Tabiatshunoslik 4 sinf darslik
2 слайд Sana:
Mavzu : Ob-havo
Maqsad:
Ta’limiy: o’quvchilarga ob-havo ma`lumotlari, tabiatda ob-havoning o`zgarishi haqida ma’lumat berish;
Tarbiyaviy: o’quvchilarda tabiatni sevish, asrash va muhofaza qilish sog’lom va barkamol bo’lib yetishish shartlari haqida tushuncha berib, oliyjanob qilib tarbiyalash ;
Rivojantiruvchi: Yangi mavzu yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, mustaqil fikrlashga, o’z fikrini erkin ifoda etishga o’rgatish.
Tabiatshunoslik 3-sinf “Ob-havo”
В настоящий момент дополнительные накопительные скидки (от 2% до 25%) предоставляются 56.072 образовательным учреждениям . Чтобы узнать, какая скидка действует для всех сотрудников Вашего образовательного учреждения, войдите в свой личный кабинет “Инфоурок”.
Курс профессиональной переподготовки
Библиотечно-библиографические и информационные знания в педагогическом процессе
Педагог-библиотекарь
от 11400 руб. от 5700 руб.
Базовая скидка для всех: 40%
Дополнительная скидка: 10% ( только до 6 марта )
К данной скидке мы можем добавить скидку Вашего образовательного учреждения (она зависит от того, сколько Ваших коллег прошло курсы “Инфоурок”)
В настоящий момент дополнительные накопительные скидки (от 2% до 25%) предоставляются 56.072 образовательным учреждениям . Чтобы узнать, какая скидка действует для всех сотрудников Вашего образовательного учреждения, войдите в свой личный кабинет “Инфоурок”.
- Сейчас обучается 410 человек из 62 регионов
Курс профессиональной переподготовки
Организация деятельности библиотекаря в профессиональном образовании
Библиотекарь
от 6800 руб. от 3400 руб.
Базовая скидка для всех: 40%
Дополнительная скидка: 10% ( только до 6 марта )
К данной скидке мы можем добавить скидку Вашего образовательного учреждения (она зависит от того, сколько Ваших коллег прошло курсы “Инфоурок”)
В настоящий момент дополнительные накопительные скидки (от 2% до 25%) предоставляются 56.072 образовательным учреждениям . Чтобы узнать, какая скидка действует для всех сотрудников Вашего образовательного учреждения, войдите в свой личный кабинет “Инфоурок”.
- Сейчас обучается 266 человек из 63 регионов
Технологии создания инновационного школьного музея
240 руб. 120 руб.
Описание презентации по отдельным слайдам:
1 слайд Navoiy viloyati
Zarafshon shahar
8-umumiy o`rta ta`lim maktabi
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Jumayeva Nasiba Toyirovnaning
3- “A” sinf tabiatshunoslik fanidan
“Ob-havo” mavzusida
ochiq dars ishlanmasi.
2 слайд Sana:
Mavzu : Ob-havo
Maqsad:
Ta’limiy: o’quvchilarga ob-havo ma`lumotlari, tabiatda ob-havoning o`zgarishi haqida ma’lumat berish;
Tarbiyaviy: o’quvchilarda tabiatni sevish, asrash va muhofaza qilish sog’lom va barkamol bo’lib yetishish shartlari haqida tushuncha berib, oliyjanob qilib tarbiyalash ;
Rivojantiruvchi: Yangi mavzu yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, mustaqil fikrlashga, o’z fikrini erkin ifoda etishga o’rgatish.
3 слайд Darsning usulu : Yangi bilim
beruvchi
Darsning metodi: aralash ,
ko’rgazmali, og’zaki va yozma .
Darsning jihozi: Darslik
va mavzuga oid ko’rgazma
tarqatma va kartochkalar
test savollari. AKT
Darsning borishi : salomlashish,
navbatchini aniqlash , sinf
tozaligi
4 слайд
Darsning bosqichlari
5 слайд Assalomu alaykum, aziz o’quvchilarim,
Tayyormisiz sinovga, zukko, shirin toliblarim.
Ha, Ustozjon, biz doim,
Tayyordirmiz har ishga.
Bilimlar gulshanidan,
Eng sara gul terishga.
Har narsadan xabarchi,
Sinfda kim navbatchi?
Bormi darsga kelmagan?
Vazifasin bilmagan?
Bugun hafta kunining,
Ikkinchisi bo’libdi.
Ollohim ushbu kunga,
Katta nazar solibdi.
Sinfimizda bo’lgan jam,
Hamma o’quvchi,
Hammasi ham darsga shay,
Bo’lavering xotirjam.
Balli, bolajonlarim,
Mening bilag’onlarim,
Diqqat qiling o’zimga,
Quloq soling so’zimga.
Ifodali o’qishni
Tez ham o’qib, uqishni.
Rasmlar asosida,
Hikoyalar tuzishni.
Qaysi dars o’rgatadi?
O’qish darsida,
Zavq-u shavqqa to’lamiz,
Shoir va yozuvchilar,
Ijod yo’lin bilamiz.
TASHKILIY QISM
6 слайд O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tezkor savollar
Havoning ahamiyati qanday?
Biz havoni qanday bilamiz?
Havo tarkibida nila bor?
Insonlar qanday nafas oladi?
Gullar bizga qanday havoni beradi?
Suv ichida ham kislorod bormi?
O`simliklar nimasi orqali nafas oladi?
O`rmon, qirlarda tog` yonbag`irlarida nima uchun havo toza bo`ladi?
Shamol nima?
7 слайд Yangi mavzu: Ob-havo
Ob-havo nima?
