Tarixdan hikoyalar 1-dars
4. Urug’chilik jamoasining shakllanishi.
Tarix fanidan darslik kitoblar
1. I.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida vatanimiz tarixini yoritish va o’rganish asoslarining ishlab chiqilishi.
2. O’zbekiston tarixi predmeti va uni o’rganishning ahamiyati. O’zbekiston tarixini o’rganishning nazariy-metodologik asoslari va uni o’rganish tamoyillari.
3. O’zbekistonda ibtidoiy jamiyat va uning davrlari. (Paleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza davrlari manzilgohlari).
4. Urug’chilik jamoasining shakllanishi.
5. Zardushtiylikning vujudga kelishi. « А vesto» – vatanimiz tarixini o’rganishda muhim manba.
1. I.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida vatanimiz tarixini yoritish va o’rganish asoslarining ishlab chiqilishi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng dastlabki kunlardanoq mustaqillikni mustahkamlashning ulkan vazifalari qatorida milliy istiqlol mafkurasini yaratishdek dolzarb vazifa ham kun tartibi masalalaridan biri edi. CHunki endigina mustaqillikka erishgan xalqimizning. ongida, tushunchasida hali malum bir shubha, qo’rquvga o’xshash holatlar, sho’rolar davri va komfirqa mafkurasining qoldiq va asoratlari saqlanib qolgan edi. qolaversa yangi, mustaqil O’zbekiston davlatining ham o’ziga xos, xalqni to’g’ri yo’ldan ozod, erkin, istiqlolga boshlab boruvchi milliy istiqlol mafkurasi ham yaratilishi shart edi. Barchamizga malumki milliy mafkuraning o’ziga xos teran ildizi, asoslari bo’lishi kerak. Bu o’rinda albatta, ishni avvalo yashab turgan mamlakatimizning, xalqimizning tarixini, ajdodlarimiz bosib o’tgan ham sharafli, ham mashaqqatli yo’l va ular yaratgan moddiy-manaviy meros tarixini o’rganishdan, qolaversa, sho’rolar hukmronligi davrida tariximizni soxtalashtirilgan, o’chirilgan tomonlarini haqqoniy, xalqona, adolatli yoritib, elimizga elon qilishdan boshlash zarur edi. SHuning uchun ham yurtboshimiz I. Karimov mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanok tariximizni, o’tmishimizni mukammal o’rganishga alohida etibor karatdi. CHunki, tarixni o’rganish va bu orqali o’zligimizni anglash-milliy mafkuraning ajralmas, tarkibiy qismi ekanligini unutmasligimiz kerak. O’tmishimizni o’rganib o’zligimizni anglash bilan bir qatorda, ajdodlarimiz haqida, ularning tariximizdagi o’rni va kelajak avlodlar uchun bajarib ketgan oliyjanob–ishlari haqida: o’tgan mutafakkirlarimizning iqtidori, ijodi jahon miqyosida bo’lganligi haqida, shuningdek ko’p ming yillik bosib o’tilgan yo’llardagi boshdan kechirilgan urushlar, bosqinlar, qaramlik davrlari-bularning bari haqidagi malumotlarni bilish xalqimiz ongida, tushunchasida juda katta ijobiy o’zgarishlar yasaydi. Milliy g’urur, milliy faxr, iftixor tuyg’ularini vujudga keltirish bilan birga, ayni vaqtda milliy istiqlol mafkurasi haqidagi tushuncha va bilimlarni ham tezroq o’zlashtirilishini osonlashtiradi.
Milliy istiqlol o’zbek xalqining asriy orzusi, armoni edi. Bu yo’lda minglab Vatan, yurt fidoyilari aziz jonlarini qurbon qildilar. Milliy mustaqillikning qo’lga kiritilishi katta yutuk, uning kadriga yetish, mustahkamlash, avaylab saqlab qolish mushkul vazifa. Xar qanday mamlakatning qudrati, uning milliy mustaqilligi, davlat chegaralarining daxlsizligi-o’sha mamlakat fuqarolarining o’z yurtiga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalanganliklari, Vatan mustaqilligi va milliy istiqlol uchun kurashda zarur bo’lsa jon fido qilishga ham tayyor bo’lishdek olijanob fazilatlarga ega bo’lishliklariga bog’liqdir. Bu fazilatlarni mehnatkashlar ommasi, yurtimiz kelajagi – yoshlar ongida qaror toptirish va shakllantirishda Vatan tarixini o’rganishning o’rni va imkoniyatlari cheksizdir.
«O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi» – degandi I. Karimov.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining eng ulug’ nematlari Vatan tarixini xech qanday buyoklarsiz, amalda xayotda qanday bo’lgan bo’lsa, shunday holisona o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik. Sovet hokimiyati yillarida O’zbekiston maktablari O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida Vatan tarixini o’qitish masalasiga umuman e’tibor berilmadi.
Ajablanarlisi shundaki, sho’rolar hokimiyati yillarida mamlakatimizning haqiqiy, tom ma’nodagi Vatan tarixi holisona yaratilmadi. Maktablar va o’quv yurtlarida o’qitilgan darslik adabiyotlarda esa tariximiz soxtalashtirildi. Bu tarixiy kitoblarning ko’pchiligida o’zbek xalqining milliy manfaatlari oyoq osti qilindi, ulug’ rus millatchiligi, «Katta va ulug’ og’a» manfaatlari yetakchi mavqega ega bo’lib, hamma voqea va hodisalarlar unga bo’ysundirildi. Natijada o’zbek xalqining ma’naviy hayotiga putur yetdi, xalqning siyosiy ongi o’tmaslashdi, ijtimoiy-siyosiy voqealarga befarqlik, loqaydlik hissi ko’chaydi.
Rusiya mustamlakachilari qariyb 135 yillik hukmronliklari davomida o’lkamiz xalqlari o’rtasida ruslashtirish siyosatini olib bordilar, xalqimizni tarixidan, o’z ona tilidan, dinidan judo qilish yo’lini tutdilar, shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat bayrog’i ostida milliy urf-odatlarimiz, ahloq-odob va madaniyatimizga xuruj qildilar. O’zbekistonni Markazning xom – ashyo yetkazib beruvchi bazasiga aylantirdilar, kommunistik partiya bunday siyosatni SSSR hududida yashovchi barcha jumhuriyatda va sotsialistik hamdo’stlik mamlakatlarida yurgizgan.
Kommunistik partiyaning yurgizgan ulug’ davlatchilik mafkuraviy siyosati xalqimiz va millatimiz taqdiri uchun ayanchli oqibat va natijalarga olib keldi. Vatan tarixini bilmaslik, o’zbek xalqining milliy qadriyatlari va urf-odatlaridan uzoqlashish oqibatida jamiyatda shunday avlod vakillari shakllandiki, ularning aksariyatida milliy ong va milliy g’urur tushunchalari so’nib ketdi. Ularning ongida O’zbekiston taqdiriga, o’zbek millati taqdiriga, madaniyatimiz, tariximiz va tilimiz, dinimiz taqdiriga loqayd va befarqlik munosabatlari g’oyasi ustivor mavqeni eg’alladi. Millat istikboli uchun vaziyat shu darajada haloqatli nuqtaga yetdiki, O’zbekiston Respublikasi o’zining davlat mustaqilligiga erishgandan keyin ham, o’z taqdirimizni o’zimiz hal qilish imkoniyatiga ega bo’lganimizdan so’ng ham Vatan tarixini o’qitishga qarshi yo’l tutuvchilar ham bo’ldilar. Ular o’z «g’oyalari»ni asoslashga intilib, «O’zbekiston tarixini jahon xalqlari tarixi bilan birga qo’shib o’qitish kerak», «O’zbekistan tarixi-bu maktab fani», «Oliy o’quv yurtlarida O’zbekiston tarixining o’rniga O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy tarixini o’qitish lozim, jahon xalqlari tarixini o’qitishga o’tish darkor», Oliy o’quv yurtlarida umuman “ O’zbekiston tarixini o’qitishga extiyoj yo’q» kabi fikrlarni o’rtaga tashladilar. Albatta bu milliy g’oyasizlik, milliy g’aflat va milliy vijdon inqirozining tub o’zagida o’z ona tarixidan bexabarlik yotadi. Bu esa qullik, tobelik va mustamlaka muteligining asosiy ayanchli kurinishidir. Darhaqiqat, qullik, tobelik va mustamlaka muteligi asorati g’oyalaridan ozod bo’lish uchun milliy ongni, tafakkurni, milliy vijdonni shakllantirmok kerak ekan, milliy ongni, milliy tafakkur va milliy vijdonni qaror toptirmok uchun nima qilmoq kerak. Buning uchun ona xalqimizning haqiqiy, tom ma’nodagi tarixini o’rganish va o’rgatish lozim. Xristian ilohiyotchisi A.Avgustian «g’aflatda yotgan xalqni uyg’otish uchun avvalo uning tarixini uygot» deganda haq edi. CHunki tarix xalq xotirasi, vatanimizning o’tmishi, avlodlar sevib, e’zozlab, o’rganib saboq oladigan hayot maktabidir. XII asr allomasi SHaxobiddin Muhammad an-Nasaviy ona tarixning inson hayotidagi o’rniga yuksak baho berib bunday degan edi:
Kimki tutmas qalbida tarixni,
U inson ham emas, olim ham emas.
Biroq kimki uqsa o’tmishini,
Ko’p boyitar o’z turmushini.
Tarix odamlarni o’ylatadi, bo’lib o’tgan tarixiy hodisalar va voqealarni tahlil qilish, fikrlash va ulardan amaliy hayotiy xulosalar chiqarish asosida dasturiy harakatlar yo’llanmasini belgilashga yordam beradi. Milliy o’zlikni anglashda, milliy birlikni shakllantirishda shajaramiz ulug’ligi va pokligini bilishda, dono xalqimizning jahon xalqlari orasida tutgan o’rniga munosib baho berishda, uning boy hayotiy tajribalaridan kengroq foydalanishda, xalqimizning olijanob, hurriyatparvar va erkparvar an’analarini izchil o’rganish va yanada boyitishda, xullas barkamol haqiqiy inson shaxsini yaratishda Vatan tarixining o’rni benihoya kattadir. Vatan tarixi mustaqil davlatimiz ijtimoiy hayotida faol katnasha oladigan, idrokli va qobiliyatli, o’zining tarixiy ildizlarini anglashga qodir, yurtiga, vataniga, ona xalqiga cheksiz mehr-muhabbat his-tuyg’ulari bilan to’lib- toshgan avlodni kamol toptirish, ularning ongida milliy istiqlol tafakkuri va harbiy vatanparvarlik g’oyalarini shakllantirish qurolidir.
Vatan ostonadan, inson yashab nafas olib turgan go’shadan, insonni kindik koni to’qilgan xonadon tuprog’idan boshlanadi. SHu bois, inson ilk bor nafas olib, ulg’ayib voyaga yetgan ona zaminga mehr-muhabbat va sadoqatda bo’lishi, uning har bir hovuch muqaddas tuprog’ini ko’ziga tutiyodek surtishi, unga nisbatan bir umr farzandlik hissi bilan yashashi uning uchun ham farz ham karzdir.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Vatan tarixining barkamol insonni shakllantirishdagi o’rniga yuksak baho berib, «Tarixga murojaat kilar ekanmiz – bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bulmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi», – degan edi. O’tmishni bugun yaratib bo’lmaydi, o’tmish bugunni yaratadi. Tarixdagi har bir ijtimoiy yuksalish jamiyatning o’z merosiga, o’z o’tmishiga bo’lgan munosabatini isloh qilishdan boshlangan. o’tmishga bo’lgan har qanday ijodiy murojaat esa hamisha inqilobiy o’zgarishlarga zamin tayyorlagan, o’tmish aqidalari bugun uchun xizmat qilgan. Biroq, o’tmishga murojaat qilishdan avval, unga bo’lgan munosabatni halol, to’g’ri yo’lga solish kerak. Busiz tarixni holisona yaratish mumkin emas. XXI asr bo’sag’asida Vatanimiz tarixida yangi davr boshlandi. O’zbekiston o’zining davlat mustaqilligini qo’lga kiritdi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.
Har bir xalq, har qaysi mamlakat o’zining uzoq va betakror tarixiga ega bo’lganidek, O’zbekistonning, o’zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir.
Tarixiy voqealarni o’rganishda ilmiy, nazariy-metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. SHo’rolar davrida uni o’qitish va o’rganish ishlari marksistik metodologiyaga bo’ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga komfirqa mafkuraviyligi, partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshildi. Oqibatda ko’pgina tarixiy voqea-hodisalar soxtalashtirildi, o’tmish koralandi, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi. YOsh avlodga ularni jirkanch illat, xurofot, eskilik sarqitlari deb o’rgatildi. Tarix faqat jangu – jadal, urushlardan iboratdek qilib o’rganildi.
O’zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa bashariyat tarixi bilan chambarchas bog’langan. Qadim zamonlardan yaqin yillargacha Vatanimiz O’rta Osiyo minta-qasidagi ko’pgina davlatlar bilan – Afg’oniston, Eron, SHimoliy Hindiston kabi mamlakatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo’lib keldi.
Bu katta hududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o’zaro ta’sir va aloqada bo’lganlar, qo’shilish jarayonini boshdan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti bir-biri bilan o’zviy bog’liq o’tgan. SHu sababli O’zbekiston tarixini qo’shni mamlakatlar tarixi bilan bog’liq holda o’rganish taqozo etadi. Qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg’on, hind, arab va boshqa xalqlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, u O’zbekistonni xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama o’rganishga imkon yaratadi, ko’maqlashadi.
Tarixiy voqea, hodisalarlarni o’rganish, tahlil etish va yoritishda holisona, haqqoniy, adolatli yondoshuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarlarni o’rganayotganda, ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning xech bir istisnosiz butun majmuani birga olib tekshirishni, aniq haqqoniy dalillarga asoslanib ishlashni talab qiladi. Tarixiy hodisalarlarni bir butun holda o’zaro aloqada va munosabatda deb tekshirish lozimdir.
Tarixni o’rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarlarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqea-hodisalarlarni o’rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga e’tibor qilmoq zarur. Har bir voqea, hodisalarni boshqa, voqea-hodisalarlar bilan bog’lab o’rgangandagina mazkur voqea-hodisalarning umumiy tarixiy jarayonidagi o’rnini to’g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo’ladi. Har-bir voqea-hodisalarga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo’lagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisalarga qanday tarixiy sharoitda, muxitda paydo bo’lganligini bu hodisalar o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir.
Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishini, hozirgi zamon va kelajagini yagona tabiiy tarixiy jarayon deb, o’tmish Hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz.
Tarixiy jarayonni o’rganishda ijtimoiy yondashuv printsipiga rioya etish zarur bo’ladi. Ijtimoiy yondoshuv metodologiyasini tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa-kambag’allar, yo’qsillar yoki mulkdor, boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondoshuv bo’lib, u tarixni soddalashtiradi, to’g’ri xulosaga olib kelmaydi.
Mamlakatimiz tarixini o’rganishda milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urf-odatlarini, din, islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishga, yoritishga tsivilizatsion munosabatda bo’lib, ularni hurmatlash, e’zozlash nuqtai nazaridan yondoshmok kerak. Xayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma’naviy madaniyatini ahloqiy mezonlarini ikkiga – ekspluatatorlik madaniyati va ahloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va ahloqiga bo’lish va birinchisini qoralashdan iborat bol’sheviklarcha yo’riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko’rsatdi. Ma’naviy merosga bunday yondashuv ma’naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga, ko’pgina olimlar, ma’rifatparvar ziyolilar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini xech kachon unutmaslik kerak. Tarixni o’rganishda yuqoridagi metodologik qoidalar bilan bir qatorda faktlarni takkoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsialistik tadqiqotlar o’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalaniladi.
2. O’zbekiston tarixi predmeti va uni o’rganishning ahamiyati. O’zbekiston tarixini o’rganishning nazariy-metodologik asoslari va uni o’rganish tamoyillari.
Tarixni o’rganishning muhim nazariy metodologik asoslari bor. Bulardan biri dialektik metod. Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o’zaro bog’lanishi, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi, deb taolim beradi. Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog’liq holda o’rganishni taqozo etadi. Negaki, har bir xalq tarixi milliylik, o’ziga xos betakror xususiyatlari bilan jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishidadir.
Darhaqiqat, O’zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa bashariyat tarixi bilan chambarchas bog’langan. Qadim zamonlardan yaqin yillargacha Vatanimiz O’rta Osiyo mintaqasidagi ko’pgina davlatlar: Afg’oniston, Eron, SHimoliy H indiston kabi mamlkatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo’lib keldi. Bu katta hududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o’zaro taosir va aloqada bo’lganlar, qo’shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, maonaviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog’liq o’tgan. SHu sababli O’zbekiston tarixini qo’shni mamlkatlar tarixi bilan bog’liq holda o’rganish taqozo etiladi.
Tarixiy voqea, hodisalarni o’rganish, tahlil etish va yoritishda holislik-haqqoniy, adolatli yondoshuv muhim metodologik qoidadir. X olislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarni o’rganayotganda ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmui bilan birga olib tekshirishni, aniq haqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi.
Tarixni o’rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea-hodisalarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqea – hodisalarni o’rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga eotibor qilmoq zarur. H ar bir hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda bo’lganligini bu hodisa o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo’lsak, birinchidan, u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo’ldi, ikkinchidan u o’z taraqqiyotida qanday bosqinchilarni bosib o’tdi, uchinchidan, u hali ham mavjudmi?, hozir qay ahvolda, qanday bo’lib qoldi?, degan savollarga aniq javob berishi zarur bo’ladi.
Tarixiylik metodologiyasi xalqning o’tmishini, hozirgi zamon va kelajagini yagona tabiiy jarayon deb, o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo’ldan borayotgan ekan, porloq hayot, turmush qurmoqchi bo’lgan avlod tarix fani orqali o’z o’tmishini yaxshi bilmog’i lozim. O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz. SHuningdek, hozirgi zamonni bugungi avlodning bunyodkorlik faoliyatini to’g’ri idrok etish o’tmishni, tariximizni chuqur anglashga ko’maklashadi.
Insoniyat taraqqiyotining ma ’ lum bosqichida urug’chilik tuzumi yemirilib, xususiy mulkchilik kelib chiqib, urug’ jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga bo’lingach, tarixiy voqea va hodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog’liq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa o’z manfaati nuqtai nazaridan harakat qiladigan, ularning manfaati bir-biri bilan to’qnashadigan bo’lib qoldi. Bunday vaziyatda sodir bo’lgan voqealarni, tarixiy jarayonni o’rganishda ijtimoiy yondoshuv printsipiga rioya etish zarur bo’ladi. Ijtimoiy yondoshuv metodologiyasi tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa-kambag’allar, yo’qsillar yoki mulkdor, boylar manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondoshuv bo’lib, u tarixni soxtalashtiradi, to’g’ri xulosaga olib kelmaydi.
Ijtimoiy yondoshuv printsipi davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo’lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko’rsatgan ijobiy yoki salbiy taosirini, jamiyatni u yoki bu yo’ldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim axamiyatga egadir.
Mamlakatimiz tarixini o’rganishda milliy qadriyatlar, an’analari va urf-odatlari, islom dini tarixi, odamlarning diniy eotiqodlari, diniy taolimotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishga, yoritishga tsivilizatsion munosabatda bo’lib, ularni hurmatlash, eozozlash nuqtai nazaridan yondoshmoq kerak. Xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma’naviy madaniyatini, axloqi, mezonlarini ikkiga – ekspluatatorlik madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya madaniyati va ahloqga bo’lish va birinchisini qoralashdan iborat lenincha yo’riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko’rsatadi. Ma ’ naviy merosga bunday yondoshuv maonaviy qashshoqlashuvga, milliy qadriyatlarning, urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga, ko’pgina olimlar, maorifatparvar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik kerak. Tarixni o’rganishda yuqoridagi metodologik qoidalar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalaniladi.
Xullas, biz O’zbekiston tarixi fanining Prezidentimiz aytganlaridek “davlatga, xalqqa, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozimligini unutishga aslo haqqimiz yo’q”.
Prezidentimiz “Fidokor” gazetasi muxbiri bilan bo’lgan suhbatlarida komil insonni yaratishda, milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirishda tarix fanining roliga yana bir bor yuqori baho berib shunday dedilar: “. Milliy mafkurani shakllantirishda eng katta manba – bu xaqqoniy yoritilgan tarixdir. Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo’lmaydi.”
Agar haqiqiy tarixiy jarayon nuqtai nazaridan Vatan tarixiga yondashadigan bo’lsak, u quyidagi katta davrni o’rganadi:
1 .Vatanimiz tarixining eng qadimgi davri.
2. Vatanimiz tarixining O’rta asrlar davri.
3. Vatanimiz tarixi Rusiya bosqini va mustamlakachiligi davrida.
4. Vatanimiz tarixi sho’rolar hokimiyati davrida.
5. Vatanimiz tarixi mustaqil taraqkiyot davrida.
Bu katta davrlar o’z navbatida bir necha kichik davrlarga bo’lib o’ganiladi.
Vatan tarixini yoritishda kaysi manbalar asos bo’lganligi ham g’oyat katta o’rin tutadi. SHo’ro hokimiyati yillarida yozilgan O’zbekiston tarixiga oid adabiyotlar uchun marksizm – leninizm klassiklarining asarlari, KPSS hujjatlari, Kommunistik partiya va sho’ro davlati rahbarlarining ma’ruza, nutq, maqola va asarlari, Rusiya, Rim tarixchilari, adiblari va olimlarining asarlari asosiy manba o’lib xizmat qilgan. O’tmish tariximiz va madaniyatimizning durlari hisoblangan Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Forobiy, Ahmad Farg’oniy, YUsuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg’ariy, Narshaxiy, Navoiy, Ulug’bek, Nizomiddin SHomiy, SHarafuddin Ali YAzdiy, Xondamir, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Solih va boshqa juda ko’plab dunyoga mashhur alloma va mutafakkirlarning qimmatli asarlari va meroslari esa deyarli e’tibordan chetda qolgan. Vatan tarixini yaratish va o’rganishda quyidagi manbalar asos bo’lishi mumkin.
1. Qadim zamonlardan to shu kunga qadar ulug’ ajdodlarimiz buyuk allomalar va dono mutafakkirlar, shoirlar, yozuvchilar qoldirgan ma’naviy boy asarlari.
2. Turli hujjatxonalarda saqlanayotgan qo’lyozma asarlar, hujjatlar, ashyolar.
3. Kutubxonalarda saqlanayotgan yozma kitoblar, ilmiy, badiiy memuar asarlar, darsliklar, qo’lyozmalar, risolalar, to’plamlar.
4. Har xil muzeylarda saqlanayotgan ko’rgazma zallari hujjatlari, birinchi navbatda arxeologiyaga oid qazilma yodgorliklari.
5. Muzey-shaharlar, tarixiy obidalar, yodgorliklar.
6. Kino, fotohujjatlar.
7. O’zbekiston hukumati rahbarlari asarlari, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan turli hujjatlar, qonunlar, qarorlar, farmonlar, shuningdek, mahalliy matbuotning barcha vositalari (teleradio, gazeta-jurnallar) ma’lumotlari ham muhim manba hisoblanadi.
“O’zbekiston tarixi” fanining hozirgi mustaqilligimizni mustahkamlash, komil insonni tarbiyalashdagi roli mislsizdir. SHuning uchun ham Prezidentimiz I. Karimov tarix fani taqdiriga qiziqib, uni rivojlantirish, buning uchun esa tarixiy tadqiqotlarni to’g’ri yo’lga solib yuborish ishida tashabbus ko’rsatmoqdalar.
Maolumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O’zbekistonning yangi tarixini yaratish markazini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni, 1996 yilning 16 dekabrida esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va nashr etish to’g’risida” qarori e’lon qilindi. Bu qarorda Vatan tarixini yoritishning ilmiy-metodologik yo’nalishlari ko’rsatib berildi. Bu yo’nalishlar quyidagilardan iborat:
– xalqimiz o’tmishidagi millat taqdiri bilan bog’liq bo’lgan tarixiy jarayonlarni chuqur ilmiy tadqiq etish, holisona yoritish;
– O’zbekistonning yangi tarixini yozishda tarix bosqichlari va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uzluksiz jarayon ekanligini nazarda tutish, tarixiylik va vorisiylik tamoyillariga amal qilish;
– O’zbekiston xalqining buyuk tarixiy merosga ega ekanligi va umumbashariyat qadriyatlariga munosib hissa qo’shganligini eotirof etgan holda o’ziga xos davlat qurilishi anoanalari va ularga nisbatan fikrlar, qarashlar xilma-xilligini hisobga olish;
– “O’zbekistonning yangi tarixi”ning har bir qismi va bo’limlarini yozishda biryoqlama, sub’ektiv yondoshuvlarga yo’l qo’ymasdan holisona tadqiqot usuliga amal qilish;
– “O’zbekiston tarixi”ga oid voqea-hodisalarni yoritishda uning ko’xna Turoni-zamin, Turkiston tarixining tarkibiy qismi bo’lganligini yodda saqlash:
– O’zbekiston tarixi dunyoning turli mintaqalarida sodir bo’lgan ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar hamda jahon taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy bog’liq ekanligini va ularning bir-biriga o’zaro taosirini hisobga olish;
– tadqiqot yaratishda eski kommunistik-bolpshevistik mafkura aqidalariga va o’tmishni soxtalashtirishga yo’l qo’ymaslik, tarixiy jarayonlarni holisona baholash;
– yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari, vatanparvarlik va umuminsoniylik ruhida tarbiyalashda tarixiy voqea-hodisalarning ahamiyatini eotiborga olish.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’irisida”gi 1998 yil 27 iyulda eolon qilingan qarori Respublikamizda tarix fanining qaytadan tiklanishi va rivojlanishida tarixiy voqea bo’ldi.
Qarorda Vatanimizda tarix fanining rivojlanishini taominlaydigan ishlarni tashkiliy jihatdan qayta qurish, texnikaviy jihozlash, kadrlar tayyorlash; bu ishlarni mablag’ bilan taominlash chora-tadbirlari belgilangan. Bu chora-tadbirlar, asosan, bir narsaga – “O’zbek xalqi va uning davlatchiligi haqqoniy tarixini o’rganish, mamlakatimiz va chet ellarda mavjud tarixiy manbalar tahlili asosida olingan ilmiy natijalarning jahon miqyosidagi eotirofiga erishish, ularga tayangan holda ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, turli adabiyotlar yaratish va mazkur bilimlarni keng yoyish hamda tarix sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash”ni taominlash va bu ishda Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatining bosh maqsadi bo’lishi kerak, deb ko’rsatilgan.
SHuni alohida taokidlash joizki, yirik davlat arbobi va isteododli olim Islom Karimovning bir qator kitoblarida va nutqlarida iqtisod va siyosatga, ma’naviyatning turli sohalariga bo’lgani kabi Vatan tarixiga ham, o’tmishimizga to’g’ri munosabatda bo’lish zarurligi haqida ham qimmatli fikrlar bor. Masalan, yuqorida taokidlaganimizdek, u o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” kitobida shunday deb yozadi: “Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo’maganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi”.
“Xalqimizning otashqalb farzandi” kitobida I.A.Karimov o’zining Vatan tarixiga qarashlarini izchilik bilan rivojlantirib, quyidagilarni yozgan: “Bugungi zamon bahosini berish uchun avvalambor, kechagi kunga – o’tmishga nisbatan qanday munosabatda ekanimizga baho berish kerak”.
I.A.Karimovning “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat” kitobidagi bir fikrga diqqat qilish joizdir. Hech mubolag’asiz aytish mumkinki, quyidagi so’zlar tarixchi – tadqiqotchilarimiz izlanishlari uchun metodologik asos bo’la oladi: “Biz yangi hayot uchun bel bog’ladik, biroq o’tmishga malomat toshlarini otmadik. Halqimizning o’tmishga tosh otish – gunohi azim, degan asl aqidasini yodda tutdik. o’tmishni taftish qilish yoki uni inkor etish – o’z ildizimizni o’zimiz kesishimiz bilan barobar ekanligini yaxshi angladik. ”
Bu gaplarni tarixchilarimiz, baozi ijodiy ziyolilarimiz ham o’qib, ham uqib olishlari kerak, chunki ilgari ular bunga amal qilmadilar va hozir ham to’la amal qilayotirlar, deb bo’lmaydi.
SHuning uchun ham Prezidentimiz 1998 yilning iyunp oyi oxirlarida bir guruh yetakchi tarixchilar hamda, ziyolilarning ayrim vakillari bilan suhbat o’tkazdilar. Bu suhbat “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” degan sarlavha bilan “Muloqot” jurnalining 5-sonida va alohida risola sifatida nashr qilindi.
Prezidentimiz suhbatda Vatan tarixining bir qator dolzarb muammolari haqida so’z yuritdilar. Bular asosan quyidagicha:
1. Vatan tarixini yaratishning yagona kontseptsiyasi yo’q. Obro’li tarixchi olim fikri ilmiy hukm bo’lib qolmoqda. Munozara, turli fikrlilik yo’q.
2. Bugun xalqning holis tarixi yaratilmagan, bor qo’llanmalar talabga javob bermaydi.
3. O’zbek davlatchiligining rivojlanish bosqichlari konkret ko’rsatilmagan. O’zbek millatining shakllanish tarixini, davlatchiligimizning paydo bo’lishi asoslarini ko’chmanchi xalqlarga bog’lashga intilish kuchli.
4. O’zbek davlatchiligi asosi tubjoy xalqlardan, masalan, Xorazmdan boshlanganligi, bunga “Avesto” guvoh ekanligi baralla aytilmadi.
5. Tezda jiddiy tadqiqotlarni tuzish kerak, bu ma ’ naviyatimiz uchun ham, siyosat uchun ham kerak, chunki u tarix ma’naviyatni shakllantirishga, siyosatga xizmat qiladi, yangi, holisona yozilgan tarixsiz siyosatda xatolarga yo’l qo’yish mumkin.
Prezidentimiz, avvalo, yangi Vatan tarixini yaratish ishi orqaga surilib kelinayotganligidan qoniqmaganliklarini bildirdilar, olib borilayotgan tadqiqot ishlari talabga javob bermasligini aytdilar. Bunga asosiy sabab Vatan tarixini yoritishning yagona kontseptsiyasi yo’qligi, dedilar.
Komil insonni tarbiyalashda Vatan tarixining roliga Prezidentimiz alohida urg’u beradilar. “O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, – deb yozadi Prezidentimiz “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” risolasida.
“Ma ’ naviyatni tiklash, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Takror aytaman, irodali insondir”. YAna “Inson uchun tarixdan judo bo’lish – hayotdan judo bo’lish demakdir”.
Ona Vatanimiz tarixining nomlanishi masalasida ham olimlar o’rtasida turlicha fikr va qarashlar bor. So’nggi yillarda fanimizning nomi o’qitilish ob’ektiga moslangan holda «Vatan tarixi», «O’zbekiston tarixi», «Tarix», nomlari bilan atalmokda. Vatanimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritib jahon hamjamiyatiga qo’shilgan ekan, tariximizning komil insonni tarbiyalashdagi o’rni benihoya kattadir. SHu jihatdan olganda:
Birinchidan, Vatan tarixi yosh avlod ongida g’oyaviy-siyosiy, nazariy-ilmiy dunyo qarashni shakllantirishi lozim, voqea va hodisalarlarga tarixiy nuqtai nazaridan yondashadigan har tomonlama yetuk barkamol Insonni tarbiyalash kerak.
Ikkinchidan, Vatan tarixi fani mustaqil O’zbekiston yoshlari ongida milliy vijdonning uyg’onib shakllanishiga ko’m aqlashadi. YOshlar ajdodlarimiz taraqqiyot yo’lining tarixiy tajribasini o’rgangandagina, ularda istiqlol tafakkuri, hozirgi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy turmushni o’tmish bilan qiyoslash hamda kelajakka nazar solish malakasi shakllanadi, milliy jihatdan uyg’onadi. Milliy o’zlikni anglamasdan, milliy tafakkurni shakllantirmasdan turib baynalminalchilik haqidagi har qanday g’oya va qarashlar mantiqsiz ekanligini anglaydi.
Uchinchidan, Vatan tarixi fani yoshlarimizni otashin vatanparvarlik an’analari ruhida tarbiyalaydi. Tarix fanining deyarli har bir mavzusi bu borada boy imkoniyatlarga egadir.
Turtinchidan, Vatan tarixi yosh avlodni ulug’ xalqimizning olijanob milliy qadriyatlari va ahloqiy fazilatlari. Halollik va poklik, odillik va adolatlilik, insonparvarlik va rostgo’ylik, mehnatsevarlik va kamtarlik, iymonlilik va e’tiqodlilik ruhida tarbiyalaydi. Vatan va xalq oldidagi burchga sadoqatni qaror toptiradi.
Beshinchidan, Vatan tarixi fani yoshlarimizni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash qurolidir. YOshlarimiz bu fanni o’qish, o’rganish va mutoalaa qilish jarayonida O’zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi va bir bo’lagi ekanligini tushunib oladilar. O’zbekiston azaldan ko’p millatli mamlakat ekanligi, o’zbek xalqi va buyuk allomalarimiz, fan va madaniyat arboblarimizning jahon taraqqiyotiga ko’shayotgan munosib hissasi bilan qonuniy suratda faxrlanadilar.
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» – nomli risolasida I. Karimov ta’kidlaydiki, «Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, hulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli kishini esa oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi. O’z fikr-o’yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo’ladi». Darhaqiqat, qimmatli fikrlar. Tariximizni bilish, o’tgan mutafakkirlar, olimlar, daholar, xalq qahramonlari haqidagi ma’lumotlarni o’rganish albatta kishilarimiz tafakkurida, ongida, xususan biz kelajakni ularsiz tasavvur qilolmaydigan yoshlarimiz tushunchalarida keskin ijobiy o’zgarishlar paydo qiladi. Uylab ko’raylikchi, o’tmishda hududimizga bosqinchilik bilan kelgan chet el bosqinchilariga qarshi kurashgan, o’z hududi va elini ozodligi uchun jonini tikkan xalqning asl farzandlari – To’maris, Zarina, SHiroqlar, Spitamen, Muqanna, Torobiy, Abu Muslim, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, mo’g’ul istilochilari sulolalarini tugatib, markazlashgan yirik turk imperiyasini tuzgan Temur, chorizm mustamlakasiga qarshi kurashgan milliy ozodlik harakati rahbarlari yetimxon, Po’latxon, Dukchi Eshonlar, sho’rolar hukmronligiga qarshi istiqlolchilar harakati namoyondalari-bularning barchasining jasoratdan iborat bo’lgan faoliyatlari nahotki kishilarimiz qalbida vatanparvarlik ruhini, o’z yurtini va elini sevish va e’zozlash kabi fazilatlarini ko’chaytirmasa, nahotki tariximizda o’chmas iz qoldirgan yirik olimlar, shoirlar, sarkardalar (ularning yuzlab nomlarini keltirishimiz mumkin) faoliyatlari, ijodlari dunyo miqyosidagi ahamiyatga ega bo’lgan va hozir ham o’z qimmatini yo’qotmagan ishlari haqidagi ma’lumotlar odamlarimizda milliy g’urur, milliy iftixor, shuningdek, o’shalarga munosib bo’lishdek his-tuyg’uni uygotmasa. Bulardan xabardor bo’lish ayniqsa, yoshlarimizda ularga va ular qoldirgan-moddiy va ma’naviy merosga, o’tmish an’analariga sodik qolishdek xususiyatni kuchaytiradi.
Barchamizga ayonki, ma’naviy barkamol odamlar xalq taqdiri va farovonligi, Vatan taqdiri va uning ravnaqini o’ylaydilar. Ular mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar. SHuningdek, insonning insonligi uning pok va halolligi, fidoiyligi bilan o’lchanadi. SHuning uchun tariximizga nazar tashlasak, ota-bobolarimiz hamisha halol bo’lishga, fidoiylik ko’rsatishga da’vat etib kelishgan. Halol bilan haromni farqlash to’g’risida nasihat qilishgan. SHuning uchun Turkiston hududida, xususan O’zbekistonda uzoq o’tmishdan boshlab, ayniqsa ta’lim-tarbiya uchun mo’ljallangan kitoblarda ilmi odob, husni odob yo’nalishlariga alohida e’tibor qilingan. Diniy yo’nalishlarda esa bolalarni yoshligidan boshlab, barcha insoniy fazilatlarni ma’nosini o’zida mujassamlashtirgan hadislarni o’qitish, o’rgatish, yodlatishga harakat qilingan. Demak, shunday xulosa qilishimiz mumkinki, tarix – bu buyuk ustoz, tarix – bu tarbiyachi, tarix – bu hayotiy saboqlar yig’indisi. Tarixni o’rganish – bu beminnat o’qituvchiga shog’ird bo’lishdir. SHuning uchun ham yana bir bor ishonch bilan aytamizki, barkamol insonni yetishishida O’zbekiston tarixi fanining bilishni ahamiyati, o’rni ulkandir.
Xulosa qilib: “Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur”. Bu vazifalarni bajarish uchun nima qilish kerak. Vatan tarixi fanining vazfalarini Prezidentimiz lo’nda qilib ko’rsatdilar. “Fanning vazifasi kelajagimizning shakli-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib berishdan iborat deb, tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu tabiiy qonuniyat ekanini isbotlab, tushuntirish berish kerak. Fan jamiyat va taraqqiyotni olg’a siljituvchi kuch, vosita bo’lmog’i lozim”. Tarixni bilish davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur, – deb ko’rsatadi I.Karimov.
3. O’zbekistonda ibtidoiy jam iyat va uning davrlari. (Paleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza davrlari manzilgoxlari).
Qadimgi taraqqiyot (tsivilizatsiya) tushunchasi. Qadimgi taraqqiyotning shakllanishi. Qadimgi odamlarning dastlabki makonlari. Selengur, Ko’lbuloq, Teshiktosh va boshqa manzillar. Olov va o’q-yoyning kashf etilishi).
«Sivilizatsiya» so’zi nisbatan yaqinda, 2 asr muqaddam, frantsuz ma’rifatchilari tomonidan ilmiy iste’foga kiritilgan, ular bu ibora orqali hur, ozod, odil, huquqiy tizimga ega grajdanlik jamiyatini ifoda qilganlar. Lotincha «civilis» Qadimdan grajdanlik, ya’ni harbiylashmagan jamiyat ma’nosida tushunilgan.
Keyinchalik bu so’z turlicha, keng mazmunda ishlatiladigan bo’lib ketdi. Masalan, Amerikalik antropolog L. Morgan, uning ketidan nemis olimi F. Engels odamzod tarixidagi tsivilizatsiyani yovvoyilik, vaxshiylik va yarim vaxshiylik davridan keyin kelgan ijtimoiy tizimi shakllangan, ijtimoiy tabaqa va sinflar, Davlatlar, xususiy mulkchilik tashkil topgan inson jamiyati rivojining muhim bosqichi sifatida anglaganlar. Ingliz tarixchisi A. Toynbi tsivilizatsiyalarni hududiy madaniy-tarixiy taraqqiyot ko’rinishi deb hisoblagan.
Sivilizatsiyaning boshlanish nuqtasi va asosiy ob’ekti-bu insondir. Odam tabiat ne’matlaridan o’z extiyoji uchun foydalanishga va uning ustidan o’z hukmronligini o’tkazishga intiladi. TSivilizatsiya-bu odamning komillik, yetuklikka intilish belgisidir. Al-(Forobiy «Fozil shahar aholisining maslagi» asarida shunday deydi: «har-bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishishga harakat qiladi». Alloma o’zining boshqa risolasida «Davlatning vazifasi-insonlarning baxt-saodatga olib borishdir. Bu esa ilm va yaxshi ahloq yordamida qo’lga kiritiladi», deb ta’kidlaydi.
YUsuf Xos Hojib o’zining mashhur «Qutadg’u bilig» kitobida jamiyatning muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish, unga takomil baxsh etishning insonning asosiy burchi deb biladi. Buning uchun avvalo ilm va uni xayotga tatbiq etish muhimligini uqtiradi. Uning suyukli qahramoni aql va bilim egasi bo’lgan. Alisher Navoiy komillikni insonni ma’rifatli bo’lishida, yuksak ma’naviyatida, adolatning tantanasida va nihoyat, xalq va yurtboshining o’zaro sadoqatidadir, deydi. Frantsiya donishmandlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni tsivilizatsiyaga erishgan mamlakat deb hisoblaganlar. Mashhur nemis olimi Gegel esa tsivilizatsiyani ma’naviy-ruhiy madaniyatning moddiy-texnik asosi, deb tushungan.
Ko’rinib turibdiki, tsivilizatsiya zamirida aql-zakovat, farosat, xayotga ijodiy yondashish, betinim mehnat kabi fazilatlar mujassam. SHuning uchun ham ko’pchilik lug’atlarda tsivilizatsiya so’zi ijtimoiy taraqqiyot, moddiy va ma’naviy madaniyat darajasi deb talkin etiladi.
Ko’p tarixshunoslarning fikricha, tarixni o’rganishga yondashish anchagina holis va ob’ektivdir. Jahonning asosiy qitalari kabi Markaziy Osiyo hududida ham ibtidoiy jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichlari mavjud. Paleolit eng qadimgi va uzoq asrlarni o’z ichiga olgan tosh davridir. Undan keyingi mezolit davri miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklarni o’z ichiga oladi, o’ng neolit-miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar, eneolit (mis-tosh) davri-miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklar, bronza davri-miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar va temir davri-miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlarini o’z ichiga oladi.
Sayyoramiz tarixida eng buyuk voqea-odamzodning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishi bo’lgan. Bir qancha olimlar, xususan U. Islomov, odamlarni maymundan emas, balki, maymunsimonlar oilasiga kirgan jonzotlardan uzoq vaqtlar davomida shakllangan, degan taxminni qo’llaydilar. SHarqiy Afrikaning Olduvay daryosi o’zanida eng qadimgi odam suyaklari topilgan. Bu suyaklar 1 mln. 700 ming yil avval yashagan kishiga mansub. Antropogenez fani odamzodning paydo bo’lish davri taxminan 5 mln. yilni o’z ichiga oladi deb hisoblaydi. Neandertal kiyofali odamning tarkalishi miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklarga oiddir. Zamonaviy kiyofali odamlarning (kroman’onlarning) paydo bo’lishi miloddan avvalgi 40-30 ming yilliklarga to’g’ri keladi.
Qadimgi odamlarda ongning paydo bo’lishi, fikrlash qobiliyatining vujudga kelishi juda uzoq va g’oyat murakkab jarayon bo’lgan. Bu haqda olimlarda turli muloxazalar mavjud, ammo aniq bir narsa ayonki, yashashga intilish, jon saqlab qolish, tirikchilik qilish qadimgicha fikr qilishga, qiyoslash va takkoslashga majbur etgan.
Hozirgi zamon odamiga o’xshash kishilar shakllanganiga ham uzoq ming yillar utibdi. Es-hushli odam (Homo Sapiens) ning shakllanish jarayoni murakkab sharoitlarda muhim boskichlardan o’tgan. Bu davrda eng muhimi anglash vositasi bo’lgan inson miyasining shakllanishi edi. Ko’pchilikka ma’lumki, inson miyasi maymunlar miyasiga qaraganda 4-5 marta kattadir. Bilamizki, har-bir mahluq sezgi organiga ega. Lekin, faqat odamzod atrof muhitni anglash, idrok etish, xulosalar chiqarish, tabiatning ayrim elementlarini o’z manfaatlariga moslash, qulayliklar yaratishdek nodir ne’matga sazovor bo’ldi.
Mezolit davrida jahonning ko’p qit’alarida tektonik o’zgarishlar: yirik ekologik tanazzul yuz berdi, zilzilalar bo’ldi, muzliklar eridi. SHu bois tabiiy sharoit ko’p hududlarda keskin o’zgardi, odamlarning katta-katta guruh bo’lib iqlimi durustroq joylarga ko’chishlari bo’ldi (shu jumladan Markaziy Osiyoga ham). YAngi sharoitga moslashish esa, kishini yanada faolroq bo’lishini taqozo qildi. Ma’lumki, o’q-yoy, kamon mezolit davrining mevasidir, uning tarixiy ahamiyati barchaga ayon. Inson tirikchilikning yangi manbalarini izlaydi. Maxsulotni sun’iy ravishda yetishtirishni o’rgana boshlaydi. Boshoqli donlar, xonaki mol, qo’y-echkilar, ishlab chiqarishni yangi qurollari ko’p mintaqalarda mezolit va neolit davrining mahsulidir. Ko’pchilik olimlar ana shu asrlarni tsivilizatsiyaning dastlabki muhim qadamlari davri deb hisoblaydilar. Tadqiqotchilarning ayrimlari esa «neolit inqilobi tsivilizatsiyalar tarixining boshlanishi» degan xulosaga keladilar. Ularning fikricha dastlabki tsivilizatsiya markazlari Old Osiyo va yaqin SHarq bo’lgan,xususan Nil, Frot, Dajla, so’ng Hind, keyin YAntszi vohalari tilga olinadi. Qadimshunos olimlar A.Amalrik va A.Mongayt fikricha, Misr inson hayotining ta’minlagan va madaniyatni vujudga keltirgan yurt, eng qadimgi ziroatchilik vatanidir. Dehqonchilikni paydo bo’lishi kishilarga boshqa yumushlarni amalga oshirish imkonini yaratdi va asta sekin hunarmandchilik rivojlana boshladi.
Markaziy Osiyoning qulay geografik sharoiti ibtidoiy davrning dastlabki bosqichlaridanoq kishilar diqqat e’tiborini o’ziga tortib kelgan. Hozirgi O’zbekistonning Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo bo’ylaridan, Farg’ona vodiysi va uning tog’ yon bag’irlari hududlaridan, Ohangaron va CHirchiq daryolari atrofidan shuningdek Janubiy Qozog’istonning, Qirg’iziston va Janubiy Turkmanistonning tog’ va tog’ oldi tumanlaridan ibtidoiy jamoa tuzumining barcha davrlariga oid yodgorliklari topilgan. O’rta tosh davriga mansub ibtidoiy kishilar manzilgohlari Markaziy Osiyoning ko’p joylarida uchraydi. Demak, aholi bu paytlarda yurtimizda keng tarqalgan bo’lib, kishilar turmushida va mehnat qurollarida yangi unsurlar paydo bo’la boshlagan. Endi ular ibtidoiy tudadan urug’chilik jamoasiga o’ta boshlaydilar. Ana shu davrda o’lkamizda hozirgi zamon odamlariga o’xshash kromanonlar paydo bo’ldi. Ular tinimsiz mehnat natijasida aqliy va jismoniy jihatdan rivojlandilar va biologik xususiyatlari o’zgarib bordi. Mehnat qurollari takomillashadi, nutq madaniyati o’sib, fikrlash ancha oshadi. Olov sun’iy tarzda yaratiladi, ovchilik ancha rivojlanib keng hududlarga tarqaladi.
Qadimshunos olimlar U.Islomov, A.Askarov, A.Sagdullaev o’z tadqiqotlarida mintaqamiz tarixining eng asosiy sanalari to’g’risida to’xtalib, quyidagi muhim voqealarga diqqatni tortadilar.
O’zbekiston hududida odamzodning paydo bo’lganidan 1 million yilga yaqin vaqt o’tgan. Eng qadimgi ajdojlarimizning izlari Farg’ona viloyati So’x tumani Selungur g’oridan topilgan. Olimlar uni «Fergantrop» ya’ni Farg’ona odami deb atadilar. Surxandaryo viloyati Boysun tumani Teshiktosh goridan neandertal odam bolasining qabri topilgan. U bundan yuz ming yil burun yashagan deb taxmin qilinadi».
Odamzod tarixida bundan 40-35 ming, yil oldin ona urug’i (matriarxat) davri boshlandi. Ona urug’i yuqori paleolit, mezolit, neolit va eneolit davrlarida hukmronlik qilgan. SHu davrlarning ilk bosqichida yevropali, negrsimon va mo’g’ulsimon irqlar shakllandi. Bu jarayonda har bir urug’ va irq tarkalgan mintaqalarning tabiiy-geografik sharoitlari o’z ta’sirini ko’rsatgan. Bundan 35-12 ming yil muqaddam yurtimizda tarixiy san’at vujudga kela boshladi. O’q-yoy mezolit davrining dastlabki bosqichida ixtiro etilgan. Demak bu kashfiyot 12-10 ming yil burun paydo bo’lgan va insoniyat tarixida katta o’rin tutgan.
4. Urug’chilik jamoasining shakllanishi.
Qadimgi tosh asrining so’nggi Polеolit davrining oхiri mеzolit davriga kеlib 12 ming yillikda ibtidoiy odamlar mеhnat qurollarining yaхshilanib borishi, ishlab-chiqarish kuchlarini bo’linishi bilan ibtidoiy to’da davridan urug’chilikka o’ta boshlaydilar.
Urug’chilik davrida ham odamlarning hammaliri tеng mеhnat qilganlar. Mеhnat taqsimotlari umumiy bo’lgan. Urug’chilik tuzumi ikki bosqichni-ona va ota urug’ bosqichlarini o’z ichiga oladi. Dastlab ona urug’i paydo bo’lgan. CHunki urug’ning butun hayotida ona katta rol o’ynaydi. Ona urug’i juft nikoх kеlguncha, ya’ni odamlar mеtallni kashf qilgunlaricha davom etgan. Markaziy Osiyoda so’nggi polеolit davriga mansub topilmalar, yodgorliklar, shundan dalolat bеradiki, urug’chilik tuzumi davrida tasviriy san’at rivojlangan. Odamlar toshdan qurilgan uylarga rasmlar solganlar, tosh va suyaklarga хayvonlar, baliqlar va odamlarning qiyofasini o’yib ishlaganlar. Tosh va suyakdan yasalgan хaykalchalarda ona urug’iga e’tiqod qilganliklarini tasvirlaganlar. Dеmak, so’ngi polеolit davrida jamiyatda to’da o’rnini matriarхat-ona urug’i jamiyati egallaganligini ko’ramiz.
Ayollar jamiyatda еtakchi mavqеni egallaganlar. Jinslar o’rtasida mеhnat taqsimoti kеlib chiqqan. Ayollar oziq-ovqatlarni saqlash, ovqat tayyorlash, oilani zarur yoqilg’i bilan ta’minlash, bolani boqish va tarbiyalash ishlari bilan mashg’ul bo’lganlar. Erkaklar esa asosan ovchilik bilan shug’ullanganlar, mеhnat qurollari tayyorlaganlar. Bu davrda qarindosh-urug’iga bir-biri bilan uylanish ta’qiklangan, ya’ni ekzogamiya paydo bo’lgan. Bu narsa odamning biologik jihatdan takominlashib borishini ta’minlagan.
O’rta tosh asri ya’ni mеzolit davriga kеlib (bundan 12-7 ming yil avval) muzlik erib iqlim dеyarli hozirgi zamon iqlimiga yaqinlashgan. Arхеologik tadqiqotlar natijasida olinayotgan ma’lumotga ko’ra mеzolit davrida O’rta Osiyo iqlimi sеrnam bo’lgan daryo bo’ylari va botqoqliklarda to’qay va o’rmonlar paydo bo’lgan. Natijada odamlar yashaydigan maydonlar kеngaygan. Bu davrni muhim yangiligi o’q-yoyning, boltaning va idishlarning iхtiro qilinishi bo’ldi.
Bu davrda bir joyda yashagan bir nеcha urug’lar birlashib qabilani tashkil qilganlar. Qabiladagilar bir tilda gaplashganlar, o’z urf-odatlariga ega bo’lganlar. O’rta Osiyodagi qabilalar хo’jalikni ikki yo’nalishda rivojlantirib borganlar. Janubda yashagan qabilalar madaniy o’simliklarni o’stirishga o’ta boshlaganlar. O’rta Osiyoning shimoliy dasht va cho’l hududlarida yashagan qabilalar esa ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanganlar.
Eramizdan avvalgi 6-4 ming yillikda ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyoti yangi tosh asriga ya’ni nеolit davriga kiradi. Bu davrda qabilalar rivojlanadi, juft oila ajralib chiqadi. Хayvonlarni o’rgatish yaхshilanadi. 1930 yilda O’zbеkiton hududidagi Urganch yaqinidagi Amudaryo sohilida nеolit davrida yashagan odamning manzilgohi topilgan. Bunday manzilgohlardan yana 18 tasi ochilib ularning hammasini (ularni kashfiyotchisi akadеmik S.P.Tolstov) Kaltaminor madaniyati dеb atalgan. Uning ma’nosi shundan iboratki, qabilalar uy-joylarini qamish va yog’ochlardan qurganlar, ovqatlanishda sopol idishdan foydalanilganlar, sopol idishlar sirtini qizil bo’yoq bilan bo’yaganlar. Katta bir uyda (17-24 mеtrli) butun bir jamoa taхminan 100-200 kishi yashaganlar. Juft oila ajralib chiqqan bo’lsada, lеkin uning alohida хo’jalik o’chog’i bo’lmagan. Kaltaminor madaniyati ovchilar va baliqchilar madaniyatidir.
Mеtalldan qachon foydalanila boshlangan?. O’rta Osiyo hududida yashagan qabilalar mеtalldan birinchi marta eramizdan avvalgi 4-ming yillikda foydalanishni bilib olganlar. Avval хo’jalikda misni qo’llay boshlaganlar. Mis sof mеtall sifatida uncha qattiq va mustahkam emas. SHuning uchun ham misdan uncha mustahkam bo’lmagan qurollar va bеzaklar tayyorlash uchun foydalanganlar. SHu sababli dastlabki davrda misdan foydalanish ishlab-chiqarish kuchlari taraqqiyotining kеskin burilishiga ta’sir etolmagan. Bu davrda yashagan qabilalar tosh qurollarsiz yasholmaganlar. SHuning uchun mеtallni qo’llashning bu dastlabki davri enеolit ya’ni mis-tosh asri dеb ataladi. Bu davrda dехqonchilikda va chorvachilikda bir muncha malaka хosil qilganlar. YAshash uchun zarur bo’lgan o’simliklardan sun’iy o’stirishga o’ta boshlaganlar, ba’zi хayvonlarni qo’lda boqish odat tusiga kira borgan edi.
Dехqonchilik va chorvachilik qachon kеlib chiqqan?. Ibtidoiy dехqonlar va chorvachilikning o’troq jamoalari asta sеkin mеhnat qurollarining takomillashtirib mеtallar, mis, qalay, kumush, oltin eritish, quyish ulardan foydalanish yo’llarini o’rganganlar. Ishlab-chiqarishda bronzaning ishlatila boshlanishi bilan jamiyat taraqqiyotida eramizdan avvalgi 3-ming yillikda bronza davri boshlanadi. Bronza, mis va qalay aralashmasidan iborat. U misga qaraganda afzalliklarga ega. U ishlov bеrish uchun juda qulay va turli mеhnat qurollari tayyorlashga juda bop. Bronza qurollarining tarqalishi o’sha davr jamiyatining хo’jalik ijtimoiy va madaniy hayotining hamma sohalarida muhim siljishlarni tug’diradi. Mis, bronza ish qurollaridan foydalanish natijasida dastlabki mеhnat taqsimoti sodir bo’ladi: dехqonchilikdan chorvachilik ajrab chiqadi. Suv nisbatan sеrob bo’lgan Amudaryo quyi oqimi, Farg’ona va Zarafshon vodiylarida yashagan qabilalar dехqonchilikka, iqlimi quruq bo’lgan Qashqadaryo, Surхandaryo, Buхoro noхiyasidagilar chorvachilikka iхtisoslashdilar. Bronza davrining хo’jalik sohasida eng katta yutuqlaridan biri qadimgi dеqonchilikning kеng yoyilishi va miloddan avvalgi 2-ming yillikning ikkinchi yarmida chorvachilikning dеhqonchilikdan ajralib chiqishidir. Dеmak хo’jalikning bu ikki tarmog’i eramizgacha 3-2-ming yillikda vujudga kеladi.
Yirik ijtimoiy mеhnat taqsimoti sodir bo’lishi mеhnat qilishni og’irlashtiradi. Jismoniy kuchli bo’lgan erkaklarning ijtimoiy turmushdagi roli ortib boradi. Rivojlanib borayotgan dехqonchilik va chorvachilik madaniyati va iqtisodi zaminida katta oila jamoalarida erkaklar mavqеining oshib borishi matriarхatning еmirilishiga va ota хuquqini-patriarхatni qaror topishiga olib kеladi. SHunday qilib ona urug’i o’rniga ota urug’i vujudga kеladi. Bronza davridan boshlab urug’chilik otaga qarab olib boriladigan bo’ldi. Jamoalarning mol mulklarini qo’riqlash eхtiyojini harbiy qabila ittifoqini vujudga kеltiradi.
Tеmirdan qachon foydalana boshlandi? Odamlar tеmirdan buyum yasashni o’rganganlaridan kеyin haqiqiy mеtall-asri boshlandi. O’rta Osiyoda tеmir eramizdan avval I ming yillik boshida tarqaladi. Ishlab chiqarishda tеmir qurollardan foydalanish dехqonchilik va hunarmandchilikdagi tехnika taraqqiyotida muhim rolь o’ynaydi.
Tеmirning paydo bo’lishi bilan undan qilichlargina yasabgina qolmay, balki, omoch, bеlkurak va boshqa mеhnat qurollari ham yasay boshladilar. Omoch va bеlkurakning paydo bo’lishi suv taqsimlagich shaхobchalari bo’lgan uzunligi bir chaqirimdan uzoqroq sug’orish anхorlari qurish imkoniyatini tug’dirdi. Eramizgacha 1 ming yillikda O’rta Osiyoda ko’pgina mintaqalarda damba va tug’onlar paydo bo’lib,ular suvni dala va ekinzorlarga kеragicha taqsimlash imkonini bеrgan. Hunarmandlar tеmirdan pichoqlar, o’roqlar va boshqa qurollarni yasashni o’rgandilar. Qulolchilik charхi, naqsh bilan bеzatilgan ganch va suvoq paydo bo’ladi. Tеmirchilik bosqoni, qo’l tеgirmoni vujudga kеladi, mеtallga ishlov bеrish rivojlanadi. Tеmirdan qilingan ish qurollarining takomillashuvi natijasida dехqonchilikni katta ko’lamda rivojlantirish uchun chеksiz imkoniyat tug’ildi, mеhnat unumdorligi oshdi, ibtidoiy odamlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta o’zgarishlarga olib kеldi. Bu o’zgarishlar tufayli mulkiy tеngsizlik kеlib chiqadi.
5. Zardushtiylikning vujudga kelishi. «Аvesto» – vatanimiz tarixini o’rganishda muhim manba.
Akademik YA. G’ulomovning 1959 yilda nashr etilgan «Xorazmning sug’orilish tarixi» asaridan ayonki, bu hududda qadim davrlardayok murakkab sug’orish tizimlari va shahobchalari (kanallar, to’g’onlar, chig’irlar) bo’lgan, ular aniq hisob-kitob asosida barpo etilgan. Demak sug’orma dehqonchilikning muhim asoslari o’sha paytlardayok mavjud bo’lgan. Muallif aniq dalillarga tayangan holda bu o’lka inson tsivilizatsiyasining dastlabki o’choqlaridan biridir, degan asosli xulosaga kelgan edi. Darhaqiqat vaqtlar o’tishi bilan odamlarning hayotiy kuzatuvchanlik qobiliyatlari asta-sekin yuksalib bordi. Natijada esa xayotga, mehnat jarayonlariga munosabatlar o’zgarib, ijobiy tomonga yuksalib bordi. Bu holatlar o’z natijasini bera boshladi va ular sekin-asta hunarmandchilikni, dehqonchilik va chorvachilikni kashf etdilar. Bu, albatta xo’jalikning ilg’or unumdor shakli edi. SHu boisdan tarixchi olimlar bu jarayonni tsivilizatsiya tomon qo’yilgan muhim odim, deb hisoblaydilar. Dehqonchilik va chorvachilikning Markaziy Osiyoda bundan 7-6 ming yil avval ilk asoslari paydo bo’lgan.
«Zamonbobo va Capazm» madaniyati dalolat beradiki, Zarafshon vohasi yurtimizdagi qadimiy dehqonchilik mintaqalaridan biri hisoblangan. U eneolit davriga to’g’ri keladi. Qadimgi dehqonchilik O’zbekiston janubi hamda Xorazm vohasida mavjud bo’lgan. SHu davrda odamlar o’troq yashashga o’ta boshladilar, natijada sug’orma dehqonchilik vujudga kela boshlagan. CHust madaniyatining tahlili shuni ko’rsatadiki, Farg’ona vodiysida ham o’troq dehqonchilik mavjud bo’lgan va ko’plab katta kichik qishloqlar yaratilgan. Toshkent vohasida, Xususan Ohangaron atrofida ham qadimdan dehqonchilik bilan shug’ullanib kelganlar.
YAngi tosh davrida ajdodlarimiz loydan idish yasab, ularni olovda pishirish, ip yigirish, kanop va zig’irdan mato to’qish, yog’och va qamishdan qayiq yasashni o’rgandilar.
O’lkamizda bundan 6 ming yil muqaddam kulolchilik rivojlana boshladi. Paxsa binokorligi paydo bo’lganiga 5 ming yildan oshdi. Eneolit davrida temirdan foydalanish kashf etildi, odamlar o’z mehnat qurollarini yasash uchun har xil mustahkam toshlar qidirib tabiiy misga duch keldilar va undan turli buyumlar yasadilar. Keyinchalik misni olovda eritib ishlatishni kashf qildilar. Markaziy Osiyoda ochiq ruda konlari va ular atrofidagi temir eritish ustaxonalari mavjud bo’lgan. Xususan, sof misdan qurollar yasaganlar. Ungacha ibtidoiy odamlar uzoq davrlar davomida faqat tosh, suyak va yog’ochdan yasalgan qurollardan foydalanayotgan edilar. Qadimgi «temirchilar» keyinrok qalayni misga qorishtirib jez (bronza) olishni o’rganganlar. Jezdan foydalanish mehnat qurollarining turini ko’paytirish imkoniyatini yaratdi. Maxsus temirchilik, chilangarlik va zargarlik ustaxonalari paydo bo’ldi.
O’tmishimizda yuz bergan yirik ijtimoiy o’zgarishlardan biri dehqonchilikni chorvachilikdan ajralib chiqishi bo’ldi. Bu insoniyat tarixida birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti edi. Bu o’ta muhim voqea O’zbekiston hududida bronza davrida, ya’ni bundan 4 ming yil muqaddam yuz bergan. Hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi kishilik jamiyatida ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti bo’ldi. Sodir bo’lgan bu jarayonlar kishilarni ijtimoiy tabaqalanishga, turli guruh va sinflarga bo’linishiga olib keldi.
Bundan 3,5 ming yil burun paxtachilik va ipakchilik paydo bo’ldi. Dehqonchilikdagi bu yangi turlarni vujudga kelishi inson tsivilizatsiyasida katta ahamiyatga ega edi. U xususan hunarmandchilik yangi turlarining vujudga kelishida sezilarli turtki bo’ldi. O’zbekiston Prezidenti I.Karimov Xiva shahrining 2500 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim)dagi nutqida bunday degan edi:-«o’zingiz o’ylang, miloddan avvalgi VIII-VII asrlardayok uzunligi 60-70 kilometr, eni 35-40 metr bo’lgan kanallardan iborat murakkab va ulkan sun’iy sug’orish tizimlarini yaratib, dehqonchilik qilgan ko’hna Xorazm ahli zakovati va matonatiga qoyil qolmay bo’lmaydi.
Sun’iy sug’orishni paydo bo’lishi tsivilizatsiyaning muhim odimlaridandir, chunki uning vujudga kelishi aniq hisob – kitobni, tadbirning maqsadga muvofiqligini anglashni, yetarli mablag’ va mehnatni katta tashkilotchilikni, odamlarni shu ishga safarbar qilishni taqozo etadi. Bu jamoalar tomonidan tashkiliy ravishda rahnamo, ya’ni hokimiyat nazoratida ko’pchilik manfaatini ko’zlab qilingan katta tadbirdir.
Qisqasi ana shunday keng ko’lamdagi ijtimoiy rivojlanish asosida Markaziy Osiyoda dastlabki tsivilizatsiya shakllandi.
Ma’lumki qadim o’tmishda shaharlar, qal’alarning vujudga kelishi tsivilizatsiyaning yaqqol bir ko’rininshi bo’lgan. Qadimshunoslarni keyingi yillardagi izlanishlari natijasida mintaqamizda o’nlab noma’lum shaharlar xarobalari ochildi. Ular Turkmaniston hududidagi Elkantepa va YOrqal’a, Farg’onada Dalvarzin, Surxondaryoda, Qiziltepa, Xorazmda Ko’zaliqir, Qashqadaryoda yerqo’rg’on va boshqa manzilgohlardir. Arxeolog V.Masson o’sha davr shahar xarobalarini tahlil qilib ularda bir birlariga yaqinlik bo’lgan ilk shaharlarga xos madaniyat saviyasi yuqori darajada bo’lgan deb yozadi. Mutaxassislarning takidlashicha O’zbekiston qadimgi SHarq shahar tsivilizatsiyasi ilk bor shakllangan hududga kirgan. Unga Sopolli tepa va Jarqo’ton topilmalari ham misol bo’ladi.
Mintaqamizda agrar taraqqiyot asosida shaharlarni paydo bo’lishi jamiyatni ijtimoiy tabaqalanishi va sinflarga bo’linishi dastlabki davlat uyushmalarini vujudga kelishiga olib keldi. Qadimshunos olimlar A.Sagdullaev, T.SHirinovlar fikricha yurtimizda davlatchilik miloddan avvalgi 2 ming yillikning oxirlarida paydo bo’la boshlagan. Odamlar qadimda urug’, qabila, so’ng elat bo’lib yashaganliklari ma’lum. Ularning o’z ma’murlari, yo’lboshchilari, rahbarlari bo’lgan.
Bevosita davlatchilik esa uch boskichdan iborat degan taxminlar bor. Avval qal’a, yirik manzilgohlar, shaharlar birlashmasi (polislar), keyin podsholiklar–kichik davlatlar, so’ng ularning konfederatsiyasimon birlashmalari vujudga kelgan. «Avesto» kitobidagi ma’lumotlar, shuningdek yunon, hind, xitoy manbalaridagi geografik nomlar ham shundan dalolat beradi. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda esa davlati va «Qadimgi Baqtriya» podsholigi tashkil topdi.
Xullas, davlatchilik asoslarining shakllanishi ham dastlabki tsivilizatsiyaning muhim belgilaridan biridir.
TSivilizatsiya xususida so’z yuritar ekanmiz, qadimgi san’at, madaniyat haqida ham to’xtalish tabiiydir. Kaltaminor, Hisor, Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning nodir namunalari topilgan. O’lkamizning tog’li hududlarida esa qoyatosh rasmlarini uchratamiz. Ularning ayrimlari oxra bo’yoqlari bilan, boshqalari esa toshga urib, o’yib chizish usuli bilan ishlangan rasmlardir. Faqat O’zbekiston hududida 100 dan ortiq qoyatosh rasmlar mavjud, ular mazmunan boy bo’lib, nozik did bilan chizilgan. Ularning ko’pchiligi ibtidoiy hayvonlar, ov manzaralarini aks ettiradi. Bu san’at namunalarining aksariyati ham neolit davriga to’g’ri keladi.
O’tmishda yashagan ajdodlarimiz yoki qadimgi odamlar hayotida e’tikod, sig’inish, cho’qintirish holatlari ham ongning rivojlanib borish jarayoniga bog’liq bo’lgan, tabiatdagi bo’lib turadigan turli hodisalarlar, keskin iklimlarga to aqli, ongi yetib, tushungunga qadar nimadan qo’rqsa, shunga sig’inish bo’lavergan. Miloddan avvalgi 7-6 asrlarga kelib hududimizda zardushtiylik diniga payg’ambar Zardusht tomonidan asos solingan va bu dinning muqaddas «Avesto» kitobi yuzaga kelgan, bu nafaqat diniy kitob, balki beqiyos tarixiy manba hamdir. Hududimizda miloddan avvalgi 1 ming yillardayoq bahor-Navro’z bayrami sekin-asta nishonlanib, keng tus ola boshlagan.
Miloddan avvalgi V-IV asrlarga kelib esa yozuvlarning ilk ko’rinishlari vujudga kela boshladi. Bu yozuvlar hududimizda eng dastlabki davlat, shaharlar bo’lmish qadimgi Xorazmda, So’g’dda paydo bo’lib, Xorazm, Baqtriya, Sak, So’g’d yozuvlari deb ataladi.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida bildirilgan fikrlardan yaqqol namoyon bo’lib turibdiki, qadim Turkiston hududi insoniyat taraqqiyotining muhim o’choqlaridan biridir.
Adabiyotlar:
1. O’zbekiston tarixi T., «YAngi asr avlodi» 2003 y. 7-20 betlar.
2. Istoriya Uzbekistana. T. Universitet, 2004 g. s. 4-7.
3. O’zbekiston tarixi – Toshkent Davlat universiteti – T. Universitet, 1997 yil. 16-23-betlar.
4. SH. Karimov, R. SHamsuddinov «Vatan tarixi» T. «O’qituvchi», 1997 yil. 5-12-betlar.
Tarixdan hikoyalar 1-dars
Darsning shiori: Fidoying bo’lgaymiz seni, O`zbekiston!
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarda O’zbekiston mustaqilligining ahamiyati haqida bilimlarni kengaytirish, Tarix fani haqida bilimlar berish, Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasini shakllantirish
Tarbiyaviy: O’z vatani tarixini o`rganishga qiziqish orttirish. Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi: Tarixiy manbalarni turlarga ajratish malakasini va Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish.
Dars turi: yangi bilim, ko`nikma, malaka hosil qilish.
Dars uslubi: og`zaki,ko`rgazmali.
Dars usuli: aqliy hujum, tushuntirish, savol-javob.
Dars jihozi: darslik, O’zbekiston Respublikasi xaritasi,vatanimiz manzaralari aks ettirilgan rasmlar, atama, tushuncha, sanalar yozilgan kartochkalar, videoproyektor, slaydlar.
I.Tashkiliy qism 5 daqiqa
II.Yangi mavzu mazmunini yoritish 15 daqiqa
III.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
IV.O’quvchilarni baholash 5 daqiqa
V.Uyga vazifa berish 5 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Yangi mavzu bayoni:
“Vatan” arabcha so`z bo`lib, ona yurt degan ma`noni anglatadi
Vatan siz ta’lim olayotgan maktabingizdir. Ulug’ bobolarimizdan biri Abdurauf Fitrat bir she’rida “Vatan-sajdagohimdir”, deb aytgan. Yurtimiz o`tmishda Turon, Movarounnahr, Turkiston nomlari bilan atalgan.
1991-yil 31-avgust Vatanimiz tarixiga oltin harflar bilan bitilgan. Shu kuni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O`zbekistonni mustaqil davlat deb e’lon qildi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”deb Sizni tarixni puxta egallashga da’vat etadi.U kishi o`zlarining “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asarida “O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo`q” deb bejiz ta`kidlamaganlar.
“Tarix” arabcha so`z bo`lib, “o`tmish”, “o`tgan voqealar haqida hikoya” degan ma`noni anglatadi. Shuningdek, yunon tilida “tadqiqot”, “voqealar bayoni” ma`nolarini bildiradi.
III.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
Oquvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilish , ularning faolligini oshirish uchun esa xaritaga oid topshiriqlarni, ya`ni tarixiy shaharlarimiz joylashgan hududlarni ko`rsatib berishlarini so`rash mumkin.
1.”Vatan’ deb nimaga aytiladi?
2.Nima sababdan bizning vatanimiz O`zbekiston deyiladi?
3.Birinchi Prezidentimiz nima uchun “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” deganlar?
4.Tarix fani nima maqsadda o`rganiladi?
V.Dars yakunlarini chiqarish.
1.Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.
2.O`quvchilar bergan savollarga javob berish.
3.Baholarni e`lon qilish.
VI.Uy vazifasini tushuntirish.
1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.
2.Darslikning 3-5 sahifalarini o`qish.
3.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish.
O’IBDO’ _____________________
_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 2-dars
Darsning mavzusi: Tarixiy manbalar
Darsning maqsadi:
Ta’limiy:Tarixiy manbalar haqida bilimlar berish. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasini shakllantirish
Tarbiyaviy:Tarix fanini o`rganishga qiziqish uyg`otish. Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi:Tarixiy manbalarni turlarga ajratish malakasini rivojlantirish. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish.
Dars turi: aralash.
Dars uslubi: og`zaki,ko`rgazmali.
Dars usuli: aqliy hujum, tushuntirish, guruhlar ishi.
Dars jihozi: darslik, O’zbekiston Respublikasi xaritasi,vatanimiz manzaralari aks ettirilgan rasmlsr, atama, tushunch, sanalar yozilgan kartochkalar
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II.Uy vazifasini tekshirish 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini takrorlash:
O`tilgan mavzuni takrorlash uchun savollar:
1.Tarix so`ziga ta`rif bering.
2.”Vatan” deb nimaga aytilar ekan?
3.O`zbekiston deyilganda qayerni tushunamiz?
4.”Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” iborasining ma`nosi nimada ekan?
5.Tarix fani nima maqsadda o`rganiladi?
III.Yangi mavzu bayoni:
”Guruhlar ishi”.O`quvchilar to`rt guruhga bo`linadi va ularga topshiriqlar beriladi.Har bir guruh o`z topshirig`ini darslikdan foydalangan holda vatmanga (doskaga) yozadi.
1-guruhga:Tarixiy manbalarning tarix fanini o`rganishdagi ahamiyatini yoriting?
2-guruhga:Qanday manbalar asosida tarixni o`rganish osonroq?
3-guruhga:Xronologiya faninnig ahamiyati nimada?
4–guruhga:Yilni hisoblash qanday boshlangan?
Tarixiy manba. Siz birinchi darsda tarix fani nimalarni o’Tganishini bilib oldingiz. Tarix fani tarixiy manbalar asosida yaratiladi. Xo‘sh, tarixiy manba nima o‘zi?
Yodda tuting Tarixiy manba – tarix fanini yaratishga asos bo’luvchi ma’lumotlami o’zida aks ettirgan ashyoviy dalillar vayozib qoldirilgan turli xil hujjatlarhamdakitoblardir.
Tarixiy manbalarni o‘rganuvchi manbashunos olimlar ularni sinchiklab o‘rganadilar va tarix fani uchun zarur ma’lumotlar to‘playdilar.
Tarixiy manbalar, o‘z navbatida, moddiy (ashyoviy) vayozma manbalarga bolinadi.
Moddiy manbalar. Odamlar yashagan makon, manzil, turarjoylar, qal’a va shaharlar, sug‘orish inshootlari, shuningdek, uy~ro‘zg‘or buyumlarining qoldiqlari, zeb-ziynat buyumlari, zarb etilgan tangalar, gerblar, muhrlar hamda mehnat qurollari moddiy manbalarni tashkil etadi. Moddiy manbalar ashyoviy manbalar ham deyiladi. Moddiy manbalarni arxeologlar to‘plashadi. Ular o‘tmishda odamlar yashagan deb taxmin qilingan manzilgohlarda qazish ishlarini olib boradilar. Shu yo‘l bilan moddiy manbalarni tashkil etuvehi turli ashyolarni topadilar. Ularning yaratilgan davrini aniqlaydilar.
Yozma manbalar. Y ozma manbalar tarixiy man- balarning muhim va asosiy turidir. Uzoq o‘tmishda qoyatosh va qattiq buyumlarga o‘yib tushirilgan bitiklar, hayvon terisi, daraxt po‘stlog‘i, keyinchalik qog’ozga yozilgan yozuvlar, turli davrlarda yozilgan qo‘lyozmalar, kitoblar, shuningdek, arxivlarda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar yozma manbalardir.
Vatanimiz 0‘zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba – «Avesto» kitobidir. Unda qadimgi tari- ximiz uchun juda qimmatli ma’lumotlar mavjud. Qadimgi Xorazm va sug‘d yozuvlarida bitilgan yozma manbalar ham Vatanimiz tarixini o‘rganish uchun katta ahamiyatga ega. Shuningdek, qadimgi Eron hukmdor- larining bitiklari, qadimgi Gretsiya, Rim va Xitoy olimlarining asarlarida Vatanimiz haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan.
Guruh sardorlari doskaga vatmanlarni osib javoblarni izohlab berishadi.Javoblar o`qituvchi tomonidan to`ldiriladi va aniqlik kiritiladi
III.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
1)Bunda “Bingo mashqi”dan foydalaniladi:
Kitob | “Avesto” | Xronologiya |
Arxiv | Tarixiy manbalar | Iso payg`ambarning tug`ilishi |
Tug`ilish | Arxeolog | Miloddan avvalgi 776-yil |
Oquvchilarga oldindan tayyorlangan kartochkalar tarqatiladi.Kartochkalarda atamalar, iboralar va raqamlar yozilgan bo`ladi.
1.Yozma manbani qayd eting? (Kitob)
2.Milodiy yil hisobining boshlanishiga sabab bo`lgan voqea? (Iso payg`ambarning tug`ilishi)
3.Tarixiy vaqt va hodisalarni aniqlovchi fan? (Xronologiya)
4.Vatanimiz tarixiga oid eng qadimiy yozma manba? (“Avesto”)
5.Tarixiy ma`lumotlarni to`plash uchun asos bo`luvchi ashyolar? (Tarixiy manbalar)
6.Eski hujjat, yozma yodgorliklar saqlanadigan joy nomi? (Arxiv)
7.”Milod” so`zining ma’nosi? (Tug`ilish)
8.Birinchi Olimpiada o`yinlari o`tkazilgan yil? (miloddan avvalgi 776-yil)
9.Moddiy manbalarni o`rganuvchi qadimshunos olimlar? (Arxeolog)
1.”Tarix” so’zi qaysi tilda ”tadqiqot”, ”voqealar bayoni” degan ma’noni anglatadi?
A)arab B)yunon C)lotin D)fors
2.Tarix fanini yaratishga asos bo’luvchi ma’lumotlarni o’zida aks ettiruvchi ashyoviy dalillar,yozib qoldirilgan turli hujjatlar va kitoblar qanday ataladi?
A)moddiy manbalar B)yozma manbalar C)tarixiy manbalar D)ashyoviy manbalar
3. Milodiy yil hisobiga qaysi kun asos qilib olingan?
A)Iso payg’ambarning tug’ilgan kuni
B)Muhammad payg’ambarning ko’chishi
C)Rim shahriga asos solinishi
D)Olimpiada o’yinlari boshlanishi
Iqtidorli o`quvchilar uchun savollar:
1.O`zga mamlakatlar olimlari manbalarida vatanimiz tarixiga oid ma’lumotlar keltirilishi sababi nimada?
V.Dars yakunlarini chiqarish.
1.Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.
2.O`quvchilar bergan savollarga javob berish.
3.Baholarni e`lon qilish.
VI.Uy vazifasini tushuntirish.
1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.
2.Darslikdagi ”O`zingizni sinang”ruknini daftarga ko`chirib to`ldirib kelish.
3.Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish
4.”Axborot”, “Davr” ko`rsatuvlaridan yangiliklar eshitib kelish. O’IBDO’ ________________
_________.2019. TARIXDAN HIKOYALAR 3-dars
Darsning mavzusi: Kalendarlar tarixidan
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O`quvchilar kalendarning yaratilishi haqida bilimlarga ega bo`lishadi. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi ni shakllantirish.
Tarbiyaviy: Vaqtning qadriga yetish, undan samarali foydalanish ko`nikmalari shakllantiriladi Kommunikativ kompetensiyani shakllantirish
Rivojlantiruvchi: Yillarni hisoblash va ularni turlarga ajratish malakalari rivojlantiriladi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish
Dars turi: aralash.
Dars uslubi: og`zaki,ko`rgazmali.
Dars usuli: hikoya, guruhlar ishi, munozara
Dars jihozi: darslik, turli xil kalendarlar, atama ,tushunch , sanalar yozilgan kartochkalar.
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II.Uy vazifasini tekshirish 8 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 15 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 3 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, jahonda va O`zbekistonda yuz bergan yangiliklardan eshitish.
II.Uy vazifasini takrorlash:”Kim tez topar” o`yini.Bunda o`quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1.Tarixiy manbalar necha xil bo`ladi? (Moddiy va yozma manbalar)
2.Moddiy manbalarga nimalar kiradi? (Turli xil buyumlar, binolar)
3.O`zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba. (“Avesto”)
4.Tarix fanida asrlar qanday belgilanadi? (Rim raqamlarida)
5.Arxiv nima? (Eski hujjatlar, yozma yodgorliklar saqlanadigan joy)
III.Yangi dars mavzusini ro`yobga chiqarish ustida ishlash.
Guruhlar ishi”.O`quvchilar to`rt guruhga bo`linadi va ularga topshiriqlar beriladi.Har bir guruh o`z topshirig`ini darslikdan foydalangan holda vatmanga (doskaga) yozadi.
1-guruhga:Kaledarning yaratilishi va inson hayotidagi o`rni?
2-guruhga:Yuliy kalendarining misrliklar kalendaridan farqi nimada edi?
3-guruhga: Yuliy kalendaridagi xatoliklar qanday bartaraf qilindi?
4–guruhga:Hozir hijriy yil hisobida nechanchi yil ekanini hisoblang.
Kalendar tarixi. Kalendar – lotincha so’z bo’lib, o’zbek tilida “qarz daftari”, “har oyning birinchi kuni” degan ma’nolarni anglatadi. Kalendar – vaqtning kunlarga, haftalarga, oylarga va yillarga bo’lib hisoblanishidir. Kalendarga yil, oy va kunlarning nomlaii yozib qo‘yilganbo‘ladi. Bu esa kalendardan foydalanishda katta qulaylik tug‘diradi.
Kalendar asosida odamlar kundalik ish faoliyatlaiini rejalashtirib oladilar. Davlat ishlari ham kalendar asosida rejalashtiriladi. Masalan, mamlakat Prezidentining ehet davlatlarga borishi yoki ehet davlatlar rahbarlarini qabul qilish muddatlari belgilab olinadi.
Kalendaming vatani. Dastlabki kalendar qadimgi Misrda yaratilgan. Misrliklar o‘z hayotini Nil daryosisiz tasavvur etisha olmaganlar. Nil daryosining suvi ular uchun hayot-mamot masalasi edi. Ayni paytda ular uchun Nil daryosi suvining qachon toshishi vaqtini bilish ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
Misrliklar Nil daryosining keyingi toshqiniga qadar kanallarni tozalab, to‘g‘onlarni tuzatib qo‘yishlari kerakedi. Kundalik kuzatuv daryoning yanagi toshqiniga qadar oradan 365 kun o‘tishini ko‘rsatgan. Shu tufayli misrliklar 365 kunni30kunlikqilib, 12 oyga bo‘lganlar. Qolgan besh kiinni yil oxiriga qo’shimcha sifatida joylashtirganlar. Shu tariqa ilk kalendar vujudga kelgan.
- yilda bir sutkalik xatolik keltirib chiqargan.
Grigoriy kalendari. Yuliy kalendaridagi bu xatolik italiyalik Grigoriy boshehiligida tuzatilgan va yangi kalendar Grigoriy kalendari deb atala boshlangan.
Bu kalendarga ko‘ra 1582-yilning 4- oktabridan keyin o’rtada 10 kun tashlab yuborilib birdaniga 15-oktabrgao‘tilgan. Natijada, Yuliy kalendari bo’yicha yil hisobida vujudga kelgan 10 kunlik farq barham topgan. Bahorgi tengkunlik yana 21 -martga qay tgan.
Grigoriy kalendarida avvalgi xatolik yana takrorlanmasligi uchun 28 kundan iborat fevral oyi har to’it yilda bir marta 29 kun davom etadi. Milodiy yil hisobi Grigoriy kalendari asosida olib boriladi. Bu kalendarga ko‘ra bir yil 365 kunga, fevral 29 kun bo‘lib kelganida esa 366 kunga tengdir.
Hozir Yeryuzining ko‘p davlatlarida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasidahamyil hisobi Grigoriy kalendari bo’yicha olib borilmoqda.
Guruh sardorlari doskaga vatmanlarni osib javoblarni izohlab berishadi.Javoblar o`qituvchi tomonidan to`ldiriladi va aniqlik kiritiladi.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
”Klaster” usuli asosida.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O`quvchilarga tarixda yil hisobi haqidagi bilimlar beriladi. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish
Tarbiyaviy: O`quvchilarga ajdodlarimizning yil hisobi haqidagi bilimlarini o`rgatish, ularga hurmat ruhida tarbiyalash Kommunikativ kompetensiyani shakllantirish
Rivojlantiruvchi: Guruhlarda ishlash malakasini rivojlantirish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
Dars turi: aralash.
Dars uslubi: og`zaki, ko`rgazmali.
Dars usuli: test sinovi, “Kichik ma’ruza”, tushuntirish, “Bingo mashqi”.
Dars jihozi: darslik, dunyo siyosiy xaritasi, atama ,tushunch , sanalar yozilgan kartochkalar.
Darsning texnologik xaritasi:
I. Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. Uy vazifasini tekshirish 8 daqiqa
III. Yangi mavzu mazmunini yoritish 17 daqiqa
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 13 daqiqa
V. O’quvchilarni baholash 3 daqiqa
VI. Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini takrorlash: Savol va topshiriqlar
1.Kalendar va uning ahamiyati haqida nimalarn ibilib oldingiz?
2.Nima uchun bir yil 365 yoki 366 kundan iborat ekanligini izohlab bering.
3.Qadimgi misrliklar kalendarn iqanday yaratgan edilar va bu kalendardag ixatolik nimadan iborat edi?
4.Yuliy kalendarini misrliklar kalendari bilan taqqoslang.
5.Grigorian kalendarining joriy etilishiga nima sabab bo’ldi va unda Yuliy kalendaridagi xatolik qanday bartaraf etildi?
1.Misrliklar nima sababdan kalendarni yaratishgan?
A)Zilzila qachon ro’y berishini aniqlash uchun
B)Qish qachon kelishini aniqlash uchun
C)Bahorgi teng kunlikni bilish uchun
D)Nil daryosi suvining toshish vaqtini bilish uchun
2.Yuliy Sezar Yuliy kalendarini qachon joriy etdi?
A)m.a.46-yilda B)m.a.58-yilda C)m.a.29-yilda D)m.a.14-yilda
3.Hozirgi kunda butun dunyo qaysi kalendardan foydalanmoqda?
A)Yuliy kalendaridan B)Grigoriyan kalendaridan C)Hijriy kalendardan D)Misr kalendaridan
III.Yangi mavzu bayoni:
Milod (arabchaso’zbo’lib, o’zbek tilida «tug‘ilish» degan ma’noni anglatadi) – ko’pchilik mamlakatlarda qabul qilingan yil hisobining boshi. Tarix kitoblarida «milod» so’zining o’mida «era» so’zi ham ishlatiladi. Bu so‘z ham yil hisobining boshi, birinchi kuni ma’nosini anglatadi.
Iso payg‘ambar tug‘ilganiga qadar turli xalqlar yil hisobini turlichaolib borganlar. Masalan, dastlab yil hisobini ekinlarning hosilini yig’ishtiiib olish boshlangan kundan boshlaganlar va uni yilning birinchi kuni deb belgilab olganlar. Qadimgi greklarda yil hisobi birinchi olimpiada sport o’yinlari o’tkazilgan yildan boshlangan. Rimliklar esa Rim shahriga asos solingan yildan boshlaganlar. Dunyoda 1-yanvar Iso payg ‘ambar tug ‘ilgan kun, deb e’tirof etilgan. U hozirgi yilimizning 1 -yili boshlangan kun bolib qolgan.
Tarixchilar Iso payg ‘ambar tug ‘ilguniga qadar bo‘ lib o’tgan tarixiy voqea va hodisalaming yilini yozishda albatta «miloddan avvalgi» so’zlarini qo‘shib yozadilar. Masalan, tarix kitoblarida «Birinchi Olimpiada o‘ yinlari miloddan avvalgi 776-yilda qadimgi Gretsiyada o‘tkazilgan», deb yozilgan. Siz bu o’yin o’tkazilganligiga oradan necha yil o‘tganligini aniqlashingiz uchun hozirgi milodiy yilga miloddan avvalgi 776-yilni qo‘shasiz. Boshqa tarixiy voqea va hodisalaming ro‘y bergan vaqti ham shu tarzda aniqlanadi.
Siz tarixni o‘rganishda yana bir holatni yodda tuting, tarix fanida tarixiy voqea va hodisalar ro‘y bergan asming Rimraqamida yozilishi qabul qilingan. M-iimhi S Masalan, I (1), II (2), III (3), IV(4), V (5), VI (6), X (10), XV (15), XVIII (18), XX (20) asr. XXI asr esa 2001-yilning 1-yanvar kunidan boshlangan.
Hijriy yil hisobi. Dunyoning ko‘pchilik davlatlarida milodiy yil hisobi amal qilsa-da u yagona yil hisobi emas. Masalan, ba’zi arab davlatlarida hijriy yil hisobidan foydalaniladi. Hijriy yil hisobi Arabistondayaratilgan. Hijriy yil hisobigaMuhammad payg‘ambaming Makka shahridan Madina shahriga hijrat qilgan, ya’ni ko’chgan vaqti asos qilib olingan. Hijrat milodiy 622- yilning 16-iyul kuni sodir bo‘lgan edi.
622- yil hijriy birinchi yil, 16- iyul esa hijriy yilning birinchi kuni deb belgilangan. Hijriy yil hisobiga Oyning Yer atrofida aylanishi uchun ketadigan vaqt asos qilib olingan. Shuning uchun ham u hijriy – qamariy (hijriy-oy yili) yil deb ham ataladi. Hijriy yil hisobida ham bir yil 12 oydan iborat. Biroq, uning olti oyi 30 kundan, yana olti oyi esa 29 kundan iborat bo‘lganligi uchun bir yil 354 kunga teng.
Shuning uchun ham hijriy yil hisobi milodiy yil hisobidan 10-12 kunga qisqa.
O’zbekiston Respublikasida hijriy yil hisobidan diniy marosimlar va bayram kunlarini belgilashda foydalaniladi.
«Xronologiya» tushunchasi. Insoniyatning butun o’tgan tarixi vaqt bilan o’lchanadi. Tarixda yuz bergan voqea va hodisalaming ro‘y bergan vaqtini aniqlash juda muhimdir. Buningsiz mukammal tarix fanini yaratib bolmaydi. Tarixda yuz bergan voqea va hodisalaming vaqtini aniqlashda tarixchi olimlar xronologiya faniga murojaat qiladilar.
Xronologiya fani vazifasiga ko’ra tarix faniga yordamchi fandir. Bu fan tufayli olimlar qaysi tarixiy voqea va hodisa qaehon ro’y berganligini aniqlaydilar va ularning ro‘yxatini tuzadilar. Yozuv paydo bo‘lgach, tarixiy voqealaraing yili va sanasi aniq yozib qo’yiladigan bo’lgan.