Press "Enter" to skip to content

Tarbiya kitobi» 2-juz

yengil atletikaning inson salomatligida tutgan o‘rnini bilish;

Jismoniy tarbiya fani o‘quv dasturi (1-,2-,4-,6-,7-sinflar) uqtirish xati

UQTIRISH XATI
Jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazishdan maqsad – o‘quvchilarning salomatligini saqlash, ularning jismonan yetuk bo‘lib yetishishlari uchun
shart-sharoitlar yaratish va mashg‘ulotlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdir.

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta’limiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo‘ladi:

Ta’limiy – jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha asosiy tushunchalarni, ularning mohiyatini hamda dasturda mavjud bo‘lgan jismoniy tarbiya jarayonida mashqlarni o‘quvchilarga o‘rgatish tushuniladi. Ta’limiy vazifani amalga oshirishda o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi nazariy bilimlar, ya’ni sport turlari, sport anjomlari va ulardan foydalanish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda yosh-fiziologik xususiyatlariga mos bo‘lgan jismoniy yuklamalarni mustaqil ravishda belgilay olish kabi ma’lumotlar beriladi.

Tarbiyaviy – jismoniy tarbiya va sport faoliyatining kerakligicha ta’minlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va aqliy, estetik tarbiyalar bilan shakllantirib boriladi.

Sog‘lomlashtiruvchi – o‘quvchilarning organizmlari, sog‘lig‘ini mustahkamlash, har tomonlama jismonan tarbiyalashga qaratiladi. O‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab quyidagi vazifalar amalga oshirib boriladi:

a) organizmni chiniqtirish;

b) jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘quvchilarni jismonan baquvvat, epchil, sog‘lom qilib tarbiyalash, inson salomatligi to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, jismoniy tarbiya fanidan egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirishdan iborat. Jismoniy tarbiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari esa sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish;

jismoniy mashqlarni ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish;

sport asbob-anjomlaridan foydalanishning xavfsiz usullarini o‘rgatish;

sog‘lom turmush tarzini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishda tayanch va jismoniy tarbiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

Jismoniy tarbiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:

Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi, jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish;

kompetensiyasi hamda sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi.

Jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirishni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish salomatlikni mustahkamlash, jismoniy sifatlar (kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamiylik, egiluvchanlik va koordinatsiya)ni rivojlantirish, o‘yinli vaziyatlarda oqilona va murakkab hayotiy-amaliy, shuningdek, sportning harakatli turlarini o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.

Yuqori sinflarda ushbu fanni o‘qitish me’yoriy jismoniy rivojlanishga ko‘maklashish, harakatlanish vaqtida va statik holatlarda gavdani to‘g‘ri tutish malakasini mustahkamlash, gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, gandbol, futbol va boshqalar) mashqlarini bajarishda texnika va taktika asoslarini o‘rgatish ko‘nikma va malakalarni mustahkamlaydi.

Shunindek, jismoniy tarbiya darslari hududning imkoniyatlari va yil mavsumining o`zgarishiga qarab o`zgartirishda albatta davlat ta`lim standart talablarini to`liq bajarilishi nazarda tutiladi.

Jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda yuqori sinflarda “Sog‘lom avlod asoslari” hamda “Hayot xavfsizligi asoslari” o‘quv kurslarining “Suvdagi xavfsizlik qoidalari”, “Cho‘milish himoya vositalari haqida tushuncha”, “Burundan qon ketish sabablari va birinchi yordam ko‘rsatish”, “Ko‘zga chang tushganda muhofazalanish qoidalari”, “Nafas olish a’zolari va teri yuzasini muhofaza qilish vositalari haqida tushuncha”, “Jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida xavfsizlik choralari” mavzulari orqali singdiriladi.

Kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari o‘quvchilarning yoshi, psixo-fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda A1, A2 darajalar bo‘yicha elementlarga ajratib berildi.

Jumladan, Sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish kompetensiyasi:

ertalabki badantarbiya va dars jarayonida chiniqtirish mashqlarini bajara olish;

saflanish va yurish qoidalarini bajara olish;

harakatli o‘yin turlari va ularning qoidalarini bilish;

jismoniy mashqlarning inson salomatligiga ta’sirini bilish;

shaxmatning boshlang‘ich o‘yin qoidalarini bilish.

jismoniy mashqlarni bajarishda gigienik qoidalarni bilish;

gimnastika anjomlaridan xavfsiz foydalana olish;

yengil atletikaning inson salomatligida tutgan o‘rnini bilish;

basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, futbol sport o‘yinlarining himoya va hujum usullarini bilish;

kurash elementlari hamda usullarini bajara olish;

qomatni to‘g‘ri shakllantirish mashqlarini bajara olish;

shaxmat donalarining yurish hamda shoxni mot qilish qoidalarini bilish.

o‘yin mashqlarni bajarish paytida xavfsizlik qoidalarini bilish.

Jismoniy mashqlar majmuasini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish kompetensiyasi:

jismoniy mashqlarni (saf, akrobatika, tayanib sakrash, muvozanat saqlash, tayanish va osilish, tirmashib chiqish) bajarishda mashqlar ketma-ketligini bir-biri bilan bog‘lay olish;

mashqlarni bajarishda jismoniy sifatlarga (chaqqonlik, kuchlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsiyaga) ega bo‘lish;

mantiqiy o‘yinlarni (shaxmat, shashka va boshqalarni) o‘ynay olish.

saf, umumrivojlantiruvchi (buyumlar va buyumlarsiz bajariladigan) mashqlar majmuasi, gimnastika (tayanib sakrash, tirmashib chiqish, osilish va tayanishlar, umbaloq oshish, muvozanat saqlash), yengil atletika (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish), sport va harakatli o‘yin mashqlarini bajarish qoidalariga rioya qila olish;

hayotiy zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishda jismoniy sifatlarga (chaqqonlik, kuchlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, chidamlilik va koordinatsiya) ega bo‘lish;

fikrlash asosida mantiqiy o‘yinlarni (shaxmat, shashka va boshqalarni) o‘ynay olish.

