Press "Enter" to skip to content

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida «Tarbiya» fani joriy etiladi

Xalq ta’limi vazirligiga quyidagi vazifalar topshirildi:

Manaviyaxloqiy tarbiya REJA 1 Manaviy axloqiy tarbiyaning maqsad

REJA: 1. Ma’naviy axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. 2. Ma’naviy axloqiy tarbiyaning shakl va metodlari. 3. Oilada bolalarni ma’naviy axloqiy tarbiyalash mazmuni. 4. O’quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash. Asosiy tushunchalar: ma’naviyat morality, ta’lim education, tarbiya upbringing, axloq morals, shaxs individual, insonparvarlik humanitarianism.

Adabiyotlar ro’yxati: • Pedagogika // M. X. Toxtaxodjaeva umumiy tahriri ostida. – T. : Faylasuflar Milliy jamiyati, 2010. – B. 252 257; • Ibragimov X. , Abdullaeva SH. Pedagogika nazariyasi. – T. : “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2008. – B. 153 155; • Inomova M. Oilada bolalarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlar. – T. : Fan, 1995; • Hasanboev J. , Turopova M. , Hasanboeva O. Ma’naviy axloqiy tarbiya asoslari. – T. : G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2002; Elektron ta’lim resurslari: www. pedagog. uz. www. ziyonet. uz

“Fuqarolik tarbiyasi” mavzusi yuzasidan savol-javob 1. Fuqarolik tarbiyasining maqsadi nimadan iborat? 2. Xuquqiy tarbiyaning maqsadini izohlang 3. Fuqarolik nima?

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar samarasi avvalombor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog’liq. SH. M. Mirziyoev O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan 2017 yil 7 dekabr kuni “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy etishning mustahkam poydevoridir” mavzusidagi ma’ruzasi.

Ma’naviy axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari. Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. SHu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov jamiyat rivojlanishi ning ma’naviy axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular: • Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; • Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; • Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; • Vatanparvarlik.

Madaniyat ( «kultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi. Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Mafkura (arabcha «mafkura» naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy axloqiy yuksaklish, ma’rifiy tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar tizimi.

“Ma’naviyat moddiy hayotni aks ettiradi va jamiyatda mavjud bo’lgan ma’naviy hodisalar yig’indisi sifatida ko’zga tashlanadi. Ma’naviyat – insonga o’ziga xos betakror mohiyat, imkoniyat bahsh etadi, jamiyat a’zolarini birlashtiradi, uyushtirib turadi”. (Yusupov E). “Ma’naviyat moddiy hayot bilan doimo yonma yon yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo’lgan ijtimoiy hodisa (Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’ati). “Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotida sinalaverib, ko’nikma va malaka darajalaridan o’tgan va ruhiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir (Ziyomuhammadov B. , Ziyomuhammedova S. , Qodirova S). “Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir” (Karimov I. A).

Axloq- kishilarning tarixan tarkib topgan xulq atvori, yurish turishi, xatti harakati, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro munosabati, shuningdek, jamiyatga bo’ladigan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me’yor va qoidalar yig’indisi. Tarbiya-o’qituvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarning ongi shakllana boradi, his tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladigan va rivojlanadigan uzluksiz jarayon.

2012 yil 10 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning “CHet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida mamlakatda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o’qitishning kompleks tizimi, ya’ni o’qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo’naltirilgan tizim yaratilishi, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish yo’li bilan, o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon tsivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadini o’z ichiga oladi. 2015 yil 12 iyunda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida” gi PF 4732 sonli farmonining maqsadi oliy o’quv yurtlari professor o’qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishdan iborat. Ta’lim berayotgan mutaxassislarning o’zlarida ma’naviy axloqiy sifatlar tarkib topgan, yuqori samarali zamonaviy ta’lim va pedagogik texnologiyalar, ilg’or xorijiy tajribalardan keng foydalana oladigan, global Internet tarmog’i, mulьtimedia tizimlari va masofadan o’qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o’quv jarayoniga faol tatbiq etishi o’z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishlari uchun yo’naltirilgan bo’lishi g’oyasi ilgari surilgan. 2016 yil 14 sentyabrda “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida” gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’lib, 5 modda Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan. Yoshlarni ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko’maklashish mazkur Qonunda alohida yo’nalish sifatida e’tirof etilgan.

