Maktablarda yangi fan joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
Tarbiya fani darsliklari skachat
xalq ta’limi vaziri, guruh rahbari
xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari, guruh rahbari o‘rinbosari
Lavozimiga ko‘ra
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, guruh rahbari o‘rinbosari
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari
Xalq ta’limi vazirligi Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i
Respublika ta’lim markazi direktori
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi direktori
Xalqaro islom akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri
Xalqaro islom akademiyasi ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sho‘basi boshlig‘i
Toshkent shahridagi Prezident maktabi tarix, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlari o‘qituvchisi
Toshkent shahridagi Prezident maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi
Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 48-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi
Respublika ta’lim markazi metodisti, guruh kotibi
Maktablarda yangi fan joriy etiladi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” va “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1-9-sinflarda 2020-2021 o‘quv yilidan, 10-11-sinflarida 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
“Tarbiya” fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini va o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
2020-2021 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining
1-9-sinflari uchun, 2021-2022 o‘quv yili uchun 10-11-sinflariga mo‘ljallangan “Tarbiya” fani darsliklari, multimedia ilovalari va o‘quv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantiradi;
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab “Tarbiya” fani joriy etilishi munosabati bilan foydalanish muddati tugamagan darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlarning qoplanishini inobatga olgan holda, darslik to‘plamlarining ijara to‘lovi miqdorlarini qayta ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
2020 yilning aprel-may oylarida “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning tajriba variantlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tkazadi;
darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni chop etish bo‘yicha deklaratsiya qilingan narxlar asosida matbaa korxonalari bilan shartnomalar tuzadi;
chop etilgan “Tarbiya” fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarini yangi o‘quv yili boshlangunga qadar joylarga yetkazilishini ta’minlaydi;
umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fanidan dars beruvchi “Boshlang‘ich ta’lim”, “Milliy g‘oya va huquq”, “Tarix” mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarni xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazlarida maqsadli malaka oshirish kurslariga jalb etadi.