Press "Enter" to skip to content

Tarixiy obidalar haqida kitoblar

Har bir davlatda xalqining o‘tmishi va ulug‘vor tarixini eslatib turuvchi tarixiy obidalar va yodgorliklar mavjud.

Tarixiy obidalar – ma’naviyatimiz ko‘zgusi.

Har bir davlatda xalqining o‘tmishi va ulug‘vor tarixini eslatib turuvchi tarixiy obidalar va yodgorliklar mavjud.

Ushbu yodgorliklar orqali inson ma’naviy ozuqa oladi, o‘z davlatining tarixidan faxrlanadi va g‘urur tuyg‘usini his etadi.

Dunyoda inson qo‘li bilan yaratilgan va necha ming yillardan beri saqlanib, o‘z jozibasini yo‘qotmay kelayotgan tarixiy obidalar ko‘plab uchraydi. Tarixdan bizga ma’lumki inson zoti san’atni qadrlagan va go‘zallikka intilib kelgan.

Shulardan biri Vobkent tumani tarixi aks ettirilgan va tarixiy obidalarning tasviri tushurilgan mo‘jazgina ‘‘Milliy taomlar’’ markazi faoliyati ish boshlamoqda. Tez kunlarda ish boshlash arafasida turibmiz, binoning tashqi ko‘rinishini bunday uslubda tayyorlashim, yosh avlodga biz kim ekanligimiz, kimning avlodlarimiz va albatta kelajakda nimalarga erisha olishimiz mumkinligini eslatib tursin deydi, – tadbirkor I.Qalandarov

Albatta bu ham ma’naviy tarbiyaning o‘ziga xos tomonlaridan biridir.

Yusuf NASULLAYEV,

Vobkent tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish,

davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini

ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Tarixiy obidalar haqida kitoblar

Samarqand — jahonning eng qadimiy shaharlaridan biridir. O’tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam «Sharq jannatmakon bog’i», «Er yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi», «Jahon mamlakatlarning bezagi» kabi go’zal o’xshatishlarni bejiz bag’ishlamagan edilar.

Buxoroga borib, shu qadimiy shaharni ko’rgan kishilarning barchasi minoralarning tepalaridagi g’alati ko’rinishdagi «qalpoqlarga» e’tibor bergan bo’lsalar kerak. Bular laylak uyalaridir. Umidning timsoli bo’lgan bu oppoq qushlar shaharning ramzi, uning barqarorligi va sadoqatining ham ramzi bo’la oladi.

Xiva — muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir. Sharqning ko’pgina shaharlari kabi Xiva Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xeyvak nomli suv havzasi yonida barpo etilgan bo’lib, Xorazm vohasining sug’oriladigan yerlarida rivojlanib kelgan.

Shahrisabz — Amir Temur shahri, bu yerda hamma narsa u yoki bu tarzda uning nomi bilan bog’liq. Bu yerda uning otasi Muhammad Tarag’ay va ma’naviy ustozi Shamsiddin Kulol ko’milganlar, bu yerda uning katta o’g’illari Jahongir Mirzo va Umarshayx Mirzolar go’ri joylashgan.

Tarixiy obidalar – ma’naviyatimiz ko’zgusi

O’zbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e’tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent. Qo’qon. Shahrisabz kabi shaharlarda ulug’ ajdodlarimizning yuksak iste’dodi bilan bunyod etilgan obidalar o’zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta’mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi.

Toptalgan tariximiz, qutlug’ qadamjolar, hatto nomlari ham unutilayozgan obidalar ta’mirlandi, qayta tiklandi. Imom al Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturudiy, Ahmad al-Farg’oniy, Burhoniddin al-Marg’inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug’ allomalarimizning sha’nlariga munosib yodgorlik majmualar yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Urganchda Jaloliddin Manguberdi, Termizda Alpomish haykallari qad ko’tardi.

Bugungi kunda mamlakatimizda etti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me’moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991 yildan Xivadagi Ichonqal’a qo’riqxonasidagi, 1993 yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro’yxatiga kiritildi.

Mustaqillik yillarida qayta tiklangan muqaddas qadamjolardan biri bo’lgan Oqmasjid Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan. Bu masjidni ulug’ zotlardan biri Sayyid ota bunyod etganlar. Qariyalarning aytishiga ko’ra, 1380-1390 yillarda bunyod etilgan Oqmasjid istiqlol davrida xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylanib, yaxshilik va ezgulikka, tinchlik va osoyishtalikka. O’zaro ahil va hamjihat bo’lishga xizmat qilmoqda.

>Masjid 1920 yillargacha musulmonlarning eng sevimli maskaniga aylangan. Bu masjidda Buxoro madrasalarini tamomlab kelgan mudarrislar, ulamolar dars berganlar, namozxonlarga shariat va tariqat yo’llaridan sabok berganlar, ularni halollik va poklikka, tinchlik va osoyishtalikka da’vat etganlar. Birok, o’sha mustabid sovet tuzumi boshlangandan keyin mullalar, namozxonlar qatagon kilindi. Masjidlar yopib qo’yildi. Biri “quloq”, biri “Xalq dushmani”, biri “Ruxoniy”, biri “Bosmachi”, deb ayblangan xalqimiz masjidlarga borishdan uzoqlashdilar. Urush yillarida esa boshqa masjidlar kabi Oqmasjid xam omborxonaga aylantirildi. Sayyid ota qabrlari xam, masjid xam qarovsiz qolib, ko’rimsiz bir joyga aylanib qolgan edi. 1980 yillar atrofida xam namozxonlar kommunistik mafkura siyosatchilaridan qo’rqa-pisa masjidga kelib-ketar edilar. 1981 yil 1 sentyabrda tuman markazidagi Shayx Gadoy Selkin masjidining faoliyat ko’rsatishiga ruxsat berildi. Shu jumladan, Oqmasjidga xam.

Shundan so’ng din peshvolari, namozxonlar hashar uyushtirib, darhol obodonlashtrish ishlarini boshlab yuborishdi. 2003 yil 5 sentyabr kuni Oqmasjidning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Masjid yana faoliyat yurita boshladi.

Bugungi kunda Xatirchi tumanini o’zining mahobatli ko’rinishi bilan bezab turgan bu masjid kishilarni ezgulikka chorlab, namozxonlarga sharoit yaratib bermoqda.

O’tmishimizni avaylash, tarixiy obidalarni e’zozlash, asori-atiqalarni, qolaversa, xalqimizning buyuk o’tmishi, yashayotgan ijtimoiy hayoti va kelajagi bilan bevosita bog’liqdir. Bu xususiyatlar millatimiz va xalqimizning milliy qadriyati bo’lib, azaldan ularning qon-qoniga singib ketgan.