2016 yil O’zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti SHavkat Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingani ning 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o’rin egallashi, bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi ta’lim tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo’yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko’tarib, faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirilishi ta’kidlandi. 2017 yil 12 yanvarda “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risi”da O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoevning farmoyishi. Farmoish mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim muassasalari uchun o’quv adabiyotlari yaratish va o’quvchilarga yetkazishning mustahkam tizimi yaratilganligi, bunda O’zbekistonda ta’lim berilayotgan yettita tilda darslik va o’quv qo’llanmalari nashr etilayotganligi, axborot resurs va axborot kutubxona markazlarining moddiy texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar tizimlari faoliyat ko’rsatayotganligi haqidagi fikrlardan iborat. Kitob mutolaasi borasida ma’lum kamchiliklar mavjudligi ham aytib o’tildi. 2017 yil 13 yanvar kuni. O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan vatan himoyachilariga bayram tabrigida ham Prezidentimiz SH. M. Mirziyoev yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo’yicha uzluksiz olib boriladigan ishlar biz uchun dolzarb ahamiyatga egaligi, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanaishi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo’layotganligi, fuqarolarimizda bizga mutlaqo yot bo’lgan zararli ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish va Vatanimiz taqdiri uchun mas’uliyat tuyg’usini mustahkamlash bo’yicha aniq chora tadbirlarni ko’rishimiz zarurligini ta’kidlangan.

2017 yil 15 yanvar kuni “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi ham yoshlarni har tamonlama rivojlanishi masalalarini qabrab olgan. 2017 -2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoev tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yщnalishi bo’yicha xarakatlar strategiyasini ishlab chikilganligi va uning 4 yo’nalishi ijtimoiy soxani rivojlantirishning ustivor y o’nalishi moxiyati. 2017 yil 7 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kabul kilinganligining 25 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – erkin va farovon xayotimiz, mamlakatimizni yanada tarakkiy etishning mustaxkam poydevoridir” mavzusidagi ma’ruzasi.

Blits-so’rov • Ma’naviy barkamol inson tushunchasi sizningcha. • Qanday sifatlar manaviy axloqiy sifatlar sanaladi? • Qanday inson axloqiy yetuk hisoblanadi? • Ma’naviy qadriyatlar degani nimani anglatadi? • Mehnat qilish, bilim olish, kas biy va hayotiy tajribani oshi rish tushunchalariga ta’rif bering. • Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, biznes rejaga ega bo’lish nima? • Saxovatlilik tushunchasini izohlab bering. 5 -ilova «Qarama-qarshi munosabat» metodi. Guruhlarda ishlarni tashkil etish Mavzuning ahamiyati Ma’naviy axloqiy fazilatlarni ja miyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayo tidagi o’rni. Insonni ma’naviy axloqiy tarbiyalangan barkamol shaxs bo’lib rivojlanishiga turli illatlarning salibiy ta’siri. 1. 2. 3. 4. 5. .

