Tabiat komplekslari haqida tushuncha
Fun Aspect Zavi
Tabiat Haqida Musiqalar – Скачать mp3 бесплатно
Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Tabiat Haqida Musiqalar в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию Tabiat Ovozi Musiqasi Tinchlantiruvchi Musiqa Meditatsiyasi Musiqasi Suv Ovozi длительностью 39 мин и 43 сек, размер файла 52.27 MB.
Сейчас слушают
Tabiat Haqida Musiqalar
Selena Gomez Acapella
Assassin S Creed 1 Acre Combat Music
Селин Дион Just Walk Away Ремикс
Господи Помилуй Господи Прости
Килипхои Ерони 2021
Hurts Beat Albam Remix
Jef Music Venezuela Se Vuelve A Dios Remix
Alif Allah Chambe Di Sain Zahoor
Louis Amisi With
Абдуллох Домла Мазхаб Хакида
Андрей Лукьянов Проповеди
Bagisla Sevgilim Men Senin Qedrini Bile Bilmedim
Ahıskalı Ravil Agayev Ve Bahtiyar Agayev Bir Dinleyen Bir Daha
Binghi Ghost Price Of War Feat Batch
Fun Aspect Zavi
Табата 45 15 Музыка Скачать
Morning Ah Come
Песня Мама Сшила Мне Штаны Из Березовой Коры 1 Час Видео Челлендж Мем
Лучший Сборник Дип Хаус
Long Road Home Tre Da Don
Tabiat komplekslari haqida tushuncha
Yer sharida tabiatni tashkil etuvchi komponentlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Shunga ko‘ra, turli kattalikdagi maydonlarni egallagan geografik komplekslar vujudga kelgani sizga quyi sinflardan ma’lum. Bir xil tabiiy sharoitga ega bo‘lgan hududlarni birlashtiruvchi tabiat komplekslarini ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish muhimdir. Ularning o‘zgaruvchanligi, rivojlanishi, tabiiy boyliklarning joylashuvi, mahsuldorligi va boshqa xususiyatlarini tadqiq qilish xalq xo‘jaligini rivojlantirishda ulardan foydalanishning samarali yo‘llarini ochib beradi. Har bir tabiat kompleksi ma’lum darajada barqarordir. Bu xususiyat qishloq xo‘jalik ishlarida hisobga olinishi muhim ahamiyatga ega. Bu kabi masalalarni mavzuni o‘rganish va tahlil qilish davomida bilib olamiz.
Sizga ma’lumki, tabiiy muhit alohida tarkibiy qismlardan iborat. Ushbu tarkibiy qismlar tog‘ jinslaridan (litosfera), suvdan (gidrosfera), havodan (atmosfera) va tirik organizmlar (biosfera)dan iborat.
Mazkur tarkibiy qismlar doimo bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda va o‘zaro munosabatlarda bo‘ladi, natijada yer yuzasida turli tabiiy sharoitga ega bo‘lgan hududlar vujudga keladi. Ushbu hududlar bir-biridan tashqi ko‘rinishi, o‘lchamlari va vujudga kelish omillari bilan farq qiladi. Masalan, cho‘l, o‘rmon, dasht, botqoq, muzlik, pichanzorlar bir-biridan keskin farqlanadi.
Shuning uchun ham bizni o‘rab turgan tabiiy muhit juda xilma-xildir. Siz yashab turgan joyning o‘zida ham bir-biridan farq qiladigan qator hududlarni ajratish mumkin: o‘rmon, balandlik, jarlik, yonbag‘ir, qumli do‘ng, vodiy, botqoq va h.k. Mazkur hududlarning har biri bir-biridan u yoki bu xususiyatlari bilan farq qiladi. Masalan, ayrim hududlarda havo iliq va nam, boshqalarida sovuq va quruq bo‘lishi mumkin.
Tabiat komponentlarining bir-biri bilan o‘zaro aloqasi va munosabati tasodifiy emas, balki qonuniydir. Chunki mazkur aloqalar va munosabatlar uzoq davrlar mobaynida rivojlanadi. Tabiat komponentlari o‘rtasida juda mustahkam aloqa va o‘zaro ta’sir mavjud. Masalan, O‘rta Osiyodagi cho‘llarning pastdan sho‘rxok joylarida qora saksovul, qumli joylarida esa oq saksovul o‘sadi. Tabiat komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va aloqa ularni bir butun yaxlit chambarchas bog‘langan, uning bir qismi o‘zgarsa, boshqa qismi ham o‘zgaradi. Masalan, botqoq quriladigan bo‘lsa, mazkur joydagi tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda iqlimiy sharoit ham o‘zgaradi.
Tabiat komponentlarining o‘zaro aloqasi va ta’siri oqibatida yer yuzasida turli xil tabiat komplekslari vujudga keladi.«Kompleks» so‘zi lotincha bo‘lib, «uyg‘unlik» degan ma’noni beradi.
Har bir tabiiy kompleks ma’lum bir hudud doirasida joylashadi va rivojlanadi. Shuning uchun ular tabiiy-hududiy komplekslar, qisqa qilib tabiiy komplekslar yoki geografik komplekslar (geokomplekslar) deb ataladi.
Tabiat kompleksi deb, Yer yuzining tabiat komponentlarining o‘zaro murakkab ta’siri natijasida tarkib topgan hamda tabiatning xususiyatlariga ko‘ra boshqa joylardan farq qiladigan qismlarga aytiladi.
Tabiat komplekslari turli xil kattalikda bo‘ladi. Daryo vodiysi, tabiat zonalari, geografik mintaqalar, materiklar, okeanlar tabiiy-hududiy kompleks bo‘lib hisoblanadi.
Eng katta tabiiy kompleks geografik qobiq hisoblanadi. Geografik qobiq o‘z navbatida Dunyo okeani va quruqlikka; Dunyo okeani okeanlarga; quruqlik esa materiklarga bo‘linadi. Okean va materiklar geografik mintaqalarga hamda tabiat zonalariga, tabiat zonalari esa landshaftlarga bo‘linib ketadi. Tabiiy geografiya fanining o‘rganish obyekti — landshaftdir.
Eslab qoling!
Tabiat komponentlari — tog‘ jinslari, suv, havo, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda mikroorganizmlardir.
Tabiat kompleksi deb, tabiat komponentlarining o‘zaro murakkab ta’siri natijasida tarkib topgan hamda tabiiy xususiyatlariga ko‘ra boshqa joylardan farq qladigan Yer yuzi qismlariga aytiladi.
A.Rafiqov, H.Vahobov, A.Qayumov, Sh.Azimov “Amaliy geografiya”
G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent – 2012
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.