Sport asbob-anjomlaridan xavfsiz usullarda foydalanish kompetensiyasi:

jismoniy mashqlarni bajarishda shikastlanishning oldini olish qoidalariga amal qila olish;

jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin va keyin yurak urish me’yorini aniqlay olish;

jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qila olish.

gimnastika sport turlari bo‘yicha turli jihoz va anjomlarning nomlarini biladi, tuzilishini tushuntira oladi hamda amaliy mashg‘ulotlarda belgilangan qoidalar asosida foydalana olish;

o‘zi yoki boshqalar shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish haqida boshlang‘ich bilimga ega bo‘lish.
Jismoniy tarbiya fani bo‘yicha tayanch va fanga oid kompetensiyalarni o‘quvchilarda shakllantirish o‘quv dasturining mazmuni hamda umumta’lim muassasasining sharoiti (sport zali, sport maydonining mavjudligi hajmi)dan kelib chiqqan holda taqvim-mavzu rejalarni ishlab chiqish tavsiya etiladi.

Mazkur dastur asosida umumiy o‘rta ta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi maktab sharoitini inobatga olgan holda taqvim-mavzu rejasini ishlab chiqadi. O‘quv dasturi bo‘limlari uchun ajratilgan soatlarga o‘zgartirish kiritish yoki boshqa bo‘lim hisobidan o‘quv-mashg‘ulotlarni amalga oshirish mumkin emas.

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv dasturiga quyidagi o‘zgartirish kiritildi. Jumladan, 3-sinflarda “Harakatli o‘yinlar” bo‘limi soatlari (8 soat) hisobidan “Futbol” bo‘limi kiritildi va 8 soat ajratildi.

Shaxmat 1-4-sinf “Harakatli o‘yin”lar bo‘limidan, 5-9-sinflar uchun “Kurash” bo‘limi hisobidan 2 soatdan ajratildi.

Shuningdek, 5-7- sinflarda o‘qitilishi belgilangan “Harakatli o‘yinlar” bo‘limi soatlari. (2 soat) “Gimnastika” bo‘limiga o‘tkazildi.

Ushbu o‘quv dasturidagi 1-9-sinflar uchun berilgan “Suzish” bo‘limini o‘qitish o‘quv yilining aprel-may oylarida dars jarayonlarida nazariy va amaliy (suzish harakatlariga oid bo‘lgan) mashqlarni bajarish tavsiya etiladi.

O‘quv dasturida berilgan mavzular va ular uchun ajratilgan soatlarni o‘qitishda bajarilayotgan mashqlarni keyingi darslarda takrorlash, takomillashtirish orqali maktab o‘quvchilarining yosh-fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda jismoniy yuklamalar belgilanadi va bajariladi.

1-9 sinflarda jismoniy tarbiya fanini o‘qitish

quyidagi dastur asosida amalga oshiriladi

– basketbol, voleybol, gandbol

«Tarbiya kitobi» 2-juz

Mustahkam oila jamiyatning mustahkam poydevoridir. Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyotini o’ylagan har bir davlat mana shu poydevirni mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratadi. O‘zbek oilasida qariyalarning rejasi, tajribasi, ibrati. pandu nasihati bilan singdirilgan tarbiya oila mustahkamligining asosiy omillaridan biriga aylangan. Bobolar va momolarimizning pandu nasibatlari hech qachon eskirmasligi bilan qimmatlidir.
O’zbekiston Milliy Universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti ilmiy kengashi tomonidan nashrga tavsiva etilgan.

Muallif: Abdumurod Tilavov
Nomi: «Tariya kitobi» 2-juz
Nashriyot: «Yurist-media markazi» nashriyoti
Sana: 2017 yil
Hajmi: 160 bet
O‘lchami: 70×100 1/16
ISBN: 978-9943-387-92-8
Muqovasi: Qattiq

MUNDARIJA
Til ofati
Qalb siri
Reja
Ortiqcha baho
Beqadrlik oqibati
Nodon kapalak
Hayot qonuni
Beminnat yordam
Tabiat go‘zalligi
Fidoyilar
Do‘stlik yo‘lagi
Hayot qarzlari
Eng kuchli.
Foydali bitm
Qahva falsafasi
Ichingdagi bo‘rilar
Aqlli maslahat
Inson qalbi
So‘zning qudrati
Asosiy narsa
Hayot izlari
Hikmatli boylik
|Burga va po‘stak
Qush ini
Ibrat
Chaqmoqtosh falsafasi
Katta orzu
Baxt pulda emas
Do‘stlar hazili
Tanlangan jazo
Maxsus dori
Kiyimlar ziyofati
Vaqtning qadri
Rostgo‘ylik
Donishmandning javobi
Maxluq
G‘arazli yordam
Yomonlikka yaxshilik
Do‘st ota
Hasadning oqibati
Unutilgan yaxshilik
Ota tarbiyasi
Xudbinlikdan xalos bo‘lish
Bema’ni orzu
Jarohat o‘rni
Go‘zal qalb
G‘oya egasi
Vijdonning shivirlashi
Ko‘zgu
Tadbirkor maslahati
Mehr urug‘i
Avliyolik xislati
Omad tangasi
Baxt va omadsizlik
Sevgining joyi
Qozonda bori
Yaxshilikning ko‘zi
Muammo
Baxtli bo‘l
Hayot so‘qmog‘i
Olcha guli
Qoqi o‘t
Pichan g‘aramidagi igna
Chin do‘stlar