Tarixdan hikoyalar 5 sinf tarix kitobi skachat
foydalangan holda vatmanga yozadi.
Hikoyalar va Rivoyatlar
Hayotiy hikoya Xonadonning bekasi Samadjon uylandi. Yosh oila tinch va totuv yashay boshladi. Kunlar ketidan kunlar.
Fidokor hikoyasi (Bo‘lgan voqea)
Fidokor (Bo‘lgan voqea) Uchinchi farzandim tug‘ilgach, ishlarim yurishib boyib bo‘lib ketdim. Pul ustiga pul aylanardi. Albatta, bunday bo‘lgach uylanish.
Nega jannat onalar oyog’i ostida hikoyasi
«Nega jannat onalar oyog’i ostida hikoyasi?» Avliyolardan biri katta bir mahalladan o‘tib ketayotgandi. Bir erkak xotinini shafqatsizlarcha kaltaklayotganiga ko‘zi.
Yaxshi niyat bilan nafrat hech qachon birga bo‘la olmas hikoyasi
Yaxshi niyat bilan nafrat hech qachon birga bo‘la olmas. Bir paytlar Muhammad ismli suv sotuvchi yigit bo‘lib, har kuni.
Mykofot hikoyasi
Mykofot Hazrat Ali uydan olti dirham olib bozorga bordilar. Endi savdo qilayotgan paytda ikki kishining kelishmay turganini ko‘rdilar. Biri.
Chimildiqqa kirgan chol hikoyasi Toʻra Sulaymon
Bu na hikoya, na qissa – badiiy nasrning tayin bir janriga daxldor emasdir. Men hech qachon hikoya yozmaganman. Yoza olmadim ham chogʻi.
O’g’ri hikoyasi Abdulla Qahhor
Otning o‘limi itning bayrami. Maqol Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O. Ho‘kiz yo‘q, og‘il.
Yomonga oʻzining yomonligi kifoya (ibratli hikoya)
Yaxshilik va yomonlik haqida yomonga oʻzining yomonligi kifoya ibratli hikoya sizlar uchun. Bir shohning ikki vaziri bor edi. Biri.
Dunyoning yetti moʻjizasi (ibratli hikoya)
Dunyoning yetti moʻjizasi ibratli hikoya sizlariga ilindi. Bir maktabda “Dunyoning yetti moʻjizasi” mavzusida dars tashkil etildi.
A. Nurqulov, M. Muydinova tarixdan hikoyalar 5-sinf o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma
qo‘llanma/A.Nurqulov, M.Muydinova. – T.: Tafakkur, 2011. – 144 b.
I. A.Nurqulov, II. M.Muydinova.
Taqrizchilar:
B. Mirkomilov – JDPI Tarix fakulteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi;
A. Zamonov – Toshkent SHPXQTMOI katta o‘qituvchisi, dotsent.
Aziz ustozlar, ushbu qo‘llanmani tayyorlashda imkon
darajasida sodda texnologiyalardan fi oydalanildi. Berilgan
qo‘shimcha ma’lumotlar esa dars jarayonida sizga asqotadi
Metodik qo‘llanma Respublika Ta’lim Markazi huzuridagi tatix
fani bo‘yicha ilmiy metodik kengashning 2011-yil 17-iyundagi
yig‘ilish qarori bilan nashrga tavsiya etilgan
KIRISH SO‘ZI
Aziz ustozlar! Ushbu qo‘llanma 5-sinf «Тarixdan hikoyalar» darsligi
asosida tayyorlandi. Siz ustozlarning mashaqqatli mehnatini yengillashtirish
maqsadida, har bir darsni qanday tashkil qilish kerakligi haqida taxminiy
dars ishlanmalarini tavsiya etdik. Zero, endigina tarix fanini o‘rganishga
kirishayotgan murg‘ak qalblar uchun har bir dars yangi kashfi yot bo‘lsin.
O‘quvchilarni tarix faniga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish aynan bugungi
darsingiz qanday tashkil etilishiga bog‘liq.
Dunyoda xalqlar, millatlar ko‘p. Har bir xalqning o‘z o‘tmishi,
rivojlanishi, bugungi kuni bo‘ladi. Yurtboshimiz aytganlaridek «. Odam-
zod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga etgan
qishloq, shahar xullaski Vatanining tarixini bilishni istaydi».
O‘quvchilar o‘z yurti tarixini bilgan holda, dunyodagi boshqa xalqlar
bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lini ham yaxshi bilishi zarur. Insoniyat bosib
o‘tgan taraqqiyot yo‘lining muhim bosqichlarini darslikda va ushbu
qo‘llanma orqali, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan yoritishga harakat qildik.
Ushbu qo‘llanmada tavsiya etilayotgan barcha darslar o‘qitishning
zamonaviy texnologiyalari asosida tayyorlangan bo‘lib, ma’ruza, savol-
javob, davra suhbati, juftlikda ishlash, guruhlarda ishlash kabi o‘qitishning
xilma-xil usullarida tuzildi.
O‘qitishning ma’ruza shaklini o‘qituvchi yuqori saviyada, faktlarga
boy, darslikdagi va mavzuga oid bo‘lgan turli rasmlardan foydalangan
holda qiziqarli qilib o‘tkazishi mumkin. Biroq, ma’ruza 15 daqiqagacha
bo‘lgani ma’qul. Savol-javob o‘qitishning samarali shakllaridan bo‘lib,
o‘quv chilarni zukkolikka, ziyraklikka, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga, ijodiy
fi krlashga o‘rgatadi.
Qo‘llanmada dars o‘tishning «Zinama-zina», «Bumerang», «Charx-
pa lak», «Тushunchalar tahlili» va boshqa usullaridan foydalanish tavsiya
etildi. Bular o‘quvchilarni qisqa vaqt ichida ko‘proq bilim olishga,
mantiqiy fi krlashga, o‘z fi krlarini mustaqil ravishda erkin bayon etishga,
yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fi kriga hurmat bilan qarashga,
ko‘p fi krlardan keraklisini ajratib olishga o‘rgatadi.
Uslubiy qo‘llanmada tavsiya etilayotgan metod va shakllar qat’iy emas.
Ular o‘qituvchining ijodiy faoliyatiga to‘siq bo‘lmasligi kerak. Dars berish
va tarbiyalashga bo‘lgan har qanday uslubiy yondashish pedagogning
shaxsiy tajribasining kamol topishiga xizmat qilishi lozim.
Omad Sizga aziz ustozlar!
KIRISH. «TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO‘Q»
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Tarix fani haqida bilimlarga ega bo‘lishadi.
Tarbiyaviy: O‘z vatani tarixini o‘rganishga qiziqishlari ortadi.
Rivojlantiruvchi: Tarixiy manbalarni turlarga ajratish malakasi
Mavzuning mazmuni: Vatan ta’rifi ,«Tarixiy xotirasiz kelajak
yo‘q», O‘zbekiston – bizning Vatanimiz,tarixdan hikoyalar darsligi
Kalit so‘zlar: Vatan, tarix, 1-sentabr, mustaqillik.
Kutilayotgan natija: O‘quvchilar vatan, tarix, mustaqillik va
tarix fani haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi.
Metod: Aktiv.
O‘qitish shakllari: Aralash.
Vosita: Darslik, O‘zbekiston Respublikasi xaritasi, vatanimiz
manzaralari aks ettirilgan fotosuratlar, dars davomida beriladigan
atama, tushuncha, sanalar yozilgan kartoch kalar.
Nazorat: Savol-javob, baholash, rag‘batlantirish.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 5 daqiqa.
O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, darsga jalb
qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O‘zbekistonda
yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. Yangi dars mavzusini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash.15
Bunda o‘qituvchi «Kichik ma’ruza» orqali mavzuni tushuntiradi.
Mavzuni tushuntirish davomida vatanimizning go‘zal maskanlarini
aks ettiruvchi rasmlardan foydalanish, xaritadan tarixiy
shaharlarimizning joylashuvini ko‘rsatib borish talab etiladi.
III. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. 15 daqiqa.
O‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilish, ularning
faolligini oshirish uchun esa xaritaga oid topshiriqlarni, ya’ni tarixiy
shaharlarimiz joylashgan hududlarni ko‘rsatib berishlarini aytish
1. «Vatan» deb nimaga aytilar ekan?
2. Nima sababdan bizning vatanimiz – O‘zbekiston deyiladi?
3. Prezidentimiz nima uchun «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q»
4. Tarix fani nima maqsadda o‘rganiladi?
V. Dars yakunlarini chiqarish. 5 daqiqa.
1. Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.
2. O‘quvchilar bergan savollarga javob berish.
3. Baholarni e’lon qilish.
VI. Uyga vazifani tushuntirish. 5 daqiqa.
1. Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.
TARIX FANI NIMANI O‘RGANADI
TARIXIY MANBALAR
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Tarixiy manbalar haqida bilimlar berish.
Tarbiyaviy: Tarix fanini o‘rganishga qiziqish uyg‘otish.
Rivojlantiruvchi: Tarixiy manbalarni turlarga ajratish malakasini
Kutilayotgan natija: O‘quvchilar tarixiy manbalar haqidagi
ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi
Metod: Aktiv.
O‘qitish shakllari: Aralash, jamoa, guruhli.
Vosita: Darslik, yozuvsiz xarita, vatman, marker, skoch,
dars davomida beriladigan atama, tushuncha, sanalar yozilgan
Nazorat:Savol-javob,baholash, rag‘batlantirish.
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism. 2 daqiqa.
O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, darsga jalb
qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O‘zbekistonda
yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. Uy vazifasini takrorlash. 15 daqiqa.
O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun savollar.
1. Tarix so‘ziga ta’rif bering.
2. «Vatan» deb nimaga aytilar ekan?
3. O‘zbekiston deyilganda qayerni tushunamiz?
4. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» iborasining ma’nosi nimada
5. Tarix fani nima maqsadda o‘rganiladi?
III. Yangi dars mavzusini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash.
«Guruhlar ishi». O‘quvchilar to‘rt guruhga bo‘linadi va ularga
topshiriqlar beriladi. Har bir guruh o‘z topshirig‘ini darslikdan
foydalangan holda vatmanga yozadi.
1-guruhga: Tarixiy manbalarning tarix fanini o‘rganishdagi
2-guruhga: Qanday manbalar asosida tarixni o‘rganish osonroq?
3-guruhga: Xronologiya fanining ahamiyati nimada?
4-guruhga: Yilni hisoblash qanday boshlangan?
Guruh sardorlari doskaga vatmanlarni osib javoblarni izohlab
berishadi. Javoblar o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi va aniqlik
IV. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. 10 daqiqa.
Bunda «Bingo mashqi» dan foydalaniladi.
Iso payg‘ambarning tug‘ilishi
miloddan avvalgi 776-yil
O‘quvchilarga oldindan tayyorlangan kartochkalar tarqatiladi.
Kartochkalarda atamalar, iboralar va raqamlar yozilgan bo‘ladi.
1. Yozma manbani qayd eting? (Kitob)
2. Milodiy yil hisobining boshlanishiga sabab bo‘lgan voqea?
(Iso payg‘ambarning tug‘ilishi)
3. Tarixiy vaqt va hodisalarni aniqlovchi fan? (Xronologiya)
4. Vatanimiz tarixiga oid eng qadimgi yozma manba.(Avesto)
5. Tarixiy ma’lumotlarni to‘plash uchun asos bo‘luvchi ashyolar?
6. Eski hujjatlar, yozma yodgorliklar saqlanadigan joy nomi?
7. «Milod» so‘zining ma’nosi? (Tug‘ilish)
8. Birinchi Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilgan yil? (Miloddan
9. Moddiy manbalarni o‘rganuvchi qadimshunos olimlar.
Iqtidorli o‘quvchilar uchun savollar:
1. O‘zga mamlakatlar olimlari manbalarida vatanimiz tarixiga
oid ma’lumotlar keltirilishi sababi nimada?
V. Dars yakunlarini chiqarish. 4 daqiqa.
1. Mavzuga doir asosiy tushunchalarni qisqacha takrorlash.
2. O‘quvchilar bergan savollarga javob berish.
3. Baholarni e’lon qilish.
VI. Uyga vazifa. 2 daqiqa.
1.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash.
2. Darslikdagi «O‘zingizni sinang» ruknini daftarga ko‘chirib
3. Darslikda berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarib kelish.
TARIXDA YIL HISOBI
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O‘quvchilar kalendarning yaratilishi haqidagi
bilimlarga ega bo‘lishadi.
Tarbiyaviy: Vaqtning qadriga yetish, undan samarali foydalanish
Rivojlantiruvchi: Yillarni hisoblash va ularni turlarga ajratish
Kutilayotgan natija: O‘quvchilar kalendarlarning yaratilishi
tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar, yillarni hisoblash
O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi
Metod: Aktiv.
O‘qitish shakllari: Aralash, jamoa, guruhli.
Vosita: Darslik, turli xil kalendarlar, atama, tushuncha, sanalar
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 2 daqiqa.
II. Uy vazifasini takrorlash. 8 daqiqa.
«Kim tez topar» o‘yini. Bunda o‘quvchilarga quyidagi savollar
1. Tarixiy manbalar necha xil bo‘ladi? (Moddiy va yozma
2. Moddiy manbalarga nimalar kiradi? (Turli xil buyumlar,
3. O‘zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba. («Avesto»)
4. Tarix fanida asrlar qanday belgilanadi? (Rim raqamlarida)
5. Arxiv nima? (Eski hujjatlar, yozma yodgorliklar saqlanadigan
6. Xronologiya qanday fan? (Tarixiy voqealar vaqtini aniqlovchi
7. Milodiy yilning birinichi oyi? (Yanvar)
8. Iso payg‘ambar tug‘ilgan kun? (1-yanvar)
III. Yangi dars mavzusini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash.
«Guruhlar ishi». O‘quvchilar to‘rt guruhga bo‘linadi va ularga
topshiriqlar beriladi. Har bir guruh o‘z topshirig‘ini darslikdan
foydalangan holda vatmanga yozadi.
1-guruhga: Kalendarning yaratilishi va inson hayotidagi o‘rni?
2-guruhga: Yuliy kalendarining misrliklar kalendaridan farqi
3-guruhga: Yuliy kalendaridagi xatoliklar qanday bartaraf
4-guruhga: Hozir hijriy yil hisobida nechanchi yil ekanligini
IV. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: 15 daqiqa. «Klaster»
V. Dars yakunlarini chiqarish: 3 daqiqa.
VI. Uyga vazifa: 2 daqiqa.
Qo‘shimcha ma’lumot
Taqvim – vaqt o‘lchovlari-kun, hafta, oy, yilni hisoblash ti zimi.
Vaqt o‘lchovlarini belgilash tabiat hodisalarining samoviy yoritqich-
lar harakati bilan bog‘liq davriyligiga asoslanadi. Taqvim hisobining
asosi yil bo‘lib, yilning fasl va oylarga bo‘linishiga va davomiyligi-
ga qarab tuzilgan oy taqvimi, oy-quyosh taqvimi va quyosh taqvimi
Turkiston zaminida yashab kelayotgan xalqlar taqvim-yil
hisobidan foydalanishda dunyoning eng madaniy xalqlaridan biri
hisoblanadilar. Bu o‘lkada taqvimlarga amal qilish qariyb uch ming
yildan buyon davom etib keladi. Shu davr mobaynida Turkiston
xalqlari qadimgi turkiy, xorazmiy, sug‘d, avesto (qadimgi eron),
yazdigir, Hijriy-shamsiy, Hijriy-qamariy, milodiy yil hisoblaridan
Milodiy yil hisobi o‘rta asrlardayoq sharq olimlariga ma’lum
bo‘lsada, undan amalda foydalanish Turkistonga Chor Rossiyasi
istilosi bilan birga XIX asr ikkinchi yarmida kirib keldi.
Milodiy yil hisobi aslida Sharqdagi eng qadimgi quyosh yili
taqvimlaridan biri hisoblanadi.
Milodiy yil hisobidagi oylarning tartibi, nomlanishi va
nomlanishining sabablari hamda kunlar miqdori quydagicha:
1. Yanvar – 31 kun. Qadimgi rimliklar xudosi Yanus nomidan
2. Fevral – 28 kun (kabisa yilida 29 kun). Qadimgi rimliklarning
har yili 15 fevralda o‘tkazilgan fevruarius – poklanish marosimi
3. Mart – 31 kun. Qadimgi rimliklarning urush xudosi Mars
4. Aprel – 30 kun. Lotincha aprilis “quyosh bilan isitiladigan”
degan ma’noni beruvchi so‘zdan olingan.
5. May – 31 kun. Qadimgi rimliklarning yer xudosi May nomidan
6. Iyun – 30 kun. Qadimgi rimliklar xudosi Yunona nomidan
7. Iyul – 31 kun. Qadimgi rim imperatori Yuliy Sezar nomidan
8. Avgust – 31 kun. Qadimgi rim imperatori Avgust (Yuliy
Sezarning nabira jiyani) nomidan olingan.
9. Sentabr – 30 kun. Lotin tilida yettinchi degan ma’noni beradi.
Qadimgi Rimda yil boshi -birinchi oy martdan hisoblangan, Sentabr
esa yilning yettinchi oyi bo‘lib kelgan.
10. Oktabr- 31 kun. Lotin tilida sakkizinchi degan ma’noni
beradi. Qadimgi Rim taqvimida yilning 8-oyi.
11. Noyabr – 30 kun. Lotin tilida to‘qqizinchi degan ma’noni
beradi. Qadimgi Rim taqvimida yilning 9-oyi.
12. Dekabr – 31 kun. Lotin tilida o‘ninchi degan ma’noni beradi.
Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно
Katalog: kxpv
kxpv -> SH. T. Otaboyev, T. I. Iskandarov
kxpv -> S. dadayev, G. Abduraxmanova
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling