Збекистон тарихи (1917–1991 йиллар)» китоби чоп этилди
O’zbekiston mustaqilligi huquqiy asosining yaratilishi. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi
O’zbekistonning yangi tarixi
Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qullantirish zarur. Islom Karimov, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Insoniyatning keyingi uch ming yillik tarixiga nazar tashlansa, jahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri, Turon, Movarounnahr, Chig’atoy ulusi, Turkiston deb turli asarlarda turfa nomlar bilan atalgan diyorimiz osmonni qora bulutlar qoplagan yillar ko’p bo’lgan. Bu o’lkada hasad va tajovuz ko’zi bilan qaragan, mardona xalqini qul, tabiiy zahiralarini o’ziniki qilishga jon-jahdi bilan intilgan bosqinchilar son-sanoqsiz edi.
Biroq, hamma zamonlarda ham yovga qarshi xalqimizning vatanparvar yo’lboshchilari, millatimiz qahramonlari ozodlik yalovini baland ko’targanlar, or-nomus, o’zlikni saqlash uchun kurashganlar. Pirovard natijada, dushmanlar qoldirgan kultepalar ustida obod qishloqlar, shaharlar tiklaganlar.
Oq va qizil saltanatning 130 yil davom etgan hukmronligi “Avesto” vujudga kelgan zamonlardayoq o’z tarixiy davlatchiligiga ega bo’lgan Turkistonni istibdodga chulg’ab, mustamlaka va mute’ga aylantirgan edi.
Yurtimizning fidoyi davlat arboblari, olimlar, shoir va adiblar zo’ravonlik bilan ushlab turilgan qizil saltanat tuzumi podshohlik Rossiyasi o’rnatgan mustamlakachilik siyosatining izchil davomi, milliy o’lkalarni ezish va talash, madaniyati va ma’naviyatini oyoq osti qilishning takomillashgan shakli ekanligini teran fahmlar edi.
Sobiq sho’ro saltanati yillarida eng qadimgi davlatdan to XIX asr ikkinchi yarmiga qadar bo’lgan tariximiz soxtalshtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov bu haqda: “O’zbekistonning, o’zbek xalqining bugun keng ommaga yetkazishga arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi – yo’qmi? Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O’zgalar yozib bergan tarixni o’qitishga mutlaqo qarshiman. Mustamlakachi o’ziga qaram bo’lgan xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch-g’ayratlarini Turkistonning o’tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga sarflanganlar. Tarixdan judo bo’lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. Inson uchun tarixidan judo bo’lish- hayotdan judo bo’lish demakdir”, – deb juda o’rinli uqtirgan edilar.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida podsholik Rossiyasi hukmronligi davrida Turkistonda istibdodga, xalqni ezishga asoslangan siyosat hukm surdi. Mahalliy aholini xo’rlash va qatag’on etish oktyabr to’ntarishi tufayli hokimiyatga kelgan sho’ro saltanati davrida yanada kuchayib, eng yuqori pog’onaga ko’trildi. Shu tariqa, Turkistonda mustaqil davlatchilikni poymol etgan, til, madaniyat, urf-odatlar, milliy qadriyatlarni oyoq osti qilgan mustabidlik tuzumi 130 yil umr ko’rdi.
Yaqin va o’tmish tarix bugungi kun va kelajak uchun ibrat darsligidir. Darvoqe, “vatan, millat taqdiri hal bo’ladigan qaltis vaziyatlarda to’g’ri yo’lni tanlay olish uchun, avvalo, tarixni va hayotning achchiq-chuchugini bilish kerak ekan. Tarix insonning ko’zini ochar ekan. Shunda ko’p xatolarning oldini olish mumkin bo’lar ekan”.
Endilikda, O’zbekiston mustaqil davlat sifatida kurrai zaminda qad rostlaganining to’qqiz yilini kechirayotgan damlarda kechagi kunga nazar tashlash, so’nggi mustamlakachilik asoratini o’rganish ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, millatni asrash uchun uning haqiqiy tarixini o’rganish, avaylab himoya qilish kerak bo’ladi.
Podshohlik Rossiyasi, shuningdek, mazlum xalqlarni ezish va xunrezlik qilishda uning davomchisi bo’lgan sobiq sho’ro saltanati yillarida mustamlaka respublikalar, xususan, O’zbekiston ittifoqining xom ashyo manbaiga aylantirilgan edi. Mustaqillikning ilk qadamlaridanoq o’lka boyliklarini bu yang’lig’ ommaviy talon qilish oqibatlariga chek qo’yishga, umuman, qizil saltanat qoldirgan illatlardan qutilishga kirishildi. Xalqimiz o’zligini teran angayotgan, qadriyatlar tiklanayotgan, ozod, hur davlatni mustahkamlash uchun mashaqqatli bunyodkorlik, yaratuvchilik ishlari keng ko’lamda olib borilayotgan shu kunlarda O’zbekiston yangi tarixini yaratish zaruriyatini taqozo etayotir. Zero, Prezident I.A.Karimov ta’kidlagani singari, O’zbekistonga, uning yeri, tabiatiga, bu yerda yashayotgan xalqlarga muhabbat, o’lkaning tarixi, madaniyati, an’analrini teran bilib olishga intilish, respublikaning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish, xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun qayg’urish ko’p millatli o’zbek jamiyatining muhim jipslashtiruvchi asosi hisoblanadi. Istiqlol yo’lini tanlagan, murakkab davr va murakkab sharoitda bu yo’ldan qat’iyat bilan olg’a borayotgan O’zbekistonnign yaqin kelajakda buyuk davlat bo’lishi uchun uzoq davom etgan mustamlaka siyosati hosil etgan girdobdan chiqib olishi zarurligini yurtboshimiz bir necha bor uqtirgani bejiz emas. Buning uchun rus mustamlakachiligining tabiatini, uning uzoqni ko’zlagan istibdodi, mohiyatini, bir so’z bilan aytganda, tarixini o’rnish, xulosalarga kelish taqozo etiladi.
Aytish joizki, 130 yil davomida qattiqqo’llik bilan hayotga tatbiq etilgan mustamlakachilikning mash’um tamoyillari qoldirgan asoratni bugungi kunda O’zbekistonning hamma jabhasida: iqtisodiyot va madaniyatda, ilm-fan va maorifda, qishloq xo’jaligi va sanoatda kuzatish mumkin.
Biz yaqin kechmishdagi tarixiy haqiqatni u qanday bo’lsa, shu holda tiklash va gavdalantirishdek ezgu va olijanoq maqsadni o’z oldimizga qo’yganmiz. Tarixiy haqiqat shundaki, Rossiya imperiyasining sobiq mustamlakasi bo’lgan, endilikda esa suveren davlatga aylangan O’zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan do’stona teng, o’zaro hurmat asosida davom etib kelayotgan aloqalarini mustahkamlashda u ikki tomonlama saboq va ibrat vazifasini o’tashi lozim bo’ladi.
G’oyat murakkab kechgan bosqin jarayonini tarixan xolis va ilmiy yoritishda asosan ikki manbaga: rus zobitlari va harbiy mundir kiygan olimlarning esdalik, xotira hamda ilmiy asarlariga, shuningdek, istilo davrida yashagan, shu voqealarga shohid bo’lgan mahalliy muarrixlarning qo’lyozmalariga tayanildi.
E’lon qilinmagan urush… Qo’qon
E’lon qilinmagan urush… Buxoro
E’lon qilinmagan urush… Xiva
Viloyatga aylantirilgan saltanat
Badiiy adabiyotda rus istilosi talqini
Mustamlaka hukmronligining joriy etilishi
Turkistonda rus aholisini ko’paytirish bo’yicha ko’rilgan choralar
Turkistonning xom ashyo manbai va tayyor mahsuotlar bozoriga aylantirililishi
Mustamlakachilik davrida Turkiston aholisi. Hunarmandchilik, sanoat, shirkatlar va tijorat
Chorizmning Turkistonda maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosati. Jadidlarning maorifdagi mustamlakachilikka qarshi faoliyati
Turkiston xalqlari siyosiy va insoniy huquqlarini poymol etilishi
Soliq va majburiyatlar. Mehnatkash xalq ahvolining og’irlasha borishi
XIX asr oxirlarida xalq harakatlari
XX asr boshida Rossiya istibdodiga qarshi xalq kurashi
Namoz Pirimqulov boshchiligidagi dehqonlar isyoni
O’lkada maxfiy siyosiy politsiyaning tashkil qilinishi
1916 yilgi milliy-ozodlik qo’zg’oloni. Jadidlar faoliyati
Rossiyadagi Fevral inqilobi: Turkistonda siyosiy jarayonlarning jadallashuvi
Turkistonda muxtoriyatchilik harakatining shakllanishi. Ikki muqobil yondashuv
Hokimiyatning bolsheviklar va so’l eserlar tomonidan qo’lga olinishi
Turkiston Muxtoriyati – milliy demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi
Sovetlar “andozasi” asosida Turkiston Avtonom Respublikasining tashkil etilishi
Bolsheviklarning mustabid tuzumiga qarshi kurash. Istiqlolchilik harakati
Xalqqa qarshi qaratilgan “harbiy kommunizm” siyosati
Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. XXSR va BXSRning tashkil topishi
Milliy madaniyat shiddatli o’zgarishlarning dastlabki davrida
Turkistonda 20-yillar boshlaridagi siyosiy vaziyatning o’ziga xos xususiyatlari
Yangi iqtisodiy siyosat va uning ziddiyatlari. Iqtisodiy hayotning jonlanishi
Turkistonda milliy muxolifat va istiqlolchilik harakatining kuchayishi
Xorazm va Buxoro respublikalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy o’zgarishlar
Buxoro va Xorazm respublikalaridagi qurolli muxolifat kurashi (1920-1924 yillar)
Milliy madaniyat va ma’naviyatning ahvoli
O’rta Osiyo xalqlarining milliy-hududiy chegaralanisih: maqsad va mohiyat. O’zbekiston SSRning tashkil topishi
Qoraqalpog’iston shiddatli o’zgarishlar davrida (1917-1924 yillar)
Ijtimoiy-siyosat hayot. Ommaviy qatag’onlarning avj oldirilishi
Qishloq xo’jaligini isloh qilishdagi ziddiyatlar
Respublikadda sanoat qurilishining sun’iy jadallashtirilishi
Majburiy jamoalashtirish fojialari
O’zbekiston SSRdagi ijtimoiy o’zgarishlar
“Hujum”ga zarurat bormidi?
Ta’lim, fan va madaniyat hukmron mafkura izmida
Milliy siyosat va milliy munosabatlar
20-30 yillarda O’zbekistonning xalqaro aloqalari
Qoraqalpog’iston 20-yillarning ikkinchi yarmi – 30-yillarda
Urushning boshlanishi. Respublika ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining fashizmga qarshi safarbar qilinishi
G’alaba yo’lidagi mashaqqatli mehnat
O’zbek xalqining yuksak gumanizmi
O’zbekistonliklarning urush janggohlaridagi jasoratlari
O’zbekiston fan va madaniyati urush yillarida
Qoraqalpog’iston ASSR urush yillarida
Urushdan keyingi yillarda xalq xo’jaligining tiklashdagi qiyinchiliklar
Siyosiy qatag’onlarning yangi pallasi
Respublika sanoati taraqqiyotining bir tomonlama xususiyati
Agrar tanglikning keskinlashuvi. Paxta yakkahokimligi va uning salbiy oqibatlari
Jamiyat madaniy-ma’naviy hayotiga “rivojlangan sotsializm” g’oyasining singdirilishi
O’zbekistonda millatlararo munosabatlar
O’zbekistonning mustaqil tashqi aloqalari bo’lganmi?
Qoraqalpog’iston 40-yillarning ikkinchi yarmi – 80-yillarda
Sotsializmni isloh qilishga so’nggi urinishi: “qayta qurish” siyosati
Xalq xo’jaligida “qayta qurish”ning samarasizligi. O’zbekiston bilan Markaz manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi
“Qayta qurish” va O’zbekiston madaniyati
Ijtimoiy-siyosiy hayotning demokratlashuvi. Xalq milliy ongining o’sishi. Mustabid tuzum inqirozining muqarrarligi
Islom Karimov Mustaqil O’zbekistonning birinchi Prezidenti
O’zbekiston mustaqilligi huquqiy asosining yaratilishi. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi
Huquqiy davlat izlanishlari
O’zbekistonda Oliy davlat vakillik organi – qonun chiqaruvchi hokimiyatning shakllanishi
Milliy davlat tizimining barpo qilinishi, boshqaruvda yangi usullarning qaror topishi
Mahalliy davlat hokimiyati tizimida tub o’zgarishlar yasalishi
O’z-ozini boshqarish organlarining yanada rivojlanishi
Kadrlar siyosatida yangicha yo’l tutilishi
O’zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqalpog’iston davlatchiligining taraqqiyoti
Ijtimoiy sohaning rivojlanishi
Xalq ta’limi, fan va madaniyat
Demokratiyani yanada chuqurlashtirish. Ko’ppartiyaviylik
Soxta demokratlarning ekstremistik yo’l bilan hokimiyat uchun kurashi, ularning xalq tomonidan badnom qilishi.
VI Sessiya. Demokratiyaning yangi davri
O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
Sud hokimiyati islohotlari
Jamiyatni demokratlashtirishda ommaviy axborot vositalari rolining ortib borishi
Aholini kuchli ijtimoiy himoyalash – davlat siyosatining bosh yo’nalishi
Millatlararo totuvlikni ta’minlash choralarining amalga oshirilishi
Milliy xavfsizlikni ta’minlash
O’zbekiston: Milliy xavfsizlik – olam butunligi
Qurolli Kuchlar – Xavfsizlik tayanchi
Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish
Pul-kredit siyosatining ishlab chiqarilishi. Milliy valyuta qadrining oshishi
Xususiylashtirishning amalga oshirilishi. Mulkdorlar sinfining shakllantirilishi
O’zbekistonning zamonaviy avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoriga qo’shilishi
Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida qishloqning o’rni va uni rivojlantirish chora-tadbirlari
Milliy istiqlol mafkurashi
Ma’naviy inqirozdan chiqish
Milliy istiqlol va Amir Temur omili
Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi
Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiya
Yoshlarni Vatanni sevish ruhida tarbiyalash – kelajagi buyuk jamiyat qurishning muhim sharti
Mustaqil O’zbekistonning BMTga qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati
O’zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligidagi o’rni va mavqeining oshib borishi
O’zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan qardoshlik munosabatlarining yanada rivojlanishi
«Ўзбекистон тарихи (1917–1991 йиллар)» китоби чоп этилди
Фанлар академияси (ФА) ҳузуридаги Ўзбекистоннинг энг янги тарихи бўйича Жамоатчилик кенгаши аъзолари, ФАнинг Тарих институти, Ўзбекистоннинг энг янги тарихи масалалари бўйича Мувофиқлаштирувчи-методик марказ ҳамда олий таълим тизимида фаолият олиб бораётган етакчи олимлар томонидан икки китобдан иборат «Ўзбекистон тарихи (1917–1991 йиллар)» фундаментал тадқиқоти чоп этилди. Мазкур фундаментал китоб муаллифлар жамоасининг узоқ муддатли изланишлари натижаси бўлиб, унда катта ҳажмдаги тарихий материаллар илк бор илмий муомалага киритилди.
ФА матбуот хизматида хабар берилишича, Ўзбекистоннинг совет даври тарихини англашнинг янги парадигмаларини ўзлаштириш жуда мураккаб кечган. Ўзбекистон мустақилликка эришгандан кейинги ўтган чорак аср давомида яратилган тарихий асарларнинг катта қисмида даврнинг мураккаб жараёнларини тўғри англашда, зиддиятли, баъзан қарама-қарши йўналишларни баҳолашда холис бўлишга қаратилди.
