Press "Enter" to skip to content

Tarix elektron darslik

Tarix fakulteti 1935-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyatini boshlagan. Fakultet tashkil topgandan buyon ta’lim tizimiga 15000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglarni yetishtirib berdi.

Tarix elektron darslik

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bratislava ko’chasi 103-uy.

Tarix fakulteti 1935-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyatini boshlagan. Fakultet tashkil topgandan buyon ta’lim tizimiga 15000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglarni yetishtirib berdi.

  • Umumiy ma`lumotlar
  • Fakultet tarkibi
  • Dekanat
  • Qo`shimcha

Tarix fakulteti 1935-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Boshlang‘ich davrda 23ta talaba о‘qigan va professor V.I. Krasovsev rahbarligidagi bitta kafedra faoliyat kо‘rsatgan.

Fakultet tashkil topgandan buyon, ta’lim tizimiga 25000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglar tayyorlangan.

Fakultet XX asrning 50-yillarida Tarix-filologiya fakulteti sifatida faoliyat kо‘rsatgan. 1968-yili Tarix fakulteti alohida fakultet bo‘lib ajralib chiqdi.

Tarix fakulteti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ilk tashkil etilgan fakultetlardan biridir. Hozir fakultetda «Tarix о‘qitish metodikasi», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari» bakalavr yo’nalishlari bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetda «О‘zbekiston tarixi va Tarix о‘qitish metodikasi», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari», «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurush nazariyasi va amaliyoti», kafedralari mavjuddir.

Talabalarning zarur bilim sohibi bо‘la olishlari uchun fakultetda barcha sharoitlar yaratilgan. Darslarning barchasi ozoda va yorug‘, ta’mirlangan hamda jihozlangan xonalarda olib boriladi. Magistrlar uchun ham alohida auditoriya xonalari mavjud bо‘lib, ular bilan о‘z sohasining yetuk, bilimdon, yuksak malakali ustozlari – fan doktorlari, professorlar mashg‘ulot olib boradilar.

2013-yildan boshlab fakultet dekani sifatida tarix fanlari nomzodi, dotsent V.Ishquvvatov faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.

ABOUT COURSE

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit, sed do eiusmod tempor incididunt ut labore et dolore magna aliqua. Ut enim ad minim veniam, quis nostrud exercitation ullamco laboris nisi ut aliquip ex ea commodo consequat. Duis aute irure dolor in reprehenderit in voluptate velit esse cillum dolore eu fugiat nulla pariatur. Excepteur sint occaecat cupidatat non proident, sunt in culpa qui officia deserunt mollit anim id est laborum. Sed ut perspiciatis unde omnis iste natus error sit voluptatem accusantium doloremque laudantium, totam rem aperiam, eaque ipsa quae ab illo inventore veritatis et quasi architecto.

REQUIREMENTS

  • A-levels: A*A*A (including Chemistry and Mathematics) with both A*s in science subjects and/or Mathematics
  • Advanced Highers: AA/AAB (including Chemistry and Mathematics)
  • IB: 40 (including core points) with 7 in HL Chemistry and EITHER 6/7 in HL Mathematics Or. any other equivalent (see other UK qualifications, and international qualifications)

FEES AND FUNDING

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit, sed do eiusmod tempor incididunt ut labore et dolore magna aliqua. Ut enim ad Six Month quis nostrud exercitation $6,400.00 nisi ut aliquip ex ea commodo consequat. Duis aute irure dolor in reprehenderit in voluptate velit esse cillum dolore eu fugiat nulla pariatur. Excepteur sint occaecat cupidatat non proident, sunt in culpa qui officia deserunt mollit anim id est laborum.

HOW TO APPLY

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit, sed do eiusmod tempor incididunt ut labore et dolore magna aliqua. Ut enim ad minim veniam, quis nostrud exercitation ullamco laboris nisi ut aliquip ex ea commodo consequat. Duis aute irure dolor in reprehenderit in voluptate velit esse cillum dolore eu fugiat nulla pariatur. Excepteur sint occaecat cupidatat non proident, sunt in culpa qui officia deserunt mollit anim id est laborum. Sed ut perspiciatis unde omnis iste natus error sit voluptatem accusantium doloremque laudantium, totam rem aperiam, eaque ipsa quae ab illo inventore veritatis et quasi architecto.

