TARIX FANINI O QITISHDA TARIXIY-BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI VA MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»
16. Тошев, Солежон Ах,матжонович.(2020). Узбекистан совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347353
9-aprel – Amir Temur tavallud topgan kun. Buyuk sarkarda haqida qanday kitoblar yozilgan?
9-aprel dunyoga mashhur jahongir, Xilda Xukxem ta’biri bilan aytganda “Yetti iqlim hukmdori”, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. “Daryo” sana munosabati bilan bugungi maqolada Amir Temur hayoti va faoliyati haqida yozgan mualliflar va ularning ba’zilarining asarlarini tahlil qiladi.
Amir Temur hayoti haqida ko‘plab mualliflar uning hayotlik davridan boshlab kitoblar yozib kelgan. U haqidagi manbalarni birlamchi va ikkilamchi manbalar sifatida o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Birlamchi manbalar sifatida uning hayotlik davrida va u bilan zamondosh mualliflar tomonidan yozilgan kitoblarni keltirish mumkin. Ikkilamchi manbalar esa vafotidan ancha keyin yozilgan kitoblar hisoblanadi.
Foto: Google Photos
Birlamchi manbalar
Amir Temur saroyida uning juda ko‘plab shaxsiy kotiblari bo‘lgan. Ular muttasil ravishda uning hayot va faoliyati bilan bog‘liq voqea-hodisalarni yozib borgan. Lekin ular kitob shaklida bo‘lmagan, balki xronika tarzida, davlat hujjatlari sifatida eski turkiy tilidagi uyg‘ur yozuvida yozilgan. Ammo ularning asl nusxalari haligacha topilmagan deb hisoblanadi.
Amir Temur hayoti haqidagi eng birlamchi manbalar:
- G‘iyosiddin Ali ibn Jamol al-Islomninng Amir Temurning Hindistonga yurishlari haqidagi xotiralari;
- Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari;
- Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” asari;
- Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari;
- Kastiliya va Leon elchisi Rui Gonzales de Klavixoning “Samarqandga sayohat kundaligi” xotiralari;
- Sultoniyalik arxiyepiskop, Fransiyaga Temur elchisi sifatida yuborilgan Iaonning “Temur hayoti va saroyi” xotiralari;
- Tunislik tarixchi, geograf Ibn Xaldun xotiralari.
G‘iyosiddin Alining kundaligi fors tilida, o‘sha davr uchun xos bo‘lgan nazmiy shaklda, qasidasimon qilib yozilgan. Uning Hindiston safarida o‘zi ishtirok etgani yoki voqealarni guvohlar tilidan yozib olgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Yagona nusxasi Toshkentda saqlanmoqda. Asarning yozilish usuli Temurga yoqmagan degan qarashlar ham bor.
Navbatdagi asar Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari. Nizomiddin Shomiy Tabriz yaqinidagi Shama shahrida tavallud topgan. Uning hayoti haqida ma’lumot juda kam. Uning Sohibqiron bilan uchrashuvi 1393-yilda Bag‘dodda sodir bo‘lgan. Keyinchalik 1401-yilda Temur uni Shomga chaqirib, o‘zining munshiylari va kotiblari tomonidan yozilgan tarixlarni to‘plab, hamma tushunadigan sodda tilda bir kitob shakliga keltirishni buyuradi.
- Amir Temurning munshiylari va kotiblari tomonidan nazm hamda nasrda forsiy va turkiy tillarda bitilgan kundaliklar va bitiklar. Yuqorida aytganimizdek, ular bizning davrimizgacha yetib kelmagan.
- Muallifning o‘zi 1400–1404-yillar davomida uning yurishlarida qatnashgan va guvoh bo‘lgan voqealar. Bu o‘rinda u keltirgan faktlarga shubha bo‘lishi mumkin emas.
- Yuqorida nomi tilga olingan G‘iyosiddin Alining “Ro‘znomayi g‘azavoti Hindiston” asari.
“Zafarnoma”da XIV va XV asr boshidagi Temur va temuriylar hukmronligi davridagi Markaziy Osiyo, Oltin O‘rda, Ozarbayjon, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Misr, Turkiya kabi mamlakatlar tarixiga oid voqealarni o‘z ichiga oladi. Asar muqaddimasida 1360-yilgacha bo‘lgan chingiziylar haqida qisqacha ma’lumot berilgan.
So‘ng XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshidagi Temur yurishlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Asar 1404-yil mart oyidagi Temurning Ozarbayjonning Qorabog‘ida turgani voqeasi bilan tugallanib topshiriladi. Asarning Temur davriga oid qimmatli ma’lumotlar berishidan tashqari yana bir muhim jihati — o‘zidan keyin Temur hayotiga doir yozilgan ko‘plab kitoblarga manba sifatida xizmat qilganligidir.
