Press "Enter" to skip to content

5-sinf tarix: 2-nazorat ishi (online)

Nazorat ishini o`tkazishdan maqsad:
– o`quvchilarning bilim darajasini aniqlash;
– o`quvchilar bilimlaridagi bo`shliqlarni aniqlash;
– o`quvchilar tafakkurida tarixiy bilimlarni yanada kuchaytirish.
Ushbu nazorat ishida quyidagi testlar berilisi mumkin:

Tarixiy manbalar

«Tarix» arabcha so‘z bo‘lib, «o‘tmish», «o‘tgan voqealar haqida hikoya» degan ma’nolarni anglatadi.

Tarix odamlarning eng qadimgi zamonlardan to hozirgacha bosib o‘tgan hayot yo‘li, bugungi hayotni qanday qurganligi haqida ma’lumot beradi. Tarixni o‘rganish orqali odamlarning uzoq va yaqin o‘tmishda nima bilan mashg‘ul bo‘lganliklarini, qanday yashaganliklari hamda qanday tarixiy voqealar yuz berganligini bilib olasiz.

Tarixiy manba

Tarix fani tarixiy manbalar asosida yaratiladi. Xo‘sh, tarixiy manba nima o‘zi?

Tarixiy manba tarixdan ma’lumot beruvchi barcha tarixiy narsalar va yozib qoldirilgan turli xil hujjatlar hamda kitoblardir.

Manbashunos olimlar ularni sinchiklab o‘rganadilar va tarix fani uchun zarur ma’lumotlar to‘playdilar.

Tarixiy manbalar, o‘z navbatida, moddiy (ashyoviy) va yozma manbalarga bo‘linadi.

Moddiy manbalar

Qadimgi odamlarning suyak qoldiqlari, ular yashagan makon, turarjoylarning, shuningdek, qal’a va shaharlarning, sug‘orish inshootlarining, uy-ro‘zg‘or hamda zebziynat buyumlarining qoldiqlari zarb etilgan tangalar, gerblar, muhrlar hamda mehnat qurollari moddiy manbalarni tashkil etadi. Moddiy manbalarni arxeologlar to‘plashadi.

Ular o‘tmishda odamlar yashagan deb taxmin qilingan manzilgohlarda qazish ishlarini olib boradilar. Shu yo‘l bilan moddiy manbalarni tashkil etuvchi turli ashyolarni topadilar. Ularning yaratilgan vaqtini va yoshini aniqlaydilar.

Yozma manbalar

Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turidir. Bundan qariyb besh ming yil avval ayrim xalqlar yozish uchun alohida belgilar yaratdilar. Qoyatosh va qattiq buyumlarga o‘yib tushirilgan bitiklar, hayvon terisi, daraxt po‘stlog‘i, keyinchalik qog‘ozga yozilgan yozuvlar, turli davrlarda yozilgan qo‘lyozmalar, kitoblar, shuningdek, arxivlarda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar yozma manbalardir.

O‘zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba «Avesto» kitobidir. Unda qadimgi tariximizga oid juda qimmatli ma’lumotlar mavjud. Qadimgi Xorazm, sug‘d, baqtriya va turkiy yozuvlarida bitilgan yozma manbalar ham Vatanimiz tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, qadimgi Eron hukmdorlarining bitiklari, qadimgi Yunoniston (Gretsiya), Rim va Xitoy olimlarining asarlarida ham Vatanimiz tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan.

  • ТЕГИ
  • Tarixdan Hikoyalar 5-sinf

5-sinf tarix: 2-nazorat ishi (online)

Nazorat ishini o`tkazishdan maqsad:
– o`quvchilarning bilim darajasini aniqlash;
– o`quvchilar bilimlaridagi bo`shliqlarni aniqlash;
– o`quvchilar tafakkurida tarixiy bilimlarni yanada kuchaytirish.
Ushbu nazorat ishida quyidagi testlar berilisi mumkin:

Ushbu nazorat ishi namuna tariqasida berilmoqda. Nazorat ishining hozircha mavjud bo’lgan imkoniyatlari:

  1. Nazorat ishi uchun vaqt ajratiladi;
  2. O’quvchi to’g’ri yoki notog’ri javob berayotganini ko’rish imkoniyati mavjudligi;
  3. To’plagan balli ko’rsatiladi;
  4. Birinchi bajarilgan natijasi saqlanadi hamda shuhratbek.uz saytining e-pochtasiga yuboriladi;

2017-2018-o’quv yilidan o’rnatiladigan imkoniyatlari:

  1. Faqat Shuhratbek.uz sayti ro’yxatidan o’tgan o’qituvchilarga o’z o’quvchilari uchun login va parolni olish imkoniyati;
  2. O’quvchi nazorat ishini faqatgina berilgan vaqt ichida 1 marotaba bajarishi hamda natijalari shuhratbek.uz saytining nazorat ishi natijalari bo’limida berib borilishi

About shuhrat

6 thoughts on “ 5-sinf tarix: 2-nazorat ishi (online) ”

Салом.Шуҳратбек.Сайтингиз менга ёқди.Мен ҳам тарих фанидан дарс бераман.Тарих фанига оид янги дарс ишланмалар тўплами бўлса олардим.Тарқатма материаллар,мавзуга оид тестлар бўлса жуда яхши бўларди.
Ишларингиз ривожини берсин.

