Press "Enter" to skip to content

9-sinf Jahon tarixi

Monopoliya — ishlab chiqarish yoki savdoning bir-sohasida yakka hukmronlikni egallab olgan ulkan korxona yoki, shunday korxonalar birlashmasidir. Monopoliyalar Industrial davlatlarning barchasida vujudga kelgan edi:

İSTANBUL HAYOTİ

XIX asr oxiri — XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida yangi bosqich — monopolistik kapitalizm deb ataluvchi bosqich qaror topdi. Monopolistik kapitalizm — bu kapitalizmning iqtisodiy hayotida monopoliyalar vunpga kelgan, moliya oligarxiyasi shakllangan, siyosiy hayotda esa ularning jamiyat hayoti ustidan hukmronligi o‘matilgan bosqichidir.

Kapitalizmning bu bosqichi erkin kapitalizm bosqichidan quyidagi asosiy belgilari bilan ajralib turadi:

1. Ishlab chiqarish sohasida monopoliyalarning vujudga kelganligi.

Monopoliya — ishlab chiqarish yoki savdoning bir-sohasida yakka hukmronlikni egallab olgan ulkan korxona yoki, shunday korxonalar birlashmasidir. Monopoliyalar Industrial davlatlarning barchasida vujudga kelgan edi:

Ular kartel, sindikat, trest va konsern shaklida mamlakat xo’jaligining u yoki bu sohasida hukmron edilar. Masalan, 1893- yilda Germaniyada tashkil topgan Reyn-Vestfaliya ko’mir sindikati mamlakatda qazib olinadigan va sotiladigan ko‘miming asosiy qis- mini o‘z qo’lida to‘plagan.

XIX asr oxirida Germaniyada monopoliyalar soni 250 tadan ortiq bo’lgan bo’lsa, AQSHda esa 185 ta monopoliya faoliyat ko’rsatgan.

2. Moliya oligarxiyasining vujudga kelganligi.

Bu hodisa sanoat va bank kapitalining qo’shilishi natijasida sodir bo‘lgan. Ishlab chiqarishning markazlashuvi va sanoatning monopoliyalashuvi jarayoni bank faoliyatida kapitalning markazlashuviga olib keldi. Kuchli raqobat tufayli kichik banklar xonavayron bo’lib, yirik banklar tarkibiga qo’shilib ketdi. Natijada, juda katta moliyaviy qudratga va o‘z mamlakatida ulkan siyosiy ta’sirga ham ega bo‘lgan moliyaviy markazlar — bank-gigantlar (yirik banklar) vujudga keldi. XX asr boslilarida shunday banklar Fransiyada uchta, AQSHda esa ikkita edi.

Bank kapitali bilan sanoat kapitalining birlashib ketishi kapital­ning yangi shaklini moliya kapitalini vujudga keltirdi. Po ‘lat, neft, gazeta va boshqa soha „qirollarining” juda katta bank-sanoat imperiyalari paydo bo‘ldi.

AQSHda mamlakatning iqtisodiy hayotini nazorat qilib turgan 60 ta oilaning shunday imperiyalari mavjud edi. XIX asming oxirida bu oilalardan „katta Uchlik“ — Rokfeller (neft), Morgan (moliya), Karnegi (po‘lat) ajralib turardi. XX asr boshlarida Karnegi o‘zining ko‘p millionli mulkini sotganidan so‘ng amerikaliklar nigohida tkdbirkorlikdagi omad va boylikning qudrati ikki kishida — Morgan va Rokfellerda mujassamlashdi. Chunonchi, Rokfelleming neft tresti mamlakatdagi neft mahsulotlarining deyarli barchasini ishlab chiqarardi, Morganning po’lat tresti esa po‘latning 66 foizini berardi. Fransiyada esa moliyaviy qudratning timsoli fransuz bankining yirik omonatchilari bo’lgan 200 оilа edi.

3. Chetga kapital chiqarish muhim ahamiyat kasb etdi.

Monopoliyalar, moliya oligarxiyasi foydani ko’paytirishga harakat qilib, chetga endi tovarlami emas, balki kapital chiqarishga alohida ahamiyat bera boshladilar. Chunki, endilikda tovar chiqarishdan ko‘ra, chet mamlakatlariga kapital, chiqarish, ya’ni ularga foiz evaziga kreditlar berish; tabiiy boyliklarni arzonga sotib olish, u yerlarda eng arzon ishchi kuchi hisobiga boylik orttirish imkonini beruvchi korxonalar qurish foydali bo‘lib qoldi.

Chetga kapital chiqarishning o‘sishi (milliard rubl hisobida)
Mamlakatlar
BuyukBritaniya

Shu tufayli, 1900—1913-yillarda industrial davlatlar chetga chiqargan kapitalning hajmi ikki barobar oshganligi bejiz bo’lmagan edi. Chunonchi, 1875—1900-yillarda Buyuk Britaniyaning chet ellarda joylashtirgan kapitali 2, Fransiyaniki 2,25, Germaniyaniki esa 7,5 barobar oshgan.

4. Xalqaro monopoliyalarning dunyoni iqtisodiy jihatdan bo‘lib olishi.

Eng yirik monopoliyalar, moliya ohgarxiyasining turli guruhlari bozorlar, xomashyo manbalari ustidan nazorat o‘rnatishga intilganlar. Shu tariqa, xalqaro monopoliyalar vujudga kelgan. 1910-yilda ularning soni 100 taga yetgan. Natijada, endi yangi bir hodisa — xalqaro monopoliyalar o‘rtasida jahon xo‘jaligi va boyligini nazorat qilish uchun kurash boshlangan. Chunonchi, ikki moliya guruhi — Rokfeller (AQSH) va Rotshildlar (Buyuk Britaniya, Fransiya) guruhi jahonning kerosin bozorini bo‘lib olgan.

1907-yilda esa, g‘oyat ulkan monopoliyalar — „Umumiy elektr kompaniyasi“ (AQSH) bilan „Umumiy elektr jamiyati“ (Germaniya) o’rtasida ham jahon elektr bozorini bo‘lib olish va o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida shartnoma tuzilgan.

Shu tariqa, deyarli barcha boshqa kuchsiz, qoloq davlatlar eng yirik industrial davlatlaming moliya oligarxiyasiga tobora ko’proq qaram bo’lib qolgan.

5. Dunyoni industrial davlatlar tomonidan hududiy jihatdan taqsimlab olish uchun kurash kuchaydi.

Moliya oligarxiyasi qudratining mustahkamlanishi bilan industrial davlatlaming o’z mustamlakalarini kengaytirishga intilishlari yanada kuchaydi. Bu hol industrial davlatlar o‘rtasida dunyoni hududiy jihatdan bo‘lib olishni tezlashtirdi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarigacha ular o’rtasida butun yer yuzining yarmidan ko’pi bo‘lib olingan edi.

Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya juda katta mustamlakalarga ega bo‘lib oldi.

Germaniya, ltaliya va Yaponiya esa uncha katta bo‘lmagan hududlar bilan kifoyalanishga majbur bo’ldi.

Iqtisodiy taraqqiyotda dunyoda 2-o‘ringa, Yevropada esa 1-o’ringa chiqib olgan Germaniyani dunyoning bunday taqsimlanish holati aslo qoniqtirmagan.

