Press "Enter" to skip to content

Поиск материала «Tarbiya, 2 sinf, Ismatova N, 2020» для чтения, скачивания и покупки

Tarbiya — ish, hunar, odob-axloq o‘rga­tishga va umuman kishining g‘oyaviy va ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim sistemasi. Shunday ta’lim sistemasi natijasida singdirilgan xislat, fazilat, odob-axloq (“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”).

“Tarbiya” fani orqali tarbiyalamoqqa kimlar ko‘proq haqli?

O‘qituvchilar orasida doimgidek bahstalab mavzular ko‘p bo‘lsa-da, bular orasida yechimini kechiktirib bo‘lmas (balki kechikkandirman!) bir mavzu borasida to‘xtalmoqni joiz deb bildim. O‘quv yili boshlanishi arafasida eng ko‘p murojaat qilingan savollardan biri, umumta’lim maktablarida yangi joriy etilayotgan “Tarbiya” fanini kimlar o‘tsa bo‘lishi haqida bo‘ldi.

Aslini olib qaraganda, davlatimiz rahbari­ning ta’lim borasida qilgan eng katta islohotlaridan biri umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fani joriy etilishi bo‘ldi desak adashmaymiz. Real hayotdagi muammolar va virtual olamning ta’siri doirasida inson shaxsi psixikasi katta sinovlar oldida turgan bir paytda hattoki ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda ham yoshlar orasida jiddiy muammolar uchrayapti. Virtual hayotdagi “olomonlashuv” holatlari real hayotga ham ko‘chmoqda. Achinarlisi, ba’zan bu “xislat”lar yosh tanlamayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan turfa toifadagi turli ma’lumotlarni tahlil qilarkanman, bevosita vaqt oralig‘ida boy berilishi oqibatida o‘z natijasini ko‘rsatayotgan “Tarbiya” fanini ko‘rgandek bo‘laman. Keling, siz bilan so‘z o‘yinimas, ma’lumotlar o‘yinida o‘ynash orqali fikrlashamiz. Ma’lumotlar, dalillar, qarashlarni asoslab keltiraman, siz xulosa chiqaravering. Demak, “Tarbiya” nima ekanligini aniqlashdan boshlaymiz.

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaly pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora-tadbirlar yig‘indisi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi(Qozoqboy Yo‘ldoshev).

Tarbiya — ish, hunar, odob-axloq o‘rga­tishga va umuman kishining g‘oyaviy va ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim sistemasi. Shunday ta’lim sistemasi natijasida singdirilgan xislat, fazilat, odob-axloq (“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”).

Shu o‘rinda Abdulla Avloniyning tarbiya borasidagi qiymati o‘lchanmas fikrini isbot o‘rnida keltirmoqchiman: “Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”. Ma’lumki, ta’lim va tarbiyaning o‘rtasida ochiq-oydin farq bor. “Ta’lim”—arabcha so‘z, o‘zagi ilm, tarbiyaning bir qismidir. Tarbiya esa ta’limni o‘z ichiga oladi, aksincha emas. Demak, tarbiya o‘z-o‘zidan ta’limga nisbatan keng qamrovlidir. Jamiyatda har taraflama komil inson shaxsiyatini barpo qilish zaruriyat, va albatta, bu tarbiya ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarni o‘z ichiga oladi. Tarbiyaning makoni qalb bo‘lib, inson qalbiga ta’sir etuvchi manbalardan foydalangan holda tarbiyaviy ishlar yo‘lga qo‘yilmog‘i lozim. Ha aytgancha, adabiyot (odob) o‘qitishning bosh maqsadi ham komil shaxsni shakllantirish! Adabiyot darsla­rida ha­dislar, adiblar, ularning ijod namunalari, asar qahramonlari va ular tahlil(ar.“halol­lash”)i jarayonida o‘quvchi ruhiy va aqliy kamoloti bilan shug‘ullaniladi. Asar qahramonlari ruhiyatiga kirish jarayonida o‘quvchilar albatta o‘zlariga xos tuyg‘ularni his qilishadi. Birgina A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarida Kumushning o‘lim to‘shagida yotgan holatda bo‘lsa-da, Yusufbek hojiga hurmat ko‘rsatib o‘rnidan turishga intilishining o‘zidayoq tarbiyaviy jihatlar o‘rgatilayotganini kim rad etoladi?! Adabiyot darslarida o‘g‘rilik va to‘g‘rilik, qo‘rqoqlik va uning badali, hissiyotlar ifodasi, vatanparvarlik, oilaga sadoqat, xiyonat, oqibat kabi insonga xos hislar o‘rgatiladi va bu orqali o‘quvchi tarbiyalanadi. Albatta, natija o‘qituv­chi mahoratiga ham bog‘liq. Ishonavering, adabiyot darslari o‘quvchilarni katta hayotga adiblar va ular­ning asarlari orqali tarbiya­lab, tayyorlaydi. Ta’lim — komil tarbiyaning bir juz’idir. U esa aqlni rivojlantiradi va sayqallashtiradi. Natijada u o‘z hayotida kerak bo‘ladigan ilm-u ma’rifatni, ashyolar to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni, kasbiy mahoratni yoki kasb va hunarlarga tegishli bo‘lgan fanlarni o‘rganadi. Lekin tarbiyaga o‘xshab keng qamrovli bo‘la olmaydi. Chunki ta’lim insonning ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarini birdek qam­rab ololmaydi. Shuning uchun ham ta’lim va tarbiya doimo birga bo‘lishi talab etiladi. Bu haqiqatni esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflari orqali ham bilib olishimiz mumkin. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Olloh taolo Men orqali yuborgan hidoyat va ilmning misoli yerga yoqqan yomg‘ir kabidir. Yerning ba’zi joyi yaxshi ekan, suvni qabul qilib, ko‘plab nabotot va o‘simliklarni o‘stiribdi. Uning ba’zi joylari qattiq ekan, suvni tutib qolibdi. Bas, u bilan Olloh odamlarga manfaat beribdi. Ular undan ichibdilar, sug‘oribdilar va ekin ekibdilar. Yerning ba’zi joylari silliq ekan. Suv tutmas va ekin ham o‘stirmas ekan. Ana o‘sha xuddi Ollohning dinida faqih bo‘lgan kishiga o‘xshaydi. Olloh men ila yuborgan narsa unga manfaat beribdi. O‘zgalarga o‘rgatibdi. Boshqasi o‘sha narsaga e’tibor bermagan kishiga o‘xshaydi. Yana biri esa, men ila yuborilgan Ollohning hidoyatini qabul qilmagan odamga o‘xshaydi, “dedilar”.

Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishi, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‘lib o‘sishiga ishonadi. Yosh bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya inson o‘zida yaxshi odat va fazilatlar hosil qilishiga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir-birlariga bo‘lgan ruhiy, ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb, voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligini uqtiradi.

Mushohada qilishingiz uchun jiddiy savol bermoqchiman! Ajdodlarimiz qanday qilib dunyo tan olgan buyuk muhaddislar At-Termiziy va Al-Buxoriy, fan va tarix olamida o‘z o‘rniga ega Forobiy, Xoraz­miy, Beruniy, Navoiy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Az-Zamaxshariy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur, Komil Xorazmiy, Munis Xorazmiy, Jaloliddin Manguberdi, Nodira, Ogahiy, Avloniy, Qodiriy, Cho‘lpon, Behbudiy kabi buyuklarni olamga tuhfa eta oldilar? Bu ro‘yxatni davom ettirsamda tugata olmasligim aniq. Balki biz ortga qarab milliy pedagogikamiz tarixini ham o‘rganishimiz kerakdir. Keling, savolimga javobni qisman berishga harakat qilaman, lekin asosiy xulosaga o‘zingiz kelishingiz kerak. Barchamiz farzandlarimiz og‘ir-bosiq, mulohazali, ilmli, o‘zgalarni hurmat qiladigan haqiqiy inson bo‘lishini istashimiz tabiiy holat. Ajdodlarimiz bolaga ta’lim(ilm)ni o‘rgatishdan oldin tarbiya (asosi “rob”, Alloh)ni bilishi bilan jiddiy shug‘ullanganlar. Bola ilm olish­ga kirishishdan oldin MUALLIMning din va dunyodagi darajasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgan, ta’lim olishga kirishguncha tarbiyalangan.

Yana unutmaslik kerakki, asosiy tarbiyani bola ko‘zi orqali ongiga qabul qiladi. Tarbiya berishda asosiy mas’uliyat ota-onada deb bilamiz. To‘g‘ri! Ammo ota-onaning o‘zida bu borada muammo yetarlicha bo‘lsa-chi?

Endi boshqacha hisob-kitob qilamiz. Ma’lumki, bir bola SHAXS bo‘lib jamiyatga naf keltiradigan darajaga yetgunicha nafaqat ota-ona, balki davlat ham unga mablag‘ sarflaydi. Ta’lim sohasi esa biznes va boshqa sohalardan farqli ravishda o‘z “hosili”ni vaqt hukmi bilan kafolatlangan tarzda beradi. Xalqimiz orasidagi “ta’limga sarflangan mablag‘ — eng oqilona mablag‘” degan fikr bekor gap emas.

Hozirgi davrda inson qalbi va ongi uchun kurashning turli yo‘llari mavjud. “Maxsus mutaxassis”lar tomonidan ishlab chiqilib, tor doirada amaliyotga joriy etilish orqali o‘zlari­ning g‘arazli maqsadlarini tarqatayotganlarning maqsadi aniq. Boshqacha aytganda, mafkura poligonlari urush poligonlaridanda xavfliroq. Ammo biz yoshlarimizda yot g‘o­yalarga qarshi g‘oyaviy immunitet shakllantira olayapmizmi?! O‘rni kelsa o‘zimiz yot va vayronkor g‘oyalarga qarshi tura olayapmizmi?! Demak, ta’lim va tarbiya beruvchilar, rahbarlar va shu sohaga aloqasi bo‘lgan va bo‘lmaganlar bu borada sergak bo‘lmoqliklari kerakdek nazarimda. Sezgan bo‘lsangiz, fikrlarimni ma’lumotlar orasida keltirib borayapman-u, lekin endi maqsadga ko‘chaman. Yaqinda quyidagi ma’lumotlarga ko‘zim tushdi. Unda “Tarbiya” fanini umumta’lim maktablari­ning “Boshlang‘ich ta’lim”, “Milliy g‘oya va huquq”, “Tarix”, “Dinshunoslik” mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari o‘tishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida belgilab qo‘yilgan (tahlil qilgani­mda bilganlarim ko‘zim bilan o‘qiganimga mos kelmadi!) deyilgandi. Xulosa o‘zingizdan.

Tarix — ijtimoiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan voqelik, hayot. O‘tmishga oid fakt va hodisalar majmuyi, o‘tmish, kechmish. Biror voqea va hodisaning izchil taraqqiyot yo‘li (O‘zbek tilining izohli lug‘ati).

Keltirilgan fan mutaxassislari bu fanni o‘qitmasin degan fikrdan yiroqman. Har bir darsda ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi MAQSADlar qo‘yilishining o‘zidayoq ta’lim berish asnosida tarbiya birgalikda olib bori­lishini ta’kidlamasam-da, buni bilasiz. Har bir ustoz o‘z yo‘nalishidan kelib chiqqan holda faniga oid tarbiyaviy jihatlarga ta’lim jarayonida ahamiyat berib bormog‘i lozim. Endi “Tarbiya” fani orqali tarbiyalamoqqa kimlar ko‘proq haqli degan savolga kechikkan javobim:

1. Ma’lum bir diniy muassasani tugatgan, dunyoqarashi keng, yoshi ulug‘, ko‘pni ko‘rgan, hurmatli va e’tiborli mutaxassis (Albatta, tavsiya asosida).

2. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi. Albatta, jamoada o‘z o‘rniga ega, so‘zi o‘tkir, dunyoqarashi keng, o‘rnak bo‘lgulik ish tajri­basi bor o‘qituvchi bo‘lmog‘i kerak. Ichmaydi, chekmaydi degan sifatlarni kiritmasamda, bilasiz (Jamoadagi tanlov asosida, ibratli hayotiy tajribaga ega bo‘lsa yanada yaxshi).

3. Mahalla atrofida, yoxud ta’lim muassasasi atrofida yashovchi, el-yurt hurmatiga sazovor, o‘qimishli, bilimli, barcha sohada yoshlar uchun o‘rnak bo‘lishga arzigulik, so‘zi o‘tkir, pedagogik qobiliyatga ega inson. Zero, “Ta’lim va tarbiya—komillik garovi” ilmiy-ma’rifiy asarida ta’kidlanganidek (D. Qodirov, 2020-y), tarbiyadagi uch ildiz: oila, maktab, jamoatchilikdagi biror tomonning faoliyati bo‘shashdimi yoki noto‘g‘ri yo‘lga tushdimi, favqulodda voqealar sodir bo‘laveradi (Qolaversa, OILA-MAKTAB-MAHALLA hamkorligi kuchayarmidi. ).

4. Jamoada barcha yoshdagi insonlar bilan muloqot qilish orqali ta’sir o‘tkaza oladigan, ibratli hayot yo‘liga ega, katta hayotiy tajri­basi bor, ta’lim-tarbiya sir-asrorlarini biladigan, yoshlar ongi va qalbiga ta’sir o‘tkaza oladigan jamoa e’tirofidagi o‘qituvchilar. Ba’zan nafaqa yoshidagi yoki nafaqaga chiqqan ustozlarimiz tajribasidan muntazam ravishda nafaqat “Tarbiya” fanida, balki sinfda va sinfdan tashqari ishlar va tadbirlarda foydalansak yanada o‘rinli bo‘lardi.

Agar imkon bo‘lsa, bu fandan ta’lim be­rish orqali kelajakni tarbiyalamoqchi bo‘lgan mutaxassislarga quyidagi kitoblarni o‘qib chiqmoqlikni va doimo ish stollarida, kitob javonlarida shu asarlar bo‘lmoqligini va undan doimo dars jarayonida qo‘shimcha manba sifatida unumli foydalanishlarini so‘ragan bo‘lardim:

1. Hakim at-Termiziy va Al-Buxoriy ha­dislari.

2. Rabg‘uziy, “Qissasi Rabg‘uziy”.

3. Kaykovus, “Qobusnoma”.

4. Sharq rivoyatlari va hikoyatlari.

5. Rivoyatlar va asotirlar.

6. O.Mahmudov. “Farzandnoma”.

Shuni unutmangki, “Tarbiya” fanining mas’uliyati katta va yuki og‘ir. Agar maktabda bu fan o‘z egasini topib bolalarga yetkazilsa, o‘qitilsa, ishonavering maktab rahbariyati, o‘qituvchilar, ota-onalar uchun katta yengillik bo‘ladi farzand tarbiyasida. Qaysi fan o‘qituv­chisi “Tarbiya” fanidan ta’lim berishidan qat’i nazar, bu fanning zalvorini his qilsa yaxshi bo‘lardi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlardimki, yaxshi-yomon, halol-ha­rom, egri-to‘g‘ri, hurmat-izzat, muhabbat va oqibatni bilib, his qilib o‘sgan o‘quvchilar jamiyat rivoji uchun albatta o‘z hissasini qo‘shishiga ishonamiz. Tengsiz bilim, mahorat va xotiraga ega bo‘lsa-da, ammo insoniy tuyg‘ulardan xoli bo‘lgan har qanday xodim, rahbar, va umuman olganda, jamiyatdagi har qanday shaxs, ishonavering, eng kerakli vaqtda va joyda sizga pand berishdan qaytmaydi va qo‘rqmaydi. Tarbiya juda ko‘p sohada hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, tarbiyaga e’tiborsiz mamlakat qachon bo‘lsada tanazzulga va inqirozga yuz tutadi. Bolani milliylik, qadriyatlar, xalq pedagogikasiga suyanib, chin insoniy tuyg‘ular asosida tarbiyalash va jismoniy tarbiyaga e’tibor berish borasidagi taklif va mulohazalar haqligini doimo hayotning o‘zi isbotlagan. Va unutmaylik, tarbiyada vaqt­dan yutqazib bo‘lmaydi, boy berilgan vaqt og‘rig‘ini avlodlar his qilishidan og‘riqliroq alam bo‘lmasa kerak.

Surayyo QODIROVA, Surxondaryo VXTXQTMOHM katta o‘qituvchisi

Поиск материала «Tarbiya, 2 sinf, Ismatova N., 2020» для чтения, скачивания и покупки

Найденные материалы, документы, бумажные и электронные книги и файлы:

Ниже показаны результаты поиска поисковой системы Яндекс. В результатах могут быть показаны как эта книга, так и похожие на нее по названию или автору.

Search results:

Ismatova Nargiza, Zokirova Sevara, Mo‘minova Laylo, Rahimjonov Durbek, Ro‘ziyeva Dilnoz, Islomov Zohidjon, Sattorov Shuhrat, Zamonov Zokir, Mahmudov Obiddin, Madaliyeva Sevara, Shermuhamedova Saodat, Akkulova. Saodat, Xolmuhamedova Nilufar. 281-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. N . Ismatova va b. Tarbiya : 2 – sinf uchun darslik. 1-nashr. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot ziyouz.com

Ismatova Nargiza, Zokirova Sevara, Mo‘minova Laylo, Rahimjonov Durbek, Ro‘ziyeva Dilnoz, Islomov Zohidjon, Sattorov Shuhrat, Zamonov Zokir, Mahmudov Obiddin, Madaliyeva Sevara, Shermuhamedova Saodat, Akkulova. Saodat, Xolmuhamedova Nilufar. 281-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. N . Ismatova va b. Tarbiya : 2 – sinf uchun darslik. 1-nashr. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot n.ziyouz.com

Канцтовары: бумага, ручки, карандаши, тетради. Ранцы, рюкзаки, сумки. И многое другое. my-shop.ru Купить

Saqlash. Haqida. Jismoniy tarbiya . 2 – sinf (2018, K.Mahkamjonov, F.Xo’jayev). Saqlash. Haqida. Matematika. 2 – sinf (2016, N .Abdurahmonova, L.O’rinboyeva). Saqlash. Haqida. Matematika. Предпросмотр. Powered by Phoca Download . Saytimiz rivojiga hissa. Uzcard: 8600 5504 8563 9786. n.ziyouz.com

Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 2 sinf uchun Tarbiya kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. Скачать . 2 – sinf uchun Tarbiyadan darslikni yuklab oling. www.Test-uz.ru

1. “ Тарбия ” дарслиги “Одобнома”, “Ватан туйғуси”, “Миллий истиқлол ғояси ва маънавият асослари” ҳамда “Дунё динлари тарихи” фанларини бирлаштирди. 2 . 1–9-синфларда – 2020/2021-ўқув йилидан, 10–11-синфларда эса 2021/2022-ўқув йилидан амалиётга жорий этилди. 3. Дарсликларини тайёрлашда Япониянинг “Aхлоқ таълими”, Сингапурнинг “Феъл-атвор ва фуқаролик таълими”, Буюк Британиянинг “Тафаккур”, “Хулқ таълими” фанлари ва дарсликлари яқиндан ўрганилди. idum.uz

1- 2 -3-4-5-6-7-8-9- sinflar uchun Tarbiya fanidan darsliklar to’plami. Kitoblarni yuklab olish uchun yuklab olish yozuvi ustiga bosing va kitob sizning qurilmangizga yuklanadi. 1 sinf tarbiya fani – yuklab olish. 9 sinf tarbiya fani – yuklab olish. Agar sizga boshqa sinf darsliklari kerak bo’lsa ushbu sahifaga o’ting : o’tish >>. bilimlar.uz

Respublika ta’lim markazi tomonidan 2021-2022-o’quv yili uchun Milliy o’quv dasturi asosida tayyorlangan 2sinf darsliklarining elektron variantini yuklab oling. Fan: 2sinf Ona tili va o’qish savodxonligi,1-qism Fan: 2sinf Texnologiya Fan: 2sinf Matematika Fan: 2sinf Rus tili Fan: 2sinf Tasviriy san’at Fan: 2sinf Musiqa. Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablari uchun. bilimlar.uz

2 – sinf jismoniy tarbiya fanidan kompetensiyali yillik dars ishlanma 2018-2019 o’quv yili uchun. Просмотров: 1667. 2 – Sinf Jismoniy tarbiya fanidan yillik konspekt. Просмотров: 4399. aim.uz

Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 2 sinf uchun Jismoniy tarbiya kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. Скачать . 2 – sinf uchun Jismoniy tarbiyadan darslikni yuklab oling. www.Test-uz.ru

2 – sinf barcha fanlardan yangi va qayta nashr etilgan darsliklar. Просмотров: 8187. 2 – sinf Jismoniy tarbiya ish reja tayyor. aim.uz

Jismoniy tarbiya 2014-yil darslik.djvu ( 2 MB). Tarbiya 2020-yil darslik.pdf (20 MB). Tasviriy san’at 2010-yil darslik.djvu (5 MB). bellashuv.uz

Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 2 sinf uchun Tabiiy fanlar kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. Скачать . 2 – sinf uchun Tabiiy fanlardan darslikni yuklab oling. www.Test-uz.ru

Barcha fanlardan 2 – sinf darsliklari. 2 – sinf darsliklarining elektron variantlari. Выберите рубрику Abituriyent qabul 2023 Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O’qituvchilarga O’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot. bilimlar.uz

Jismoniy tarbiya 2 – sinf dars ishlanma. Подробности. Автор: root root. Родительская категория: 2 -Класс. Категория: Jismoniy tarbiya 2 – sinflar . Опубликовано: 06 Февраль 2018. Просмотров: 3157. Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь или войдите на сайт. Please register or login to download this file. aim.uz

Mundarija. O‘zingizga mos sinfni tanlang: 1- sinf darsliklari. 2 – sinf darsliklari. Darslik nomi. Tarbiya . oliygoh.uz

Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 2 sinf uchun Tasviriy sanat kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. Скачать . www.Test-uz.ru

Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади. Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 2 – синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин. idum.uz

Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 2 sinf uchun Rus tili kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. Скачать . www.Test-uz.ru

Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 2 sinf uchun Oqish kitobi kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. Скачать . www.Test-uz.ru

Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 2 sinf uchun Texnologiya kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. Скачать . 2 – sinf uchun Texnologiyadan darslikni yuklab oling. www.Test-uz.ru

Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 2 sinf uchun Matematika kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. Скачать . 2 – sinf uchun Matematikadan darslikni yuklab oling. www.Test-uz.ru

Kitoblar bepul. 2 – sinf darsliklar Barcha fanlardan sinflar bo’yicha darsliklarning elektron shakllari. E’tiboringizga 9- sinf darsliklar ni taqdim etamiz. Ushbu kitoblarni yuklab oling va ulardan foydalaning. 9- sinf darsliklar O’zbek tilida На русском Adabiyot 1-qism Adabiyot 2 -qism Adabiyot 1-qism Adabiyot 2 -qism Algebra Algebra (AFIDUM) Algebra Geometriya Geometriya Sitologiya va genetika asoslari Sitologiya va. abiturtest.uz

2021-2022 o’quv yili uchun barcha fanlardan yangi 2021 maktab darsliklari yuklab oling. 1- sinflar Darslik nomi Yukab olish Mb Matematika Yuklab olish. bilimlar.uz

Maktab o’quvchilari uchun 2 – sinf kitobi va elektron darslik yuklab olish pdf. Вопросы олимпиады по биологии. Чтобы загрузить вопросы об Олимпийских играх, щелкните один раз нужный файл или нажмите кнопку « скачать ». 9-biologiya-test скачать 9- sinf -biologiya-yozma скачать 9- sinf -biologiya-yozma скачать 9-10-11- sinf -olimpiada biologiya скачать 9-biologiya-yozma. mbaza.uz

Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 2 sinf uchun Musiqa kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. Скачать . 2 – sinf uchun Musiqadan darslikni yuklab oling. www.Test-uz.ru

Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 2 sinf uchun Ona tili kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. Скачать . www.Test-uz.ru

Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 2 sinf uchun Ingliz tili kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. Скачать . www.Test-uz.ru

Barcha fanlardan 11- sinf darsliklari. 11- sinf darsliklarining elektron variantlari. Выберите рубрику Abituriyent qabul 2023 Abituriyentlar uchun Abituriyentlarga Aforizmlar Attestatsiya Biologiya Biznes rejalar Bola tarbiyasi Bolalar uchun Bu qiziq Dars ishlanmalar Darsliklar Darsliklar 2021 Ertaklar to’plami Fizika Foydali Foydali ma’lumotlar Go’zallik sirlari Imtihon 2022 Ingliz tili darslari Ish reja 2021 Ismlar manosi Jismoniy tarbiya Kimyo Kitoblar Mantiqiy savollar Maqollar Matematika O’qituvchilarga O’quvchilarga Olimpiada savollari Ona tili va adabiyot. bilimlar.uz

11- sinf (2018, N . Ismatova , O.Karimova). Powered by Phoca Download . Saytimiz rivojiga hissa. n.ziyouz.com

Tarbiya . 1- sinf (2020, N . Ismatova , D.Ro’ziyeva). Saqlash. Haqida. Powered by Phoca Download . Saytimiz rivojiga hissa. Uzcard: 8600 5504 8563 9786. n.ziyouz.com

Chindan ham har bir o’quvchining darsliklar bilan to’liq ta’minlanishi ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu sahifada maktab o’quvchilariga mo’ljallangan barcha sinf darsliklarning elektron nusxasini ko’chirib olishingiz mumkin. Действительно, полное обеспечение учебниками каждого учащегося имеет важное значение для повышения качества образования. На этой странице вы можете скачать электронные копии всех учебников для школьников. Файлы взяты с информационно-образовательного портала Республики Узбекистан и регулярно обновляются. baxtiyor.uz

1- sinf Ona tili va o’qish savodxonligi metodika 1- sinf 2021-yil.pdf (34 MB). 1- sinf Jismoniy tarbiya 2015-yil.djvu (752 KB). bellashuv.uz

На данной странице Вы можете найти лучшие результаты поиска для чтения, скачивания и покупки на интернет сайтах материалов, документов, бумажных и электронных книг и файлов похожих на материал «Tarbiya, 2 sinf, Ismatova N., 2020»

Для формирования результатов поиска документов использован сервис Яндекс.XML.

Нашлось 14 млн ответов. Показаны первые 32 результата(ов).