Tez kunda tarix fanidan 8000 dan ziyod mavzulashtirilgan test savollaridan iborat to’plam joylashtiriladi. Dars ishlanmalar hozircha eski variantdagi mavjud. 2017-2018 o’quv yilida 5-10 sinf tarix fanidan texnologik xarita asosida dars ishlanmalar to’plamini ishlab chiqishga oldimga maqsad qilib qo’ydim. Tayyorlab bo’lgan dars ishlanmalarni saytga joylashtirib boraman. Sizning ham ishingizga rivoj Muzaffar.

Assalomu alaykum. Men Amudaryo tumanidan Saltanatman. Tarix fanidan toliq shaklda kompetensiya bilan dars ishlanma joylashtirsangiz iltimos….

salom sayt menga yoqti ajoyib men hozirda abuturientman tarixdan kuproq kitoblar tashlamg oldindan rahmat

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

Bo’limlar

  • “Ming bir hikmat” videojamlanmalar (1)
  • Attestatsiya savollari (2)
  • Davlat dasturlari (3)
  • DTS va o’quv dasturlari (1)
  • Elektron kutubxona (3)
    • Elektron tarixiy kitoblar (2)
    • E’lonlar (5)
    • Radio (1)
    • Savol-javoblar (2)
    • Yevropa mamlakatlari (1)
    • Dars ishlanmalar (10)
    • Ibratli hikoyalar o’qituvchilarga (2)
    • Ilg’or texnologiyalar (1)
    • METODIKA (32)
      • TA’LIM METODLARI (23)
      • 1)Darsning tashkiliy qismi uchun tavsiya (2)
      • 2)O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tavsiya (2)
      • 3)Yangi mavzuni bayoni uchun tavsiya (1)
      • 4)Yangi mavzuni mustahkamlash uchun tavsiya (2)
      • 6)Uyga vazifa uchun tavsiya (7)
      • 7)O’quvchilar uchun RAG’BAT kartochkalar (3)
      • “Interaktiv taqdimotli o’yinlar” (4)
      • Fanlardan taqdimotlar (4)
      • Taqdimot shablonlari (2)
      • “Bilimlar bellashuvi” ga tayyorlanmoqchimisiz? (12)
      • “Fan olimpiadasi” ga tayyorlanmoqchimisiz? (13)
      • ALLOMALAR (18)
      • Bahorgi ta’til topshiriqlari (7)
      • Foydali maslahatlar (2)
      • Ibratli hikoya (2)
      • Krossvordlar (6)
        • Huquq fanidan krossvordlar (2)
        • ONLINE TESTLAR (6)
          • 8-sinf O’zbekiston tarixi: Online test savollari (5)
          • 6-sinf tarix: Yopiq test savollari. (5)
          • Buxoroning tarixiy obidalariga virtual sayohat (10)
          • Samarqandning tarixiy obidalariga virtual sayohat (18)
          • Toshkentning tarixiy obidalariga virtual sayohat (2)
          • Xivaning tarixiy obidalariga virtual sayohat (9)
          • Bolam baxtli bo’lsin, desangiz… (7)
          • Ibratli hikoyalar ota-onalar uchun (2)
          • Tarbiya (16)
          • ENG-ENG-ENG… (1)
          • Siz buni bilasizmi? (13)
          • Tarix fanidan videojamlanma (7)
          Mart 2023

          Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
          « Apr
          1 2 3 4 5
          6 7 8 9 10 11 12
          13 14 15 16 17 18 19
          20 21 22 23 24 25 26
          27 28 29 30 31

          Arxivlar

          Yangi sharhlar

          • Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Fazilat “ga
          • 5-§. Buxoro xonligi (8-sinf O’zbekiston tarixidan online test savollari) ” Sabina “ga
          • 5-9- sinflar uchun tayyorlagan nazorat ishlari savollari hamda javoblari ” Дляра “ga
          • Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Nozima “ga
          • 6-sinf tarix.1-bo’lim: Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari (102 ta yopiq test savollari) ” shuhrat “ga
          • 6-sinf tarix.1-bo’lim: Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari (102 ta yopiq test savollari) ” Charosxon Voxidova “ga

          Boshqaruv paneli

          © 2016-2021 yil Sh.Nurg’oziyev ishlanmasi

          Ushbu veb-sayt O`zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonuni bilan himoyalangan. Sayt materiallarini ko`chirib olib, ruxsatsiz chop etish qat`iyan ta`qiqlanadi. Veb-sayt mobil telefon, planshet, kompyuter va boshqa shunga o’xshash uskunalar orqali foydalanishga moslashtirilgan.

          Saytimiz mehmonlari! Sizlardan iltimos saytimiz bo’yicha kamchiliklar bo’lsa, tanqidiy yondashgan holda o’z fikrlaringizni bildiring. Sizning sayt bo’yicha bildirgan tanqidiy fikrlaringiz saytimiz rivoji uchun xizmat qiladi. “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Xalq ta’limi fidoyisi” Nurg’oziyev Shuhrat Xasanovich

          Yangi fikrlar

          • Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Fazilat “ga
          • 5-§. Buxoro xonligi (8-sinf O’zbekiston tarixidan online test savollari) ” Sabina “ga
          • 5-9- sinflar uchun tayyorlagan nazorat ishlari savollari hamda javoblari ” Дляра “ga

          Murojaat qiling:

          • Jizzax v, Do’stlik tumani
          • Telefon: + 998 (94) 918 02 27
          • Email: Shuhratbek.uz@umail.uz