3
― Rostdan borgim kelyapti. – dedim men qatiylik bilan. Yolg’on gapirishni qoyil
qila olmasamda, oxirgi paytlarda ko’p qaytarganim uchun bu gapimga o’zim ham
ishonib qolgandim.
― Mayli. Unda Charliga salom deb qo’y.
― Albatta, – xo’rsindim men.
― Biz tez kunda uchrashamiz. Iltimos, xohlagan paytda qaytib kelishing
mumkinligini unutma. Bir gap bo’ladigan bo’lsa, qo’ng’iroq qil. Men darhol yetib
boraman!
― Xavotir olmang, hammasi yaxshi bo’ladi. Sizni yaxshi ko’raman oyijon.
Onam meni mahkam bag’riga bosib, o’pdi shundan keyin yuklarimni topshirgani
ketdim.
Demak, oldinda Sietlgacha to’rt soatlik parvoz. Keyin boshqa samolyotga o’tib,
yana bir soat Port-Anjelesgacha uchish va nihoyat Forksgacha bir soat mashinada
yo’l bosishim kerak! Parvoz qilish yoqardi lekin bir soat dadamning mashinasida
yo’l bosishni o’ylasam, yuragim siqilardi.
Dadam u bilan yashashga qaror qilganimdan chin dildan quvonib, kutib oldi. Meni
mahalliy maktabga yozdirib qo’yishga ham ulguribdi, bitta mashina topishga ham
vada berdi. Muammo shunda ediki, men ham dadam ham so’zamol emasdik.
Umuman olganda o’zaro muhokama qiladigan mavzumizning o’zi yo’q edi.
Albatta, Finiksdan ketish haqidagi qarorim uni hayratga solgandi, chunki u ham
seryomg’ir Forksni yoqtirmasligimni bilardi. Port-Anjeles meni sharros yomg’ir
bilin kutib oldi. Men yomg’irni yomon alomat deb emas, balki odatiy hol deb
qabul qildim. Chunki quyosh bilan endi xayrlashish kerakligini bilardim.
Dadam meni olib ketgani patrul mashinasida kelgandi. Shunday bo’lishini
oldindan bilgandim. Chunki butun Forks shaharchasi uchun dadam – politsiya shefi
Svon. Shu sabab ham iqtisodiy tomondan qiynalsam-da, shaxsiy avtomobilim
bo’lishini istagandim. Chunki shahar bo’ylab chirog’i lipillaydigan mashinada
yurishni istamasdim. Samolyot zinasidan tusha yotib, sirpanib to’g’ri dadamning
qo’liga borib tushdim.
― Seni ko’rganimdan xursandman, Bella, – dedi dadam meni sekin yerga
qo’yarkan. – O’zgarmabsan. Onang yaxshi yuribdimi?
― Onamning ishlari joyida. Men ham sizni ko’rganimdan xursandman, dada.
Nima haqida gaplashishni bilmay bir zum tek qotdik.
https://telegram.me/e_kutubxona
1 zulmat ostonasidagi muhabbat (1-fasl) Stefani Mayer
2
MUQADDIMA
Ilgari o’lim haqida jiddiy o’ylamasdim, vaholanki, so’nggi oylarda bu haqda
o’ylash uchun sabablar ko’p bo’lgan bo’lsa-da. Bazan bu fikr miyamga kelar,
lekin o’lim bilan qay holatda yuzma-yuz kelishimni tasavvur qila olmasdim.
Nafasimni yutib, katta zalning narigi burchagida turgan iskovuchning tantana
qilayotgan ko’zlariga tikilardim.
Birov uchun hayotingni qurbon qilish, ayniqsa u sevgan kishing bo’lsa, bu
olijanoblik! Men Forksga ko’chib kelgan kunimoq hayotimni xavf ostiga
qo’yganimni tushunib turardim. Lekin qo’rquvdan yuragim muzlab borayotgan
bo’lsa-da, afsuslanmayapman. Ko’nglingning tub-tubidagi orzuing ushalgach,
taqdirga qarzingni qaytarishing kerakligini tushunardim. Iskovuch ko’ngli to’lib
jilmaygancha, sekin-asta men tomonga kela boshladi.
I bob. Ilk taassurotlarim
Usti ochiq mashinada onam bilan aeroportga yetib keldik. Finiksda kun issiq
bo’lib, osmon musaffo edi. Arizona bilan xayrlashar ekanman, egnimda o’zim
yoqtirgan yupqa bluzka, qo’limda esa qalin kurtkamni ko’tarib olgandim. Forks
Vashington shtatining shimoli-sharqida joylashgan kichik shaharcha bo’lib,
yog’ingarchilik mo’l edi. Bu yer qo’shma shtatlarning eng seryomg’ir hududi
hisoblanardi. Kishini ko’ngliga ma’yuslik soladigan bu zerikarli shaharchadan
onam men hali go’dakligimdayoq qochib ketgan. O’n to’rt yoshimgacha har yili
yoz faslida shu tund shaharchada tatilni o’tkazardim. Bir marta isyon
ko’targanimdan keyin otam so’nggi uch yilda Kaliforniyaga olib boradigan bo’ldi.
Mana endi o’z ixtiyorim bilan Forksga qaytyapman. Bu qarorga kelishim oson
bo’lmadi, chunki bu joyni bolaligimdan yoqtirmasdim. Menga quyoshli, shovqin,
quvnoq Finiks ko’proq yoqardi.
― Bella, – dedi onam. Uning nima deyishini bilib turardim. – Hali ham kech emas,
fikringdan qaytishing mumkin, – ming birinchi marta u shu taklifini takrorladi.
Men onamga juda o’xshayman, faqat uning soch turmagi kalta, kulsa ko’zining
atrofida mayda ajinlar paydo bo’ladi. Men uning bolalarnikidek sodda ko’zlariga
tikildim, yuragimda og’riq turdi. Nahotki, onajonimni tashlab ketsam, albatta, endi
uning yonida qayg’uradigan, mehribon Fil bor.
https://telegram.me/e_kutubxona
3
― Rostdan borgim kelyapti. – dedim men qatiylik bilan. Yolg’on gapirishni qoyil
qila olmasamda, oxirgi paytlarda ko’p qaytarganim uchun bu gapimga o’zim ham
ishonib qolgandim.
― Mayli. Unda Charliga salom deb qo’y.
― Albatta, – xo’rsindim men.
― Biz tez kunda uchrashamiz. Iltimos, xohlagan paytda qaytib kelishing
mumkinligini unutma. Bir gap bo’ladigan bo’lsa, qo’ng’iroq qil. Men darhol yetib
boraman!
― Xavotir olmang, hammasi yaxshi bo’ladi. Sizni yaxshi ko’raman oyijon.
Onam meni mahkam bag’riga bosib, o’pdi shundan keyin yuklarimni topshirgani
ketdim.
Demak, oldinda Sietlgacha to’rt soatlik parvoz. Keyin boshqa samolyotga o’tib,
yana bir soat Port-Anjelesgacha uchish va nihoyat Forksgacha bir soat mashinada
yo’l bosishim kerak! Parvoz qilish yoqardi lekin bir soat dadamning mashinasida
yo’l bosishni o’ylasam, yuragim siqilardi.
Dadam u bilan yashashga qaror qilganimdan chin dildan quvonib, kutib oldi. Meni
mahalliy maktabga yozdirib qo’yishga ham ulguribdi, bitta mashina topishga ham
vada berdi. Muammo shunda ediki, men ham dadam ham so’zamol emasdik.
Umuman olganda o’zaro muhokama qiladigan mavzumizning o’zi yo’q edi.
Albatta, Finiksdan ketish haqidagi qarorim uni hayratga solgandi, chunki u ham
seryomg’ir Forksni yoqtirmasligimni bilardi. Port-Anjeles meni sharros yomg’ir
bilin kutib oldi. Men yomg’irni yomon alomat deb emas, balki odatiy hol deb
qabul qildim. Chunki quyosh bilan endi xayrlashish kerakligini bilardim.
Dadam meni olib ketgani patrul mashinasida kelgandi. Shunday bo’lishini
oldindan bilgandim. Chunki butun Forks shaharchasi uchun dadam – politsiya shefi
Svon. Shu sabab ham iqtisodiy tomondan qiynalsam-da, shaxsiy avtomobilim
bo’lishini istagandim. Chunki shahar bo’ylab chirog’i lipillaydigan mashinada
yurishni istamasdim. Samolyot zinasidan tusha yotib, sirpanib to’g’ri dadamning
qo’liga borib tushdim.