Sizning fikringizcha, yuksak ma’navyatli insonga qanday fazilatlar mansub? Kishi % O’g’il bola Qiz bola 2 -kurs 3 -kurs 4 -kurs Jami O’z tarixini yaxshi bilish 67, 9 69, 6 70, 3 67, 4 66, 9 68, 4 Milliy qadriyatlarni hurmat 64, 5 qilish 72, 0 68, 0 63, 2 69, 1 66, 5 Milliy g’ururi yuksaklik 35, 8 36, 6 38, 2 34, 4 35, 2 36, 0 Millatlararo, dinlararo 26, 3 bag’rikenglik 31, 7 26, 0 29, 0 28, 0 27, 7 Tajovuzkor kuchlarga 15, 2 qar shi kurashuvchanlik 13, 7 26, 0 29, 0 28, 0 27, 7 Oq ko’ngillik 14, 4 13, 2 12, 5 15, 8 13, 7 14, 1 Halollik 37, 1 30, 5 32, 6 35, 5 39, 7 35, 4 Kamtarlik 8, 7 9, 7 8, 8 6, 9 8, 7

Odamlarda Sizga yoqmaydigan eng salbiy illatlar nimalardan iborat? Kishi % O’g’il bola Qiz bola 2 -kurs 3 -kurs 4 -kurs Jami Poraxo’rlik 63, 7 54, 9 61, 5 60, 3 60, 0 61, 4 Tamagirlik 27, 5 23, 6 26, 4 26, 8 26, 2 26, 5 Manmanlik 45, 5 43, 2 46, 1 44, 4 43, 7 44, 9 Ikkiyuzlamach 46, 6 ilik Sotqinlik 47, 1 62, 0 50, 6 49, 1 52, 6 50, 5 48, 8 50, 0 47, 6 43, 3 47, 5 Boqimandalik 12, 5 14, 5 11, 0 13, 6 16, 5 13, 3 Loqaydlik 30, 4 29, 1 29, 7 27, 5 28, 9 28, 5

Oila haqida tushuncha. Oila– kishilarning nikoh yoki qon qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari biri bilan chambarchas bog’liq. Bu bog’liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo’lmasligi hamda o’z navbatida oilaning ma’lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko’rinadi. Oila hamda jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag’rida mavjud bo’lgan oilalarning ijtimoiy iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog’liqdir. CHunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga qo’yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo’lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta’minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy talablarning qo’llab quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta’minlash ko’rsatkichi shuncha yuqori bo’ladi.

Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar: II. Ota onalar bilan o’tkaziladigan suhbatlar. Suhbatlar yakka va umumiy tarzda olib boriladi. Ilk suhbat chog’ida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ma’naviy axloqiy madaniyat unsurlarini qaror toptirish muvaffaqiyatini ta’minlash kafolati bo’lgan ota onalar va farzandlarning ijtimoiy onglilik hamda faollik darajasini aniqlashga yordam beruvchi anketa so’rovlarini o’tkazish mumkin. • «Siz o’z farzandingizni qay darajada bilasiz? » nomli so’rovnoma mazmuni quyidagicha: • Farzandingiz ushbu o’quv maskanida nechanchi yil tahsil olmoqda? • Farzandingizni so’nggi o’quv yilidagi o’zlashtirish darajasi Sizni qoniqtiradimi? • Farzandingizning fanlarga bo’lgan munosabati qanday? • Uning fanlarga bo’lgan qiziqishini baholay olasizmi? • Ijtimoiy munosabatlar (oila, jamoa hamda keng jamoatchilik o’rtasida tashkil etiladigan munosabatlar) jarayonidagi ishtiroki qanday? • Farzandingiz mansub bo’lgan mikro hamda makro muhitning ma’naviy axloqiy iqlimi kanday? U kimlar bidan do’stlashgan, ularning ma’naviy qiyofasi Sizning talablaringizga javob bera oladimi? • Siz farzandingizga nisbatan salbiy aloqa yoki ta’sir ko’rsatganliklarining guvohi bo’lganmisiz? • Uning oilada tutgan o’rni qanday? • O’quv yurti yoki oila o’rtasida vujudga kelgan shaxsiy ziddiyatlari bormi?

Oila muammolari. Bular quyidagilardan iborat: • ota onalarning pedagogik bilimlardan yetarli darajada xabardor emasliklari; • o’tish davri sharoitida yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar natijasida maktab yoshi bolalarning muayyan qismining bozor bilan bog’lanib qolib, o’qishga bo’lgan qiziqishlarining susayganligi; • zamonaviy axborot vositalari, shu jumladan, kopyuьterning ijtimoiy hayotga tobora chuqur kirib borayotganligi, natijada uning ijobiy ta’siri bilan birga bolalarda badiiy adabiyotlarni o’qishga bo’lgan qiziqishlarining sezilarli pasayishi; • axborot vositalari sahifalarida jangari kayfiyatdagi tomoshalar sonining ortib borayotganligi va buning oqibatida bolalarda berahmlilik kayfiyatining paydo bo’layotganligi; • o’quvchilarning o’quv adabiyotlari bilan to’la qurollantirilmaganligi; • noto’liq oilalarning mavjudligi hamda ular sonining ortib borayotganligi va hokazolar.

Yaponiyada ona va bola juda yaqin. Bu yaqinlik maishiy hayotda ham aks etadi: ona va bola birga uxlaydi, ona bolani uzoq vaqt ko’tarib yuradi. Birga uxlash va bolani ko’tarib yurish haqida yapon badiiy adabiyotida ko’plab eslatmalarni topish mumkin. Ona bola aloqasi hissiy darajada aks etadi: ona bola qilayotgan hamma narsani mehr, sabr va g’amxo’rlik bilan qabul qiladi. besh yoshgacha bolaga hamma narsa mumkin. Bu ko’plab xorijliklar o’ylaganidek irodasizlik va bo’ysunmaslik emas. Bu bolada “men yaxshi va sevimliman” tushunchasini hosil qilish hisoblanadi. Qiziq tomoni shundaki, yapon ta’lim muassasalarida nafaqat ta’limga, balki tarbiyaga ham alohida e’tibor qaratiladi, ularda atrofdagilarning eng yaxshisi va eng yomoni tushunchasi mavjud emas. Qoidaga ko’ra, bola tarbiyasi bilan ona shug’ullandi. Ular bolalar bilan ko’p vaqt o’tkazadi. Yaponlar bolani uch yoshdan oldin bolalar bog’chasiga berish kerak emas, deb hisoblaydi. Biroq bunda kengaytirilgan oilaga katta ahamiyat beriladi: bolalar bobo va buvilar hamda boshqa qarindoshlar bilan faol muloqotda bo’ladi. Avlodlar o’rtasidagi munosabatlar ta’sirchanlik va diqqatga asoslanadi, bu yerda keksalarning fikrlari tinglanadi. Yapon ayollari o’z navbatida bolalarning sezgirligini hurmat qiladi. Ular bolalarga ortiqcha bosim o’tkazmaydi, uyaltirmaydi, balki bolakaylarning hissiyotlarini uyg’otadi. Misol uchun, agar bola mashinani sindirib qo’ysa, yapon ona “Mashinaning joni o’g’riyapti, u hozir yig’laydi”, — deydi. Yevropalik ona esa “Bunday qilma, bu yaxshi emas. Mashinani sotib olish uchun qancha ishlash kerak”, — deydi. Germaniya Bu yerda ko’pchilik 30 yoshga yaqinroq farzandli bo’ladilar. CHunki bo’lajak bolalari uchun ota ona to’kin hayot ta’minlab berishlari lozim. Germaniyada bo’lajak ona homiladorligi vaqtidayoq farzandini 3 yoshlik davrigacha katta qilishda ko’maklashadigan enaga izlashni boshlaydi. 4 yoshligidan bolani “o’yin guruhiga” olib boriladi. Bu bola boshqa bolalar bilan muloqat qilib, to’g’ri rivojlanishi uchun qilinadi. Frantsiya Bu davlatda bolalarni ertaroq bog’chaga berib yuborishar ekan. Bu ona o’z ishida malakasini yo’qotib qo’ymaslik sababi bilan qilanadi. Undan tashqari bu davlatda bolalar bog’chada tezroq rivojlanishiga ishonadilar. Deyarli chaqaloqlik vaqtidan yasliga, bog’chaga keyin esa maktabga beriladi. SHu sababli Frantsuz bolalari juda ham erta mustaqil bo’lib qolishadi. Ular o’zlari maktabga borishadi, hattoki o’zlariga kerakli narsalar sotib olib, ovqat ham tayyorlaydilar. Buvi va buvajonlar esa o’z nabiralarini faqatgina ta’til va bayramlarda ko’ra oladilar. Italiya Bu yerda aksincha an’anaga ko’ra buvi va buvajonlar o’z nabiralariga qaraydilar. Italiyada bog’chaga ota onasi yo’qlar yoki bo’lmasa ishbilarmon buvilarga ega bolalar boradilar. Bu yerda katta e’tibor oilaviy ovqatlanib o’tirishlarga beriladi. Hamma yaqinlar dasturxon atrofida yig’ilganlarida, katta bir to’y bazmi bo’layotganlikka o’xshab ham ketadi.

Britaniyaliklar farzandlarini juda ham qattiqqo’llikda tarbiyalaydilar. Kichik vaqtdanoq ota onalar farzandlariga aniq chegaralar, talablar qo’yib, o’z his tuyg’ularini nazorat qilishlarini o’rgatadilar. Ota onalar farzandlariga bo’lgan mehrlarini unchalik bildirmaydilar va ularni juda ham erkalatib yuborishmaydi. Buning hammasi esa bolada yaxshi fe’l atvor va oliyjanoblikni shaklanishiga poydevor bo’ladi deb fikrlaydilar. Amerika Qo’shma SHtatlaridagi erkinlik bola tarbiyasida ham o’z aksini topgan. Onalar farzandlarining har soniyalik qiziqishlari va injiqliklarini qondirishga tayyordirlar. Aksariyat bolalar 4 5 yoshlarida o’yinchoqlarning barxa turi bilan tanishishadi, ko’pincha amerikalik oilalarning garaj va omborxonalari bir marotaba o’ynalgan o’yinchoqlar bilan to’lib toshadi. Ikkinchi tomondan, go’dakligidanoq amerikalik bolakaylar «Sen eng chiroylisan, eng yaxshisan, eng aqllisan, eng qobiliyatlisan» , degan so’zlarni har kuni eshitgan holda o’sishadi. Maqsad – mustaqil insonni tarbiyalash! Agarda bola xato qilsa, uni urushmay: «Yana bir marotaba harakat qilib ko’r! Sen, albatta, buni uddalaysan! CHunki sen zo’rsan!» deya qo’llab quvvatlanadi. Albatta, bunday yondashuv kelgusida o’zining mevasini beradi. SHvetsiyada bolalarga shakllangan shaxs sifatida qarashadi. Ularning ham o’z huquqlari va majburiyatlari bor. SHuningdek, shvedlardagi bag’rikenglik, o’zgaga, uning qarashlariga, madaniyati, dini, irqiga nisbatan hurmatda va sabrli bo’lish, agarda insonning biror bir jismoniy yoki ruhiy kamchiligi bo’lsa, unga tengqur sifatida qarash bolalikdanoq yosh avlod ongiga singdiriladi. 8 sinfdan boshlab o’quvchilarga «Bolalar haqida» degan fan o’tiladi. Ular oila qurish, homiladorlik, undan saqlanish yo’llari, jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar, bola tarbiyasi va balog’at yoshida o’smirlar bilishi zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarga ega bo’ladilar. Angliyada bolalar bosqichma bosqich tarbiyalanishadi. CHunki bu yerda kech turmushga chiqish yoki uylanish odatiy hol. Ko’pincha inglizlar 35 40 yoshlarida ota onalik baxtiga erishishadi. SHuning uchun ham farzand tarbiyasiga juda katta va jiddiy e’tibor berishadi. 2 3 yoshidan boshlab unga dasturxon atrofida o’zini tutishni, tevarakdagi odamlar bilan muomalada bo’lishni, o’z hissiyotlarini yashirishni o’rgatishadi. Angliya shaharlarining ko’chalarida bolasini erkalayotgan ota onani kamdan kam uchratish mumkin.

Talabalar o’rtasida ongli intizom tarbiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: • Ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyatini o’quvchilar ongiga singdirish, ongli intizom tushunchasini qaror toptirish. • O’quvchilar tomonidan ijtimoiy burch mohiyatining o’zlashtirilishiga erishish. • O’quvchilarda ijtimoiy burchni ado etish jarayonida ongli va ixtiyoriy faoliyatini tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni shakllantirish. • O’quvchilarda kundalik hayotiy rejim asosida faoliyatni tashkil etish ko’nikmasini hosil qilish. • O’quvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish (mehnat va dam olish faoliyati, aqliy va jismoniy mehnat faoliyati o’rtasida o’zaro mutanosiblikning qaror topishiga erishish) ko’nikma va malakalarini hosil qilishga erishish. • O’quvchilarda ta’lim muassasasi ichki tartibi qoidalariga bo’ysunish hissini shakllantirish. • Intizomsizlikning oldini olgan holda intizomsizlikka qarshi kurashishga yo’naltirilgan faoliyatini yo’lga qo’yish va boshqalar.

MAVZU YUZASIDAN KEYS TOPSHIRIG’I Mavzu: Halollik hotirjamlik garovi. Hikoyat: SHundoq eshitdimki, bir kishini qo’ylari bag’oyat ko’p edi. U har kuni qo’ylarini sog’ib, har na hosil bo’lg’on sutni qo’y egasining oldiga kelturur erdi. Qo’y egasi ul sutga yarim hissa suv qo’shib, cho’ponga sotg’il deb berur erdi. CHo’pon unga bundoq nasihat berur erdi: “Ey xo’ja, musurmonlarga xiyonat qilmag’ilki, o’zingga zarar yetkarursan”. Ul kishi cho’ponning nasihatini eshitmadi va ul ishni qilur erdi. Bir kecha bahor vaqtida cho’pon qo’ylarni osoyishi uchun bir sel oqadig’on past joyga qo’ymish va o’zi baland joyga chiqib uyquga bormish erdi. Ittifoqo ko’p yomg’ir yog’ib, sel oqib kelib qo’ylarni oqizib ketdi va barcha qo’ylar halok bo’ldi. So’ngra cho’pon shaharga keldi. Qo’y egasi unga dedi: “Bugun nima uchun sut kelturmading? ” Keys savollari: 1. Qo’y egasi bergan savolga cho’pon fanday javob beradi? 2. CHo’ponning xatti harakatini Siz qanday baholaysi?

Nazorat uchun savollar: • Oila nima? Uni o’z fikringiz bilan izohlab bering. • Oila tarbiyasi qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etiladi va oila tarbiyasi borasidagi mavjud muammolar nimalardan iborat? • Intizom o’quv ishlarini tashkil etishda qanday ahamiyatga ega?

Mustaqil ta’lim mavzulari va ularni bajarish yuzasida ko’rsatmalar 1. SHarq mutafakkirlarining ma’naviy axloqiy tarbiya borasidagi qarashlari. 2. Toxir Malikning “Saodat saroyining kaliti” asari tahlili. 3. Ma’naviy axloqiy tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiladigan quyidagi tushunchalar glossariysini yarating. № Tushunchalar 1 Insonparvarlik 2 Ma’naviy axloqiy tarbiya 3 Halollik 4 Qanoat 5 Sabr 6 Miqyosi nafs 7 Saxovatlilik Ma’nosi

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida «Tarbiya» fani joriy etiladi

Yagona «Tarbiya» fani 1–9-sinflarda – 2020-2021 oʻquv yilidan, 10–11-sinflarda esa – 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab ajratilgan umumiy soatlar doirasida «Odobnoma», «Vatan tuygʻusi», «Milliy istiqlol gʻoyasi va ma’naviyat asoslari» hamda «Dunyo dinlari tariхi» fanlarini birlashtiradi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilari uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning yaratilishini muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi;
  • umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilari uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish boʻyicha tuzuvchilar guruhi tarkibi;
  • umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilari uchun «Tarbiya» fani konsepsiyasi.

