Press "Enter" to skip to content

Ruhiy tarbiya Xulqlanish 3-juz

Hadislarda ta’lim – tarbiya, odob – axloq haqidagi fikrlar juda ko`plab uchraydi. Arablar bosib olganidan keyin Movarounnahrda ham arablardagi kabi machitlar barpo etildi, machitlar huzurida esa maktablar ochildi. Bu maktablarda o`g`il bolalarga Qur’oni karimni o`qishni o`rgatishga farmon berildi. Machit imomi bolalarni o`qitardi. maktablarda arab tili muhim fan sifatida o`qitilgan. Ma’lumotlarga ko`ra O`zbekiston hududida ham VIII-IX asrlardan boshlab maktab va madrasalar paydo bo`la borgan. Bu yerda beriladigan ta’limning manbai Qur’on asoslari, hadislar va ulamolarning kitoblari hisoblangan. Ta’lim va tarbiyada haqiqiy insoniy hislatlar targ`ib qilingan. Farzandlarning halol, pok, mehnatsevar, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalashga e’tibor berilgan, shu bilan birga dunyoviy bilimlar, hisob, adabiyot, tarix, geografiy ilmlari ham o`rgatilgan.

Tarbiya kitob 6

1. Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim – tarbiyaning taraqqiy etishi.

a. Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik g`oyalari.

b. Mahmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, az-Zmaxshariy asarlarida ta’limiy – axloqiy g`oyalar.

2. Tasavvuf ta’limotida ta’lim – tarbiya masalalari.

Islom dinining yoyilishi va uning ta’lim – tarbiyaga ta’siri. Hadis ilmining paydo bo`lishi, uning yo`nalishlari, muxaddislar.

VII asrdan keyingi pedagogik qarashlar va madaniyat haqida gapriganda shu narsaga amin bo`lamizki bu masalalar O`rta Osiyo tarixida islom dini g`oyalari bilan chambarchas bog`liqdir. Chunki shu davrdan boshlab bizning yurtimizga ham islom dini g`oyalari kirib kela boshlagan edi.

XII asrboshlarida islom g`oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o`z movqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni ham zabt etishni boshladi. Butun Arabiston yarim oroli, shuningdek, Eron, Kavkaz orti, Suriya,Shimoliy Afrika, Ispaniya xalifalik tarkibiga kiritildi.

651 – 715 yillar davomida arablar Movarounnahrni egalladilar. Ular bosib olingan xalqlarni islom diniga kirita boshladilar. Arab tili ham yangi madaniyat tili bo`lib maydonga chiqdi. Arablar yunon fanini yutuqlaridan foydalandilar, faylasuflar asarlarini tarjima qildilar. Astronomiya, tibbiyot, kimyoga oid yirik asarlar arabchaga ugirildi.

Arablar fanni tasnif etishni yunonlardan olib, fanlarni 2 nazariy va amaliy qismlarga ajratdilar. Birinchi qism – uch bulim tabiat, ilohiyot, matematika to`g`risidagi fanlar edi. Ikkinchi qism esa etika, iqtisod va siyosatga bo`lingan. Hind fani arab madaniyatiga asosan arifmetika, algebra, tibbiyotga ta’sir etgan. Yevropaliklar ham sonlarni hind nazariyasi bilan arablar orqali tanishganlar.

Arablar ulkan davlat barpo etib, geografiya rivojiga ham katta ta’sir ko`rsatdi. IX asrlarda arab mulklari xaritalari tuzilgan edi.

Arablar bosib olingan joylarida islom dini bilan birga bu dinning muqaddas kitobi Qur’onning tili – arab tilini ham joriy etishdi.

Islom dinining asoschisi va targ`ibotchisi Muhammad ibn Abdullox 570 yilda Makkada Kuraysh qabilasiga mansub Xoshimiylar xonadonida tug`iladi.

Payg`ambarimizga nozil bo`lgan Qur’on oyatlari ham ular vafotidan keyin xalifalar tomonidan 23 yil davomida yod olinib va yozilib boriladi.

“Qur’on” musulmonlarning muqadads kitobi bo`lib, arab tilida “Qiroat” ma’nosini anglatadi. “Qur’on 114 sura, 6236 oyatdan iborat. U kishilarni tenglik, birodarlik, tinch – totuv yashash, ezgulikka undaydi. Katta axloqiy qimmatga ega bo`lib, insonni ma’naviy kamolga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz I.A.Karimov “Olloh qalbimizda va yuragimizda” risolasini yozdi, u ko`p tillarga tarjima qilindi. Islom dini g`oyalarini ta’lim – tarbiya jarayoniga tadbiq etishga imkoniyat yaratildi.

Qur’onda inson kamolotining muhim belgisi sifatida ilmlilik ta’riflanadi. Islom musulmonlarni ilm olishga undaydi. Ko`plab oyatlarda ilm va ilmlilik ulug`lanadi. Aql insonga berilgan buyuk ne’mat deb ta’riflanadi.

Qur’onda axloq va axloqlilik haqila muhim fikrlar uchraydi. Yaxshi xulqlar insoniy fazilatlar deb ko`rsatiladi. Islom dinining maqsadi yomonlikning oldini olish va kishilarni to`g`ri yo`lga boshlashdan iborat.

Qur’onda saxovat, mehmondo`stlik, jasorat, sabr, qanoat, to`g`rilik, sodiqlikka katta e’tibor berilgan. Islom nafaqat ota – onaga, balki qarindoshlar, yetimlar, kambag`allar, qo`shnilar umuman butun insoniyatga yaxshilikni ulug`laydi. Sadoqat, olijanoblik, shirinsuxanlik odoblari ko`rsatiladi.

Unda axloqiy kamolotga to`sqinlik qiluvchi xususiyatlar qoralandi. Umuman olganda Qur’oni karim insonni akliy, axloqiy, jismoniy shakllantirishda, bir so`z bilan aytganda komil insonni tarbiyalashda muhim manbadir.

Hadis (arabcha – rivoyat, naql, axborot yetkazish ma’nolari) – islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba, Muhammad payg`ambarning faoliyati va ko`rsatmalari haqida rivoyatlar majmui. Muhammad payg`ambar biror gapni aytgan yoki biror ishni qilib ko`rsatgan bo`lsa, yoxud boshqalarning o`zlariga qilayotgan biror ishni ko`rib uni man etmagan bo`lsa, shu uch holatning har biri sunnat hisoblanadi. Shular haqida rivoyatlar hadis deb ataladi.

Hadis ilmi bilan shug`ullanish asosan VIII asrning 2-yarmidan boshlangan. Dastlab hadislar yozilmay yod olingan, lekin uni yod bilganlar kamayib borgach, ularni yozishga zarurat tug`ilgan. Bu ishlarni boshida xalifa Umar turgan.

VIII – IX asrlar hadis ilmi uchun “oltin davr” hisoblanadi. Hadislar o`rganilib, tahlil etilib, ishonchlilari yig`ila boshlanadi. Eng nufuzli 6 ta ishonchli to`plamni yaratgan muxaddislar bizning vatandoshlarimizdir. Bular al-Buxoriy, al-Xajjok, at-Termiziy, sulaymon Sijistoniy, an-Nasoiy, ibn Mojjalardir. Bular yaratgan 6 ta kitob “Sunnan” va “As Saxix” nomli to`plamlar bo`lib, ular ishonchli to`plamlar sifatida tan olingan.

Hadis ta’lif etishda asosan uch yo`nalish paydo bo`lgan:

1. Musnad yo`nalish, turli mavzudagi hadislar alifbo tarzida joylashtirilgan (Abdullox ibn Muso, Imom Ahmad ibn Xanbal).

2. Saxix (ishonchli) – yo`nalish to`g`ri, ishonchli hadislar kiritilgan. Bunga Imom al-Buxoriy asos solgan.

3. Sunnan yo`nalishi to`g`ri hadislar bilan birga “zaif” hadislar ham kiritilgan (Abu Dovud, at-Termiziy, an-Nasoiy, ibn Mojjalar shu yo`nalishda hadis to`plaganlar)

Hadis ilmi rivojida al-Buxoriy va Imom at-Termiziylarning o`rni nihoyatda kattadir.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870) hadis ilmida “Amir ul-mu’minin”, “Imom al-muxaddisiyn” degan sharafli nomga sazovor bo`lgan.

