Tasviriy San at 1 sinf
Dekorativ-amaliy san’at asarlari odamlarning kundalik turmush ehtiyojlarini qondirish, tevarak-atrofga, park-bog’, uylarning tashqi va ichki ko’rinishiga go’zallik kiritish vazifalariga xizmat qiladi. Bu san’at dastgoh san’atidan o’zining bevosita xalq ehtiyojiga moslanganligi bilan farq qiladi va inson hayotida ishlatiladigan buyumlarning mazmunidan kelib chiqadi va shunga bo’ysunadi. Dekorativ-amaliy san’atda real voqeliklar (masalan, gullar, hayotiy lavhalar va hokazolar), aks etishi mumkin, lekin ular mustaqil xarakterga ega bo’lmaydi hamda ma’lum bir buyum mazmuni va shakli bilan bog’liqbo’ladi. Tasvirlangan voqealarda shartli elementlar keng o’rinni egallaydi. Dekorativ san’at buyumlari birmuncha erkin, ijodkor fantaziyasiga bog’liq holda yaratiladi va eng avvalo, tevarak-atrofga fayz kiritishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, jimjimador ustun, eshik, darvozalar, devorlarning tashqi va ichki tomoniga ishlanadigan rangli naqsh va bo’rtma tasvirlarni bunga misol qilib ko’rsatish mumkin.
Tasviriy san’at 2 sinf darslik
1. Tasviriy san’atning tur va janrlari
2. Dekorativ-amaliy va me’morlik san’ati
3. Me’morlik san’ati
San’atning turlari juda ko’p. Ular musiqa, kino, teatr, xoreografiya, tasviriy san’at va boshqalardir. Odatda borliqni tasviriy obrazlarda, shakllarda, fazoviy kenglikda yoki tekislikda (qog’oz yuzasida, devor yuzasida va hokazolarda) aks ettiradigan san’at tasviriy san’at deb ataladi. San’atkor real borliqni o’z asarlarida tasvirlar ekan, u hech vaqt uni mexanik ravishda ko’chirmaydi. Aks holda, u yaratgan san’at asarlarining fotograf yaratgan rasmlardan farqi bo’lmay qoladi. San’atkorning vazifasi oliyroqdir. U hayotda mavjud bo’lgan voqea va hodisalarni tasvirlar ekan, u tasvir orqali o’zini hayajonlantirgan biron bir fikrni ilgari suradi, ijtimoiy hayotda sodir bo’layotgan voqca va hodisalarning mohiyatini ochib berishga intiladi, ularga o’z munosabatini bildiradi, hukmini chiqaradi. Masalan, rassom biror shaxsning rasmini ishlar ekan, u hech vaqt uni faqat o’ziga o’xshatishga intilish bilan chegaralanmaydi.
Rassom shu ishlayotgan tasviri orqali, avvalo, o’zining fikr va tuyg’ularini tomoshabinga yetkazishga harakat qiladi. Tomoshabin rasmda tasvirlangan olijanob, mard kishilar obrazini ko’rib, undan g’ururlanadi (chunki rassom ham g’ururlanib shu rasmni ishlagan) unga taqlid qiladi, undan o’rnak oladi. Agar asarda pastkash, razil odarn tasvlrlangan bo’lsa, tomoshabin undan nafratlanadi. Tomoshabin o’zlda shunday xususiyatlarbo’lmasligiuchun harakat qiladi. Bundan ko’rinib turibdiki, tasviriy san’at asarlari san’atning boshqa turlari – adabiyot, kino, teatr va hokazolar kabi insondagi ajoyib fazilat borliqni bilish, uni o’rganish va sirlarini ochishga bo’lgan ehtiyojlarni qodirishga faol ta’sir ko’rsatadi. Tasviriy san’at asarlari ko’rish uchun mo’ljallan san’atdir. Uni ko’rish orqaligina zavq olish mumkin. Kuy va ashulaning go’zalligini so’z bilan ta’riflab bo’lmaganidek, rassomning asarlarini ham so’z bilan to’liq ta’riflash mumkin emas. Tasviriy san’at asarlarini to’g’ri tushunishga oid ba’zi misollarga murojaat qilaylik.
A.Plastovning «Peshin» deb nomlangan asarining sujeti juda sodda, hatto bir qarashda san’atga loyiq mavzu yo’qqa ham o’xshaydi. Shu asarni so’z bilan ta’riflansa, eshitgan odam, xo’sh, nima bo’pti, deyishi va unga beparvo bo’lishi ham mumkin. Lekin asarga qaragan tomoshabin hech qachon shunday demaydi. Ko’rinishdan sodda bo’lib tuyulgan bu asar uni o’ylashga majbur qiladi, tevarak-atrofning naqadar go’zal ekanligini his qilishga, shu go’zallikdan hayajonlanishga da’vat etadi. Haqiqatan ham beg’ubor, kuchga to’lgan sokin tabiat, zilol suv, kishi qalbiga orom beruvchi quyoshning mayin nurida qanchadan-qancha go’zallik, latofat bor. Rassom shulardan quvonadi, shu quvonchini boshqalar bilan o’rtoqlashishga intiladi. Bunga erishish uchun tasviriy san’atning ifoda vositalari kompozitsiya, kolorit, yorug’, soya, chiziq, faktura imkoniyatlaridan foydalanadi. Rassom shunday kompozitsiya tanlaganki, bu voqeaning qachon va qayerda sodir bo’layotganini ochib, rasm ishlangan yuza (xolst) – ning bir butun bo’lib ko’rinishini ta’minlagan. Shu rasmdan kompozitsiyadan biron-bir detalni, aytaylik, mototsiklni olib tashlaylik yoki obrazlarning birortasining o’rnini o’zgartirib ko’raylik-chi, u holda tasvirning ta’sir kuchi yo’qoladi. Kompozitsiya yaxlitligi buziladi. Rassom yorug’ va soya imkoniyatlaridan foydalanib, voqea sodir bo’layotgan vaqtni ko’rsatishga erishgan. Suv ichayotganlarning tagiga tushayotgan soya voqeaning peshinda, quyoshning tikkaga kelgan paytida sodir bo’layotganligidan dalolat beradi. Asar uchun tanlangan rang gammasi – kolorit yozning issiq jaziramasini his etishga xizmat qilgan. Quyosh nuriga to’yingan sarg’ish-yashil ko’katlar hamda qizil mototsikl, quyosh nurida toblanib, qizargan odamlar gavdasi-ning ranglari birgalikda butun asarning rang gammasini tashkil etadi. Shuning uchun ham asarga qaraganimizda shu issiq rang gamma hisobiga biz yozning jazirama issig’ini his qilgandek bo’lamiz. Kompozitsiya markazidagi buloq suvining salqini shu jaziramani yorib atrofga salqin havo taratayotgandek va hayotning o’ziga xos kurashini tomoshabinga ko’z-ko’z qilayotgandek tuyuladi. Rassom asar yaratganda chiziqlarning emotsional imkoniyatlaridan ham foydalanadi. Ma’lumki, har xil chiziq kishida har xil taassurot qoldiradi. Silliq ehiziqlar ko’p hollarda sokinlik, xotirjamlik baxsh etsa, aksincha pala-partish, har lomonga yo’nalgan ehiziqlar notinchlik, hayajon tug’diradi.