Fakultet kafedralari

Yo`nalishlar

Mutaxassisliklar

Babaxodjayeva Lola Maratovna

+99871 255-68-33
tarix@tdpu.uz

Average Rating

5

Detailed Rating

  • 5 Stars 0
  • 4 Stars 0
  • 3 Stars 3
  • 2 Stars 0
  • 1 Stars 0

Xaknazarov Xudoyberdi Dilmurodovich

Haknazarov Xudoyberdi Dilmurodovich 1986 yil 29-sentabrda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug’ilgan. 2007 yilda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Universiteti tarix fakulteti bakalavriatini, 2009 yilda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Universiteti tarix fakulteti magistraturasini tugatdim. Bugungi kunda Nizomiy nomidagi TDPU tarix fakultetining o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqdaman. Hozirda tarix fanlari bo’yicha PhD darajasini olish uchun “Zamonaviy O’zbekiston yoshlarini kundalik turmush tarzi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi ustida tadqiqot olib bormoqdaman.

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari

Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

+99871 255-68-33
raul7.uz@mail.ru
xudoyberdi2013@yandex.com

Ашуралиев Элбек

Ўқув ишлари бўйича декан муовини

Ўқув ишлари бўйича декан муовини

Tarix

Tarix fakulteti 1935-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Boshlang‘ich davrda 23 ta talaba о‘qigan va professor V.I. Krasovsev rahbarligidagi bitta kafedra faoliyat kо‘rsatgan.
Fakultet tashkil topgandan buyon, ta’lim tizimiga 25000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglar tayyorlangan.
Fakul’tet XX asrning 50-yillarida Tarix-filologiya fakulteti sifatida faoliyat kо‘rsatgan. 1968-yili Tarix fakulteti alohida fakul’tet bo‘lib ajralib chiqdi.
Tarix fakulteti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ilk tashkil etilgan fakultetlardan biridir. Hozir fakul’tetda «Tarix о‘qitish metodikasi», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari» bakalavr yo’nalishlari bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetda «О‘zbekiston tarixi va Tarix о‘qitish metodikasi», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari», «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurush nazariyasi va amaliyoti», kafedralari mavjuddir.
Talabalarning zarur bilim sohibi bо‘la olishlari uchun fakultetda barcha sharoitlar yaratilgan. Darslarning barchasi ozoda va yorug‘, ta’mirlangan hamda jihozlangan xonalarda olib boriladi. Magistrlar uchun ham alohida auditoriya xonalari mavjud bо‘lib, ular bilan о‘z sohasining yetuk, bilimdon, yuksak malakali ustozlari – fan doktorlari, professorlar mashg‘ulot olib boradilar.
2013-yildan boshlab fakultet dekani sifatida tarix fanlari nomzodi, dotsent V.Ishquvvatov faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.

Yuklab olish uchun fayllar

Three Generation Meetings
Photo: © X.Xaknazarov
Собрание трех поколений
Photo: © Х.Хакназаров

Faoliyat

Fakultet quyidagi ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning asosiy ta’lim dasturlari, qo‘shimcha ta’lim dasturlari, qo‘shimcha ta’lim (kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish) dasturlarini amalga oshiradi:
1) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha:
a) bakalavriat:
1. 5110600-Tarix o‘qitish metodikasi
2. 5111600-Milliy g‘oya; ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
Fakultetda kadrlar iste’molchilar talablari asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan yangi yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanishini tashkil etish mumkin.
Bakalavriat – ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o‘qish muddati 4 yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari asosida ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «bakalavr» akademik darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
Bakalavr davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish yoki tanlangan ta’lim yo‘nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta’lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.
Oliy ta’limning turli bosqichida asosiy ta’lim dasturlari bo‘yicha dastlabki ta’lim olish, ikkinchi oliy ta’lim olish sifatida qaralmaydi.
4.2. Fakultetda ta’lim jarayonini tashkil etish, tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va fanlarning dasturlari universitet rektori tomonidan tasdiqlangan yillik o‘quv jarayoni jadvali hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Ta’lim jarayonini maqsadli yo‘naltirish yo‘li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo‘li bilan universitet talabalariga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilishi lozim.
Ta’lim-tarbiya jarayonining birligi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari bilan ta’minlanadi.
4.3. Fakultetda o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminar, kurs ishi, malakaviy amaliyot, bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi.
Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik akademik soat belgilangan. O‘quv mashg‘ulotlari orasidagi tanaffus kamida 5-10 daqiqa bo‘ladi.
Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o‘zbek, rus tillari hisoblanadi.
4.4. Fakultetda kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.
Oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturi doirasida ta’lim olishning barcha shakllari uchun o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va “O‘zstandart” agentligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan davlat ta’lim standarti qo‘llaniladi.
4.5. Fakultetda o‘quv yili ikki semestrga bo‘linadi va uning har birida talabalarning o‘zlashtirishi reyting nazorati shaklida olib boriladi.
O‘zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o‘tkazish fakultet dekanining tavsiyasi asosida rektor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o‘tkazish mumkin emas.
Oliy ta’limniig ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq tartibga solinadi hamda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari asosida tugallanadi.
4.6. Fakultetda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo‘llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.

Nizomlar

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETINING NIZOMI
I. Umumiy qoidalar
1.1. Tarix fakulteti nizomi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi Toshkent davlat pedagogika universitetining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash haqidagi buyrug‘i hamda 2011-yil 487-sonli buyrug‘i asosida va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-maydagi №153-sonli qaroriga muvofiq universitet tashkiliy tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.
1.2. Fakultet – oliy ta’lim muassasasi boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy hamda uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, kafedralarda ilmiy tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yo‘naltiriladi. Fakultet oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi.
1.3. Fakultet o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘grisida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va ko‘rsatmalari, shuningdek Universitetning Ichki tartib va odob-ahloq qoidalari, Jamoa shartnomasi hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
1.4. Fakultet joylashgan manzil:100100,Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 103-uy.
1.5. Fakultetning rasmiy to‘liq va qisqa nomi:
• davlat tilida: kirill alifbosida: “Tarix fakulteti”;
• davlat tili: lotin alifbosida: “Tarix fakulteti”;
• rus tilida: “Факультет истории”;
• ingliz tilida: “Faculty of history ”.

II. Fakultetning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari
– respublika uzluksiz ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagogik kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
– tegishli pedagogik ta’lim yo‘nalishlar va mutaxasisliklar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini, ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish, xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini va mamlakat ta’lim muassasalarining ehtiyojini hisobga olgan holda ilg‘or pedagogika texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish va joriy qilish;
– idoraviy buysunishidan qat’iy nazar respublikada pedagog, muhandis-pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish;
– davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlar, o‘quv-metodik adabiyotlarni hamda elektron-ta’lim resurslarini yaratish va takomillashtirish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogika, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha pedagogik ta’lim muassasalarini faoliyatini ilmiy-metodik ta’minlash;
– oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini tashkil etish va ilmiy-metodik ta’minlash;
– qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-ta’lim jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish maqsadida xorijiy pedagogika oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan sheriklik aloqalarini rivojlantirish;
– respublikaning bazaviy oliy ta’lim muassasasi sifatida oliy ta’limning pedagogika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

III. O‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarning sub’ektlari, ularning huquq va majburiyatlari
a) Talabalar:
3.1. Universitet rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilingan shaxs universitetning talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi bepul beriladi.
Universitetga qabul qonunchilikda belgilangan tartibda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslar arizalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha shaxslar uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abiturientlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq test sinovlarisiz muayyan imtiyoz asosida ham o‘qishga qabul qilish kafolatlanadi.
3.2. Fakultetning talabalari quyidagi huquqlarga ega:
– fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;
– oliy ta’lim muassasasi axborot resurs markazida mavjud bo‘lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;
– bepul maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar olish;
– auditoriyalar, ta’lim jarayoniga oid o‘quv texnik vositalardan o‘rnatilgan tartibda bepul foydalanish;
– ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta’lim muassasasi, dekanat va kafedra rahbariyatiga bildirish va ularni ko‘rib chiqilishini talab qilish;
– oliy ta’lim muassasasi va fakultet miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida ishtirok etish;
– ilmiy tadqiqot ishlarida va ilmiy konferentsiyalarda o‘rnatilgan tartibda faol qatnashish;
– oliy ta’lim muassasasida qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bo‘lish;
o‘qishdan tashqari vaqtlarda ma’naviy-ma’rifiy, ta’mirlash, qurilish, ko‘kalamzorlashtirish, qishloq xo‘jalik va boshqa jamoat mehnatlarda, qonunchilikka zid bo‘lmagan ishlarda ishtirok etish.
Talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishish uchun zarur bo‘lgan qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.
Talaba o‘z huquqlarini suiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o‘zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.
3.3. Davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shaklida ta’lim olayotgan talabalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar.
Talabalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Beruniy, Ibn Sino, Navoiy va Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyalari, shuningdek, o‘qishga yo‘llagan yuridik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarni olish huquqiga egadirlar.
3.4. Kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan vaqti davomida o‘rnatilgan tartibda harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.
3.5. Oliy ta’lim muassasasining Talabalar turar joyiga muhtoj talabalar oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylaridan sanitariya me’yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlanadi. Talabalar turar joylarida to‘laydigan to‘lovlarning‘ hajmi kommunal-maishiy xizmatlar uchun to‘lovlarni inobatga olib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Turar joyga muhtoj talabalar mavjud bo‘lgan holda, oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarda foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat etilmaydi.
Fakultetning talabalari o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida o‘rnatilgan tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
3.6. Universitetdan chetlashtirilgan talaba O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi hamda qoidalari asosida qayta o‘qishga tiklanilishi mumkin.
Oliy ta’lim muassasasidan ma’muriyatning tashabbusi bilan chetlashtirilgan shaxslarni, barcha o‘quv shakllari bo‘yicha talabalar safiga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Fakultetning talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida o‘qishini ko‘chirish (o‘qishga qayta tiklash) huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, bo‘limlar, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalar)dan talabalarni universitetga o‘qishini ko‘chirish (o‘qishga tiklash) taqiqlanadi.
3.7. Fakultet talabalari oliy ta’limning davlat standartlari, malaka talablari, o‘quv dasturlari va o‘quv rejalarida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari zarur hamda universitetning Nizomiga, Ichki tartib qoidalari, odob-ahloq qoidalari va talabalar turar joylari qoidalariga rioya etishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o‘qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish ma’n etiladi.
3.8. Ushbu Nizom, universitetning Ichki tartib va odob-ahloq qoidalari hamda talabalar turar joylari qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda talabaga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari ko‘riladi: hayfsan hamda talabalar safidan chetlatish.
Talaba universitetdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
a) o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) akademik o‘zlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun;
d) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib- qoidalarini buzganligi uchun;
e) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
j) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli;
z) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
i) vafot etganligi sababli.
Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Vazirlik tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.
Universitet ma’muriyati tashabbusi bilan (“d”, “e”, “j”-bandlar) talabalarni o‘qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Nizomning 14-bandi “d” kichik bandiga ko‘ra chetlashtirilayotgan holda, universitetning “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
Intizomiy jazoga tortilayotgan talaba o‘ziga qo‘llanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda universitet rektori, Vazirlikga yoki sudga murojaat etishi mumkin.
Talaba Universitetdan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yig‘ma jildda saqlanadi.
Intizomiy jazo choralar talabalarning kasallik yoki ta’tilda bo‘lgan vaqti hisobga olinmagan holda xatti-harakat aniqlangandan so‘ng bir oydan va hatti-harakat sodir etilganidan so‘ng olti oydan kechiktirilmay qo‘llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug‘ish holati bilan bog‘liq bo‘lgan ta’til paytlarda talabalarga intizomiy jazo choralarini ko‘rish ma’n etiladi.
Talaba kasalligi tufayli o‘quv jarayoniga qatnashmayotganligi haqida o‘zi yoki uning ota-onasi tomonidan bevosita dekanatga, bir haftadan kechiktirilmasdan yozma ravishda ma’lum qilinadi.
3.9. Fakultetda professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, muhandislik-texnika, ma’muriy-xo‘jalik, ishlab chiqarish, o‘quv-yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud.
3.10. Professor – o‘qituvchilar lavozimlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevral 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 9 mart F-137 va 2005 yil 7 maydagi F-2209-sonli farmoyishlariga muvofiq oliy ta’lim muassasasining prorektorlari rektor tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda tayinlanadi. Fakultet dekani Vazirlik bilan kelishilgan holda ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida tayinlanadi.
3.11. Fakultetning professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
– belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasi va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish;
– oliy ta’lim muassasasining faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
– oliy ta’lim muassasasining axborot-resurs markazi, o‘quv va ilmiy bo‘linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo‘limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
– o‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, o‘quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
– oliy ta’lim muassasasi ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;
– qonunchilikda belgilangan tartibda vakant professor-o‘qituvchi lavozimlariga e’lon qilingan tanlovlarda qatnashish;
– o‘zlari ishlayotgan kafedra, fakultetdan tashqari boshqa fakultet, kafedra, tashkilotlarda o‘rindoshlik asosida ishlash (asosiy ish joyi bilan kelishilgan holda);
– xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;
– o‘z fani bo‘yicha sifatli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash;
– nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;
– talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
– grantlar, ilmiy loyihalar, xo‘jalik shartnomalarida ishtirok etish;
– O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
3.12. Fakultetning professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
-ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat va texnologiya intizomi, muassasa Nizomi, Ichki mehnat tartibi va Odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya qilish; o‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga va o‘qituvchilik sha’niga dog‘ tushirmaslik;
– ish jarayonida muloqat qiladigan muassasa xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan hushfe’l munosabatda bo‘lish;
– ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejasi asosida o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, xususan:
a) o‘quv yuklamalari hajmini, o‘quv-uslubiy, ilmiy,o‘quv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy ish rejasi asosida bajarish va ma’naviy- ma’rifiy ishlarda ishtirok etish;
b) darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqa o‘quv adabiyotlar, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish;
v) tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma’naviy- ma’rifiy ishlarda, shu jumladan, darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladigan tadbirlarda bevosita ishtirok etish;
d) Kengash tomonidan tasdiqlangan kafedra ilmiy mavzularida ishtirok etish;
e) o‘z malakasini muntazam ravishda oshirish;
– akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun hamkorlikda yangi avlod o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy majmualar yaratishda ishtirok etish;
– akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ochiq va muammoli mashg‘ulotlar hamda “master klass”lar o‘tkazish;
– o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida ishtirok etish;
– o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya hamda pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim sifatini oshirishga ko‘maklashish;
– mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish
canitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish;
– muassasaning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;
– ish beruvchiga bevosita yetkazilgan xaqiqiy moddiy zararni o‘rnatilgan tartibda qoplash;
– muassasa jamoatchilik ishlarida qatnashish;
– pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash;