Tarixchilar keng ommasi tomonidan Amir Temur hayoti haqida mukammal asar sifatida baholanadigan navbatdagi asar Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asaridir. Yazdiy asarni Shohruh Mirzo buyrug‘iga binoan 1425-yilda yozib tugatadi. U asarni yozishda o‘zidan oldingi mualliflarga murojaat qiladi. Nizomiddinning asari, yuqorida aytganimizdek, Temur hayotining so‘nggi yilini bayon qilmaydi.
Yazdiyning asari turk xoqonlari va mo‘g‘ullarga bag‘ishlangan muqaddima bilan boshlangan hamda Amir Temur hayotining sahifalari mufassal bayon etilgan. Mazkur asar ilk bor XVI asrda fors tilidan eski o‘zbek tiliga Shayboniy Ko‘chkunchixon buyrug‘iga ko‘ra Muhammad Ali ibn Darvesh Ali al-Buxoriy tomonidan tarjima qilingan. 1519-yilda tarjima qilingan ushbu asar eng mukammal tarjima hisoblanadi.
Asar yana ikki bor eski o‘zbekchaga tarjima qilingan. Ulardan biri noma’lum tarjimon tomonidan Yaroqbiy Qo‘ng‘irot degan kishi buyrug‘iga binoan 1550-yilda tarjima qilingan bo‘lsa, ikkinchisi 1826-yili Shermuhammad Munis tavsiyasi bilan Xivada Xudoyberdi ibn Qo‘shmuhammad So‘fi Xevaqiy tarafidan qilingan. Ammo Xivadagi tarjima ancha qisqartirilgan shaklda edi.
Samarqanddagi Amir Temur haykali. Foto: Google Photos
Mazkur asar 1722-yili Fransiyada Petis de la Krua tomonidan Lui XIV hukmronligi davrida fransuz tiliga tarjima qilindi. Bir yildan keyin fransuz tilidan J. Darbi tomonidan ingliz tiliga o‘girildi.
Yana bir muhim manba bu, shubhasiz, Ibn Arabshohning “Ajayib al-Maqdur fit-tarixi Taymur” asaridir. Asar ikki jilddan iborat bo‘lib, birinchi jildda Sohibqironning bolaligi, Samarqand taxtini egallashidan vafotigacha bo‘lgan davr bayon etilgan bo‘lsa, ikkinchi jildda uning vafotidan keyin sodir bo‘lgan voqealar, taxt uchun kurashlar bayon etilgan. Asarning ahamiyati shundaki, muallif o‘z ko‘zi bilan guvoh bo‘lgan voqealarni bayon qilgan.
Asarning yuqoridagilardan farqli jihati shundaki, u arab tilida yozilgan va Temur shaxsiyatiga negativ baho berish orqali yondashilgan. Yuqoridagi va boshqa ko‘plab mahalliy mualliflarning, jumladan, Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Muiniddin Natanziy kabilarning asarlarida Temur shaxsiyati ulug‘lansa, Arabshohda yuqorilarga teskari tasvirlanadi.
Masalan, Temurning oqsoqlanishi hodisasini boshqa mualliflar jang paytida sodir bo‘lgan desa, Arabshoh qo‘y o‘g‘irlash jarayonida sodir bo‘lgan deya uning yoshligini qaroqchilarga qiyoslaydi. Buning sababi esa Arabshoh asli suriyalik bo‘lib, Temurning Shomdagi g‘alabasidan keyin asir tushib Samarqandga olib kelingani edi. Shuningdek, muallif Damashqning vayron qilinganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgani ham uning qalbida qandaydir dog‘ qoldirgan bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, Arabshoh Temurning kuchli shaxs bo‘lganini ham tan oladi.
Arabshoh asari keyingi davrdagi Yevropa tarixchilari tomonidan Temur hayotiga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblarda asosiy manbalardan biri sifatida keng foydalanib kelindi. Asar ohangiga ta’sir qilgan yana bir omil shuki, u Samarqanddan ketgach, Xorazm, Mo‘g‘uliston, Dashti Qipchoq, Saroy, Astraxan, Turkiya kabi ko‘plab Temur tomonidan birma-bir zabt etilgan shahar va davlatlardan o‘tgan va u yerdagi aholidan Temur haqidagi hikoyalarini tinglagan. Shular asosida vujudga kelgan asarning bunday ohangga ega bo‘lishi tabiiy jarayon. Ba’zi tarixchilar Arabshohning mazkur asarini eng obyektiv yozilgan asarlardan biri sifatida ko‘radi.
Keng jamoatchilik tomonidan tan olingan yana bir muhim manba Kastiliya va Leon qiroli Genrixning elchisi Rui Gonsalez de Klavixoning “Samarqandga sayohat kundaligi” xotiralaridir. Amir Temurning Usmonli sultoni Boyazid Yildirim ustidan g‘alaba qilgandan keyin Seviliyadan dengiz orqali Samarqandga qarab otlangan elchi yo‘lda yuz bergan voqea-hodisalarni, Temur mamlakati hududida eshitgan rivoyat va hikoyalarni birma-bir hikoya qilib bergan.
Qashqadaryodagi Amir Temur haykali. Foto: Google Photos
Asarda O‘rta Yer dengizi, Kichik Osiyo, Qora dengiz bo‘ylari mamlakatlari, Shom, Ozarbayjon, Eron, Xuroson o‘lkalari tabiati va geografiyasiga oid ma’lumotlar ham o‘rin olgan. Uning temuriy shahzodalar Mironshoh va Shohruh Mirzolar bilan uchrashuvlari, Temur davlati xavfsizlik, pochta xizmati, shuningdek, elchilarga ko‘rsatiladigan hurmat-izzat haqida qimmatli ma’lumotlari mavjud.
Asardan Temur davriga oid qurilishlar haqida ham manbalar keltirilgan. Jumaladan, Shahrisabzdagi Oqsaroy, Samarqanddagi Jome masjidi, Muhammad Sulton maqbarasi va boshqa ko‘plab shaharsozlik ishlari, Temur bog‘lari va saroylari, ularning tuzilishi va u yerda tashkil etilgan qabul marosimlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
Temur hayotlik chog‘ida u bilan uchrashgan va uni ko‘rgan Sultoniya arxiyepiskopi Ioann, Bavariyalik Shiltberger, tunislik Ibn Xaldunlar ham Sohibqiron haqida ancha ma’lumotlar yozib qoldirgan.
O‘zbek tarixchiligida katta e’tibor beriladigan, bevosita Amir Temurning o‘zi tarafidan yozilgani iddao qilinadigan mashhur “Temur tuzuklari” XVI asrda topilgan bo‘lib, ko‘plab tarixchilar tomonidan haqiqiyligi shubha ostiga olinadi. Mutaxassislarning fikricha, u yerda yozilgan ma’lumotlar Yazdiyning “Zafarnoma”si bilan bir xil. Yana bir sabab tuzuklar haqida Temur haqida yozilgan kitoblarda ma’lumot yo‘qligidir.
Ikkilamchi manbalar
Ikkilamchi manbalar sifatida Amir Temur vafotidan keyin o‘zigacha mavjud asarlar asosida va yozilgan asarlar hamda yevropalik va mahalliy bir qator temurshunos tarixchi olimlarning asarlarini keltirish mumkin. Ali Yazdiy va Ibn Arabshohning asarlari Temur vafotidan keyin yozilgan bo‘lishiga qaramasdan ularni birlamchi manba sifatida kelishiga ulardagi mukammallik sabab qilib ko‘rsatiladi.
Birlamchi manbalarni to‘ldirib keladigan asarlar yaratgan mualliflar qatoriga quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin. Ushbu mualliflar o‘zlarining tarixga atalgan asarlarida Temur hayoti haqida ham hikoya qilgan va o‘z kitoblarida unga boblar bag‘ishlagan.
Shunday asarlar qatoriga Mustavining “Tarixi hayrat”, Hofizi Abruning “Ravzat us-Safo”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’ us-sa’dayn”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Muiniddin Natanziyning “Xotiralar”i, arman tarixchisi Foma Mesopskiyning asarlari, Rene Grussening “Cho‘l imperiyalari”, rus tarixchilaridan Ivaninning “Ikki buyuk sarkarda” asarlari va boshqa bir qator fransuz tarixchilarining asarlarini kiritishimiz mumkin.
Amir Temurning sevimli nabirasi Mirzo Ulug‘bek o‘zining “Tarixi arbai Ulus” asarida Chingizxon avlodlarining tarixini bayon qilish bilan birgan Amir Temurning hokimiyatga kelishigacha bo‘lgan voqealarni ham o‘z asariga kiritib ketadi. Shuningdek, temuriy Zahiriddin Muhammad Bobur ham Temur va temuriylar haqida o‘zining mashhur “Boburnoma” asarida ma’lumotlar berib o‘tgan.
Amir Temur haqida yozgan mualiflar va ularning tegishli asarlari
Ro‘yxatni tuzishda uni uch qismga bo‘linadi. Dastlab mahalliy mualliflarning kitoblar, undan keyin xorijlik mualliflar va so‘ngida badiiy asarlarni keltiriladi.
Mahalliy mualliflar qatoriga Temuriylar davlati tarkibiga kirgan hududlarda ijod qilgan mualliflarni ham kiritish maqsadga muvofiqdir.
- G‘iyosiddin Ali – “Ro‘znomayi g‘azovoti Hindiston”;
- Nizomiddin Shomiy – “Zafarnoma”;
- Sharafiddin Ali Yazdiy – “Zafarnoma”;
- Musavi – “Tarixi hayrat”;
- Hofizi Abru – “Zubdat ut tavorix”;
- Abdurazzoq Samarqandiy – “Matla’ us-sa’dayn”;
- Miroxond va Xondamir – “Ravzat us-safo”;
- Mirzo Ulug‘bek – “To‘rt ulus tarixi”;
- Zahiriddin Muhammad Bobur – “Boburnoma”;
- Salohiddin Toshkandiy – “Temurnoma”.
Shuningdek, XIX asrda Buxoro amirligida faoliyat yuritgan Ahmad Donish ham Amir Temur shaxsiyatiga yuksak baho bergan. Afsuski, Ahmad Donishning asarlari bizgacha yetib kelmagan. Sovet Ittifoqi yillarida Temur shaxsiyatiga qiziqish ortib bordi. Bir qator sovet rus va o‘zbek tarixchilari u haqida kitoblar yozdi. Vasiliy Bartold, Ibrohim Mo‘minov, Bo‘riboy Ahmedov, Yayho G‘ulomov, Edvard Rtveladze kabi tarixchilar o‘z ilmiy faoliyatlarida Temur hayotiga doir muhim izlanishlar olib bordi.
- Ahmad Ibn Arabshoh – “Ajoyib al-maqdur fiy tarixi Taymur”;
- Rui Gonzales de Klavixo – “Samarqandga sayohat kundaligi”;
- Sultoniya arxiyepiskopi Ioann – “Amir Temurning saroyi va hayoti”;
- Bavariyalik Shiltberger – “Xotiralar”;
- Foma Mesopskiy – “Temur va Temuriylar tarixi”;
- Marsel Brion – “Tamerlan”;
- Jan Pol Ru – “Tamerlan”;
- Lusien Keren – “Amir Temur saltanati”;
- Rene Grusset – “Cho‘l imperiyalari : Attila, Chingizxon, Amir Temur”;
- Albert Champdor – “Tamerlan”;
- Mixail Ivanin – “Ikki buyuk sarkarda”.
- Kristofer Marlo – “Buyuk Temurlang” teatr pyesasi, 1587-yilda sahnalashtirilgan;
- Edgar Allan Po – “Tamerlan” epik poemasi;
- Jovid Husayn – “Oqsoq Temur” pyesa, Ozarbayjon;
- Sergey Borodin – “Samarqand osmonidagi yulduzlar” roman-epopeya;
- Robert Irvin – “Samarqand hukmdori”;
- Xurshid Davron – “Samarqand xayoli”, “Sohibqiron nabirasi”, “Bibixonim qissasi”;
- Muhammad Ali – “Gumbazdagi nur” dostoni, “Sarbadorlar” romani, “Ulug‘ saltanat” epopeyasi.
Shuningdek, Amir Temur hayoti haqida boshqa ko‘plab sohalarda, jumladan, kino, teatr, musiqada badiiy hamda hujjatli materiallar tayyorlandi. O‘ylaymizki, Temur shaxsiyati hali ko‘p yillar mobaynida tarixchilarning ilmiy ishlari mavzusi bo‘lib keladi. Zero u dunyodagi eng murakkab shaxsiyatlardan biri sifatida tarixda qoldi.
Jahongir Ostonov tayyorladi.
TARIX FANINI O’QITISHDA TARIXIY-BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI VA MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»
Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mirzajasur Mirfayozov
Maqolada tarix fanlarini o’qitishda tarixiy-badiiy adabiyotlardan foydalanishning mazmun-mohiyati, usullari va ahamiyati boyicha fikr bildirilgan. Tarix ta’limida adabiy manbalardan foydalanishning usullari, to’g’ri tanlay bilish, asar g’oyasini ta’lim-tarbiyaviy tomondan chuqur o’zlashtirishning muhim omillarini tanlashda foydalaniladigan mezonlar asoslab o’tilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по истории и археологии , автор научной работы — Mirzajasur Mirfayozov
Musiqa darslarini fanlararo aloqadorligida tashkil etish imkoniyatlari
Tarix fanini o’qitishda innovatsion usullar
O’QUVCHILAR IJODIY QOBILYATINI RIVOJLANTIRISHDA ILLYUSTRATORLAR HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATINI O’RGANISHNING AXAMIYATI
Adabiyot darslarida ijodkor tarjimaiholini o‘rgatish xususida
TАRIX TА’LIMIDА KURSLАRАRO UZVIYLIKNI TА’MINLАSHNING PEDАGOGIK SHАRT-SHАROITLАRI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
CONTENT AND SIGNIFICANCE OF THE USE OF HISTORICAL AND FICTIONAL SOURCES IN TEACHING HISTORY
The article discusses the content, methods and importance of the use of historical and artistic literature in the teaching of history. Methods of using literary sources in history education, the ability to make the right choice, the criteria used in the selection of important factors for the in-depth study of the idea of the work from the educational point of view are substantiated.
Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’QITISHDA TARIXIY-BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI VA MOHIYATI»
TARIX FANINI O’QITISHDA TARIXIY-BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI VA MOHIYATI
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Maqolada tarix fanlarini o’qitishda tarixiy-badiiy adabiyotlardan foydalanishning mazmun-mohiyati, usullari va ahamiyati boyicha fikr bildirilgan. Tarix ta’limida adabiy manbalardan foydalanishning usullari, to’g’ri tanlay bilish, asar g’oyasini ta’lim-tarbiyaviy tomondan chuqur o’zlashtirishning muhim omillarini tanlashda foydalaniladigan mezonlar asoslab o’tilgan.
Kalit so’zlar: tarixiy-badiiy adabiyotlar, omillar, tamoyillar, usullar, xolislik, ilmiylik, mezonlar.
CONTENT AND SIGNIFICANCE OF THE USE OF HISTORICAL AND FICTIONAL SOURCES IN TEACHING HISTORY
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
The article discusses the content, methods and importance of the use of historical and artistic literature in the teaching of history. Methods of using literary sources in history education, the ability to make the right choice, the criteria used in the selection of important factors for the in-depth study of the idea of the work from the educational point of view are substantiated.
Keywords: historical and literary literature, factors, principles, methods, objectivity, science, criteria.
Tarixni o’qitishda qo’llaniladigan matnlarga – darslik matni, tarixiy hujjatlar, asarlar, ilmiy-ommabop va badiiy, tarixiy adabiyotlar va boshqalar kiradi. Bosma matnlar ta’lim oluvchilar tarixiy bilimlarining asosiy manbai bo’lgani kabi ta’lim beruvchining bilim manbaini, bayonining asosini tashkil etadi. Tabiiydirki, o’qituvchi shu manbalardan to’g’ri va unumli foydalangan taqdirdagina, uning bayoni didaktika talablariga, umuman tarix ta’limining yuksak talablariga javob berishi, o’qituvchi
bayonining o’quvchilarga tushunarli, mazmundor, maroqli, g’oyaviy va ilmiy jihatdan ishonarli, obrazli va ta’sirli bo’lishi mumkin. Tarixiy-badiiy adabiyotlar tarixiy jarayonlarni o’zlashtirishda muhim omil hisoblanadi. Tarix ta’limida tarixiy – badiiy adabiyotlardan foydalanishda ta’lim oluvchilarning psixologik yosh xususiyatlarini hisobga olish va ularning, fanga oid qiziqishlarini ham inobatga olish kerak.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Adabiy manbaalardan tarix ta’limida foydalanishning bir qator usullari keltirilib o’tilgan:
– mavzuga oid adabiy manbalarni tavsiya etish,
– manbalardagi mavzuga oid shaxs va tarixiy voqealar xususida suhbatlashish,
– manbalardan foydalanish metodlari
Badiiy adabiyot yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda ahamiyatli bo’lib, badiiy adabiyotning qimmati ta’lim oluvchi voqelikni adibning iste’dodi darajasida idrok etishga, uni ko’zi bilan ko’rishga, uning shaxsi orqali, ma’naviy dunyosi orqali tasavvur etishga, u olg’a surgan o’z amaliy faoliyatida ongli ravishda amal qilishga erishishi bilan belgilanadi. Ta’lim oluvchi asarda tasvirlangan timsollar galereyasi va badiiy vositalarni faqat ko’zatuvchisiga aylanmasligi, balki adib olg’a surgan ta’lim-tarbiyaviy g’oyani qanday natijaga erishganligi nuqtai nazaridan baholashga o’rgangan taqdirdagina uning mohiyatini to’liq, chuqur anglab yetishi muqarrar.
Badiiy asarni to’g’ri tanlay bilish ham asar g’oyasini ta’lim-tarbiyaviy tomondan chuqur o’zlashtirishning muhim omillaridan biri bo’lib, uni tanlashda ma’lum mezonlarga asoslaniladi, ya’ni badiiy asarning yuksak g’oyaviy-badiiy qimmati, adib ijodida asarning xarakterli o’rni asarning yaratilgan va o’rganilayotgan davr uchun ahamiyati badiiy asarning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi xususiyati ega bo’lib; badiiy asarning ta’lim oluvchilar yoshiga mosligi, munosibligi; o’quvchida qiziqish uyg’otishi; o’quvchining ma’naviy qiziqishi; talabi, ehtiyojlariga javob bera olish darajasidan iboratdir. Proza yo’lida yozilgan asarlar hayotning keng va ob’ektiv manzarasini tasvirlashi, ma’naviy qadriyatlar mohiyatini atroflicha ochib berishi, poeziyada bunday tasvirga keng imkoniyat yo’qligi, dramatik asarlarda esa voqelik yozuvchi nutqi orqali emas, balki obrazlarning hatti-harakati, so’zlari orqali ifodalanishi bilan farq qiladi. Adabiy turlar o’rtasidagi bunday farqlanish ularning tarbiyaviy imkoniyatlari jihatidan ham farqlanishiga olib keladi.
Mazkur janrlardagi asarlarning ahamiyatli jihatlari e’tiborli bo’lib, u ta’ilm oluvchiga:
birinchidan, o’tmishning madaniy merosi, uning rang-barangligi, o’zbek xalqining takrorlanmas iste’dod egalari bo’lgan ajdodlari haqida aniq va qiziqarli ma’lumot beradi;
ikkinchidan ta’lim oluvchilarning o’zligini anglashi uchun boy ma’naviy oziq beradi;
uchinchidan, o’zbek millati, sharq xalqlari tarixi, dini madaniyati, urf-odatlari, an’analari; udumlari haqida badiiy ifoda vositalari asosida ilmiy, haqqoniy, tarixiy ma’lumotlarni egallashga muvaffaq bo’ladi;
to’rtinchidan, sharq xalqlari, o’zbek xalqi ruhiy holati, axloq-odob mezonlaridan qahramonlik, jasurlik, mehnatsevarlik insonparvarlik, mehmonnavozlik, imon e’tiqod, sevgida sadoqat kabi qadriyatlar haqida atroflicha ma’lumot olishga muyassar bo’ladi.
Badiiy adabiyot obrazlaridan foydalanish o’qituvchi bayoniing ko’rsatmaliligini ta’minlaydi, uni aniqlashtiradi, o’quvchilar o’tmish haqida jonli tasavvur hosil qiladi. Badiiy adabiyotning roli bu bilan tugamaydi. Ma’lum davrning ijtimoiy hodisalarini real aks ettiruvchi haqiqiy badiiy obraz, tipik obrazlar o’sha ijtimoiy hodisaning mohiyatini ifodalaydi. O’qituvchi bayonida badiiy adabiyotdan olingan namunalar bayonning emotsional bo’lishini ham ta’minlaydi, o’rganilayotgan tarixiy voqealarga nisbatan o’quvchilarda xayrixohlik, zavqlanish, afsuslanish kayfiyatlarini, nafrat yoki hayrat tuyg’ularini tug’diradi.
Tarix o’qitishda foydalaniladigan badiiy adabiyotlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
-o’rganilayotgan davrning adabiy yodgorliklari;
-tarixiy belletristik asarlar
Adabiy yodgorliklariga tarixiy hodisa va voqealarni o’z zamondoshlari yozib qoldirgan asarlar kiradi. Bu guruhga kirgan asarlar tar ix fani uchun o’tmishning o’ziga xos manbai bo’lib xizmat qiladi. Badiiy adabiyot yodgorliklari yozib olingan og’zaki ijodiyot asarlarini: afsonalar, dostonlar, qo’shiqlar, masallar va boshqalarni o’z ichiga oladi. Bunday asarlarning juda ko’pida voqelik qayta-qayta ishlangan, xalq fantaziyasi bilan boyitilgan va bezatilgan bo’ladi. Voqelikni ob’ektiv suratda tasvir qilgan asarlar, yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan taqdirda o’zoq o’tmishni, masalan qadimgi Gretsiya tarixini yoritib berishda ana shunday asarlardan ham tanqid g’alviridan o’tkazib foydalaniladi. Gomer davridagi jamiyat tarixi Gomer dostonlaridan va qisman Grek afsonalaridan olingan epizodlarni tahlil qilish asosida ta’riflab beriladi, Badiiy yodgorliklarning asosiy ahamiyati shundan iboratki, ular o’z zamonidagi jamiyatning g’oyasini aks ettiradi va buni o’quvchilarning tushunib olishlariga tarixiy hodisalar va
arboblarning yorqin badiiy obrazlarini ravshan tasavvur qilishlariga yordam beradi. Shu bilan birga o’quvchilar badiiy adabiyotning jamiyat hayotidagi roli bilan ham aniq misollarda tanishadilar. Masalan, “Roland haqida qo’shiq” nomli asarda Karlning o’zi va uning jangchilari ideallashtirilib u olib borgan urushlar tarixi buzib ko’rsatiladi. Shu bilan birga, bu asar ritsarlarning mardligi, o’z senyoriga sodiqligi, fidokorligi bilan, shuningdek o’rta asrlar adabiyotining ana shu turi bilan tanishtiradi. “Roland haqida qo’shiq” shu adabiyot turining eng yaqqol namunasidir. Roland uydirma obraz bo’lsada undagi ajoyib fazilatlar o’quvchilarga ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi. O’rta asrlarda yaratilgan “Tulki haqida roman” dan shaharliklarning feodallarga munosabatini, ular o’rtasida keskinlashib borayotgan kurashini hamda uni yoritishda hajviyadan qanday foydalanilganligini o’quvchilar tus hunib oladi. Qadimgi dunyo va o’rta asrlarda yaratilgan afsonalardan, qahramonlik dostonlari va boshqa adabiy asarlardan tarix darslarida foydalanganda, o’quvchilarni bu asarlarga tanqidiy ko’z bilan qarashga o’rgatib borish kerak. Shuningdek, ularga bu asarlar o’tmishdan qolgan badiiy yodgorliklar ekanligini, ulardan o’sha davrlarda bo’lib o’tgan voqealarga oid ba’zi ma’lumotlardan foydalanish va qay tariqa foydalanish mumkinligini, bu asarlarning qaysi joyi uydirma va qaysi joylarida real voqelik aks etganini tushuntirish lozim.
Qahramonlik eposlarida turkiy xalqlarga xos qahramonlik, vatanparvarlik, Shiroqning – jasurlik , To’marisning – xalqparvarlik, sevgida sadoqat Alpomish, Tohir va Zuhra, Yusuf va Zulayho, Farxod va Shirin obrazi tarbiyaviy ahamyati kattadir, jangnoma xarakteridagi dostonlarda o’tmish qahramonlar, tarixiy va hayotiy haqiqatning aks etadi, pandnoma xarakteridagi dostonlarda kishining kundalik hayotida amal qilishi lozim bo’lgan xulq-atvor mezonlari diniy va dunyo viy axloq qonun-qoidalari Qutadg’u bilig sharq xalqlarining turmush tarzi, tarixiga xos voqealar tasviri ko’proq o’z ifodasini topadi. Shuning uchun ham bu janrlarda yaratilgan adabiyot namunalari ta’lim oluvchilarga ma’naviy madaniyatimizning tarixiy boy qirrallari haqida sharq xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqining o’tmishi, qadriyatlari, axloq-odob mezonlari haqida atroflicha ma’lumot berish imkoniyatiga ega.
Belletristik asarlarga — tarixiy romanlar, tarixiy temalarda yozilgan povestlar, o’rganiladigan davr haqidagi badiiy asarlar, hikoyalar kiradi. Bu asarlar tarixiy manbalar, memuarlar va hujjatlar, ilmiy tekshirish ishlari va monografiyalarni o’rganish asosida yozilgan bo’lib, ularda o’tmish voqealari badiiy tasvirlar va badiiy obrazlar orqali ifodalanadi. Belletristika tarix fani uchun hujjatli manba bo’la olmasada, o’quvchilarga o’tmishni aniq tushuntirishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Tarixiy roman va povestlarni o’qish natijasida o’quvchilarda tarixga qiziqish uyg’onadi.
O’rganilayotgan davrga doir adabiy yodgorliklar tarix darslarida ko’pincha dars materialini xulosalash va umumlashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Belletristika bayon qilinayotgan o’quv materialini aniqlashtirishga va bayonni maroqli qilishga yordam beradi. O’qituvchi badiiy adabiyotni tanlashda materialning ta’lim-tarbiya jihatidan qimmati tarixiy hodisalarning naqadar haqqoniy real va ilmiy qilib yoritilganligini e’tiborga oladi. O’qituvchi tarix darslarida foydalanish uchun badiiy adabiyotdan:
a) o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida dasturida ko’zda tutilgan tarixiy voqealarning tasviriga;
b) tarixiy arboblar va xalq ommasi vakillarining obrazlarini, xalq ommasining rolini ko’rsatishga;
v) muhim tarixiy voqealar bo’lib o’tgan joylarni va u yerlarning aniq sharoitini tasvirlashga va sh. k. larga bag’ishlangan asarlarni tanlaydi.