Radio va televizorda har kuni ob-havo ma`lumotlari beriladi.Bu havoning ma`lum bir joy va vaqt davomidagi holatlari-harorati, ochiq yoki bulutli bo`lishi, shamolning qaysi tomonga esishi , yog`inlarning yog`ish yoki yog`masligi haqida aytiladi. Havoning holatlari ob-havo deb ataladi.
Havoning holatlariga uning namligi va bosimi hamkiradi.
Yer yuzining turli joylaridagi ob-havoni internet orqali ham bilib olish mumkin.
Havo harorat
Ob-havoning eng muhim holati havo haroratidir. Havo harorati termometr yodamida qanda o`lchanishini bilasiz.
Havoni quyosh nurlari isitadi. Quyosh nurlari tikroq tushsa , havo harorati yuqoriroq bo`ladi.
Yoz oylarida quyosh nurlari o`lkamiz hududiga qishga nisbatan tikroq tushadi. Shuning uchun yozda o`lkamizda havo harorati yuqori bo`ladi. Ba`zi kunlari havo havo harorat +40 C dan oshadi.
Qish oylarida quyosh nurlari yotiq tushadi. Shu tufayli qishda havo harorati past bo`ladi. Osmondagi bulutlar quyosh nurlarini to`sib , havo haroratini yanada pasaytiradi. Qishda ayrim kunlari o`lkamizda harorat -10 C dan past bo`lishi ham mumkin.
8 слайд Ob-havoning mahalliy belgilari
O`zingiz yashab turgan joyda mahalliy belgilarga qarab , ob-havoning o`zgarishini oldindan aytib berish mumkin.
Agar mo`ridan yoki gulxandan chiqayotgan tutun osmonga tikka ko`tarilsa , havo ochiq keladi;
Agar tutun osmonga ko`tarilmasdan pastlab ketsa , tez orada yomg`ir yog`ishi mumkin.;
Agar qaldirg`och osmonda baland parvoz qilsa, havo ochiq bo`ladi;
Agar qaldirg`och pastlab uchayotgan bo`lsa ,yomg`ir yog`ishi mumkin;
Agar quyosh qora bulutlar orqasiga botsa, yog`ingarchilik bo`lishi mumkin;
Agar quyosh botayotganda uning atrofi qizg`ish, sarg`ish tusda bo`lsa, ertasiga havo ochiq bo`ladi.
Qadimda ota-bobolarimiz shu kabi mahalliy belgilarga qarab , ob-havoning o`zgarishini oldindan ayta olganlar.
9 слайд O`tilgan mavzuni mustahkamlash
Nimalar orqali ob-havo ma`lumotlarini bilib olamiz?
Ob-havo nima?
Quyosh nurlari yotiq tushsa harorat qanday bo`ladi
Quyosh bizga nima uchun kerak?
Quyosh nurlari tikka tushsa harorat qanday bo`ladi?
Yoz kunlari havo harorati necha darajaga yetadi?
Quyosh bizga nima uchun kerak
Havo harorati nimaga bog`liq?
10 слайд Ob-havo ma`lumotlari
11 слайд O’quvchilarni
rag’batlantirish
Uyga vazifa;
Mavzuni o`qib kelib, haftalik ob-havo ma`lumotlarini yozib kelish.
Dars yakuni
Лучшее для учеников, педагогов и родителей
Опытные
онлайн-репетиторы
- По любым предметам 1-11 классов
- Подготовка к ЕГЭ и ОГЭ
4-sinf tabiatshunoslik darsligini tahlil qilish va taqriz yozish
Umumta‘lim va hunar maktablarining islohoti o’rta va hunar ta‘limi tizimini o’zgartirdi. Bolalarni o’qitish bir yil oldin — olti yoshdan boshlanadi. Boshlang’ich maktabda o’qishning davomiyligi bir yilga ko’payadi, bu bolalarni o’qishga, yozishga va hisoblashga asosli ravishda o’rgatish, ularga oddiy mehnat ko’nikmalarini singdirishga imkon beradi.
Boshlang’ich sinflarning (1—2 sinflar) o’quv rejasiga «Atrofimizdagi olam» nomli yangi o’quv predmeti kiritilgan bo’lib, uni o’rganishga haftasiga 1 soat ajratiladi. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha kursning asosiy vazifalari atrofdagi hayotning, tabiatning jism va hodisalari to’g’risidagi bolalar tasavvurlarini to’plash va muntazamlashtirish, ularning axloqiy-odobiy tajribalarini boyitish, to’g’ri xulq-atvor (oilada, maktabda, ko’chada, jamoat joylarida, tabiatda) ko’nikmalarini shakllantirish, oila a‘zolariga muhabbat va ular to’g’risida g’amxo’rlikni, atrofdagi odamlarga (tengdoshlarga, murabbiylarga va boshqalarga) e‘tibor bilan munosabatda bo’lishni, inson mehnati bilan bunyod yetilgan narsalarga ehtiyotlik munosabatini, tabiatga mas‘uliyat bilan munosabatda bo’lishni, jonajon o’lkaga – vatanga muhabbatni tarbiyalashdir.
Kursini o’qitish ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchi yo’nalish, bolalarni kishilarining ijtimoiy hayoti va mehnati bilan tanishtirish, xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashni nazarda tutadi. Bolalarni jamiyatimiz hayoti bilan tanishtirish formalari, metodlari va vositalari xilma-xildir: ekskursiyalar, atoqli kishilar bilan uchrashuv, korxona, muzey, teatr, klublarga borish, suhbat va kitoblar o’qish, kinofilm, diafilm va teleko’rsatuvlarni tomosha qilish, bayramlarga tayyorlanish va hokazolar. Olingan tasavvurlarni bolalar amaliy faoliyatida (o’quv mashg’ulotlari, didaktik va ijodiy o’yinlar, o’z-o’ziga xizmat qilish bo’yicha mehnat va boshqalarda) mustahkamlaydilar.
Ikkinchi yo’nalish bolalarni tabiat bilan bevosita muloqotda bo’lishda tanishtirish, tabiiy ob‘ekt va hodisalar to’g’risida tasavvurlar shakllantirish, tabiatga nisbatan mas‘uliyatli munosabatni xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashni, tabiat muhofazasi bo’yicha baholi qudrat faoliyat tashkil qilishni nazarda tutadi. Tabiat bilan tanishtirish ekskursiyalar, o’quv sayrlari davomida va shuningdek amaliy ishlar tashkil qilinganda o’tkaziladigan kuzatishlar asosida amalga oshiriladi. Tabiat va unda boradigan o’zgarishlarni har kuni kuzatib borishni tashkil qilish katta ahamiyatga ega.
Odamlar mehnatini va bolalarning amaliy faoliyatini (ijtimoiy-foydali mehnat, o’yin faoliyatini) tashkil qilish bu ikki yo’nalishlarni bog’lovchi vositadir.
Kursning mazmunini (1—2-sinflar) «Bizning uyimiz va jonajon tabiat», «Bizning maktab (bolalar bog’chasi) va jonajon tabiat», «Bizning shahar (qishloq) va jonajon tabiat», «Jonajon mamlakat» mavzulari ochib beradi. Bu mavzular atrof olam to’g’risidagi tasavvurlarni asta-sekin yaqindan uzoqqa borish asosida to’plab, boyitib va tizimga solib borish imkoniyatini beradi.
Pedagoglar olti yoshlilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning xususiyati o’yin faoliyatidan keng foydalanilish ekanligini doim esda tutishlari kerak. Atrof olam bilan tanishtirish jarayonida o’yinlardan foydalanish bolalarda yangini bilishga tabiiy ehtiyojini rivojlantirishi, o’qishning har xil usullarini egallab olishga yordam berishi kerak. O’yinlar atrof olamni idrok qilishga, bolalarning jismoniy rivojlanishi va chiniqishiga, ularda chaqqonlikni, tezkorlikni va harakatini boshqarishni, muvozanatni his qilishni, fazoda o’zining qaerdaligini aniqlay olish xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi.
Atrofni idrok qilishda mazmunli vazifali o’yinlar alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ham o’yinlar mazmuniga axloqiy mazmundagi bolalar yozuvchilarining asarlaridan, xalq ertaklaridan olingan holatlarni kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’yinlar bolalarni jamoat qoidalarini bajarishga, madaniy xulq-atvor ko’nikmalarini egallab olishga o’rgatadi. Didaktik o’yinlar bolalarning nutqiy hamda aqliy rivojlanishining muhim manbalaridan biri sifatida o’quv mashg’ulotlarida olingan bilimlarni mustahkamlaydi, yangini bilib olishga qiziqish uyg’otadi, sinchkovlikni rivojlantiradi.
Atrof olam bilan tanishtirish jarayonida, bolalar tomonidan sinfdagi, maktabdagi, jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalarini o’zlashtirib olishlariga alohida e‘tibor berish zarur. Bolalarga o’qituvchi, tarbiyachi, o’z o’rtoqlari bilan qanday aloqada bo’lishni ko’rsatishi kerak. Shunga ko’ra pedagoglar bolalarga faqat u yoki bu qoidaning mazmuni haqida hikoya qilibgina qolmasdan, balki uni qanday bajarish kerakligini ham ko’rsatadi. Odamlarning har xil harakatlari (ish yuritishlari), ularning o’zaro munosabatlari ko’rsatilgan bolalar she‘rlari va hikoyalarini sahnalashtirish xulq-atvor qoidalarini namoyish qilishning samarali uslubidir.
Qoidalarni tushuntirish shakllari har xil bo’lishi mumkin: chunonchi, sinf hayotidan aniq misollar bo’yicha suhbat, unda harakatga ma‘naviy baho beriladi: hikoyalar o’qish; diafilmlar ko’rish; o’qituvchiga o’quvchilar bergan savollarni muhokama qilish; bolalar jamoasida sodir bo’lgan ixtilofli vaziyatlarni tahlil qilish.
Barcha tarbiyaviy ishlar bolada o’z o’rtoqlari bilan muloqotdagi, mustaqil foydalanishdagi, har xil vaziyatlardagi xulq-atvor qoidalarini muvaffaqiyatli o’zlashtirishga imkon beruvchi faol pozitsiyani (yo’l tutishni) bunyodga keltirishi kerak Shunda bu qoidalar faqat o’qituvchining yoki ota-onalarning talabi sifatidagina emas, balki qoida sifatida qabul qilinadi, bolaning o’zi bunga amal qilishi kerak deb hisoblaydi va bu qoidalar faqat muvaffaqiyatli o’qishgagina emas, balki bolalar jamoasida yaxshi o’rtoqlik munosabatlarini vujudga kelishiga ham yordam beradi.
3—4 sinflardagi tabiatshunoslikning mazmuni
Tabiatshunoslik «Atrof olam bilan tanishtirish» kursining davomidir. 3—4-sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishning maqsadi — o’quvchilarning tabiat jismlari va hodisalari to’g’risidagi dastlabki bilimlarini kengaytirish, tushunarli misollarda tabiatdagi shuningdek odamlar bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni ko’rsatish, tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo’yicha odamlar mehnati bilan tanishtirish, zarur amaliy uquvlarni rivojlantirish va shu asosda o’quvchilarda boshlang’ich ilmiy moddiy dunyoqarashni shakllantirish, ekologik, estetik, vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishdir.
Tabiatshunoslik kursining vazifasi faqat o’quv dasgurning bo’limlariga muvofiq yangi bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki tabiat to’g’risidagi 1—2-sinflarda olingan tasavvurlarni chuqurlashtirish va umumlashtirish hamdir. Tabiatni hamda jamiyat hayotining kompleks tarzda idrok qilish jonsiz tabiat bilan jonli tabiatning aloqasini, tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lish zarurligini tushunishga imkon beradi. Ekologik ta‘limning maqsadlariga binoan tabiatshunoslik eng muhim vazifalaridan biri qilib, o’quvchilarni odamning tabiatga ko’rsatadigan ta‘siri bilan tanishtirishni, jamiyatning ma‘naviy kuch manbai sifatida tabiat tushunchasini rivojlantirishni qo’yadi. Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilarda odamlar mehnatiga hurmat tarbiyalanadi, ularga zarur mehnat ko’nikmalari singdiriladi.
3-sinf dasturi ikki: «Jonajon o’lka tabiati» va «Odam organizmi va uning salomatligini muhofazg qilish» bo’limlaridan iborat.
Birinchi bo’limni o’rganish o’lkashunoslik tamoyili bo’yicha amalga oshiriladi. Shuningdek tizimlilik va mavsumiylilik qoidalarini bajarishga katta e‘tibor beriladi. O’rmon, yaylov, dala kabi jamoalar bilan tanishtirishda shu joy uchun harakterliroqla-oiga afzallik beriladi. Jamoada avval bir nechta misollarda tipik o’simliklarning tur jixatidan xilma-xilligi o’rganiladi.
4-sinf tabiatshunoslik kursida asosiy e‘tibor o’quvchilarni Vatanimiz tabiatining turli-tumanligi bilan tanishtirishga qaratiladi. O’quvchilar joyning plani va uning shartli belgilari bilan tanishadilar, xarita to’g’risidagi oddiy bilimni o’zlashtiradilar, uning asosiy ifodalarini uqishga o’rganadilar, mamlakatimizning joylashishi, shimoldan janubga tomon tabiatning almashinishi haqida tasavvurlar oladilar.
«Insonning tabiatdan foydalanishi va uni muhofaza qilishi» bo’limi tabiatshunoslik kursini oxiriga yetkazadi va o’quvchilar olgan bilimlarni umumlashtiradi. Bunda avvalo tabiatni muhofaza qilishdagi odamning roli ajralib turadi. O’quvchilar tabiat muhofazasi bo’yicha qonunchilik hujjatlari bilan tanishadilar, ularning bajarilishi har bir o’lka fuqarosi uchun majburiy ekanligini bilib oladilar. O’zlari uddalaydigan foydali ishlarni belgilaydilar, ularda faol ishtirok qiladilar.
Maktab o’lkashunosligining vazifasi – o’quvchilar tomonidan ta‘lim-tarbiya maqsadida har xil manbalar bo’yicha va bevosita kuzatishlar asosida o’z o’lkasi territoriyasini har tomonlama o’rganishdir.
O’lkashunoslik — hayot bilan bog’lanishning qudratli vositasidir. Ko’pchilik o’quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlarini hisobga olinganda o’lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi.
O’lkashunoslik bevosita tabiat muhoazasi bilan bog’liqdir, chunki o’z o’lkasini bilish o’quvchilarga uni muhofaza qilish va o’zgartirish bo’yicha ishlarda ongli qatnashish imkoniyatini beradi. O’z o’lkasini o’rganish o’quvchilarning mustaqilligini rivojlantiradi, chunki ijtimoiy-foydali mehnatda baholi qudrat faol qatnashishga imkon beradi.
O’lkashunoslik materialini o’rganish bo’yicha ish o’quv maqsadlariga javob berishi kerak. Shuning uchun ham uning mazmuni va xarakteri o’quv dasturi bilan belgilanadi. O’lkashunoslik ishlari tashkil qilinish shakllari bo’yicha sinfga va sinfdan tashqarida bo’lishi mumkin, faqat ular barcha o’quvchilar tomonidan bajarilsin.
O’lkashunoslik qoidasi nazariy tabiatshunoslik kursining o’quvchilar o’z o’lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo’lishida oladigan tasavvurlarga sistematik ravishda bog’lanishini nazarda tutadi. O’lkashunoslik bilimlaridan albatta foydalanish o’quv o’lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun o’qituvchi o’z ixtiyorida yetarli o’lkashunoslik materiallariga ega bo’lishi va darslar uchun o’quv materialini o’zlashtirish va tushunib olishga yordam beradigan mahalliy ma‘lumotlarni tanlab olishi kerak.
O’lkashunoslik qoidasi tabiatshunoslikni o’qitishda ko’pgina didaktik qoidalardan (o’qitishning ilmiyligi va ko’rgazmaliligi, aniqdan noanikqa, yaqindan uzoqqa borish kabilardan) foydalanishga imkon beradi.
Mahalliy o’lkashunoslik materiallaridan o’qituvchi tabiatshunoslikni o’qitishda tushuntirish, taqqoslash va ko’rsatish uchun foydalanadi, o’quvchilar esa—ko’pgina tabiat hodisalarini bevosita idrok qilib olish uchun foydalanadi.