Tasviriy san’at asarlarini kuzatganda undagi har bir obrazning psixologik kechinmalari qanday yechilganligini, ularning tevarak-atrofga bo’lgan munosabatini to’g’ri ko’rsatib bera olish ham muhim o’rinni cgallaydi. Shuning uchun rassom ishlatgan ranglar jilosiga ham, bo’layotgan voqeaning kompozitsiyasiga ham, rassomning ishlash mahoratiga, tanlangan har bir shakl xarakteriga, umumiy rang gammasi – koloritiga, yuzaning xarakteriga (masalan, rassom ishlagan holat yuzasining silliqligi yoki g’adir-budurligiga) ham e’tibor berish, ular nima uchun shunday olinganiga javob topishga harakat qilish zarur. Slumdagina tasviriy san’at asarlarining asl mohiyatini tushunib yetish va ulami to’g’ri tahlil qila olishni o’rganish mumkin.
1. Tasviriy san’atning tur va janrlari
Tasviriy san’at tushunchasi keng ma’noga ega. Tasviriy san’at deyilganda, grafika, rangtasvir, haykaltaroshlik san’ati tushuniladi. Me’morchilik va dekorativ-amaliy san’at asarlari ham qisman tasviriy san’alga kiradi. Haqiqatda esa ularda mavjud borliq tasvirlanmaydi. Lekin bu san’at asarlarida ijodkorning maqsadi, fikri, his-tuyg’ulari, orzu-istaqlari o’z aksini topadi. Demak, ijodkorning dunyoqarashida ma’lum miqdorda davr ruhi va mazmuni o’z aksini topadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, me’morchilik va amaliy san’at buyumlari ham tasviriy san’at sifatida qaraladi. Tasviriy san’atning hamma turlari bir-biriga juda yaqin va ularning bir qator o’xshashliklari bor. Lekin shu bilan birga, ulardan har birining o’ziga xos tasviriy uslublari va texnikasi mavjud. Bundan tashqari, ularning har biri ishlatilish o’rni, aks ettiradigan mavzusi, ishlanish uslubiga qarab bir qator tur va janrlarga bo’linadi.
Grafika. Hozirgi zamon san’atining keng tarqalgan turlaridan biri grafika san’atidir. Tasviriy san’atning bu turiga oddiy qora qalamda chizilgan surat, mavzulik kompozitsiyalar, kitobning ichki va tashqi tomoniga ishlangan turli rasm, illustratsiya, plakat, karikatura, sharj, etiketka, marka, ekslibris va boshqalar kiradi. Grafika san’ati asarlari hajm jihatdan uncha katta bo’lmay, ko’p hollarda qog’ozga ishlanadi. Grafikaning xarakterli tomonlaridan biri, uning seriyali qilib ishlanishi, ya’ni voqeani bir necha qog’ozda tasvirlanishidir. Bunday seriyali rasmlar o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lib, ma’lum bir mazmunni ochib beradi. Grafika san’ati hozirjavob san’atdir. Masalan, rassomlik asarlari yaratilishi uchun uzoq vaqt kerak bo’ladi (axir ba’zi rassomchilik asarlarini yaratish uchun 15-20 yil kerak bo’lgan), grafika san’ati asarlarida esa shu bugun sodir bo’lgan voqea shu bugunoq o’z aksini topishi mumkin. Grafika san’atida rang ishlatilmaydi, ishlatilsa ham, uning xarakterli tomonini belgilamaydi. Masalan, D. Moorning «Sen ko’ngilli bo’lib yozildingmi?», Toidzening «Ona Vatan chaqiradi!» degan plakatlarida odam kiyimi ochiq qizil rangda ko’rsatilgan. Aslida hayotda bunday voqeani uchratish qiyin. Rassom rang orqali o’z asarining yanada ta’sirchan bo’lishiga erishgan. Kishi shu plakat oldidan o’tib borar ekan, qizil rang uning diqqatini o’ziga tortadi. Natijada u to’xtab plakat mazmunini chuqurroq bilib oladi. Rus san’atining atoqli vakillari Mayakovskiy, Cheremnixlar qizil rangdan davlatning ramzi sifatida foydalanganlar, ular rus kishilarining rasmini qizil rang bilan, hokimiyatning dushmanlarini esa qora va ko’k ranglarda ishlab, o’z g’oyalarini tez va oson tushunarli bo’lishiga erishganlar. Grafika asarlari o’zining bajaradigan funksiyasi va mazmuniga qarab, dasttoh grafikasi, kitob va gazeta-jurnal grafikasi, plakat hamda amaliy grafika san’atiga bo’linadi. Dastgoh grafika san’atiga mustaqil xarakterga ega bo’lgan, o’zida tugal fikrni anglata oladigan, yangi g’oyalarni ilgari suradigan grafika asarlariga aytiladi. Dastgoh grafika san’ati asarlarining ko’rinishlaridan biri estampdir. Dastgoh grafikasi asarlarida biron-bir mazmun, odamlarning xatti-harakati, tabiat ko’rinishi yoritiladi. Kitob va gazeta-jurnal grafikasi turi dastgoh grafikasidan farq qilib, bevosita kitob va jurnal mazmuni bilan bog’liq bo’ladi hamda ularning maqsad va mazmunini to’laroq ochib berish uchun xizmat qiladi. Kitob va gazeta-jurnal grafikasiga rassom tomonidan kitob va gazetalarga chizilgan turli rasmlar, bezaklar, harf kompozitsiyalari kiradi. Kitob hamda gazeta-jurnal grafikasining ko’rinishlaridan biri bu illustratsiyalardir. Illustratsiya biron-bir badiiy asar bilan bog’liq bo’lib, shu asarda tasvirlangan biron-bir lavhaning tasvirini aks ettiradigan rasmga aytiladi. Rassom biror-bir hikoya yoki kitobga illustratsiya ishlashga o’tishdan oldin uni sinchiklab o’qiydi, matnda tasvirlangan har bir obrazning xarakterini, voqea sodir bo’layotgan joyning xususiyatlarini o’rganib chiqadi, shundan keyingina unga illustratsiya ishlashga kirishadi.
Illustratsiyaning maqsadi badiiy asar mazmunining chuqurroq ochilishiga va ta’sirliroq bo’lishiga yordam berishdir. Illustratsiyalar turli ko’rinishda bo’ladi. Illustratsiyalarda badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxs portreti, shuningdek, muhim voqealar tasvirlanishi mumkin. Kitob va gazeta-jurnal grafikasining ko’rinishlaridan yana biri karikatura bo’lib, u tanqidiy xarakterga ega bo’ladi hamda o’zida satira va yumorni mujassamlashtiradi.
Karikaturachi rassom hayotda mavjud bo’lgan voqea va hodisalarni o’z asariga mavzu qilib oladi va uning ba’zi tomonlarini bo’rttirish orqali rasmlarning qiziq va kulgili bo’lishiga erishadi. Bu orqali rassom hayotdagi kamchiliklarni tanqid qiladi, jamiyat taraqqiyotiga xalaqit beradigan, zamonamiz, kislularimiz sha’niga dog’ bo’lgan hodisa, illat va marazlarni qoralaydi, mavjud bo’lgan nodonlik, xurofot, tekinxo’rlik, poraxo’rlik, davlat mulkiga xiyohat qiluvchilarning basharalarini ochib tashlaydi. Grafika san’atining turlaridan yana biri plakatdir. Plakat lotincha so’zdan oUngan bo’lib, «e’lon», «guvohnoma» degan ma’noni anglatadi. Grafika san’atining nihoyatda keng tarqalgan turlaridan biri amaliy grafikadir. Turli xildagi etiketkalar, konvert yuzasiga ishlanadigan bezak rasmlar, tabriknoma, telegrammalar, markalar grafikaning shu turiga mansub.
Amaliy grafika shunchaki bezak uchun ishlatiladigan san’at emas, u ham san’atning boshqa turlari kabi ijtimoiy hayotda faol qatnashadi, jamiyatda bo’layotgan yangiliklar bilan ommani tanishtiradi. Hukumatning g’oyalarini xalq orasida targ’ib qiladi.
Grafika san’ati eng demokratik san’atdir. U goh plakat tarzida, goh gugurt qutichasining yuzasiga ishlangan tasvir tariqasida, goh gazeta sahifalaridagi surat tarzida o’lkaning uzoq chekkalariga kirib boradi, o’sha yerlarda ma’rifat tarqatadi, kishilarni bo’layotgan yangiliklar bilan tanishtiradi. Shuning uchun ham grafika san’ati katta g’oyaviy-siyosiy ahamiyatta egadir.
Rangtasvir. Tasviriy san’atning ikkinchi bir turi rangtasvir san’nlidir. Devorlarga ishlangan turli rasmlar, polotnolarga chizilgan surat, kino va teatr dekoratsiyalari shu san’at turiga kiradi. Rangiasvirda rang muhim o’rinni egallaydi. Agar grafika san’atida rang shunchaki yordamchi vazifani o’tasa, rangtasvirni esa rangsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Rassom rang orqali borliqni ko’rinarli obrazlarda tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini, hajmini ko’rsatadi. Rangtasvir asarlari yana o’zining vazifasi va ishlanish uslubiga ko’ra monumental, dastgoh va dekorativ turlarga bo’linadi.
Monumental rangtasvir me’morlik bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bu turdagi asarlar mustaqil mazmuniga ega hamda ularda jamiyat hayotidan olingan muhim voqealar aks ettiriladi. Bunday asarlar odatda uzoqdan ko’rishga mo’ljallanganligi tufayli obrazlarni iloji boricha umumlashtirilgan holda tasviriyga, mayda detallardan iloji boricha kamroq foydalanishga-harakat qilinadi. Ranglar ham birmuncha shartli olinadi, shunga qaramasdan u borliq to’g’risida real tasavvur berishi kerak. Monumental rangtasvir me’morchilikda ma’lum miqdorda bezash vazifasini ham o’taydi, shuning uchun ham uni ba’zan monumental – dekorativ rangtasvir deb ham yuritiladi. Monumental rangtasvir asarlari bajarilish usuliga qarab o’z navbatida bir necha turlarga bo’linadi. Bular: freska, mozaika va pannodir. Freska odatda devorga to’g’ridan to’g’ri suvoq ustiga ishlanadi. Bolonka rangli tosh, shisha, bo’yalgan oyna, sirli sopol parchalaridan ishlanadi. Devorga ishlangan surat yoki o’yma naqshlar ba’zan har xil shakldagi ramkalar (to’rtburchak, kvadrat, beshburchak va hokazolar) bilan chegaralangan bo’ladi – bu pannodir. Panno dastlab alohida yuzada (xolstda, ganchda, yog’ochda) ishlanib olinib bitgandan so’ng devorlarda qoldirilgan maxsus o’rinlarga o’rnatiladi. Lekin mazmun jihatdan mustaqil xarakterga ega bo’lishi ham mumkin. Ba’zi hollarda panno dastlab xolstga moy bo’yoq bilan ishlanib, keyin kerak bo’lgan o’ringa yopishtiriladi.
Dekorativ rangtasvir me’morchilik va amaliy san’at bilan bog’liq bo’lib, asosan bezash vazifasini o’taydi. Dekorativ rang tasvirga naqqoshlik san’ati, teatr, kino dekoratsiyalari va qisman monumental rassomchilik ham kiradi. Dekorativ rangtasvir monumental rangtasvir singari to’g’ridan to’g’ri devorga ishlanishi, panno, mozayka tarzida bo’lishi mumkin. Dastgoh rangtasvir hozirgi zamon tasviriy san’atida yetakchi o’rinni egallovchi san’at turlaridan biri hisoblanadi. Odatda u maxsus ramkaga tortilgan matolar ustiga ishlanadi. Bunday rasmlar molbert deb ataladigan alohida dastgohda ishlangani uchun ham ularni dastgohli rasmlar deyiladi.
