Press "Enter" to skip to content

Tasviriy san’at 5 sinf kitob

– manzarada chiziqli va havo perspektivasi;

TASVIRIY SAN’AT TARIXI fanidan MA’RUZALAR MATNI

O’quv uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus ta’lim vizirligi tomonidan 2015 yil 6 aprel № 137 bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.

S. O. Mirzayev Tasviriy san’at va chizmachilik kafedrasi katta o’qituvchisi

S. Bulatov Tasviriy san’at va chizmachilik kafedrasi professori

Fanning O’quv uslubiy majmuasi “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasining 2017-yil “27” avgustdagi “1” – son yig’ilshida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.

Mundarija 1. «Tasviriy san’at tarixi» fani va uning maqsad-vazifalari. Tаsviriy sаn’аt tur vа jаnrlаri. Jahon muzeylari Ibtidoiy jamoa davri san’ati. 2. Qadimgi Sharqdagi quldorlik davlatlari san’ati. Misr San’ati. 3. Old Osiyo (Mesopotamiya) san’ati. Yangi Bobil podsholigi san’ati. er. av. VII asr oxiri). Ishtar darvozasi, Bobil minorasi, Navuxodonosor saroyi. (osma bog’lar.) Qadimgi Eron va O’rta Osiyo san’ati. 4. Qadimgi Hindiston va Xitoy san’ati. Antik san’at. 5. Qadimgi Gretsiya, Italiya vа o’rta asrlar san’ati. 6. Ilk xristian, Vizantiya san’ati. O’rta asrlarda Garbiy Evropa san’ati. Qadimgi Rus san’ati. 7. Garbiy Yevropada Uygonish davri san’ati. Italiyada Uygonish davri san’ati. Florensiya san`ati. 8. Niderlandiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa Garbiy Evropa mamlakatlarida Uygonish davri san’ati. 9. XVII – XVIII asrlar Evropa, Italiya, Frantsiya, Ispaniya, Flandriya sаn’аti 10. XVII – XVIII asrlar Gollandiya, Germaniya, Avstriya va Angliya san’ati. 11. XVIII-XIX asr Rus san’ati, XVIII asr oxiri XIX asr Jaxon san’ati, XVIII asr oxiri XIX asr o’rtasi Frantsiya san’ati, XVIII asr oxiri XIX asr Ispaniya san’ati. 12. XIX asr Angliya va Germaniya san’ati, XIX asrning ikkinchi yarmida Frantsiya san’ati, XX asr Jaxon san’ati. 13. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rus san’ati, XIX asr oxiri – XX asr 14. XX asrning birinchi vа ikkinchi yarmida O’zbekiston san’ati. 15. Mustaqillik davri O’zbekiston san’ati.

1- Mavzu: «Tasviriy san’at tarixi» fani va uning maqsad-vazifalari. Tаsviriy sаn’аt tur vа jаnrlаri. Jahon muzeylari Ibtidoiy jamoa davri san’ati. Reja: 1. San’atning kеlib chiqishi, mazmuni va mohiyati, 2. Tasviriy san’atning tur va janrlari 3. Jahon muzeylari 4. Er. av. 3 ming yillikgacha bo`lgan davrda Tosh asri, er. av. 3-2 ming yillikagi bo`lgan mis va bronza asri, er. av. 1 ming yillika tеmir asri. 5. Shu davrdagi mе’morchilik tasviriy va amaliy-dekorativ san’at. 6. O`rta Osiyo, O`zbеkistonning iptidoiy davrdagi yodgorliklari. Adabiyotlar: 1. Abdullaеv N.U. «San’at tarixi» Tеma 1, Toshkеnt, O`qituvchi, 1986 y. (5-19betlar) 2. Abdiеv V. I. «Qadimgi Sharq tarixi», Toshkеnt, 1965 y (4-18 betlar) 3. Pugachеnkova GA., Rеmpеl L. I. «Istoriya iskusstv O`zbеkistana», Toshkеnt 1984 y. (7-14-betlar) San’at juda qadim zamonlarda, mеhnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo`ldi, Mеhnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go`zallik xissi ortdi, voqеlikdagi go`zallik qulaylik va foydalilik tushunchalari kеngaydi. Sinfiy jamiyat vujudga kеlishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o`zgarishlar sodir bo`ldi aqliy mehnat jismoniy mеhnatdan ajralib chiqa boshladi, Bu esa fan va san’at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Profеssional san’at va san’atkorlar shu davrda paydo bo`ldi. San’at esa o`zining o`ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning idеologiyasini targ`ib etuvchi kuchli g`oyaviy qurolga aylandi. Lеkin shunga qaramay, omma orasidan yеtishib chiqqan istе’dodli ijodkorlar mеhnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go`zallik va xudbinlik oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag`lubiyatlari ularning asarlarida o`z ifodasini topdi. Xar bir davrda mavjud bo`lgan ana shunday san’at hayot go`zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tеnglik ozodlik birodarlik yorqin kеlajakka intilishga da’vat etdi. Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar bo`lib qolmay, balki o`zida inson aql-zakovati, hayot to`g`risidagi fikruylarini aks ettiruvchi ko`zgu hamdir, Jaxon san’ati tarixini o’rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o`tmish odamlarning xis-to`yg`u, hayotiy tajribalarini o`rganish g`oyaviy-estеtik qarashlarning shakllanishini bilish dеmakdir. Bu so`zsiz, kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi. Tasviriy san’at turlariga rangtasvir, arxitеktura, grafika, haykaltaroshlik kiradi. Grafika. Hozirgi zamon san’atining keng tarqalgan turlaridan biri grafika san’atidir. Tasviriy san’atning bu turiga oddiy qora qalamda chizilgan surat, mavzulik kompozitsiyalar, kitobning ichki va tashqi tomoniga ishlangan turli rasm,

illyustratsiya, plakat, karikatura, sharj, etiketka, marka, ekslibris va boshqalar kiradi. Grafika san’ati asarlari hajm jihatdan uncha katta bo’lmay, ko’p hollarda qog’ozga ishlanadi. Grafikaning xarakterli tomonlaridan biri, uning seriyali qilib ishlanishi, ya’ni voqeani bir necha qog’ozda tasvirlanishidir. Bunday seriyali rasmlar o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lib, ma’lum bir mazmunni ochib beradi. Grafika san’ati hozirjavob san’atdir. Masalan, rassomlik asarlari yaratilishi uchun uzoq vaqt kerak bo’ladi (axir ba’zi rassomchilik asarlarini yaratish uchun 15-20 yil kerak bo’lgan), grafika san’ati asarlarida esa shu bugun sodir bo’lgan voqea shu bugunoq o’z aksini topishi mumkin. Grafika san’atida rang ishlatilmaydi, ishlatilsa ham, uning xarakterli tomonini belgilamaydi. Masalan, D. Moorning «Sen ko’ngilli bo’lib yozildingmi?», Toidzening «Ona Vatan chaqiradi!» degan plakatlarida odam kiyimi ochiq qizil rangda ko’rsatilgan. Aslida hayotda bunday voqeani uchratish qiyin. Rassom rang orqali o’z asarining yanada ta’sirchan bo’lishiga erishgan. Kishi shu plakat oldidan o’tib borar ekan, qizil rang uning diqqatini o’ziga tortadi. Natijada u to’xtab plakat mazmunini chuqurroq bilib oladi. Rus san’atining atoqli vakillari Mayakovskiy, Cheremnixlar qizil rangdan davlatning ramzi sifatida foydalanganlar, ular rus kishilarining rasmini qizil rang bilan, hokimiyatning dushmanlarini esa qora va ko’k ranglarda ishlab, o’z g’oyalarini tez va oson tushunarli bo’lishiga erishganlar. Grafika asarlari o’zining bajaradigan funksiyasi va mazmuniga qarab, dastgoh grafikasi, kitob va gazeta-jurnal grafikasi, plakat hamda amaliy grafika san’atiga bo’linadi. Dastgoh grafika san’atiga mustaqil xarakterga ega bo’lgan, o’zida tugal fikrni anglata oladigan, yangi g’oyalarni ilgari suradigan grafika asarlariga aytiladi. Dastgoh grafika san’ati asarlarining ko’rinishlaridan biri estampdir. Dastgoh grafikasi asarlarida biron-bir mazmun, odamlarning xatti-harakati, tabiat ko’rinishi yoritiladi. Kitob va gazeta-jurnal grafikasi turi dastgoh grafikasidan farq qilib, bevosita kitob va jurnal mazmuni bilan bog’liq bo’ladi hamda ularning maqsad va mazmunini to’laroq ochib berish uchun xizmat qiladi. Kitob va gazeta-jurnal grafikasiga rassom tomonidan kitob va gazetalarga chizilgan turli rasmlar, bezaklar, harf kompozitsiyalari kiradi. Kitob hamda gazeta-jurnal grafikasining ko’rinishlaridan biri bu illustratsiyalardir. Illustratsiya biron-bir badiiy asar bilan bog’liq bo’lib, shu asarda tasvirlangan bironbir lavhaning tasvirini aks ettiradigan rasmga aytiladi. Rassom biror-bir hikoya yoki kitobga illustratsiya ishlashga o’tishdan oldin uni sinchiklab o’qiydi, matnda tasvirlangan har bir obrazning xarakterini, voqea sodir bo’layotgan joyning xususiyatlarini o’rganib chiqadi, shundan keyingina unga illustratsiya ishlashga kirishadi. Illustratsiyaning maqsadi badiiy asar mazmunining chuqurroq ochilishiga va ta’sirliroq bo’lishiga yordam berishdir. Illustratsiyalar turli ko’rinishda bo’ladi. Illustratsiyalarda badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxs portreti, shuningdek, muhim voqealar tasvirlanishi mumkin. Kitob va gazeta-jurnal grafikasining ko’rinishlaridan yana biri karikatura bo’lib, u tanqidiy xarakterga ega bo’ladi hamda o’zida satira va yumorni mujassamlashtiradi. Karikaturachi rassom hayotda mavjud bo’lgan voqea va hodisalarni o’z asariga mavzu qilib oladi va uning ba’zi tomonlarini bo’rttirish orqali rasmlarning qiziq va kulgili bo’lishiga erishadi. Bu orqali rassom hayotdagi kamchiliklarni

tanqid qiladi, jamiyat taraqqiyotiga xalaqit beradigan, zamonamiz, kislularimiz sha’niga dog’ bo’lgan hodisa, illat va marazlarni qoralaydi, mavjud bo’lgan nodonlik, xurofot, tekinxo’rlik, poraxo’rlik, davlat mulkiga xiyohat qiluvchilarning basharalarini ochib tashlaydi. Grafika san’atining turlaridan yana biri plakatdir. Plakat lotincha so’zdan oUngan bo’lib, «e’lon», «guvohnoma» degan ma’noni anglatadi. Grafika san’atining nihoyatda keng tarqalgan turlaridan biri amaliy grafikadir. Turli xildagi etiketkalar, konvert yuzasiga ishlanadigan bezak rasmlar, tabriknoma, telegrammalar, markalar grafikaning shu turiga mansub. Amaliy grafika shunchaki bezak uchun ishlatiladigan san’at emas, u ham san’atning boshqa turlari kabi ijtimoiy hayotda faol qatnashadi, jamiyatda bo’layotgan yangiliklar bilan ommani tanishtiradi. Hukumatning g’oyalarini xalq orasida targ’ib qiladi. Grafika san’ati eng demokratik san’atdir. U goh plakat tarzida, goh gugurt qutichasining yuzasiga ishlangan tasvir tariqasida, goh gazeta sahifalaridagi surat tarzida o’lkaning uzoq chekkalariga kirib boradi, o’sha yerlarda ma’rifat tarqatadi, kishilarni bo’layotgan yangiliklar bilan tanishtiradi. Shuning uchun ham grafika san’ati katta g’oyaviy-siyosiy ahamiyatga egadir.

Rangtasvir. Tasviriy san’atning ikkinchi bir turi rangtasvir san’nlidir. Devorlarga ishlangan turli rasmlar, polotnolarga chizilgan surat, kino va teatr dekoratsiyalari shu san’at turiga kiradi. Rangtasvirda rang muhim o’rinni egallaydi. Agar grafika san’atida rang shunchaki yordamchi vazifani o’tasa, rangtasvirni esa rangsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Rassom rang orqali borliqni ko’rinarli obrazlarda tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini, hajmini ko’rsatadi. Rangtasvir asarlari yana o’zining vazifasi va

ishlanish uslubiga ko’ra monumental, dastgoh va dekorativ turlarga bo’linadi. Monumental rangtasvir

Monumental rangtasvir me’morlik bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bu turdagi asarlar mustaqil mazmuniga ega hamda ularda jamiyat hayotidan olingan muhim voqealar aks ettiriladi. Bunday asarlar odatda uzoqdan ko’rishga mo’ljallanganligi tufayli obrazlarni iloji boricha umumlashtirilgan holda tasvirirga, mayda detallardan iloji boricha kamroq foydalanishga-harakat qilinadi. Ranglar ham birmuncha shartli olinadi, shunga qaramasdan u borliq to’g’risida real tasavvur berishi kerak. Monumental rangtasvir me’morchilikda ma’lum miqdorda bezash vazifasini ham o’taydi, shuning uchun ham uni ba’zan monumental – dekorativ rangtasvir deb ham yuritiladi. Monumental rangtasvir asarlari bajarilish usuliga qarab o’z navbatida bir necha turlarga bo’linadi. Bular: freska, mozaika va pannodir. Freska odatda devorga to’g’ridan to’g’ri suvoq ustiga ishlanadi. Bolonka rangli tosh, shisha, bo’yalgan oyna, sirli sopol parchalaridan ishlanadi. Devorga ishlangan surat yoki o’yma naqshlar ba’zan har xil shakldagi ramkalar (to’rtburchak, kvadrat, beshburchak va hokazolar) bilan chegaralangan bo’ladi – bu pannodir. Panno dastlab alohida yuzada (xolstda, ganchda, yog’ochda) ishlanib olinib bitgandan so’ng devorlarda qoldirilgan maxsus o’rinlarga o’rnatiladi. Lekin mazmun jihatdan mustaqil xarakterga ega bo’lishi ham mumkin. Ba’zi hollarda panno dastlab xolstga moy bo’yoq bilan ishlanib, keyin kerak bo’lgan o’ringa yopishtiriladi. Dekorativ rangtasvir me’morchilik va amaliy san’at bilan bog’liq bo’lib, asosan bezash vazifasini o’taydi. Dekorativ rang tasvirga naqqoshlik san’ati, teatr, kino dekoratsiyalari va qisman monumental rassomchilik ham kiradi. Dekorativ rangtasvir monumental rangtasvir singari to’g’ridan to’g’ri devorga ishlanishi, panno, mozayka tarzida bo’lishi mumkin. Dastgoh rangtasvir hozirgi zamon tasviriy san’atida yetakchi o’rinni egallovchi san’at turlaridan biri hisoblanadi. Odatda u maxsus ramkaga tortilgan matolar ustiga ishlanadi. Bunday rasmlar molbert deb ataladigan alohida dastgohda ishlangani uchun ham ularni dastgohli rasmlar deyiladi.

Bunday rassomchilik asarlari jamiyatda bo’layotgan muhim voqea va hodisalarni aks ettirishidan tashqari, shaxsning individual xislatlarini, kechinmalari, his-tuyg’ularini to’liq ko’rsatish imkoniyatiga egadir. Shuningdek, ularda tabiatda bo’layotgan o’zgarishlar o’zining yorqin ifodasini topadi. Dastgoh rangtasvir monumental va dekorativ rang tasvirdan farqli o’laroq, mustaqil ahamiyatga ega, u boshqa biron san’atga bog’lanmaydi. Dastgoh rassomligi birmuncha kech paydo bo’lgan bo’lib, uning rivojlanish davri Uyg’onish davriga to’g’ri keladi. Hozirgi kunda esa tasviriy san’at turlari ichida uning keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonda rassomchilikning bu turi asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab paydo bo’lgan. Hozirgi kunda u o’zbek tasviriy san’atida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi.

Х. Stenveyk. «O’tkinchi dunyo». XVII аср

Peyjaj – manzara janrida tabiat ko’rinishi o’z aksini topadi. Unda real yoki hayolan ko’z oldiga keltirilgan joylar, me’morlik qurilishlari, shahar ko’rinishi (veduta), dengiz ko’rinishi (marina) va hokazolar tasvirlanadi. Voqelik tasviri va inson atrofini o’rab olgan tabiat ko’rinishi manzarada o’z aksini topadi.

Haykaltaroshlik. Tasviriy san’atning turlaridan biri bo’lgan haykaltaroshlik asarlarida borliq hajmga ega bo’lgan shakllar orqali makonda tasvirlanadi. Stol ustiga qo’yiladigan haykalchalar, park va xiyobonlarga o’rnatilgan turli haykal va yodgorliklar, binolarning devorlariga, tanga, belgi, medal kabi buyumlarning yuzasidagi bo’rtma tasvirlar haykaltaroshlik san’atining turli ko’rinishi hisoblanadi. Haykaltaroshlik asarlari o’z ishlatilish o’rni, bajaradigan vazifasi va tayyorlanish usuliga qarab turlicha nomlanadi. Ular odatda dumaloq va qabariq ko’rinishda bo’ladi. Dumaloq haykallarni hamma tomondan aylanib ko’rish mumkin bo’lsa, qabariq haykallarni yuzaga bo’rttirib ishlanganligi sababli faqat bir tomondan ko’riladi. Qabariq haykallar relef deb ataladi. «Relef» fransuzcha so’z bo’lib, yuza degan ma’noni bildiradi. Relefli haykallarda asosiy obrazlar bilan bir qatorda, kenglik, tabiat manzaralarining ko’rinishi ham aks etadi. Shuning uchun bunday releflarni ba’zan perspektivali relef deb ham yuritiladi. Relef, o’z navbatida, ikki turga bo’linadi. Ulardan biri barelef, ikkinchi turi esa gorelefdir. «Barelef» ham fransuzcha so’zdan olingan bo’lib, past relef degan ma’noni anglatadi. Barelefda haykal tekis yuzaga nisbatan biroz qabargan (bo’rtgan) bo’lib, lekin uning qalinligi o’zining haqiqiy qalinligining yarmidan oshmasligi lozim. Masalan, tanga, znachok, medal yuzalaridagi bo’rtma tasvirlar bunga misol bo’la oladi. Bareleflar ayniqsa, amaliy san’at buyumlarini, me’morchilik binolarini bezashda juda qo’l keladi. Qadimgi Gretsiyada hayotda ishlatiladigan turli xil buyumlar, masalan, ko’za, guldon, qurol-aslahalarning yuzalarini bareleflar bilan bezaganlar,

binolarning devorlariga turli hayotiy voqealarni aks ettiruvchi bo’rtma tasvirlar ishlaganlar. «Gorelef» so’zi ham fransuzcha bo’lib, baland relef ma’nosini bildiradi. Haykaltaroshlikning bu turida tasvirlar yuzadan sezilarli darajada bo’rtib chiqqan bo’lib, uning qalinligi o’zining haqiqiy qalinligining yarmidan oshgan bo’lishi shart. Relefning yana bir turi bor. Bu o’yib ishlangan releflardir. Bunday releflar odatda tekis yuzaga o’yib ishlanadi. Yuzani o’yish natijasida hosil bo’ladigan yorug’-soya o’yini hisobiga tasvir ko’zga tashlanadi. Bunday releflarning imkoniyati chegaralangan bo’lganidan ular amalda juda kam qo’llaniladi. Bunday releflar qadimgi Misrda ishlatilgan. Haykaltaroshlik asarlari uchun turli xildagi materiallar ishlatiladi. Bu materiallar haykalga turli xarakter va mazmun berishda xizmat qiladi. Masalan, tosh-granitda ishlangan haykallar kishida ulug’vorlik, adabiylik baxsh etsa, aksincha, marmarda ishlangan haykallar nozik, ko’rkam ko’rinadi. Shuning uchun haykallar o’zining mazmuni va o’rnatiladigan joyiga qarab, har xil materiallardan ishlanadi. Haykaltaroshlik materiallari ko’p. Bu plastilin, loy, yog’och, metall, marmar, granit, suyak, sement, gips va hokazolardir. Qimmatli metallar-oltin, kumush, nikellar ham haykaltaroshlikda qo’llanadi. Haykaltaroshlikda deyarli rang ishlatilmaydi. Xalq haykaltaroshligida haykallarni bo’yash hollari uchraydi. Bunga O’zbekiston hududidan topilgan qator haykaltaroshlik asarlari misol bo’la oladi. Haykaltaroshlik asarlari ham tasviriy san’atning boshqa turlari kabi o’zining bajaradigan vazifasi, mazmuniga qarab qator tur va janrlarga bo’linadi. Haykaltaroshlik turlari deganda biz monumental, dekorativ va dastgoh haykaltaroshligini tushunamiz. Monumental haykaltaroshlikka muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida o’rnatilgan yirik o’lchovdagi, turli xildagi yodgorliklar, haykaltaroshlik ansambllari kiradi. Odatda monumental haykaltaroshlik asarlari o’zida katta mazmunni anglatib, mustaqil xarakterga ega bo’ladi. Lekin shu bilan birga, u bevosita muhit bilan bog’liq bo’lib, me’morchilik binolari hamda tabiat bilan uyg’unlikda bo’lishi lozim. Bu unga yanada ulug’vorlik va ta’sirchanlik baxsh etadi. Monumental haykaltaroshlik asarlariga xos bo’lgan xysusiyatlardan biri bu tasvirlanayotgan qahramonlarning ko’tarinki ruhdagi tasviridir. Monumental haykaltaroshlik asarlari doim ochiq havoda turish uchun mo’ljallangan bo’lganligi sababli ular uzoq turadigan qattiq materialdan, masalan, tosh, bronza va hokazolardan ishlanadi. Bulardan tashqari, monumental haykaltaroshlik asarlari uzoqdan ko’rishga mo’ljallanganligi sababli ularda katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi. Odam yuzidagi mayda detallar, kiyimdagi buklanishlar, undagi mayda detallar ko’rsatilmaydi. Istirohat bog’lari, xiyobon va ko’chalar, shuningdek, me’morchilik binolarining devorlarini bezash uchun ishlatiladigan haykallarning hamma turlari dekorativ haykaltaroshlik san’atiga kiradi. Haykaltaroshlik san’atining bu turi monumental haykaltaroshlikdan shu bilan farq qiladiki, agar monumental haykaltaroshlik asarlari o’zida mustaqil mazmunni anglatib, me’morchilikka ham, tevarak-atrofga ham tobe bo’lmagan holda, kishiga mustaqil fikrni bera olsa, dekorativ haykaltaroshlik asarlari esa bevosita me’morchilik bilan bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari agar monumental haykaltaroshlik asarlarini ishlashda obrazlarni ko’tarinki ruhda ishlansa, dekorativ haykaltaroshlik asarlarida esa obrazlar biroz yumoristik tarzda talqin etiladi, bo’rttiriladi. Haykaltaroshlikning

bu turida turli hayvon va qushlar shakli keng ishlatiladi. Binolarning devorlariga ishlanadigan turli bo’rtma tasvirlar, amaliy san’at buyumlarining yuzasiga ishlangan tasvirlar ham dekorativ haykaltaroshlikka kiradi. Turli fontanlar, panjaralar, badiiy darvozalar ham dekorativ haykaltaroshlik namunalari sifatida qaraladi. Chinnidan yasalgan turli haykalchalar, loydan ishlangan o’yinchoqlar ham shu haykaltaroshlikning ko’rinishi hisoblanadi. Dastgoh haykaltaroshligiga o’zida mustaqil mazmunni anglatadigan, san’atning bosh turlariga tobe bo’lmagan asarlar kiradi. Bunday asarlar ko’rgazmalarga qo’yish, uylarga qo’yish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Haykaltaroshlikning bu turida voqelik o’zining butun borlig’i bilan aks etadi. Haykaltaroshlik san’atining bu turi inson, psixologiyasidagi nozik o’zgarishlar, uning ichki ruhiy kechinmalari, kayfiyatini ochib berish imkoniyatiga ega. Xuddi shu holda u tabiatdagi mavjud hayvon va jonivorlami ishlashda ham ularning hayoti, kuchi, xarakterini ko’rsata oladi. Dastgoh haykaltaroshligining ko’rinishlaridan biri byust bo’lib, u odam gavdasini aks ettiruvchi dumaloq haykal hamda o’zida bir qator obrazlarni mujassamlashtirgan haykallar guruhi (kompozitsiya) tarzida bo’ladi. Haykaltaroshlik san’atining yana bir ko’rinishi terrakota hisoblanadi («terrakota» italyancha so’z bo’lib, pishirilgan loy ma’nosini bildiradi). Terrakota keng ma’noda loydan yasalib, pechda pishirilgan haykaltaroshlik asarlaridir. Haykaltaroshlikda insonning faqat tashqi ko’rinishi tinch turganligi holati yoki harakatdagi paytini aks ettirish bilan uning imkoniyati tugamaydi. Undagi kechinmalar, uning hayajon va g’amginligi, kelajakka intilishi va o’tmishga qayg’urishi ham o’z ifodasini topadi. Haykaltarosh asarida insonning tevarak-atrofga bo’lgan munosabati ham, qalbidagi iztirob ham ishonarli talqin etilishi mumkin. Bunda, albatta, eng avvalo, haykaltaroshning o’ta ziyrakligi, odam gavdasi va mimik o’zgarishlarini to’g’ri ifodalashi muhim o’rinni egallaydi. To’g’ri topilgan harakat yuzdagi mimik holat – bular uning ta’sirli bo’lishiga zamin tayyorlaydi.

Tasviriy san’atning turlari. Portrеt – rangtasvir janrlari ichida eng qadimiylaridan bo`lib, kishilarning tashqi va ichki kеchinmalarini tasvir orqali ochib byeradi. Portrеt janrida ishlangan

tasviriy san’at asarlari bizga musavvir yashagan davrni, madaniyatini hamda tasvirdagi kishining ruhiyatini asarda talqin etadi. Avtoportrеt – portrеt janrining kurinishlaridan biri bo`lib, musavvir o`zining tashqi qiyofasini o`zi tasvirlaydi. Manzara – janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi kurinishlar haqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqеalar emas, balki musavvirning ichki kеchinmalari ham ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog`u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bo`lsalar, boshqalari dеngiz manzarasini tasvirlashda mohirdirlar. Manzara janrida musavvirlardan U.Tansiqboеvning “O`zbеkistonda mart”, “Jonajon o’lka”, “Mеning qo`shig’im”, N.Kashinaning “Tog’da bahor”, Z.Inogomovaning ,,Arpa o’rimi”, “Choyga”, R.Tеmurovning “Bibixonimda bahorim, “Ulugbеk madrasasi” asarlari mualliflarga shuxrat kеltirdi. Natyurmort – fransuzcha so`z bo`lib, “jonsiz tabiat” dеgan ma’noni anglatadi. Bu janrda musavvir asosan insonni o`rab turgan atrof muhitdagi narsalar, turmushda qo’llaniladigan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, gullar, mеva va boshqalarni tasvirlaydi. U o`z asarida tеvarak-atrofdagi narsalarni tasvirlash orqali uning xarakterli xususiyatlarini, voqea qaysi davrda ro’y byerayotganligini ham ko`rsata oladi. Tinkle ijodkor musavvirlardan R.Axmеdov, L.Salimjonova, R. Abdurahmonov va boshqalar natyurmort janrida barakali ijod qilmoqdalar. Tarixiy janrda ishlangan suratlar orqali biz o`zok o’tmishda bo`lib utgan vokеa-hodisalar, tarixiy shaxslar, xalqlarning turmush madaniyati bilan tanishamiz. Tarixiy janrning kurinishlaridan biri jang (botal) manzaralaridir. Botal janr – “botal” frantsuzcha so`z bo`lib, “jang”, “urush” ma’nosini bildiradi. U jang manzaralarini o`zida aks ettiradi. Bu janrda jang va harbiy yurishlar mamzarasini asosiy o`rinni egallaydi. Botalist – rassomlarning asarlarida jangchi obrazi, uning qahramonligi, mardligi, jasorati hamda o`z ona Vataniga bo`lgan chеksiz muhabbati ifodalanadi. Lеonardo da Vinchi, M.B.Grеkov, G.QSovitskiy, •A.A.Dеynеka, V.V.Volkov va boshqalar ana shunday musavvirlardandir. Taniqli ijodkor M.Nabiеvnnng “Spitamеn ko`zroloni’, musavvir R, Rizamuhammеdovning “Mukanna ko`zgololi”., musavvir T. Sodiqovning Tumarisning qasosi” nomli asarlari bunga yorqin misol bo`la oladi. Animalistik – janr o`zgacha ) tasiry san’at turidir. U lotincha “anima”, “hayvonot olami” dеgan ma’noni bildiradi. Animalistik rassom hayvonot,dunyosiga” zur qiziqish, sеvgi va mahorat bilan yondoshadi. Xayvonot dunyosi iptidoiy odamlar. hayotida katta ahamiyatga ega bo`lgan. O`sha davrda ular g`orlarining dеvorlariga kiyiq qutos, mamontlarning suratlarini chizganlar. Qadimga Yaponiya va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ naqshlar to`zishda hamda monumеntal kompozitsiyalar yaratashda asosiy hisoblangan XVI asrga kеlib hayvonot olami anatomiyasini buyuk .musavvirlar Lеonardo da Vinchi va A.Dyuryerlar ishladilar. Kеksa haykaltarosh va grafik musavvir V,:A.Vatagin o`zining asarlarida turt oyokli do`stlarini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi.

Mashg`ulot rahbari o`quvchilarga nazariy bilim byerish jarayonida mazmuniy to`liq ochib byerishi uchun jonli nutq, orkali so`zlash bilan birga musavvirlar asarlaridan surat-lavhalar, Adabiyotlar, kino va diafilmlar va slaydalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqir. Maishiy janr: tasviriy sanatda bu janrdagi asarlar kishilarning kundalik hayotini, turli vokеalarni o`zida mujassamlashtiradi. Aksariyat rangtasvirda aks etuvchi maishiy janr ilk bor XVII asrda yashab ijod etgan Golland rassomlari Pityer dе Xoh Ostadе, Stеn, Tyerborh Vyermyer qabilar ijodida namoyon bo`ladi. Rеalist rassomlardan P.Fеdotov, V.Pyerov, V.Maksimov* V.Makovskiy, QSavitskiy, I.Rеpin qabilar maishiy janrning taraqqiyotiga katta hissa qo`shdilar. O`zbеk rassomlaridan R.Axmеdov, M.Saidov, Z.Inogomov, R.Choriеv, R.Abdurahmonovlar hamda shu janrda barakali ijod etmoqalar. Jahonning eng yirik tasviriy san’at muzeylari. Badiiy muzeylar. “Muzey” yunoncha “Muzeyon” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, qadimgi Yunon afsonalariga ko’ra, san’at va fan mabudalarihisoblangan muzalar uchun mo’ljallangan muqaddas joy ma’nosini anglatadi. “Muzey” so’zi uyg’onish davrida rasmiy tus oldi. Badiiy muzeylarda asosan tasviriy va dekorativ amaliy san’at asarlari to’plandi, saqlandi, namoyish etildi va ta’mirlandi. Dunyoda birinchi bo’lib davlat muzeyi xuquqini Londondagi Britaniya muzeyi olgan edi. Dastlabki muzeylar Evropada tashkil etilgan bo’lsa, Sharqda ular 19-20 asrlarda paydo bo’ldi. Xususan Dexlida Hindistonning milliy muzeyi (1848 y), Pekindagi Gugun muzeyi (1914 y), Yaponiyadagi Tokio milliy muzeyi (1871 y) va boshq. Badiiy muzeylar orasida tasviriy san’at muzeylari bilan bir qatorda maxsus amaliy san’at muzeylari ham bor. Shuningdek, tasviriy san’atning u yoki bu turi yoki oqimiga bag’ishlangan muzeylar ham mavjud. Masalan Parijdagi bir muzey Impressionist rassomlar ijodiga bag’ishlangandir. Britaniya muzeyi-dunyoning eng yirik muzeylaridan biri bo’lib, u London shahrida joylashgan. Muzey binosi 1823-1847 yillarda me’mor R.Smerk tomonidan maxsus qurilgan. Bino klassizm uslubida yaratilgan bo’lib, unda ibtidoiy jamoa yodgorliklaridan tartib hozirgi zamon rassomlarining asarlarigacha o’rin olgan. Muzeyda qadimgi Sharq, Evropalik san’atkorlarning asarlari ham saqlanadi. Qadimgi Yunonistonlik Fidiy va uning shogirdlari yaratgan asarlar, qadimgi Misrda yaratilgan ishlar ham bor. Muzey xonalarida Angliya sayoxatchilarining Afrika, Osiyo, Amerika, Okeaniyadan olib kelgan etnografik buyumlari ham namoyish etiladi. Shuningdek, bu muzeyda ajoyib rasm va miniatyuralar bilan bezatilgan, kamyob qo’lyozma kitoblar ham saqlanadi. Drezden galereyasi-Germaniyaning Drezden shahrida joylashgan. Bu muzey binosi 1847-1854 yillarda me’mor K.Xenel tomonidan maxsus bunyod etilgan. Lekin galereya 1860 yilda ochilgan. Uning dastlabki eksponatlari Rafaelning “Sikstin madonnasi”, Jarjonening “Uyqudagi Venera” asarlari edi. Shuningdek, muzeyda Rembrandt, A.Dyurer, Titsian asarlari ham maqjud. Keyinchalik muzey Evropa rassomlari va haykaltaroshlarining asarlari bilan boyib bordi.

Luvr muzeyi-Franyiyaning Parij shahrida joylashgan. Bu bino o’rta asrlarda qo’rg’on, keyinchalik esa qirollar saroyi bo’lgan. Ushbu madaniyat maskani dunyoning eng yirik muzeylaridan biri hisoblanadi. Muzeydagi nodir durdonalar asosini Angliya qirolligida to’plangan san’at asarlari tashkil etgan. Ular rangtasvir, haykaltaroshlik, dekorativ amaliy san’at asarlaridir. Muzey 1791 yilda milliy muzey maqomini olib, 1793 yilda birinchi bor omma uchun o’z eshiklarini ochgan. Muzeydan Qadimgi sharq, Yunoniston, Rim, Qadimgi Misrda yaratilgan ishlar ham o’rin olgan. Frantsuz xalqi bu muzeyda Leonardo Da Vinchi, Mikelanjelo, Titsian, Rembrandt, N.Pussen, E.Delekrua va boshqa bir qator dunyoga mashhur san’atkorlarning asarlari borligidan haqli ravishda faxrlanadi. Metropoliten muzey-AQShning Nyu Yo’rk shahrida joylashgan bo’lib, u dunyoning eng yirik muzeyi sanaladi. Mazkur muzey 1970 yilda tashkil topgan. Muzeydagi ekspozitsiyalar asosini turli davrlarda xususiy shaxslar tomonidan tortiq qilingan asarlar tashkil qiladi. Muzeyda 3 mln ga yaqin jahon san’atiga oid asarlar saqlanadi. Uning asosiy binosidan tashqari ko’plab filiallari ham bor. Xususan, uning rangtasvir va haykaltaroshlikdan tashqari amaliy san’at, badiiy fotoga oid alohida bo’limlari ham mavjud. Unda dekorativ-amaliy san’at, musiqa asboblari, kitoblar, liboslar, bolalar rasmlari bo’yicha alohida bo’limlari ham bor. Muzeyda Amerika, Afrika, Tinch okeani orollari xalqlari san’ati, qadimgi Misr, Yunoniston, Rim, Yaqin va Uzoq Sharq xalqlarining san’at asarlari o’rin olgan. Uning ko’rgazma zallarida dunyoga mashxur rassomlardan Rafael, Titsian, El Greko, F.Goyya, F.Xals, Rembrandt, K.Mone, O.Renuar, P.Sezan, P.Gogen, P.Pikasso kabi ko’plab san’atkorlarning asarlari saqlanadi. Ermitaj-Rassiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan. U ham dunyoning eng yirik muzeylaridan biri. Muzey 1764 yilda tashkil topgan, deb hisoblanadi. Lekin muzey sifatida 1852 yilda ochilgan. Ermitaj “Birlashgan joy” ma’nosini bildiradi. Muzey kollektsiyasida 2 mln 700 mingdan ortiq asar bor. U olti bo’limdan tashkil topgan. 1.Ibtidoiy madaniyat tarixi. 2. Qadimgi dunyo. 3. Sharq madaniyati va san’ati tarixi. 4. Rus madaniyati tarixi. 5. G’arbiy Evropa san’ati tarixi. 6. Numizmatika (chaqa, tanga, medallar) tarixi. Muzeyda rangtasvir, Haykaltaroshlik, grafika, dekorativ-amaliy san’atga oid yuzlab eksponatlar bor. Unda Leonardo Da Vinchi, Rafael, Titsian, Velaskes, Goyya, Rubens, Rembrandt, N.Pussen, O.Renuar, A.Matiss, P.Pikasso, Mikelanjelo, O.Roden kabi dunyoga mashxur rassom va haykaltaroshlarning bebaho asarlari saqlanadi. Tretyakov galereyasiga Moskvalik rus savdogari P.M.Tretyakov asos solgan. U o’zi va ukasi S.M.Tretyakov tomonidan to’plangan san’at asarlari hisobiga 1893 yilda mazkur muzeyni tashkil etgan. P. Tretyakovning tasviriy sai’atga nisbatan ixlosi kuchli bo’lib, o’zi yashayotgan uyi yoniga muzey uchun maxsus bino qurdirgan. Muzeyning ochilishi arafasida Tretyakov tomonidan yig’ilgan san’at asarlari ikki mingga yaqin edi. Muzeyda qadimgi rus ranggasviriga alohtsda o’rin ajratiltan edi. Unda Andrey Rublev, I.Nikitin, F.Rokotov, D.Levitskiy, O.Kiprenskiy, V.Tropinin

asarlariga ham keng o’rin berilgan edi. Muzeyning alohida zali mashhur rus rassomi A.Ivanovning’ “Isoning xalqqa ko’rinishi” va K.Bryullov tomoiidan yaratilgap portretlar uchun ajratilgan. Galereyada XIX asr rus rashtasvirida o’chmas iz qoldirgan A.Venetsianov, I.Kramskoy, V.Vasnstsov, V.Vereshchagin, V.Surikov, I.Repin, I.Shishkin, I.Levitan asarlari uchun ham katga o’rin berilgan. Bu rassomlar asarlari orasida A.Savrasovning “Qora qarg’alar uchib kelishdi”, V.Surikovning “Boyvuchcha Morozova”, I.Repinning “Kursk guberniyasidagi salb yurishi”, I.Levitanning “Mart”, V.Serovning “Shaftoli ushlagan qiz” nomli asarlari galereyaning eng bebaho durdonalaridan xisoblanadi. Tretyakov galereyasida 1932 yildan boshlab yaqin xorijiy mamlakatlar san’ati namoyish etila boshlagan. Unda Boltiqbo’yi, Kavkaz, O’rta Osiyo respublikalari, Shuningdek, Ukraina, Belorusiya, Moldaviya rassomlarining ijodi doimiy o’rin oldi. Ayiiqsa, T.Salahov (Ozarbayjon), M.Saryan (Armaniston), T.Yablonskaya (Ukraina), O’.Tansiqboev (O’zbekiston) kabi ijodkorlarning asarlari alohida o’rinni egalladi. Galereya Rossiyaning eng yirik muzeylaridan biriga aylangan bo’lib, uning majlislar zalida xalqni estetik ruxda tarbiyalash bo’yicha ma’ruzalar, rassomlar bilan uchrashuvlar ham tez-tez o’tkazib turiladi. Jahonnshp mashhur badiiy muzeylari qatoriga Parijdagi hozirgi zamon sai’ati Milliy muzeyi (1937 y.), Impressionistlar muzeyi (1947 y.) hamda Rim muzeyini ham kiritish mumkin, Rim muzeyida asosai Hiidiston va Sharqiy Osiyo san’atiga oid asarlar saqlanadi va namoyish etiladi. Davlat tasviriy san’at muzeylari va galereyalari Ispaiiyaniig Madrid, Angliyaning London, Chexiyaning Praga, Vegariyaning Budapesht, Shvetsiyaning Stokgolm, Germaniyaning Myunxen, Potsdam, Ukrainaning Kiyev shaharlarida ham mavjud. Rossiyada Ermiggaj va Tretyakov galereyalaridan tashqari SanktPeterburgda Rus muzeyi, Moskvada Pushkin nomidagi tasviriy sansan’at muzeyi ham bor. Hozirgi paytda jahonning deyarli barcha mamlakatlarida tasviriy san’at muzeylari bor.

Iptidoiy jamoa san’ati. Iptidoiy jamoa to`zumi insoniyat taraqqiyoti tarixidagi eng birinchi va o`zoq davom etgan bosqichlardan hisoblanadi. Bu bosqichni hamma xalq va elatlar o`z boshidan kеchirdilar. Ana shu o`zoq davom etgan taraqqiyot jarayonida hozirgi zamon odami tipi paydo bo`ldi, odamlar jamoasi yo`zaga kеldi, Ishlab chiqarish kuchlarining zaifligi odamlarni kollеktiv bo`lib yashash va mеhnat qilishga da’vat etdi. Ular kudrat birliqa ekanligini, hayotning ilk bosqichidayok sеzdilar. Bu qudrat ularni tabiat sirlarini urganishga boshladi. Madaniyat va san’at ravnakiga zamin yaratdi.

Iptidoiy jamoa to`zumidan bizgacha ashyoviy dalillar –mehnat va ov qurollari, uy-anjomlari va bеzak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari yyеtib kеlgan. Shular iptidoiy jamoa kishisining estеtik va diniy qarashlarinm bilishga, iptidoiy jamoaning madaniyati haqida tasavvur xosil qilishga yordarl byeradi. Tuprok ostiga kirib kеtgan moddiy yodgorliklar, odam va hayvonlar jasadining qoldiqlari, g`or va yertula dеvorlariga chizilgan surat va bo`rtma tasvirlar iptidoiy jamoa davri tarixini o`rganishning muhim manbai hisoblanadi, San’at qachon va qanday paydo bo`lgan? San’at qadim-qadimda kishilarning mehnati jarayonida yo`zaga kеldi va rivojlandi, Inson madaniyati taraqqiyot olamiga qadam qo`pydi, San’atning yo`zaga kеlishi insonning ob’еktiv voqеlik to`g`risidagi bilimlarining chuqurlashishiga, o`z avlodi tajribalaridan bahramand bo`lishga olib kеldi, Bu uni tabiat kuchlariga qarshi kurashishga da’vat etdi, uning akliy kamoloti, estеtik karashlari rivojini jadallashtirdi. Arxеologiyada iptidoiy jamoa to`zumi tarixi qurol yasash uchun ishlatiladigan matyeriallarga qarab, uch asosiy bosqichga ajraladi: 1. Tosh asri – eramizdan avvalgi 3 ming yillikkacha bo`lgan davr. 2. Mis va bronza asri – eramizdan avvalgi 3-2 ming yillik 3. Tеmir asri – eramizdan avvalgi 1 ming yillik Haykaltaroshlikda hayvonlar tasvirini yasash kеng o`rinni egallaydi. Odem tasviri, ayniqsa, ayollar haykali palеolit davrida kеng uchraydi. Harbiy Еvropadan (Avstriya) topilgan “Villеndorf Vеnyerasi” dеb nomlangan haykal mashhurdir. Haykal hajm jihatidan katta emas, (balandligi 0,06 m.) lеkin kurinishi jihatidan monumеntal, Haykalda ortikcha dеtallar yuq. Ichki kuch-kudratga tula haykalda bosh qismi bir oz bеlgilangan, yo`z dеyarli ishlanmagan, past tomonida tugallik yo`q lеkin shunga qaramasdan, haykal o`zining tulaqonligi, ichki kuchga tulaligi bilan yaxshi taassurot qoldiradi. Mеzolit yoki o`rta tosh asrida odamlar katta bo`lmagan to`daga ajralgan holda yashay boshlashlari ularga bir joydan ikkinchi joyga erkin kuchib o`tish, katta yer maydonlaridan foydalanish imkoniyatini byerdi. Qurollarning (mehnat va ov qurollari) ixcham, qulay bo`lishiga e’tibor kuchaydi. Uq kamon-yoy, qayiqlarning ixtiro qilinishi iptidoiy jamoa kishisining hayoti yanada yaxshilanishini ta’minladi. Odamlar yog`och, qamishdan foydalanib, o`zlariga kerakli buyumlar yasay boshladilar. Odamlar tasavvurlarining kengayishi, abstrakt tushunchalarning yuzaga kelishi san’atning shakl va mazmun xarakterida ham sezila boshladi. San’at mavzusi kengaydi, janrlari esa ortdi. Jang voqealari, ovchilikni aks ettiruvchi murakkab kompozitsiyalar yaratildi. Ishlangan suratlarda voqealarni keng, atroflicha bayon etishga intilish ortdi. Rassom o’z fikrini bayon etish uchun obrazlarni sxematik va shartli belgilar tarzida tasvirlangan xolda, bo’layotgan voqeaning mohiyatini ochishga harakat qildi. Sharqiy Ispaniya, Kavkaz, O`rta Osiyodan topilgan suratlar diqqatga sazovordir. “Kiyiklarni ovlash” (Ispaniya) suratlarida obrazlar shartli (kamon otayotgan ovchilarda bu shartlilik yaqqol sеziladi), sxеmatiq o`ta soddalashtirilgan holda tasvirlangan. Lеkin bu shartlilik rassom aytmokchi bo`lgan fikrni tushunishga halaqit byermaydi. Ov manzarasidagi holat – kiyiklarning jon

talvasada kochishi, ovchilarning epchillik bilan olib borayotgan hujumlari, ov paytidagi shijoat, hayajon iptidoiy jamoa rassomi tomonidan ifodali talqin etilgan. O`rta Osiyo (Surxondaryo, Fargona), Ozarbayjon (Kobiston)dan topilgan suratlarda ham shu holni ko`ramiz. Zaravutsoy (Surxondaryo), Sеymalitosh (Fargona) suratlari mashhurdir. Bu suratlarda ovchilarning xayvonlarga xujumi aks ettirilgan, Zaravutsoydagi niqob kiyib, uljasiga yaqinlashayotgan ovchilarni aks ettirgan surat o`tmish hayotining ma’naviy dunyosini bilishga xizmat qiladi. Kulolchilik va boshqa buyumlarni naqsh bilan bеzash kеng tus oldi. Parallеl, spiralsimon va to`lqinsimon chiziqlar, kontsеntrik aylanalar shu davrdagi ko`pgina naqshlarning asosini tashkil etadi. Gеomеtrik naqtar asta-sеkin sxеmatik odam, hayvon va o`simliklar dunyosidan olingan shakllar bilan boyitilib, mazmunan kеngayib bordi. Uning elеmеntlari koinot kuchlarining ramziy bеlgilarini aks ettira bordi. Masalan, rozеtka-quyosh ramzi, to`lqinsimon chiziq-harakat, suv ramzi va.hk Neolit yoki yangi tosh asrida (grekcha “neos”-yangi) odamlar faqat tabiat in’om etgan maxsulotlarni iste’mol qilish bilan chegaralanmay, balki o’zlari ham uni yaratishga, ko’paytirishga harakat qila boshlaydilar. Endilikda ovchilikdan tashqari, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullana boshladilar. Ishlab chiqarish jarayoni kuchaya bordi, shu bilan birga, kishilarning ma’naviy olami, dunyoqarashi ham murakkablashib bordi. Bu asrda ham toshlardan qurol yasash muhim rol o’ynadi. Lekin endilikda toshni qayta ishlash, uni pardozlash, shu asosda juda nozik buyumlar yaratishga ko’proq e’tibor berila boshlandi. Kulolchilik (keramika)ning paydo bo’lishi ham yangi tosh asrining muhim belgilaridan hisoblanib, ba’zan yangi tosh asrining keramika asri deb atalishi ham shundandir. Qurish san’atining paydo bo’lishi ham ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlardan dalolat beradi. Bu asrda to’qimachilik, terini qayta ishlash ham murakkablashdi. Ijtimoiy hayotda ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi, so’zsiz, odamlar orasidagi munosabatlarning taraqqiy etishiga yordam berdi. Qabilalar orasidagi munosabatlarni kuchaytirdi. Asta sekin pariarxat asri matriarxatni siqib chiqarib, jamoani oqsoqollar boshqara boshladi. Yangi tosh asri oxirlarida esa ayrim yerlarda (Old Osiyo, Misr, Hindiston) dastlabki sinfiy formatsiya kurtak ota boshladi. Odamlarning o’troq holga o’tishlari, tabiat qonun-qoidalarini kuzatish simmetriya, ritm, shakl tuyg’ularini o’stirdi. Bir xil elementlarning tekis qaytarilishi yoki oralab kelishi asosida vujudga keladigan o’ziga xos naqsh san’atini maydonga keltirdi. Naqsh yangi tosh asrida keng yoyildi, amaliy dekorativ san’atning taraqqiy etishiga ta’sir ko’rsatdi. Kulolchilik va boshqa buyumlarni naqsh bilan bezash keng tus oldi. Parallel, spiralsimon va to’lqinsimon chiziqlar, kontsentrik aylanalar shu davrdagi ko’pgina naqshlarning asosini tashkil etadi. Geometrik naqshlar asta-sekin sxematik odam, hayvon va o’simliklar dunyosidan olingin shakllar bilan boyitilib, mazmunan kengayib bordi. Uning elementlari koinot kuchlarining ramziy belgilarini aks ettira bordi. Masalan, rozetka-quyosh ramzi, to’lqinsimon chiziqharakat, suv ramzi va h.k.

Naqsh san’ati endilikda dekorativ funksiyani bajaribgina qolmay, balki shu bilan birga, kishilarning g’oyaviy va falsafiy tushunchalarini ham ifodalay boshladi. Yangi tosh asrida mayday plastika ham keng yoyildi. Loy, yog’och, shox va suyaklardan hamda qisman toshdan haykallar ishlandi. Mavzusi, asosan, hayvonlarni aks ettirish bo’ldi. Ko’p hollarda haykaltarosh hayvonning bosh qismini aniq tasvirlash va tana qismining umumlashma ko’rinishini ishlash orqali shunga erishadi. Bu davr san’atida ayollar tasviri, ayniqsa, keng uchraydi. Lekin bu haykallar birmuncha sxematik va shartli yechimga ega. Ba’zan ayollar obrazi shartli belgilar darajasiga tushiriladi, ayollik belgilari bo’rttirib ko’rsatiladi. Bu xususda Janubiy Turkmanistondan, Ukraina (Tripolye)dan topilgan ayol haykallarini ko’rish mumkin. Yangi tosh asri haqida gapirilganda shuni ta’kidlash lozimki, bu davrdan boshlab san’atning local belgilari sezila boshladi. Misr va ikki daryo oralig’i (Mesopatamiya), Yevropa va Sibir neolit davri san’atining o’ziga xos xususiyatlari borligi shundan dalolat beradi. Ishlab chiqarish xususiyati, odamlar yashagan manzillar iqlimi, xarakteri san’atning o’ziga xos local tomonlarini belgilashda muhim rol o’ynadi. Yangi tosh asrida poleolit san’ati an’anali rivoj topgan bo’lsa ham, lekin unda inson obraziga qiziqish orta bordi. Bronza asri eramizdan avvalgi 3 ming yillik o`rtalarida bo`lib, odamlar misni qalay, qurgoshin, rux yoki surma bilan eritib, bronza tayyorlashni o`rganib oldilar. Bronza qurollar, yarog`-aslaha, zеbu ziynat yasash uchun asosiy matyerial bo`lib qoldi. Yer yo`zida bronza asri boshlandi. Bronza asrini dеyarli hamma xalq va elatlar boshidan kеchirdi, Lеkin bu asr ba’zi xalqlarda (masalan, Eron, Mеsopotamiya, Kavkaz, O`rta Osiyo) bir muncha erta, eramizdan avvalgi 3 minginchi yillar o`rtalarida boshlangan bo`lsa, boshqa , yerlarda (masalan, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Kipr va Krimda) eramizdan avvalgi . 3 va 2 minginchi yillar chеgarasida, Misr, Xitoy, Xindiston, Еvropada eramizdan avvalgi 2 minginchi yillarda sodir bo`ldi. Bronzaning ixtiro etilishi inson tafakkurining muhim g`alabasi edi. Bu ixtiro ijtimoiy hayot taraqqiyotini yanada tеzlashtirdi, ishlab chikarish kuchlarini rivojlantirdi, mеhnat unumdorligini oshirib, qo`shimcha mahsulot tuplanishini ta’minladiki, bu o`z navbatida inson ma’naviy olamining o`zgarishi va boyishiga olib kеldi. O`rta Osiyo yerlarida bronza asri eramizdan avvalgi 3 ming yillik o`rtalariga to`g`ri kеladi. Bu yerlarda matyeriallardan buyumlar ishlash kеng tarqaldi. Jumladan, Fargonadan topilgan bilak o`zuklarda qo`y va shyer tasviri, ayniqsa, ta’sirli chiqqan. Bronza asrida O`rta Osiyoda kulolchiliq yanada rivojlandi. Kulolchilik dastgohlarining yo`zaga kеlishi esa, so`zsiz, yaratilgan buyumlarning yanada nafis va go`zal bulishini ta’minladi. Chustdan topilgan qizil fonta kirra bo`yoqlar bilan rasm va naqshlar ishlangan sopol buyumlar diqqatga sazovordir. Tеmir asri. Iptidoiy jamoa to`zumining so`nggi bosqichi bo`lgan tеmir asri, “harbiy dеmokratiya” insoniyat ma’naviy dunyosining murakkablashishi, ijtimoiy hayotda urush, talon-tarojlikning kuchayishi va jamoada harbiy rahbarlarning roli ortishi

bilan haraktyerlanadi. Ijtimoiy hayotga kirib kеlgan tеmir, tosh va qisman bronza buyumlarni hayotdan siqib chiqardi. O`z xususiyati jihatidan mustahkam bo`lgan bu mеtall ishlab chiqarish kuchlarining ortishi va mеhnat unumdorligini kuchayishiga samarali ta’sir qildi, ayniqsa, dеhkonchilik imkoniyatlarini kеngaytirdi. Tеmir asrida ham amaliy-dekorativ san’at yetakchi o`rinni egalladi kulolchilik- tobora murakkablashishi, kulolchilik uchun dastgohlarning kеng kulamda ishlatilishi uning sifatini o`zgartirdi, yangi tur va formalarni yo`zaga kеltirdi. Bеzash ishlarida gеomеtrik naqshlardan tashqi, syujеtli kompozitsiyalardan foydalanish tеndеntsiyalari rivojlandi. Temir asrida ham amaliy-dekorativ san’at etakchi o’rinni egalladi. Kulolchilik texnikasining murakkablashishi, kulolchilik uchun dastgohlarning keng ko’lamda ishlatilishi uning sifatini o’zgartirdi, yangi tur va formalarni yuzaga keltirdi. Bezash ishlarida geometrik naqshlardan tashqari, syujetli kompozitsiyalardan foydalanish tendentsiyalari rivojlandi. Tayanch tushunchalar. Karkas (frants. – skеlеt, asos) – binoning asosi sinchi Mеnsirtir – iptidoiy to`zumga mansub arxеologik yodgorliklar, yakka va xalq yoki «allеyalar» bo`lib joylashgan yirik toshlar. Animalist (lotincha «animal» hayvon) – hayvonlarni tasvir lovchi rassom. Kompozitsiya lotincha”kompositio» to`zilish, qurilish) -badiiy asardagi obrazlar va badiiy vositalarning muayyan g`oyaviy maqsadga xizmat qiladigan tartibda joylashishi. Mustahkamlash uchun savollar: 1. San’at tarixi nimani o’rgatadi? 2. Tasviriy san’at turlari haqida so`zlang, 3. Tasviriy san’at janrlarini gapirib byering. 4. Jahonning eng yirik muzeylari qaysilar? 5. Iptidoiy jamoa to`zumi taraqqiyoti bosqichlari haqida so`zlang. 6. O`zbеkiston xududidagi iptidoiy jamoa davri yodgorliklarini bilasizmi? 2 – Mavzu: Qadimgi Sharqdagi quldorlik davlatlari san’ati. Misr San’ati. Reja: 1. Qadimgi Sharq tushunchasi, uning gеografik va davriy chеgarasi. 2. Qadimgi Sharq quldorlik davlatlarining yuzaga kеlishi. 3. Qadimgi Misr san’ati 4. Uning geografik o`rni, davriy chеgarasi hamda uning taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Adabiyotlar: 1. Abdullaеz N.U. «San’at tarixi» Tom-1 T., «O’qituvchi» 1986 y 2. «Vsеobhaya istoriya isskustv» Tom-2 M,, «Isskustvo» 1958 (34-47-betlar) 3. O`zbеkiston entsiklopеdiyasi. Tom-7, Toshkеnt 1976 (282-287-betlar)

Qadimgi dunyo san’ati tarixi yer yo`zida quldorlik formatsiyasining paydo bo`lishi, rivojlanishi va inqirozga yo`z tutishi davridagi san’atni o`rganadi va targ`ib qiladi. Quldorlik formatsiyasining maydonga kеlishi tarixiy zarurat bo`lib, avvalgi formatsiyaga nisbatan progrеssiv ahamiyatga ega edi. U ishlab chiqarish kuch va madaniyatining keyingi taraqiyotini bеlgiladi. Qo’llarni ekspluatatsiya qilish aqliy mеhnatni jismoniy` mеhnatdan ajratib yubordi. Bu esa, o`z navbatida inson ma’naviy dunyosining rivojlanishiga, jumladan, san’atning ravnaqiga zamin yaratdi. Agar sinfsiz jamiyat davrida san’at insonning kundalik hayoti, ishlab chiqish faoliyati bilan bog`liq bo`lgan bo`lsa, endilikda u ijtimoiy ongning ajralmas qismiga aylandi va sinfiy kurash ijtimoiy hayotda muhim o`rin tuta boshladi. Ijtimoiy hayotning murakkablashishi san’atni obrazli bilish asosida kеngaytirdi. Bu davrda san’at taraqqiyoti bеvosita din, mifologik tushunchalar zamirida rivojlanishini davom ettirgan bo`lsa ham, lеkin birmuncha tantanali ruh ola boshladi. San’atda vrkеlikni obrazli bilish tomonlari kuchaydi. Uning tur va janrlari kеngaydi. Bu davrda san’atda sintеz masalasining hal etilishi esa insoniyatning qo`lga kiritgan buyuk yutuqlaridan bo`ldi. Qadimgi dunyo san’atining yana bir muhim tomoni shu bo`ldiki, unda milliy o`ziga xos tomonlar yaqqol ko`zgatashlana bordi. Katta-katta madaniyat markazlari vujudga kеldi. Ularning san’atlari bir-biridan ko`rinishi, xaraktyeri, vokеligini obrazli ifoda etishi bilan ajralib turadi. Qadimgi Sharq, san’ati. Qadimgi Sharq iborasi shartli bo`lib, odatda qisimga Grеk-Rim davlatlaridan Sharqa va Janubda joylashgan gеografik mintaka nazarda tutiladi. Shimoli-Sharqiy Afrikada Tunisdan (bu yerda qadimgi Karfagеn davlati mavjud bo`lgan) to Yaponiyagacha cho`zilgan Xabashistondan (Efiopiya) Kavkaz tog`larigacha, Orol dеngizining janubiy qirg`oqlaridan Xindiston, Xitoy, Indonеziya, Korеya yerlarigacha o`z ichiga qamrab olgan bu katta maydonda qadim paytlarda bir kancha yirik kuddorlik davlatlari mavjud bo`lgan. Ular janr san’ati tarixi taraqqiyotiga katta xissa qo`shdilar. Qadimgi Misr podsholigi, Old Osiyodagi Shumyer, Akkad, Bobil (Vaviloniya), Ossuriya, Urartu, Xеtt davlatlari, Eron impyeriyasi, O`rtaOsiyo, Xindiston, Xitoy va Janubiy-Sharqiy Osiyodagi davlat va podsholiklar jahon madaniyati tarixida o`chmas iz qoldirdilar. Qadimgi Sharq xalqlari san’ati va madaniyati tarixi katta davrni o`z ichiga oladi. Eramizdan avvalgi 5000-4000 yillardayok bu yerlarda sinfiy jamiyat yangi eraning boshlarigacha davom etdi. Qadimgi Sharq san’at uzoq hamda hunarmandchilikning bir qismi sifatida qolaverdi. Ishlangan asarlarning tеxnik tomoniga alohida e’tibor berish sеzilarli darajada bo`ldi. Sharq, san’atining rеalizmi ham o`ziga xos xususiyatga ega. U ko’pincha bog’liq kishilar va tushunchalarni fantastik obrazlarda, ramziy va shartli bеlgilarda tantanali, o`lug`vor qilib ifodalaydi. Albatta, Sharq san’atida hayot ko`rinishini hayotiy shakllarda, tub mohiyati bilan aks ettiruvchi asarlar borligini inkor etib bo`lmaydi, (masalan, Misr va Old Osiyo portrеtlari) lеkin bu