Xalq ta’limi vazirligiga quyidagi vazifalar topshirildi:

  • «Tarbiya» fani boʻyicha umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartini va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • 2020 yil 10 iyulga qadar 2020-2021 oʻquv yiliga umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 1–9-sinflari uchun hamda 1 dekabrga qadar 2021-2022 oʻquv yiliga 10–11-sinflar uchun moʻljallangan yangi fan boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantirish;
  • 2020 yil 15 iyulga qadar 1–9-sinflar hamda 2021 yil 1 mayga qadar 10–11-sinflar uchun moʻljallangan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni chop etish boʻyicha istisno tariqasida deklaratsiya qilingan narхlar asosida davlat va хususiy nashriyot-matbaa tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;
  • «Tarbiya» fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yangi oʻquv yili boshlangunga qadar chop etishni tashkil etish va ularning joylarga yetkazilishini ta’minlash;
  • 2020 yil iyul oyidan boshlab yangi oʻquv yili boshlangunga qadar «Tarbiya» fani boʻyicha tayyorlangan oʻquv dasturlari va darsliklar asosida umumta’lim maktablaridagi «Boshlangʻich ta’lim», «Milliy gʻoya va huquq», «Tariх» va «Dinshunoslik» mutaхassisligiga ega fan oʻqituvchilari uchun хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida «Tarbiya» fanidan onlayn shaklda maqsadli malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
  • malaka oshirish kurslari davomida yangi fandan tayyorlangan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan oʻtkazish.
  • «Tarbiya» fanidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish, yetkazib berish, tuzuvchilarga haq toʻlash bilan bogʻliq хarajatlar darslik va oʻquv-metodik majmualarning umumiy narхiga kiritiladi;
  • «Tarbiya» fanidan darsliklar va oʻquv majmualarini хarid qilish va yetkazib berish хarajatlari umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 1-sinf, Mehribonlik uylari, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari oʻquvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar farzandlarini hamda oʻqituvchilar uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar, multimedia ilovalari va oʻquv-metodik majmualar nashr etilishi, shuningdek, ijara asosida darsliklar bilan birlamchi ta’minlash – Respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan;
  • oʻquvchilarni ijara asosida darsliklar bilan ta’minlash – Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Xalq ta’limi vazirligiga quyidagi vazifalar topshirildi:

  • 2020-2023 yillarda respublika oliy ta’lim muassasalarining «Boshlangʻich ta’lim», «Tariх» (mamlakatlar va mintaqalar boʻyicha), «Tariх oʻqitish metodikasi», «Filologiya va tillarni oʻqitish: Oʻzbek tili», «Oʻzbek tili va adabiyoti», «Milliy gʻoya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi», «Pedagogika va psiхologiya», «Dinshunoslik va islomshunoslik (Islom tariхi va manbashunosligi)», «Psiхologiya (Din sotsiopsiхologiyasi)» ta’lim yoʻnalishlari bitiruvchilariga umumiy oʻrta ta’lim maktablarida «Tarbiya» fanini oʻqitish huquqi berilishi yuzasidan zarur choralarni koʻrish va mazkur ta’lim yoʻnalishlari oʻquv rejalariga 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab tegishli oʻzgartirishlar kiritish ;
  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda umumiy oʻrta ta’lim maktablarida «Tarbiya» fanini oʻqitish uchun kadrlar tayyorlanadigan yangi ta’lim yoʻnalishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflarni kiritish.

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 07.07.2020 yildan kuchga kirgan.

Bahodir Qayumov.