Tabiiy fan 2-sinf nazorat ishi №1
A)GULI B)POYASI C)ILDIZI
Yangi ixtirolarga ilhomlantiruvchi tabiiy fanlar darsligi taqdimoti o‘tkazildi
Toshkent shahridagi “Radisson Blu” mehmonxonasida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi, YUNISEF, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti hamkorligida Tabiiy fanlar bo‘yicha xalqaro ekspert Filippa Gardom Halm ishtirokida “Tabiiy fanlar — ilm-fan olamiga ilk qadam” mavzusidagi darsliklari taqdimotiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz tarixida ilk bor Milliy o‘quv dasturi asosida 2021-2022 o‘quv yili uchun 1-2 sinf Tabiiy fanlar darsligi amaliyotga joriy etildi.
“Tabiiy fanlar — ilm-fan olamiga ilk qadam” mavzusidagi taqdimotda ta’limni hayotiylashtirish va mazkur darsliklaridagi asosiy ko‘nikmalar, 1-2-sinf Tabiiy fanlar dasturini amaliyotga joriy qilishda erishilgan yutuq va natijalar, bu borada Markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.
Joriy yilda yangi o‘quv yili uchun 7 ta tilda o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma bilan jami 8 nomdagi 3-va 6-sinf Tabiiy fanlar darsliklari tayyorlandi. 3-sinf Tabiiy fanlar 728 330 tirajda, 6-sinf Tabiiy fanlar darsligi 723 716 tirajda nashr etiladi.
Shuningdek yangi o‘quv yili uchun 7, 10-sinflarning 16 nomdagi Kimyo, Biologiya, Fizika, Geografiya darsliklari tayyorlanib, ular qariyb 6 million tirajda bosiladi. Tabbiy fanlar kimyo, biologiya, fizika, geografiya fanlarini yaxshi o‘zlashtirishga poydevor bo‘ladi. E’tiborli jihati darsliklarni yaratish jarayoniga 20 dan ortiq mahalliy mutaxassislar, asosan amaliyotchi o‘qituvchilar jalb qilindi. Tabiiy fanlar uchun Milliy o‘quv dasturi, standartlar va darslikning tayyorlanishida YUNISEFning xalqaro eksperti Filippa Gardon Halm ishtiroki ham darslikning muvaffaqiyatidan biri bo‘ldi.
Xalqaro ekspert Filippa Gardon Halm kompetensiyaga yo‘naltirilgan tajriba jahonda ilg‘or tajriba sifatida ko‘rilishi va darslik bolalarda dalillarga tayangan holda qarorlar qabul qilishga xizmat qilishi kerakligi haqida tushuntirar ekan:
“Masalan, agar o‘quvchilar iqlim o‘zgarishi haqida yaxshi bilsalar avtomobil o‘rniga velosiped sotib olish kerakdir yoki jamoat transportidan foydalanish ma’qul, degan xulosaga kela oladilar. Ular odamlar odatda qanday qaror qabul qilishiga qarab emas, tanqidiy fikrlash orqali qaror qabul qilishga o‘rganadilar”, — deya ta’kidladi.
Umumiy o‘rta ta’limning 1-6-sinflari uchun mo‘ljallangan Science fani bir nechta fanlarni birlashtirgan va STEAM tizimi asosida ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy fanlar bilan integrasiyani ta’minlagan.
Bilim va ko‘nikmalarni spiralsimon usulda oddiydan murakkabga tomon rivojlantirib borish ko‘zda tutilgani hisobiga o‘quvchilar olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglab boradi.
Bundan tashqari, yaratilayotgan darslikka har bir bobning mavzusidan kelib chiqib, sodda kundalik turmushda uchraydigan qiziqarli mavzular, tajribalar kiritildi. Endi bolalar “O‘quv loyihasi” deb nomlangan amaliy mashg‘ulotda o‘zlari kichik tajribalar o‘tkazib ko‘rishadi. Masalan, 1-sinflarga 1 o‘quv yili uchun 1 ta amaliy topshiriq, gul ekish va uni parvarishlash vazifasi berilgan. O‘quvchilar o‘zlari ekkan guldagi o‘zgarishlarni yil davomida kuzatib, natijani daftarlariga qayd etib boradilar, ustozlari va sinfdoshlari bilan o‘rtoqlashadilar.
An’anaviy yondashuvga asoslangan darsliklarda avval matn, keyin savollar berilgan bo‘lsa, Science darsligida o‘quvchining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida avval savollar berilib keyin matn keltirilgan. Ma’lumotlarning aksariyat qismi esa matn ko‘rinishida emas rasm yoki illyustrasiyalar ko‘rinishida. Bu bolalarda har xil manbalarni tushuna olish, mavzuga kreativ yondashish ko‘nikmasini shakllantiradi.
Darslikning dizayni ham jahonning ilg‘or tajribalariga asoslangan holda yaratilmoqda. Professional rassomlar tomonidan darslikka ishlanayotgan rasmlar esa bolalarga mavzuning mazmunini to‘liq anglab yetishga ko‘maklashadi.
Darslik materiallarining audio va video variantlari ham mavjud bo‘lib, ular ilk bora AR to‘ldirilgan borliq tizimiga joylashtirildi. Agar smartfon darslik muqovasidagi QR kodga tutilsa, bolalar o‘zlari o‘rganayotgan ob’yektning harakatlanib turganini ko‘rishlari, tovushini eshitishlari yoki o‘sha ob’yektning boshqa xususiyatlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Darslikka qo‘shimcha ravishda mashq daftari hamda o‘qituvchi kitoblari ham yaratildi. Darslik uchun yaratilgan mashq daftarida abstrakt fikrlash va tasavvurlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni rivojlantirishga qaratilgan rasmli topshiriqlar berilgan.
Respublika ta’lim markazi
Tabiiy fan 2-sinf nazorat ishi №1
1.YASHIL RANGNI HOSIL QILISHDA QAYSI RANGLARDAN FOYDALANISH MUMKUN?
A)QIZIL,SARIQ B) YASHIL,SARIQ C)KO’K,SARIQ
2.TIRIK ORGANIZMLARGA MISOL KELTIRING.
3.JONSIZ TABIATGA MISOL KELTIRING.
4.O’SIMLIKLAR NECHA XIL BO’LADI? NOMLARINI BELGILANG.
A)3 XIL: O’TLAR,BUTALAR,DARAXTLAR
5.O’SIMLIKNING QAYSI ORGANI INSONNING O’PKASI BAJARGAN VAZIFANI BAJARADI?
A)BARGI B)GULI C)MEVASI
6.SHAKAR O’SIMLIKNING QAYSI ORGANI ORQALI O’SIMLIK GULI, MEVASI VA ILDIZIGA YETIB BORADI?
A)GULI B)POYASI C)ILDIZI
7.TIRIK ORGANIZMLAR HAYOT SIKLI DAVOMIDA QANDAY ISHLARNI AMALGA OSHIRADI?
8.LOVIYA URUG’I IVITILGANDA, URUG’ PALLALARDA OZIQ MODDALAR TO’PLANISHI NATIJASIDA NIMA PAYDO BO’LADI?
A)MURTAK B)POYA C)NOVDA
9.URUG’DAN CHIQQAN O’SIMLIKNING RIVOJLANISHI UCHUN NIMALAR ZARUR?
10.QORONG’I VA YORUG’ JOYDA O’STIRILGAN O’SIMLIKLARNIG FARQINI BELGILANG.
C)TOG’RI JAVOB YO’Q
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling