Press "Enter" to skip to content

Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari

Абдурахмонова, Н. С. Sinfdan tashqari o`qish darslarida Anvar Obidjon asarlarini o`rganishning bolalar ma`naviyatiga ta`siri / Н. С. Абдурахмонова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 25 (315). — С. 503-504. — URL: https://moluch.ru/archive/315/71904/ (дата обращения: 11.03.2023).

Sinfdan tashqari o`qish darslarida Anvar Obidjon asarlarini o`rganishning bolalar ma`naviyatiga ta`siri

Абдурахмонова, Н. С. Sinfdan tashqari o`qish darslarida Anvar Obidjon asarlarini o`rganishning bolalar ma`naviyatiga ta`siri / Н. С. Абдурахмонова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 25 (315). — С. 503-504. — URL: https://moluch.ru/archive/315/71904/ (дата обращения: 11.03.2023).

Mazkur maqolada bolalar she`riyatining ta`lim-tarbiyaga ta`siri hamda sinfdan tashqari o`qish darslarida Anvar Obidjon asarlarini o`rganishning bolalar ma`naviyatiga ta`siri masalalari yoritilgan.

Kalit so`zlar : bolalar she`riyati, sinfdan tashqari o`qish, Anvar Obidjon she`rlari

В данной статье освещены вопросы влияния детской поэзии на образование и воспитание, а также влияние изучения произведений Анвара Обиджона на внеклассных уроках на детскую духовность

Ключевые слова : детская поэзия, внеклассное чтение, стихи Анвара Обиджана

This article covers the impact of children`s poerty on education and on education, as well as the impact of studying Anvar Obidzhon`s works on children`s spirituality in extracurricular classes

Keywords : reading outsidethe classroom, children`s poerty, poems of Anvar Obidjon

“O`qish kitobi” dan o’rin olgan hamda sinfdan tashqari o`qish darslarida tavsiya etiladigan asarlar, o’quvchini fan bo’yicha Davlat ta’lim standartida belgilangan bilim, ko’nikma va malakalarni egallashi, ularda tayanch hamda fanga oid kompetentsiyalarni, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishiga xizmat qiladi. Bu maqsad va vazifalarni asarni o’qish, syujeti bilan tanishish bilangina amalga oshirib bo’lmaydi. Maktabda o’rgatiladigan har bir asar o’quv tahliliga tortilsa, o’quvchi yozuvchining maqsad-muddaosini anglasagina, undan chinakam bahra oladi, badiiy-estetik didi shakllanadi. Shunday ekan, “O`qish kitobi” darslarida o’quvchilarni badiiy asarni tahlil va talqin qilishga o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Asar tahlili davomida, eng avvalo, ularning janr xususiyatlaridan kelib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa bolalar she`riyatini sinfdan tashqari o`qish jarayonida tahlil qilish o`quvchilar ma`naviy olamini rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Bolalarda kitobxonlik ko`nikmalarini rivojlantirishda ham bolalarni she`rlar bilan oshno etish maqsadga muvofiq sanaladi.O‘zbek bolalar adabiyotida turkum she’rlar eng ko‘p Anvar Obidjon ijodida uchrasa ajab emas. “G‘alati maktublar”, “Siz eshitmagan qo‘shiqlar”, “Ajoyibxona”, “Oltiariqdan olti ertak”, “Botirvoyning kundaligi”, “Bulbulning cho‘pchaklari” kabi turkumlar tarkibidagi she’rlar o‘zining ohoriy topilmalari, bolalarbop sodda, samimiy yumorga boyligi, misralarning qisqa, ravon, o‘ynoqiligi, kichkintoylarni o‘ylashga majbur qiladigan ikki yoki undan ortiq yechimga ega “jumboq” — masalalari bilan siz-u bizga yaxshi tanish. Shunisi e’tiborliki, garchi muayyan mavzuda yozilgan bo‘lsa-da, bir turkumdagi she’r mazmunan ikkinchisini aslo takrorlamaydi, aksincha, har bir turkum uchun o‘ziga xos mavzu, shakl, til va uslub tanlangan. Masalan, “Bulbulning cho‘pchaklari” turkumida yosh kitobxonda aruz vazniga muhabbat uyg‘otish maqsad qilib olingani holda g‘azal shaklidagi she’rlar Bulbul tilidan kuylanadi. “Ignalarim chiroyli” turkumida esa turli jonzotlarning tarjimayi holi orqali tabiatning boshqa a’zolariga nisbatan hurmat, mehribonlik, xayrixohlik hissini yanada oshirish maqsad qilinadi. Biz so‘z yuritmoqchi bo‘layotgan “Dalalardan — bolalarga” turkumi boshlanmasida shoir o‘quvchi ko‘z o‘ngida mohir jurnalist sifatida namoyon bo‘ladi: “Ochig‘ini aytsam, she’rlarni shunchaki havas uchun yozaman. Aslida kasbim — jurnalistlik. Bir paytlar radio muxbiri edim. Mikrofonni Alpomishning qilichidek yalang‘ochlab olib, o‘zi azaldan so‘zamol odamlarni gapirtirish ham ish bo‘ptimi, deguvchilarning fikriga to‘la to‘kis qo‘shilaman. Ammo mening yutug‘im shundaki, dala-bog‘larni kezib yurgan paytlarimda nafaqat odamlardan, balki turli ekin va dov-daraxtlardan ham o‘nlab intervyular olishga musharraf bo‘lganman. Bu hol jumlayi jahonning og‘zi, ko‘zi, qulog‘i va burni hisoblanmish jurnalistlar toifasini hayratga¬solsa,¬ajabmas”. Sarlavhadan keyin berilgan interpretatsiya mazmunidagi qisqa kirish so‘z, bir tomondan, turkum tarkibidagi she’rlarni marjon shodasiday bir mavzu atrofida birlashtirsa, ikkinchi tomondan, yosh kitobxonni o‘qilajak she’rga ruhan tayyorlash vazifasini bajaradi. Bundan tashqari ijodkor o‘zbek bolalar she’riyatiga nozik piching (kesatiq) she’rlarni olib kirgan muallif. Bu, ayniqsa, uning “Siz eshitmagan qo‘shiqlar” turkumida yaqqol aks etgan. She’rlar ham shaklan, ham mazmunan farqlanib turadi. Shakldagi kashfi yot — tovushlarga taqlid, mazmun yangiligi esa har bir she’r tagma’nosini boyitishga mo‘ljallangan. Ammo shu bilan birga ular axloqiy-psixologik mezon sifatida inson qiyofasini to‘ldirishga yordam beradi:

Yuraman uy ichida, ship-ship-ship.

Gilam yumshoq-ey juda, ship-ship-ship.

Turtinmayman men toshga, ship-ship-ship.

Ekin zorman quyoshga, ship-ship-ship.

Shuningdek, muallif tovushlar o‘zgarishini (taqlidiy so‘zlarni) ham mohirona qo‘llab, tasviriylikka erishadi (jiqirjiqir, qiqir-qiqir, dikir-dikir, pichir-pichir, shitir-shitir kabi). Bu turkum she’rlar qo‘shiqlar deb atalishi ham bejiz emas, chunki ular ohangdor. Turkumdagi ashula ijrochilari obrazlarida bolalar va kattalar xarakterlarini ilg‘ab olish qiyin emas. She’rlar sodda, lekin bir nafasda o‘qiladi. Shoir so‘zlarni nihoyatda tejab ishlatadi. Yengil yumor esa hayot haqiqati bilan qorishib, o‘quvchida hissiy-g‘oyaviy ta’sirni yanada orttiradi. Muallif allegorik obrazlarni naqadar jonlantira olishiga bir misol:

Tanishing, men birinchi “B” sinfi da o‘qiyman,

O‘ttiz beshta harfning barin yaxshi cho‘qiyman.

Nega bizlar dumsiz X yozdik xo‘roz deganda?

Voy domlajon, sizningcha xo‘roz dumsiz ekan-da!

Shoir hayvon va predmetlarni jonlantirib, ularga xos bo‘lgan xususiyatlarni ochib beradi. Predmetlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, odamga xos “fazilat” va “nuqson”larini to‘g‘ri topadi. Mana, masalan, qo‘raning qumg‘onga yozgan xati. Qumg‘on bilan hamma salomlashadi. Choynak esa burnini osmonga ko‘tarib turadi. Qo‘ra qumg‘onga shunday maktub yozadi: Kuyib-pishib o‘choqda, qaynatasan sen suvni,likopchaga o‘tqazib hurmatlashar u quvni.

Shoir o‘xshatishlarni ishlatganda ham bola ruhiyatini sira unutmaydi, biror hodisa yoki harakatni tushuntirish uchun uni tanish harakat yoki holatga o‘xshatadi. Ma’lum obraz orqali o‘quvchilarga ma’naviyatning ilk saboqlarini beradi.

Xulosa qilib aytganda, sevimli bolalar shoiri Anvar Obidjonning har bir satri muayyan tarbiyaviy mazmun tashiydi. U yaratgan obrazlar bolalarni ham, kattalarni ham befarq qoldirmaydi. Chunki bolalar she’riyatining sir-asrorlarini mahorat bilan o‘zlashtirgan ijodkor asarlarini o‘quvchiga yuksak badiiylik bilan taqdim etadi. Sinfdan tashqari o`qish darslarida A.Obidjon asarlarini puxta o`rganish o`quvchilar ma`naviyatini oshirishga xizmat qiladi.

  1. Anvar Obidjon. Mittivoymisan, Mittivoymisan? T. 2002
  2. Anvar Obidjon. Elektron kitoblar.https://kitobim.uz

Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari.

Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari.

Metodikaning vazifalaridan biri STO’ uchun kitoblar tanlash, o’qiladigan adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini ishlab chiqishdir.

Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:

  1. Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko’zda tutiladi. Bunda o’quvchilarga vatanimiz o’tmishi, mustaqillik uchun kurash, xalq qahramonlari, xalq turmushi haqidagi, oilada, maktabda va jamoat joylarida o’zaro munosabatlarda yuzaga keladigan axloqiy muammolar haqidagi, tabiat va uni asrabavaylash haqidagi kitoblar tavsiya etiladi.
  2. Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilmaxilligi e’tiborga olinadi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar, asosan, hikoyalar, ertaklar, she’rlar, topishmoqlar, rnaqollarni o’qishga qiziqqanlari uchun shu janrdagi asarlar tanlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
  3. Kitobning o’quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi. 1sinfda kichik hikoya va ertaklarni o’qish tavsiya etilsa, 2—4sinflarda mavzular doirasi kengaytirilib, kundalik turmushda ro’y berayotgan turli voqealar tasvirlangan asarlar, gazeta va jurnallardagi kichik hajmli xabarlarni o’qish ham tavsiya etilishi mumkin.
  4. Kitob tanlashda o’quvchilarning Shaxsiy qiziqishi va mustaqil o’qishi hisobga olinadi. Bunda o’quvchilar o’ziga qiziqarli bo’lgan o’zbek va xorijiy bolalar adabiyoti yozuvchilarining asarlarini o’zi tanlashi muhim ahamiyatga ega.
  5. Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi.

Umuman olganda, kitobni to’g’ri tanlash sinfdan tashqari o’qish muvaffaqiyatini ta’minlashning muhim shartidir.

STO’ga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari o’qish darslaridir. Bunday darslar erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodiy qobiliyati rivojlanadi; faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar shakllanadi.

Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning uchun ularning qurilishi juda xilmaxil bo’ladi Har bir dars o’qituvchi va o’quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilmaxillikka, hayotiylikka erishilsa, maqsadga erishish oson kechadi.

Shularga qaramay, STO’ darslari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun ma’lum talablarga bo’ysunadi. Ular quyidagilardir:

  1. Har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. Ular o’qigan va o’qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, ikkiuch o’quvchi o’zlari o’qigan kitob haqida gapirib beradi, darsda o’zaro fikr almashish holati yaratiladi (bu holat darsdan tashqari vaqtda ham davom etishi mumkin).
  2. Har bir darsda o’qish uchun yangi kitob (asar)lartavsiya qilinadi. Tavsiya qilish shakllari turlicha bo’lib, ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatish, sinfda ko’rgazma tashkil etish, o’quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o’qib berish, rasmlarni ko’rsatish yoki film namoyish etishdan iborat bo’lishi mumkin.
  3. Har bir darsda o’quvchilarga asarni yaxlit holda o’qitish mumkin. Agar asar hajmi kattaroq bo’lsa, bu ish ikkiuch dars davomida amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilar o’zlari o’qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o’qib berishlari mumkin. Bu jarayonda ichda o’qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi.
  4. Har bir darsda o’qilgan asar yuzasidan suhbat metodi orqali tahlil ishlari amalga oshiriladi. Bunda erkin hikoya qilish uchun ,,Senga asardagi nimalar yoqdi?», ,,B» kitob haqida sen nimalar ayta olasan?» kabi savollar beriladi va o’quvchilarning ijodiy hamda mustaqil qayta hikoyalash malakalari shakllantiriladi.
  5. Har bir darsda ma’lum bir yangi kitobxonlik ko’nikmasi hosil qilinadi: muallif haqida ma’lumotlar to’plash, kitob nomiga qarab u nima haqida ekanligini aytish, o’qilgan asarlar yuzasidan ko’rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish, albomlar tayyorlash, kitobxonltk kundaligini yuritish kabi ishlar amalga oshiriladi.
  6. Har bir dars kirish suhbati bilan boshlanadi va sinfda o’qish darslarida qo’llanadigan barcha usullardan ijodiy foydalaniladi.
  7. Har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbat uyushtiriladi. Umumlashtirishga ko’rgazma ham, albom tuzish ham, rasmlarni tatbiq etish ham yordam beradi.

Sinfdan tashqari o’qish kitobi 1 sinf

O’zbek tilida dars ishlanmalar, barcha fanlardan

1-sinf Kapalak. Sinfdan tashqari o’qish dars ishlanmasi

Подробности Автор: AIM Author Родительская категория: 1-Класс Категория: Alifbe, O’qish 1-sinflar Опубликовано: 25 Апрель 2018 Просмотров: 2337

2.75 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 Rating 2.75 (4 Votes)

Скачать Файл:

Ushbu ma’lumotni yuklab olish uchun ro’yxatdan o’ting. Ma’lumotlar mutlaqo bepul. Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь или войдите на сайт.
Please register or login to download this file.

Dars Ishlanmalar

Insho (Эссе)
11-Класс
1-Класс
2-Класс
3-Класс
4-Класс
5-Класс
6-Класс
7-Класс
8-Класс
9-Класс
10-Класс
Testlar (Тесты)
Rejalar (Планы)
Metodika (Методика)
To’garak ishlanmalari (Кружок)
Tadbir ishlanmalar (сценарий)
Boshqalar (Другие)
Audio darsliklar (Разработка уроков)

Barcha huquqlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga binoan himoya qilingan. Sayt materiallaridan to’liq yoki qisman tijorat yo’lida foydalanish qat’iyan man etiladi!