― Seni ko’rganimdan xursandman, Bella, – dedi dadam meni sekin yerga
qo’yarkan. – O’zgarmabsan. Onang yaxshi yuribdimi?
― Onamning ishlari joyida. Men ham sizni ko’rganimdan xursandman, dada.
Nima haqida gaplashishni bilmay bir zum tek qotdik.
https://telegram.me/e_kutubxona
4
Yuklarim kam edi. Chunki Arizonada kiygan kiyimlarim Vashington uchun to’g’ri
kelmasdi. Onam bilan iloji boricha ko’proq issiq kiyimlar xarid qilishga urindik.
Lekin baribir kiyimlarim yetarli emas edi.
― Senga zo’r mashina topib qo’ydim, narxi ham yomon emas! – dedi dadam
o’rinddiqqa joylashganimizdan so’ng.
― Qanaqa ekan? – aniqlik kiritgim keldi. Uning “zo’r” degani shubhali tuyuldi.
― Umuman olganda, pikap, “shevrole”.
― Qayerdan topdingiz?
― La-Pushlik Billi Blek esingdami?
La-Push bu hindular yashaydigan hudud bo’lib, sohilda joylashgandi.
― Yo’q.
― O’tgan yili yozda hammamiz baliq oviga borgandik, – eslatdi dadam. – Endi u
nogironlar aravachasida, rulga o’tira olmaydi. Shu sabab pikapini arzonga sotdi.
Shu sabab ham men Blekni eslay olmadim. Mening og’riqli va keraksiz xotiralarni
o’chirib tashlaydigan yaxshi xususiyatim bor.
― Xo’sh, u pikap zavoddan chiqqaniga necha yil bo’lgan?
Dadamning peshonasi tirishganidan aynan shu savoldan cho’chib turganini bildim.
― Umuman olganda. Billi motorga ancha pul xarajat qilgan, hozir u soatdek aniq
ishlaydi, – gapni aylantira boshladi dadam.
― Necha yil bo’lgan? – men ham qaysarlik qilib turib oldim.
― Billi uni taxminan 1984 yilda sotib olgan.
― Yangiligidami?
― Shunaqa desa ham bo’ladi. Taxminan elliginchi yillarning oxiri, balki
oltmishinchi yillarning boshida yig’ilgan.. – istamaygina tan oldi dadam.
― D-dada! Men mashinani tushunmayman-ku. Buzilib qolsa kim tuzatib beradi.
Mexanikga to’laydigan ortiqcha pulimiz yo’q.
― Xudo haqqi Bella, mashina naq arslonning o’zi. Bunaqa modellar boshqa
chiqarilmayapti.
https://telegram.me/e_kutubxona
5
― Xo’sh bu “arslon” uchun Billi qancha so’rayapti.
― Men uni allaqachon sotib oldim. Senga uni sovg’a qilmoqchiman. Forksga xush
kelibsan Bella!
― Nima qilardingiz, dada. O’z avtomobilimga o’zim pul to’lay olaman.
― Mayli, qo’yaver. Forks senga yoqishi uchun harakat qilyapman, – dedi dadam
yo’ldan ko’zini uzmay. Dadam his-tuyg’ularini ko’rsatishni istamaydiganlardan
bo’lib, bu xislati menga ham o’tgandi.
― Katta rahmat, dada – dedim, men ham ko’ziga qaramaslikka harakat qilib. Forks
menga baribir yoqmasligini aytib dadamning dilini xufton qilgim kelmadi.
Ayniqsa, sovg’a qilingan otning tishiga qaralmaydi.
― Qo’ysang-chi, Bella sen uchun arzimaydi, – xijolat bo’lib to’ng’illadi dadam.
Rasvo havo haqida bir oz gaplashgach, ikkalamiz ham yo’lga qarab jimgina
ketaverdik. Haqiqatni aytadigan bo’lsam, atrof chiroyli edi. Dengiz yam-yashil,
daraxtlar, yerni qoplagan paparotnik gilami va hatto, daraxtlarning orasidan tushib
turgan nur ham yam-yashil ko’rinardi. Xuddi yashil sayyoraga tushib qolganga
o’xshardim. Nihoyat dadamning uyiga yetib keldik. U ikki qavatli, uncha katta
bo’lmagan, bir paytlar onam uchun sotib olingan uyda yashardi. Uy oldida mening
“yangi” pikapim turardi. Rangi bir oz uniqqan, kabinasi keng “arslon”im menga
yoqdi. Uning qanday yurishini bilmaymanu, lekin o’zimni uning rulida tasavvur
qila boshladim. Bunaqa baquvvat pikaplarni kinoda ko’rganman. Unga uncha-
buncha halokatlar cho’t emas.
― Rahmat zo’r mashina ekan.
Endi ertangi kundan qo’rqmasam ham bo’ladi. Shu yomg’irda ikki mil piyoda
yurish yoki dadamning patrul mashinasida maktabga borishdan qutilganimga
xursandman.
― Senga yoqqanidan xursandman, – to’ng’illab qo’ydi dadam qizargancha. Keyin
yuklarimni ikkinchi qavatga olib chiqdik. Dadam derazasi g’arbga qaragan xonani
menga tayyorlab qo’ygandi. Bu xona menga yaxshi tanish, tatilga chiqqan
paytimda doim shu xonada yashardim. Xonadagi barcha narsa bolaligimning bir
parchasi edi. Faqat katta karavot va yozuv stoli mening kelishim uchun sotib
olinibdi. Stolda eskigina kompyuter va modem turardi. Modem olishni onam talab
qilgandi. U men bilan doimiy aloqada bo’lib turishni istardi. Tebranadigan kresloda
mening eski qo’g’irchoqlarim turardi. Albatta, sharoit zo’r bo’lmasa-da, chidasa
https://telegram.me/e_kutubxona
6
bo’ladi. Dadamning eng yaxshi xislati, ortiqcha tergamasligi. Sumkalarimni
ikkinchi qavatga olib chiqib qo’ygach, bemalol joylashishim uchun meni yolg’iz
qoldirdi. Onam bunday qilmagan bo’lardi. Qanday yaxshi, endi yolg’iz qolishim
mumkin, yomg’ir yog’ishini tomosha qilib, istagan paytim yig’lashim ham
mumkin. Lekin hozir yig’lash niyatim yo’k, bu ishni kechqurunga qoldiraman.
Ertaga maktab! Forksdagi o’rta maktabda 357 ta o’quvchi bo’lib, men bilan birga
358 ta bo’ladi. Finiksda esa men tengi sinfdoshlarning o’zi bundan ikki barobar
ko’p edi. Demak, mahalliy aholi bir-birining miridan-sirigacha bilishardi. Meni esa
besh yildan keyin ham yangi deb hisoblashadi. Afsuski, men mahalliy
arizonaliklarga o’xshab baland bo’yli, sochlari tillarang, quyoshda qorayganlardan
emasman. Rangpargina, sochlarim sarg’ish bo’lib, gavdam tik bo’lsada
atletlarnikidek chiroyli emasdi. Sezish xususiyatim kuchsiz bo’lgani uchun birorta
ham sport turi bilan shug’ullana olmagandim. Dush qabul qilganimdan keyin
sochlarimni tarash uchun oynaga qaradim. Rangim xuddi xastalarnikidek sarg’ayib
ketganini ko’rib hafsalam pir bo’ldi. Bunga chiroq yorug’ligi aybdor deb o’zimni
tinchlantirdim. Bir oz pardoz qilsam, yuzim tiniqlashadi. To’yib-to’yib yig’lab
olsam ham uxlay olmadim. Tinimsiz yog’gan yomg’ir tovushi va yaproqlarning
shitir-shitiri tuni bilan tinchlik bermadi. Yarim tundan o’tgachgina, boshimni yostiq
bilan yopib zo’rg’a uxladim.
Ertalab uyg’onib, quyuq tuman qoplagan osmonga ko’zim tushdi. Bulut shunchalik
quyuq ediki, orasidan quyosh nurlari o’ta olmasdi. Yuragim siqildi. Nonushta
tinchgina o’tdi. Dadam birinchi o’quv kunida omad tiladi. Iloji boricha muloyimlik
bilan javob berishga urindim. Chunki omad bilan do’stligim yo’qligini bilardim.