O’lkashunoslik qoidasidan sistemali ravishda foydalanish olingan nazariy bilim va uquvlarni turmush (masalan, qishloq xo’jalik ishlarining mo’‘tadil, ya‘ni optimal muddatlarini aniqlash uchun oldindan ob-havoni aytib berish, daryodan o’tishda xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida uning rejimini aniqlash, mahalliy qishloq xo’jaligi tashkilotlari uchun o’simliklar yig’ish va h.) bilan bog’lashga yordam beradi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish «og’zaki sxemada» emas, balki haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan o’lkashunoslikdan tabiatshunoslikni o’qitishda har kuni va uzluksiz foydalanish kerakligi ma‘lum bo’ladi. Barcha darslar o’lkashunoslik printsipida tuzilishi kerak.
Jonajon o’lkani o’rganish umumiy tabiatshunoslik kursini o’rganish bilan parallel holda olib borilmog’i lozim. 3—4-sinflardagi o’lkashunoslik tadqiqotlarining muhim qismi — tuproqqa, o’simlik va hayvonot dunyosiga tavsif berish, daryolar oqimining rejimi va xarakterini o’rganish, tabiat muhofazasidir.
O’quvchilar o’zlarining shahar yoki qishloqlarida qanaqa daryo, suv havzalari, yashil ko’chatzorlar borligini va ularni ifloslanish va shikastlanishdan saqlashni bilib olishlari kerak. Hayvonlar haqida g’amxo’rlik qilish va ularni qirilishdan himoya qilish kerak. Qimmatli tabiat ob‘ektlarining ta‘rifini tuzish va ularni qo’riqlash, zararli tabiiy jarayonlarning (jarliklar, o’pirilishlar, yemirilishlardan hosil bo’lgan uyumlar kabilarning) odamning xo’jalik faoliyatiga ta‘sirini o’rganish va ularning oldini olishda ishtirok qilish kerak.
Amaliy metod o’quv jarayonida o’quvchilarning turli-tuman faoliyatini yo’naltirish bilan belgilanadi. Bu reja ishlab chiqish, jism bilan tanishish topshiriqlari fikrlash natijalarini rasmiylashtirish, bajarilgan ishga yakun yasash. Ushbu metod predmet, jism va tabiat hodisalarini eng yaxshi yo’l bilan o’rganish mumkinligidan juda keng qo’llaniladi.
Amaliy metod og’zaki va ko’rgazmali metod bilan uzviy bog’langan (ko’rsatish, oldinda turgan ish bo’yicha o’qituvchining tushunchasi). Biror amaliy ishdan boshlashdan oldin o’qituvchi o’quvchilar oldida topshiriq qo’yadi va uni bajarish yo’li haqida ko’rgazma beradi. Topshiriqni muammoli tarzda bo’lgani ma‘qul.uni yechish jarayonida bilim bilan birga o’qituvchining amaliy ishi va mantiqiy tafakkuri uyg’unlashib ketadi. Bilimlarni o’zlashtirishda o’quv jarayonini amaliy tarzda uyushtirish o’quvchi mustaqilligi va ijodiy fikrlashini faollashtiradi. Amaliy ishlar jarayonida faol o’zlashtirilgan bilimlar yengil va ongli bo’lib qolmay ancha mustahkam bo’ldi. Amaliy metod shu paytda qo’llaniladiki, qachonki faol amaliy va fikrlash faoliyati natijasida yangi bilimlar olish zarurati tug’ilganda. Shuningdek, faqat yangi bilimlar hosil qilish emas, shu bilan birga ularni yangi vaziyatda qo’llay olish o’quvchi yoki amaliy ko’nikmasi hosil bo’lishiga erishish lozim.
Amaliy metodning bir necha turlari mavjud: kuzatish laboratoriya tajribalari; tirik mavjudotlarni aniqlash va tavsiflash ishlari; priborlar bilan ishlash; tirik tabiat burchagida va o’quv tajriba uchastkasidagi amaliy ishlar.
Kuzatish – bu tabiatdagi predmet va hodisalarni maqsadga yo’nalgan holda idrok qilishdan iborat bo’lib, ularning umumiy va farq qiluvchi belgilarini qonuniyatlari aniqlanadi. Kuzatish jarayonida o’quvchilarda kuzatuvchanlik ko’nikmalari shakllanadi. Kuzatish ilmiy metod hisoblanadi, qaysiki o’quvchilar ancha murakkab ilmiy –tadqiqot ishlarini – tajribalarini qo’yishga, o’tkazishga tayyorlanadilar. Kuzatishda o’qituvchi tomonidan aniq vazifa qo’yilgan bo’ladi.
Kuzatishlar yakka, guruh hamda frontal shakllarda o’tkaziladi.
K.D. Ushinskiy, V.P. Vaxterov, L.S. Sevruk, A.Ya. Gerd kuzatishga katta e‘tibor bergan edilar. A.Ya. Gerd o’zining “Maktabda tirik hayvonlar” nomli kitobida o’quvchilarni kuzatishlar asosidagi harakatlari tadqiqot o’quvchi haqida o’quv va amaliy topshiriqlarni mustaqil yechish ko’nikmasi bilan qurollanishini ta‘kidlaydi. Kuzatishlar natijasida 2-3-4 sinflarda “Kuzatishlar kundaligi” daftari to’ldiriladi, savollarga javob yoziladi. O’simliklarning o’sish, rivojlanish, gullash va hosil berish jarayonlari kuzatiladi.
Tajribalar: -o’qitish metodi bo’lib, uning yordamida o’rganilayotgan jism va hodisalar qonuniyatlarini aniqlanadi. Buning uchun unga yangi sharoit yaratib, ta‘sir qilinadi. O’quvchilarda bu paytda yangi tabiatshunoslik tasavvurlari shakllanadi.
Tajriba materialistik dunyoqarashni shakllantirishda, mantiqiy tafakkur va nutqni o’stirishda katta ahamiyatga ega. Ular yordamida mavhum tushunchalar oydinlashadi, noma‘lum voqeliklarning sirlari ochiladi. Masalan, haroratning o’zgarishiga qarab termometr, simob ustini harakatlantirishini va yana harorat ta‘siridagi suvning bir agregat holatida, ikki holatga o’tishini faqat tajriba vositasida aniqlab o’rganiladi.
Oddiy tajribalar uy sharoitida murakkablari esa o’qituvchi tomonidan dars jarayonida amalga oshiriladi. Bu paytda o’quvchilar kuzatish jarayonini fahmlash, uni natijalarini ta‘riflashga o’rganishlari bilan qimmatlidir.
O’quvchilar daryoda quyoshning yerga nisbatan holatida qarab kuzda sovib borishini bilib olishlari kerak. Uning sababini o’quvchilar quyidagi tajribadan bilib oladilar, yonib turgan shamga ingichka qog’oz tasmacha tutiladi. Bitta tasmacha shamning tepasida, 2 si esa shamda sal uzoqroqda ushlab turiladi. O’quvchilar qog’oz tasmalarning qaysisi oldin yopilganligini aytishlari va nima uchun shundayligini tushuntirishlari kerak. O’quvchilar bu tajribani yoz va kuzda quyosh nurining yor yuzasini isitishini tushuntirishga yordam berishini payqashlari kerak.
Tajriba asosida o’quvchilar kuzda quyosh yer ustida kun sayin pasaya borishi to’g’risida xulosa chiqaradilar. Uning qiya tushayotgan nurlari yer yuzasiga siyg’anib o’tadi va havoni isitmaydi. Shu bois kuzda sovuq tusha boshlaydi.
Darsni mustahkamlash uchun o’qituvchi va o’zlari o’tkazgan tajribalarni rasmini chizish yoki ta‘riflab yozish, ba‘zan uni ham buni ham ta‘riflab yoziladi.
4-sinfda “Ko’p yillik manzarali va piyozli sabzavot o’simliklarni ekish muddatlarining gullash muddati va mo’lligiga ta‘siri” mavzusida tajriba o’tkaziladi.
Buning uchun mazkur o’simliklarni o’quv-tajriba uchastkasida ekib, o’quvchilar tajriba va kontrol o’simliklarni o’sishini parallel holda kuzatib boradilar, ularni o’zaro taqqoslaydilar, ish natijalarini qayd qilib boradilar, rasmini chizadilar, daftarga o’z xulosalarini yozadilar, farqlarini belgilaydilar. Mavzuni o’rganishdan oldin bu tajriba o’tkazilganda bolalar materialni chuqurroq o’zlashtiradilar.
Tajriba paytida muammoli vaziyat yaratish uchun: buni qanday isbotlash kerak?, qanday aniqlash kerak?, siz hozir nimani ko’rayapsiz?. Bu jarayonlarni qanday tushuntirish mumkin?, nima uchun siz shunday hisoblaysiz?. Tajriba tugagach, o’quvchilar ishonchli xulosalar chiqaradilar.
4-sinfda “Tuproq, uning tarkibi, tuproq turlari”, mavzularini o’rganishda laboratoriya tajribalarni o’tkazish o’quvchilar bilimini chuqurlashtiradi. Har bir zveno qumli, loyli qoratuproqli va buz va boshqa turdagi tuproqlar ustida tajriba o’tkazadi. Tuproqning o’simliklarga ahamiyati haqida suhbat o’tkaziladi va bilish vazifasi qo’yiladi: “yomg’irdan keyin ayrim joylarda suv tezda surilib ketadi, boshqa joyda esa uzoq vaqt saqlanib qoladi va ko’lmak hosil bo’ladi, keyinchalik esa tuproqda paydo bo’ladi. Nima uchun shunday bo’lishini tajriba orqali tushuntiring. Qaysi tuproq suvni yaxshi o’tkazishini tajribada isbotlang”.
O’quvchilar yozma holda topshiriq oladilar:
BOSHLANG’ICH SINF TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA OG’ZAKI O’QITISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»
Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muhabbat Mirzaxmatovna Samigova
Tabiatshunoslik maktab o’quvchilariga butun borliq to’g’risida umumiy tushunchalarni beruvchi fan bo’lib, boshlang’ich sinf o’quvchilariga ushbu fanni o’qitishda turli qiziqarli o’yinlar asosida va samarali o’qitish metodlaridan foydalanib dars berish muhim sanaladi. Ushbu maqolada tabiatshunoslik fanini o’qitishda ko’mak beruvchi og’zaki o’qitish metodlari haqida batafsil ma’lumot berilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Muhabbat Mirzaxmatovna Samigova
Boshlang’ich sinflarda “kеys” tеxnologiyasi asosida ta’lim samaradorligiga erishishning shakl va usullari
Musiqa darslarini fanlararo aloqadorligida tashkil etish imkoniyatlari
PEDAGOGIK AMALIYOTDA TALABALARNING SHAXSIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
KIMYOVIY TA’LIM METODLARINING TASNIFI
BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI O’QITISH METODIKASI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA OG’ZAKI O’QITISH METODLARI»
BOSHLANG’ICH SINF TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA OG’ZAKI
Muhabbat Mirzaxmatovna Samigova Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, 320-maktab
Annotatsiya: Tabiatshunoslik maktab o’quvchilariga butun borliq to’g’risida umumiy tushunchalarni beruvchi fan bo’lib, boshlang’ich sinf o’quvchilariga ushbu fanni o’qitishda turli qiziqarli o’yinlar asosida va samarali o’qitish metodlaridan foydalanib dars berish muhim sanaladi. Ushbu maqolada tabiatshunoslik fanini o’qitishda ko’mak beruvchi og’zaki o’qitish metodlari haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar: suhbat metodi, metodik uslublar, hikoya metodi, didaktik uslublar, tabiat hodisalari.