-zamonaviy tsivilizatsiya va demokratiya sharoitida ta’lim oluvchilarning tanlagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha yuksak kasbiy tayyorgarlikni, mehnatga bo‘lgan qobiliyatni shakllantirish;
– chet tillari va axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib borish;
-ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish;
– “Ustoz-shogird” tizimida ishtirok etib, o‘ziga biriktirilgan shogirdlar bilan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
– o‘zining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan o‘rnak bo‘lish;
– kiyinish madaniyatiga rioya etish;
– respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda ro‘y berayotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish;
– muassasa, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
– o‘zi o‘qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;
– darslarni yuqori saviyada o‘tish;
– fan yo‘nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;
– har o‘quv yili boshlangunga qadar o‘zi o‘qitadigan fan(lar)ning ishchi o‘quv dasturi, kalendar rejasi va reyting nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlash;
– reyting tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish;
– talabalar bilimini xolisona baholash;
– yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash;
– ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish;
-talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
– xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish hamda pullik ta’lim va servis xizmatlarini ko‘rsatish;
– oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish.
3.13. Fakultet xodimlarining chet el xizmat safarlari Vazirlik tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tartibi to‘g‘risida”gi muvaqqat Yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.
3.14. Fakultetda professor-o‘qituvchilarning uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirilishi ta’minlanadi.
3.15. Fakultetni xodimlarining huquq va majburiyatlari universitetning Nizomi, Ichki tartib va Odob-ahloq qoidalari hamda lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.
IV.O‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari va pedagogik kadrlar tayyorlash
4.1. Fakultet quyidagi ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning asosiy ta’lim dasturlari, qo‘shimcha ta’lim dasturlari, qo‘shimcha ta’lim (kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish) dasturlarini amalga oshiradi:
1) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha:
a) bakalavriat:
1. 5110600-Tarix o‘qitish metodikasi
2. 5111600-Milliy g‘oya; ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Fakultetda kadrlar iste’molchilar talablari asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan yangi yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanishini tashkil etish mumkin.
Bakalavriat – ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o‘qish muddati 4 yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari asosida ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «bakalavr» akademik darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
Bakalavr davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish yoki tanlangan ta’lim yo‘nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta’lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.
Oliy ta’limning turli bosqichida asosiy ta’lim dasturlari bo‘yicha dastlabki ta’lim olish, ikkinchi oliy ta’lim olish sifatida qaralmaydi.
4.2. Fakultetda ta’lim jarayonini tashkil etish, tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va fanlarning dasturlari universitet rektori tomonidan tasdiqlangan yillik o‘quv jarayoni jadvali hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Ta’lim jarayonini maqsadli yo‘naltirish yo‘li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo‘li bilan universitet talabalariga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilishi lozim.
Ta’lim-tarbiya jarayonining birligi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari bilan ta’minlanadi.
4.3. Fakultetda o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminar, kurs ishi, malakaviy amaliyot, bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi.
Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik akademik soat belgilangan. O‘quv mashg‘ulotlari orasidagi tanaffus kamida 5-10 daqiqa bo‘ladi.
Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o‘zbek, rus tillari hisoblanadi.
4.4. Fakultetda kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.
Oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturi doirasida ta’lim olishning barcha shakllari uchun o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va “O‘zstandart” agentligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan davlat ta’lim standarti qo‘llaniladi.
4.5. Fakultetda o‘quv yili ikki semestrga bo‘linadi va uning har birida talabalarning o‘zlashtirishi reyting nazorati shaklida olib boriladi.
O‘zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o‘tkazish fakultet dekanining tavsiyasi asosida rektor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o‘tkazish mumkin emas.
Oliy ta’limniig ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq tartibga solinadi hamda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari asosida tugallanadi.
4.6. Fakultetda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo‘llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.

V. Fakultetning tarkibi

5.1. Fakultetning tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) kafedralar:
1. O‘zbekiston tarixi va tarix o‘qtish metodikasi;
2. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari;
3. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;
VI. Fakultetni boshqarish
6.1. Universitet fakultetini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi.
Fakultet dekani o‘z faoliyatida “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risidagi Nizom”ga amal qiladi.
Fakultet dekani:
– Fakultetda o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi;
– Fakultetda mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zarur normativ-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;
– Oliy ta’lim muassasi va fakultet Ilmiy kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
– Fakultet boshqaruv kadrlari zahirasini yaratish, tayyorlash va o‘qitishni amalga oshiradi;
– Kasbiy etika masalalariga kengroq e’tibor beradi, adolatli fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi;
– O‘quv-tarbiyaviy jarayon hamda talalarning bitiruv malakaviy ishi va amaliti ustidan nazoratni amalga oshiradi;
– O‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, talabalar davomati uchun mas’ul hisoblanadi;
– Talabalarning mustaqil ishi, shuningdek, ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etadi;
– Talabalarni kursdan-kursga o‘tkazish, talabalar safidan chetlatish, davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini ximoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi buyruq loyixalarini tayyorlaydi, fakultetda xorijiy talabalar bo‘lgan xolatda ular bilan ishlashni ta’lim maussasasining xalqaro bo‘limi bilan kelishilgan holda amalga oshiradi;
“Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq fakultetda Kengash tashkil etilishi mumkin.
Kengashning tarkibi, vakolatlari, shakllantirish va faoliyatining tartibi “Oliy ta’lim muassasasi fakultetining Kengashi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilanadi.
Kafedra faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq tanlov asosida universitetning Kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi.
Kafedra mudirining vakolatlari va kafedra faoliyatiniig tartibi “Oliy ta’lim muassasasining kafedrasi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilanadi.
VII. Yakuniy qoidalar
9.1. Fakultet O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilarga javob beradi:
– uning vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarilishiga;
– ta’lim jarayonida o‘quv reja va jadvallarga muvofiq ta’lim dasturlari hajmini to‘liq bajarishiga;
– ta’lim jarayoni vaqtida universitetda ta’lim oluvchilar va xodimlarining hayoti va sog‘lig‘i;
-ta’lim oluvchilar va universitet xodimlarining huquq va erkinliklarining buzilganligi;
– O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hatti-harakatlar.
9.2. Ushbu Nizom Universitetning 2017-yil 29-avgustdagi Kengashi yig‘ilishi tomonidan qabul qilingan.

Vazifalar

Universitet fakultetini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi.
Fakultet dekani o‘z faoliyatida “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risidagi Nizom”ga amal qiladi.
Fakultet dekani:
– Fakultetda o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi;
– Fakultetda mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zarur normativ-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;
– Oliy ta’lim muassasasi va fakultet Ilmiy kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
– Fakultet boshqaruv kadrlari zaxirasini yaratish, tayyorlash va o‘qitishni amalga oshiradi;
– Kasbiy etika masalalariga kengroq e’tibor beradi, adolatli fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi;
– O‘quv-tarbiyaviy jarayon hamda talalarning bitiruv malakaviy ishi va amaliti ustidan nazoratni amalga oshiradi;
– O‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, talabalar davomati uchun mas’ul hisoblanadi;
– Talabalarning mustaqil ishi, shuningdek, ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etadi;
– Talabalarni kursdan-kursga o‘tkazish, talabalar safidan chetlatish, davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini ximoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi buyruq loyixalarini tayyorlaydi, fakultetdja xorijiy talabalar bo‘lgan xolatda ular bilan ishlashni ta’lim maussasasining xalqaro bo‘limi bilan kelishilgan holda amalga oshiradi;
“Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq fakultetda Kengash tashkil etilishi mumkin.
Kengashning tarkibi, vakolatlari, shakllantirish va faoliyatining tartibi “Oliy ta’lim muassasasi fakultetining Kengashi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilanadi.
Kafedra faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq tanlov asosida universitetning Kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi.
Kafedra mudirining vakolatlari va kafedra faoliyatiniig tartibi “Oliy ta’lim muassasasining kafedrasi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilanadi.

Tarix elektron darslik

Dağlıq Qarabağ (1988-1993)
Xankəndi (18.09.1988)
Əskəran (19.10.1991)
Hadrut (19.11.1991)
Xocalı (26.02.1992)
Şuşa (08.05.1992)
Laçın (17.05.1992)
Xocavənd (02.10.1992)
Kəlbəcər (3-4.04.1993)
Ağdərə (07.07.1993)
Ağdam (23.07.1993)
Cəbrayıl (23.08.1993)
Füzuli (23.08.1993)
Qubadlı (31.08.1993)
Zəngilan (30.10.1993)

Azərbaycanda milli azadlıq hərəkatı XX əsrin əvvəllərində(1900-1907)