AQSH juda katta hudud, boy xomashyo zaxiralari, keng ichki bozorga ega bo’lganligi uchun mustamlakalar zabt etishga ishtiyoq bildirmadi. Buning ustiga, iqtisodiy jihatdan dunyoning yetakchi davlatiga aylanib olgan AQSH, ochiq qurolli hujum qilishdan ko‘ra boshqa davlatlarga, birinchi navbatda, Lotin Amerikasi mamlakatlari iqtisodiga kirib borishni afzal ko‘rdi. Iqtisodiy jihatdan qudratli AQSH raqiblarini harbiy kuch ishlatmasdan ham siqib chiqarishi mumkin edi. Biroq, bu AQSHning yangi hududlami bosib olishdan butunlay voz kechganligini anglatmas edi. XIX asming oxiriga kelib, AQSH Gavayi orollarini anneksiya qildi. Filippinni bosib oldi, Puerto-Riko va Guam orollarini o‘zining yarimmustamlakasiga aylantirdi.

XIX asr oxirida yirik davlatlar tomonidan bosib olingan mustamlakalar

Yer maydoni (mln.kv.km. hisobida)

(mln. kishi hisobida)

XIX asr oxiridayoq „egallanmagan yerlar“ni bosib olish yakunlandi. Iqtisodiy jihatdan qudratli davlatlarning Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi kam taraqqiy etgan mamlakatlarga ta’siri tobora kuchaydi. Kun tartibida mustamlakalarni va ta’sir doiralami qayta bo‘lish masalasi paydo bo‘ldi. Ko‘plab davlatlar muammoni hal qilishning vositasi sifatida kuchga tayanishni lozim topdilar. Oqibatda, qurollanish poygasi boshlanib, hayotni harbiylashtirish borgan sari avj oldi.

Qurollanish poygasiga katta ta’sir ko‘rsatayotgan omillardan biri Yevropa davlatlari o’rtasidagi hududiy nizolar ham edi. Yevropa davlatlari o‘rtasida munosabatlarni keskinlashtirgan уana boshqa bir sabab, ulaming bir-biridan iqtisodiy va harbiy-strategik ustunlikka erishish uchun kurashi bo’ldi. Ayni paytda, XIX asming oxiriga kelib, iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo’yicha Yevropada birinchi, dunyo­da AQSHdan keyingi ikkinchi o‘rinni muqim egallab olgan Germaniya Buyuk Britaniya va Fransiyaning g’azabini keltirardi. Rossiya esa, o‘z navbatida, Germaniyaning xotiijamligiga putur yetkazayotgan edi. Shu tariqa dunyoning rivojlangan buyuk davlatlar o‘rtasida bo’lib olinishi, iqtisodiy va siyosiy raqobat, harbiy-strategik ziddiyat va qurollanish poygasi boshlanib ketdi.

Monopoliyalaming vujudga kelishi, birinchidan, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalami yanada kengroq joriy etishga imkoniyat yaratdi. Bu esa mehnat unumdorligining keskin oshishini ta’minladi.

Ikkinchidan esa, jamiyatning juda ozchilik guruhi qo‘lida ulkan hokimiyat to‘planishiga olib keldi. Shuning uchun ham AQSH monopoliyachilarini bekorga „Amerikaning tojsiz qirollari“ deb atashmagan edi. Ular AQSH hukumatining ichki va tashqi siyosatiga katta ta’sir ko‘rsata olganlar. Yoki Germaniyada „Kruppga nima yaxshi bo‘lsa, u Germaniya uchun ham yaxshi“, deyishardi. Chunki, ular ulkan miqdordagi boylikka egalik qilardi.

Uchinchidan, monopolistik kapitalizm qirg‘inbarot mustamlakachilik urushlarini kuchaytirganligi bilan ham ajralib turadi. Bunday urushlaming, ayniqsa, XIX asr oxirida kuchayishi „imperializm“ atamasining keng ishlatilishiga olib keldi. Bu atama dastlab industrial davlatlaming mustamlakachilikdan iborat tashqi siyosatlariga nisbatan ishlatildi. Keyinchalik ,,imperializm“ atamasi „monopolistik kapitalizm” atamasining sinonimi o‘mida qo‘llaniladigan bo‘ldi. Shu tariqa, bu ikki atama ayni bir xil ma’noni anglata boshladi.

Monopoliya (yunoncha, mono—tanho, poleo—sotaman)—iqtisodi- yotning bir sohasidagi tanho hukmronlik.

Moliya — maqsadli pul jamg‘armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar.

Oligarxiy a (yunoncha — ozchilik hokimiyati) — iqtisodiy va siyosiy hukmronlikning bir hovuch ulkan sarmoya egalari qo‘lida to‘planishi.

Kartel (italyancha — qog’oz, hujjat) — bir tarmoqdagi mustaqil kompaniyalar, firmalaming ishlab chiqarish va sotishning umumiy hajmlari, narxlari, sotish bozorlari, har bir ishtirokchining ulushi va boshqalar to‘g‘risidagi bitim asosida tashkil etilgan tuzilma.

Konsern (ishtirok, manfaat) — manfaatlar umumiyligi asosida uyushgan korxonalaming yirik birlashmasi.

Sindikat (yunoncha — birgalikda ishlash) — bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi.

Trest — ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi.

2. Industrial sivilizatsiya

Siz 8-sinf „Jahon tarixi“ darsligidan XIX asming 50—60-yillarida G‘arbiy Yevropa va AQSHda sanoat to‘ntarishi nihoyasiga yetganligini bilib olgan edingiz. Shu tariqa industrial sivilizatsiya uzil-kesil qaror topdi. Bu sivilizatsiya — asosiy qadriyati texnika taraqqiyoti bo‘lgan sivilizatsiya edi.

„Industrial sivilizatsiya” atamasi o‘mida „industrial jamiyat“ atamasi ham ishlatiladi va ular bir xil ma’noni anglatadi.

Industrial sivilizatsiyaning belgilaridan bin — shaharlaming juda tez o‘sishi bo‘ldi. Bu, birinchidan, qishloq xo‘jaligida texnikani qo‘llash natijasida bir qism qishloq aholisining ortiqcha kuch bo‘lib, ishsiz qolishi, ulaming ish izlab shaharlarga kelishi hisobiga yuz berdi.

Ikkinchidan, kichik shaharlarda mayda savdogarlar va hunarmandchilik ishlab chiqarishining pasayib ketishi, shuningdek, transportdagi o‘zgarishlar, temiryo’llar qurilishi, sanoat markazlarining yirik shaharlarga ko‘chishi hisobiga yuz berdi. Odamlar ish axtarib va kun ko‘rish uchun turar joylarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Yuz yillar davomida o‘z yerlarida yashab kelgan aholi harakatga keldi.

  • Bağlantıyı al
  • Facebook
  • Twitter
  • Pinterest
  • E-posta
  • Diğer Uygulamalar

9-sinf Jahon tarixi

Assalomu alaykum. Aziz bilimdonlar. Bu ajoyib ilova sizlar uchun. Maqsadlar sari bir qadam bo’lib xizmat qilsa mamnun bo’lamiz.

Показать больше

9-sinf Jahon tarixi Varies with device APK для Android Varies with device+

Версия Varies with device для Android Varies with device+
Обновить 2022-09-03
Устанавливает 10.000++
Размер файла 14.966.353 bytes
Разрешения просматривать разрешения
Какие новости Assalomu alaykum. Aziz bilimdonlar. Bu ajoyib ilova sizlar uchun. Maqsadlar sari bir qadam bo’lib xizmat qilsa mamnun bo’lamiz. O’qishdan va izlanishdan aslo to’xtab qolmang. Omad sizlarni tark etmasin.

История версий:

  • 1. LATEST. 9-sinf Jahon tarixi Varies with device APK (2022-09-03, 14 MB)
  • 2. 9-sinf Jahon tarixi 1.0.1 APK (2021-07-28, 14 MB)
  • 3. 9-sinf Jahon tarixi 1.0 APK (2021-07-11, 13 MB)