ORAL TEACHING METHODS IN PRIMARY SCHOOL NATURE CLASSES
Mukhabbat Mirzakhmatovna Samigova Tashkent city, Shaykhantakhur district, School №320
Abstract: Nature is a science that gives schoolchildren a general idea of the whole being, and it is important to teach elementary school students this subject through a variety of fun games and effective teaching methods. is considered. This article provides detailed information on oral teaching methods that can be used to teach nature.
Keywords: conversation method, methodical methods, story method, didactic methods, natural phenomena.
Tabiatshunoslik biosferaga oid ilmiy tadqiqotdir. Tabiatshunoslar odatda tajriba o’rniga kuzatuvdan foydalanishadi. Tabiatshunoslik hayot shakllarining kelib chiqishi va yashash tarzi haqidagi ma’lumotlarni to’playdi va tizimga soladi. U biologiyaning ost sohasi bo’lib, botanika, zoologiya bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir va paleontologiya, ekologiya, biokimyo, geologiya va iqlimshunoslik kabi fanlar bilan aloqadadir.
Tabiatshunoslik, tabiiyot – tabiat haqidagi fanlar tizimi, tabiiy fanlar majmui. Tabiatning inson ongidagi aksi bo’lgan tabiatshunoslik jamiyatning rivojlanishi bilan mukammallashadi. Tabiatshunoslikning maqsadi – tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, tabiat qonunlarini bilish hamda ulardan amalda foydalanish imkoniyatlarini ochib berish. Tabiatshunoslik, asosan, fundamental fanlar bo’lgan mexanika, fizika,
www.openscience.uz 610 i m^^bi
kimyo va biologiyadan tashkil topgan. Astronomiya, geologiya, tibbiyot fanlari, qishloq xo’jaligi. fanlari, ekologiya kabi ko’plab bilim tarmoqlari shu fundamental fanlardan kelib chiqqan.
Metodlar bilan metodik uslublarni farqlash muhimdir. Metodik uslub-bu metodning unsurlaridan biri, uning tarkibiy qismidir (ko’rgazma vositalarni, kinofilm fragmentlarini, diafilm, diapozitiv ko’rsatish, doskada sxema rasmlardan foydalanish, tajribalarni namoyish qilish, maktab o’quv-tajriba uchastkasidagi amaliy ishlar vaqtida turli xil faoliyat ko’rsatish va hokazo).
Metod va metodik uslublar o’zaro chambarchas bog’liq bo’lib, bir-biriga o’tishi mumkin. Masalan, o’quvchilarning turli xil tajribalari metod hisoblanadi, lekin o’qituvchi hikoya qilayotgan paytda tajribani namoyish qilinishi metodik uslubdir. Hikoya davomida o’qituvchining diafilm namoyish qilishi metodik uslubdir. Metod va uslublar kompleks holda qo’llaniladi, ular bir-birini to’ldiradi, tabiatushoslik tushunchalarini to’g’ri shakllantirishga xizmat qiladi.
Metodlarni qo’llashda o’qituvchi o’quvchilarga asosan so’zlar vositasida, zarurat bo’lsa mavzu mazmuniga mos ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish bilan bilim beradi. Bu paytda o’quvchilarning yangi bilim olishlari uchun asosiy manba so’zlar (og’zaki nutq) hisoblanadi.
Og’zaki metodning asosiy turlaridan biri – hikoyadir. Hikoya o’qituvchining jonli so’zidir. U kitob o’qish, jism va hodisalarni namoyish qilish, texnika vositalardan foydalanish, badiiy adabiyotlar o’qish va boshqalar bilan uyg’unlashadi.
Hikoyada izchilikka qat’iy hikoya qilinadi. Tabiatshunoslik mashg’ulotlarida hikoyaning aytib berish yoki ta’riflash, xarakterlash, tushuntirish, muhokama qilish kabi turlari qo’llaniladi.
Aytib berish – unda konkret fakt, voqea, jarayon harakatlar haqida gapirib beriladi. Hikoya shohid (sayyoh, yosh tabiatshunos, sayyohatchi, kashfiyotlar ishtirokchisi) nomidan olib boriladi.
Ta’riflash – borliq jismlar va hodisalarning (foydali qazilmalar, o’simliklar, hayvonot dunyosi, biror tabiiy zona iqlimi xususiyatlarini) izchil bayon qilishda qo’llaniladi.
Xarakterlash – ta’riflashning bir turidir, u jism yoki hodisaning belgi va xususiyatlarini sanab o’tishdan iborat (tog’, daryo va tabiiy zonalar harakteristikasi).
Tushuntirish – unda yangi tushunchalar, atamalar, ma’nosi ochib beriladi, sabab, oqibat bog’lanishi, u yoki bu narsaning mantiqiy tabiati ( nima uchun tundrada o’zun tun va qisqa kun bo’ladi, nima uchun kun va tun, yil fasllari almashib turadi) ochib beriladi. Undan barcha darslarda foydalaniladi, u muhokama qilish bilan uyg’unlashadi.
Muhokama qilish – bayon qilish asosida bo’lib, unda o’quvchilarni xulosaga olib keluvchi qoida va isbotlarning izchil rivojlanishi bilan bog’liq.
www.openscience.uz 611 i m^^bi
Hikoyaning bu turida o’rganilayotgan hodisani (masalan, tirik mavjudodning o’zgarishiga iqlimning ta’siri, suv, metallning xususiyatlari) tahlil qilish zarurati tug’ilganda foydalaniladi.
Hikoyaga quyidagi didaktik talablar qo’yiladi: tanlangan o’quv materialini ilmiyligiga, mantiqiy izchillik va isbotlanishiga; o’quvchilar uchun aniq, ravon va tushunarli bo’lishiga: o’qituvchi nutqining tasviriy bo’lishiga javob berishi kerak.
1-2 sinflarda hikoya 5-8 minut, 3-4 sinflarda esa 10-12 daqiqa davom etishi kerak.
Hikoya jarayonida quyidagi didaktik uslublardan foydalanish muhim:
I. Dars mavzusini e’lon qilish yangi mavzuni bayon qilish oldidan muammoli vaziyat vujudga keltiriladi. Yangi materialni o’rganish yoki tajriba o’tkazish, shuningdek, tabiatda o’tkazilgan kuzatishlarni tahlil qilish bilan boshlanadi.
II. Bayon rejasini bildirish. Bu uslub faqat o’zlashtirish jarayonini faollashtiribgina qolmasdan, balki o’quvchilarni butun bayon tizimini ko’rishga o’rgatadi, bu bilan tafakkurning mantiqiy izchilligini rivojlantirishga, o’rganilayotgan atrof hayot faktlari yoki hodisalarning o’rtasidagi muayyan bog’lanishlarni aniqlashga yordam beradi; masalan, «Cho’l tabiati» mavzusini bayon qila turib, o’qituvchi doskaga ushbu rejani yozishi mumkin: 1) tabiiy zonalar xaritasida cho’llarning geografik o’rni; 2) cho’l iqlimining xususiyatlari; 3) yuzasi; 4) vohalari; 5) cho’lda yil fasllari.
III. O’quvchilar e’tiborini faollashtiruvchi savollarni bayon davomida berib borish.
IV. O’quvchilarning idrok qilish faoliyatlarini faollashtiruvchi taqqoslash (masalan, dala, cho’l, dasht, o’rmonlarning o’simlik va hayvonot dunyosini taqqoslash va hokazolar).
V. Yangi materialni bayon qilish davomida ilgari o’rganilgan mavzular turmush bilan, amaliyot bilan (masalan, «Skelet», mavzusini «Mushaklar» mavzusi bilan, jonajon o’lka tabiatini har xil zonalar tabiati mavzusi) bilan aloqasini turmushda, amaliyotda o’rganish.
VI. Hikoyaga maqol, qiziqarli material yoki kitob o’qish epizodini kiritish. O’qituvchi hikoyasini tegishli maqolani o’qigandan keyin yoki undan oldin boshlashi mumkin. Qo’shimcha materialdan foydalanish hikoyani boyitadi va konkretlashtiradi. Hikoya davomida foydalanilgan maqol, matal va topishmoqlar darsni boyitib, bayon qilayotgan materialni o’quvchilar tomonidan qabul qilib olinishini osonlashtiradi.
VII. Ko’rgazmalililik (surat, jadval, texnika vositalari)ni qo’llash. Hikoya davomida ko’rgazmalilikning har xil vositalaridan foydalanish o’quvchilarda aniq tasavvurlar hosil bo’lishiga, o’rganilayotgan materialga diqqat va qiziqishni quvvatlashga, uni puxta o’zlashtirilishiga yordam beradi. Sxemalar, jadvallar,
tajribalar, doska va daftardagi (atama) va xulosalar o’quv materialini o’zlashtirilishini yengillashtiradi.
Suhbat. Suhbat savolning hal qilinishida o’quvchilar va o’qituvchilarning ishtirokida xarakterlanadi. Suhbatning maqsadga qaratilganligi o’quvchilar bilimini safarbar qilib, hal qilinishi kerak bo’lgan savollar bilan aniqlanadi. Suhbat natijasida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tegishli xulosa chiqarishlari, xulosani umumlashtirishlari kerak. Suhbat o’quvchilarga notanish bo’lmasligi lozim: hali o’quvchilar o’zlashtirmagan, bilmagan bilimlarni «aniqlash» uchun vaqtni bekorga sarflash yaramaydi. Suhbat yakunlovchi, umumlashtiruvchi va yangi bilimlarni eskilari bilan bog’lovchi darslarda alohida ahamiyatga ega.
Suhbatning bosh maqsadi shundaki, bunda o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar ongida tabiat jismlari hamda hodisalari haqida to’g’ri tasavvur va tushunchalar shakllanadi. Tabiat bilan tanishtirishning birinchi bosqichida suhbat o’qituvchining savollar berishi va chaqirgan o’quvchilarning savollarga javob berishi shaklida kechadi. Keyin suhbat boyib, kengayib boradi.
1. Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. T.: «Cho’lpon» -2005 y.
2. Grigoryants, A.G. va b. «Tabiatshunoslik» 4-sinf uchun darslik. T.:«Cho’lpon» 2002 y.
1. Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. T.: «Cho’lpon» -2005 y.
2. Grigoryants, A.G. va b. «Tabiatshunoslik» 4-sinf uchun darslik. T.:«Cho’lpon» 2002 y.