Dadam mendan oldin ketdi, uning birinchi uyi politsiya mahkamasi edi. Bir o’zim
qolgach, oshxonani ko’zdan kechirdim. Onam o’n sakkiz yil oldin qanday
bezatgan bo’lsa, hammasi o’sha-o’sha. Oshxona yonida kichkina mehmonxona
bo’lib, kamin ustida suratlar turardi. Birinchi o’rinda ota-onamning to’y suratlari,
yonida meni tug’uruqxonadan olib chiqishgandagi baxtiyor palla tasvirlangan.
Keyin qatorlashib mening maktab davridagi suratlarim. Suratlarga qarab yuragim
siqildi, dadamga aytib ularni olib qo’yish kerak, deb o’yladim. Bu yerda onamdan
keyin boshqa ayol yashamagani bilinib turardi. Negadir g’alati bo’ldim.
Men uchun noqulay bo’lgan qalin kurtkam va qalin etigimni kiydimda, ko’chaga
chiqib eshikni qulfladim. Achchiq sovuqdan bekinish uchun o’zimni pikapga
urdim. Kabinada tabakining hidi o’tirib qolgan bo’lsa-da, lekin dadam va Billi uni
yaxshilab tozalab qo’yishgandi. Motor qattiq xuddi bir hayvon o’kirgancha o’t
oldi. Hatto, eskigina radiosi ham ishlarkan. Oldin sira ko’rmagan bo’lsam-da,
maktabni topishim qiyin bo’lmadi. Boshqa shaharchalarga o’xshab bu yerda ham
maktab shundoq avtostrada bo’yida joylashgandi. Bu yerda ko’chalar alfavit
https://telegram.me/e_kutubxona
7
harflari bilan belgilanardi. Maktabim Sharqiy V ko’chasida joylashgan ekan.
Ko’chaning nomini eshitib kulgim qistadi. Asablarim tob beryapti shekilli.
Maktabning ko’zga tashlanadigan tomoni yo’q edi. To’q qizil toshdan yasalgan bir
necha bino va “Forks o’rta maktabi” degan yozuv. Binolar atrofi qalin va quyuq
daraxtlar bilan o’ralgandi. Maktabga o’xshamaydi ham. Negadir baland devorlar
bilan o’ralmagan, tekshiruv nazorati ham yo’q. Eshigiga “Mamuriyat” deb
yozilgan bino oldida mashinamni to’xtatdim.
Bugun qabul kuni emas shekilli, boshqa mashina yo’q edi. Borib kun tartibini
bilishga qaror qildim. Tosh yo’ldan yugurib o’tib eshikni taqillatib, xonaga kirdim.
Mamuriyat yorug’ va issiq edi. Xuddi tashqaridagi yashillik yetmagandek
shinamgina bezatilgan idorada son-sanoqsiz tuvak gullar turardi. Stol ortida sariq
sochli gavdali ayol o’tirardi. U menga o’girilib: ― Qanday yordam berishim
mumkin? – deb so’radi.
― Izabella Svon, – deb tanishtirdim o’zimni, ayol tushundim degandek bosh
silkidi. Bu yerda meni katta qiziqish bilan kutishayotgandi. Har holda shef
Svonning qizi va uning shamoldek beqaror xotini qadrdon uyasiga qaytayotgani bu
yerdagilar uchun katta gap edi.
― Albatta. Mana dars jadvalingiz va maktab xaritasi, – dedi u bir necha qog’ozni
stol ustiga qo’yarkan.
Mamuriyat xodimi sinf xonalari va laboratoriyalar qaysi binolarda joylashganini
tushuntirdi. Keyin esa darsga kirganimni tasdiqlovchi hujjatni qo’limga tutqazdi.
Hujjatni o’qituvchilarning imzosi bilan darsdan keyin mamuriyatga qaytarishim
kerak edi.
― Forks sizga maqul bo’ladi deb umid qilaman, – dedi ayol jilmayib. Men
minnatdorchilik sifatida kulib qo’ydim. Mashina to’xtash joyiga chiqqanimda bitta
ham bo’sh joy qolmagandi. Hali dars boshlanmagani uchun maktab hovlisini
aylana boshladim. Yaxshihamki ko’pgina o’kuvchilarning mashinalari menikidek
eski ekan. Finiksda maktab ostonasida yap-yangi “Mersedes” yoki “Porshe” ko’rish
tabiiy hol edi. Bu yerda esa eng yaxshi mashina “Volvo” edi. Xaritaga burnimni
tirab, yo’lak va xonalarni o’rganib borarkanman o’zimga o’zim hammasi yaxshi
bo’ladi, meni hech kim yeb qo’ymaydi degancha uqtirib o’smirlar to’dasiga
aralashdim. Shapkamni qoshimgacha bostirib olganim va qora kurtkam bilan hech
kimning etiborini tortmasligimdan xursand edim. Tezda uchinchi binoni topdim,
lekin kirishdan oldin oyoqlarim qaltiray boshladi. Bu maktabning xonalari
namuncha kichkina. Mendan oldinga o’tganlar plashlarini yechib ilib qo’yishdi.
https://telegram.me/e_kutubxona
8
Men ham xuddi shunday qildim. Plashlilarning biri mallasoch, ikkinchisi qo’ng’ir
sochli qizlar edi. Demak, bu yerda mendan ham qoraroqlar bor ekan. Stoldagi
yozuvga qarab o’qituvchining familiyasi Meyson ekanligini bildim. Mening
familiyamni o’qib o’qituvchi ma’noli qarab qo’ydi. Qizarib ketdim. Sinfdoshlarim
menga qiziqib qaray boshlashdi. Men esa adabiyot fanini berilib o’qiyotgandek,
kitob varaqlay boshladim. Nihoyat qo’ng’iroq jiringladi va bo’yi baland yuziga
husnbuzar toshgan bola yugurib kelib, meni savolga tutdi.
― Sen Izabella Svonsan, to’g’rimi? – so’radi u negadir xursand bo’lib.
― Bella, – to’g’riladim men. Atrofdagilarning hammasi menga tikilib turardi.
― Keyingi darsing nima ekan?
Men sumkamdan dars jadvalimni olib:
― Politologiya, janob Jeffersonning darsi, – dedim tikilib turganlarning qaysi
biriga qarashni bilmay.
― Men to’rtinchi binoga ketyapman, kuzatib qo’yishim mumkin. Aytgandek,
mening ismim Edik.
― Rahmat, – dedim men nima deyishni bilmay.
Biz yomg’ir kuchaygan hovliga chiqdik. Nazarimda kimdir ortimizdan kelib
gapimizga quloq solayotgandek edi.
― Bizning shahar Finiksga o’xshamaydi.
― Ha.
― U yerda yomg’ir umuman yog’masa kerak?
― Yog’adi, bir yilda bir necha marta.
― Yomg’irsiz yashash mumkinligini tasavvur qila olmayman. Negadir sen
quyoshda qorayganlarga o’xshamaysan.
― Onam albinos, – tushuntirdim men.
Yigit menga qarab kulib qo’ydi. Yomg’ir hazil tushunchalarini ham yuvib ketgan
shekilli, deb o’yladim. Hademay men ham ularga o’xshab qolaman. Erik mening
adashib qolishimdan qo’rqdi shekilli, eshik oldigacha kuzatib qo’ydi.
Keyin, endi tez-tez uchrashib turamiz deb, umid qilaman degancha xayrlashdi.
https://telegram.me/e_kutubxona
9
Trigonometriya o’qituvchisi janob Varner bir ko’rganimdayoq menga yoqmadi.
Chunki u meni butun sinf oldida turg’izib, o’zim haqimda gapirib berishimni
so’radi. Men qizargancha, tutilib-tutilib allanimalar dedim, joyimga o’tirayotib esa
qoqilib yiqilib tushishimga bir bahya qoldi. Ikki darsdan keyin menga sekinlik
bilan ko’nika boshlashdi. Har bir sinfda bir-ikkita dadil bolalar topilar, kelib men
bilan tanishishar, Forks menga yoqqan-yoqmaganini so’rashardi. Men muloyim
bo’lishga harakat qilib, yolg’on gapirardim. Maktab xaritasi kerak ham bo’lmadi.
Bir qiz bilan ikki-uch darsda birga o’tirdik, keyin tushlik qilgani ham birga bordik.
Yangi tanishim jajjigina qiz bo’lib, bo’yi mendan o’n santimetr past edi. U tinmay
gapirar, men esa xuddi tushungandek bosh silkirdim. Lekin shuncha harakat
qilsam-da, ismini eslab qololmadim. Biz uning o’rtoqlari bilan bir stolga o’tirdik.
Ingliz tilida birga o’tirgan Erik zalning narigi burchagidan turib qo’l siltab qo’ydi.
Aynan shu kuni men ularni birinchi marta ko’rdim.
Ular besh kishi edi, zalning eng burchagidagi stolda o’tirishar, hech kim bilan
gaplashishmas, stol usti to’la taom bo’lsada, hech nima yeyishmasdi. Ular menga
etibor berishmadi, shu sabab men ularga bemalol o’g’rincha nazar tashlay
boshladim. Meni o’ziga tortgan narsa ularning etiborsizligi emasdi. Ular bir-biriga
sira o’xshamas, juda boshqacha edilar. Uch yigitdan biri gavdali bo’lib,
mushaklariga qaraganda tosh ko’taruvchi atletlarga o’xshardi. Ikkinchisi ham
baland bo’yli, sochlari yong’oq rangida bo’lib u ham juda xushbichim edi.
Uchinchisi ham kelbatli bo’lib, bir oz pala-partish, sochlari bronza rangida va
jingalak edi. U o’z do’stlaridan ko’ra yoshroq ko’rinar, do’stlari maktab
o’quvchisidan ko’ra ko’proq institut talabasi va hatto, o’qituvchisiga o’xshardi.
Qizlar ham bir-biriga sira o’xshamasdi. Biri baland bo’yli, fotomodeldek qomati
chiroyli, uzun tillarang sochlari o’ziga yarashardi. Xuddi shunga o’xshagan
qizlarni jurnal muqovalarida qo’rganman. Uning yonida boshqa qizlar irkit
o’rdakchaga o’xshashardi. Ikkinchisi jajjigina, qop-qora sochlari xuddi
tipratikannikidek, u ertakdagi parilarga o’xshardi.
Lekin ularni birlashtirib turadigan nimadir bor edi. Balki hammasining rangi
marmardek oppoqligidir. Ularni hatto, mendan ham rangparroq deyish mumkin.
Sochlarining rangi turli bo’lishiga qaramay, beshtalasining ham ko’zi bir xil tim
qora rangda edi. Ko’z osti qovoqlari ham uyqusizlikdan qiynalganlarnikidek
qoraygan. Lekin burunlari va yuz tuzilishlari xuddi qadimgi tangalarda chizilgan
qirollar va aslzodalarnikidek chiroyli, bejirim edi.
Lekin men ularning husnidan ko’z uzolmay qolganimga bu ham sabab bo’la
olmasdi. Men umrimda bundanda go’zalroq bulardanda, nazokatli odamlarni
https://telegram.me/e_kutubxona
10
ko’rmagandim. Ularning yuz tuzilishi har xil bo’lsa-da, nimasidir o’xshash edi va
meni ohangrabodek tortardi. Chekka bir shaharcha maktabida bu qadar go’zallikni
uchrataman deb o’ylamagandim. Ularni faqat jurnal muqovasida va golland
ustalari asarlarida uchratish mumkin deb o’ylardim. Ularga qarab qaysi biri
chiroyliroq ekanligini farqlash qiyin edi. Bo’yi baland xushbichim qizmi yoki
bronza rangli sochlari to’lqinlanib turgan yigit? Ularning nigohlari allaqayerga
uzoqlarga tikilgandi, go’yoki oshxonadagilarni ko’rmayotgandek. Parisurat qiz
qo’l urilmagan ovqat patnisini ko’targancha xuddi modellardek xirom aylab eshik
tomon yura boshladi. Men uning xirom aylab yurishiga mahliyo bo’lib, patnisni
qo’yib tashqariga chiqib ketgunicha ortidan qarab qoldim. Shundan keyin
stolimdagilarga o’girildim:
― Narigi stolda o’tirganlar kim? – so’radim men yonimdagi jingalak soch qizdan.
U qaysi stolni aytayotganimni ko’rish uchun o’girildi, ovozimdagi hayajondan ham
kim haqida gapirayotganimni bilsa bo’lardi. Xuddi shu payt bronza sochli yigit
boshini ko’tarib avval mening o’rtog’imga keyin menga qaradi. Ko’rkam yigit
mendanda tezroq ko’zlarini olib qochdi. Bu nigohda qiziqishdan asar ham yo’q
edi. Xuddi dugonam uni ismini aytib chaqirganu, u o’girilib qaragandek tasavvur
uyg’ondi menda. Keyin gaplashishni istamagandek teskari o’girildi.
Mening stolimdagi qizlar ahmoqona qiqirlay boshlashdi.
― Bular Edvard bilan Emmett Kallen va Rozali bilan Keri Xeyl bo’ladi. Hozirgina
chiqib ketgan jajji pari esa Elis Kallen. Ular doktor Kallening oilasida yashashadi,
– dedi shivirlab yonimdagi qiz.
Men yana yashirincha bu g’alati ulfatlarning eng yoshiga tikildim. U parishonlik
bilan oldidagi ovqatga termulib o’tirar. Chizib qo’yilgandek chiroyli lablari bilinar-
bilinmas shivirlardi. Demak, u yonidagilarga gapiryapti, ular atrofga beparvo qarab
turishgani bilan eshitishyapti. Ularning ismi ham g’alati edi. Hozir hech kim
farzandiga bunaqa eskicha ismlarni qo’ymasdi. Yana kim biladi deysiz, balki
Forksda eskicha ismlar modaga kirgandir. Yonimdagi qizning ismi Jessika ekanligi
yodimga tushdi. Menga tengdoshlarning ismi shunaqa edi. Hozir har bir sinfda 3-4
tadan Jessika o’qiydi.
― Ularning ko’rinishi allaqanday g’ayri oddiy.. – xayolimdan o’tgan narsani
tilimga chiqardim.
https://telegram.me/e_kutubxona
11
― Nimasini aytasan, – asabiy kulimsiradi yonimdagi qiz. – Ular hech kimga
qo’shilishmaydi, Emmett, Rozali va Keri bilan Elis doimo birga. Hatto, birga
yashashadi! – Bu gapni u xuddi uyat qilgandek gapirdi.
Adashmasam, ularni butun shaharcha muhokama qiladi. Lekin to’g’risini aytsam,
hatto Finiksda ham bu qadar chiroyli oilani albatta g’iybat qilgan bo’lishardi.
― Ularning qaysi biri haqiqiy Kallen? Negadir ular bir-biriga o’xshamayapti.
― Tabiiy hol. Ularing hammasi asrandi. Doktor Kallenning o’zi ham hali yosh,
endigina o’ttizdan oshgan bo’lsa kerak. Xotini Xeyli bilan ular o’z tarbiyasiga
olishgan.
― Ularni tarbiyaga olish uchun kattalik qilishmaydimi?
― Hozir albatta, katta bo’lib qolishgan. Keri bilan Rozali o’n sakkiz yoshda, ularni
asrab olishganiga 10 yil bo’lyapti. Ular Kallen xonimga qandaydir uzoq qarindosh
ham bo’lishadi.
― Kallen xonimga qoyil! Hali o’zi yosh bo’la turib, asrandi bolalari haqida
shuncha g’amxo’rlik qilsa.
― Ha, shunaqa. – yoqtirmaygina dedi Jessika. – Nazarimda u doktorning o’zini
ham xotinini ham yoqtirmaydiganga o’xshaydi. Kallenlarga nisbatan bildirayotgan
fikri ham hasaddan boshqa narsa emas! – Menimcha Kallen xonim bepusht bo’lsa
kerak.
Hamsuhbatlarimning gapini eshita turib, men yana g’alati to’rtlik tomon
o’girildim.
― Ular anchadan buyon Forksda yashashadimi? – so’radim hayron bo’lib, chunki
ularni oldin sira ko’rmagandim.
― Yo’q. Ikki yil oldin Alyaskadan ko’chib kelishgan.
Ularga achinib ketdim. Chunki qanchalik chiroyli bo’lishmasin, ular bu yerlarga
baribir begonaligicha qolishadi. Demak, men yolg’iz emas ekanman, qolaversa
bulardek hammaning etiborini tortadigan darajada chiroyli ham emasman, deb
o’ylab yengil nafas oldim. Qiziqib qolganim uchun ularni kuzatishda davom etdim.
Kallenlarning eng yoshi yana menga qaradi. Bu gal nigohida qiziqish bor edi. U
ko’zini olib qochaman deguncha, to’q jigarrang ko’zlaridan negadir hafsalasi pir
bo’lganini sezib qoldim.