Press "Enter" to skip to content

Saytning eski versiyasi

Mahsulotga talab ortgani sari ishlab chiqarishga boʻlgan ehtiyoj ham ortmoqda. Shu bois tez kunlarda ishchilar sonini 1200 nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Shunda bir kunlik ishlab chiqarish quvvati 30 ming donani tashkil etadi. Buning uchun Germaniya. Turkiya va Koreya davlatlaridan eng zamonaviy dastgohlar olib kelindi.

Sport kiyimlari haqida

Andijon viloyatida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlariga boʻlgan talab tobora ortib bormoqda. Misol uchun, yaqindagina ish boshlagan Andijon shahridagi “Drohmm textile” MCHJ tomonidan tayyorlangan sport kiyimlari yuz foiz Rossiya va Qozogʻiston davlatlariga eksport qilinmoqda.

— Fabrikamizda 500 nafar ishchilar faoliyat yuritmoqda, — deydi korxona rahbari Xurshidbek Ahmedov. — Shulardan 130 nafarini “Temir daftar” tarkibiga kiritilgan oilalar xotin-qizlari tashkil etadi. Ular tomonidan bir kunda 10 ming dona kiyim-kechak tayyorlanmoqda.

Mahsulotga talab ortgani sari ishlab chiqarishga boʻlgan ehtiyoj ham ortmoqda. Shu bois tez kunlarda ishchilar sonini 1200 nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Shunda bir kunlik ishlab chiqarish quvvati 30 ming donani tashkil etadi. Buning uchun Germaniya. Turkiya va Koreya davlatlaridan eng zamonaviy dastgohlar olib kelindi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Do‘stlaringiz bilan bo‘lishing:

Tavsiya etamiz

Shohimardonda kumush qish tarovati
Oppoq qorga burkangan Toshkent — fotoreportaj

Oʻzbekiston Prezidentining 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator muassasalarga tashrifi jarayonlaridan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaji

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo’larsiz?

Saytning eski versiyasi

Tokio-2020 yozgi Olimpiya o’yinlarida O’zbekiston delegatsiyasini ajoyib sport kiyimlari bilan ta’minlagan 7SABER kompaniyasi bilan hamkorlik davom etadi. Brend Pekin-2022 qishki Olimpiya o’yinlari uchun O’zbekiston delegatsiyasiga tayyorlagan kiyimlarini taqdim qildi. “O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasiga bizga ishongani uchun minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz. Kiyimlar sifatli va zamonaviy ko’rinish olishi uchun kompaniyamiz bor imkoniyatlarini ishga soldi. Tokio-2020 Olimpiadasi uchun tayyorlagan namunalarimiz ko’plab muxlislarimizda iliq taassurot qoldirgan edi. Umid qilamizki, bu gal ham biz ularning ishonchini qozona oldik. Yozgi Olimpiya o’yinlari vaqtida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida ekipirovka uchun davlat byudjetidan kompaniyamizga qancha pul ajratilgani haqidagi mavzu juda ko’p muhokama qilingan edi. Rasman ma’lum qilishim mumkinki, 7SABER buning uchun hech qanday pul olmagan. Gap shundaki, O’zbekistonda ham xuddi dunyoning ko’plab davlatlarida bo’lgani kabi MOQning rasmiy hamkorlari delegatsiyaga bepul xizmat ko’rsatadi. Bilasizmi, Olimpiya o’yinlari haqida gap ketganda pul yoki moddiy manfaatdorlik katta ahamiyat kasb etmaydi. 7SABER ikkinchi bor mamlakatimiz Olimpiya delegatsiyasiga homiylik qilayotgani biz uchun katta sharaf. Ishonamanki, ushbu hamkorligimiz uzoq davom etadi”, – dedi brend asoschisi va bosh direktori Oraz Abdurazakov. Ushbu Olimpiya o’yinlarida Komiljon To’xtaev tog’ chang’isining slalom va gigant slalom dasturlarida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ta’kidlash joiz, Pekin-2022 qishki Olimpiadasiga yetib borgan delegatsiyamizning kiyimi ko’plab xorijiy hamkasblarimizda iliq taassurot qoldirmoqda. Fursatdan foydalanib, O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi ham o’zaro hamkorlik uchun 7SABER brendiga o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Yangiliklar

  • Sport tibbiyoti
  • Intervyu
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Davlat dasturi ijrosi
  • Ijtimoiy roliklar

O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi

  • citius
  • altius
  • fortius

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

  • Manzil: Toshkent 100027, Olmazor ko‘chasi, 6
  • E-pochta: info@olympic.uz,media@olympic.uz
  • Ishonch telefoni: +99871 205 5205
  • Telefon: +99871 244 4141

Obuna bo’ling va hech narsani o’tkazib yubormang

© 2018 – –> –>
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International. Sayt yaratuvchisi: Online Service Group

Ovozli o`qish

Saytda ovozli oʼqish imkoniyati mavjud, Matnni ovozli eshitish uchun matinni belgilang va paydo bolgan tugmani ustiga bosing