Бу тадқиқотнинг совет даврида нашр этилган шундай асарлардан асосий фарқли жиҳати шундаки, муаллифлар жамоаси Ўзбекистоннинг коммунистик тузум даври воқеаларига баҳо беришда ҳар қандай мафкуравий ғоялардан ҳоли равишда соф илмий асосда ёндашишга ҳаракат қилишган. Қолаверса, даврнинг мураккаб воқеаларини четлаб ўтмасликка, уларни фақат тарихий фактларга асосланган ҳолда баён қилишга алоҳида аҳамият берилди. Воқеаларни баҳолашда фикрлар хилма-хиллиги ва соф илмий принципларга таяниш, тарих фанининг замонавий ютуқларидан фойдаланишга ҳам ҳаракат қилинди, дейилади манбада.
Биринчи китоб 1917–1939 йиллар воқеаларига бағишланган. Бу даврнинг асосий хусусияти шундаки, ҳокимиятга келган большевиклар инсоният тарихида миқёси бўйича энг кенг, натижалари бўйича энг баҳсли экспериментни амалга оширди. Ўзбекистонда ҳам улар томонидан ўтказилган ислоҳотлар натижасида янги ижтимоий-иқтисодий муносабатларга асосланган жамият шаклланди.
Иккинчи китоб 1939–1991 йиллар воқеаларини ўз ичига олади. Манбада келтирилишича, бу даврнинг энг йирик ва фожиали воқеалари аввало, Иккинчи жаҳон уруши билан боғлиқ бўлиб, уларни ёритишда республикамиз ва Россия архивларида сақланаётган ноёб материаллардан фойдаланилди ҳамда уларнинг кўпчилиги илк бор илмий муомалага киритилди. Китобдан қатағоннинг янги тўлқини, совет сиёсий режимининг нисбатан либераллашуви даври, Ўзбекистон тарихининг мураккаб даври бўлган 1964–1983 йиллардаги (Бир томондан, шу йиллари республикамизда жуда катта бунёдкорлик ишлари амалга оширилди, аҳолининг турмуш фаровонлиги юксалди. Бошқа томондан, пахта яккаҳокимлиги кучайиб, 1980-йиллари бошланган «пахта иши» совет режали иқтисодиёти ва умуман совет тузумининг инқирозини яққол акс эттирди) жараёнлар ёритилган. 1985 йили бошланган қайта қуриш сиёсати кутилган натижаларни бермади. Шу даврда Ўзбекистон мустақиллик сари дадил қадамлар ташлади ва ўз мустақиллигини эълон қилди. Шунингдек, Қорақалпоғистон Республикасининг Ўзбекистон таркибидаги сиёсий, ижтимоий-иқтисодий жараёнлари ва маданий ҳаёти алоҳида бобда ёритилган.
Иккинчи китобнинг якунида келтирилган библиографик рўйхат кенг қамровли бўлиб, унга: эълон қилинган ҳужжат ва материаллар тўплами ҳамда съезд, конференция ва пленумларнинг резолюсия ва қарорлари, стенографик ҳисоботлари; статистик ва демографик нашрлар; архив ҳужжатлари; даврий матбуот материаллари; сиёсат ва давлат арбобларининг асарлари; хотира ва эсдаликлар; совет ҳокимияти йилларида чоп этилган илмий адабиётлар; хорижий адабиётлар (инглиз, турк, немис, француз, итальян ва бошқа тилларда); мустақиллик йилларида Ўзбекистон Республикасида нашр этилган илмий адабиётлар; МДҲ давлатларида нашр қилинган тарихий адабиётлар; турли маълумотнома, солнома, луғат ва қомуслар; диссертация ва авторефератлар; интернет сайтларидан иборат жуда катта ҳажмдаги адабиётлар ва материаллар ҳақида маълумотлар киритилган.
ФА сайтида Ўзбекистоннинг совет даври тарихи турли мафкуравий қарашлардан холи, тарихийлик ва холислик тамойиллари асосида тадқиқ этилган мазкур китобдан олимлар ўзининг илмий фаолиятида, шунингдек, ўқув адабиётларини яратишда, оммавий ахборот воситалари орқали тарғиб этишда фойдаланиш мумкинлиги таъкидланади.