Bunday rassomchilik asarlari jamiyatda bo’layotgan muhim voqea va hodisalarni aks ettirishidan tashqari, shaxsning individual xislatlarini intim kechinmalari, his-tuyg’ularinito’liqko’rsatish imkoniya-tiga egadir. Shuningdek, ularda tabiatda bo’layotgan o’zgarishlar o’zining yorqin ifodasini topadi. Dastgoh rangtasvir monumental va dekorativ rang tasvirdan farqli o’laroq, miistaqil ahamiyatga ega, u boshqa biron san’atga bog’lanmaydi. Dastgoh rassomligi birmuncha kech paydo bo’lgan bo’lib, uning rivojlanish davri Uyg’onish davriga to’g’ri keladi. Hozirgi kunda esa tasviriy san’at turlari ichida uning keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi.
O’zbekistonda rassomchilikning bu turi asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab paydo bo’lgan. Hozirgi kunda u o’zbek tasviriy san’atida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi.
Haykaltaroshlik. Tasviriy san’atning turlaridan biri bo’lgan haykaltaroshlik asarlarida borliq hajmga ega bo’lgan shakllar orqali makonda tasvirlanadi. Stol ustiga qo’yiladigan haykalchalar, park va xiyobonlarga o’rnatilgan turli haykal va yodgorfiklar, binolarning devorlariga, tanga, belgi, medal kabibuyumlarning yuzasidagi bo’rtma tasvirlar haykaltaroshlik san’atining turli ko’rinishi hisoblanadi.
Haykaltaroshlik asarlari o’z ishlatilish o’rni, bajaradigan vazifasi va tayyorlanish usuliga qarab turlicha nomlanadi. Ular odatda dumaloq va qabariq ko’rinishda bo’ladi. Dumaloq haykallarni hamma tomondan aylanib ko’rish mumkin bo’lsa, qabariq haykallarni yuzaga bo’rttirib ishlanganligi sababli faqat bir tomondan ko’riladi. Qabariq haykallar relef deb ataladi. «Relef» fransuzcha so’z bo’lib, yuza degan ma’noni bildiradi. Relefli haykallarda asosiy obrazlar bilan bir qatorda, kenglik, tabiat manzaralarining ko’rinishi ham aks etadi. Shuning uchun bunday releflarni ba’zan perspektivali relef deb ham yuritiladi. Relef, o’z navbatida, ikki turga bo’linadi. Ulardan biri barelef, ikkinchi turi esa gorelefdir. «Barelef» ham fransuzcha so’zdan olingan bo’lib, past relef degan ma’noni anglatadi. Barelefda haykal tekis yuzaga nisbatan biroz qabargan (bo’rtgan) bo’lib, lekin uning qalinligi o’zining haqiqiy qalinligining yarmidan oshmasligi lozim. Masalan, tanga, znachok, medal yuzalaridagi bo’rtma tasvirlar bunga misol bo’la oladi. Bareleflar ayniqsa, amaliy san’at buyumlarini, me’morchilikbinolarinibezashda juda qo’l keladi. Qadimgi Gretsiyada hayotda ishlatiladigan turli xil buyumlar, masalan, ko’za, guidon, qurol-aslahalarning yuzalarini bareleflar bilan bezaganlar, binolarning devorlariga turli hayotiy voqealarni aks ettiruvchi bo’rtma tasvirlar ishlaganlar. «Gorelef» so’zi ham fransuzcha bo’lib, baland relef ma’nosini bildiradi. Haykaltaroshlikning bu turida tasvirlar yuzadan sezilarli darajada bo’rtib chiqqan bo’lib, uning qalinligi o’zining haqiqiy qalinligining yarmidan oshgan bo’lishi shart.
Relefhing yana bir turi bor. Bu o’yib ishlangan releflardir. Bunday releflar odatda tekis yuzaga o’yib ishlanadi. Yuzani o’yish natijasida hosil bo’ladigan yorug’-soya o’yini hisobiga tasvir ko’zga tashlanadi. Bunday releflarning imkoniyati chegaralangan bo’lganidan ular amalda juda kam qo’llaniladi. Bunday releflar qadimgi Misrda ishlatilgan. Haykaltaroshlik asarlari uchun turli xildagi materiallar ishlatiladi. Bu materiallar haykalga turli xarakter va mazmun berishda xizmat qiladi. Masalan, tosh-granitda ishlangan haykallar kishida ulug’vorlik, adabiylik baxsh etsa, aksincha, marmarda ishlangan haykallar nozik, ko’rkam ko’rinadi. Shuning uchun haykallar o’zining mazmuni va o’rnatiladigan joyiga qarab, har xil materiallardan ishlanadi. Haykaltaroshlik materiallari ko’p. Bu plastilin, loy, yog’och, metall, marmar, granit, suyak, sement, gips va hokazolardir. Qimmatli metallar-oltin, kumush, nikellar ham haykaltaroshlikda qo’llanadi. Haykaltaroshlikda deyarli rang ishlatilmaydi. Xalq haykaltaroshligida haykallarni bo’yash hollari uchraydi. Bunga O’zbekiston hududidan topilgan qator haykaltaroshlik asarlari misol bo’la oladi. Haykaltaroshlik asarlari ham tasviriy san’atning boshqa turlari kabi o’zining bajaradigan vazifasi, mazmuniga qarab qator tur va janrlarga bo’linadi. Haykaltaroshlik turlari deganda biz monumental, dekorativ va dastgoh haykaltaroshligini tushunamiz. Monumental haykaltaroshlikka muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida o’rnatilgan yirik o’lchovdagi, turli xildagi yodgorliklar, haykaltaroshlik ansambllari kiradi. Odatda monumental haykaltaroshlik asarlari o’zida katta mazmunni anglatib, mustaqil xarakterga ega bo’ladi. Lekin shu bilan birga, u bevosita muhit bilan bog’liq bo’lib, me’morchilik binolari hamda tabiat bilan uyg’unlikda bo’lishi lozim. Bu unga yanada ulug’vorlik va ta’sirchanlik baxsh etadi. Monumental haykaltaroshlik asarlariga xos bo’lgan xysusiyatlardan biri bu tasvirlanayotgan qahramonlarning ko’tarinki ruhdagi tasviridir. Monumental haykaltaroshlik asarlari doim ochiq havoda turish uchun mo’ljallangan bo’lganligi sababli ular uzoq turadigan qattiq materialdan, masalan, tosh, bronza va hokazolardan ishlanadi. Bulardantashqari, monumental haykaltaroshlik asarlari uzoqdan ko’rishga mo’ljallanganligi sababli ularda katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi. Odam yuzidagi mayda detallar, kiyimdagi buklanishlar, undagi mayda detallar ko’rsatilmaydi. Istirohat bog’lari, xiyobon va ko’chalar, shuningdek, me’morchilikbinolarining devorlarini bezash uchun ishlatiladigan haykallarning hamma turlari dekorativ haykaltaroshlik san’atiga kiradi. Haykaltaroshlik san’atining bu turi monumental haykaltaroshlikdan shu bilan farq qiladiki, agar monumental haykaltaroshlik asarlari o’zida mustaqil mazmunni anglatib, me’morchilikka ham, tevarak-atrofga ham tobe bo’lmagan holda, kishiga mustaqil fikrni bera olsa, dekorativ haykaltaroshlik asarlari esa bevosita me’morchilik bilan bog’liqbo’ladi. Bundantashqari agar monumental haykaltaroshlik asarlarini ishlashda obrazlarni ko’tarinki ruhda ishlansa, dekorativ haykaltaroshlik asarlarida esa obrazlar biroz yumoristik tarzda talqin etiladi, bo’rttiriladi. Haykaltaroshlikning bu turida turli hayvon va qushlar shakli keng ishlatrladi. Binolarning devorlariga ishlanadigan turli bo’rtma tasvirlar, amaliy san’at buyumlarining yuzasiga ishlangan tasvirlar ham dekorativ haykaltaroshlikka kiradi. Turli fontanlar, panjaralar, badiiy darvozalar ham dekorativ haykaltaroshlik namunalari sifatida qaraladi. Chinnidan yasalgan turli haykalchalar, loydan ishlangan o’yinchoqlar ham shu haykaltaroshlikning ko’rinishi hisoblanadi. Dastgoh haykaltaroshligiga o’zida mustaqil mazmunni anglatadigan, san’atning bosh turlariga tobe bo’lmagan asarlar kiradi. Bunday asarlar ko’rgazmalarga qo’yish, uylarga qo’yish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Haykaltaroshlikning bu turida voqelik o’zining butun borlig’i bilan aks etadi. Haykaltaroshlik san’atining bu turi inson, psixologiyasidagi nozik o’zgarishlar, uning ichki ruhiy kechinmalari, kayfiyatini ochib berish imkoniyatiga ega. Xuddi shu holda u tabiatdagi mavjud hayvon va jonivorlami ishlashda ham ularning hayoti, kuchi, xarakterini ko’rsata oladi. Dastgoh haykaltaroshh’gining ko’rinishlaridan biri byust bo’lib, u odam gavdasini aks ettiruvchi dumaloq haykal hamda o’zida bir qator obrazlarni mujassamlashtirgan haykallar guruhi (kompozitsiya) tarzida bo’ladi. Haykaltaroshlik san’atining yana bir ko’rinishi – terrakota hisoblanadi («terrakota» italyancha so’z boiib, pishirilgan loy ma’nosini bildiradi). Terrakota keng ma’noda loydan yasalib, pechda pishirilgan haykaltaroshlik asarlaridir. Haykaltaroshlikda insonning faqat tashqi ko’rinishi tinch turganligi holati yoki harakatdagi paytini aks ettirish bilan uning imkoniyati tugamaydi. Undagi kechinmalar, uning hayajon va g’amg’inligi, kelajakka intilishi va o’tmishga qayg’urishi ham o’z ifodasinitopadi. Haykaltarosh asarida insonning tevarak-atrofga bo’lgan munosabati ham, qalbidagi iztirob ham ishonarli talqin etilishi mumkin. Bunda, albatta, eng avvalo, haykaltaroshning o’ta ziyrakligi, odam gavdasi va mimik o’zgarishlarini to’g’ri ifodalashi muhim o’rinni egallaydi. To’g’ri topilgan harakat yuzdagi mimik holat – bular uning ta’sirli bo’lishiga zamin tayyorlaydi.
I. 2. Dekorativ-amaliy va me’morlik san’ati
Dekorativ-amaliy san’at. San’atning keng tarqalgan turlaridan biri dekorativ amaliy san’atdir. Bu san’at hayotda ishlatiladigan buyumlar, idish-tovoq, kiyim-kechak, mebel, gilam, o’yinchoqlar va boshqa shu kabilami bezatishni o’z ichiga oladi.
Dekorativ-amaliy san’at asarlari odamlarning kundalik turmush ehtiyojlarini qondirish, tevarak-atrofga, park-bog’, uylarning tashqi va ichki ko’rinishiga go’zallik kiritish vazifalariga xizmat qiladi. Bu san’at dastgoh san’atidan o’zining bevosita xalq ehtiyojiga moslanganligi bilan farq qiladi va inson hayotida ishlatiladigan buyumlarning mazmunidan kelib chiqadi va shunga bo’ysunadi. Dekorativ-amaliy san’atda real voqeliklar (masalan, gullar, hayotiy lavhalar va hokazolar), aks etishi mumkin, lekin ular mustaqil xarakterga ega bo’lmaydi hamda ma’lum bir buyum mazmuni va shakli bilan bog’liqbo’ladi. Tasvirlangan voqealarda shartli elementlar keng o’rinni egallaydi. Dekorativ san’at buyumlari birmuncha erkin, ijodkor fantaziyasiga bog’liq holda yaratiladi va eng avvalo, tevarak-atrofga fayz kiritishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, jimjimador ustun, eshik, darvozalar, devorlarning tashqi va ichki tomoniga ishlanadigan rangli naqsh va bo’rtma tasvirlarni bunga misol qilib ko’rsatish mumkin.
Dekorativ-amaliy san’at juda qadim zamonlarda paydo bo’lib, xalq hunarmandligi tarzida rivojlandi. O’zbekistonda dekorativ-amaliy san’at tasviriy san’atning eng qadimdan rivoj topgan yagona va barhayot turi bo’lib keldi. Chunki san’atning boshqa turlarini (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) yaratish islom dini tomonidan cheklab qo’yilgan edi. O’zbek xalqining amaliy san’at asarlarida ko’proq chamandek ochilgan gulzor, bog’lar aks ettiriladi. Chunki jazirama issiq ostida, qaqrab yotgan cho’llarni gulzorga aylantirish qadimdan o’zbek xalqiga xos odat bo’lgan. Dekorativ-amaliy san’atga alohida e’tibor berilgan. Dekorativ-amaliy san’at ustalariga katta imtiyozlar yaratilgan, maxsus artellar, ustaxonalar tashkil etilgan. Hozirda yog’och o’ymakorligi, kulolchiligi bilan bir qatorda, o’zbek kashtasi, atlasi, beqasami va boshqa naqsh berilgan har xil jihozlari dunyo xalqlari orasida shuhrat qozondi. Amaliy san’atning eng ko’p tarqalgan va eng ommaviy turi kashtachilik bo’lib, u qadimiy an’analarga ega, o’zbek kashtachiligi, yuqorida aytib o’tganimizdek, ochilgan bog’larni eslatadi. Shuning uchun ham biz o’zbek kashtachiligida guldastani, majnuntolni, quyoshni, ba’zan daraxt shoxchasiga qo’ngan qushchalar, hatto hayvon va odam tasvirlarini ham uchratamiz. O’zbekistonning eng qadimiy madaniyat o’choqlari hisoblangan Buxoro va Samarqand so’zanalari o’zining serrangligi, shakllarining turli-tumanligi va ularning nihoyatda nozik tikilishi bilan farqianadi. Shahrisabzlik ayollar tikkan kashtachilik buyumlari esa ko’proq gilamni eslatadi. O’zbek oilalarida uyning ichki devorlarining tekis qismiga aylantirib ilib qo’yiladigan dorpechdan bezak maqsadida foydalaniladi. Ularning past qismida shokila-shokila bo’lib osilib turgan kokillari bo’ladi. Dorpechlardagi bir shakl qayta takrorlanaveradi. Bu gulli daraxt yoki guldastani qator qilib safga tizib qo’ygandagidek manzarani beradi.
O’zbek kashtachiligida do’ppi alohida o’rinni egallaydi. Shahri-sabzning gilam do’ppisi, Buxoroning zardo’ppisi, Farg’onaning chust do’ppisi, iroqi, duxoba va boshqa do’ppilar O’rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan. Do’ppi nusxalari ichida eng mashhuri chust do’ppilaridir. Qora atlas (yoki satin) ustiga ipak bilan tikilgan bodom guli (yoki qalampir), kizakka tushirilgan gullar do’ppiga nafislik baxsh etadi. Kashtachilik san’atidagi belbog’, dastro’mol, sandalpech, bo’g’macha va turli to’rvachalari ham nafis bezatiladi. O’zbek kashtachiligining an’analari hozirgi kunda ham muvaffaqiyatli ravishda rivojlanmoqda. Kashtachilik san’atida kishilar portretini aks ettirish o’sha davrida paydo bo’ladi.
Nimshohi gazlamalar – beqasam, banoras va adras, atlaslar xalqimiz tomonidan e’zozlanadi. O’zbek xalqi ipak yetishtirishda mohir bo’libgina qolmay, balki shoi-atlaslarnito’qigan, uni nihoyatda yuqori badiiy did bilan bo’yay olgan. Faqat ipakdan tikilgan to’rt, sakkiz, o’n ikki tepkili atlaslar jahonga dong taratgan.
Atlas gazmollar kompozitsion jihatdan turli-tumandir. Hozirgi kunda uning yuzdan ortiq bezash turi bor. Bular, asosan, turli geometrik shakllar, o’simliklarning gul va barglari, uy-ro’zg’or buyumlari va hokazolardan iboratdir. O’zbek kashtachilik san’atida zardo’zlik buyumlari, yorqin va lo’nda gulli gilamlar, jundan tikilgan bejirim jihozlar ham keng tarqalgan, bularga xalqning hayotida turli maqsadlarda hamon foydalanilmoqda.
Ganchkorlik – O’zbekistonda amaliy san’atning eng sevimli va qadimiy turlaridan biridir. Amaliy san’atning bu turida Buxoro va toshkentlik ustalar samarali mehnat qilganlar.
Avvallari devorlar o’yma gulli pannolar bilan bezatilar, taxmonlar qirrasiga naqshlar o’yilardi. Tokchalarbo’lsa, o’ymakor yokijimjima tabaqalar bilan yasatilar, xonaga nur va havo kirib turishi uchun deraza va eshik ustidan tuynuk qo’yib, unga ganch va yog’ochdan panjara o’rnatilar edi. Hozirda qandil, navo, ship kabi me’morchilik detallari ganchlardan tayyorlanmoqda. Shuningdek, madaniyat saroylari, klublar, teatr va uy-joy binolarining ichki va tashqi qismini ko’rishda ganchkorlikdan keng foydalanilmoqda. O’zbek ganchkorligining ajoyib sahifasini Buxoro yaqinidagi «Sitorayi-mohi xossa»dagi «Oq uy»da, Toshkentdagi Navoiy nomli katta opera va balet teatrida ko’rish mumkin. San’atning bu ajoyib va murakkab turida ustalardan Usta Shirin Murodov, Toshpo’lat Arslonqulovlar dong taratganlar. Amaliy san’atning yog’och o’ymakorligi turi xalqlarning ko’pchiligida qadimdan mavjud bo’lib, o’zining boy an’analariga ega. Yog’och o’ymakorligi asarlari eshik, deraza, quti, xontaxta, kitob tokchalari, qutichalar, qanddon, ustunlar, panjaralar, o’yinchoqlarda o’z aksini topgan. O’zbekistonning xalq san’atida yog’och o’ymakorligi salmoqli o’rinni egallaydi. Bu borada Xiva ustalarining ishlari maqtovga loyiqdir. Ular ishlagan asarlar o’simliksimon elementlarning ko’pligi va bo’rttirib ishlanganligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Toshkent ustalari esa ko’proq «girih» usulida ishlab, geometrik ornamentlardan ko’p foydalanishadi.
Yog’och o’ymakorligi san’atida musiqa asboblarini bezash ham alohida o’rinni egallaydi. Dutor va tanburlarga, tor va changlarga suyak va sadaflardan qadalgan chiroyli naqshlar kishini hayratda qoldiradi. Bu san’at hozirgi vaqtda Toshkentda keng rivojlangan.
O’ymakorlik san’atining ajoyib turlaridan bin misgarlikdir.
O’zbek misgarligi san’ati juda qadimdan shuhrat qozonib keldi. Sariq va qizil misdan ishlangan turli xil xo’jalik va uy-ro’zg’or buyumlari juda nozik shakllar bilan bezatiladi. Bezatilgan mis asboblar Buxoro, Qo’qon, Samarqand, Qarshi va Xiva shaharlarida ko’proq yasaladi. Misgarlikda bu shaharlar ustalarining o’zicha ishlash uslubi bor. Lagan, patnis, choy idish, oftoba va obdastalar misgarlik buyumlari ichida eng ko’p tarqalgan buyumlardir.
Suyak o’ymakorligi amaliy san’atning shimolda keng tarqalgan turidir. Suyak o’ymakorligi buyumlarining o’ziga xos tayyorlanish uslubi bor. Bunda ish avvalo, zarur materialni topishdan boshlanadi. Keyin materialning notekis joylari egov bilan, mayda jilvir qog’ozda tekislab chiqiladi. So’ngra unga rasm ishlanib, lak surtiladi va naqsh o’yib ishlanadi. Tayyor ishga keyin pardoz beriladi. Tayyor buyum bo’r va spirt bilan artib chiqiladi. Partam, arracha, egov va boshqalar suyak o’ymakorligida qo’llanadigan asboblardir. Suyak o’ymakorligi ustalariota-bobolariningengyaxshian’analarinidavom ettirib, ajoyib asarlar – qutichalar, trubkalar, kichik-kichik haykal va hokazolar yaratmoqdalar.
Qadimdan uy-ro’zg’or buyumlariga bo’yoqlar bilan ajoyib naqshlar ishlanib kelgan. Bu ham naqqoshlik san’ati deb yuritiladi.
Respublikamizda amaliy san’atning bu turi, qadimdan rivojlangan bo’lib, o’zbek ustalari faqat uy-ro’zg’or buyumlarini emas, balki uy-joy va jamoat binolarining devor va shiplarini ham bezaydilar. San’atning bu turida har bir xalq o’zicha ijod qiladi. Masalan, rus amaliy san’atida tekislangan yog’ochga usta o’simliksimon naqsh rasmini tushiradi, keyin unga maxsus bo’yoqlar beradi. U bir oz quriganidan so’ng bo’yog’i o’chib ketmasligi uchun ustidan bir necha bor tiniq lak surtiladi. O’zbek rassom ustalarining ish uslubi boshqacharoqdir. Bu ustalar eskiz bo’yicha duradgor ishlagan yog’ochga yelim surtadilar. Jilvir qog’oz bilan yelim tozalangandan so’ng materialga bronza beriladi. Keyin bronza ustidan ulgi asosida kompozitsion tasvir, uning ustiga qora bo’yoq surtib, naqsh ishlanadi. Naqshlarning o’chib ketmasligi uchun naqsh ustidan bir necha bor toza lak surtiladi.
Xalq ustalari tajribasida naqshning quyidagi turlari ko’proq qo’llanadi: islimi – egri chiziqli o’simlik elementlaridan iborat naqsh; Girih – to’g’ri chiziqli elementlardan geometrik shakl hosil qiluvchi naqsh; murakkab naqsh, bu avvalgi ikki guruhdagi naqsh (islimi va girih) elementlarining yig’indisidan iborat. Islimi turidagi asosiy elementlar novda, yaproq, gul, g’uncha, kurtak, qalampir, meva, poya kabilar hisoblanadi. Poya va novda turli naqshlarning eng ko’p uchraydigan elementlari hisoblanib, ular naqsh hoshiyalarida qo’llaniladi. Girihlar esa tursimon va yulduzsimon bo’lib, yulduz nurlarining soni 5 tadan 16 tagacha boradi. Naqshning uchinchi turi hisoblangan murakkab naqshda esa naqsh geometrik va o’simlik elementlarining birga qo’shib ishlatilishi natijasida hosil bo’ladi. Bunda geometrik element doimo naqsh o’rtasida joylashadi.
Naqqosh ustalardan A. Qosimjonov, Y.Raufov, T.To’xtaxo’jaev, A.Boltayev, S.Norqo’ziyev va J.Hakimovlar san’atning bu turida samarali mehnat qilib, shuhrat qozonganlar.
Tabiiy loydan turli idishlar yasash va ularni tegishli ranglarga bo’yash – kulolchilik O’zbekistonda juda qadim zamondan rivojlangandir. Kulolchilik san’ati buyumlariga lagan, tovoq, choynak, piyola, sopol va chinni idishlar, shuningdek, loydan ishlangan o’yinchoqlar kiradi.
Kulolchilik san’atida bezatishning turli usullari qo’llaniladi. Shunday usullardan biri «qalami» usulidir. Bu usulda bezak idishlarga naqshlarning rasmi chizib olinmasdan to’g’ridan-to’g’ri mo’yqalam bilan ishlanaveradi. Bu usulda ko’proq Rishton bilan G’ijduvon ustalari ishlashadi. Ba’zijoylarda ustalar gilvata orqaligul chizib, keyin bo’yoq beriladigan «chizma» usulidan foydalanadilar. Bu usul toshkentlik ustalar orasida ko’p tarqalgan.
O’zbek kulolchilik buyumlari bezak kompozitsiyalarida o’simliksimon va geometrik elementlarning boyligi, xilma-xilligi, bo’yoqlar gammasining yorqinligi bilan ajralib turadi. Ularda feruza rang baxt keltiruvchi belgi sifatida ko’p ishlatiladi. Kulolchilik O’zbekiston me’morchiligida ham keng qo’llanilgan. Madrasa, masjid, karvonsaroy, hammomlarning peshtoqlarida xona ichlaridagi devor bezaklarida kulolchilik san’atining namunalari o’z aksini topgan. Hozirgi kunlarda ham kulolchilik jamoat, turar-joy binolarini bezatishda keng qo’llanilmoqda.
Respublikamizda hozirgi kunda bir qator usta kulollarni birlashtirgan bir qator kulolchilik ustaxonalari bo’lib, ular xalqimiz talablariga va didiga mos amaliy san’at buyumlari yaratmoqdalar. O’zbekiston kulolchilik san’atini rivojlantirishda kulollardan U.Jo’raqulov, M. Rahimov, U. Usmonov, I. Nazrullayev va boshqa qator ustalar o’zlarining salmoqli ulushlarini qo’shmoqdalar. Kulolchilik boshqa xalqlar orasida ham keng rivojlangan. O’tgan asflsrda kulolchilik, Moskva gubernasining Gjel shaharchasida keng shuhrat qozondi. Gjel kulolchilik korxonasida o’tmishda ganch, loydan kichik-kichik kompozitsiyalar yaratilib, ularning sujetiga portretlar, turmushda uchraydigan har xil voqealar, hayvonlarni tasvirlovchi o’yinchoqlar asos qilib olinar edi. O’tgan yillarda kulolchilik arteli tashkil qilinib, unda Gjel ustalari ota-bobolarining san’atlarini davom ettirib, mavzuli asarlar va o’yinchoqlarning yangi namunalarini yaratmoqdalar. Gjel ustalari ishlab chiqarayotgan chinni buyumlar o’simliksimon va geometrik shakl bezaklarining boyligi bilan ajralib turadi.
O’rta Osiyo xalqlari qadimdan o’zlarining zardo’zlik san’atlari bilan fahrlanadilar. Zardo’zlik uchun asosiy material zar iplar, baxmal kabilardir. Ustalar zar tikishning ikki turini qo’llashadi. Birinchisi, fonni zar bilan tikib to’ldirish va ikkinchisi, naqshlarni zar bilan tikib to’ldirish. Chevarlar ornamental va mazmunli kompozitsiyalarda ko’pincha o’simliklarni tasvirlaydi, gullar, barglar, bodom to’plari, paxta shularjumlasidandir. Keyingi vaqtlarda zargarlik buyumlarida jonli narsalar tasvirlanadigan bo’ldi.
Qadimdan zardo’zlik Buxoro va Samarqand shaharlarida keng rivojlangan. O’tgan yillar davrida zardo’z ustalariga sharoit yaxsliilanishi natijasida ularning ishlari ijodiy yo’nalish oldi. Natijada har xil sovg’a va ommaviy zardo’zlik buyumlari yaratila boshlandi. Hozirgi vaqtda zardo’zlik buyumlari Buxorodagi zardo’zlik maxsus fabrikasida ko’plab ishlab chiqilmoqda.
Me’morlik san’ati
Inson hayoti bilan uzviy bog’liq bo’lgan san’at me’morlik san’atidir. Bu san’at ham san’atning boshqa turlari singari o’zida inson aqliy faoliyati, tabiatiga bo’lgan munosabatlarini aks ettiradi, ijtimoiy tuzum xarakterini ochib beradi, jamiyat ideologiyasini o’zida ifoda qiladi. Bu san’at inson bilan birga paydo bo’ldi. U o’zini dastlab yog’in-sochindan, issiq-sovuqdan himoya qilish, tunlari xotirjam yotish uchun joylarqurdi. Bu joylar tosh, yog’och, loylardan qurildi, tabiiyg’orlar turar-joy manzillariga aylantirildi. Vaqt o’tishi, inson ongining taraqqiy etishi bilan uylar, saroy va ibodatxonalar vujudga keldi. Istehkom, qal’a, shaharlar, ko’prik va keng yo’llar qurildi. Zavod-fabrikalar, yirik kosmodromlar – bular ham davr taqozosi bilan maydonga kelgan me’morlik san’atining turlaridir. Me’morlik san’ati ham san’atning boshqa turlari singari inson psixologiyasiga ta’sir etadi, uning kayfiyatini belgilaydi, ish qobiliyatiga, dunyoqarashiga, fikrlashiga ta’sir eladi. Shu boisdan bu san’at ham juda qadimdan sinfiy xarakterga ega bo’lib, ijtimoiy tuzum xarakterini o’zida ifodalab kelgan. Bu holni bizgacha saqlanib kelgan turli davrlarga mansub bo’lgan me’morlik yodgorliklarini taqqoslab bilish mumkin.
Me’morlik san’atida geometrik shakl va hajmlar asosiy ifoda va lasvir vositasi hisoblanadi. Shularning turli xildagi nisbat va joylanishlari, o’zaro kombinatsiyalari ma’lum me’morlik kompozitsiyasini tashkil etadi. Bu o’rinda Buxorodagi mashhur Ismoil Somoniy maqbarasini olib ko’raylik. Bu bino asosan to’rt yoqli prizma va yarimshar – gumbazdan tashkil topgan. Ular hamkorlikda yagona me’morlik kompozitsiyasini tashkil etadi. Bu geometrik shakllar, o’z navbatida, dekorativ bezaklar hisobiga boyitilgan. Maqbara devoridagi oq-qora soyalar esa uning badiiy qiymatini yanada oshirgan. Bu yodgorlikda o’rinli topilgan nisbatlar, dekorativ elementlarning o’z o’rniga tushganligi uni tugal badiiy asar darajasiga ko’targan.
Me’morlik san’ati bir necha turlarga bo’linadi. Bular uy-joy qurish san’ati, shahar qurish san’ati, sanoat va suv inshootlari qurish san’ati hamda jamoat va ma’muriy binolar ko’rish san’atidir. Bular ham o’z o’rnida yana qator turlarga ajraladi. Bu turlarning har biri o’ziga xos funksiya va xarakterga ega bo’lib, ular binolarning loyihasi, tashqi va ichki ko’rinishi, badiiy bezatilishi bilan ajralib turadi. Har bir me’morlik yodgorligining qiymati va go’zalligi shu yodgorlikning o’z maqsadiga, vazifasiga to’liq javob berishidadir. Masalan, teatr binosining tashqi ko’rinishi, badiiy bezaklari, maktab yoki fabrika binosining tashqi ko’rinishi, badiiy bezatilishidan butunlay farq qilishi o’z-o’zidan ma’lum. Shuning uchun ham qurilgan binoning funksiyasi va xarakteri uning tashqi va ichki bezatilishida, ko’rinishida ifoda etiladi va bir-biridan ajralib turadi. Me’morchilikdagi bu talablami hisobga olmaslik uning kishi asabiga tegish, charchatish hollarini keltirib chiqarishi mumkin.
Tasviriy San’at 1 sinf
“Тасвирий сан’ат” АР дарслиги умуми орта та’лим мактабларин “Тасвирий сан’ат” фани дарсликлари учун ко’шимча манба хисобланиб, мазкур иловадан дарслик йордамида фойдаланиш мумкин. Илова “kengaytirilgan borliq” orqali o’quvchiga fan haqida qo’shimcha bilimlarni beradi.
Популярные запросы
LD Player – #1 Android Emulator
Лучший Эмулятор Андроида для ПК
Игры · Hot
Null’s Brawl nulls.gg · Стратегии
Кейс симулятор для Стандофф 2 Mobile Simulated · Симуляторы
Squad Busters Supercell · Экшен
Brawl Stars Supercell · Экшен
Garry’s mod Garry’s studio LTD · Симуляторы
Популярные
Magic Kinder Ferrero Trading Lux S.A. · Обучающие
Toca Kitchen 2 Toca Boca · Обучающие
Applaydu Ferrero Trading Lux S.A. · Обучающие
Animal Jam WildWorks · Обучающие
Лунтик: Детские игры Лунтик Moonzy Барбоскины · Обучающие
Лунтик. День рождения (демо) 1C-Publishing LLC · Обучающие
Hibou Moral Region Holdings Limited · Обучающие
Маша и медведь: обучающие игры AppQuiz · Обучающие
Preschool and Kindergarten 2 RosiMosi LLC · Обучающие
Sweet Baby Girl Cleanup 5 TutoTOONS · Обучающие
APKCombo Installer
Порядок установки XAPK, APKS, OBB?