Press "Enter" to skip to content

Tarixiy haqiqat izidan: Shahrisabzdagi «Malik Ashtar» obidasi haqida nimalar ma lum

Kirish
Ibtido kitobi Tavrotning birinchi kitobidir. Mazkur kitobda olamning yaratilishi, inson zotining paydo bo‘lishi, Isroil xalqining kelib chiqishi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Butun borliqni, yer yuzidagi jamiki xalqlaru shohliklarni, insoniyat tarixini yagona Xudo boshqarishiga kitobda alohida urg‘u beriladi.
Ibtido kitobining birinchi qismida (1-11–boblar) olam va insoniyatning Ibrohim payg‘ambargacha bo‘lgan davri hikoya qilinadi. Xudo hamma narsani juda ajoyib qilib yaratgan edi, lekin ilk yaratilgan ikki inson — Odam Ato bilan Momo Havo Xudoga itoat etmadilar. Ularning itoatsizligi tufayli dunyoga gunoh kirib keldi. Insonlar shu qadar gunohga botib ketdilarki, Nuh payg‘ambardan va uning oilasidan tashqari, jamiki insoniyatni qirib tashlash uchun Xudo yer yuziga to‘fon yuborishga qaror qildi. Nuh va uning oilasi Xudoga itoat etardi, shuning uchun Xudo Nuhga: “O‘zingni, oilangni, hayvonlar va qushlarning har bir turini saqlab qolish uchun katta kema yasa”, deb amr etdi. To‘fondan keyin odamzod yana yer yuzi bo‘ylab yoyildi. Lekin ularning ko‘pchiligi yana Xudoga itoat etmay qo‘ydi.
Ibtido kitobining qolgan qismi (12-50–boblar) Ibrohim va uning xonadoni tarixiga oid voqealarni qamrab oladi. Xudo Ibrohim xonadonini, O‘zimning xalqim qilaman, deb tanlab oladi. Ibrohim va uning xotini Sora befarzand edilar, lekin Xudo ularga farzand va’da qilib, o‘sha farzand orqali jamiki xalqlarga baraka berishini aytadi.
Xudoning amri bilan Ibrohim va Sora o‘zlarining ona yurtini tark etib, Kan’on yurtiga ko‘chib boradilar. Xudo bu yurtni ularning nasliga berishni va’da qilgan edi. Ibrohim bilan Sora ancha keksayib qolganlarida, Xudo O‘z va’dasini bajarib, ularga o‘g‘il ato etadi, ular o‘g‘lining ismini Is’hoq qo‘yadilar. Is’hoq ikki o‘g‘il ko‘radi, o‘g‘illariga Yoqub va Esov deb ism qo‘yadi. Yoqub o‘n ikki o‘g‘il ko‘radi. Ular Isroilning o‘n ikki qabilasiga asos soladilar.
Kitobning oxirida Yoqubning o‘g‘li Yusuf haqida hikoya qilinadi. Yusufning aka–ukalari uni Ismoiliy savdogarlarga qul qilib sotib yuborishadi. Lekin vaqti kelib, Yusuf Misr hokimi bo‘ladi. Shu orqali u qahatchilik davrida Misr xalqini va otasi Yoqubning butun xonadonini qutqarib qoladi. Mazkur kitobning mohiyati shundan iboratki, Xudo insoniyat taqdirini boshqaradi, yuz berayotgan hamma hodisalarni nazorat qiladi, hatto insonning yomon niyatiyu qabih ishlarini O‘zining ezgu rejasini amalga oshirish uchun ishlatadi. Misr yurtida Yusuf aka–ukalariga shunday deydi: “Sizlar menga ravo ko‘rgan yomonlikni Xudo yaxshilikka ishlatdi. Son–sanoqsiz odamlarni saqlab qolish uchun U meni shu yerga olib keldi.” (Ibtido 50:20)

Ibtido 1 bob

1 Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi*.

2 Yer shaklsiz va bo‘m–bo‘sh bo‘lib, tubsiz dengizlar ustini zulmat qoplagan edi. Xudoning Ruhi suvlar uzra yurardi*.

3 Xudo: “Yorug‘lik bo‘lsin”, deb amr bergan edi, yorug‘lik paydo bo‘ldi.
4 Xudo yorug‘likning ajoyib ekanini ko‘rib, yorug‘likni qorong‘ilikdan ajratdi.
5 Xudo yorug‘likni kunduz, qorong‘ilikni tun deb atadi. Kech kirib, tong otdi*. Birinchi kun o‘tdi.
6 So‘ng Xudo: “Suvlarni bir–biridan ajratib turadigan gumbaz paydo bo‘lsin”, deb amr qildi.

7 Shunday ham bo‘ldi: Xudo gumbazni yaratib, gumbazning ostidagi suvlardan gumbaz ustidagi suvlarni ajratdi*.

8 Xudo gumbazga osmon deb nom berdi. Kech kirib, tong otdi. Ikkinchi kun o‘tdi.

9 Keyin Xudo: “Osmon ostidagi suvlar bir joyga to‘planib, quruq yer paydo bo‘lsin”, deb amr qildi. Shunday ham bo‘ldi.

10 Xudo quruqlikka yer deb nom berdi. Bir joyga yig‘ilgan suvlarni esa dengizlar deb atadi. Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi.

11 So‘ngra Xudo shunday amr berdi: “Yerda o‘t–o‘lan ko‘karsin. Don beradigan har xil o‘simliklar, danagi bor har xil mevali daraxtlar o‘ssin.” Shunday ham bo‘ldi.

12 Yerda o‘t–o‘lan ko‘kardi, don beradigan har xil o‘simliklar, danagi bor har xil mevali daraxtlar o‘sdi. Xudo bularning ham ajoyib ekanini ko‘rdi.

13 Kech kirib, tong otdi. Uchinchi kun o‘tdi.

14 Keyin Xudo shunday amr qildi: “Kunduzni tundan ajratish uchun osmon gumbazida yoritqichlar paydo bo‘lsin. Bular kunlarning, yillarning, nishonlanadigan bayramlarning* vaqtini ko‘rsatsin.

15 Bu yoritqichlar osmon gumbazida nur sochib, yerga yorug‘lik bersin.” Shunday ham bo‘ldi.

16 Xudo ikkita katta yoritqichni — quyosh va oyni yaratdi: kunduzi nur sochib turishi uchun kattaroq yoritqich — quyoshni, tunda nur sochib turishi uchun kichikrog‘i — oyni yaratdi. Shuningdek, Xudo yulduzlarni ham yaratdi.

17 Bu yoritqichlar yerga yorug‘lik bersin, kunduz va tun ustidan hukmronlik qilsin, yorug‘likni qorong‘ilikdan ajratib tursin deb, Xudo bularni osmon gumbaziga joylashtirdi.

18 Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi.
19 Kech kirib, tong otdi. To‘rtinchi kun o‘tdi.

20 Keyin Xudo shunday amr berdi: “Suv har xil tirik jonivorlar bilan to‘lib–toshsin, qushlar paydo bo‘lib, havoda parvoz qilsin.”

21 Shunday qilib, Xudo bahaybat dengiz maxluqlarini va suvda suzuvchi turli–tuman jonivorlarni, har turli qushlarni yaratdi. Xudo buning ham ajoyib ekanini ko‘rdi.

22 Shunda Xudo bularning hammasiga marhamat qilib dedi: “Baliqlar va qushlar serpusht bo‘lib, ko‘paysin. Dengizlar baliqlar bilan to‘lib–toshsin, yer uzra qushlar ko‘paysin.”

23 Kech kirib, tong otdi. Beshinchi kun o‘tdi.

24 So‘ngra Xudo: “Yer turli–tuman jonzotlarni — chorvani, sudralib yuruvchi jonivorlarni*, har turli yovvoyi hayvonlarni paydo qilsin”, deb amr berdi. Shunday ham bo‘ldi.

25 Xudo har turli yovvoyi hayvonlarni, chorvaning har xil turlarini, yer yuzida sudralib yuruvchi jonivorlarning va hasharotlarning har xil turlarini yaratdi. Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi.

26 Keyin Xudo shunday dedi: “Endi inson zotini yarataylik, ular O‘z Ibtido 3 suratimizday, O‘zimizga o‘xshagan bo‘lsin*. Inson zoti dengizdagi baliqlar ustidan, osmondagi qushlar, yer yuzidagi chorva hamda jamiki yovvoyi hayvonlar*, yerda sudralib yuruvchi har qanday jonivor va hasharotlar ustidan hukmronlik qilsin.”