O’qituvchi o’z bayonida badiiy adabiyotlardan foydalanish bilan birga o’quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari badiiy asarlarni o’qishlari ustidan olib boradigan ishlariga doim nazorat qilib boradi. Badiiy adabiyot vositasida ma’naviy madaniyatini shakllantirishning pedagogika talablaridan biri, uning tarbiyaviy ta’sir kuchidan foydalanishda unga davr nuqtai nazaridan yondashishdir. Klassik adabiyot namunalari mazmunida chuqur falsafiylik, farosatlilik ta’lim oluvchini uzoq o’tmishga sayohat qildiradi. Mualliflar o’z davrlarining turmush tarzlarini, hayotiy muammolarini, falsafiy ildizlarini badiiy ifodalashga, shu usuldan foydalangan holda xalqning moddiy va ma’naviy hayotini bir o’z bo’lsa-da, tashvishli masalalardan, bezovta kechinmalardan yiroqlashtirishga muvaffaq bo’lganlar. Klassik adabiyot namunalarining katta qismi poetik tarzda bunyod etilgan bo’lib, ular asosan g’azal, ruboiy, fard, tuyuq, to’rtlik, qissa, hikoyat, doston, qasida, muhammaslardan iborat, shuning uchun o’quvchidan nozik did, qunt, teran fikr asosida ularni o’rganish talab etiladi. Ahli zamon o’rtasidagi insonpavrvarlik, shirinsuxanlik, qadr-qimmat, do’stlik va birodarlik, Vatan ishqi, xalq farovonligi va komil inson masalasi klassik adiblar ijodidagi bosh mavzusi hisobladi.
Xulosa qilib aytganda, o’qitish jarayonida badiiy manbalardan foydalanish usullarining samaradorligi ta’lim oluvchi tomonidan ta’lim beruvchilarning tarixiy ma’lumotlarni bilish faoliyatini o’qitish vazifalari va maqsadlariga muvofiq tashkil eta olish ko’nikmalarini egallaganlik darajasiga bog’liq bo’ladi.
1. Абдурахманова Ж. Н. (2020). Инновацион тажриба майдони – “мактаб-лаборатория”нинг таълим тизимидаги урни. МуFаллим х,ем узликсиз билимлендири. (Issue 1) -Б. 22-26.
2. Gafforov Ya. X. (2019). THE STATE OF HUSTORICAL EDUCATION IN UZBEKISTAN DURING WORLD WAR II. USA(Philadelphia) . -P. 173-175.
3. G’afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the “Great Game”. Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.
4. Тошев, С. (2020). Узбекистоннинг совет мустамлакачилиги даври тарихини урганишда турк тилидаги манбаларни урни. In Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадкикотлари методлари ва методологиясининг долзарб масалалари (pp. 121-127)
5. JI Suyundikovich. (2020). TARIXNI O’QITISH METODIKASI RIVOJLANISHI TARIXIDAN. Fan va ta’lim, 1 (5), 195.
6. Toshev S. (2020). TARIX FANINI O’QITISHNDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Science and Education, 1(Special Issue), 6
7. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils’ Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.
8. Toshtemirova, S. (2020). Factors Affecting the Quality of Education and the Importance of the Education Cluster to Address Them. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(4), 151-156.
9. Абдурахманова Ж. Н. (2019). Тарих фанини укитиш усуллари ва уларнинг самарадорлиги // Ta’lim, fan va innovatsiya. T.: 1(4), 35-39.
10. G’afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the “Great Game”. Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.
11. Toshtemirova, S.A. (2019). Klaster yondashuvi asosida mintaqaviy ta’lim tizmini boshqarish. NamDU ilmiy axborotnomasi, 1(11), 361-367.
12. Абдурахманова, Ж. Н., Тоштемирова, С.А. (2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and Education, 1(Issue 7), 436-442.
13. Matchonov S. (2020). Adabiyot darslarida Tahlil va talqin uyg’unligi // Til va adabiyot ta’limi. 7-son. -B. 8-11.
14. Toshtemirova, С., Жолдасов, И. (2019). Бiлiмдi адамгершшкке баулу идеясыныц кажетлп // “Actual problems of society, education, science and
technology: status and prospects of development” collection of scientific papers of the ii international scientific-practical conference. Актубе. P. 17-23.
15. Shukurullo Mardonov. Art Pedagogical and art therapeutic technologies in the art classes. International Journal of Research in Economics and Sosial Sciences, 10 (Issue 6), 26-36.
16. Тошев, Солежон Ах,матжонович.(2020). Узбекистан совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347353
17. Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Student Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272-274.
18. Раимова, А. (2020). Вклад Шира Захидова в развитие киноискусства Узбекистана. Science and Education, 1 (7), 594-599.