomi: «Shum bola»‎
Nashriyot: «Yangi asr avlodi» nashriyoti
Sana: 2015-yil
Hajmi: 160 bet
ISBN: 978-9943-27-176-0‎
O‘lchami: 84×108 1/32‎
Muqovasi: yumshoq

“SHUM BOLA” ROMANI ASOSIDA KITOB TAQDIMOTI

Pastdarg’om tuman AKMning faollar zalida O’zbek adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri, shoir, akademik Gʻafur Gʻulom tavalludining 118 yilligi munosabati bilan tumandagi 85-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari, tuman XTB uslubchisi va maktab kutubxonachisi bilan birgalikda “Shum bola” romani asosida kitob taqdimoti o‘tkazildi. 2021 yil 10-may kuni Pastdarg’om tuman AKMning faollar zalida O’zbek adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri, shoir, akademik Gʻafur Gʻulom tavalludining 118 yilligi munosabati bilan tumandagi 85-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari, tuman XTB uslubchisi va maktab kutubxonachisi bilan birgalikda “Shum bola” romani asosida kitob taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirni axborot-kutubxona markazi direktori R.Normuradova ochib berdi. “Shum bola” — oʻzbek yozuvchisi va shoiri Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub qissa. Muallif asarni 1936-yil yozgan. Qissa bir necha marta nashr qilingan. Qissada ijodkorning bolaligi, 20-asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan. Qissa oʻtkir hajviy asar boʻlib, haqiqiy voqealar va shaxslar taqdiriga asoslangan. Asar markazida yozuvchining hayotidan olingan koʻp faktlar turgan boʻlsa-da, u avtobiografik emas. Unda haqiqiy tarixiy faktlarga nisbatan badiiy toʻqima, fantaziya kuchli.Qissani F. Shayhutdinova (1968) hamda A. Naumov (1970) rus tiliga, V. Grimich (1991) ukrain tiliga tarjima qilingan. 1977-yil asar asosida „Shum bola“ filmi suratga olingan. Film ham oʻzbek, ham xorijiy film tanqidchilari tahsiniga sazovor boʻlgan.
“Shum bola” hikoyasi nisbatan omadli hisoblanadi. Qahramon o‘zining fojiali hayoti haqida o‘zi so‘zlaydi. Bola uyidan mahsulotlarni olib chiqib ketayotgan vaqtda onasi jazolaganligi tufayli, uyidan xolasinikiga qarab qochadi. Ammo, bu yerda ham bolaning omadi kelmaydi: u tasodifan tog‘asining bedanasini o‘ldirib qo‘yib, bu uydan ham ketadi. Shunday qilib, u darbadar va ovoralik qilishni boshlaydi. Yozuvchi o‘z e’tiborini shum bolaning xavotirlari va ichki kechinmalarini tasvirlashga qaratadi. Tashqi hodisalar, narsalar va kichik qahramonni o‘rab turgan barchasini tasvirlash inson tuyg‘ularini chuqur namoyon qilishda xizmat qiladi.
Kitob taqdimoti davomida o’quvchilar “Shum bola” romani asosida sahna ko’rinishlari namoyish etishdi. Shuningdek Gʻafur Gʻulom hayoti va ijodi to’g’risida o’quvchilar tomonidan maʼlumotlar etildi.
Tadbir ko‘taringki kayfiyat hamda qisqa savol-javob an’analar ruhida o‘tdi. Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan o’quvchilar AKM ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlarlar bilan taqdirlandilar.