27 Shunday qilib, Xudo O‘z suratiday qilib yaratdi inson zotini, Erkagu ayol qilib yaratdi ularni.

28 Xudo insonlarga marhamat qilib, aytdi: “Uvali–juvali bo‘linglar, yer yuzini to‘ldirib, itoat ettiringlar, dengizdagi baliqlar ustidan, osmondagi qushlaru yer yuzida yashovchi har turli jonivorlar ustidan hukmronlik qilinglar.”

29 Xudo yana aytdi: “Mana, sizlarga butun yer yuzidagi har xil donli o‘simliklarni va mevali daraxtlarni berdim. Sizlar bulardan yegulik uchun foydalanasizlar.

30 Yer yuzidagi jamiki tirik jonzotga — hamma hayvonlarga, hamma qushlarga yemish qilib ko‘k o‘t–o‘lanni berdim.” Shunday ham bo‘ldi.

31 Xudo O‘zi yaratgan hamma narsaga nazar soldi. Bular juda ajoyib edi. Kech kirib, tong otdi. Oltinchi kun o‘tdi.

Tarixiy haqiqat izidan: Shahrisabzdagi «Malik Ashtar» obidasi haqida nimalar ma’lum?

O‘zbekiston tarixiy obidalar yurti desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tarix chig‘iriqlaridan o‘tgan bu osori atiqalar millat o‘tmishidan so‘zlaydi. Ular o‘z bag‘riga olgan har bir naqsh, har bir g‘isht, har bir yog‘och sizni o‘z davriga yetaklaydi. Tarixiy obidalar O‘zbekistondagi istalgan hududda topiladi. Ularning har birida o‘ziga xos sir, o‘ziga xos tarix yashirin. Quyida so‘zlamoqchi bo‘lganimiz tarixiy obidalardan biri Shahrisabz shahrida joylashgan. Ming afsus bilan aytish kerakki, u haqida juda ko‘p ma’lumot mavjud emas. Bu “Malik Ashtar” masjididir.

Shahrisabzliklar tilida “Malik Ajdar”ga aylanib ketgan “Malik Ashtar” masjidining nomi arabcha “Moliki ushtur” so‘zidan kelib chiqqanligi aytiladi. Buning ma’nosi “Tuyador” bo‘lib, ya’ni masjid, savdo karvonlarida qatnaydigan ko‘plab tuyalarga ega bo‘lgan boy tomonidan qurdirilgan. Chamasi, masjid qurilmasdan avval bu hududda VIII — X asrlarda ziyorat qilinadigan qadimiy dafina-qabr joylashgan bo‘lishi mumkin.

Hozirda “Malik Ashtar” masjidi hovli atrofi bo‘ylab joylashgan masjid va hujralardan tashkil topgan inshootlar majmuasidan iborat. Ularning eng ahamiyatlisi xonaqo bo‘lib, gumbazi yaqin-atrofdagi uylarning tomlaridan balandroq. Me’moriy yechimi mahalla masjidlariga xos. Masjid binosi XIX asr oxiriga kelib to‘la shakllangan.

Ayrim tarixiy manbalarda “Malik Ashtar”ning masjid bilan birga, karvonsaroy bo‘lgani qayd etib o‘tilgan. Buni masjid xonaqosi bilan tutash mayda hujralardan ham bilish mumkin. Ular soni yigirmadan oshadi. Qolaversa, masjid hovlisida qadimiy supalar ham mavjud.

Malik Ashtar masjidi YuNeSKOning “Umumjahon merosi” ro‘yxatiga kiritilgan Shahrisabzdagi 19 ta yodgorlikdan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda jome’ masjidi sifatida foydalaniladi.

Mamlakatimizdagi tarixchi olimlar “Malik Ashtar” yodgorligini o‘rganishsa, ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar qilishsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Biz “Tarixiy haqiqat izidan” rukni orqali e’lon qilayotgan turkum materiallar orqali tarixchilar, yosh olimlar va qiziquvchilarni mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishga chorlab qolamiz.

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi