BOSHLANG’ICH TA`LIMDA SINFDAN TASHQARI DARSLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI VA ULARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»
l.O’zbek va chet el bolalar adabiyoti yozuvchilari asarlarini tanlash.
Boshlang`ich talim pedagogikasi fakulteti
1.Yaxshi o’qish malakasining sifatlari va ularni takomillashtirish yo’llari.
2.Sinfda o’qish darslarining ahamiyati.
3.Sinfda o’qish darslarining vazifalari.
1.Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o’rgatish.- Toshkent,1960.
2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. -Toshkent, “O’qituvchi”, 1980.
3.Abdullayeva Q. Savod o’rgatish. Toshkent, 1983.
4.Abdullayeva Q., Rahmonova S. Ona tili darslari (usuliy qo’llanma). Toshkent, 1999.
5.Azizova A. G. Uchinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1982.
6.Azizova A.G., Ikromova R. To’rtinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, “O’qituvchi”, 1984.
7.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1984.
8.Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o’qitish darslari. Toshkent, 1983.
Sinfda o’qish darslarida ta’lim-tarbiyaviy vazifalar kompleks ravishda hal qilinadi, bolalarning atrofini o’rab olgan muhit haqidagi, shuningdek, o’quvchilarning ijobiy axloqiy sifatlari shakllanadi, ular aqliy va estetik jihatdan kamol topadilar, mustaqil. ravishda bilim olish asoslarini egallaydilar. “O’qish kitobi”ni tahlil qilish fikrimizni tasdiqlaydi. Bu kitoblarning mazmuni va metodik materiallari (matnni tahlil qilish uchun topshiriq va savollar, mustaqil ishlar tizimi va hokazo) o’zaro bog’liq holda boriladi. Ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni birgalikda amalga oshirish uchun o’qish darslarida matnni o’qishgina emas, balki matn ustida qanday ishlash kerakligi ham muhimdir.
O’qish kitoblariga kiritilgan asarlar mavzuida Vatanimiz xalqi haqidagi bilimlar o’quvchilar sinfdan sinfga o’tishi bilan tobora chuqurlashtira boriladi. Vatan, uning sharafli o’tmishi va qahramonona hozirgi kuni o’qish kitoblarida. O’qituvchi o’quvchilarning Vatan— bu, yer, suv, o’rmon, paxta-dalasi, tog’largina emas, balki, avvalo, o’z mehnati bilan el boyligiga boylik qo’shuvchi, xushchaqchaq, erkin hayot yaratuvchi, o’z-kuchi va hayotini ayamasdan dushmanlardan ona yerini himoya qiluvchi kishilar xalq ekanini tushunishlariga erishadi. Sinfda o’qish darslarining ta’lim-tarbiyaviy funksiyasini bir jarayonga birlashtirishning sharti badiiy asar yoki ilmiy-ommabop maqolani idrok etish va tahlil qilish davomida o’quvchilarni asarning ijtimoiy mohiyatini baholay olishga o’rgatish yuzasidan o’qituvchining ko’rsatma berishi hisoblanadi. “Psixolog olim A.N.Leontyev:“So’zni yodlash va tushunishgina emas, hatto undagi g’oya-fikr va hisni bilish ham yetmaydi; bu g’oya-fikr, bu his shaxsning ichki dunyosini belgilashga yordam berishi kerak. Demak, asosiy narsa shundan iboratki, biz bergan fikr va bilim, biz bolada tarbiyalagan his-tuyg’u, biz unda uyg’otgan orzu-umid o’sha kishiniki bo’lsin”,- deb ta’kidlaydi.
O’qituvchi uchun eng muhimi shundan iboratki, bola o’zi oladigan bilim, unda shakllanadigan his-tuyg’u hayotda zarur va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin. Bu o’rinda o’qish darslari alohida o’rin tutadi.
Sinfda o’qish darslarining vazifasi:
1.O’qish malakasini takomillashtirish. O’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlari: to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish.
2.Bolalarda kitobga muhabbat uyg’otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni olishga o’rgatish, ya’ni kitobni sevuvchi, kitob bilan ishlashni biladigan chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonlarni yetishtirish.
3.O’quvchilarda atrof-muhit haqidagi bnlimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish.
4.O’quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
5.O’quvchilar nutqini va tafakkurini o’stirish.
6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
Har bir- vazifani bajarishning aniq yo’li mavjud, ammo bir vazifa boshqalari bilan o’zaro bog’liq holda o’qish darslari va sinfdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida hal qilinadi. Yaxshi o’qish malakasining sifatlari deganda malakasining to’g’ri, ongli, ifodali o’qish; o’qish sifatlari va ularning malakasini takomillashtirish deganda esa takomillashtirish o’quvchilarda yaxshi o’qish malakasini shakllantirish tushuniladi. O’qish sifatlari bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liq bo’lib, ongli o’qish asosiy hisoblanadi; o’quvchi tez o’qisa-yu, anglab o’qimasa, o’zi ham, boshqalar ham matn mazmunini tushunmaydi; to’g’ri o’qish ham ongli o’qishga xizmat qiladi; to’g’ri, tez va ongli o’qish ifodali o’qishning asosi hisoblanadi.
Yaxshi o’qish malakasini egallash maktabda o’qitiladigan barcha predmetlardan muvaffaqiyatli o’qishning muhim sharti hisoblanadi. O’qish faoliyatning asosiy turi bo’lib, o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutq; jihatidan rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi. Bular o’qish malakasini o’stirish va takomillashtirish ustida muntazam va maqsadga muvofiq ishlash zarurligini ta’kidlaydi.
To’g’ri o’qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o’qish tushuniladi, ya’ni to’g’ri o’qish so’zning tovush-harakat tarkibini,. grammatik shakllarini bo’zmasdan, so’zdagi biror tovush yoki bo’g’inni tushirib qoldirmay, ortiqcha tovush yo bo’g’in qo’shmay, harflar o’rnini almashtirmay aniq talaffuz qilib, so’zga urg’uni to’g’ri qo’yib o’qishdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida so’zni talaffuz qilish va matnni tushunish o’rsatida puxta sintez bo’lmagani uchun ular o’qishda xatoga yo’l qo’yadilar.
Badiiy asar ustida ishlash jarayoni
1.Badiiy asarni o’qishga tayyorgarlik.
2.Asar mazmuni bilan birinchi tanishtirish.
3.Asar mazmunini tahlil qilish.
1.Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o’rgatish.- Toshkent,1960.
2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. -Toshkent, “O’qituvchi”, 1980.
3.Abdullayeva Q. Savod o’rgatish. Toshkent, 1983.
4.Abdullayeva Q., Rahmonova S. Ona tili darslari (usuliy qo’llanma). Toshkent, 1999.
5.Azizova A. G. Uchinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1982.
6.Azizova A.G., Ikromova R. To’rtinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, “O’qituvchi”, 1984.
7.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1984.
8.Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o’qitish darslari. Toshkent, 1983.
Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda o’qituvchi sinfda o’qish darslarnning ta’lim-tarbiyaviy vazifalariga, san’at asari sifatida badiiy asarning o’ziga xos : xususiyatlariga va knchik yoshdagi o’quvchilarning yoshlariga mos ravishda badiiy asarni idrok etish xususiyatlariga amal qiladi. Badiiy asarda barcha komponentlar (g’oyaviy asos, kompozitsiya, syujet, tasviriy vositalar) o’zaro bog’langan bo’ladi. Asarda obraz rivojlanib boradi. Asarning syujet chizigi bilan bog’liq. ravishda obrazning yangi-yangi tomonlari ochila boradi. Bu xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o’qishni, idrok etishni, ya’ni sintez qilishni talab etadi. Asar boshidan oxirigacha o’qilgandan so’ng analiz qilinadi, so’ng yana yuqori sifatli sintezga o’tiladi. Shunday qilib, asar ustida ishlash yo’lini umumlashtirib ifodalaganda, quyidagicha bo’ladi: birinchi sintez-analiz, ikkinchi sintez. Shularga asoslangan holda, badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo’linadi:
B i r i n ch i b o s q i ch (birinchi sintez) . Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni bilan, uning syujet chizig’i bilan tanishtirish asarning emotsional ta’sirini aniqlashdir.
Ikkinchi b o s q i ch (analiz). Bu bosqichning vazifalari va ish mazmuni: syujet rivojining sabab-natija bog’lanishini belgilash; ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori va ularning asosiy xususiyatlarini aniqlash (Nega shunday qildi va bu uning qanday xususiyatini ochadi); asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kulminatsiya, yechim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat.
Uchinchi b o s q i ch (ikkinchi sintez) . Bu bosqichning ish mazmuni ishtirok etuvchi shaxslarning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, qahramonlarni taqqoslash va baholash, asarning g’oyaviy yo’nalishini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish manbai va san’at asari sifatida baholash (qanday yangilikni bilib oldik asar nimaga o’rgatadi, muallif o’z fikri va taassurotlarini o’quvchiga qanday qilib aniq va ravshan, ta’sirli tarzda yetkazadi va h.k.)dan iboratdir.
Badiiy asarni idrok etishdan oldin tayyorgarlik ishlari bajariladi, ikkinchi sintezdan so’ng esa o’qilgan asarga bog’liq holda ijodiy xarakterdagi ishlar o’tkaziladi.
O’qishga tayyorlash va asar ustidagi yakunlovchi ishlari o’quvchilarning hayotiy tajribasi bilan bog’lash va bolalarning atrof muhit haqidagi bilimlarini aniqlash, fikr-mulohazalarini chuqurlashtirish zarur. Agar badiiy asar maqsadga muvofiq tahlil qilinsa, bolalar faollashadi, chunki o’quvchi uchun badiiy asar analizi ijodiy o’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok e tishlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga bog’liq. Haqida ma’lum darajada aniq bilimga ega bo’lishlari zarur. Bu xulosa ko’pgina tadqiqotlar natijasida aniqlanib, maktab tajribasida tasdiqdan o’tgan. Agar o’quvchilarda bunday bilim etarli bo’lmasa, asarni o’qishdan oldin bolalar tasavvurini boyitish va unga aniqlik kiritishga qaratilgan tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi.
Asarni idrok etishda unda muallif o’z fikrinigina emas, balki tasavvurini ham aks ettirishi hisobga olinadi. Bolalar asarni aniq, emotsional idrok etishlari uchun-uni ifodali o’qish lozim. Bunda asarni o’qishdan oldin o’tkaziladigan tayyorgarlik mashqlari muhim ahamiyatga ega.
Tayyorgarlik ishlarining vazifasi: a) o’quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan dalillarni o’quvchilar o’z hayotida kuzatganlari bilan bog’lay olishlariga sharoit yaratish; b) yozuvchining hayoti bilan tanishtirish, yozuvchiga, uning ijodiga qiziqish uyg’otish; v) o’quvchilarni asarni emotsional idrok etishga tayyorlash; g) asar mazmunini tushunishga xalal beradigan so’zlarning leksik ma’nosini tushuntirishdan iboratdir.
Asarni o’qishdan oldin tayyorgarlik mashqlarini o’tkazish-o’tkazmaslik masalasini asarning mazmuni va o’quvchilarning umumiy saviyasini hisobga olib, o’qituvchi hal qiladi.
Tayyorgarlik ishlarini tashkil etish shakllari xilma-xildir. Ulardan qaysi shaklini qo’llash asarning g’oyaviy-mavzu asosiga, o’quvchilarda aniq bilim bor-yo’qligi, maktabning moddiy bazasi va boshqa qator xususiy ishlarga bog’liq. Maktab tajribasida tayyorgarlik ishlarining didaktik shakllaridan ekskursiya, filmlar ko’rsatish, o’qituvchi hikoyasi, suhbat keng qo’llanadi.
Ekskursiya. Tabiat tasviri haqidagi asarlarni o’qishdan oldin tabiatga ekskursiya qilish o’quvchilar bilimini chuqurlashtiradi, ularda tabiat hodisalarini kuzatish va aniq tasvirlash ko’nikmalarini shakllantiradi. Ekskursiya orqali bolalarda tabiatni sevishga, unga ehtiyotkorlik bnlan munosabatda bo’lishga zamin yaratiladi.
Sinfdan sinfga ko’chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi bolalar bilimi chuqurlashtira boriladi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo’yilgan talablar o’sa boradi. O’qituvchi, epizodik ma’lumot berishdan, yozuvchi hayoti bilan to’liqroq tanishtirishga o’tadi. Bunda kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qaydarajada tanish ekanligi va uning asarlaridan nimalarni o’qiganligini hisobga oladi.
Ma’lumki, badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo’lgani uchun maktab tajribasida asar ustida ishlashni shu asarni yoki uning bir darsda o’rganishga mo’ljallangan qismini yaxlit o’qishdan boshlash odat bo’lib qoldi. Hikoya,
masal, she’rning mazmunini to’g’ri idrok etish, shuningdek, matnning emotsional ta’sirini oshirish uchun ifodali o’qish katta ahamiyatga ega. Buning uchun asarni o’qituvchi (yoki oldindan tayinlab qo’yilgan o’quvchi) o’qiydi. Bu vaqtda o’quvchilarning kitoblari yopiq bo’ladi. Shuningdek, asarni yaxlit idrok qilish maqsadida magnitofon lentasiga yozuvdan, filmdan foydalanish ham mumkin. Ba’zi matnlarni musiqa sadosi ostida ifodali o’qib berish dam maqsadga muvofiq. Bu asarning ta’sirini kuchaytiradi, o’quvchilarning estetik tomondan rivojlanishiga imkon beradi.
Asar birinchi marta o’qilgandan so’ng o’tkaziladigan suhbat, birinchidan, o’quvchilarga qanday ta’sir etganini bilish, ikkinchidan, bolalarni matnni tahlil qilishga qiziqtirish bilan darsda faol ishlashga sharoit yaratish maqsadini ko’zda tutadi.
Tahlil jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
Tanlab o’ q i sh. Bunda o’quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o’qiydi. Vazifa asarning faktik mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog’lanishini belgilash, badiiy xususiyatlarini ochish, o’qilgan matnga o’z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo’lishi mumkin.
Matn ustida ishlashda keng tarqalgan ish turlaridan biri berilgan savolga o’z so’zi bilan javob berishdir. Mashqning bu turi o’quvchilarda o’qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko’nikmasini o’stirishga, qatnashuvchi shaxslarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g’oyasi o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashga imkon beradi.
Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to’g’ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni o’quvchilar aniq tasavvur qilishlari uchun qulay sharoit yaratadi. Matn ikki xil tasvirlanadi: 1) so’z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash.
So’z bilan tasvirlash o’ziga xos murakkab ish turi bo’lib, unda manzarani so’z yordamida aniq qayta tiklash talab qilinadi. So’z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik tasvirlash uchun ham o’quvchi matnni, undagi voqea sodir bo’lgan vaziyatni, qatnashuvchi shaxslarning tashqi ko’rinishini; xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi zarur; so’z bilan tasvirlash so’zni aniq tanlashni talab qilib , o’quvchilar nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi.
Tasvirlashdan o’qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, Reja tuzishga asos sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlash, voqea yuz bergan sharoitni aniqlash maqsadida foydalanishi mumkin. Tasvirlashdan mustaqil ish sifatida ham foylalaniladi: o’qituvchi matnning ma’lum qismidan o’quvchilarga juda ma’qul bo’lgan-manzarani so’z bilan yoki grafik tasvirlashni va unga muallif so’zini tanlashni topshiradi. O’quvchilar qayta hikoyalashdan oldin so’z bilan tasvirlash uchun matnni o’qiydilar, nisbiy tugallangan qismlarni ajratadilar, lavhalarni tartib bilan tasvirlaydilar. Bu muallif nima haqida yozganini ko’z oldiga keltirishga imkon beradi. Shundan keyin matnni qayta hikoyalash uchun leksik-stilistik tayyorgarlik o’tkaziladi.
Matnni tasvirlashga o’rgatishni kitobda berilgan rasmni matnning shu rasmga mos qismiga taqqoslashdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bunda o’quvchilar yozuvchi tasvirlagan qahramondagi yoki tabiatdagi xarakterli tomonlarni rassom rasmda ko’rsata olganiga ishonch hosil qiladilar.
So’z bilan tasvirlash qayta hikoyalashga aylanib qolmasligi zarur. Buning uchun muallif matnini leksik-stilistik tomondan tahlil qilish manzarani tasvirlashda so’zni aniq tanlashga yordam beradi. Tahlil jarayonida o’qituvchi o’quvchilar e’tiborini muallif ishlatgan so’z va so’z birikmalariga jalb qiladi. Grafik tasvirlash ko’proq uyda bajariladi. Buning uchun o’quvchilar tasvirlaydigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan qayta o’qib, mazmunini o’zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Darsda o’quvchilar chizgan rasmlarga qarab tanlab o’qish o’tkaziladi. Matn yuzasidan grafik tasvirlashning murakkabroq turi ekranlashtirish (ekranda ko’rsatishga moslash) hisoblanadi. Bu kjodiy ish bo’lib, rasmlar matnga uyg’unlashtiriladi. Buning uchun asar syujetining rivojlanishiga moslab muayyan izchillikda rasmlar seriyasi yaratiladi. Ekranlashtirishda jamoa bo’lib ishlanadi, kadrlar, ularga mos yozuvlar va musiqa birgalikda tanlanadi.
To’liq qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoyalash, shuningdek, o’qilgan hikoya, maqolaning Rejasini tuzish matn mazmunini, uning tasviriy vositalarini bilib olishga yordam beradi. Asar Rejasi n i tuzish uning mazmunini ongli va chuqur tushunish uchun xizmat qiladi. Reja matndagi asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarining o’zaro bog’lanishini tushunishda o’quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stiradi, ular matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo’lishga, har bir qismning asosini topishga, uni qisqa va aniq sarlavha tarzida yoki Reja punkti sifatida shakllantirishga o’rganadilar.
Reja tuzishga tayyorgarlik ishi savod o’rgatish davridanoq boshlanadi. Tayyorgarlik mashqning eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazmuniga mosini topib qo’yish hisoblanadi. O’quvchilar kichik matnga sarlavhani o’zlari topib qo’ya olsalar yana ham yaxshi. Bunday mashqqa o’rgatishda o’qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga tayyorgarlik ishining ikkinchi turi o’qituvchi rahbarligida tanlab o’qish hisoblanadi. Bolalar matndan o’qituvchi bergan savolga javob bo’ladigan o’rinni topib o’qiydilar.
O’quvchilar rasmli Reja tuzishdan logik Reja tuzishga o’tadilar. Logik Reja tuzish quyidagi izchillikda o’rgatiladi:
1. O’qituvchi qismlarga bo’lingan matn tanlab, Rejaini tuzadi va matn Rejasi punktlari o’rnini almashtirib, sarlavha tarzida doskaning chap tomoniga yozib qo’yadi. O’quvchilar matnning birinchi qismnni o’qiydilar, shu- qism mazmuniga mos sarlavhani doskadan tanlaydilar, uni o’qituvchi doskaning o’ng tomoniga yozadi; keyin o’quvchilar matnning ikkinchi qismini o’qib, tegishli sarlavhani doskadan tanlaydilar va h.k. Shunday qilib, doskada o’qilgan matnning Rejasi hosil bo’ladi.
2 . Matn, qismlarini tahlil qilish jarayonida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida harakat bir qismdagi asosiy fikrni aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar. O’qituvchi sarlavhalarni Reja punkti tarzida doskaga yozib boradi.
3. Qismlarga bo’linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar matn Rejasi tartibida doskaga yoziladi. O’quvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib matnni qismlarga bo’lish topshiriladi. Ular matnni o’qiydilar, birinchi sarlavhaga tegishli qismni ajratadilar, keyingi qismlar ham shunday belgilanadi.
4. Qismlarga bo’linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda doskaga yoziladi. O’quvchilarga yuqoridagi qismlarga bo’lish topshiriladi. O’quvchilar matnni o’qib, nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani doskadan tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn Rejasi tuziladi.
O’quvchilar asarni mustaqil ravishda qismlarga bo’lish va harakat bir qismga sarlavha topishga, ya’ni berilgan matn Rejasini tuzishga yuqoridagi kabi asta-sekin o’rgatib boriladi. Reja tuzish uchun so’roq, va darak gaplardan, ayrim hollarda atov gapdan foydalanish mumkin. Faqat har bir Rejada bir turdagi gaplar ishlatililsh zarur. Shunday qilib, o’quvchilarda matn ustida ishlash ko’nikmasini shakllantirishda ular diqqati ishning mazmuni va bajarilish yo’llariga qaratiladi.
5. O’qituvchilar uchun nashr etilgan “Birinchi sinfda o’qish darslari”, “Ikkinchi sinfda o’qish darslari”, “Uchinchi sinfda o’qish darslari” qo’llanmalarida mavzularni Rejalashtirishda nimalar hisobga olinganini aniqlang.
6. “O’qish darslarida bolalarni g’oyaviy-siyosiy tomondan tarbiyalash” yoki “O’qish” darslarida o’quvchilarni axloqiy tarbiyalash” mavzusida qisqacha og’zaki axborotga tayyorlaning.
Har xil janrdagi asarlarni o’qish usuliyotining
1.Hikoyani o’qish usuliyoti.
2.Ertakni o’qish usuliyoti.
3.Ilmiy-ommabop maqolalarni o’qish.
1.Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o’rgatish.- Toshkent,1960.
2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o’stirish. – Toshkent, “O’qituvchi”, 1980.
3.Abdullayeva Q. Savod o’rgatish. Toshkent, 1983.
4.Abdullayeva Q., Rahmonova S. Ona tili darslari (usuliy qo’llanma). Toshkent, 1999.
5.Azizova A. G. Uchinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, 1982.
6.Azizova A.G., Ikromova R. To’rtinchi sinfda ona tili darslari. Toshkent, “O’qituvchi”, 1984.
7.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent, 1984.
8.Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o’qitish darslari. Toshkent, 1983.
Boshlang’ich sinflarda badiiy asar turlaridan hikoya, she’r, ertak masal, maqol va topishmoqlar amaliy ravishda o’rganiladi. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop maqolalar ham o’qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, stilistik priyomlari jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Shunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchi unga mos metod va priyomlar tanlashi talab etiladi. Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. Hikoya ko’pincha kishi hayotida bulgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir.
Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o’quvchilarni qahramonning xatti-harakat, tashqi ko’rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo’lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog’lab olib boriladi.
Boshlang’ich sinflarda hikoyani o’qishga bag’ishlangan izohli o’qish darslarida o’qilgan hikoya mazmunini ochish, lug’at ustida ishlash, o’qilgan matnni qayta hikoyalash asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmun qator savollar asosida tahlil qilinadi. Bunda savollar qatnashuvchi shaxsning xatti-harakati va xarakterini tahlil qilishga qaratilgan bo’ladi. So’roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda faktlar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o’qish darsida o’quvchilar ma’nosini tushunmaydigan so’z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks xolda, ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. So’z ma’nosini tushuntirishga ko’p vaqt sarflamay, asar mazmunini tushunishda eng zarur bo’lgan so’zni qisqa izoh berish bilan tushuntiriladi. Hikoyani o’qishda hikoya mazmunini tahlil qilish va shu asosda o’quvchilar nutqini o’stirish markaziy o’rin egallaydi. Hikoya o’qilgach, o’quvchilar o’ylashi, o’z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish talab etiladi. O’qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan — yoqmagani, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etgani, bolalar kim yoki nima haqida hikoya qilib berishni istashini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya syujeti, voqeaning yo’nalishini ochishga, sharoitni, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g’oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.
Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to’liq tushuntirishga berilib ketib, qatnashuvchilarga xarakteristika, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Savollarni, odatda, o’qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o’quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi; asar mazmunini yaxshi tushunish, o’z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog’lanishni to’liq esda saqlab qolishda o’quvchilarga yordam beradi. Hikoyani o’quvchilar yaxshi o’zlashtirishlari, unda ilgari surilgan g’oyani bilib olishlari uchun matn bilan ishlash jarayonida tanlab o’qish, ma’lum topshiriq bilan qayta o’qish, savollarga javob berish, hikoya qismiga o’zlari savol tuzishi, so’z bilan va grafik rasm chizish, Reja tuzish, qayta hikoyalashning barcha turlaridan, ifodali o’qishga tayyorlanish kabi ish turlaridan foydalaniladi.
Kichik badiiy hikoyani izohli o’qish darsini uyushtirishda quyidagi Reja varianti sxemasi e’tiborga olinadi: 1) hikoyani o’qishga tayyorlash (hikoyada tasvirlangani kabi kishilar hayoti davrga qisqa xarakteristika. ); 2) hikoyani (to’liq yoki mantiqiy tugallangan qismlarga) o’qituvchi yoki oldindan tayyorlangab o’quvchining ifodali o’qishi; 3) idrok etishni tekshirish (qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari, shaxslar va voqealar o’rtasidagi munosabatlar yuzasidan qisqacha suhbat; 4) hikoyani qayta o’qish (hikoyani qismlarga bo’lish, o’quvchilarga o’qitish, ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish; 5) hikoyaning har bir bo’lim yuzasidan suhbat o’tkazish va sarlavha topish; hikoya Rejasini tuzish; 6) hikoyaning ayrim bo’limlarini ifodali o’qish; 7) Reja asosida qayta hikoyalash; 8) hikoyani ifodali o’qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki uyda); 9) hikoyani ifodali o’qish va ifodali qayta hikoyalash. Bu hikoyani o’qish darsi Rejasining varianti bo’lib, o’zgarishi ham mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, badiiy hikoyani o’qish darsida uning mazmunini, asosiy fikrini bilish bilan birga, asarning tarbiyaviy (badiiy asar misolida o’quvchilarni tarbiyalash), xususan, estetik ta’siri ham ko’zda tutiladi va ifodali qayta hikoyalashga katta ahamiyat beriladi.
Ertakning o’tkir marseli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda, ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi; undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak chaqqon qahramonlar, ertakning g’oyaviy yo’nalishi, unda ezgu kuchning—yaxshilikning doimo g’alaba qilishi bolalarni o’ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli, bir xil so’z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifodali vositalarining jonliligi bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar ko’pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo’lgan yovuz, baxil, ochko’z obrazlarga bo’linadi.
Ertakning pedagogik qimmati shundan iboratki, bolalar unda to’g’rilik halollik g’alaba qilganidan, kambag’al kishilar qiyinchilikdan qutulganidan, ya’ni yaxshiliq ezgulik ro’yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doim shunday bo’lishini istaydilar, Ertak bolalarda personajlarning xatti-harakatini muhokama qilib baholash ko’nikmasini o’stiradi. O’quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o’qishgagina emas, balki uni aytib berishga o’rgatish ham muhimdir. Ertak aytish orzaki nutqni o’stiradi, bolalar nutqdagi yangi so’z va iboralar bilan boyitadi, ona tiliga muhabbatni tarbiyalaydi.
I sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o’rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni (agar ertak hajmi katta bo’lmasa) o’qituvchi aytib berishi mumkin. Yuqoridagilarni hisobga olganda, ertakni izohli o’qish darsining qurilishi quyidagicha bo’lishi mumkin: 1) o’quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash; 2) o’qituvchining ertakni ifodali o’qishi, yod aytib berishi; 3) ertakni o’quvchilar qanchalik idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o’tkazish; 4) ertakni qismlarga bo’lib o’qish va tahlil qilish; tasviriy vositalar, sinonim so’zlarni topish, ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish; 5) ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o’qish); 6) ertakni aytish; 7) umumlashtiruvchi suhbat (ertak g’oyasini ochish); 8) ma’lum vazifa bilan ertakni qayta o’qish; 9) vazifani tekshirish va yakunlash. (Nima uchun ertakni qiziqib o’qishadi?) 10) uyda boshqalarni ham qiziqtiradigan qilib ertakni o’qib (yoki aytib) berishga tayyorlanish.
Похожие документы:
1 Xozirgi zamon tabiiy fanlar konseptsiyasi fanining namunaviy dasturi
Документ
. innovatsion va pedagogik texnologiyalar, kompyuter . sovuq faslida materikdan okeanga issiq faslida, aksincha . talim Umumiy oprta talim bosqichlari quyidagicha: boshlang`ich talim (1-1V sinflar); umumiy oprta talim (1-1X sinflar). Boshlang`ich talim .
Jizzax davlat pedagogika instituti
Документ
. Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti “Boshlang’ich ta’lim nazariyasi . mehnatsevarlik, ezgulik, mehr–shafqat fazilat-larini, o’zidan katta yoshdagilarga . ulotingizda muallifni e’lon qilib, masala tahlilini o’tkazing. 3.5.2. “Ma’naviyat .
A. q odiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti
Документ
. JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI 401-guruh talabasi . xizmat qilib kyelmoqda. Matematika boshlang’ich tushunchalari, faqatgina ijtimoiy jarayonlarda . Korrelyasiya – biz kuzatishni tahlilini bitta emas balki ikkita tasodifiy .
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Документ
. sохasi_____________________________________________________ Talim sохasi____________________________________________________ . vinaya-pitaka), . shakllanishining boshlang‘ich davrida . 1- ооn Usmоnоv M. YAхshi fazilat — insоnga ziynat. T., «O` .
O‘zbekiston respublikasining t a’lim tizimi
Документ
. ‘nalishda – 15 ta, pedagogik yo‘nalishda – 5 ta . topshiriq. Talaba nomidan fakultet dekaniga topshirilgan vazifa vaqtida . o’rgatish jarayoni hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o’quvchilarini husnixatga . di. 4. O‘zbеk tilini yaxshi bilmaydiganlarga yordam bеr .
- Правообладателям
- Написать нам
BOSHLANG’ICH TA`LIMDA SINFDAN TASHQARI DARSLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI VA ULARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»
Boshlang’ich ta`limda sinfdan tashqari darslarni to’g’ri tashkil etish metodikasi, unga qo’yilgan talablar va ularning ahamiyati.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по биологическим наукам , автор научной работы — Sarbarova M.Yu.
BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MADANIY DUNYOQARASH ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIKDAN FOYDALANISH
Boshlang’ich sinf o’qish darsida interfaol uslublardan foydalanishning ta’limiy ahamiyati
BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QISH FANIDAN UMUMLASHTIRUVCHI DARSLARNI TASHKIL ETISH
BOSHLANG’ICH SINF O’QISH DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH
SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING KREATIV QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA RASMLARNING O’RNI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH TA`LIMDA SINFDAN TASHQARI DARSLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI VA ULARNING AHAMIYATI»
BecmnuK Maeucmpamypu. 2020. № 4-1 (103)
BOSHLANG’ICH TALIMDA SINFDAN TASHQARI DARSLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI VA ULARNING AHAMIYATI
Boshlang ‘ich ta limda sinfdan tashqari darslarni to ‘g ‘ri tashkil etish metodikasi, unga qo ‘yilgan talablar va ularning ahamiyati.