Müəllif: Джаваншир Гусейнов
Çap olunub: 2001
Səhifələrin sayı: 256
Dili: rus
Yüklənilib: 17312

Yüklə (.pdf | 1.546 MB)

Hakimiyyət və insanlar – 1945-1953

Müəllif: Эльдар Исмаилов
Çap olunub: 2003
Səhifələrin sayı: 344
Dili: rus
Yüklənilib: 9574

Yüklə (.pdf | 1.345 MB)

“Alban tarixi” Musa Kalankatulu mənbə kimi

Müəllif: Маммедова,Ф.
Çap olunub: 1977
Səhifələrin sayı: 198
Dili: rus
Yüklənilib: 20572

Yüklə (.pdf | 1.274 MB)

1905-1906-cı illərdə erməni müsəlman davası

Müəllif: Mir Möhsün Nəvvab
Çap olunub: 1993
Səhifələrin sayı: 128
Dili: azərbaycan
Yüklənilib: 10502

Yüklə (.pdf | 1.089 MB)

1918-ci il Şamaxı soyqırımı

Müəllif: Seyfəddin Qəniyev
Çap olunub: 2003
Səhifələrin sayı: 170
Dili: azərbaycan
Yüklənilib: 9057

Yüklə (.pdf | 1.573 MB)

1918-ci il qırğınları

Müəllif: Vaqif Arzumanlı
Çap olunub: 1995
Səhifələrin sayı: 92
Dili: azərbaycan
Yüklənilib: 5722

Yüklə (.pdf | 0.544 MB)

1918-ci il qırğınları. Tarixi araşdırmalar

Müəllif: V. Arzumanlı, V. Həbiboğlu, K. Muxtarov
Çap olunub: 1995
Səhifələrin sayı: 90
Dili: azərbaycan
Yüklənilib: 6864

Yüklə (.pdf | 0.603 MB)

1918-ci ilin martı. Bakı

Müəllif: С.Рустамова
Çap olunub: 2009
Səhifələrin sayı: 864
Dili: rus
Yüklənilib: 10360

Yüklə (.pdf | 3.941 MB)

1918. İstiqlal yürüşü

Müəllif: Yusif Ağayev
Çap olunub: 2009
Səhifələrin sayı: 416
Dili: azərbaycan
Yüklənilib: 8916

Yüklə (.pdf | 4.888 MB)

1920-ci ildə Qarabağ döyüşləri

Müəllif: Şəmistan Nəzirli
Çap olunub: 2009
Səhifələrin sayı: 480
Dili: azərbaycan
Yüklənilib: 7889

Yüklə (.pdf | 2.279 MB)

31 mart soyqırımı: 1918-1920-cı illər mətbuatında

Müəllif: Akif Aşırlı
Çap olunub: 2011
Səhifələrin sayı: 100
Dili: azərbaycan
Yüklənilib: 5803

Yüklə (.pdf | 3.252 MB)

Abbas Mirzə və Azərbaycan

Müəllif: Əminə Pakrəvan
Çap olunub: 2010
Səhifələrin sayı: 336
Dili: azərbaycan
Yüklənilib: 9629

Yüklə (.pdf | 1.436 MB)

Ağa Musa Nağıyev

Müəllif: Manaf Süleymanov
Çap olunub: 1994
Səhifələrin sayı: 40
Dili: azərbaycan
Yüklənilib: 8531

Yüklə (.pdf | 0.567 MB)

Ağqoyunlu – Osmanlı müharibəsi (1472 – 1473-cü illər)

Müəllif: Агаев Юсиф, Ахмедов Сабухи
Çap olunub: 2006
Səhifələrin sayı: 127 стр
Dili: rus
Yüklənilib: 10603

Yüklə (.pdf | 1.113 MB)

Ağqoyunlu və Səfəvi Dövlətləri ilə Qərbi Avropa ölkələrinin əlaqələri

Müəllif: Махмудов Я. М.
Çap olunub: 1991
Səhifələrin sayı: 180
Dili: rus
Yüklənilib: 18807

Yüklə (.pdf | 1.782 MB)