Tarbiya» darsini qaysi fan o‘qituvchilari o‘tishi ma lum qilindi
Yil davomida mazmun haqida yetarlicha gapirdik. Keling, endi raqamlar gapirsin! Respublika taʼlim markazi yana bir yilni yakuniga yetkazar ekan jamoatchilik oldida sarhisob qilishga arzigulik raqamlar bilan oʼz sahifasini yopa oladi.
Вы используете браузер, который Facebook не поддерживает. Чтобы все работало, мы перенаправили вас в упрощенную версию.
Смотреть видео
rtm_uz
“Tarbiya” darsligi uchun metodik qo’llanma
“Tarbiya” fanidan dars berayotgan o’qituvchilar diqqatiga!
“Tarbiya” darsligi uchun O’qituvchi kitobi yaratildi.
Xabaringiz bor, 2020-2021-oʻquv yilidan boshlab umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fani joriy etildi. Mazkur yangi fan o’quvchilarning mustaqil faoliyatini qo’llab-quvvatlash orqali ularda ko’nikma shakllantirishi bilan o’ziga xos. Bu esa dars berish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni talab etadi.
Shu bois, Respublika ta’lim markazi tashabbusi bilan maktab oʻqituvchilari uchun “Tarbiya” fani misolida ijtimoiy fanlarni o’qitishning zamonaviy yondashuvlari o’rin olgan “Tarbiya” fanini oʻqitish texnologiyasi” nomli metodik qoʻllanma yaratildi.
· 5 комментариев · 5 репостов
rtm_uz
# Metodik_yordam
❓ Sinfxonada doʻstona muhitni shakllantirish yoki oʻquvchilarning darsga boʻlgan diqqatini tortishda muammolarga duch kelyapsizmi?
Ushbu videorolik orqali sinfni boshqarishning samarali strategiyasi haqida oʻrganib, dars davomida yuzaga kelgan muammolarga yechim topishingiz mumkin.
Video soʻngida Respublika taʼlim markazining kimyo fani metodisti Sevara Gʻiyosiddinova oʻz ish tajribasida qoʻllagan “baxtli qoʻngʻiroq” usuli haqida gap boradi.
Yana qanday mavzularda metodik yordam olishni istaysiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!
Смотреть видео
rtm_uz
# Navoiyni_eslab
Ilmni kim vositayi joh etar, … Ещё
Oʻziniyu xalqni gumroh etar.
Ushbu videorolik buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludiga 582-yilligiga bag’ishlanadi. Respublika ta’lim markazi xodimlari Sizga ulug’ mutafakkir ijodini 7 tilda tinglash zavqini baxsh etadilar.
Смотреть видео
rtm_uz
Video
Ommalashtirish.uz elektron platformasidan foydalanish bo’yicha video yo’riqnoma
(1-qism)
Ommalashtirish.uz platformasidan foydalanish yuzasidan savollaringizga javob olish uchun quyidagi guruhga a’zo bo’ling
https://t.me/ommalashtirish_maslahat
Смотреть видео
3 комментариев 1 репостов
rtm_uz
STEAM
Koreyalik STEM mutaxassislari bilan o’qituvchilar uchun navbatdagi mahorat darsi o’tkazildi
9-yanvar kuni Toshkent shahridagi Ichki ishlar vazirligiga qarashli ixtisoslashtirilgan maktabda koreyalik STEM mutaxassislari bilan o’qituvchilar uchun Koreya tajribasi asosidagi mahorat darslari o’tkazildi.
Koreyalik mutaxassislar bilan mahorat darslarini respublikaning barcha viloyatlarida o’tkazish rejalashtirilmoqda.
Смотреть видео
rtm_uz
1 репостов
rtm_uz
#Sarhisob
Raqamlar gapirganda yoxud yil sarhisobi
Yil davomida mazmun haqida yetarlicha gapirdik. Keling, endi raqamlar gapirsin! Respublika taʼlim markazi yana bir yilni yakuniga yetkazar ekan jamoatchilik oldida sarhisob qilishga arzigulik raqamlar bilan oʼz sahifasini yopa oladi.
246 nomdagi darslik! Bu raqamlarni aytishga oson. Аmmo bu sonlarning har birida necha km lab uzilgan asab tolalari, teri qotgan manglaylar va yuzlab kitoblarning varaqlangan sahifalariga termilgan ko’z nuri bor. 246 nomdagi darslik bilan birga, oʼqituvchilar uchun 146 nomda metodik qo’llanma va 26 nomda mashq daftari ham yaratildi. Joriy yilda mazkur o’quv majmualari qariyb 70 million nusxada chop etildi!
«Tarbiya» darsini qaysi fan o‘qituvchilari o‘tishi ma’lum qilindi
Respublika ta’lim markazi axborotiga ko‘ra, yangi fanni:
- 1–4-sinflarda boshlang‘ich sinf rahbarlari;
- 5–11-sinflarda avval «Vatan tuyg‘usi», «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fanlaridan dars bergan o‘qituvchilar;
- «Tarix», «Ona tili va adabiyot» o‘qituvchilari o‘qitadi.
Kun.uz markaz matbuot xizmatidan olgan ma’lumotga ko‘ra, hozirda «Tarbiya» fanining 1–9-sinfgacha darsliklari nashr etib bo‘lingan, ammo tarqatish bilan bog‘liq ba’zi muammolar sababli ayrim maktablarga yetib bormagan bo‘lishi mumkin.
Darslikning qardosh tillardagi va rus tilidagi talqini ham chop etilgan.
10–11-sinflar uchun bu dars 2021-2022-o‘quv yilidan boshlanishi ko‘zda tutilmoqda.
Respublika ta’lim markazi tavsiyasiga ko‘ra, dars soatlarini «Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlash lozim.
Eslatib o‘tamiz, «Tarbiya» fani maktablarda «Odobnoma», «Vatan tuyg‘usi», «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» hamda «Dunyo dinlari tarixi» fanlarini birlashtirgan holda joriy etilgan.