Tayanch so’zlar: Dastur, DTS, o ‘qish darslari, STO’ darslari, ta ‘lim-tarbiya, dunyoqarash, nutq, fikrlash, o ‘qish sifatlari, kutubxona, kitob.
Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi – o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlab oladigan muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalash. Maktablarda 1959 yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari o’qish darslari tashkil etilgan.
Sinfdan tashqari o’qish 1-2 sinfda haftada 1 marta, 3-4 sinfda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi. Bu darslarning asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish.
Metodikaning vazifasi sinfdan tashqari o’qish uchun o’qiladigan adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars strukturasi namunalarini ishlab chiqishdir. Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:
l.O’zbek va chet el bolalar adabiyoti yozuvchilari asarlarini tanlash.
2.Kitob tanlashda o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashga xizmat qilishni ko’zda tutish.
3.Asar janri va mavzusini xilma-xilligiga e’tibor berish.
4.O’quvchilarning yoshi va saviyasiga muvofiqligini hisobga olish.
5.O’quvchilarning shaxsiy qiziqishini mustaqil o’qishni hisobga olish.
6.Mavsumiy tamoyilga amal qilish.
Sinfda o’qish – hayotga tayyorlash, STO’ hayotning o’zidir. Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning asosiy shakli maxsus STO’ darslaridir, u erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassurot, badiiy obrazlarning idrok etishi, ijodi rivojlanadi, faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar rivojlanadi.
STO’ darslariga qo’yiladigan talablar:
– har bir darsni kirish suhbati bilan boshlash;
– har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar-asarlarni hisobga olish;
– har bir darsda o’qish uchun Yangi asarlar tavsiya qilish;
– har bir darsda o’qilgan asar yuzasidan suhbat metodida tahlil ishlarini amalga oshirish;
– o’qilgan asarlar yuzasidan ko ‘rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish, asar muallifi haqida ma’lumotlar to’plash, albomlar tayyorlash, kitobxonlik kundaligini yuritish;
– har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbat uyushtirish.
Sinfdan tashqari o’qish darslarining muhim vazifalari:
– asar o’qish asar tanlashda o’quvchida mustaqillikni tarbiyalash, buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish;
– qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to’plangan ma’lumotlari o’qitish, tez aytish, topishmoqlar topish, ifodali o’qish, maqollar aytish musobaqasi, ertak to’qish, bilimdonlar anjumani, konkurslar tashkil qilish, muayyan mavzular bo’yicha savol-javoblar uyushtirish, o’qish tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur.
– Sinfdan tashqari o’qishning yillik taqvim rejasini tuzish. Bunda N.N.Svetlovskaya ishlab chiqqan STO’ bosqichlariga rioya qilish. Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning yordamchi shakllariga:
1. Kitobni targ’ib qilish. Sinfdan tashqari o’qishga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki mak-tabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqti-vaqti bilan Yangilanib turadi. Ko’rgazmalar tashkil qilinadi, o’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.
2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O’quvchi o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiri-ladi, o’qigan kitoblar hisobga olinadi, shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota-onalar bilan suhbatlashiladi.
3. Sinfdan tashqari o’qish yuzasidan ommaviy ishlar: adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar ular uchun maxsus tayyorlaniladi.
© Sarbarova M.Yu., 2020.
BecmnuK Maeucmpamypu. 2020. № 4-1 (103)
4. Kutubxonaga yozilish. 1-sinf o’quvchilari o’qituvchining ruxsati bilan, tavsiyasi bilan kutubxonaga a’zo bo’ladi.
5. O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga olishda ularning kitobxonlik kundaligidan foydalanish.
1-sinf o’quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini yozadi. 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo’shib yozadilar. 3-4- sinfda o’qigan kitobiga taqriz yozadi, o’z mulohazalarini yozadi, ya’ni munosabat bildiradi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, STO’ darslarini biz to’g’ri tashkil eta olsak, bu darslar o’quvchilar dunyoqarashini kengaytiradi, o’quvchilar bilimini oshiradi, mustaqil fikrlash qobilyatini shakllantiradi.
SARBAROVA MALIKA YULDASHALIYEVNA – teacher of secondary school No 17 of Namangan district, Namangan, Uzbekistan.