Balx, Basra, Bog`dod, Damask, Misr, Makka va Madina shaharlaridagi hadischilardan ta’lim oladi. 6 yil Xijozda qolib hadis ilmidan ta’lim oladi, mashhur olimlardan fiqx ilmini o`rganadi, o`zi ham talabalarga dars beradi.

Al-Buxoriyning zehni juda o`tkir bo`lgan. Uning yozishicha 100 ming saxix va 200 ming g`ayri saxix hadisni yod bilgan. U 1080 ta muhaddisdan hadis eshitgan, undan esa 90 ming kishi ishonarli hadislarni eshitgan.

Buxoriydan boy ilmiy va ijodiy meros qolgan. Uning “Al-Jome’ as-saxix”, “Al adab al-mufrad”, “At Tarix al-Kabir”, “At Tarix as-sagiyr”, “Al-Kiroat xalfal Imom, “O`rta tarix”, “Katta to`plam”, “Hadya kitobi” nomli asarlar qolgan. Bulardan “Al-Jome’ as-saxix” eng mashhur bo`lib, unga 600 ming hadisdan 7275 ta eng saxih hadislar kiritilgan.

Mashhur muxaddislardan yana biri Abu Iso at – Termiziy (824-892) yoshligidan hadis ilmiga qiziqadi. U 850 yildan sayohatga chiqib, Makka, Madina, Iroq, Xurosonda buladi, ilmi hadis, fikx, qiroat, tarixni o`rganadi. Ko`plab hadislar to`playdi, al-Buxoriyga shogird bo`ladi. Uning mashhur asarlaridan: “Al-Jome’ as-saxix” (Sunnan), “Ash – Shamoil an-Nabaviya” (Payg`ambarlarning alohida fazilatlari), “Vl-ilal fi-l-xadiys” (Hadislardagi illatlar va og`ishlar haqida).

Hadislarda ta’lim – tarbiya, odob – axloq haqidagi fikrlar juda ko`plab uchraydi. Arablar bosib olganidan keyin Movarounnahrda ham arablardagi kabi machitlar barpo etildi, machitlar huzurida esa maktablar ochildi. Bu maktablarda o`g`il bolalarga Qur’oni karimni o`qishni o`rgatishga farmon berildi. Machit imomi bolalarni o`qitardi. maktablarda arab tili muhim fan sifatida o`qitilgan. Ma’lumotlarga ko`ra O`zbekiston hududida ham VIII-IX asrlardan boshlab maktab va madrasalar paydo bo`la borgan. Bu yerda beriladigan ta’limning manbai Qur’on asoslari, hadislar va ulamolarning kitoblari hisoblangan. Ta’lim va tarbiyada haqiqiy insoniy hislatlar targ`ib qilingan. Farzandlarning halol, pok, mehnatsevar, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalashga e’tibor berilgan, shu bilan birga dunyoviy bilimlar, hisob, adabiyot, tarix, geografiy ilmlari ham o`rgatilgan.

Tasavvuf – sufiylik ta’limoti islom dini negizida datlab VII-VIII asrlarda arab davlatlarida paydo bo`ldi. XI asrlarda esa Movarunnahr (O`rta Osiyo), musulmon davlatlari xalqlari hayotida keng yoyildi. Unda falsafiy – axloqiy, ijtimoiy -siyosiy qarashlar va g`oyalar mujassamlashgan.

Tasavvuf ta’limotiga ko`ra, dunyo butun olam xudoning mujassamlanishi. Xudo barcha narsalarda mavjud, narsalar esa xudoda mavjud.Inson ham bir kuni xudo bilan qo`shiladi.

Sufiylik ta’limotining nazariy jihati olloh ishqi uchun fidoyilik bo`lsa, amaliyot esa unga sadoqatlilikdir.

Sufiylik turli ko`rinish va oqimlarda namoyon bo`ladi. O`rta osiyoda tasavvuf ta’limotining paydo bo`lishi yirik mutafakkir, “shayxlar shayxi” Yusuf Xamadoniy (1048-1140) nomi bilan bog`liq. Uning ta’limoticha kishi butun fikrini Olloh visoliga yetishishga bag`ishlashi, bu yo`lda halollik bilan kun kechirishi, mehnat qilishi, har tomonlama kamolga yetishi kerak, shular ahli tasavvuv bo`ladi. O`zi ham Olloh vasliga yetishishga harakat qiladi, o`z kamolotini oshirib boradi, kuplab shogirdlar yetishtiradi.

Sufiylikning birinchi oqimiga Mansur Xalloj, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiylar ham mansub bo`lib, ularning ta’limoticha, xudo har jihatdan komildir, eng oliy go`zallik, shodlik, baxt uning vaslidir, foniy bo`lishdir. Sufiylar poklikni asosiy maqsad qilib qo`yadilar.

SUfiylar komillikka erishishning 4 bosqichi bor deydilar:

1-bosqich – shariat: diniy marosim, takvolarni izchil bajarish.

2-bosqich – tariqat: nafsni tiyish, xilvat, ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirib xudo haqida o`ylash, fano, o`zdan kechish.

3-bosqich – ma’rifat: hamma narsaning, borliqning asosi – xudo ekanini, o`z mohiyati xudo mohiyati bilan birligini bilish, anglash.

4-bosqich – haqiqat: sufiy xudoning dargohiga, vasliga yetadi.

Sufiylik ikkinchi oqimining yirik vakillaridan Imom Fazzoliy va Ahmad Yassaviydir.

Imom G`azzoliy (1058-1112) “Xujjatul islom” laqabini olgan. U “Faylasuflarni rad etish”, “Saodat kimyosi”, “Diniy ilmlarni tiriltirish” kabi ilohiyotga oid asarlar yozgan.

G`azzoliy inson kamolga yetishi, ya’ni xudo vasliga yetishi uchun ma’lum shartlarni bajarib, muayyan yo`lni bosib o`tishi kerak, deydi. Bularni u har bir sufiy islom talablari – qonun – qoidalari, aqidalarini, Qur’onni haqiqat deb bilib, unga tobe bo`lishi va ularni so`zsiz bajarishda deb biladi.

Ahmad Yassaviy (1041-1166) tasavvuf shoiri, din va shariat peshvosi. U sufiylik g`oyalarini targ`ib etishda she’rlardan foydalanadi. Yassaviy hikmatlarini axloqiy, falsafiy, ilohiy ildizlari to`g`ridan – to`g`ri Qur’on g`oyalari va payg`ambarlarimiz hadislariga borib bog`lanadi.

Yassaviy “Devoni hikmat” asarida insonni komillikka eltadigan din, iymon, xudo yo`lida fidoyilik, e’tiqodda sobitlik, halollik va poklik targ`ib etiladi. Yassaviy hikmatlarida to`g`rilik, mehnatsevarlik, mehribon lik, insof g`oyalari ilgari suriladi. Ayrim hikmatlarda ijtimoiy adolatsizlikka qarshi fikrlarni ko`rish mumkin. U nodonlik, jaholatni qattiq qorlab yozadi:

Duo qiling, nodonlarning yuzin ko`rmay,

Haq taola rafiq bulsa, birdam turmay.

Bemor bo`lsa, nodonlarni holin surmay,

Nodonlardan yuz ming jafo ko`rdim mano,

Ae do`stlar nodon birla ulfat bo`lub,

Bag`rim kuyub, g`amdin tuyub, o`ldim mano.

Adib komillikka erishishning yo`li har qanday nafsdan ham parhez qilishda ekanligini ta’kidlab, nafs yo`liga kirmaslikni maslahat beradi. Shu bilan birga har qanday maqsadga erishish yo`lida mehnat qilish lozimligini alohida ta’kidlab o`tadi.

Yassaviyning iymon – e’tiqodga chaqiruvchi g`oyalari yoshlar tarbiyasida muhim manbalardan biri bo`lib hisoblanadi.

Najmiddin Kubro (1145-1188) Xorazmda tug`iladi. “Najmiddin”, “Kubro” (ulug`, yetuk), “Valiytarosh” unvonlariga ega bo`ladi. Ko`p joylarda bo`lib shariat ilmlarini urganadi. “Kubroviy” tariqatiga asos soladi, bu hadis va shariatga asoslangan bulib, ko`p musulmon davlatlariga yoyiladi. Kubro murid tarbiyalashda o`ziga xos usullarni ishlab chiqadi. “Tariqatlari risolasi”, “O`nta usul” kitoblarida sufiylar tarbiyalashning o`nta talabini ko`rsatadi: Tavba, Zuxd, Tavakkul, Qanoat, Uzlat, Zikr, Tavakkux, Sabr, Murakaba, Rizo.

Kubroning yana bir xizmati -jovanmardlik g`oyalarini tariqatga joriy etishbuladi.

Baxovuddin Naqshband (1318-1369) “Xojogon” (“Naqshbandi”) tariqatini XIV asrda asoslab butun olamga yoydi. “Xojogon” tariqatini VII asrda Abuxoliq Fijduvoniy yaratgan edi. Naqshbandiy uning ishini davom ettirdi.

Naqshbandiy suluki Islomdagi sunniylikka asoslanadi, uning boshqalardan farqli, uziga xos tomonlari bor.

Avvalo, Naqshbandiya suluki halol mehnat bilan kun kechirishni targ`ib qiladi. Uning “Dil ba yeru dast ba kor” shiori buning isbotidir. Ikkinchi farq, boshqa sulukdagilar pir oldiga yig`ilib, ovoz chiqarib zikr tushsalar, bular “zikri xufiya” bilan shug`ullanganlar. Uchinchisi, bular bemordan kasallikni uzlariga tortib, so`ng bu kasallikni chiqarib tashlaganlar To`rtinchisi, bular karomatfurushlikka yo`l qo`yishmagan. Bid’atga qarshi bo`lganlar.

Naqshbandiya tariqati asosida insonning pok bo`lishi, mehnat bilan yashashi, sabrli, kamtar, samimiy bo`lishi, iymon mustahkam, dilda xudoni jo etgan, xalq bilan birga bo`lish kabi hislatlarni tarkib toptirish yotadi.

Ruhiy tarbiya “Xulqlanish” 3-juz

Ma’lumki, jismoniy va moliyaviy ibodatlarimizni, ya’ni zohiriy amallarimiz shariatimiz tomonidan tartibga solinib, ularning tafsilotlarini fiqh ilmi Qur’oni Karim va Sunnat asosida bayon qilib beradi. Dinimizning ruhiy-ma’naviy va axloq-odobga oid ta’limotlarini esa Qur’oni Karim va Sunnat asosida ruhiy tarbiya ilmi bayon qilib beradi. «Ruhiy tarbiya» asari dinimizning tamal toshlaridan biri bo‘lmish nafs tarbiyasi masalalariga bag‘ishlangandir. Ushbu majmua «Poklanish», «Tiklanish» va «Hulqlanish» deb nomlangan uch jilddan iborat bo‘lib, ularga nafsni poklash, ahloqni sayqallash kabi ruhiy kamolot bosqichlariga oid masalalar kiritilgan, nafs va qalbdagi turli xastaliklarning bayoni va ulardan poklanish yo‘llari, ruhiy kamolotning bosqichlariga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan.

2 O’qimoqchi
0 o’qiyapti

  • Annotatsiya
  • Qisqa ma`lumot
  • Taqrizlar (0)
  • Iqtiboslar (0)

Ma’lumki, jismoniy va moliyaviy ibodatlarimizni, ya’ni zohiriy amallarimiz shariatimiz tomonidan tartibga solinib, ularning tafsilotlarini fiqh ilmi Qur’oni Karim va Sunnat asosida bayon qilib beradi. Dinimizning ruhiy-ma’naviy va axloq-odobga oid ta’limotlarini esa Qur’oni Karim va Sunnat asosida ruhiy tarbiya ilmi bayon qilib beradi. «Ruhiy tarbiya» asari dinimizning tamal toshlaridan biri bo‘lmish nafs tarbiyasi masalalariga bag‘ishlangandir. Ushbu majmua «Poklanish», «Tiklanish» va «Hulqlanish» deb nomlangan uch jilddan iborat bo‘lib, ularga nafsni poklash, ahloqni sayqallash kabi ruhiy kamolot bosqichlariga oid masalalar kiritilgan, nafs va qalbdagi turli xastaliklarning bayoni va ulardan poklanish yo‘llari, ruhiy kamolotning bosqichlariga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan.

Kitob nomi: Ruhiy tarbiya “Xulqlanish” 3-juz
Kitobning asl nomi: Ruhiy tarbiya “Xulqlanish” 3-juz
Nashr qilingan til: O’zbekcha
Kitobning asl tili: O’zbekcha
Formati: Qattiq/464
ISBN: 978-9943-5981-6-4
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Hilol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 12 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo’shish

Tarbiya kitob 6

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Tarbiya

Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!

Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting

Do‘stlarizga tavsiya eting

  • Annotatsiya
  • Fikr va mulohazalar

«Баркамол авлод йили» давлат дастури асосида тайёрланган ушбу китобда тарбия ва у билан боғлиқ, тушунчалар моҳияти очиб берилган. Ундан алифбо тартибида жойлашган 300 га яқин мақола ўрин олган. Макрлаларда тарбиянинг ҳамма шакллари, хусусан оилада бола тарбияси, оила ҳаётининг маънавий-руҳий томонлари, ўсиб келаётган авлодни шахс сифатида шакллантириш, болалар маънавиятини юксалтириш, соғлиғини мустаҳкамлаш масалалари ёритилган. Китобда фарзанд тарбиясида шаркона одоб-ахлоққа, миллий қадриятларга эътибор бериш устида ҳам тўхтаб ўтилган. Энциклопедия ота-оналар, мураббийларга, умуман тарбия масалалари билан қизикувчи кенг оммага мўлжалланган.

Tarbiya kitob 6

info.islom.uz sayti ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan so‘rovnomalar asosida har bir o‘zbek o‘qib chiqishi tavsiya qilinadigan kitoblar ro‘yxatini aniqladi. Unga ko‘ra, har bir kishi o‘qib chiqishi kerak bo‘lgan kitoblar quyidagilardir:

1. Qur’oni karimga oid kitoblar (Tafsiri Hilol, Tafsiri Irfon, Qur’oni karim ma’nolarining tarjimalari).
2. Hadis kitoblari (Oltin Silsila, Hadis va Hayot, Riyozus-solihiyn va boshqa hadis kitoblari).
3. O‘zbek davlatchiligiga oid kitoblar (Konstitutsiya, Prezident asarlari, qonunlar va h.k.).
4. Hazrati Alisher Navoiy va boshqa mumtoz adabiyotimizga tegishli asarlar.

Shuningdek quyidagi kitoblar ham tavsiya etildi:

5. Al-Adab Al-Mufrad (Imom Buxoriy).
6. Muxtasarul viqoya (Kifoya) (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
7. Ibodati Islomiya (Ahmad Hodiy Maqsudiy).
8. Sunniy aqidalar (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
9. Payg‘ambarlar tarixi Islom tarixidir (Rahmatulloh Obidov).
10. O‘tkan kunlar, Mehrobdan chayon (Abdulla Qodiriy).
11. Turkiston qayg‘usi (Alixonto‘ra Sog‘uniy).
12. Qazo bo‘lgan namoz (Xurshid Do‘stmuhammmad).
13. Boburnoma (Zahiriddin Muhammad Bobur).
14. Iqrornoma, Urush va tinchlik (Lev Tolstoy).
15. Yulduzli tunlar, Ajdodlar dovoni (Pirimqul Qodirov).
16. Tarixi Muhammadiy (Alixonto‘ra Sog‘uniy).
17. Graf Monte Kristo (Aleksandr Dyuma).
18. Robinzon Kruzo va uning sarguzashtlari (Daniyel Defo).
19. Usta va Margarita (Mixail Bulgakov).
20. Shum bola (G‘afur G‘ulom).
21. Shohnoma (Firdavsiy).
22. Anbiyolar qissasi (Rabg‘uziy).
23. Mening Dog‘istonim (Rasul Hamzatov).
24. Kalila va Dimna.
25. Saodat asri qissalari (Lutfiy Qozonchi)
26. Jannatga yo‘l (Abdulla Oripov).
27. Mo‘’jizalar sodir bo‘lmaydi (Li Myon Bak).
28. Mantiqut tayr (Fariddiddin Attor).
29. Amerika fojiasi (Teodor Drayzer).
30. Jinoyat va jazo (Dostoyevskiy).
31. Devoni hikmat (Ahmad Yassaviy).
32. Qobusnoma (Kaykovus).
33. Bolalik (Oybek).
34. Daftar hoshiyasidagi bitiklar (O‘tkir Hoshimov).
35. Odamiylik mulki (Tohir Malik).
36. Kichik shahzoda (Antuan de Sent Ekzyuperi).
37. Fozil kishilar shahri (Forobiy).
38. Oshkora qotillik qissasi (Gabriel Markes).
39. Kafansiz ko‘milganlar (Shukrullo).
40. Ruhiy tarbiya, Xislatli hikmatlar sharhi (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
41. Asrga tatigulik kun, Qiyomat, Jamila, Oq kema (Chingiz Aytmatov).
42. Qaynona, O‘gay ona (Lutfiy Qozonchi).
43. Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi, Ot kishnagan oqshom, Otamdan qolgan dalalar, Oydinda yurgan odamlar (Tog‘ay Murod).
44. Xulofoi roshidiyn (Rizouddin ibn Fahruddin).
45. Oisha roziallohu anho (Abdulhamid Tahmoz).
46. Gunohi kabiralar (Imomi Zahabiy).
47. Shamoili Muhammadiya (Termiziy).
48. Men kim sohibqiron Amir Temur (Marsel Brion).
49. Nurul yaqin (Xuzariy).
50. Fiqhul akbar (Abu Hanifa).
51. Tahoviy aqidasi (Tahoviy)
52. Ihyo ulumuddin (Imom G‘azzolliy).
53. Temur tuzuklari (Sohibqiron Amir Temur).
54. Ikki eshik orasi, Dunyoning ishlari (O‘tkir Hoshimov).
55. Nur va soyalar (R. Tagor).
56. Sayohatnoma (ibn Batuta).
57. Mumu (Ivan Turgenev).
58. Cho‘lpon she’rlari.
59. Baxtiyor oila, Ijtimoiy odoblar (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
60. Judolik diyori (Murod Mansur).
61. Riyoziyot un-nafs (Imom G‘azzoliy).
62. Qutadg‘u bilig (Yusuf Xos Hojib).
63. Inson husni (Mirzakalon Ismoiliy).
64. Iymon (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
65. Ajdodlarimiz fojiasi (Mirkarim Osim).
66. Tanbehul g‘ofiliyn (Abu Lays Samarqandiy).
67. So‘nggi o‘q (Tohir Malik).
68. Halol nimayu harom nima (Tohir Malik).
69. Rahiq al-maxtum (Safiyyur Rahmon Muborakfuriy).
70. Ochiq xat, Din nasihatdir, Vasatiya, Ixtiloflar, sabablar va yechimlar (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf).
71. Til nomusi (Ahmad A’zam).
72. Guliston va Bo‘ston (Sa’diy).
73. Jaloliddin Rumiy (Radiy Fish).
74. Shavkat Rahmon she’rlari.
75. Qatlnoma (Nabijon Boqiy).
76. Mahtumquli she’rlari.
77. Jimjitlik, Ufq (Said Ahmad).
78. Yolg‘izlikning yuz yili (Gabriel Markes).
79. Al-kimyogar (Paulo Koelo).
80. Shaytanat (Tohir Malik).
81. Tazkirat ul-avliyo (Fariddin Attor).
82. Qo‘shchinor chiroqlari (Abdulla Qahhor).
83. O‘kinma (Doktor Oiz Qarniy).
84. Ming bir kecha.
85. Faust (Gyote).
86. XXI asrda Islom va postmodern dunyoda qiblani topish (Timoti J Uinter).
87. Ichindagi ichindadir (Jaloliddin Rumiy).
88. Sabot ul-ojiziyn (So‘fi Ollohyor).
89. Mukoshafatul qulub (Imom G‘azzolliy).
90. Ulamolar nazdida vaqtning qadri (Abdul Fattoh Abu G‘udda).
91. Sherlok Xolms sarguzashtlari (Artur Konon Doyl).
92. Farengeyt bo‘yicha 451 gradus (Rey Bredberi).
93. Kulayotgan odam (Viktor Gyugo).
94. Sudxo‘rning o‘limi (Sadriddin Ayniy).
95. Bu tog‘lar ulug‘ tog‘lar (Evril Turon).
96. Sariq ajdar hamlasi (Mannop Egamberdiyev).
97. Muvaffaqiyat kaliti (Deyl Karnegi).
98. Masnaviy ma’naviy (Jaloliddin Rumiy).
99. Jarayon (Frants Kafka).
100. Iymonlashish umidi, Ov (Tohir Malik).