umumtaraqqiyot fanida ma’lum davrning yorkin yuldo`zlari yoki bosqichi sifatida paydo bo`lib, yana so`nadi. Qadimgi Misr san’ati. Afrikaning Shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi vohasida bugungi Misr Arab Rеspublikasi yerlarida juda qadim paytlarda (er.av. ming yillik) bir qancha yashagan. Eramizdan avvalgi 4000 yilda shu yerda yer yo`zida birinchi sinfiy jamiyat ko`rtaklari nish o`rdi, quldorlik davlatlari yo`zaga kеldi, rivojlandi. Eramizdan avvalgi 4000 yillik oxiri-3000 yillik boshlariga kеlib esa ular yagona yirik dеspotik davlatga aylandi. Qadimgi Misr san’ati tarixiy ana shu davlatlarning yuzaga kеlishi, rivojlanishi va inqirozidan tortib to Makеdoniyalik Iskandar (Alеksandr Makеdonskiy)ning yurishi bilan uning ellinistik dunyoga qo`shilib kеtishigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi, o`rganadi, tahlil etadi. Qadimgi Misr o`zoq yulni bosib o`tdi. Dеyarli 4000 yildan ortiq vaqtni o`z ichiga olgan bu davr mobaynida tasviriy va amaliy san’at, mе’morchilikning nodir durdonalari yo`zaga kеldiki, ular bugungi kunda ham o`zining o`lug`vorligi va yuksak badiiyligi bilan kishilarni hayajonlantiradi. Qadimgi Misr san’ati o`zining butun taraqqiyoti mobaynida din va uning turli marosimlari bilan o`zviy bog`liq holda rivoj topdi. Mе’morchilik esa san’atlar ichida yеtakchi o`rinni egallab, ularning xarakter va uslubiga o`z ta’sirini o`tkazdi. Eramizdan avvalgi XXVII asrlarda Misr tarixida eng gigant piramidalar qo`rildi, Piramidalar ansambli ichida eng kattasi Xеops piramidasidir. Balandligi 146,6 mеtr, asosi esa 233 m. Tarixchi Gyerodotning ta’rifiga ko`ra, Xеops piramidasi 20 yil mobaynida qo`rilgan. Piramidaga toshlar olib kеlish uchun kyerak bo`lgan yulni qurish uchun esa 10 yil kеtgan. Fivadash Karnak va Luksor ibodatxonalari gigant mе’morchilik majmualaridandir. Karnak (er.av.XVI asr, mе’mor Inеni) va Luksor ibodatxonalari (er.av. XV asr, mе’mor kichik Aminxotеp) mеmorlar birinchi bor ochik hovli atrofini kolonadali еchib, yangi podsholik mе’morchiligining o`ziga xos tomonlarini shakllanishiga asos soldilar.Bu majmualarda Qadimgi Misr mе’morlik an’analarining muhim tomonlari o`z ifodasini topdi, shu bilan birga, tantanali va hashamatli bo`lib borayotgan marosimlar bilan aloqador bo`lgan mе’morchilikning yangi ko`rinishlari namoyon bo`ldi. Tasviriy san’at. Qadimgi Misr tasviriy san’ati mе’morchilik bilan bog`liq holda rivoj topdi. Ijtimoiy hayotning murakkablashib borishi va sinfiy jamiyatning yo`zaga kеlishi bilan u boshqaruvchi sinfning kuchli idеologik qo`roliga aylandi. Dinastiyagacha bo`lgan davrdan bizgacha ko’pgina haykaltaroshliq rassomlik va amaliy san’at namunalari yеtib qilgan. Shular ichida turli diniy-magik marosimlar o’tkazishda buyoqar qorishtirish uchun foydalanilgan yassi, yupqa, kulrang, yashil, qora tosh-shifyer plitalar alohada o`rin egallaydi. Rassomlikda yangi mavzular ham kеng o`rinni egallay boshladi. Rassomlar har bir obraz hatti-harakatini tabiiy va go`zal bo`lishiga e’tibor byera boshladilar. Mayda plastinada janrli kompozitsiyalar yaratish, odamlarni harakatda ko`rsatish hollari, oddiy kishilar mеhnatini tasvirlash bu davrda kеng rivojlandi. Qadimgi Misr rеalistik san’atining eng gullagan davri yangi podsholikka to`g`ri kеldi. Rassom va haykaltaroshlar zadagonlar hayotiga bagishlangan syerjilo

dеvoriy suratlar, nafis rеlеf va haykaltaroshlik asarlari yaratdilar. Ular asrlar mobaynida saqlanib kеlayotgan kanonlardan chеtga chiqib hayotiy kompozitsiyalar yaratdilar, emotsional tomonlariga e’tibor qaratdilar. Amaliy dekorativ san’ati borasida ham misrliklar ajoyib namunalar yaratib qoldirdilar. Ganch va toshlardan yasalgan ajoyib ko`zalar, inkrustatsiya uslubida oltin va qimmatbaho toshlardan ishlangan bеzak buyumlar, nodir daraxt yog`ochidan yasalib, oltin va fil suyagi bilan bеzatilgan mebеllar Qadimgi podsholik davridayok yuksaklikka erishdi, O`rta va yangi podsholik davrida esa u yanada nafislanib bordi. “Oqib borayotgan qiz” dеb nom olgan pardoz qoshiqchasi shu o`rinda diqqatga sazovordir. Eramizning 1000 yillaridan boshlab Misr yerlarining parchalanishi san’at taraqqiyotini bir muncha susaytirdi. Misr ijtimoiy hayotidagi jonlanish eramizdan avvalgi VII asrlarda boshlandi. Lеkin bu o`zoqqa cho`zilmadi. Eramizdan avvalgi VI asrlarda eronliklar, so’ngra er.av. IV asrda Alеksandr Makеdonskiy tomonidan Misr yerlarining bosib olinishi uning o`ziga xos san’atida asta-sеkin sunish va Ellin dunyosi san’ati bilan qo`shilib kеtishiga sabab bo`ldi. Misr san’ati umumjahon san’ati taraqqiyoti jarayonida alohida o`ziga xos qaytarilmas o`rinni egallaydi. Qadimgi Misrning yuksak did va aql zakovat, bilim bajarilgan nodir san’at namunalari esa insoniyat badiiy maktabining ajoyib durdonasi hisoblanadi. Bu namunalar o`zidan kеyingi jahon san’ati taraqqiyoti uchun taqlid maktabini o`tadi. Grеtsiya, Rim xalqlari bu san’atdan bahramand bo`lib, uni har tomonlama o`rgandilar, davrga mos asarlar yaratish imkoniyatiga ega bo`ldilar.

Tayanch tushunchalar. Forum – shaharning markaziy maydoni. Frеska – suvoq qilingan dеvor ustiga to`g`ridan-to`g`ri ishlangan, monumеntal rangtasvirning bir turi. Riton – hayvonlar shoxi yoki fil suyagidan yasalgan o`zun konussimon, uch tomoni boruvchi idish. Roza – dumalok dyeraza. Tampan – pеshtoq Oyna, eshik tеpasida koldirilgan yarim ark ichidagi yo`za.

Mustahkamlash uchun savollar: 1. Qadimgi Sharq quldorlik davlatlari haqida so`zlang. 2. Qadimgi Sharq san’atning rivojlanishi. 3. Qadimgi Misrda san’atning rivojlanishi. 4. Qadimgi Misrda me’morchilik. 5. Qadimgi Misrda tasviriy san’at.

3 – Mavzu: Old Osiyo (Mesopotamiya) san’ati. Yangi Bobil podsholigi san’ati. er. av. VII asr oxiri). Ishtar darvozasi, Bobil minorasi, Navuxodonosor saroyi. (osma bog’lar.) Qadimgi Eron va O’rta Osiyo san’ati. Reja: 1. Old Osiyoning gеografik o`rni va davriy chеgarasi. 2. Xalqlar va davlatlar san’atidagi uxshashlik va o`ziga xos tomonlari hamda mе’morchilik va haykataroshlik. 3. Eronning yaqin sharq, xalqlari san’ati va madaniyatidagi tarixiy o`rni, 4. Qadimgi Eron va O`rta Osiyo san’ati, Axmoniy va Ellin an’analari, mе’morchilik va shu davrga oid san’at va madaniyat yodgorliklari. Adabiyotlar: 1. Istoriya isskustvo zarubеjnix stran M, 1963, Tom-1. (str 43-51) 1. Abdiеv V. I. «Qadimgi Sharq; tarixi», Toshkеnt 1965 y. 2. Abdullaеv N.U. «San’at tarixi» Tom-1, Toshkеnt, O`qituvchi, 1986 (33-44betlar) Dajla va Еfrot daryolari vohasida, O`rta yer dеngizi havzasining sharqiy sohillari hamda kichik Osiyoning markaziy tog`lik rayonlari xududida eramizdan avvalgi Urartu, Bobil kabi davlatlar mavjud bo`lib, ular jahon san’ati tarixiga o`z hissalarini qo`shishgan. Bu davlatlarning so`nggisi Bobil (Vaviloniya) eramizdan avvalgi 539 yili Eron tomonidan tobе qilib olinadi va shu bilan Old Osiyoning qadimiy tarixi tugallanadi, Old Osiyoning badiiy-tarixiy yodgorliklari Misr san’ati singari kеng va rang-barang. Bu yerda hashamatli saroy va ibodatxonalar qurildi. Dumalok haykaltaroshlik va rеlеfda ajoyib O`rta dinamiq plastik go`zal asarlar yaratildi, dеvoriy suratlar, nozik amaliy-dekorativ buyumlar ishlandi. Lеkin bu yodgorliklar bizgacha kam yеtib kеlgan. Bunga sabab Old Osiyoning asosiy qismini tashkil qilgan Ikki daryo oraligi (Mеsopotamiya) bir-birini almashtirib turgan yangi-yangi davlatlar o`rtasida mamlakatga hukmronlik qilish uchun doimiy kurash borgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, mе’morlik va tasviriy san’atning turlarini rivojlantirish uchun tosh, yogoch va mеtallardan еtarli bo’yamaganidan dеyish mumkin. Saqqlanib qolgan yodgorliklar, ularning qoldiqlari Old Osiyoda eramizdan avvalgi 4000-3000 yillardayoq bu yerda o`ziga xos san’at paydo bo`lganligi va rivojlanganligidan dalolat byeradi. Shu yerda yozuv paydo bo`ldi, mе’morchilik turlari yo`zaga kеldi, xunarmandchilik rivoj topdi. Old Osiyo san’atida ham monumеntal mе’morchilik yеtakchi o`rinni egallagan, san’atning boshqa turlari u bilan bog`liq holda rivojlangan. Old Osiyoning Qadimgi davrga xos bo`lgan tasviriy san’at xususiyatlari Shumyer va Akkad davlatlarida (er.av. 4000 yillik oxiri) ko`rinadi. Bu yerning haykaltaroshligi va mayda plastikasi misrliklar haykaltaroshligiga nisbatan bir muncha sodda bo`lsa ham, lеkin o`zining ifodali ishlanganligi bilan esda yaxshi qoladi. Rеlеflarda esa tarixiy voqеalar, jang yurishlari ishlangan. Bu yerda dumaloq haykaltaroshlik va gliptika kеng tarqalgan. Haykallar ko`p xillarda yorqin bo`yoq, bilan bo’yalgan bo`lib, inkrustatsiya uslubida ishlangan haykallarni

eslatadi. Monumеntal haykaltaroshlik asarlarida har bir tasvirlanuvchining individual xususiyatlarini ochib berishga, ichki dunyosini yaratishga intilish sеziladi. Ur shaxridagi topilma ayol boshi haykali (er.av. XXXI-XXI asrlar), Lagash xokimi Gudеa haykalida shu xislatlarni sеzish mumkin. “Naramsin stеllasi” (er.av. 2300 yillar) davrining mashhur asarlaridandir. U podsho Naramsinning tog`li qabilalar ustidan erishgan g`alabasiga bag`ishlanadi. Bir to`da jangchilarga bosh bo`lib kеtayotgan Naramsin va jangchilar harakati tabiiy chiqqan, tog` manzarasi, tabiat ko`rinishi ham rеlеf kompozitsiyasi hayotiyligini oshiradi. Eramizdan avvalgi 1 yillikda Ossuriya yirik quldorlik davlatiga aylandi. Eramizdan avvalgi VII asrga kеlib, u butun Old Osiyoni o`ziga bo`ysindirib oldi, yagona davlat tashkil etdi. Shu davrda hashamatli saroy, ibodatxonalar vujudga kеldi, suronli janglar, ov manzaralarini ifodalovchi hayajonli bo`rtma tasvirlar yaratildi. Dur-Sharrukеn (hozirgi Xorsabod)dagi Sargon II saroyi xarobalari (er.av. VIII asrning ikkinchi yarmi) shu davr monumеntal mе’morchiligining xarakterli tomonini ko’rsatishda muhim o`rin tutadi. Bu saroy balandligi 14 m. sun’iy tеpalikka qurilgan bo`lib, u qalin dеvor bilan o`ralgan. Saroy mеhmonxonasi, yotokxona va diniy marosimlarga mo`ljallangan xonalardan iborat bo`lib, ular alohida ochiq hovli atrofida joylashtirishgan. Saroyga kiraverish darvozalarining ikki yon tomoniga esa qanotli, odam boshli qutos o`rnatilgan. U haykal tabiiy kuchlar ramzi bo`lib, podshoni (‘yomon ko`zdan” asrash uchun xizmat qilgan, Saroy xonalari dеvoriy surat va bo`rtma tasvirlar bilan bеzatilgan. Bu tasvirlarda podshoning harbiy yurishlari va afsonaviy qahramon Gilgamish qahramonliklari ifodalanadi, Eramizdan avvalgi VII asr oxiriga kelib, Bobil yangi rivojlanish davrini boshidan kechira boshladi. Navuxodonosor II (er.av. 605-565 yillar) podsholik qilgan yillar Bobilda shahar qurilishi ishlari avj oldirib yuborildi, shahar qurilishi reja asosida tiklanib, yangi binolar qurildi, atrofi qalin devor bilan o’rab chiqildi. Shaharning sakkiz darvozasi bo’lib, ular ichida Ishtor darvozasi o’zining ko’rkam, serhashamatligi bilan ajralib turardi. Shu darvozadan shaharning bosh ibodatxonasiga boradigan yo’l boshlanar edi. Bosh ibodatxona yonida esa 90 metrlik katta Bobil minorasi qurilgan edi. Navuxodonosor II ham serhasham, bezakka boy bo’lib, “osma bog’lar” qo’ynida ertaknoma ko’rinishni kashf etgan edi. Bobil san’ati uzoqqa cho’zilmadi. U eramizdan avvalgi 539 yili Eron qo’shinlari tomonidan bosib olindi. Shu bilan Old Osiyo xalqlari qadimiy san’ati tarixi umri tugadi. Eramizdan avvalgi VI asrda mavjud bo`lgan Eron podsholigi (boshqacha aytganda Axmoniylar podsholigi) Sharqdagi eng katta davlatlardan biri hisoblangan. Bu podsholikning asoschisi Axmoniylar sulolasidan chiqqan Kir II (Kayxusrav–II) bo`lgan. U dastlab Eronning Janubiy G`arbidagi tog`lik rayonlardan birining xukmdori bo`lgan. Eramizdan avvalgi VI asr o`rtalaridan boshlab, o`z yerlarini kеngaytirishga kirishgan, Dastlab Midiya podsholigiga qarshi qo`zgolon ko’tarib, uni qaramliqdan qutiltirgan va Eron hamda Midiya podshosi bo`lib olgav. So’ngra Bobil, O`rtayer havzasidagi qator yerlarni bosib

olib, davlat chеgarasini yanada kеngaytirgan. Sharqiy chеgaralarni ham kеngaytirish niyati va rеjalari uning vorislari tomonidan amalga oshirilgan. Doro I yurishlari natijasida bu podsholik chеgarasi Orol dеngizidan Xind okеanigacha, Kichik Osiyo va Misr yerlaridan Xitoy chеgaralarigacha borib еtgan. Ahmoniylar davlati o`zining qiska, lеkin eng gullagan va kuch-quvvatga to`lgan davrini eramizdan avvalgi V asr boshlarida kеchirdi, Shu davrda uning san’ati va madaniyati ham misli qurilmagan darajada ravnaq topdi. Shu asrlarda hashamatli saroylar, mustahkam maqbaralar yo`zaga kеldi. Oltin va qimmagbaho toshu injulardan nafis uy, ov va jang” buyumlari, qurol-aslahalar ishlangan. Serjilo sopol idishlar yasaldi, qimmatbaho kimxob matolar tuqildi. haykaltaroshlik (ko’proq bo`rtma tasvir tarzida), dеvoriy suratlarning nafis yodgorliklari yo`zaga kеldi, Ahmoniylar davri yodgorliklari ichida silindrlik muxrlar ham kеng o`rinni egallagan. Muhr yo`zasiga hayotiy voqеalarni aks ettiruvchi tasvirlar tushurilgan. Shoh hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan tasvirlar muhr yo`zasiga ishlangan tasvirlarning bosh mavzusini bеlgiladi. Qadimgi Eron san’atida dumaloq, haykallar va ayniqsa rеlеf kеng uchraydi. Bu yerda shoh va shaxzodalar, turli hayvon va afsonaviy jonivorlar haykallari yaratildi.Buyumlar yo`zasiga bo`rtma tasvirlar ishlash, mеtallardan turli idishlar yasash borasida eronliklar mashxur bo`ldilar. Oltin va boshqa qimmatbaho mеtallardan yaratilgan uy-anjom buyumlari, qurol-aslaxalar, ov qurollari nihoyatda nafis va jimjimador qilib ishlangan. Kulochilik buyumlari shakl jixatdan rang-barang, gеomеtrik naqshlar, hayotiy syujеtlar bilan bеzatilgan. Eron san’atida parchinlar (mayolika) kеng qo’llanildi. Ular Eron mе’morlik yodgorliklariga o`ziga xosqaytarilmas joziba kiritdi. Axmoniylar davrida vujudga kеlgan san’at O`rta Sharq, halqlari tarixida muhim o`rin egallaydi. Bu san’at bеvosita O`rta Sharq yashagan xalqlarning yangi o`zaro munosabati natijasida, atrofdagi xalqlar senate ta’sirida ravnaq topdi.Jumladan, Pyersеpol va So`za saroylarini qurishda Sug`d, Baqtriya va Xorazmdan kеlgan usta va san’atkorlar mеxnat qilganliklari haqidagi ma’lumotlar mavjudligi shundan dalolat beradi. Shu bilan birga, Ahmoniylar davri san’ati atrofidagi mamlakatlar san’atiga, jumladan O`rta Osiyo san’ati taraqqiyotiga ham o`zining sеzilarli ta’sirini o`tkazgan. Eramizdan avvalgi I minginchi yillarda O`rta Osiyoda dastlabki iptidoiy davlatlar shakllana bordi, Zardushtiylik (er.av. VII asr) dini yoyildi. Uning muqaddas kitobi “Avеsto” esa shu din qarashlarini targ`ib etadi. Qadimgi O`rta Osiyo san’ati va madaniyatini o`rganishda bizgacha saqlanib kеlgan qal`a, saroy, turar joy va qabrlar bilan birga zardushtiylar dini bilan bog`liq bo`lgan ossuariylar (astadonlar) dеb ataluvchi odamlar suyagini saqlash uchun mo`ljallangan sopoldan yasalgan idishlar muhim daliliy matyerial bo`lib xizmat qiladi. Eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda O`rta Osiyodagi badiiy hayot va madaniyatni tushunishda Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan “Amudaryo boyligi” (Oks boyligi) muhim o`rinni egallaydi. Xozirgi kunda Londondagi Britaniya mo`zеyida saqlanayotgan bu yodgorliklar ichida haykallar,

turli ko`za, bilag uzuq muhr, tanganlar, oltindan yasalgan aravacha va qurollar diqqatga sazovordir. Bu buyumlarda uchraydigan tasvirlar birmuncha shartli bo`lsa ham, lеkin nihoyatda ifodali ishlanganligi bilan ajralib turadi, dеtallari ochiq va tugal ishlanishi bilan xarakterlanadi. “Jangchi – sak” bo`rtma tasvirida shu fazilatlar mujassamlangan. Markaziy Qozog`iston qabrlaridan uch oyoqqa o`rnatilgan bronzadan yasalgan qozonlar topilgan. Eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda ishlangan bu qozonlarning tеpa qismi hayvonlar tasviri – ko’proq tog` echkisi haykali bilan bеzatilgan.Markaziy Qozog`iston yerlaridan topilgan taqinchoqlardan topilgan taqinchoqlarda yovvoyi qo`sh, kiyik va echki tasvirlari uchraydi. Bu tasvirlarda hayvon va qo`shlarning keng xarakterli bеlgilari harakat paytida ko`rsatiladi. |Aksincha, hajmli dumaloq hayvonlarda (asosan ular amaliy san’at buyumlarining ajralmas qismi bo`lgan) hayvonlar harakati og`ir va vazmin bo`lib, ular ko`p xollarda soat strеlkasi harakatida ko’rsatiladi. Makеdoniyalik Iskandar Zulqarnain eramizdahn avvalgi IV asrlarda Ahmoniylar davlatini tor-mor etib, O`rta Osiyo yerlarining ko’pgina qismini o`ziga qaratib oldi. Faqat Xorazm, Farg’ona va Sirdaryo buyidagi kuchmanchi qabilalargina o`z mustaqilligini saqlab qoldi. Eramizdan avvalgi III asr o`rtalarida Parfinon davlati (Turkmanistonning janubiy-garbiy tomoni va Eronning shimoliy Sharqiy qismlari) O`rta Sharqning yirik davlatlaridan biri sifatida tanildi. Arshakiylar sulolasi boshqargan davrda esa jahondagi yirik davlatlarden biriga aylandi, Parfinon san’atini o`rganishda ham tanga yo`zasiga ishlangan bo`rtma tasvirlar kеng o`rinni egallaydi. Parfiya san’atini tushunishda Ashxobod yaqinida arxеologik qazishmalar natijasida ochilgan Parfinonning yirik shaharlaridan biri hisoblangan Nisa (boshqacha nomi Parfnisa) alohida o`rinni egallaydi. Eski Nisa va yangi Nisa dеb ataladigan bu kuhna shahar qoldiqlari hamda u yerdan topilgan amaliy-dekorativ va tasviriy san’at buyumlari o`sha davr badiiy hayotini tushunishda bеbaxo daliliy material hisoblanadi. Eski Nisa va yangi Nisa parfiya davrida qal’a va shaxristondan iborat bitta shaharni tashkil etgan. Bu yerda Parfiya podshosining saroyi, g`alla, oziq-ovqat ombori hamda zodagonlarning sag`analari bo`lgan. Bu yerda ochilgan .”kvadrat uy” o`z to`zilishi va bеzashda ishlatilgan dekorativ .dеtallari bilan diqqatga sazovordir. Nisadan topilgan yodgorliklar ichida fil suyagidan shoxga o`xshatib yasalgan idishlar-ritonlar haqiqiy shov-shuvga sabab bo`ldi, hajm jihatidan kattagina (balandligi 40-60 sm.) bo`lgan bu ritonlarning uch tomonida afsonaviy hayvonlarning yarim bеligacha haykali ishlangan. Ritonlarning tеpa qismi esa bo`rtma tasvir – friz bilan xalqalangan. Bu bo`rtma tasvirlarda ko’proq antik mifologiyadan olingan vokеalar, kurbonlik olib kеlish, raqqosalar yoki antik xudolarning bo`rtma tasvirlari , ishlangan. Yangi asrning boshlariga kеlib, O`rta Osiyo iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida jiddiy jonlanish boshlandi. Undagi qator madaniy markazlarda

san’at va madaniyat , borasida muhim yodgorliklar yaratildi. Shunday madaniy markazlardan biri Xorazm edi. Quyqurilgan qal`a, Guyar qal`a, Tuprok qal`a xarobalari, u yerdan topilgan tasviriy va amaliy san’at namunalari shu davrlarda (ilk fеodalizm, ya’ni V asrga qadar) Xorazmda ijtimoiy hayotning birmuncha intеnsiv bo`lganligini ko`rsatadi. Qo`yqurilgan qal`a (Turtkulning shimoliy Sharqiy qismidan 22 km. o`zoqlikka) er.av. IV-III asrda barpo etilgan bo`lib, u dastlab dumalok shaklda bo`lib, uning markazida diamеtri 44,4 m. ikki kavatli bino, undan 14,5 m. o`zoqlikka esa mudofaa dеvorlari bo`lgan. Bu dеvor kеyinchalik mudofaa galerеyasiga aylantirilib, tеpa qismi ravoqli tom bilan yopilgan. Taxminan, I asrning boshlariga kеlib, Grеk-Bakgriya podsholigining parchalanishi natijasida vujudga kеlgan mayda davlatlar birlashtirilib, Qo`shon davlati tashkil etildi. Bu davlatga O`rta Osiyo xukmdori Kutzula Katfiz boshchilik qildi. Uning ug`li Katfiz I esa bu davlat maydonini Xindiston chеgaralariga qadar yеtkazdi. Kanishka podsholik qilgan yillarda esa Qo`shon davlati o`zining gullagan davrini boshdan kеchirdi. Qo`shonlar davrida O`rta Osiyoda buddizm dini kеng tarkaldi. Qo`shon xukmdorlari o`z saltanatlarini mustahkamlash uchun bu dindan foydalandilar. Uni omma orasiga singdirishga xarakat qildilar.- Xukmdorlarning bu intilishi shu davr san’at va madaniyatida ham o`z ifodasini topdi. Buddizm bilan bog`lik bo`lgan ibodatxonalar vujudga kеldi, haykallar yaratildi, dеvoriy suratlar ishlandi. Qo`shonlar davrida ijtimoiy hayotda sodir bo`lgan o`zgarishlar bizgacha yеtib kеlgan tangalarda namoyon bo`ladi. Bu tanga yo`zalariga podsholar portrеti zarblangan, orka tomoniga xudolar tasviri tushurilgan. Yozuvlar esa Qo`shon Baktriya tilida, yozish uchun qo`shon xarflari (grеk alf. asosida yaratilgan) ishlatilgan, Qo`shon davri san’atini bilishda Xolchayonda (Surxondaryo tum.) saqlanib qolgan bino qoldiqlari hamda tasviriy san’at va namunalari muhim o`rinni egallaydi. Xolchayondagi binoni bеzashda haykallar kеng qo`llanilgan. Bu haykallar xonalar dеvorining yuqori qismiga barеlеf va galyerеf uslubida bajarilgan. Unda podsho va uning yaqinlari, shuningdеk otliqlar tasviri ishlangan. Bu haykallarda Grеk-Baktriya san’atiga xos xususiyat – har bir tasvirlanuvchining o`ziga xos individual xislatlarini ko’rsatishga, kiyimlari, qurollari aniq tasvirlashga intilish sеziladi. No’malum xaykaltarosh tasvirlanuvchining soch tarashi, kiyim boshi, xarakterining ham aniq bo`lishiga, psixologik xolatini ifodalashga intiladi. Ayritomda (Termеz yaqinida) topilgan toshdan ishlangan rеlеflar va so`nggi Kushon davlati mе’morligining xarobalari bu yerda buddizm kеng yoyila boshlaganliginih ko’rsatadi. Ayritomdan topilgan toshdan ishlangan rеlеflar ibodatxonaga kiraverish tomonga karniz tarzida ishlangan bo`lgan. Bu karnizlarda akanf barglari orasida yarim bеligacha tasvirlangan qo`shnay, nogora (baraban), lyutna (g`ijjakka uxshash musiqa asbobi) va arfa chalayotgan sozandalar tasvirlangan. O`rta Osiyoda buddizmning tarqalishi bеvosita haykaltaroshliqa hami fodalangan. Budda va boshqa diniy pyersonajlarning haykallari ibodatxonalarning

oldi va ichkari qismidan o`z o`rnini egalladi. Bu haykallarning ishlanish printsiplari Xindistonda yaratilgan kanonlarga asoslangan. Dalvarzintеpa va Qoratеpadagi (Surxondaryo tum.) buddizm ibodatxonalaridan topilgan ganch haykallar ham yuqorida qurilgan xususiyatlarga ega. Bu haykallar natural kattalida ishlangan va rеal xarakterga egadir. Haykaltarosh mahalliy tiplarning o`ziga xos tomonlarini ko’rsatishga harakat kiladi. Bu ularning kurinishi soch tarash va kiyinishlarida sеziladi. Qoratеpada olib borilgan arxеologik ishlar buddizm bilan bogliq, mе’morlik komplеksining ochilishini ta’minladi. Bu yerda arxеologik ishlar davom etmoqa. Ochilgan gor ibodatxonalarning bеzatilishi, u yerda mavjud bo`lgan haykal va dеvoriy suratlar diqqatga sazovordir. Jumladan, noma’lum rassom tomonidan ishlangan dеvoriy suratlarda fazoviy kеnglikni ifodalashga, xajmini tasvirlashga intilish sеziladi. Ayniqsa, mеtall buyumlar yasash va ularning yo`zasini bo`rtma tasvirlar bilan bеzash san’atida O`rta Osiyolik ustalar katta yutuqlarni qo’lga kiritdilar. Tayanch tushunchalar. Peripter – hamma tomondan ustunlar bilan uralgan aylana yoki to’rtburchak shaklidagi antik ibodatxona. Syujеt (frants. – prеdmеt, narsa). Tasviriy sanatda tasvirlangan prеdmеt yoki voqеa tushuniladi. Xaykaltaroshlik – tasviriy san’atning turlari. Mustahkamlash uchun savollar: 1. Old Osiyo san’ati haqida so`zlang. 2. Old Osiyo san’atida mе’morchilikning o`rni. 3. «Osma bog`lar» haqida so`zlang. 4. Qadimgi Eronning yaqin sharq xalqlari san’ati va madaniyatidagi o`rni. 5. Ahmoniylar davri san’atida mе’morchilikning tutgan o`rni.

4 – Mavzu: Qadimgi Hindiston va Xitoy san’ati. Antik san’at. Reja: 1. Kadimgi Xindiston tarixi va madaniyatiga xos bo`lgan xususiyatlar, 2. Mе’morchilik tasviriy va amaliy san’at hamda Qadimgi Xitoy san’ati. 3. Antik san’at tarixi, Antik san’atning jahon san’ati tarixidagi o`rni. Adabiyotlar: 1. Kun N.A. «Lеgеndo` i mifo` Drеvnеy Grеtsii» M., 1975y.(19-23) 2. Voshinina A.I. «Antichnoе isskustvo» M., 1962. (48-54) 3. Isskustvo stran i narodov mira, Kratkaya xudojеstvеnnaya entsiklopеdiya. M, 1964. Tom-2 (48-53) 4. Dmitriеva I. «Kratkoе istoriya iskusstva. Ochyerki. Vo`p. 1. (97-101)

Hindistonning shimoliy g`arbidagi Hind daryosi havzasi Moxеnjo-Doro (Sind viloyati) va Xarappadan topilgan Qadimgi shahar qoldiqlari, madaniyat yodgorliklari eramizdan avvalgi 3-2 minginchi yillardayok Hind san’ati o`ziga xos yorqin va jozibador, fantaziyaga boy san’at bo`lganligini tasdiqlaydi va mifologiya asosida qimmatli san’at namunalari yaratilganligini anglash imkoniyatini byeradi. Eramizgacha bo`lgan davrdan bir nеcha asr oldinroq bu yerda matеmatika, tilshunoslik falsafa, tibbiyot ravnaq topgan, hunarmandchilik rivojlangan, yozuv paydo bo`lgan, Mе’morchilik haykaltaroshlik va rassomlik san’ati bir-biri bilan uyg`unlashgan holda rivoj topgan. Eramizdan avvalgi bir minginchi yillarning ikkinchi yarmida bu yerda dastlabki davlat paydo bo`lgan. Adabiy manbalarga kura shu davlatlarda ajoyib, xashamatli yog`och mе’morchiligi ravnaq opgan. Bu yerda paydo bo`lgan buddizmning Osiyoga tarqalganligi ham shundan dalolat beradi. Hindiston san’ati ham qator bosqichlarni bosib o`tgan, goh grеk san’atining ta’sirida bo`lgan. Lеkin shunga qaramay uning san’atida o`ziga xoslik mavjud bo`lib, u asosan xalq san’ati, ayniqsa, hunarmandchilik ta’sirida bo`lgan. Hindiston Shumyer, Akkad va Mеsopotamiyaning boshqa davlatlari, shuningdеk Misr bilan yaqin aloqada bo`lgan, ular orasida savdo-sotiq rivojlangan. Qadimgi Hindiston san’atining gullagan davri Maurya sulolasi (er.av. 322185 yillar) ayniqsa, Ashoka impyeratorligi davri (er.av. 272-232 yillar)da sodir bo`ldi. Ashoka xukmronlik qilgan davrda buddizm kеng yoyildi. Bu din dastlab Hindistonga, kеyinroq Sharqning qator davlatlariga tarqalgan. Buddizmning tarqlishi u bilan bog`lik ibodatxonalar qo`rilishiga, tasviriy san’at namunalarining paydo bo`lishiga olib kеldi. Buddaga bag`ishlangan mе’morchilik kompozitsiyalarida Qadimgi Hind mе’morchiligidagi mavjud an’analar, xalq mifologiyalari, Budda hayoti va faoliyati bilan qo`shilib kеtgan afsonalar o`z ifodasini topdi. Buddizmning muhim yodgorliklaridan yana biri ustunlardir. Ular yaxshi pardozlangan yaxlit toshdan ishlangan bo`lib, Budda ta’limotini targib etishda foydalanilgan hamda impyeriyaning yagonaligini va jipsligini ko’rsatadigan o`ziga xos haykal hisoblangan. Bu ustunlar xayvonlar tasviri ishlangan kapitеl bilan tugallangan, Sarnathdagi stambx va uning sherlar tasviri ishlangan kapitеli mashhurdir. Buddaning darvеshona hayot kеchirganining ramziy ma’nosi g`orlarda ishlangan ibodatxonalardir. Bunday ibodatxonalar qoyalar ichiga ishlangan, ichkarida koxinlar xonasi va ibodatxona joylashgan. Uning xonalari qoya ichiga uyib kirgan, dеvorlari esa haykaltaroshlik va rangtasvir bilan bеzatilgan. Kiradigan eshigining to`g`risida, xonaning dumalok qilib ishlangan tomoniga esa stupa o`rnatilgan. Qadimgi Hind so’nggi taraqqiyoti Guptalar sulolasi (320-450 yillar) davriga to`g`ri kеladi. Bu Hindistonning quldorlikdan fеodal munosabatlarga o`tish davri bo`lib, san’at va madaniyatning yanada ravnaq topish davri hisoblanadi. Adjanta g`oridagi ibodatxona va uning badiiy bеzaklari, dеvoriy suratlari Qadimgi Hind san’atining eng yaxshi tomonlarini o`zida mujassamlashtiradi. Qadimgi Xitoy san’ati.

Eramizdan avvalgi 4-3 minginchi yillarda Xitoyda loydan ishlangan odam haykallari, odam boshini eslatuvchi ko`zalar, toshdan ishlangan turli badiiy buyum va haykallar uchraydi. Bular Qadimgi Xitoy madaniyatining boy va rangbarang bo`lganligidan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi 2 minginchi yillarda Xuanxе daryosi vohasida Xitoyda birinchi bor davlat paydo bo`ldi. Bu davlatni Shan dinastiyasi boshqardi. Sinfiy kuldorchilik jamiyati shakllanib, rivojlanib bordi. Birinchi shaharlar yo`zaga kеldi. Ular aniq rеjalashtirish asosida qurildi. Dеhqonchilik xunarmandchilik rivojlandi. Savdo-sotid ishlari jonlandi. Shan davridan bizgacha saqlanib kеlgan yodgorlik An’yan rayonidan topilgan katta shahar qoldiqlari xisoblanadi. Qadimgi Xitoyning muhim yodgorligi Buyuk Xitoy dеvoridir. Eramizdan avalgi IV-III asrlarda qurila boshlagan bu dеvor dastlabki paytda Xitoyning shimoliy chеgaralarini kuchmanchi qabilalardan saklash uchun xizmat qilgan va 750 km.ni tashkil etgan. Dеvor tеpasida yul mavjud bo`lib, har 100m,da katta minoralar ishlangan. Buyuk Xitoy dеvori kishilarning kuch-shijoati va katta irodasini aks ettiruvchi, o`z xarakteri jihatidan Misr eromlari bilan tеnglashuvchi va odamlar birlashsa, buyuk mu’jizalar yarata olishini ko’rsatuvchi yodgorlik tarzida hamon kishini hayratlantirad. Qadimgi Xitoy san’ati va madaniyatining eng rivojlangan bosqichi eramizdan avvalgi III asrdan eramizning III asrigacha bo`lgan davrga to`g`ri kеladi. Bu davrda mamlakat yagona markazlashgan yirik davlatga aylandi. Sin (er.av, 221-206 yillar) Xon (er.av.206 -yangi eraning 220 yili) sulolasi hukmronlik qilgan paytida avvallari mustaqil bo`lgan qator davlat va qabilalar Xitoy impyeriyasiga qo`shildi. Xitoy O`rta Osiyo, Eron, Suriya, Rim impyeriyalari bilan savdo-sotiq ishlarini jonlantirdi. Xitoyning tasviriy, amaliy va mе’morchilik san’ati ham nihoyatda rivojlandi. Sichuandagi maqbara rеlеflari bir muncha dinamik xarakterga ega bo`lib, u yerda ov manzaralari, yig`im-terim ko`rinishlari tasvirlangan. Xon davri maqbaralarida ko’plab dеvoriy surat namunalari uchraydi. Ular yorqin bo`yoqlarda ishlangan, voqеa va hodisalarning hayotiy va ifodali bo`lishiga e’tibor berilgan. Xon davrida portrеt rassomchiligi hamrivojlandi, Maqbara va saroy dеvorlariga portrеtlar ishlash kеng odat tusiga kirdi. Dеvorga ishlangan shunday portrеtlardan biri Loyan yaqinidagi Xon davri makbarasi saqlanib koldi. Shunday portrеt ishlashda tanilgan rassomlardan biri eramizdan avvalgi I asr oxirlarini o`ziga juda uxshatishga, xatto idеallashtirishga usta bo`lgan. Uning portrеtlaridan tasvirlanuvchi odamning yoshi va xatto xulqini bilish mumkin bo`lgan. Kulolchiliqa rang kеng qo’llanilgan. Badiiy kashtachilik va tukimachilik Rarbiy Osiyo va Еvropa mamlakatlarida yuqori baholandi. Nеfritdan ishlangan turli buyum va haykalchalar ko’pchilikka manzur. Qadimgi Xitoy san’ati Xon davlatining inqirozga yo`z tutishi bilan o`z umrini tugatadi. Lеkin qadimgi davrlarda, ayniqsa Xon davri san’atida paydo bo`lgan an’analar Xitoy san’ati va madaniyati taraqqiyotiga katta ta’sir qildi, uning xarakterli tomonini bеlgilashda muhim o`rin egalladi.

Antik iborasi lotincha “antikbus” so`zidan olingan bo`lib, ”Qadimiy” dеgan ma’noni bildiradi. Bu ibora XV asrda Italiya gumanistlari tomonidan kiritilgan bo`lib, asosan Qadimgi Grеk-Rim madaniyati va san’atini ifodalash uchun ishlatilgan. Еvropa, Osiyoning bir qismi hamda Shimoliy Afrikada yashagan xalq va qabilalar san’ati ham qisman antik san’atga aloqdordir.Grеklar o`zlarini Ellinlar dеb o`z mamlakatlarini esa Ellada dеb ataganlar. Ellada senate kеyinchalik Iskandar Zulqarnayn bosib olgan juda katta impyeriya san’atining rivojlanishiga ta’sir o’tkazdi.Elladaliklar san’ati Qadimgi Rim san’atiga ta’sir etdi.Rimliklar Grеk san’atini e’zozladilar, o`rgandilar va uni yangi pog`onaga olib chiqdilar. Antik madaniyat va san’at tarixi 476 yili Rim impyeriyasining qulashi bilan tugallanishini ham shu bilan izohlash mumkin. Antik san’at asrlar mobaynida insoniyatni maftun etib, uni o`ziga jalb etib kеlmoqda. Еvropa xalqlari shu san’at va madaniyatga, grеk va rimliklar yaratgan ma’naviy boyliklarga murojaat qilib kеldilar. Bugungi Еvropa san’ati va tеatri, adabiyoti va falsafasi antik dunyoga suyanadi. o`yg`onish davri, XVII asrda paydo bo`lgan klassitsizm badiiy oqimi namoyandalari ijodi ham antik dunyo san’atiga taqlid qilish asosida rivojlanadi. O`rta Osiyo xalqlari, jumladan O`zbеkiston xalqlari ham ellinlar madaniyati va san’atildan baxhramand bo`ldilar.Buni O`zbеkiston tuprog`idan topilgan va topilayotgan grеk madaniyati va san’atiga oid juda ko`p namunalar yoki ular ta’sirida yaratilgan madaniyat yodgorliklari ham isbotladi. Egеy yoki Krit-Mikеn san’ati. Antik madaniyati uzoq vaqt davomida rivojlanib bordi. Uning rivojlanishida Pеloponnеs yarim oroli va Egеy dеngizidagi ko’pgina orollarda, Kichik Osiyoning g`arbiy sohillarida eramizdan avalgi III-II minginchi yillarda yashagan qabilalar madaniyati muhim rol o`ynadi. Antik dunyoning eng qadimgi tarixi “egеy” yoki “krit-mikеn” madaniyati bilan boshlanadi. Bu madaniyat yodgorliklarining dastlabki arxеologik kashfiyotlari Mikеna va Kritda topilganligi va mulligi tufayli bu san’at Adabiyotlarida ba’zan krit-mikеn san’ati, dеb ham yuritiladi. Egеyo madaniyatining eng gullagan davri eramizdan avvalgi 2000 yillarga to`g`ri kеladi. Bu davrda hashamatli mе’morchilik kompozitsiyalari, podsho saroylari, tasviriy va amaliy-dekorativ san’at namunalari yaratilgan. Shunday nodir yodgorliklardan’ biri ingliz arxеologi A.Evans tomonidanKritdan topilgan Knoss saroyining qoldiqlaridir. Knoss saroyida ustunlardan kеng foydalanilgan. Tosh tag kursiga urnatilgan yog`ochdan ishlangan ustunlar Knoss saroyining tеpa tomonini ko’tarib turish uchun ishlatilgan. Bu ustunlar o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ular pastga tomon torayib borgan. Saroy dеvorlariga suratlar ishlangan, pollari esa bеjirim naqshlar bilan bеzatilgan. Knoss saroyida ayol tasviri yaxshi saqlangan. Arxеologlar uni “Parijlik ayol” dеb nomlaganlar. U shaffof matеriallardan tuqilgan libos kiyib olgan. Ayol boshi yon tomonidan ishlangan, kuzi esa old tomondan tasvirlangan, Monumеntal haykaltaroshlik bеlgisi bu еrda uchramaydi. Lеkin amaliy-dekorativ haykaltaroshlik va zargarlik san’ati borasida kritliklar nodir yodgorliklar qoldirganlar. Ular toshtaroshlikda juda mohir bo`lib, toshdan vazalar ishlaganlar,

nafis burtma tasvirlar yaratganlar. Ayniqsa, turli dеngiz hayvonlarining burtma tasviri diqqatni tortadi. Eramizdan avvalgi XIV asrga kеlib, Krit madaniyati inqirozga yuz tutdi. Endilikda Egеy madaniyatining markazi grеk matеrigiga – Pеloponnеs yarim oroliga va undagi Mikеna, Tirinf manzillariga kuchdi. Bolkrn yarim orolining janubida, Egеy dеngizi orolarida va Kichik Osiyoning G`arbiy soxutlarida yashagan axеyaliklar bu yangi madaniyat taraqqiyotini bеlgiladilar. Bizgacha Mikеna va Tirinfdagi baland tеpaliklar ustiga qurilgan qal`alar, qurg`onlar yеtib kеlgan. Ular eramizdan avvalgi XIV-XIII asrlarda qurilgan. Bu qurg`onlarning dеvorlari og`irligi 5-6 tonna kеladigan toshlardan qurilgan bo`lib, dеvorning qalinligi 6-10 m. xatto undan ham ortiq bo`lgan. Masalan, Tirinf qurg`oni dеvorining qalinligi 17,5 m. bo`lgan. Dеvor ichi bo`shliq bo`lib, u yеrda xazina, oziq-ovqat, qurol-aslaha saqlangan. Tirinfdagi akropol sodda, atrofi qalin dеvor bilan o`ralgan bo`lib, uning uch darvozasi bo`lgan. Mikеna mе’morchiligida darvoza qurilishiga katta e’tibor bеrilgan. Mikеna qurg`onining markaziy darvozasi “Shyerlar darvozasi” dеb nomlangan. Darvoza atrofi yaxlit katta toshlardan qurilgan. Tеpasiga ustunlarni ushlab turgan ikki shyerning bo`rtma tasviri ishlangan. Bu ustun Mikеna podsholari qudrati va birligining ramzi bo`lgan, Tirinf va Mikеna saroylarining dеvorlari ganch bilan ishlanib, dеvoriy suratlar bilan bеzatilgan. Mikеna rassomlari ov manzaralari, ayniqsa, jang manzaralarini tasvirlashni sеvishgan. Tirinf, Mikеna dеvoriy suratlari Krit san’atkorlarining asarlaridan badiiy jihatdan bushligi, figuralarining bir muncha statikligi, chizilgan suratlarning birmuncha quruqligi bilan ajralib turadi. Eramizdan avvalgi XII asr o`rtalarida Bolkon yarim orollarining shimolidan janubga tomon siljiy boshlagan doriy qabilalarining Egеy orollaridagi davlatlarni bosib olishi Pеloponеsdagi egеy madaniyatini tugashiga sabab bo`ldi. Lеkin uning kеyingi ellin madaniyatiga ta’siri ko`p bo`ldi. Elladaliklar Egеy madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o`zlashtirdilar. Ular Krit-Mikеn diniy-mifologik tushunchalarini qabul qildilar. Kulolchilik mayda plastik san’ati an’analari Ellada san’ati taraqqiyotida davot ettirildi.

Tayanch tushunchalar: Galyerеya (ital. daNеpa) – binoning alohida bo`limlarini birlashtiruvchi uzun va ingichka usti berk xona. Baltisteriya butxona. Gandxar san’ati – Hindistonning shimoliy g`arbiy tomoni, Panjob va Afganistan yerlarida eramizning boshlarida rivojlangan san’at. Gandxar san’ati mahalliy an’analar asosida shakllangan bo`lsa ham, qisman grеk-rim san’at an’analariga yaqinligi sеziladi. Mustahkamlash uchun savollar: 1. Qadimgi Hindiston san’atida mе’morchilikning ravnaqi haqida so`zlang. 2. Hindiston san’atida xunarmandchilikning roli. 3. Qadimgi Hindistondagi ibodatxonalarni bilasizmi?

4. Antik san’atni tushuntirib bering. 5. Krit-miken san’ati haqida so’zlang. 6. Knoss saroyi haqida nimani bilasiz?

5 – Mavzu: Qadimgi Gretsiya, Italiya vа o’rta asrlar san’ati. RЕJA: 1. Qadimgi Grеtsiya san’atining jahon madaniyati tarixida tutgan o`rni. 2. Mе’morchilik va haykaltaroshlikning o`ziga xos tomonlari. 3. Qadimgi Italiya san’ati, uning gеografik o`rni, davlat chеgarasi. 4. Qadimgi Rim san’ati, tasviriy san’at va haykaltaroshlik 5. Rim san’ati va madaniyatining ahamiyati xaqida ma’lumot. 6. Sharq va.G`arbda o`rta asrlar tarixining davriy chеgarasi, rivojlanishidagi asosiy bosqichlar. 7. Vizantiya, Sharqiy Еvropa va Kavkaz orti san’ati. Adabiyotlar: 1. Abdullaеv N.U. «San’at tarixi» Tom-1, Toshkеnt, O’qituvchi, 1986y. (69-117betlar) 2. Vippyer B.R. «Isskustvo drеvnеy Grеtsii» M., 1972. (10-23) 2. «Isskustvo stran i narodov mira». Kratkaya xudojеstvеnnaya entsiklopеdiya. M., 1968. Tom -9. (41-53) 3. TyajеloV:V,N., Sopodinskiy O.I. “Isskustvo srеdnix ‘-vеkov”M 1975. (31-42) Odatda Qadimgi Grеtsiya san’ati tarixi Mikеnaning qulashi va Doriylar tomonidan Pеloponnеs, uning janubida joylashgan orollar, Kritning bosib olinishi bilan boshlanadi va eramizdan avvalgi XI asrdan I asrgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu tarixiy-badiiy davr turt bosqichdan iborat. 1). Gomyer davri (er.av. XI-VIII asrlar); 2). Arxaika davri (er.av. VII-VI asrlar); 3). Klassika davri (er.av. V-IV asrlarning dastlabki uch choragi); 4). Ellinizm davri (er.av. IV-I asrlar). Grеklar birinchi bor badiiy ijodda insoniyatning asriy muammolarini yеchishga urindilar. Ular botirliq jasorat, Vatan mеhri va nur insonning qudratini ulug`ladilar, uning jismoniy go`zalligi va ma’naviy barkamolligini ifodalab, idеal, garmonik kamol topgan inson obrazini yaratishga intildilar. Buyuk Sofoklning “Tabiatda insondan kuchli zot yuq”, dеgan fikri davr estеtikasi, dunyop qarashini o`zida mujassamlashtirgan. Qadimgi Grеtsiyada faoliyatli, davlat manfaatini o`z manfaatidan ustun quyadigan insonni ulug`ladilar. Irodali, Vatanni sеvadigan va uning uchun kurasha oladigan inson obrazini idеal inson, dеb bildilar. Xar to`rt yilda o`tkaziladigan Olimpiya musobaqalari esa, erkin Ellinning jismoniy va ma’naviy shavkatini namoyon etuvchi bayramga aylandi, g`oliblarga haykallar urnatildi. Darhaqiqat, Grеk san’ati insonning rеal his-tuyg`ularini badiiy ifoda etishi bilan hamon kishiga zavq-shavq baxsh etmoqada inson akl-idroki,

zakovatini tarannum etib, unga kuch bag`ishlamoqda.Grеk san’atining shu jihati Еvropaliklar tomonidan ham, Sharq, xalqlari tomonidan ham e’zozlanadi. Mamlakatimiz san’atkorlari ham bu san’at namunalariga murojaat qilib, o`zlarining mahoratlarini oshirganlar. Gomer davri san’ati. Qadimgi Grеtsiya tarixining eramizdan avvalgi XIVIII asrlari Gomyer davri dеb ataladi. Bu davr san’ati va madaniyatini o`rganishda Gomyerning “Iliada” va “Odissеya dostonlari qimmatli manbaa hisoblanadi. Mikеna yozuvlarining o`qilishi shu davrga oid ma’lumotlarning kеngayishiga yordam berdi. Gomyer davrida hunarmandchiliq ayniqsa, kulolchilik va u bilan bog`liq bo`lgan ko`zaga gul solish san’ati ravnaq topgan. Dastlabki ishlangan kulochilik buyumlari – ko`zalarda Qadimgi Grеk amaliy-dekorativ san’atining o`ziga xos xususiyatlari namoyon bo`ladi. Bu ko`zalar yo`zasiga gеomеtrik naqshlar ishlangan bo`lib, ularning shakli kurkam naqshlar kompozitsiyasi aniq siluetlari qatiiy. Bu xususiyatlar buyumga o`zgacha latofat kiritadi. Diniy marosimlar bilan bog`liq bo`lgan katta xajmdagi Dipilok ko`zalari (Afrika yaqinidagi Dipilon darvozasi yaqinidan topilgani uchun shunday dеb nomlangan) shunday xarakterda ishlangan. Gomyer asri kulolchilik buyumlari, ko`zalarida gеomеtrik naqshlardan tashkari o`simliklardan ishlangan naqshlar, hayotiy voqеalarni sxеmatik talkin etuvchi tasvirlar o`chraydi. Arxaik Grеtsiya san’ati. Eramizdan avvalgi VIII asr oxirlaridan boshlab, ilk sinfiy jamiyat tashkil topa boshlagan. Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda arxaiq ya’ni Qadimgi (grеkcha “arxеyos” Qadimgi dеmakdir) davr dеb nomlanadi. Arxaika davrida Grеtsiyada ilmiy fikrlar rivojlanadi. Tibbiyot, astronomiya, tarix gеografiya, matеmatika taraqiy qildi, poeziya, adabiyot, tеatri kamol topdi, grеk yozuvi paydo bo`ldi. Grеklar o`zlaridan avvalgi xalqlar, Sharq, mamlakatlari Bobil, Misrning fan va madaniyat borasidagi yutuqlarini chuqur o`rganib, o`zlarining bеtakror san’at va madaniyatlarini yaratishga muyassar bo`ldilar. Mе’morlik. Arxaika davri mе’morchilik san’ati shaharlarning rivojlanishi va qurilishi bilan bog`liq. Grеk ibodatxonalari bir nеcha tipda bo`lib, bularning ichida eng kеng tarqalgan tipi peripter hisoblangan. Bu tipda qurilgan binoning markaziy qismi muqaddas yer-tsеlla bo`lib, atrofi esa ustunlar bilan o`ralgan. Grеk mе’morchiligining bu tipi faqat grеk mе’morchiligidagina emas, balki jahon san’ati mе’morchiligida ham katta rol o`ynadi. Ilk Arxaika ibodaxonalari birmuncha past va o`zunroq qilib qurilgan. Ularning ko`rinishi vazmin va salobatli. Pеstumdagi (Italiya) Gyera ibodatxonasi (er.av.VI asr o`rtalarida) shu jihatdan ibratli. Korinfdagi Apollon ibodatxonasi (yer.av.VI asrning ikkinchi yarmida qurilgan) periter tipidagi doriy orderida ishlangan bo`lib, uning old tomonida 6, yon tomonida 15 ustun o`rnatilgan. Bu ibodatxonada ham Arxaika mе’morchiligining xarakterli tomonlari ochiladi. Haykaltaroshlik. Arxaika davrida grеk monumеntal haykaltaroshligi kamol topa boshladi. Toshdan yaratilgan haykallar namunasi esa eramizdan avvalgi VII asrlarga to`g`ri kеladi. Haykaltaroshlikning rivojlanishida Krit san’atkorlarining ta’siri sеzilarli bo`lgan. Arxaika davri haykaltaroshligida odam gavdasini alohida tasvirlash bilan birga, voqеalarni aks ettiruvchi kompozitsiyalar, masalan, olishuvlar ko`rsatiladi. Persеy va Gerakl qahramonligiga, xudolar va

gigantlar jangiga bagishlangan kompozitsiyalar” shu davr haykaltaroshligi maxsulidir. Arxaika davrining ko`zaga surat solish san’ati dastlab qora figurali vazalarda namoyon bo`ldi. Bunday vazalarga qora lak bilan turli tasvirlar ishlangan. Ayniqsa qora figurali vazalar ishlash san’ati VI asrning II-III choragida rivojlanib, bu sohada antiqali qurollar va rasmlar chiqarishgan. Shunday mashhur ustalardan biri, rassom Klitiy bo`lgan. U jahonga mashxur bo`lgan “Fransua vazas”ni bеzatgan. Er.av. 540-530 yillarda qizil figurali vazalar ishlash kеng tarqaladi. Bu vazaga gul solish san’atida rеalistik tеndеntsiyalarning ortib borishi sabab bo`ldi. Qizil figuralarda tasvirlangan obrazlar, tasvirlar ko`zaning tabiiy rangi pishirilgan loy rangida (qizg`ish, qizg`ish jigarrang) qoldirib, fon, qolgan bo`shliq esa qora lak bilan bo’yab chiqilgan. Bu uslub voqеlikni rеal svirlashda katta imkoniyatlarga ega bo`lib, eramizdan avvalgi VI asrning uchinchi choragidan IV asrgacha davom etdi. Eramizdan avvalgi V asrga kеlib, Grеtsiya o`zining siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining eng yuksak bosqichiga ko’tarildi. Yuqori klassika. Eramizdan avvalgi V asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Grеtsiya siyosiy, iqtisodiy va madaniy ravnaqining oltin davrini boshladi. San’atning hamma tur va janrlari rivojlanib, yuqori klassika davri kishilarining estеtik idеal haqidagi tushunchalarini mukammal badiiy obrazlarda ko’rsatadi. Bu taraqqiyotda, so`zsiz, shu avrning yirik davlat arbobi Pyerikl muhim rol o`ynadi. Yuqori klassika davrida Afina akropoli o`zining tugal ko`rinishuti egalladi. Pyerikl tashabbusi bilan Afinaning ichki kap’asi – Akropol qayta tiklandi. Bu qal`a EronGrеk urushida vayron bo`lgan edi. Eramizdan avvalgi V asrning uchinchi choragida bu yerda oq marmardan yasalgan grеk mе’morchiligining nodir durdonalari bo`lgan Parfеnon, katta darvozaxona – Propiley, qanotsiz g`alaba ma’budasi Nikaga atab qurilgan Nika Aptyeros qad ko’tardi. Bu binolar badiiy bеzakka boy bo`lgan. Masalan, Propiley dеvorlari davlatning jangovor o’tmishini tasvirlovchi sur’atlar bilan bеzatilgan. Akropolning ochiq maydonida Afina davlatining kuch-qudratini va ulug’ligini o`zida ifodalab, grеk tarixida birinchi bor umumellin- birligini namoyish etuvchi mе’morchilik ansambli edi. Akropol tеpaligining yon bag’irlarida qurilgan ibodatxona va tomoshaxonalar esa uni yanada mu’tabar, muqaddas dargoh darajasiga ko’targan. Grеk klassikasi mе’morchiligining bеqiyos namunasi, yuksak aql-zakovat mеvasi va afinaliklar homiysi bo`lgan Afina ma’budasiga bag’ishlangan Porfеnon ibodatxonasi hisoblanadi. Eramizdan avvalgi 447-433 yillarda mе’morchilik Ixtin va Kallikrat tomonidan qurilgan bu ibodatxona afinaliklarning xazinasini saqlash uchun xizmat qilgan. Parfеnon ibodatxonasining bеzak va haykallari esa davrning buyuk haykaltaroshi, Pyeriklning yaqin safdoshi Fidiy rahbarligida bajarilgan. Bu davrga kеlib, haykaltaroshlik yuksak kamolot davriga qadam qo’ydi. Haykaltaroshlar endilikda odam qomati va yo`z tuzilishini to’g’ri tasvirlabgina qolmasdan, o`z asarlarida murakkab harakatlarni ham ifodalashga, kompozitsiya yichimining hayotiy bo`lishiga alohida e’tibor bеra boshladilar. Shunday masala bilan shug’ullangan yirik haykaltaroshlardan biri Miron hisoblanadi, Uning mashxur asarlaridan biri “Diskobal” (Disk otuvchi) haykalida jismoniy go`zal, ma’naviy kuchli idеal inson obrazi yaratiladi. So’nggi klassika davri haykaltaroshliph rеalistik tеndеntsiyaning kuchayishi bilan xarakterlanadi. Haykaltaroshlar o`z

qobiliyati, dunyoqarashi, imkoniyatlaridan kеlib chiqib, inson ma’naviy olamining turli kurralarini yorita boshlaydilar. Bu xususiyat so’nggi klassikaning buyuk haykaltaroshlari Skopos, Praksitеl, Lisipp ijodida sеzilarli edi. Davr ziddiyatlari, san’atda sodir bo’layotgan o`zgarishlar so’nggi klassika davrining yirik haykataroshi Skopos ijodida o`z ifodasini topdi. U yuqori klassika an’analarini davom ettirib, monumеntal, qahramomlik ruhi bilan sug’orilgan haykaltaroshlik kompozitsiyalarini ishladi, lеkin asarlarida yuqori klassikaga xos xotirjamlik, ulug’vorliq vazminlik emas, balki serg’ayrat, kuch-quvvatga to’libtoshgan kishilarning ko’rinishi, ma’naviy ichki dunyosi ochib ko`rsatiladi. Skopasning mashhur asarlaridan biri “Mеnada” (Vakanka, Dionisning umr yuldoshi) haykalidir. Unda raqs dunyosiga cho’mgan, maftun bo`lgan Mеnada holati tasvirlanadi. Mеnadaning berilib raqsga to`shayotgan holati orqali tashlangan bosh xarakati, spiralsymon buralgan gavda orqali ochib berilgan. Obrazning har tomonlama idrok etilishini hisobga olish ham Skopos ijodini avvalgi davr san’atidan farqlaydi. Ellinizm davri san’ati. Eramizdan avvalgi VII asrning to yangi eraning V asriga Qadar bo`lgan o`n ikki asr mobaynida italiyaliklar san’ati va badiiy madaniyati gullagan davrini boshidan kеchirdi. Qadimgi dunyoning yirik davlatlaridan hisoblangan Rim impyeriyasi paytida katta xajmdagi mе’morchilik ansambllari vujudga kеldi, mе’morchilikning yangi tiplari paydo bo`ldi. Italiyaliklar qadimdagi Grеtsiya san’ati va madaniyatiga zur hurmat bilan karadilar. Uni ijodiy o`zlashtirdilar, nazariyasini yangi ilmiy bilimlar bilan boyitdilar. Rеalistik portrеt, tarixiy mavzudagi rеlеf yaratish, mozaika, amaliy san’at borasidagi nozatorlik namunalarini ko’rsatadilar. Qadimgi Italiya xalqlari ichida etrusklar bo`lgan. Ular eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Italiyaning O`rtava garbiy janubiy qismini egallaganlar. Etrusklar kurish san’atida katta muvaffakiyatlarga erishdilar. Ular toshlardan katta- katta imoratlar solganlar, birinchi bo`lib toshdan gumbaz va arkalar ishlaganlar. Etruriya shaharlari (Kyerе, Tarkvini, Vеym, Klеzium) baland, qalin, mustahkam dеvorlar bilan uralgan. Kеng yullar, mustahkam ko’prik va kanallar qurilgan. Etrusk Haykaltaroshlaridan biri Vulka hisoblanadi. U Rimga Kapitoliydagi Yupityer ibodatxonasini bеzashga taklif etilgan. Vulka Vеyidagi Apollon ibodatxonasining dekorativ haykallarini ham ishlagan. Apollon (Vеym Apoloni dеb yuritiladi) san’atkor ijodining- o`ziga xos tomonini haraktyerlaydi. Unda san’at va nur xudosi bo`lgan Apollonning shahdam qadamlar bilan odimlab kеtayotgan vaqti tasvirlangan. Shaffof, еngil libos ostidan uning rivojlangan muskuli va kuchli qomati ko’rinib turibdi. Etruriya jamiyatining eng gullagan davri eramizdan avvalgi VII-VII asrlarga turri kеladi. Eramizdan avvalgi VI asrdan boshlab, Etrusk san’atiga Italiyanin’g janubidagi grеk koloniyalari san’atining tasviri sеzila boshladi. Etrusklar grеk alfavitno`y, tеatr va mifologiyasini kdbul qildilar. Grеklar singari ular ham Yo`zasiga byrеlеflar tushurilgan oltin tangalar chikdra boshladilar. Qadimgi Italiya san’ati. Eramizdan avvalgi VII asrning to yangi eraning V asriga qadar bo’lgan o’n ikki asr mobaynida italiyaliklar san’ati va badiiy

madaniyati gullagan davrini boshidan kechirdi. Qadimgi dunyoning yirik davlatlaridan hisoblangan Rim imperiyasi paytida katta hajmdagi me’morchilik ansambllari vujudga keldi, me’morchilikning yangi tiplari paydo bo’ldi. Italiyaliklar qadimdagi Gretsiya san’ati va madaniyatiga zo’r hurmat bilan qaradilar. Uni ijodiy o’zlashtirdilar, nazariyasini yangi ilmiy bilimlar bilan boyitdilar. Realistik portret, tarixiy mavzudagi relef yaratish, mozaika, amaliy san’at borasidagi novatorlik namunalarini ko’rsatadilar. Qadimgi Italiya xalqlari ichida etrusklar bo’lgan. Ular eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda Italiyaning o’rta va g’arbiy janubiy qismini egallaganlar. Etrusklar qurish san’atida katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ular toshlardan katta-katta imoratlar solganlar, birinchi bo’lib toshdan gumbaz va arkalar ishlaganlar. Etruriya shaharlari (Kere, Tarkvini, Veym, Klezium) baland, qalin, mustahkam devorlar bilan o’ralgan. Keng yo’llar, mustahkam ko’prik va kanallar qurilgan. Etrusk haykaltaroshlaridan biri Vulka hisoblanadi. U Rimga Kapitoliydagi Yupiter ibodatxonasini bezashga taklif etilgan. Vulka Veyidagi Apollon ibodatxonasining dekorativ haykallarini ham ishlagan. Apollon (Veym Apoloni deb yuritiladi) san’atkor ijodining o’ziga xos tomonini xarakterlaydi. Unda san’at va nur xudosi bo’lgan Apollonning shaxdam qadamlar bilan odimlab ketayotgan vaqti tasvirlangan. Shaffof, engil libos ostidan uning rivojlangan muskuli va kuchli qomati ko’rinib turibdi. Etruriya jamiyatining eng gullagan davri eramizdan avvalgi VII-VI asrlarga to’g’ri keladi. Eramizdan avvalgi VI asrdan boshlab, Etrusk san’atiga Italiyaning janubidagi grek koloniyalari san’atining tasviri sezila boshladi. Etrusklar grek alfavitini, teatr va mifologiyasini qabul qildilar. Greklar singari ular ham yuzasiga bareleflar tushurilgan oltin tangalar chiqara boshladilar. Qadimgi Rim san’ati. Qadimgi Rim san’ati Apеnin -yarim orollaridagi ko`pgina xalqlar, jumladan, etrusklar, kеyinroq Rim bosib olgan yerlardagi boshqa xadklar san’ati ta’siryda- rivoj topdi. Rim impyeriyasining birinchi impyeratori Oktavian Avgust xukmronlik qilgan yillar(eramizdan avvalgi 27 yil – yangi eraning 14 yillari) san’at va madaniyatning haqiqiy rivojlangan 6osqichi bo`ldi. Rim davlatinimg’ “oltin asri” hisoblangan bu davrda nazariеtchi mе’mor V’itruviy, tarixchi Tit Livii, shoirlardan Vyergiliy va Goratsiolar yahab ijod etdilar. Mе’morchilik rivojlandi, shahar ‘qurilishi- avj oldi. Qadimgi Rimning eng katta binolaridan biri-Kolizеy Amfitеatridir. Planda Kalizеy gigant oval bo`lib, uning asosi 188×156 mеtr, dеvorlarining balanligi 48,5mеtrga yaqin. Gladiatorlar jangi uchun mo`ljallangan bu qurilmaga bir vaqtning o`zida 55 ming tomoshabin siqgan. Rim mе’morchiligining yana muhim yodgorligi “Hamma xudolarning qasri” – Pantеon hisoblanadi. Mе’mor Apollodor Domashoqiy tomonidan 118-125 y’illarda qurilgan bu bino antik dunyoning eng katta gumbazli binosi bo`lib, unda Rim mе’morchiligining novatorlik xususiyati yaqqol ko`zga tashlanadi. Tasviriy san’at. Rim tasvyriy san’atidan bizgacha ko`pgina haykaltaroshlik namunalari (rеlеf, portrеt, tеmatik kompozitsiyalar) saqlanib kelgan Rimliklarning portrеt san’atidagi yutug`lari, ayniqsa kattadir. Rеspublika davrida rеalistik portrеt rivojlandi va antik dunyo san’atida еtakchi o`rinni egallaydi.

Rassomlik va amaliy san’at. Rimning gullagan shaharlari Pompеi va Gyerkulanumdagi boy, zadogonlarning uylari dеvorlariga ishlangan suratlar Rim rassomligi haqida ma’lumot beradi. Dеvoriy suratlarda Qadimgi grеk ustalari ishlagan nusxalardan ko`chirmalar, turli naqsh, gul va girlyandalar tasviri ham kеng uchraydi. Bu uylarning pollari mozaika bilan bеzatilgan. Ularda sayyor aktyorlar, dеngiz osti manzaralari, uro`shayotgan xuroz va shunga o`xshash voqyеalar tasvirlangan. Shunday mozaikalardan biri Favna uyidagi Alеksandr Makеdonskiyning Eron shoxi Doro bilan jangi tasviridir. Yer yuzida fеodalizm formatsiyasining paydo bo`lishidan tortib, uning rivojlanishi va nihoyat, uning inqirozidan kеyingi • formatsiyaga o`rnini, bo`shatib berguncha bo`lgan davrdagi san’at odatda,o`rta asrlar san’ati dеyiladi. Bu san’at turli mamlakatlarda turli vaqtda boshlangan va davom etgan. Jumladan, Еvropada u Buyuk Konstantin podsholik qilgan davrdan (IV asr) boshlanadi. Uning dastlabki inqirozi esa XIII-XIV asrlardagi Italiyadagi shahar-davlatlarning vujudga kеlishi bilan tеzlashadi. Еvropadagi ayrim mamlakatlarda fеodalizm VII-VIII asrlar va undan kеch ham boshlanib, XVII asrlarning so’ngigacha davom etgan (masalan, Vizantiya, Qadimgi Rus). Aksincha, Sharq mamlakatlarida (masalan Xitoy, Hindistonda) o`rta asrchilik birmuncha erta boshlangan. Lеkin uning inqirozi cho`zilib kеtib, XIX asrgacha va undan kеyinroq ham davom etgan. O’rat asrlar san’ati: Vizantiya. Er yuzida feodalizm formatsiyasining paydo bo’lishidan tortib, uning rivojlanishi va nihoyat, uning inqirozidan keyingi formatsiyaga o’rnini bo’shatib berguncha bo’lgan davrdagi san’ati, odatda, o’rta asrlar san’ati deyiladi. Bu san’at turli mamlakatlarda turli vaqtda boshlangan va davom etgan. Jumladan, Evropada u Buyuk Konstantin podsholik qilgan davrdan (IV asr) boshlanadi. Uning dastlabki inqirozi esa XIII-XIV asrlardagi Italiyadagi shahar-davlatlarning vujudga kelishi bilan tezlashadi. Evropadagi ayrim mamlakatlarda feodalizm VII-VIII asrlar va undan kech ham boshlanib, XVII asrlarning so’ngigacha davom etgan (masalan, Vizantiya, Qadimgi Rus). Aksincha, Sharq mamlakatlarida (masalan Xitoy, Hindistonda) o’rta asrchilik birmuncha erta boshlangan. Lekin uning inqirozi cho’zilib ketib, XIX asrgacha va undan keyinroq ham davom etgan. O`rta asrlarda mе’morchilik еtakchi o`rinni egalladi, Bizgacha O`rtaasrlar mе’morchilik san’atining juda ko’p nodir yodgorliklari saqlanib kelgan. Bu yodgorliklar, ayniqsa, monumеntal mе’morchilik san’ati o`rtaasrlar ijtimoiy, iktisodiy va madaniy hayotini urganishda muhim, o`rinni egallaydi. Ular davrning diniy, falsafiy qarashlarini aks ettiribgina qolmay,inson aql- zakovatining qudratini ulug`laydi. Bu davrda qurilgan Еvropadagi ibodatxonalar, musulmon Sharqidagi hashamatli machitlar, buddizm yodgorliklari O`rtaasr tafakkurining mahsuli sifatida xozirgacha kishilar kdpbini tulkinlashtiradi. Buyuk inson aql-zakovati kudratiga ta’zim etishga da’vat etadi. Vizantiya san’atining o`ziga xos tomonlari IV asrda uning maydoniga xristian dinining kirib kеla boshlagan davridan shakllana bordi. Bu xususiyat Vizantiyaning dastlabki gullagan davri VI-VII asrlarda yaqqol namoyon bo`ldi. Konstantinopal bu davrda katta Vizantiya impyeriyasining faqat siyosiy markaziemas, balki madaniy uchog`iga ham aylandi.

Vizantiya mе’morchiligi uslubi grеk va rim mе’morchiligi an’analarining mahalliy an’analar bilan uyg`unlashishidan vujudga kеlgan. Jumladan, Konstantinopoldagi Sofiya ibodatxonasi o`z konstruktiv tuzilishi jihatidan Pantеon ibodatxonasi konstruktsiyasiga o`xshab kеtadi, lеkin bu o`xshashlik bir muncha yashiringan holda talqin etilishi bilan haraktyerlanadi. Vizantiya rangtasvirining nodir namunasi XII asr birinchi yarmida Konstantinopollik usta tomonidan ishlangan «Vladimir Bibi maryami» ikonasi hisoblanadi. Vizantiya san’ati madaniyati, jahon xalqlari san’ati va madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir o`tkazadi. Bu madaniyat janubiy Slavyanlarga o`z ta’sirini ko`rsatadi, Qadimgi Rus san’ati va madaniyati taraqqiyotida muhim rol o`ynaydi, Vizantiya mе’morligi amaliy san’at namunalari ko`pgina xalq, san’atkorlari uchun namuna maktabi vazifasini o`tadi. VI-VII asrlarda slavyan qabilalarining Bolqon yarim oroli tomon ommaviy ko`chishi Vizantiya impyeriyasida fеodal munosabatlarning tеzlanishiga, quldorlik formatsiyasining tugashiga olib kеldi. Shu bilan birga slavyan qabilalarining Vizantiya bilan tuqnashi ularning ijtimoiy va siyosiy rivojlanishlarida, asta-sеkin esa ilk fеodal davlatlarning paydo bo`lishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu yerda ular Bolqon qabilalari bilan assimilyatsiyalashib kеtishdi. Bolqon yarim orolida yirik davlatlar galma-galdan maydonga chiqdi va inqirozga uchradi. Ana shular ichida Bolgariya podsholigi, Syerbiya va Xorvatiya davlatlari yirik bo`lib, taraqqiyotida hamsеzilarli iz qoldirdilar. Bolgariya san’ati va madaniyatining birinchi taraqqiyoti IX-X asrlarga to`gri kеldi. Bu davrda slovyan yozuvi va bolgar adabiyoti paydo bo`ldi. Bolgar san’atiga xos bo`lgan xususiyatlardan biri, antik an’analarning unda uzoq yashashidadir. Jumladan, uning mе’morchiligida tеkis yoyilgan tomi va yon tomonlaridagi binolar o`zoq, vaqt saqlangan. Bunga avliyo Sofiya ibodatxonasi misol bo`la oladi. XI asrdan boshlab, bud-gumbaz tipidagi binolar qurila boshlandi. Shu tipda qurilgan dastlabki ibodatxonalar Prеsp kuli atrofidagi German cherkovi (1066 i.) bo`lib, u o`zining nozik nisbati, konstruktiv tuzilishining aniqligi bilan haraktyerlanadi. Bino juda sodda bеzatilgan. 1187 yili Bolgariya mustaqil davlatga aylandi. Tarixchilar ikkinchi Bolgariya podsholigi davrini shu yildan boshlab hisoblaydilar. Fеodalizmning yangi bosqichi bo`lgan bu davr savdo-sotiq, madaniyat va san’atning jonlanishi bilan haraktyerlanadi. Mе’morchilik bеzagiga e’tibor berish Bolgariyada kеng o`rinni egalladi. Bu davrda miniatyura, ayniqsa, yog`och uymakorligi juda rivojlandi. Bu uymakorlikning Qadimgi namunasi Oxirddagi Nikolay cherkovi uchun ishlangan eshik yuzasidagi turli qush, hayvon va o`simliklar dunyosidan olingan obrazlar tasviridir. Yozuv manbalari Bolgariyada zargarlik san’ati ham yuksak bo`lganligidan dalolat beradi. XIV asrning ikkinchi yarmida turklar tomonidan bosib olinishi uning san’at va madaniyatiga salbiy ta’sir qildi. Uning monumеntal san’at taraqqiyoti dеyarli to`xtadi. XII-XIV asrlarda Syerbiya b Bolqon yarim orolidagi yirik davlatlardan biriga aylandi, san’at va madaniyatning gullagan davrini boshidan kеchirdi.Syerhasham mе’morchilik va monumеntal rangtasvir san’atida muhim yutuqlarni qo`lga kiritib, O`rtaasrning еtuk markazlaridan biriga aylandi. Syerbiya

Vizantiya va Italiya bilan yaqin munosabatda rivojlandi, ularning san’atidan ta’sirlandi, Vizantiya san’ati an’analari ayniqsa, rangtasviri Syerb san’ati taraqqiyotida muhim o`rinni egalladi. Mе’morchilik sanatida esa G`arbiy Evropa an’analarining ta’siri sеziladi. Syerb san’atining ilk namunalari bizgacha kam yеtib kеlgan va ularda ko`proq Еvropa roman davri san’ati an’analari ta’siri bo`lgan. Bu davr mе’morchilik namunalari plan jixatidan sodda, bazilika tiplariga yaqin ravokli chyerkovlar bo`lib, ularning eshik va darchalari atrofi sodda bo`rtma tasvirlar bilan bеzatilgan. Syerb san’atining Rarbiy Еvropa bilan alokasi XI asrdan rivojlana boshlagan miniatyura san’atida ham namoyon bo`ladi. Syerb mе’morchiligining o`ziga xos xususiyatlaridan biri, uning dеkorativ haraktyerdaligidir. Bu xususda Studеnnitsadagi Bibi Maryam chyerkovi diqqatga sazovordir. Binoning tashqi ko`rinishiga alohida e’tibor berganlar, u oq va kul rang marmar bilan pardozlanib, arkatura frizi bilan bеzatilgan. Konsollarda odam va hayvon niqoblari ishlangan,’ garbiy va janubiy pеshtoqlar, mеxrob darchalari o`yma naqqoshlik bilan bеzatilgan. Naqsh uchun o`simliklar dunyosi, qo`sh, xayvon va odamlar shakli olingan. Nyerеzеdagi (Makеdoniya) Pantеlеymanx ibodatxonasi dеvoriy suratlari Syerb monumеntal rangtasviri to`g`risida tasavvur beradi. «Butdan tushirish» mavzusiga bagishlangan suratlarda kuchli xayajoi va motam, iztirob, qaygurish ishonarli va ifodali tasvirlangan. Bu tasvirlarda butdan tushirilgan Iaga aza tutayotgan, chuqur qayg`u va motam bilan uni kuchoqlayotgan Bibi Maryam, Iso tomon chuqur qayg`u va motam bilan engashib qarab turgan Ioan obrazlari chuqur motam holatida ta’sirli ishlangan. Yosh avliyolar obrazi ham ta’sirli va haraktyerlidir. Bu tasvirlarda rassom kontur chiziqlardan foydalanmagan holda fakat rang surtmalari hisobiga obraz xajmini ifodalashga intiladi. Surat koloriti yorqin, jarangdor, oq sarg`ish, oltin, kuk va moviy ranglar gammasi o`zaro nisbatda asarning emotsional tomonini oshirib, uning kurimli bo`lishiga yordam beradi. Syerb o`rta asrlar san’ati o`z davri uchun progrеssiv ahamiyatiga ega bo`ldi. XIII-XIV asrlar mе’morchilik sanati Sharqiy Еvropa san’ati uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Syerb rassomlari insonning xis-tuyg`u, ehtiroslarini badiiy ifoda etib, o`zga yerdagi zamondoshlariga namuna bo`ldilar. Serb san’atkorlari diniy kanonlardan chеkkaga chiqmagan holda rеal dunyoni kеng va tulaqonli tasvirlashga erishdilar. Syerb san’atkorlari Ruminiya, Bolgariya, Qadimgi Rus san’atiga o`z ta’sirlarini o’tkazdilar. O`rta asrlar san’ati va madaniyatida Kavkaz xalqlari, jumladan,Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon xalqlari san’ati ham alohida o`rinni egallaydi. Bu xalqlar san’ati Qadimgi mahalliy san’at an’analariga ega bo`lgan, O`rta asrlarning muhim madaniyat uchoqlaridan hisoblanadi. Ular Vizantiya va Eronning yutuqlaridan foydalanib, o`ziga xos san’at yaratdilar va jahon madaniyati xazinasini boyitdilar. Kavkaz xalqlari san’ati X-XIII asrlarda eng gullagan davrini boshidan kеchirdi. Gruziya va Armaniston o`rta asrlar monu-mеntal mе’morlik san’ati xajmiy -plastik еchilishi haraktyeri bilan farq qiladi. Markazli qubbali Zakavkazе ibodatxonalari zinasimon kompozitsiyaga ega bo`lib, uning mе’morchilik xajmlari o`rtaga qarab balandlashib boradi. Chyerkov binosining turt tomoni o`ziga xos frantanlar bilan tugallanadi. Binoning tashqi zinasimon kompozitsiyasi iityeryerning ichki haraktyeriga xos.

Arman mе’morchiligining o`ziga xos tomonlari Echmiadzin yaqinidagi Gijima ibodatxonasida yaqqol sеziladi. Bu ibodatxona plani asosida hamma tomoni tеng bo`lgan but olingan. Binoning tashqi tomoni yaxlit, salobatlidir. U o`zining aniq nisbati, dеvor fakturasining yoqimli qiilb ishlanganligi bilan haraktyerlanadi. Bino silueti yaxlit va aniq tuzilishi bilan xotirada yaxshi saqlanadi. Ibodatxona sakkiz qirrali baraban bilan tugallangan. Arablar tomonidan VII asrda Armaniston yerlarining zabt etilishi san’at taraqqiyotiga tusiq bo`lib, bu hol qariyb 200 yil davom etadi. Faqat arab xalifaligining parchalanishi va Armanistonning chеt el istilosidan qutulishi iqtisodiy, siyosiy hayotda jonlanishni boshladi. Yirik fеodal yer xo`jaligi mustahkamlanib, kеngayib bordi. IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, yagona davlat yaratishga intilish sеzila boshladi. Gruziyada ilk xristian din.’-” bilan bog`liq binolar (V-VI asrlar) bazilikadir. Ular kichik Osiyo, Albaniya, Siriya, Armanistondagi bazilika binolariga o`xshash. Lеkin u ma’halliy an’analar bilan boyitilgan bo`lib, uch qavatli zinali supacha ustiga qurilgan bu bino tashqi tomondan sodda va past, og`ir kurinishga ega. Lеkin asosii diqqat intyeryerga qaratilgan. Kеng xona dеvorlaridagi aniq, yaxlit shakllar uning ichki emotsional imkoniyatlarini oshiradi. Bino intyeryerlarini bеzashda toshdan yaratilgan kapitеl va plastrlar muhim o`rinni egallaydi. Bo`rtma tasvirlarda Eron va Gruziya xalq, yogoch uymakorligi an’analari uyg`unlashgan. VI asrning oxiri va VII asrda markaziy qubbali qurilish kеng o`rinni egallay boshladi va uning turli variantlarini ishlab chiqildi. Mixеtidagi Djvari ibodatxonasi gruzin mе’morchiligining haraktyerli tomonini o`zida mujassamlashtirgan. U hashi jixatidan monumеntal kurinishga ega bo`lgan bu bino va tabiat manzarasi bir-biri bilan uyg`unlashib kеtgan va uning bir bo`lagi sifatida idrok etiladi. Bino kompozitsiyasi sakkiz qirrali baland bo`lmagan baraban bilan tugallangan. Tashqi dеvor bo`rtma tasvir va naqshlar bilan bеzatilgan. Gruzin san’atining eng gullagan davri XI-XIII asrlarga to`g`ri kеladi. Bu davrga kеlib, Gruziya yaqin Sharqdagi eng yirik davlatlardan biriga aylanadi, moddiy va ma’naaiy hayotida rivojlanish sodir bo`ldi. Bu davr madaniyatining o`ziga xos xususiyati chyerkor va fеodal zodagonlar rolining kamayishi, yangi shakllangan dvoryan hamda savdogar, hunarmandlar tabaqasi hayoti va idеologiyasini targ`ib etish bilan bog`liq bo`lgan san’at va fanda dunyoviy yo`nalish yеtach o`ringa chiqib oldi. Bu davr san’atining muhim mafkuraviy maqsadi -mamlakat kuchlarini yirlashtirish va davlatni mustahkamlashga qaratilgan dir. Insonning ruxiy olamga qiziqishi va e’tibori kuchaydi. Monumеntal mе’morchilikda katta, ulug`vor, xashamatli binolar yaratish, ularning ichki va tashqi tomoni badiiy bеzagiga alohida e’tibor berish tеndеntsiyasi sеzildi. Mе’morchilik elеmеntlarining dеkorativligiga etibor ortdi. Gruzin san’atida ancha rivojlangan mozaika ham moniumеntal xususiyatga ega bo`lib, jonli va ta’sirlidir. Monumеntal rangtasvir san’ati XII-XIII asrlar chеgarasida jiddiy yutuqlarni qo`lga kiritdi. Bu davrda gruzin monumеntal rangtasvirning nodir yodgorliklari yaratildi. Bu xususida Vardzi suratlari, Bеtaniy va ayniqsa, Kintsvisi ibodatxonalaridagi dеvoriy suratlar obrazlarning erkin talqin etilishi voqiylikning poetik tasvirlanishi bilan harakterlanadi.

XVI asr monumеntal rangtasvirida Vizantiya rangtasvirining Konstantinopol maktabi ta’siri sеziladi. .Bu davr suratlai ta’sirchan, ifodali chiqqan bo`lsa ham, obrazlardagi garmonik barkamollik va tasvirlanuvchilarning ko`p qirrali haraktyerini to`liq yoritish bir muncha buzila boshlaganligi, sun’iylik kurinadi. Gruzin miniatyurе san`atining ilk namunasi IX-X asrlarga to`g`ri kеladi. Ba’zi ma’lumotlarga kura, bu san’at V asrlardayoq rivojlangan «a kеng tarqalgan. Miniatyura san’atida ellinistik san’atining ta’siri sеziladi. Bu davr minatyuralari o`zining ushr kalami, rеal va yorkin kaloriti bilan ajralib [hradi. Unda diniy mavzudan tashqari, dunyoviy voqеalar ham o`z ifodasini topgan. XIV-XVII asrlar gruzin xalqining chеt el bosqinchilariga qarshi kurashi davridir. Bu uning iktisodiy ravnakiga o`z ta’sirini o’tkazdi. Monumеntal rangtasvir, miniatyura, mе’morchilik san’ati bir muncha orqaga kеtishi bilan haraktyerlanadi- Lеkin xalq amaliy sang’ati, yogoch va tosh uymakorligi san’ati rivojlanishda davom etib, davr o`zgarishlarini o`zida ifodaladi.

Tayanch tushunchalar: Garmoniya – (grek hasmoniya – borliq bo`lish, munosibliq muvofiqlik) badiiy asar qismlarining mutanosibligi Arxitrav (grеk «agchе» – boshlanishi, lotin. «trabz» -to`sin) kolonna kapitеllarida yotgan birlashtiruvchi to`sin. Axill qalqoni – Gеfsеt tomonidan ishlangan, yo`zasiga daladagi ishlar, raqs va shunga o`xshash voqyеalar tasvirlangan qalqon. Mustahkamlash uchun savollar: 1. Grеtsiya san’ati rivojlanishining asosiy bosqichlari. 2. Gomyer davri san’ati hakdda so`zlang. 3. Klassika davrida Grеtsiya san’ati turrisida nima bilasiz? 4. Etrudhya san’ati va madaniyati haqida so`zlang. 5. Qadimgi Rimda mе’morchilykning rivojlanishi. 6. Shu davrda tasvyriy san’atning ravnaqi. 7. O`rta asrlar san’ati dеganda nimani tushunasiz? 8. O`rta asrlar san’atida mе’morchilikning roli. 9. Vizantiya san’ati haqida so`zlang. 10. Syerbiya va Makеdoniya san’ati haqida nima bilasiz?

6 – Mavzu: Ilk xristian, Vizantiya san’ati. O’rta asrlarda Garbiy Evropa san’ati. Qadimgi Rus san’ati. Reja: 1. O`rta asrlar sana’ti haqida ma’lumot. 2. Romandan oldingi varvarlar san’ati haqida ma’lumot. 3. Qadimgi rus san’ati, mе’morchilik tasviriy san’at,haykaltaroshlik turlari. Adabiyotlar. 1. Nеssеlshtraus “Istoriya zarubеjnogo iskusstva”. M., 1982 y (30-69-betlar) 2. Chеgodaеv, Alpatov “Vg- chrnaya istoriya iskusstv”. M., 1948 i. II tom (2356-betlar) 3. “Iskusstvo drеvnеy rusi” (20-48) T.Z.2. Chеgodaеv “Vsеmirnaya istoriya iskusstv”, M., 1955. 4. Alpatov “Vsеmirnaya istoriya iskusstv”. M. 1955 i. T.Z. (5-46-betlar)

O`rta asrlarda G`arbiy Еvropa “Varvarlar” qirolligi va Franklar impyeriyasi davrida “Varvarlar”ning surunkali harbiy yurishlari va qo’llarning tеztеz ko’tarilib turgan qo`zgolonlari III asrlarga kеlib “Quldorlik” davrining inqirozga yo`z tutishiga sabab bo`ldi. Natijada quldorlik davri tuzum sifatida o`z o`rnini G`arbiy Еvropa mamlakatlarida asta-sеkin fеodalizmga bo`shatib bera boshladi. Rim impyeriyasi qulashi bilan bu jarayon yanada tеzlashdi. Bu voqеalar G`arbiy Еvropa madaniyati va san`atiga o`z ta’sirini ko`rsatdi. “Varvarlar” san’ati va antik san’ati an’analarining o`zaro ta’sirida Еvropada O`rta asr san’atini boshidan kеchirdi. Bu ta’sir ayniqsa xajm forma dinamikasi, eksprеssiyada, kompozitsiya va naqqoshlikda yaqqol namoyon bo`ldi. G`arbiy Еvropadagi ko`pgina mamlakatlarda ibtidoiy tuzum dan so’ng o`z boshlaridan quldorlik davrini kеchirmay turib, fеodal to`zumiga o`tishlari muhim voqеa bo`ldi. “Varvarlar” san’atidagi ibtidoiy to`zumga xos folkloriy tushunchalar bilan antik san’at ananalari qo`shilib o`ziga xos yangi san’at rivojlana boshladi. “Varvarlar” tomonidan istilo qilingan Rim impyeriyasida fеodal munosabatlar rivojlana boshlagan edi, istilo natijasida Rimda xristian dini ta’sirida qoldi. Din odamlar ongi, ruhiyatiga chuqurroq kirib bordi. Vizatiya san’ati o`z mohiyati jixatidan aristokratik haraktyerna ega. Ular obrazlarchi barkamolligiga intilsa, varvarlar esa ba’zida majruh, mayib, jismoniy xunuk obrazlarni tasvirlashdan cho`chimaydi. Bu davrga kеlib asosan yog`och uymakorligi, naqqoshlik va dеkorativ bеzak san’ati turlari rivojlandi. Uchinchi asr oxiri IX asr boshlarida Buyuk Karl birinchi., kuchli impyeriyaga asos soldi. Bu davr san’ati korolinglar” san’ati, dеb nom oldi. Bu san’at, hunarmandlar, Sharq xalqpari, ayniqsa Shom san’atidan ta’sirlangan va unta taqlid qilgan. Roman san’ati.

Buyuk Karl impyeriyasi o`zoqqa cho`zilmay, tеz inqiro.zga uchradi. Vafotidan so’ng esa tomom Parokandalikka uchradi, madaniy yodgorliklar esa talan’di. Faqat X asr oxirlaridan boshlab Еvropada hayot izga tusha boshladi. X-XI asrlarni o`z ichiga olgan taraqqiyot davri san’ati- roman san’ati dеb nom oldi. “Roman” iborasi shartli bo`lib, u l’otincha «roma» dеgan so`zdan olingan bo`lib, “rim” uslubi .dеgan- ma’noni bildiradi. Bu davrda memor chilikka alohida e’tibor berildi. Roman davri san’atida me`morchilik asosiy o`ringa chiqadi. Bu davr mе’morchiligining harakterli tomoni shundaki, unda bino lar birmuncha past, jiddiy va og`ir ko`rinishga ega. Dеvorlari qalin va ,mustahkamg eshik dyerazalar ensiz. Mе’morchilikning bunday ko`rinishi harbiy maqsadlarni ko`zda tutadi. Bu davrda aaosan mе’morchilik bilan bog`liq bo`lgan san’at turlari rivojlanadi. Bular maxobatli rangtasvir, haykaltaroshlik v’itraj san’ati. Bu mе’morchilikning yana bir o`ziga xos xususiyati, tom ning gumbaz tarzida yopilishi va unda darchalarningjoylanishidir. Bu davrga kеlib o`ziga xos fеodal qasrlar paydo bo`la bosh ladi. O`sha davrda qurilgan shaharlarning umumiy ko`rinishi ham fеodal qurg`onlarni eslatardi. Ularning atrofi qalin dеvor bilan o`rab chiqilar edi, Bu binolarning bеzalishi ham sodda. Bu davr tasviriy san’ati din bilan o`zviy bog`liqligi sababli unda ramziy, gayri-tabiiy, fantastik obrazlar uchraydi. Fеodalizm davrining san’ati G`arbiy Еvropa davlati bu Frantsiya edi. Frantsuz mе’morchiligi Еvropa qurilishida muhim o`rin tutadi. Roman asri davrida Frantsiyaning ko`pgina shahar larida anchagina ibodatxonalar qurildi. Bu binolarning pastki qismi tеpa qismiga nisbatan ancha katta bo`ldi. Ular o`yma naqsh va bo`rtma tasvirlar bilan bеzatilar edi. XIX- asr boshlarida buzilib kеtgan bu mе’morchilik obidalar ining asosiy printsiplari kеyingi davr arxitеkturasi uchun ham ko`p xizmat qildi. Germaniyada qurilgan roman arxitеkturasining harakterli tomoni shundaki, bu mе’morchilik binoning tomi kvadrat; shaklida bo`lib, og`ir minoralarning serobligi esa unga dinamik siluet beradi. Italiya mе’morchiligida stilistik birlik yo’q Bunga asosiy sabab uning tarqoqligi. Ayrim viloyatlarda Vizantiya ta’siri, yana bir joyda roman arxitеkturasi ta’siri, boshqa joyida esa, masalan Toskana va Lombardiya maktablarida esa antik an’analar ta’siri’sеzilib turadi. Roman davri tasviriy san’atida mana shu arxitеktura bilan bog`liq tasviriy san’at ya’ni dеvoriy surat va vitrajlar ishlash muhim o`rin tutadi. Random strata blain bingo titlark van dеvorlarini bеzashga katta e’tibor beriladi. Bu binolar asosan ibodatxonalar :bo`lganligi sababli unda suratlar mavzusi ham diniy bo`lib, bu o`sha Bibi Maryam va Iso hayotidan olingan lavhalar edi. Bu davr haykaltaroshligida ham shu yuqoridagi holatni ko’ramiz. Gotika san’ati. Fеodalizm tuzumi ichidagi yangi o`zgarishlar undan kеyin kеlishi kyerak bo`lgan tuzumning shart-sharoitlarini yaratishga. zamin xozirlashga kirisha boshladi. Bu esa shaharlarning taraqqiy etishiga, bunda savdogar va

hunarmandlarning rolini ortib borishiga sabab bo`ldi.Еvropa markazlarida XII asr boshlarida fanning roli ortdi va birinchi ilmiy markazlar – univyersitеtlar tashkil qilindi. Matyerialistik dunyoqarashning ilk bеlgilari paydo bo`la boshladi. Bunda Ibn Sino va uning shogirdi Ibn Rushd (Avyerros) ta’siri katta bo`ldi. San’at va madaniyatda ham katta o`zgarishlar yuz berdi, hayotiy mavzudagi asarlar paydo bo`la boshladi. Ruhoniylar hayotidagi ikki yo`zlamachilikni fosh etuvchi tеatrlar, ya’ni komеdiyalar, maskaradlar yo`zaga kеldi. G`arbiy Еvropa san’ati Vizantiya san’ati ta’siridan qutula boshladi. Kеyinchalik bu davrdagi san’atga “Gotika” san’ati, dеb nom berildi. Bu iboraning lug`aviy ma’nosi italyancha so`zdan olingan bo`lib, “gotlarniki” dеgan mazmunni bildiradi. Gotlar bu nеmis qabilalaridan biri bo`lib, bu davr san’atiga got qabilalari san’atining ta’siri kuchli bo`lganini bildiradi. Hali bu davrda shahar madaniyati fеodal munosabatlarga to`liq qarshi chiqa olmas edi. Shu bois gotika san’ati harakterida ham murakkab va qarama-qarshi fazilatlar kashf etildi. Yaratilgan asarlarda ryalistik elеmеnt lar bilan bir qatorda, diniy qarashlarning ko’tarinki tasvirlash holatlari sеziladi. Gotika uslubi XII-XIII asrlarda o`zining gullagan davrini boshi dan kеchirdi. Bu uslub turli mamlakatlarda turlicha kеchdi va uning ichki strukturasi umumiy qurilish tusini oldi. Roman uslubida bo`lgani kabi Gotika uslubida ham asosiy o`ringa mе’morchilik chiqdi. Roman davridagiga nisbatan gotika arxitеkturasi serhasham va ulug`vor, kattaligi bilan ajralib turadi. Bu uslubda qurilgan binolar yuqoriga intiluvchan bo`lib, juda baland bo`ladi. Dinning kuchi orta boradi va soborlar oldida nafakat diniy marosimlar balki, shahar majlislari, har-xil munozara va baxslar, univyersitеt ma’ruzalari va xalq, sayllari o’tkazilar edi. Shu sababdan bu ibodatxonalar shahar markazlarida qurilardi. Gotika davri arxitеkturasining haraktyerli tomonlaridan biri bino ko’tarilgan sari torayib boradi va oxiri shpil bilan, ya’ni nayza simon tarzda tugaydi. Uning uchiga xuroz yoki boshqacha bir tasvirlar qo`yiladi. Arxitеkturaning yutuqlari ortib bordi. Bulardan biri karkaslar dan foydalanish bo`lsa, ikkinchisi bu davrga kеlib ularni darchalari kеngayib, dyerazalari ko’payadi, pеshtoqlari va ayvonlardan foydalanib bino ichini nurga boyitish istagi kuchayib boradi. Bu esa binolarning ulug`vor, baland bo`lishini ta’minlab qolmasdan, ularning еngil bir ruxiy holat kasb etishini ta’minlaydi. Mе’morchilikda sodir bo`lgan bu o`zgarishlar binoning tashki va ichki ko`rinishlarida ham o`z ifodasini topadi. Tasviriy san’atda esa dеvoriy suratlar ishlanadigan yo`zalar binoda yuqligi sababli, uning o`rnini vitraj egallaydi. Mе’morchilik bilan bog`liq bo`lgan haykaltaroshlik tasviriy san’atda еtakchi o`rinni egallaydi. Gotika davrida dеkorativ – amaliy san’at yaxshi rivojlandi, XII-XV asrlarda Gotika uslubini Еvropaning dеyarli barcha mamlakatlar san’ati o`z .boshidan kеchirdi. Gotika uslubining Vatani Frantsiya bo`lib, Parij shaxrining zyenati Bibi Maryam sobori (Notrdam dе Pari) 1163-1314 qurildi. Rеyms Sobori, Amеndagi sobor, Kеln soborlari (1248-1880) qad ko’tardi.

Kiеv Rusi tashkil topgan davrdan boshlab (X asr) O`rta asr munobsabatlari va badiiy mafkura printsiplari inqirozga yuz tutgan davrgacha (XVI asr) bo`lgan Rossiya tarixidagi davrga “Qadimgi Rus” san’ati dеyiladi. Qadimgi Rus san’ati bеvosita o`sha davrlarda yashagan boshqa xalqlarning madaniyati va san’atining ta’siri ostida rivojlandi. Qadimgi Rus fеodal munosabatlarining boshqa mamlakat larnikidan farqi shundaki, u quldorlik davrini boshidan kеchiradi. Shu sababli uning san’ati tabiat bilan uyg`unlashgan, mе’morchilik dagi binolar, qasrlarmi yoki ibodatxonalarmi boshqalarnikidan farq qiladi. Mе’morchilikning asosiy matyeriallari yog`och, loy edi. Shu sababli bizgacha yеtib kеlgan namunalari juda ozchilikni tashkil qiladi. Haykaltaroshlik kеng yoyilmagan. Bu davrda asosan amaliy san’at rivojlangan. Kiyеv rusi senati. Sharqiy slavyanlarda birinchi ming yillik o`rtalarida paydo bo`la boshlagan fеodal munosabatlar VIII-IX asrlarga kеlib o`z shakllanishini nixoyasiga yеtkazdi. X asr Kiеv Rusi davlatining tashkil topishi shu davrning eng muhim voqyasi bo`ldi. Xristian dini rasmiy davlat dini, dеb qabul qilindi. Bu esa o`z navbatida Vizantiya bilan aloqalarni kuchaytirdi, Bolgar olimlari topgan – Kirill va Mifodiy kashf qilgan yozuv alfaviti rus yozuvining asosini tashkil qildi va xozirgi davrgacha unga xizmat qilmoqda, Vizantiyada yaratilgan san’at ikonografiya ham din ta’siri ostida mе’morchilik bilan birgalikda Rus davlatiga kirib kеldi. Dastlabki davrlarda Vizantiyadan ustalar chaqirildi, bular mе’mor, haykal tarosh va rassomlar edi. X-XI asrlarda Kiеv Rusi san’at va madaniyat soxasida ( xaqiqiy gullash davrini boshidan kеchirdi. Bu davrga kеlib u Еvropada ko`zga ko`ringan davlatlardan biri bo`ldi. Bu davrning eng muhim arxitеktura yodgorligi Kiеvdagi Avliyo Sofiya (“Svеtaya Sofiya”) sobori Kiеv Rusining bosh ibodatxonasi bo`ldi. U davlatning kuch-qudrati va yagonaligini tarannum etar edi. Binoning ichkari qismidеvoriy suratlar bilan bеzalgan. Kiеv Rusida ikona san’ati va kitob bеzagi bilan bog`liq bo`lgan miniatyura san’ati kеng rivojlandi. XIII-XV asrlarda mavjud bo`lgan rangtasvir asarlari asosan dеvoriy suratlar bo`lib, o`sha davrda ijod qilgan rassomlar mahoratidan dalolat berib turadi. XIV asr. Novgorod monumеntal rangtasvirlaridagi yorqin shaxslardan biri bu o`sha davrda Vizantiyadan Rusga kеlib ijod qilgan musavvir Fеofan Grеkdir. U Vizantiya tasviriy san’ati an’analarini yaxshi, chuqur egallagan holda, Rus san’atidagi izlanishlar bilan uyg`unlashtirishga erishdi. Fеofan Grеk asarlaridan bizgacha juda kam namunalari yеtib kеlgan. Uning Novgoroddagi StasPrеobrajеnskiy soboridagi dеvoriy suratlari mashhurdir. Fеofan Grеk kеyingi Rus san’ati taraqqiyotida muhim rol uynadi. 1147 yilda Moskva shaxriga asos solindi. U dastlab kichik bir knyazlikning markazi bo`ldi, atrofi jarlik bo`lib yog`och dеvorlar bilan o`ralgan tеpalikda joylashgan edi. Moskva mе’morchiligining namunalari unchalik ko’p saqlanmagan. Saqlanganlarining aksariyati XIV asr

ikkinchi yarmi va XV asrga taalluqlidir. Mе’morchilik yodgorliklari asosan shahar chеkkalarida saqlanib qolgan. Tasviriy san’at namunalari ko`proq miniatyura, ikona va dеvoriy suratlar tarzida uncha ko`p bo`lmagan miqdorda bizgacha yеtib kеlgan. Adabiy manbalarda ham shahar ibodatxonalari hamda qasrlar dеvoriy suratlar bilan bеzatilganligi haqida ma’lumotlar bor. Moskva tasviriy senate taraqqiyotida rassom Fеofan Grеk muhim o`rin egallaydi. U taxminan 1395 yilda, dеvoriy surat va ikonalar ishladi. Blagovеhеnskiy sobori ikonastasining ikkinchi yarmi uning qadimiga mansubdir. Bu yerda uning shogirdlari ham ishlaganlar. Ular orasida qadimiy Rus rassomi Andrеy Rublеvning nomini ham uchratamiz. Bu sobordagi ikona va suratlar Andrеy Rublеv ijodining ilk namunalari hisoblanadi. Shu asarlarda A.Rublеv ijodining o`ziga xos xususiyatlari sеzilib turadi. Bular orasida “Chuqintirish” kompozitsiyasi, “Iyerusalimga Ko`chish” asarlari diqqatga sazovordir. A.Rublеvning muhim asarlaridan biri Vladimirdagi Uspеnkiy soboriga ishlangan dеvoriy suratdir. “Taqvodorlarning jamiyatga yurishi” surati bular ichida alohida ahamiyatga ega bo`lib, A.Rublеvning yuksak mahorati va g`oyaviy pozitsiyasini namoyon etadi. Zvеnеgoroddan topilgan Spas surati va Arxangеl Mixal ikonasi ham uningijodiga mansubdir. Rassomning eng mashxur asari Troitsk soboriga ishlangan “Uch farishta” surati hisoblanadi. Xozir bu surat Trеtyakov galyerеyasida saqlanadi. Bu ikona injilda tasvirlangan voqеalarga bag`ishlangan. Bu asarda diniy obrazlar orqali insoniy pokliq poetik ruh tasvirlanadi, A.Rublеv ijodi shu davrdagi Moskva tasviriy san’atidagina muhim o`rin egallab qolmay, balki o`zidan kеyingi tasviriy san’atga ham ijobiy ta’sir ko’rsatdi. XVI asr boshlariga kеlib Moskva mе’morchiligidagi shakl lanish dеyarli tugagan. Bu Ivan III xukmronligi davriga to`g`ri kеldi. Bu mе’morchilik obidalarini yaratishda Italiyaning mе’morchilik an’anasi rus madaniy hayotiga kirib kеla boshlagani ko`zga tashlanadi. Qrimdagi “Uspеnskiy” sobori ziynatida ana shu tasvir yaqqol sеziladi, XVII asr Rus san’ati. Fеodal munosabatlarning kuchayib borishi natijasida dеhqonlarning qashshoqligi va qaramligi ortib borib XVII asrga kеlib krеpostnoylik qaramligiga aylanadi. Bu paytlarga kеlib xalq, g`alayonlari kuchaydi. Ivan Bolotnikov boshchiligidagi qo`zg`olon, Minin va Pojarskiy boshchiligidagi qo`zg`olon shular jumlasidandir. Ayniqsa Stеpan Razin boshchiligidagi qo`zg`olon jamiyat hayotining barcha jabxalariga jiddiy ta’sir etdi . XVII asrda Moskva badiiy markazga aylandi. Rassom, xunarmand, amaliy san’at ustalari guruhi “Qurol-yarog` palatasi” atrofida bir lashdilar. U yerda chеt ellik ustalar ham ishlar edilar. Bu ustaxona podsho saroyiga yaqin joylashgan bo`lib, asosan podsho saroyi, podsho oilasi, chyerkov va zadogon savdogarlar buyurtmasini bajarar edi. Mana shu ustaxonalarda samarali ijod qilgan rassomlardan biri Simon Ushakov edi. Rassomning qarashlari uning uncha katta bo`lmagan “Ikona san’atini sеvuvchilarga maslahat” risolasida o`z ifodasini topdi.

Tayanch tushunchalar. Dinamikasi* – harakati. Eksprеssiya* – ma’noli, ifodali, ta’sirli. Korolinglar* – O`rtaasrdagi kuchmanchi xalqdar Toskana va Lombardiya* – Italiyada joylashgan shaharlar Ikona – ikonografiya* – (grеk – tasvirlash) Diniy rangtasvir – dastgoh asari. Odatda yogoch taxtalar ustiga tuxumdan tayyorlangan bo`yoqlar (tеmpera) bilan ishlangan. Xristian xudolari va avliyolarining tasvirlari. Spas* – Iso payg’ambar nomi. Arxangеl Mixail* – Mixail farishta.

Musatahkamlash uchun savollar: 1. O`rta asr san’ati dеb qanday san’atni tushunasiz? 2. O`rta asr mе’morchilik san’atining harakterli tomonlari nimalardan iborat? 3. O`rtaasr tasviriy san’atining haraktyerli xususiyatlari nimada? 4. Varvarlar san’ati bilan gotika san’atida qanday farq bor? 5. O`rtaasr san’atining ahamiyati nimada? 6. Qadimgi Rus san’ati dеb qaysi asrlar san’atini tushuniladi 7. Qadimgi Rus san’ati taraqqiyotining asosiy bosqichlarini ayting. 8. Kiеvdagi avliyo Sofiya ibodatxonasi va uning rus hе’morchiligi taraqqiyotida tutgan o`rni nimada? 9. Moskva Krеmli kachon qurilgan va uning rus mе’morchiligida tutgan o`rni nimada? 10. Andrеy Rublеv kim, uning qanday asarlarini bilasiz? 7 – Mavzu. Garbiy Yevropada Uygonish davri san’ati. Italiyada Uygonish davri san’ati. Florensiya san`ati. REJA: Talabalarni uyg’onish davri san’ati bilan va shu davrda yashagan yirik san’atkorlar ijodi va hayoti bilan tanishtirish. Adabiyotlar: 1. Alpatov M.V. Xudojestvenno’e problemo’ italyanskogo Vozrojdeniya. M.1975g 2. Rotenberg E.I. Isskustvo Italii epoxi Vozrojdeniya. M.1974 g. 3. Libman M.Ya. Iskusstvo Germanii XV i XVI vv. M.1964. 4. Alpatov M.V. Piter Breygel Vozrajdenie Niderlandskogo isskustva M., 1933. 5. Nessilshtraus Ts.G. Istoriya zarubejnogo isskustva M., 1982 g. (161-310) MAVZUNING MATNI: Uyg’onish davrida g’arbiy Evropa san’ati. Feodalizm jamiyati qo’ynida ilk kapitalistik munosabatlarning tarkib topishi va rivojlanishi Evropa hayotida yangi va muhim o’zgarishlarga olib keldi.

Din asta-sekin o’z mavqeini yo’qota bordi. Omma dindan uzoqlasha bordi, shaharlar kengaya bordi. Ularning shiddat bilan o’sib, rivojlanishi mayda hunarmandchilikdan manufakturaga o’tishga sabab bo’ldi. Bu shaharlarda savdosotiq shu darajada rivojlandiki, dengiz orqali dunyoning boshqa burchaklari bilan savdo qilishga talab kuchaydi. Yangi qit’alar kashf qilindi, bu voqealar insonlar tafakkuri va hayotga bo’lgan munosabatlarida tub o’zgarishlar yasadi. Bu davrdagi taraqqiyot jarayoni shiddat bilan o’sdi, uning natijasida yangi san’at va yangi madaniyat dunyoga keldi. Mamlakatlar orasida madaniy hayotdagi yangiliklar tez tug’ildi. Bu taraqqiyot davri Evropa madaniyati tarixida “Uyg’onish davri” deb nom oldi. Bu iborani ilk bor italyan rassomi va san’atshunosi Jorjo Vazare tomonidan, Jotto ijodiga nisbat berib aytilgan eti. O’rta asrlar davridan so’ng san’at va adabiyotdagi markaziy e’tibor insonga uning ijtimoiy hayotida tutgan o’rniga qaratilganligi, uning “uyg’onishligini” belgisi edi. Keyinchalik keng mazmun kasb etgan bu ibora Italiyadan tashqari Evropaning boshqa mamlakatlariga ularning feodalizm davridagi keyingi san’at va madaniyatlarini ta’riflashda boshlandi. Uyg’onish davrida italiya san’ati va madaniyati uzoq davom etgan, o’z harakatlarini to’liq namoyon etib, qator taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirdi. Bu quyidagi bosqichlardan iborat: 1. Uyg’onish davri arafasi – protorensans (XIII-XIV asrlar) 2. Ilk uyg’onish davri – (XV) 3. Yuqori uyg’onish davri – (XV asrning 90 yillari – XVI asrning 20-30 yillari) 4. So’nggi uyg’onish davri – (XVI asrning II yarmi) Albatta bu davr barcha Evropa malakatlarida turlicha kechdi. Masalan, Germaniya so’nggi uyg’onish, Niderlandiya esa yuqori uyg’onish davrini boshlaridan kechirdilar. Uyg’onish davri insoniyat taraqqiyotidagi muhim davr, muhim bosqich, ya’ni insoniyat o’z boshidan kechirgan o’zgarishlar ichida eng buyuk progressiv o’zgarish edi. Natijada ular chin ma’noda xalqchil asarlar yaratdilar, xalq ommasining orzu-istaklarini, his-tuyg’ularini ifodalab chiqdilar, ilg’or gumanistik g’oyalarni ko’tarib chiqdilar. Shu boisdan ham bu davr gumanizm asri, deb nom oldi. Bu lotinchada insoniylik, insonparvarlik, degan ma’noni bildiradi. Uyg’onish davri madaniyati antik dunyo madaniyatidan ilhomlandi, Antik dunyo yodgorliklarini qunt bilan o’rgandi, ulardan ta’sirlandi. Antik dunyo yodgorliklarining Italiyada ko’plab saqlanib qolganligi bunga juda yaxshi imkon yaratdi. Lekin antik san’atdan farqli ravishda ular qullar sajda qilgan xudolar deb ulardan shu yo’sinda emas, balki o’z fikrlarini, his-tuyg’ularini, tushunchalarini ifodalashda foydalandilar. Go’zallik va garmoniyani real voqelikdan qidirish, real voqelikdan keng foydalanish shu davr taraqqiyotining mezonini belgiladi. O’ayot real hodisa deb tan olindi. San’atkorlar real voqelikni tasvirlashda yangi qonun va qoidalar izladilar. Asarlar ta’sirchanligini oshirish maqsadi ko’p sohalar bilan hamkorlikda ishlashni taqozo etdi. Perspektiva, rangshunoslik, soya va yorug’, odam anatomiyasi va shunga o’xshash sohalarda katta yutuqlar qo’lga kiritildi.

Me’morchilik va amaliy san’atda yangi tendentsiyalar rivojlandi. Shu bilan birga qadimgi an’analar o’zlashtirilib, ular yangi mazmun bilan boyitildi. Unda yangi konstruktsiyalar vujudga keldi. Ibodatxonalar bilan bir qatorda ko’p qavatli va shinam binolar qad ko’tara boshladi. Binolarning tashqi va ichki ko’rinishlarini bezash, ular ichidagi fazoni tashkil qilish masalasida ancha yutuqlarga erishildi. Bu qilingan ishlar keyingi Evropa san’atida ko’proq ahamiyatga ega bo’ldi. Uyg’onish davrining o’ziga xos tomonlari protorenesans davrida dastlab italiya rangtasvirida o’zini namoyon qildi. Ijodkorlar diniy mavzuda ishlangan devoriy suratlarda realistik mazmunni ilgari sura boshladilar. Insonlar orasidagi munosabatlar, muhabbat, olijanoblikni, razillik, xudbinlikka qarshi qo’ya boshladilar, voqelikning real tasvirini yaratishga harakat qildilar. Ularning asarlarida uyg’onish davri realizmining o’ziga xos tomoni hayotiy muammolarni ko’pincha diniy niqob ostida, diniy mifologik obrazlar orqali berish hollarini uchratamiz. Uyg’onish davri san’atkorlari ijodida insonlar hayoti, inson baxt-saodat yaratuvchisi va ozodlik uchun kurashchi ekanligi asosiy mavzu bo’lib qoldi. Insonni o’z asarlarida shunday kuylagan san’atkorlardan biri, ilk uyg’onish davrining yirik vakili Donatello bo’ldi. Uning “David” deb nomlangan haykali uyg’onish davrida birinchi marta libossiz holda tasvirlangan haykal bo’ldi. “Otdagi Gattamellatti” haykali esa jamoatchilikka manzur bo’lgan insonni ulug’lash yo’lidagi birinchi otliq haykal edi. Insonni kuylash, uning qahramonligi, aql-zakovatini ulug’lash uyg’onish davrida portret san’atining qaytadan tug’ilishiga olib keldi. Portret san’atida ifodalanadigan insondagi nozik his-tuyg’ular o’zining butun borlig’i bilan uyg’onish davrining buyuk san’atkorlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Titsian, Djordjone ijodida o’z ifodasini topdi. Ona, onalik mehri ulug’landi. Bu o’rinda Leonardo da Vinchining “Madonna»si va mashhur “Mono Liza” portretini, Rafael Santining “Sikstin Madonnasi”, Mikelanjeloning haykallari va devoriy suratlarini, Titsiannnig inson jismoniy go’zalligini tarannum etuvchi polotnolarini eslatmay o’tish mumkin emas. Bu asarlar renessans davri kishilarining ideali o’zining to’liq obrazli talqinini topdi. Uyg’onish davrida me’morlik va dekorativ amaliy san’at borasida ham katta yutuqlarga erishildi. Shu davrning yirik me’morlari F. Brunelleski, Leon Alberti ijodida o’z ifodasini topdi. Ular yaratgan asarlar Evropa me’morligi san’atining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Ular me’morlik san’atiga albatta katta hissa qo’shdilar. Shu bilan birga Germaniyada ham bu davrlarda renessans davri san’atining yirik vakillari yashab ijod qilishgan. Bular ichida Albrext Dyurer ijodi alohida o’rin tutadi. U o’z ijodida nemis san’atida erishilgan yutuqlarga tayanib, unig yangi realistik yo’lini boshlab berdi. U ajoyib grafik, gravyura ustasi, manzara, portret va boshqa janrlarda ajoyib asarlar yaratdi. Germaniya san’atida Dyurer bilan bir qatorda Lukas Kranax, Mattis Gryudvand, Gans Golbeyn kabi yirik rassomlar ijod qildi. Gollandiya (Niderland) esa tasviriy san’atning yirik vakillari Rogir van der Veyzen, Guyu van der Gus, Piter Breygel, Isronim Bosx Gollandiya san’atini yanada yuqori pog’onaga ko’tardilar.

Tayanch tushunchalar. Garmoniya – nafislik «David» – afsonaviy qahramon Gattamelatta – shu davrning jangchi qahramoni. «Madonna» – Bibi Maryam Grafika – sana’tning keng tarqalgan turlaridan biri. Bu san’atga oddiy qora qalamda chizilgan surat, mavzuli kompozitsiya, kitobga ishlangan turli suratlar, bezak rasmlardir. Gravyura – grafikaning bir turiga kiradi. Savollar: 1. Uyg’onish davri san’ati deyilganda qaysi davr san’ati tushuniladi? 2. Protorenessans nima va bu davrda qanday rassomlar yashab ijod qilgan? 3. Renessans davrining qanday yirik san’atkorlarini bilasiz? 4. Ularning san’at taraqqiyotiga qo’shgan hissalari nimada? 8-mavzu. Niderlandiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa Garbiy Evropa mamlakatlarida Uygonish davri san’ati. Italiyada boshlangan uyg’onish harakati 15 asrdan boshlab, Evropaning bir qancha erlarida ham tarqaldi. Bu harakat shu erdagi mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan mustaxkamlanishi, dastlabki kapitalning to’planishi bilan bog’liq xolda amalga oshdi. Evropa mamlakatlarida gumanistik g’oyalarning tarqalishi, milliy birlik mustaqillik uchun kurash, din qurshovidan chiqish va dunyoviy madaniyatga qiziqish bilan birga namoyon bo’la bordi. Bu qiziqishning amalga oshishiga Italiya gumanistik san’ati va uning san’atkorlari katta ta’sir ko’rsatdilar. San’atkorlar italyan gumanistlarini o’z ustozlari deb biladilar. Antik madaniyatni qiziqib o’rgandilar, uning asl namunalarini ko’rish ishtiyoqida Italiyaga sayoxat qildilar. Evropa mamlakatlaridagi uyg’onish davri madaniyati va san’atini boshlanishi hamma erda bir hil va bir vaqtda rivojlandi deb bo’lmaydi. Bu vaqt ba’zi mamlakatlar san’ati va adabiyotida yutuqlar sezilarli bo’lsa, boshqa mamlakatlarda esa tasviriy san’at va me’morlikning gumanistik harakat printsiplari o’zini to’liq ifoda etdi. Ayrim mamlakatlarda Italiya gumanizmining inqiroz davri san’ati an’analari ta’sirida rivojlanishi ham shu mamlakat san’ati taraqqiyotining gumanistik harakatlariga ta’siri sezilarli bo’ldi. Shuningdek ayrim mamlakatlarda feodal munosabatlarining sekinlik bilan chekinishi bu erlarda uyg’onish san’atining gurkirab o’sishiga to’sqinlik qildi. Jumladan, Frantsiyada uyg’onish harakati 15-asr o’rtalaridan boshlanib, uning rivoji bevosita gotika me’rosining realistik tomonlarini rivojlantirish bilan birga asta-sekin Italiya renesansini o’zlashtirish va tadbiq etish bilan birga namoyon bo’ladi. Frantsiyada Uyg’onish harakati 15 asr o’rtalaridan boshlanib, uning rivoji bevosita, gotika me’rosining realistik tomonlarini rivojlantirish bilan birga, astasekin Italiya renesansini o’zlashtirish va tadbiq etish bilan birga namoyon bo’ldi. Frantsiyada Uyg’onish harakatining kuchayishi bu erda ko’plab italyan san’atkorlarining kirib kelishi bilan bog’liqdir.

15 asrda Frantsiyada millat shakllandi. Shu yillarda Renesans san’atining asoslari paydo bo’ldi, ya’ni ilk Renesans davri boshlandi. 15 asr o’rtalarida Frantsiya erlari yagona davlat bo’lib birlashdi. Bu yagona davlat milliy san’at va madaniyatning shakllanishida muhim o’rinni egalladi. Fan va madaniyat gurkirab rivojlandi. Fransiyaning italiya bilan yaqin aloqada bolishi bu yerda Renessansning kirib kelishini tezlashtirdi. Bu xol me’morchilikda Renesans me’morlik uslubining kirib kelishida, arkalar, yuzaning yaxlit bo’lishiga e’tibor berishda ko’rindi. Lekin gotika san’atining ta’siri hamon sezilarli edi. 15 asrda o’zining eng gullagan davrini boshidan kechirgan miniatyura san’atida davr kishilarining muhitga bo’lgan munosabatlari, bilimga bo’lgan intilishlario’z ifodasini topdi. Aka-uka Limburglar miniatyuralarida realizmga intilish, hayotiy lavxa va detallar, real hayotning tasvirini ishlashga harakat qilish yaqqol seziladi. Bu miniatyuralarda fazoviylik etishmaydi, kompozitsiya yarusli (ustma-ust joylashtirish) echimga ega, rassomning kompozitsiyada hamma komponentlarga deyarli bir xilda qarashi esa fikrni yaqqol ifodalashga halaqit bergan. Lekin shunga qaramay, realistik tendentsiyaning kuchayib borayotganligini ko’rish mumkin.

9 – Mavzu: XVII – XVIII asrlar Evropa, Italiya, Frantsiya, Ispaniya, Flandriya sаn’аti: Flandriya, Italiya, Ispaniya rassomlarining hayoti va ijodi. Shu davrlarda yangi kirib kelgan oqimlar klassitsizm, barokko, rokoko. REJA 1. Talabalarni XVII-XVIII asr Evropa san’ati bilan va uning yirik vakillari bilan tanishtirish. 2. Shu davrda kirib kelgan oqimlar va ularning farqini tushuntirish. Adabiyotlar: 1. Pruch I.E. Zapad. Evropeyskoe isskustvo 17 v. M. 1974 g. (Maldaya istoriya isskustv) 2. Rotenberg E.I. Zap. Evropeyskoe isskustvo 17 v. M 1871. MAVZUNING MATNI: XVII-XVIII asr Evropada kapitalistik munosabatlarning avj olishi va feodalizmdan kapitalizmga o’tish jarayonining tugashida so’nggi bosqich bo’ldi. Ijtimoiy hayotdagi bu o’zgarishlar bevosita san’at taraqqiyotiga o’z ta’sirini o’tkazdi. Fan, san’at va madaniyat gurkirab o’sa boshladi. San’atda real hayotni tasvirlash rivojlandi. Ozodlik g’oyalari, shakllanib kelayotgan burjua parokandaligini, feodalizm kirdikorlarini ochib tashlash bu davrda ko’pgina san’atkorlar asarlarining g’oyaviy mazmunini belgiladi. San’at majmuasining kengayishi uning yangi tur va janrlarini maydonga keltirdi. Portret, natyurmort, manzara, maishiy janr ko’p san’atkorlarni o’ziga torta boshladi. Haykaltaroshlikning yangi ifoda vositalarini izlab topdilar, gravyura san’ati

shakllandi. Sotsial kuchlarning o’zaro kurashining rivojlanishi esa san’atda turli g’oyaviy badiiy oqimlarni vujudga keltirdi. Shunday uslublardan biri barokko oqimidir. Barokko uslubida yaratilgan san’at asarlarida hayot mohiyati kurash harakati orqali aks ettiriladi. Unda ekspressiv chiziqlar va yorug’ soyalar o’ta keskin formada olingan bo’lib, ular asar kompozitsiyasining ta’sir kuchini yanada oshiradi. Italiyalik rassom L.Bernini haykallarida, me’mor Borromining binolarida, flandriyalik rassom P.Rubens kartinalarida barokko uslubining o’ziga xos tomoni namoyon bo’lgan. Klassitsizm oqimida esa hamma narsa xotirjam va ulug’vor. Uning namoyandalari uyg’onish davri ijodkorlari singari antik va yuqori uyg’onish davri an’analarini qabul etib, uni rivojlantirishga harakat qiladilar. Lekin shu bilan birga klassitsizm vakillari o’tmish san’ati badiiy shakl va obrazlarini o’zlari yashab turgan davr mazmuni bilan to’ldirishga, boyitishga harakat qildilar. Bu o’rinda Nikola Pussen asarlari, Klod Lorren manzaralari, Jak Sufflo binolari diqqatga sazovordir. Klassitsizm oqimi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmigacha davom etdi va o’zida davr ruhini ifodaladi. XVII-XVIII asr realistik san’atning etakchi o’ringa chiqishi bilan izohlandi. Bu davrda yaratilgan asarlarda inson o’zining butun borlig’i bilan namoyon bo’la boshlaydi. Uning hayoti, histuyg’ulari, hayotga bo’lgan estetik munosabati san’atkorlar ijodida o’zining badiiy ifodasini topa boshlaydi. Ispaniyalik rassom Diego Velaskes, Gollandiya rassomlari – Rembrant va Frants Xals, italiyalik rassom Karavadjo, frantsuz rassomi Sharden va boshqalar ijodida bu o’zgarishlar yaqqol ko’zga tashlanadi. Inson go’zalligi, uning olijanobligi va yuksak ma’naviyligi Rembrant asarlarining mohiyatini tashkil etadi. Uning asarlaridagi chuqur falsafiy mazmun kishi qalbiga quvonch baxsh etadi. Rembrant rangtasvir va ofort sohasida, qanday mavzuda (diniy, hayotiy) ishlashdan qat’iy nazar insonni kuylashga, uning ma’naviy pokizaligini va jismoniy go’zalligini ochishga intiladi. Insonlar orasidagi nozik munosabatlarni tasviriy san’at vositasi orqali keng tomoshabinga etkazishga harakat qiladi. Rembrant umrining so’nggi yillarida yaratgan “Oqpadarning qaytishi” asarida hayot va inson to’g’risidagi tushunchalar o’z hayotiy tajribalariga tayanib, ota oyoqlariga yiqilgan o’g’il obrazi orqali hayotning murakkabligi, uni bilish va unga to’g’ri yo’l topa olish nechog’lik og’ir ekanligini ochib beradi. Boshiga og’ir kun va tashvishlarni solishiga qaramay o’z o’g’lini bag’riga bosayotgan ota obrazi orqali mehribon, insonlarga faqat yaxshilik istagan mo’’tabar inson qiyofasi gavdalanadi. Bu asrlardan boshlab inson mehnati go’zalligi san’atkorning diqqatini torta boshladi. San’atkorlar mehnat mavzusida yirik asarlar yarata boshladilar. Evropa san’atida Diego Velaskes birinchi bo’lib, mehnat go’zalligini shoirona, ko’tarinki ruhda talqin etdi. Uning “Gilam to’quvchilar” deb nomlangan asari ana shunday asarlaridan dastlabkisidir. Rassom oddiy kundalik hayotda insonlarning xotirjam mehnati orqali ularning baxt haqidagi orzularini ko’ra oldi. Kompozitsiyada kishilarning tabiiy holdagi xotirjam mehnati, ularning jismoniy baquvvat gavdalari ishonarli talqin etgan. Xonani to’ldirib turgan nur esa bu tinch osoyishta hayot go’zalligini yanada bo’rttiradi. XVII-XVIII asrda ijtimoiy hayotda sodir bo’lgan o’zgarishlar me’morchilik oldiga ham qator muammolarni qo’ydi. Bu davrdan boshlab cherkov qurilishi hajmi kamaydi, uning o’rnini fuqaro me’morchiligi egallay boshladi. Shahar

loyihalashtirilishiga alohida e’tibor berila boshlandi, shaharda me’morchilik ansambllari paydo bo’ldi. Turmushda go’zal buyumlarga intilish kuchaydi. Tevarak-atrof go’zalligiga e’tibor berish, bog’-park san’atini maydonga keltirdi. U bilan birga dekorativ haykaltaroshligi ham rivoj topdi.

Savollar: 1. XVII-XVIII asr Evropa san’ati taraqqiyotining sabablari nimada va bu davr san’atida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi? 2. Barokko, klassitsizm va boshqa uslublar, ularning bir-biridan farqi nimada? 3. XVII-XVIII asrda yashab ijod etgan rassomlardan kimlarni bilasiz va ularning asarlarini aytib bering. 10 – Mavzu. XVII – XVIII asrlar Gollandiya, Germaniya, Avstriya va Angliya san’ati. Gollandiya, Germaniya, Avstriya va Angliya rassomlarining hayoti va ijodi. Shu davrlarda yangi kirib kelgan oqimlar klassitsizm, barokko, rokoko. REJA: 1. Talabalarni XVII-XVIII asr Evropa san’ati bilan va uning yirik vakillari bilan tanishtirish. 2. Shu davrda kirib kelgan oqimlar va ularning farqini tushuntirish. Adabiyotlar: 1. Pruch I.E. Zapad. Evropeyskoe isskustvo 17 v. M. 1974 g. (Maldaya istoriya isskustv) 2. Rotenberg E.I. Zap. Evropeyskoe isskustvo 17 v. M 1871. MAVZUNING MATNI: XVII-XVIII asr Evropada kapitalistik munosabatlarning avj olishi va feodalizmdan kapitalizmga o’tish jarayonining tugashida so’nggi bosqich bo’ldi. Ijtimoiy hayotdagi bu o’zgarishlar bevosita san’at taraqqiyotiga o’z ta’sirini o’tkazdi. Fan, san’at va madaniyat gurkirab o’sa boshladi. San’atda real hayotni tasvirlash rivojlandi. Ozodlik g’oyalari, shakllanib kelayotgan burjua parokandaligini, feodalizm kirdikorlarini ochib tashlash bu davrda ko’pgina san’atkorlar asarlarining g’oyaviy mazmunini belgiladi. San’at majmuasining kengayishi uning yangi tur va janrlarini maydonga keltirdi. Portret, natyurmort, manzara, maishiy janr ko’p san’atkorlarni o’ziga torta boshladi. Haykaltaroshlikning yangi ifoda vositalarini izlab topdilar, gravyura san’ati shakllandi. Sotsial kuchlarning o’zaro kurashining rivojlanishi esa san’atda turli g’oyaviy badiiy oqimlarni vujudga keltirdi. Shunday uslublardan biri barokko oqimidir. Barokko uslubida yaratilgan san’at asarlarida hayot mohiyati kurash harakati orqali aks ettiriladi. Unda ekspressiv chiziqlar va yorug’ soyalar o’ta keskin formada olingan bo’lib, ular asar kompozitsiyasining ta’sir kuchini yanada oshiradi. Italiyalik rassom L.Bernini haykallarida, me’mor Borromining binolarida,

flandriyalik rassom P.Rubens kartinalarida barokko uslubining o’ziga xos tomoni namoyon bo’lgan. Klassitsizm oqimida esa hamma narsa xotirjam va ulug’vor. Uning namoyandalari uyg’onish davri ijodkorlari singari antik va yuqori uyg’onish davri an’analarini qabul etib, uni rivojlantirishga harakat qiladilar. Lekin shu bilan birga klassitsizm vakillari o’tmish san’ati badiiy shakl va obrazlarini o’zlari yashab turgan davr mazmuni bilan to’ldirishga, boyitishga harakat qildilar. Bu o’rinda Nikola Pussen asarlari, Klod Lorren manzaralari, Jak Sufflo binolari diqqatga sazovordir. Klassitsizm oqimi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmigacha davom etdi va o’zida davr ruhini ifodaladi. XVII-XVIII asr realistik san’atning etakchi o’ringa chiqishi bilan izohlandi. Bu davrda yaratilgan asarlarda inson o’zining butun borlig’i bilan namoyon bo’la boshlaydi. Uning hayoti, histuyg’ulari, hayotga bo’lgan estetik munosabati san’atkorlar ijodida o’zining badiiy ifodasini topa boshlaydi. Ispaniyalik rassom Diego Velaskes, Gollandiya rassomlari – Rembrant va Frants Xals, italiyalik rassom Karavadjo, frantsuz rassomi Sharden va boshqalar ijodida bu o’zgarishlar yaqqol ko’zga tashlanadi. Inson go’zalligi, uning olijanobligi va yuksak ma’naviyligi Rembrant asarlarining mohiyatini tashkil etadi. Uning asarlaridagi chuqur falsafiy mazmun kishi qalbiga quvonch baxsh etadi. Rembrant rangtasvir va ofort sohasida, qanday mavzuda (diniy, hayotiy) ishlashdan qat’iy nazar insonni kuylashga, uning ma’naviy pokizaligini va jismoniy go’zalligini ochishga intiladi. Insonlar orasidagi nozik munosabatlarni tasviriy san’at vositasi orqali keng tomoshabinga etkazishga harakat qiladi. Rembrant umrining so’nggi yillarida yaratgan “Oqpadarning qaytishi” asarida hayot va inson to’g’risidagi tushunchalar o’z hayotiy tajribalariga tayanib, ota oyoqlariga yiqilgan o’g’il obrazi orqali hayotning murakkabligi, uni bilish va unga to’g’ri yo’l topa olish nechog’lik og’ir ekanligini ochib beradi. Boshiga og’ir kun va tashvishlarni solishiga qaramay o’z o’g’lini bag’riga bosayotgan ota obrazi orqali mehribon, insonlarga faqat yaxshilik istagan mo’’tabar inson qiyofasi gavdalanadi. Bu asrlardan boshlab inson mehnati go’zalligi san’atkorning diqqatini torta boshladi. San’atkorlar mehnat mavzusida yirik asarlar yarata boshladilar. Evropa san’atida Diego Velaskes birinchi bo’lib, mehnat go’zalligini shoirona, ko’tarinki ruhda talqin etdi. Uning “Gilam to’quvchilar” deb nomlangan asari ana shunday asarlaridan dastlabkisidir. Rassom oddiy kundalik hayotda insonlarning xotirjam mehnati orqali ularning baxt haqidagi orzularini ko’ra oldi. Kompozitsiyada kishilarning tabiiy holdagi xotirjam mehnati, ularning jismoniy baquvvat gavdalari ishonarli talqin etgan. Xonani to’ldirib turgan nur esa bu tinch osoyishta hayot go’zalligini yanada bo’rttiradi. XVII-XVIII asrda ijtimoiy hayotda sodir bo’lgan o’zgarishlar me’morchilik oldiga ham qator muammolarni qo’ydi. Bu davrdan boshlab cherkov qurilishi hajmi kamaydi, uning o’rnini fuqaro me’morchiligi egallay boshladi. Shahar loyihalashtirilishiga alohida e’tibor berila boshlandi, shaharda me’morchilik ansambllari paydo bo’ldi. Turmushda go’zal buyumlarga intilish kuchaydi. Tevarak-atrof go’zalligiga e’tibor berish, bog’-park san’atini maydonga keltirdi. U bilan birga dekorativ haykaltaroshligi ham rivoj topdi. Germaniya va Avstriya.

17-asrda bo’lgan 30 yillik urush (1618-1648) Germaniyani yanada tarqoqlashtirib, uning iqtisodiy zaiflashuviga sabab bo’ldi. 17-asrda bo’lib o’tgan Prussiya va Avstriya orasidagi nizolar ham Germaniya va Avstriya ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ana shu ijtimoiy-tarixiy sharoitda yangicha san’at o’ziga yo’l ochib bordi. Bu dastlab adabiyot va musiqada o’zini namoyish etdi. (Lessing, Gyote, Shiller, Bax, Gendel). Me’morlik va tasviriy san’atdagi rivojlanish dastlab, Italiya hamda Frantsiya ta’sirida yuz berdi. 18-asr birinchi yarmida barakko, ikkinchi yarmida klassizm uslubi ustivor bo’ldi. Germaniya san’atida barokko o’z ko’rinishi va harakteri jihatidan Italiya barokkosiga o’xshab ketsa ham, lekin unga nisbatan detallarning birmuncha mayda va sovuq ko’rinishi bilan farqlanadi. Barakko mavzusi ko’pincha rokokko motivlari bilan aralashib ketadi. Bu xususiyatlar Vyurtsburg saroyi binosi va undagi intererlar (unga J.B.T’epola suratlar chizgan) boy dekorativ bezagida namoyon bo’ladi. Drezdendagi yirik cherkov binolari, Postdamdagi San-Susi saroyi ham o’zining nozik badiiy bezatilishi bilan e’tiborni tortadi. 18-asr 2-yarmida klassizm Germaniya me’morligida etakchi o’ringa chiqa boshladi. Berlindagi Brandenburg darvozasi (me’mor K.Langgans) o’zining jiddiy ko’rinishi va tantanavorligi bilan keyinchalik nems me’morligining o’ziga xos uslubiy ko’rinishlarini belgilashda muxim ahamiyat kasb etdi. Germaniya va Avstriya tasviriy san’atida 18-asrning 1yarmida asosan barokko ta’siri kuchli bo’ldi. T’epalo hamda Berinining ijodiga taqlid qilish sezildi. Ayrim rassomlarning real borliqni tasvirlashga intilishlari ma’lum darajada realistik jarayonning ham jonlanib borishiga imkoniyat yaratdi. Bu xususiyat portret san’atida sezilarli bo’ldi. Germaniyalik rassom Bal’tazar Denner (1685-1749), slovakiyalik rassom Yan Kupetskiy (1667-1740) yaratgan portretlari ayniqsa diqqatga sazovordir. 18-asrning 2-yarmidan boshlab, Germaniya antik san’atni o’rganish markaziga aylandi. Uning asosiy targ’ibotchisi Iogan Ioxim Vinkelman (17171768) bo’ldi. Uning “Qadimgi san’at tarixi” (1764) antik san’atga bag’ishlangan birinchi kitob bo’lib, yangi san’atshunoslikka asos soldi. U qadimgi yunon san’ati taraqqiyotining asosiy zamini yunon shahar-davlatlari (polislar) dagi ijtimoiy sharoit ekanligini ko’rsatdi. Vinkelman kitobi yosh Gyote dunyoqarashining shakllanishiga ham kuchli ta’sir qildi. Shuningdek, u boshqa mamlakatlarning klassik estetikasini rivojlanishida ham muhim o’rin egalladi. Nems rangtasviri va grafikasida ham olimning ta’siri sezilarli bo’ldi. Natijada 18-asr 2-yarmida klassizm etakchi o’rinni egallab, shu uslubda ishlovchi qator yirik san’atkorlar etishib chiqdi. Bular ichida Anton Rafael Mengs (1728-1779) ijodi aloxida o’rinni egalladi. U evropa san’atidagi mashhur va ta’sirli rassomlardan biriga aylandi. Mengs o’z ijodida antik san’atning ideal go’zallik yaratish borasidagi qonunlariga sodiq qolgan holda, uni Balonye akademistlarining yutuqlari bilan boyitishga, shaklning ifodali, jo’shqin bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Shu bilan birga, Mengs naturani o’rganish zarurligini unutmadi. Bu uning portretlaridagi realistik jihatini belgilaydi. Nems san’atidagi realistik yo’nalish Daniel Xodovetski (1726-1809) ijodida to’liqroq o’zini namoyon etadi. Asli Polshalik bo’lgan bu san’atkor angliyalik rassom Xogart ta’sirida nasihatgo’ylik yo’nalishida qator gravyura va ofortlar ishladi. Jamiyat hayotida sodir bo’layotgan kamchiliklarni tanqid qildi.

Uning “Dansigga sayohat” deb nomlangan albom uchun ishlangan suratlari bevosita o’z ona yurtiga qilgan safari paytida yaratilgan bo’lib, ular nems realistik san’ati taraqqiyotida muhim o’rin egalladi. Angliya. Angliya san’ati taraqqiyotidagi yangi bosqich 17-asr 2-yarmidan me’morchilikda namoyon bo’la boshladi. Me’mor Inigo Jons (1573-1620) mumtoz me’morlikni dastlab A.Palladino ijodini targ’ib etishdan boshladi va bu bilan ingliz klassizimi printsiplari shakllanishida muhim rol o’ynadi. Bu xususiya binoning funktsional tomoni qulayligi hamda uning badiiy bezatilishini uyg’unlashtirib yuborishga, klassik shakllarni aniq va erkin ishlatishga intilishda namoyon bo’ldi. Jons boshlagan ishni keyin mashxur me’mor Kristofer Ren (1632-1723) davom ettirdi. U mumtoz shakllarga milliy, o’ziga xoslik kiritishga harakat qildi. Uning mashhur va yirik asarlaridan biri Londondagi ulug’vor va tantanali Avliyo Pavel ibodatxonasi binosidir. Uning intererlari, kompozitsiyasi o’rta asr me’morligiga yaqin. U lotin butiga o’xshaydi. Lekin bino konstruktsiyasi va ayniqsa, undagi orderlar, katta gumbaz ishlanishi jihatidan mumtoz me’morlik tamoyillarini eslatadi va ingliz klassizimining o’ziga xos xususiyatlarini namoyon qiladi. 17-asrga kelib, ingliz rassomlari va haykaltaroshligida muhim asarlar yaratildi. Ayniqsa ingliz rassomlarining rangtasvir borasida erishgan yutuqlari keyinchalik evropa san’ati taraqqiyotida muhim bo’ldi. Uilyam Xogart (1697-17640 Angliyaning yirik rassomi, ingliz realistik rangtasvirining asoschisidir. Uning rantasvir va gravyuralarida mavjud tuzum, uning illatlari o’z ifodasini topdi. O’ziga xos novatorlik bilan ishlangan Xogart asarlari davrning ilg’or g’oyalari bilan sug’orilgan bo’lib, ular ingliz san’atida realizm tamoillarini mustahkamlanishiga hizmat qildi. “Go’zallikni taxlil etib” (1753) kitobida Xogart san’atning g’oyaviy jihatiga e’tibor berib, demokratik estetikaga xos tamoillarni ilgari surdi. U rasmiy badiiy nazariyalarni, tashqi jihatidan chiroyli, lekin ichki mohiyati jihatidan bo’sh, hayotdan uzoq san’at asarlarini, birinchi galda rasmiy portretlarni tanqid qildi. Kishilar turmushi, jamiyat taraqqiyotini o’zida to’liq aks ettira oladigan maishiy janr etakchi o’rinni egallashi kerak, dedi. O’zi shu tamoillarga sodiq xolda asarlar yaratishga intildi. Xogart ijodi 1780 yillardan boshlandi. Uning ilk asarlaridayoq rassom ijodining o’ziga xos xususiyatlari paydo bo’ldi. U, odatda, turkumli asarlar, ya’ni bir-biri bilan bog’liq bir necha mustaqil kompozitsiyalar yaratishni sevadi. Rassom o’z fikr va g’oyasini turkum asarlarida sekinlik bilan bayon etib, ochib bordi. Masalan, uning “Zamonaviy nikoh” (1735) asarlari turkumi olti tugallangan suratdan iborat bo’lib, unda kambag’allashib qolgan zodagon o’z o’g’lini boy savdogar qiziga uylantirishi va shu orqali boyib olishga intilishi ko’rsatiladi. Asarning so’ngida esa uning natijasi-kuyov kelinning o’ynashi tomonidan o’ldirilishi, qotilning dorga osilishi, kelin esa alam va uyatga chiday olmay o’z-o’zini o’ldirishi tasvirlanadi. Rassom har-bir kompozitsiyaning tugal, tasvirlangan voqealarning tushunarli bo’lishiga alohida e’tibor beradi. Savollar: 1. XVII-XVIII asr Evropa san’ati taraqqiyotining sabablari nimada va bu davr san’atida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?

2. Barokko, klassitsizm va boshqa uslublar, ularning bir-biridan farqi nimada? 3. XVII-XVIII asrda yashab ijod etgan rassomlardan kimlarni bilasiz va ularning asarlarini aytib bering. 11 – Mavzu: XVIII-XIX asr Rus san’ati, XVIII asr oxiri XIX asr Jaxon san’ati, XVIII asr oxiri XIX asr o’rtasi Frantsiya san’ati, XVIII asr oxiri XIX asr Ispaniya san’ati. REJA 1. XVIII-XIX asr Rus san’ati. 2. XVIII asr oxiri XIX asr Jaxon san’ati. 3. XVIII asr oxiri XIX asr o’rtasi Frantsiya san’ati. 4. XVIII asr oxiri XIX asr Ispaniya san’ati. Adabiyotlar: 1. Pruch I.E. Zapad. Evropeyskoe isskustvo 17 v. M. 1974 g. (Maldaya istoriya isskustv) 2. Abdullayev N. “San’at tarixi 2/1” Toshkent 2001 y. MAVZUNING MATNI: XVIII asr boshlarida rus rangtasvir san’atida portret janri yetakchi o’rinni egalladi. Buning boisi bor edi, albatta. Davlat va sanoat korxonalarining o’sishi, madaniyatning rivojlanishi aqlli, ziyrak, ishbilarmon odamlarga bo’lgan talabni orttirib yubordi. Qobiliyatli shaxslar e’zozlandi. Jamiyatning shaxsga bo’lgan bu munosabati portret san’atiga e’tibor qaratilishiga olib keldi. O’z mehnati, aqlzakovati, davlat oldidagi xizmatlari bilan xurmatga loyiq bo’lgan kishilar qiyofasi portret san’atida o’z ifodasini topdi. Rus portretchiligi rivojlanishi “qirollar palatasi ustaxonasi” rassomlari faoliyati bilan bog’liq. Bu yerda rus va chet el rassomlari ishlagan portretlar o’z ko’rinishi va xarakteri jihatidan ko’proq parsunaga yaqinlashib ketadi. Rassomlar parad portret ishlashni ma’qul ko’rishadi. Bunday portretlarda fon shartli ishlanib, unda turli tushuntirish yozuvlari uchraydi. Portretlanuvchilarning liboslari, bezaklarini aniq ko’rsatishga intilish ham portretning dekorativ jihati ortishiga hizmat qiladi. Parsunada fazoviy kenglik va xajm masalasi ham to’liq echilmagan. Obraz harakteri to’liq ochilmagan. Rus san’atida mavjud bo’lgan parsuna san’ati yo’nalishi asosan 17-asr 80-90-yillarida paydo bo’ldi. Rus badiiy hayotiga rasslom-pensionerlarning ko’plab kirib kelishi hamda chet el rassomlari safini kengayishi rus san’atida parsuna san’atini siqib chiqara boshladi. Rus san’atida to’laqonli portret asarlari yuzaga kela boshladi. Endilikda tasvirlanuvchining faqat tashqi qiyofasigina emas, balki uning murakkab ichki ruhiy dunyosini ham yoritishga intilish boshlandi. 18-asr haykaltaroshligi davr san’ati va madaniyatining umumiy ravnaqi bilan bog’liqdir. Bu davrda dumaloq haykaltaroshlik realizmga o’ta boshladi. Yog’och o’ymakorligi o’zining gullagan davrini boshidan kechirdi. Monumental va dekorativ haykaltaroshlik keng yoyila boshladi. Bu san’atning rivojlanishi, avvalo Peterburg va uning yaqinidagi saroylarni qurishda dekorativ

haykaltaroshlik, ayniqsa, bo’rtma tasvir-relefdan foydalanish muhim o’rin tutadi. Bu ishlarni rus ustalari chet eldan kelgan san’atkorlar bilan bajardilar. 18-asrning 2-yarmi va 19-asrning boshlarida Rossiyadagi iqtisodiy rivojlanish, savdo-sotiqningo’sishi, fan va madaniyatdagi yutuqlar rus badiiy san’ati rivojlanishiga ijobiy ta’sir qildi. Xalq amaliy va dekorativ san’ati ham ravnaq topdi. Bu davrda rus san’ati dastlab, me’morchilikda shakllangan klassizm uslubiga xos fazilat-shakl aniqligi, kompozitsiya soddaligi va simmetriyaga e’tibor berdi. Antik san’atga qiziqish va uning shakllaridan ijodiy foydalanishga intilish rus amliy san’atida ko’proq rangli toshlarni o’yish, mebel, chinni va shishalardan yasalgan buyumlar yasash san’atida sezildi. Xalq amaliy san’ati shu davrga kelib, yangi motiv va shakllar bilan boyidi va o’zida davr ruxini ifoda etdi. Yog’och o’ymakorligi, rang naqqoshligi, kulolchilik, o’yinchoqlar, tikish-bichish nafis yodgorliklari shu davrning boy rangbarang badiiy hayotidan dalolat beradi. XVIII asr oxiri XIX asr o’rtasi Frantsiya san’ati. 1769 yili burjua inqilobi Evropa tarixida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, u san’at taraqqiyotida ham muhim yangi o’zgarishlar yasadi. Inqilobga tayyorgarlik yillarida san’at muhim rol o’ynadi. Klassizm uslubi inqilob arafasida burjua inqilobiy g’oyalarini ifodalovchi badiiy yo’nalish darajasiga ko’tarildi. Klassizm vakillari o’z obrazlarining aniq, jiddiy, yorqin bo’lishiga aniq e’tibor berdilar. Ular anitik san’at asarlari, ayniqsa, haykaltaroshlik shakllarini taqlid namunasi qilib oldilar va o’z ijodalarida undan foydalandilar. Inqilob yillari bayramlar munosabati bilan ko’cha va maydonlarni bezash san’ati paydo bo’ldi. Bu san’at san’atlar sinteziga asoslangan edi. San’atdan ko’zda tutilgan maqsad inqilobiy g’oyalarni xalq ommasiga etkazish edi. Muzeylar ham shu maqsadga bo’ysundirilibk, ulardan inqilob yutuqlarini mustaxkamlashda foydalanildi. Me’morchilik. Klassizm tamoyillari dastlab me’morlikda ko’rina boshladi. Me’mor va haykaltaroshlar, rassom va amaliy san’at ustalari hamkorlikda ishlab, kishilarning ideal dunyo, orzudagi shahar yaratish haqidagi orzularini ro’yobga chiqarish uchun harakat qildilar. Bu intilish shaharsozlik san’atida ko’zga tashlandi. Masalan, me’mor Klod Ledu (1736-1806) loyihalarida, jumladan, Sho shahri majmuasi, Mark Gabrielning “Kelishuvlar maydoni” me’morlik majmuasi loyihalarida shu seziladi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida klassizm va romantizm orasida qizg’in kurash ketdi. Klassizm avvalgi g’oyaviy kuchi va ta’sirchanligini yo’qotib, reaktsion akademizmga aylana bordi. XVIII asr oxiri XIX asr Ispaniya san’ati. Bu davr ispan tasviriy san’atida ham klassizm etakchi o’rinni egalladi. Uni 1761 yildan Ispaniyada yashay boshlagan nems rassomi Anton Rafael Mengs boshqardi. Lekin, bu davr san’atida aynan bir hil yo’nalish mavjud edi, deb xukm chiqarib bo’lmaydi. Bu davr san’atida bir tomondan Mengs, ikkinchi tomondan 1767 yildan Ispaniyada yashab ijod qila boshlagan Tepelo ijodiga taqlid qilishni, shuningdek, milliy rassomlik an’analarining davomini hamda realistik jarayonlar rivojini ko’rish mumkin.

Fransisko Goyya (1746-1828) ham 21-asrning yirik rassomi. U Evropa realistik san’atining yo’lboshchisidir. Ispan xalqining fojeali taqdiri va qahramonligi, ijtimoiy hayotdagi real voqealar rassom usun ijod manbai bo’lib hizmat qildi. Shu voqealarni tasvirlash orqali u o’zining hodisalarga munosabatini, xukm chiqaruvchi san’atkor ekanligini namoyon qildi. Uning asarlarida inson hissiyoti, uning xis-tuyg’ulari va kechinmalari o’z ifodasini topdi. Goyya Saragos yaqinidagi qishloqda xunarmand oilasida dunyoga keldi. Tasviriyyot asoslarini dastlab shu erdagi mahalliy rassom ustaxonasida o’rgandi. Keyin tahsilni Madridda akademik maktabining yirik vakili Fransisko Baye qo’lida davom ettirdi. Italiya bo’ylab safarda bo’lib, o’z bilimini kengaytirdi. Goyyaning ilk ijodida shu davr ispan san’atida etakchi bo’lgan klassizm uslubi ta’siri borligi uning “Oyoq-qo’li mihlab qo’yilgan Iso” suratida namoyon bo’ladi. Bu rasmi uchun rassom akademik unvoniga sazovor bo’lgan. Goyya cherkov uchun devoriy suratlar ham ishlagan. Goyyaning rassomlik iste’dodi qirol Shpaler manufakturasi uchun suratlarida yorqin ko’rindi. 43 kartonda ishlangan bu suratlarda rassom xalq hayotidan olingan lavhalarni-hosil o’rimi, o’yin, bayramlarni tasvirlaydi. Xalq sayli va shodiyonasini aks ettiradi. U mahoratini oshirish borasida ishlashni davom ettirib, Velaskes, Rembrandt ijodlarini o’rgandi. Ularning asarlaridan ko’chirmalar oladi. Rassom o’z asarlarida zamonasining eng muhim voqealarini ko’rsatish orqali davr mohiyatini ifodalashga intiladi, illatlarni, ziddiyatlarni ochib tashlaydi. Shuning uchun uning asarlari ko’rinishi jihatidan jo’shqin va hayajonli. Savollar: 1.XVIII-XIX asr Rus san’ati haqida gapirib bering. 2. XVIII asr oxiri XIX asr Jaxon san’atida qaysi uslublar yetakchilik qilgan? 3. Fransisko Goyya ijodi haqida gapiring. 4. XVIII asr oxiri XIX asr Ispaniya san’ati.

12 – Mavzu: XIX asr Angliya va Germaniya san’ati, XIX asrning ikkinchi yarmida Frantsiya san’ati, XX asr Jaxon san’ati REJA: 1. XIX asr Angliya va Germaniya san’ati. 2. XIX asrning ikkinchi yarmida Frantsiya san’ati. 3. XX asr Jaxon san’ati. Adabiyotlar: 1. Pruch I.E. Zapad. Evropeyskoe isskustvo 17 v. M. 1974 g. (Maldaya istoriya isskustv) 2. Abdullayev N. “San’at tarixi 2/1” Toshkent 2001 y. MAVZUNING MATNI: 18-asr ohiri 19-asr boshlarida Angliya san’atida realizm o’zining gullagan davrini boshidan kechirdi. Shu davrda yashab, ijod etgan ko’pgina rassomlar ingliz san’atini boyitib Evropa san’atiga ham samarali ta’sir o’tkazdilar. Rassomlar

jamiyatda sodir bo’dayotgan illatlarni ro’y rost ochishga harakat qildilar, xalqning og’ir axvolini tasvirlab, turmush mashaqqatlari, odamlarni jismoniy va ma’naviy mayib qilayotganligini achinish bilan aks ettirdilar. Bir qator san’atkorlar esa o’rta asr afsona va obrazlariga murojjat qildilar. Me’morlikda turli davr uslublariga taqlid qilish namoyon bo’ldi. Binolar ko’rinish jihatidan goh gotika, goh Xitoy motivlari, goh Rim me’morchiligini eslatib turadi. Bu xususiyatlar tasviriy san’atda yanada ochiqroq ko’rinadi. Bu davrda portret va karrikaturada, kitob grafikasida etuk asarlar yaratildi. Lekin katta mifologik asarlarda, hayotiy-maishiy janrdagi kartinalarda g’oyaviylik yo’nalish sustligi seziladi. Vatanparvarlik ruhi bilan sug’orilgan realistik manzara janrida ingliz san’atining yutuqlari namoyon bo’ldi. Ingliz realistik manzara janrining taraqqiyoti akvarel rangtasviri rivoji bilan uzviy bog’liqdir. Ingliz akvarelchilari bu texnikaning o’ziga xos xususiyatlarini namoyon etib, beg’ubor, serzavq ingliz tabiatining ajoyib ko’rinishlarini yarata oldilar. Ingliz manzara janrining taraqqiyotida Noriche maktabining asoschisi Jon Krom (1768-1821) ta’siri, ayniqsa sezilarli bo’ldi. Oddiy hayot go’zalligidan, tabiatning ulug’vorligi va bitmas-tuganmas boyligidan hayajonlanish, ularni tasvirlashga intilish uning moybo’yoqda ishlagan asarlarining asosini tashkil etadi. 19-asrga kelib, Germaniya madaniyati yuksaldi va u G’arbiy Evropadagi ilg’or mamlakatlardan biri bo’lib qoldi. Gyote, Geyne, Betxoven, Vanger kabi buyuk san’atkorlar ham ana shu davrda yashab ijod etishdi. Gegelning falsafiy qarashlari tizimi ham shu davrda vujudga keldi. Germaniyada adabiyot va musiqa misli ko’rilmagan darajada rivojlangan bo’lsada, tasviriy san’at va me’morchilik birmuncha orqada qoldi. Germaniya tasviriy san’atida romantizm, klassizm va 19asr o’rtalarida realizm yo’nalishlari o’zaro kurashda bo’ldi. Nemis romantizmi 18asr so’ngida klassizmga qarshi kurashda shakllana boshlagan bo’lib, uning vakillari ilg’or g’oyalardan voz kechish, hayoliy timsol tasvirini va shaxsiy kechinmalarini tasvirgashga chaqirdilar. Nemis romantizimidagi bu qarashlar xukmdor sinf tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Albatta, nemis romantizmidagi shaxsiy kechinmalarni ifodalashga intilish va tasvirlanayotgan voqea ta’sirchanligini oshirishga intilish mavjud badiiy shakllarni yanada mukammallashtirishga, klassizmning qotib qolgan uslub va metodlaridan qutulishga imkoniyat yaratdi. Nemis romantizmining ilk ko’rinishi 19-asr birinchi yarmida F.O.Runge, K.D.Fridrix ijodida o’z ifodasini topdi. Roamntiklar milliy an’analarni qayta tiklashga da’vat etdilar. Ular ona yurt o’tmishini o’rganishga e’tibor qaratdilar. 19-asrning 10-yillaridan boshlab, hayot haqiqatidan uzoqroq bo’lish, davr ziddiyatlariga aralashmaslik bir guruh ijodkorlarning san’atga qarashlari uchun xos xususiyat bo’lib qoldi. Ular o’rta asr diniy monumental rangtasvirini qayta tiklashni maqsad qilib oldilar. Ilk uyg’onish davri san’ati an’analari ular uchun namuna maktabini o’tadi. Bu guruhga a’zo rassomlar “nazareyts”, ya’ni “uzun soch” degan nom bilan ataldilar.

19-asr nemis san’atida davrning ilg’or g’oyalari o’z badiiy ifodasini topganligini e’tirof etish kerak. Bu xususiyat portret va manzara janrida ayniqsa sezilarli bo’ldi. Unda tabiatning ulug’vorligi, inson qalbi go’zalligi ulug’landi. Frantsiya bu davrda ham Evropa madaniy hayotida etakchi o’rinni egalladi. Bu erda demokratik harakatlarning o’sib borishi, 1830 yili sodir bo’lgan xalq g’alayonlari davlat siyosiy tuzumini larzaga keltirdi. 1848 yildagi g’alayon ishchilar sinfining katta kuch ekanligini ko’rsatdi. 1871 yilda tashkil topgan Parij kommunasi ommaviy harakatining “buyuk namunasi” bo’ldi. Frantsiyada bo’lib o’tgan bu voqealar Evropa mamlakatlarida ham milliy ozodlik harakatlarini kuchayishiga olib keldi. Uning ta’sirida san’atda ham qator o’zgarishlar yuz berdi. Bu jarayonlar ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bog’liq bo’lib, ular ijodkorlar dunyoqarashi shakllanishida muhim rol o’ynadi. Onoro Dom’e (1808-1879). Ijodiy faoliyati davomida burjua tartiblariga qarshi kurashgan Dom’e o’z asarlarida odamlar orasidagi samimiy munosabatlarni ulug’ladi, burjua parokandaligini, uning ikkiyuzlamachiligini tanqid qiladi, tevarak-atrofga befarqlikni qoraladi. Dom’e o’z ijodini hajviy suratlar bilan boshladi. Satirik portretlar, mavzuli kompozitsiyalar chizdi. “Qonun chiqaruvchilar uyasi” (1834) uning shunday asarlaridandir. Unda deputatlarni palata majlisi vaqtida tasvirlab, ularning har birining o’ziga xos qiyofasini ochib berishga harakat qiladi. Tasvirlangan qiyofalarning hammasida umumiy o’xshashlik-atrofga befarqlik, ma’naviy tubanlik, aqliy zaiflik ko’rinadi. Davlat arbobi degan oliy nomga bularning hech qanday aloqasi yo’qligi ko’rsatiladi. Barbizon maktabi. Milliy realistik manzara san’ati rivojida Parij yaqinidagi Barbizon va uning atrofiga yaqin erlarni, Fontenblo o’rmonini o’zlari uchun sevimli maskanga aylantirgan rassomlar ijodi muhim rol o’ynaydi. Ular o’z yurtlarining tabiatini kuzatish va uni chuqur o’zlashtirish asosida hajm jihatidan katta bo’lmagan manzara janriga xos asarlarni yaratib, tabiat go’zalligini ko’pchilikka ko’z-ko’z qilib, o’zlarining yurtga muxabbat va hurmatlarini ifodaladilar. Ular manzara san’atida o’zlarining xis-tuyg’u va kayfiyatlarini ham ifodalashga intildilar. Ular bevosita tabiat qo’ynida asarlar yaratdilar. “Barbizon maktabi” iborasi ham shu er nomidan olingan. Bu ibora frantsuz milliy realistik maktab vakillarining 30-40-yillardagi ijodini ta’riflash uchun qo’llaniladigan bo’lib qoldi. Bu maktab vakillari ijodiga xos xususiyat ona yurt tabiatini kuylash, kishilarda unga nisbatan muhabbat uyg’otishga qaratilganligidandir. Uning asarlari bevosita hayotning o’zidan olinganligi hamda kompozitsiya va koloritining tabiiy hamda nur va havoga boyligi bilan o’ziga xoslik kasb etadi.

13 – Mavzu: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rus san’ati, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida O’zbekiston san’ati. REJA: 1. Talabalarni shu davr rus san’ati bilan to’liq tanishtirish. 2. Rossiyaga Evropadan kirib kelgan oqimlar va uning yirik vakillari bilan tanishtirish.

3. X1X-asr oxiri va XX-asr boshlaridagi O’zbekiston san’ati haqida batafsil tushuncha berish. Adabiyotlar: 1. Ilina «Istoriya russkogo iskusstva», M. 1979 y. (34-76) 2. A.D.Chegodeev, M.V.Alpatov «Vsemirnaya istoriya iskusstva», T-4 M.1949 3. M.V.Alpatov «Russkoe iskusstvo XVIII-XIX vekov». M. 1958 y. T-2 (22-45) 4. A.Egamberdiev va boshqalar. “Tasviriy va me’morchilik san’ati tarixi” Toshkent-2007 y. MAVZUNING MATNI: Rus san’atining keyingi rivojlanishi XVIII asr boshlaridagi Pyotr I reformalari bilan uzviy bog’liqdir. Pyotr I rus san’ati va madaniyatini ko’tarish uchun haqiqiy jonbozlik ko’rsatdi. Shu davrda Pyotr I Peterburg shahriga asos soldi. Shahar qurilishi uchun chekkadan ko’plab me’mor, quruvchi-injenerlar, rassomlar jalb etildi. Shu bilan birga milliy san’atkorlarni tayyorlash muhim vazifalar qatoriga qo’yildi. Qobiliyatli rus yoshlari chet ellarga o’qishga yuborildi, ularga shaxsiy homiylik qilindi. Bu esa rus badiiy maktabining rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatdi. Bu davrda etakchi o’rinni me’morchilik san’ati egalladi. Uning tur va janrlari kengaydi, yangi tiplari, jumladan teatr, kutubxona, saroylar, o’quv dargohlari, maydon va bog’-parklar vujudga keldi. Haykaltaroshlik borasida katta yutuqlarga erishildi. Bu o’rinda Pyotr I ga o’rnatgan yodgorlik, “Mis Chavandoz”, V.Kozlovskiyning “Samson”, A.Suvorov haykali F.I.Shubinning portretlari, Martosning “Minin va Pojarskiy” haykallarini eslab o’tish mumkin. Bu asarlar Evropa klassik san’atining an’analarini chuqur egallagan, uni yangi davr mazmuni bilan to’ldira olgan etuk ijodkorlar mavjudligidan, rus san’atining ilg’or vakillari Evropa san’ati bilan uzviy bog’liqligi va aloqadorligidan dalolat beradi. Bu davrda rangtasvir sohasida ham sezilarli rivojlanish bo’ldi. Portretchi rassom I.N.Nikitin, A.G. Antropov, I.P.Argunov, F.S.Rokotov, D.G.Levitskiy, V.L.Borovikovskiylar rus realistik rangtasvirining rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdilar. Shu davr ijodkorlari san’at tarixida birinchi bo’lib, xalqning ulug’vorligini to’laqonli, ko’p figurali kompozitsiyalar orqali yoritib, o’z davrining haqiqiy obrazli panoramasini yaratishdi. Portret, maishiy, tarixiy va manzara janrlarida yaratilgan asarlar yuksak mahorat bilan ishlanganligi, o’zining chuqur psixologizmi, kompozitsion tugalligi va mazmundorligi bilan hamon kishilarga estetik va ma’naviy ozuqa baxsh etib kelmoqda. XIX asr rus san’ati taraqqiyotidagi dastlabki bosqich bevosita 1812 yil Vatan urushi bilan bog’liqdir. Urushning rus xalqi uchun g’alaba bilan tugallanishi milliy g’ururning o’sishi, insonga nisbatan yangi munosabat, hurmat bilan qarashning paydo bo’lishiga olib keldi, hamon hukm surayotgan krepostnoy tuzumining jamiyat taraqqiyotiga to’siq ekanligini aniqroq ko’rsatib berdi. Rossiyaning ilg’or kishilari bu tuzumning bekor qilinishini talab qilib, Chor Samoderjaviyasiga qarshi kurash boshladilar. Bu kurash bo’lib o’tgan Dekabristlar qo’zg’olonida yaqqol namoyon bo’ldi. Ijtimoiy hayotdagi kayfiyatlar san’at va adabiyotga o’z ta’sirini o’tkaza boshladi. San’atkorlar inson qadr-qimmatini ulug’lovchi asarlar yaratishga alohida e’tibor bera boshladilar. Insoniy burch, vatanparvarlik mavzularida asarlar yaratdilar. San’atkorlar o’z

asarlarida ommani tarbiyalash, ular orasida ma’rifat tarqatishga harakat qildilar. Bu davrning ilg’or vakillari portret ustasi O.A.Kiprenskiy, V.A.Tropinin, A.G.Venitsianovlar edi. Ular hayotni jon dili bilan sevuvchi inson obrazlarini yaratdilar; hayotni to’laqonli tasvirlab, inson va tabiat uyg’unligini kuyladilar. Insonlarning mehnatsevarligini, ichki go’zalligini uning jasurligini o’z asarlarida ko’rsatdilar. Bu rassomlar mohir pedagog sifatida ham mashhurdirlar. XIX asrdan boshlab, rassomlar qaysi mavzuga murojaat qilishmasin, qaysi janrda asar yaratishmasin, dastlab o’z zamondoshlarining his-tuyg’u, fikr va o’ylarini ifodalashga, davrning dolzarb masalalarini xalq orasiga yoyishga harakat qildilar. Bu o’rinda K.P.Bryullovning “Pompeyning so’nggi kuni”, A.A.Ivanovning “Isoning xalqqa ko’rinishi” kabi polotnolari xarakterlidir. “Pompeyning so’nggi kuni”da rassom o’tmish voqeasini tasvirlash bilan chegaralanmaydi, balki shu fakt asosida o’sha davr uchun zarur bo’lgan ahloq, burch masalalarini kuylaydi. Rassom odamiylik va xudbinlikni qarama-qarshi qo’yar ekan, shu bilan birga insoniylikni hamma narsadan yuksak qo’yadi. Bu hol odamlarning hatti-harakati, hissiy kechinmalaridan yaqqol ko’rinadi. Bryullov oliyjanoblikni, insoniylikni ulug’laydi, inson manfaatini shaxsiy manfaatdan yuqori qo’yadi. A.Ivanovning “Isoning xalqqa ko’rinishi” asari diniy mavzuda orqali bo’lsa ham, rassomning xalq hayoti masalalari to’g’risidagi fikr-o’ylari unda etakchi o’rinni egallaydi va natijada asar davr mazmuni va kayfiyatini aks ettiruvchi realistik asar darajasiga ko’tariladi. Xalqning haqiqatga, ozodlikka bo’lgan intilishi va ichki kechinmalari bu asar mazmunini tashkil etadi. Rus rangtasvirida yaratilgan bu asarlar keyingi rassomlar tomonidan yana rivojlantirildi, mavzulari kengaytirildi. X1X-asr oxiri tasviriy san’at taraqqiyoti va xarakteri bevosita rus revolyutsion harakati bilan chambarchas bog’liqdir. Rassom va haykaltaroshlar o’z ijodlarida bevosita revolyutsion demokratlar V.G.Belinskiy, N.G.Chernishevskiy, N.A.Dobrolyubovlarning g’oyaviy-estetik printsiplariga murojaat qildilar. San’atkorlar o’z ijodlarida xalq hayotining mohiyatini ochib berishga, xalqning buyuk qudratini kuylashga harakat qildilar. Inson huquqini paymol etuvchilarga qarshi isyon ko’tardilar, ijtimoiy tuzum kirdikorlarini fosh etdilar. San’atda sodir bo’lgan bu xususiyatlar rangtasvirning maishiy va portret janrlarida yaqqol namoyon bo’ldi. Bu sohada etuk, g’oyaviy pishiq asarlar yaratildi. San’atda sodir bo’lgan bu yo’nalishlarning ravnaqi bevosita XIX asrning II yarmida tashkil etilgan “ko’chma ko’rgazmalar birodarligi” birlashmasining faoliyati bilan bog’liqdir. Unda mashhur rus tanqidchisi V.A.Stasov hamda san’at homiysi P.M.Tretyakovlarning roli katta bo’ldi. “Ko’chma ko’rgazmalar birodarligi” o’z tevaragiga ilg’or san’atkorlarni birlashtirdi, xalq hayotini aks ettiradigan realistik san’atni rivojlantirish va targ’ib etishni o’zining asosiy maqsadi deb bildi. Bu birlashmaga a’zo bo’lgan, uning g’oyaviy platformasini tan olgan va ko’rgazmalarida qatnashgan rassomlar “sayyor rassomlar” deb nomlandilar. Bularning yo’lboshchisi va tashkilotchilaridan biri Ivan Nikiforovich Kramskoydir. U portretchi san’atkor sifatida taniqli bo’lib, uning asarlari o’zining chuqur psixologizmi bilan ajralib turadi. Uning ko’pgina portretlari chuqur talqin etiladi, ya’ni tasvirlanayotgan obraz biron-bir narsa bilan shug’ullanayotgan paytda,

tevarak-atrof ko’rinishi bilan bog’liq tarzda tasvirlanadi. Ayniqsa, uning “Nekrasov”, “Notanish ayol” asarlari juda mashhurdir. “Sayyor rassomlar” a’zosi, taniqli rassomlardan biri V.G.Perovdir. U o’zining butun ijodiy faoliyatida xalq hayotini tasvirlashga, mavjud tuzum kamchiliklarini ochib tashlashga intildi. Uning bu intilishlari “Uchovlon”, “Marhumni kuzatish”, “Chegaradagi mayxona” kabi qator asarlarida o’z ifodasini topgan. XIX asrning II yarmidan boshlab rus badiiy hayotida faol ishtirok eta boshlagan buyuk rus rassomi I.E.Repin o’zining butun umrini rus san’atining ravnaqiga bag’ishladi. Repin tarixiy, maishiy va portret janrlarida samarali mehnat qilgan. Uning asarlari o’zining chuqur psixologizmi, badiiy tilining soddaligi va tushunarliligi hamda yuksak professional mahoratda ishlanganligi bilan kishini hayratlantiradi. U yirik, ko’p figurali asarlar yaratdi, “Kursk guberniyasidagi yurish”, “Zaporojeliklar maktubi”, “Volgadagi burlaklar”, “Ivan Grozniy va uning o’g’li Ivan”, “Kutmagan edilar” kabi buyuk asar shular jumlasidandir. Shu bilan birga u mashhur zamondoshlarining portretlari galereyaisni ham yaratib qoldirdi. Bular ichida M.P.Musorgskiy, M.V.Glinka, L.N.Tolstoy, A.M.Gorkiy, V.V.Stasov portretlari diqqatga sazovordir. XIX asrning ikkinchi yarmida samarali ijod qilgan V.M.Vasnetsov o’z ijodida xalq doston va ertaklardan olingan syujetlar asosida asarlar yaratdi. Uning “Pahlavonlar”, “Alyonushka”, “Bo’ri mingan shahzoda”, “Kanizey podsho huzurida”, “Uyqudagi malika”, “Uchar gilam” asarlari mashhurdir. Bu asarlarda xalqning baxt-saodat va adolat haqidagi orzu-umidlari kuylanadi. Bu davr dunyoga mashhur yirik san’atkorlarni etkazib berdi. Ular ichida portret ustalari V.A.Serov, K.Korovin, K.Makovskiy, buyuk rus tarixiy janrchisi V.I.Surikov, N.A.Yaroshenko, I.M.Pryanishnikov, teatr rassomi M.A.Vrubel, N.A.Kasatkin, A.E.Arxipov. Bu davrda haqiqiy rus milliy manzara rangtasviri maydonga keldi. Manzarachi rassomlar rus o’lkasining go’zalligi, bepoyonligini ko’rsatish orqali kishilarda vatanparvarlik hislarini o’stirishga, oddiy tabiat ko’rinishidagi go’zallikni to’laqonli ifodalashga harakat qildilar. Tabiatning turli holatlarini real tasvirladilar. A.K.Savrasov ana shunday birinchi rassomlardandir. Uning “Qora qarg’alar uchib kelishdi” deb nomlangan suratida qish qaytishi, tabiatning jonlanishi tushunarli va jonli talqin etilgan. Shu davrda yashagan I.I.Shishkin, F.A.Vasilev, V.D.Polenov kabi rassomlar ham rus manzara tasviri namunalarini yaratib qoldirdilar. Shu davrda yashab ijod etgan yirik rus rassomi I.P.Levitanning mavzusi ham rus tabiatini kuylashga qaratilgan. U o’z asarlarida tabiat go’zalligi va ulug’vorligini ko’rsatish bilan birga, asarlarida davr kishilarining ruhi ifodalashga, o’zining hayot to’g’risidagi falsafiy fikrlarini bayon etishga harakat qildi. Uning “Vladimirka”, “Qabr ustida”, “Mangu sukunat” kabi asarlari shular jumlasidandir. XX asr boshlarida insoniyat tarixida yangi davr boshlandi. Bu san’at chin ma’noda ommani orzu-istaklarini, his-tuyg’u, fikr-o’ylarini ifodalovchi san’atga aylandi. Xalqning o’zi esa uning ijokori bo’lib, maydonga chiqdi. San’atning bosh qahramoni xalq edi. Uning oliyjanob mehnati, er yuzida tinchlik, demokratiya uchun olib borayotgan kurashi, hayotga bo’lgan chuqur muhabbati san’atkorlarning asosiy mavzusidir. Bu davrda san’atning mavzusi

kengaydi, uning yangi tur va janrlari maydonga keldi. Bu tarixiy sobiq inqilob janridir. Bu janrning mazmuni bevosita sho’rolar inqilobi, fuqarolar urushi yillari bilan bog’liqdir. Rassom va haykaltaroshlar bu janrga murojaat qilar ekanlar, dastlar xalqning ulug’vorligi va qudratini ochib berishga harakat qildilar. Bu davr ajoyib ustalarni etkazib berdi. Bular ichida rassomlardan Isak Izrailevich Brodskiy edi. U bir nechta yirik monumental asarlar yaratdi. Bulardan tashqari shu davrning yirik rassomlaridan G.G.Ryajskiy, B.V.Ioganson, K.S.Malevich, A.V.Lentulov, A.A.Deyneka, A.A.Plastov, M.Serov, A.Samoxvalov kabi rassomlar yashab ijod qilganlar. Inqilob mavzusidan tashqari manzara janri ham katta yutuqlarga erishdi. Manzara janrida ishlagan rassomlardan biri bu A.A.Rilov edi. Uning asarlari go’zal va ulug’vor. U asarlarini davr kishilari ruhi bilan to’ldirishga harakat qiladi. Oktyabr to’ntarilishi va fuqarolar urushini aks ettiruvchi asarlar, insonlarning mardligi va jasoratiga bag’ishlangan polotnolar ham o’sha davr tarixida faxrli o’rinni egallaydi. Bu mavzudagi asarlar o’zining ishlanishi va uslubining rangbarangligi bilan ajralib turadi. A.A.Deynekaning “Petrograd mudofaasi” deb nomlangan polotnosi 1928 yil yaratilgan. M.B.Grekovning “Budyoniy otryadiga”, N.M.Shuxminning “Maydonga chiqish haqida buyruq” G.K.Savitskiyning “Eski armiyaning 1918 yil stixiyali qaytishi” K.S.Petrov-Vodkinning “Komissarning o’limi”, 1919 y. “Trevoga”, I.D.Shadrning “Tosh-proletariat quroli” kabi asarlarida sobiq inqilob va fuqarolar urushi yillaridagi kishilarning kayfiyati o’zining badiiy ifodasini topgan. Shu bilan birga kishilarning dushmanga bo’lgan nafrati, o’z yurti va xalqiga bo’lgan chuqur muhabbati san’atkorlarning II jahon urushi mavzusidagi ishlangan asarlarida o’zining badiiy ifodasini topdi. A.Deynekaning “Sevastopol mudofaasi” (1943), S.A.Gerasimovning “Tartizanning onasi” (1942), F.D.Favoyrskiyning “O’limdan kuchli” (1951), I.Toidzening “Ona Vatan da’vati” (1941) asarlari shular qatoridandir. Bu davrda maishiy janr ham yangi mazmun kasb etdi. Bu mavzuda yaratilgan asarlarda shu davr kishilarining kundalik turmushi, mehnati, yoshlarning tarbiyasi aks ettirildi. N.B.Terpsixorovning “Birinchi shoir”, E.M.Cheptsovning “Qishloq yacheykasining majlisi”deb nomlangan suratlarda kechagi dehqonning bugungi kunda jamiyat ishlarida faol ishtirok etayotganini sodda, lekin ishonarli talqin etiladi. Maishiy janr taraqqiyoti,jamiyt taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. II jahon urushi yillari o’sha davr kishilari uchun haqiqiy sinov yillari bo’ldi. Bu yillarda ularning front ortidagi qahramonligi, rassomlarning maishiy mavzusidagi asarlarida o’z ifodasini topdi. Bu janrning keng rivojlanishiurushdan keyingi yillarga to’g’ri keldi. Bu yillarda u etakchi janr qatoridan o’rin olib, xalq hayotining hamma tomonlarini qamrab oluo’chi san’at darajasiga ko’tarildi. Rassomlar asarlarida tinch mehnat, farovon xayotgo’zalligini kuyladilar. Insonlar orasidagi mehribonlik, olijanoblik, do’stlik kabi fazilatlarni ulug’ladilar. Bu davr san’atida yoshlar hayotiga bag’ishlangan juda ko’p asarlar ham yaratilgan. Bu asarlarda sobiq sovet yoshlarining san’atga, ma’rifatga qiziqishi tarannum etiladi. Bolalar hayotiga bag’ishlangan asarlar ham yaratildi. F.P.Reshetnikov tomonidan yaratilgan “Yana ikki oldingmi?”, “Kanikulga qaytdi” kabi asarlarida bolalarga xos bo’lgan xislatlar ishonarli talqin etiladi.

XIX-asr oxiri va XX-asr boshlaridagi O’zbekiston san’ati. Me’morchilik. XIX asrda Xiva, Buxoro, Qo’qonda machit, madrasa, maqbara kabi an’anaviy tipdagi madaniy binolar kompozitsion uslub jihatidan hashamatli bezakdor turur joylar sifatida quriladi. Bu davrda rus shahar qurilishi uslubi kirib keldi. Mustaqil reja asosida yangi Skoblev (Farg’ona) shahri bunyod etildi. Andijon, Toshkent, Samarqandda ham yangicha shahar qurilishi rivoj topdi. O’zbekiston xalq me’morchiligida XIX-XX asr uchun Farg’onada ikki tomonga ochiladigan darvozalar va yopiq eshikli derezalar, bezakdor devordagi taxmonlar, o’ymakor ganch va shiftning naqshdorligi, Buxoro va Samarqandda jimjimador ustunli ayvon, guldor devorlar va o’ymakor naqshlar harakterlidir. Xiva uchun esa atrofi o’ralgan ayvonli xovlilar, jimjimador yog’och o’ymakorli ustunlar, qishloq chorbog’lari mustaxkam arxitektura shakllariga taqlid qilingani bilan diqqatni tortadi. O’zbekistonning turli xududlarida ip-gazlamaga oid, yarimshoyi va shoyi gazlamalar, rangi bir xil, targ’il, rang-barang naqshli xonatlaslar to’qish keng tarqalgan. Shuningdek, bu davrda O’zbekistonda do’ppi, kiyim-kechak, so’zana, gul bosilgan gazlama, zardo’ziy gilam to’qish, terini oshlash, metalldan badiiy buyumlar yasash, zargarlik san’ati, kulolchilik san’ati rivojlangan. Naqshlar turli guldor va geometrik, epigrafik, hayvonlarning shartli belgilari, “islimi” shakllari bilan to’lib toshgan. XIX asr oxiri XX asrda O’zbekistonda xalq amaliy san’ati biroz tushkunlikka uchradi. XIX asr oxiri XX asrda paydo bo’lgan dastgohli rangtasvir I.Kazakov, S.Yudin va boshqalar ijodida etnografizm va maishiy turmushni hijjalab hikoya qilish va passiv kuzatuvchanlik bilan qayd qilinadi. XX asr me’morchiligida ba’zi qurilishlar avvalgi eklektik xususiyatlarni saqlab qoldi, boshqalari konstruktivizm ruxida yaratildi, uchinchilari esa masalan, arxitektor G.M.Svarichevskiy O’zbekiston fanlar akademiyasi prezidiumi binosi proektida XX asrga xos bo’lgan me’morlik shaklini O’rta Osiyo arxitekturasining harakterli xususiyatlarini o’zida saqlab bunyod etdi. 30-yillarda Toshkent, Samarqand, Andijon shaharlarini qayta qurish loyihasi tuzib chiqildi, Chirchiq singari yangi tipdagi shahar qurilishiga asos solindi. Arxitektor S.N.Popupanov tomonidan toshkentdagi xukumat uyi singari ijtimoiy-ma’muriy binoda konstruktivizm va neokllassizm uslublari, O’rta Osiyo mahobatli me’morchiligi va o’zbek xalq qurilishi an’analari singdirib yuborildi, o’ziga xos xususiyatlaridan foydalanildi. Uy-joy qurilishida ko’p qavatli turar joy binolari shakllana boshladi. 40-yillarda ayniqsa, sanoat qurilishi shiddat bilan keng avj oldi. Shu davrla Toshkent, shuningdek Olmaliq, Bekobod kabi sanoat shaharlarining asosiy loyihasi tuzilib, yangi sanoat markazlari tashkil etildi. Arxitektor A.V. Shusev tomonidan malga oshirilgan A.Navoiy nomidagi katta opera va balet teatri binosi 40-yillarning birinchi yarmi va 50-yillar O’zbekiston me’morchiligiga katta ta’sir qildi. Bu qurilish loyihasida klassik shakl O’rta Osiyo an’anaviy tajribalari bilan uyg’unlashgan xolatda amalga oshirilgan. 60-70-yillarda sanoatlashgan uslub qurilishiga o’tisho’z yakunini topdi. Katta-katta bloklardan tashkil topgan, sinchlardan iborat, issiq iqlim va zilzilaga chidamli, ko’p qavatli uylar qurilishi o’zlashtirildi. O’zbekistonda bu uslubdagi qurilishlar dastlab 60 yillarda Navoiy shahrida amalga oshirildi. 1966 yilgi zilziladan so’ng xozirgi zamon

me’morchiligining yangi printsiplari Toshkent shahrini qayta tiklash va qurishda o’z aksini topdi. 60-80-yillardagi jamoa binolari me’morchiligi o’zining aniq maqsadga qaratilgan kompozitsion kengligi, shaklning mahobatliligi bilan ajralib turadi. Misol sifatida 1962-64 yillarda arxitektor V.Berezin loyihasi asosida qurilgan san’at saroyi, arxitektor I.Merportning “O’zbekiston” mehmonxonasi, F.Tursunov, R.Xayriddinovlarning O’zbekiston rassomlar uyushmasi ko’rgazmalar zali, me’mor S.Odilov, Y.Bukina, Rozanovlarning xalqlar do’stligi saroyi va me’mor V.Apivak tomonidan malga oshirilgan “Moskva” (Chorsu) mehmonxonasini olishimiz mumkin. Bu ma’muriy binolar jihozida an’anaviy xalq amaliy me’moriy bezaklari, mahobatli rangtasvir va haykaltaroshlik namunalari keng qo’llanilgan. O’zbekiston tasviriy san’atining vujudga kelishi va shakllanishidagi birinchi bosqich 1910-20- yillarga to’g’ri keladi. L.Bure, A.Volkov, A.Tetevosyanlarning ijodiy izlanishlari bu davr tasviriy san’ati haqida tasavvur beradi. Bu davrla omma uchun xajviy chizgilar rivojlandi, bunday san’at asarlari M.Kurzin, V. Rojdestvenskiy, S.Malt, A.Nikolaev (usto Mo’min), I.Ikromov, M.Hakimjonov va boshqalar tomonidan amalga oshirildi. 20-yillar rangtasvirida P.Benkov, A.Volkov, O.Tatevosyan, A.Nikolaev, O’.Tansiqboev, N.Karaxanlar faol ijod qilishdi. Ular ijodida milliy o’ziga xoslikning turli ko’rinishlari va xolatlari, uslubiy izlanishlarning turli-tumanligi, yorug’-soya va kalaristik talqin namoyon bo’ldi. Ko’p xollarda rassomlar naturadan olgan taassurotlarini hikoya qilishga berilib, kartinada shu to’plagan taassurotlari yig’indisini berishga e’tibor qaratilmagan. Bu o’sha davr rangtasvirining harakterli xususiyatidir. An’anaviy xalq turmushi ko’pincha me’morlik, jonli, shovqin-suronli bozorlar, choyxonada osoyishta choy ichish fonida tasvirlanadi. Rassomlarni kishilar egnidagi sharq kiyim-kechagiga xos serxashamlik va ranglarga boylik ko’proq o’ziga tortadi. Bu xususiyatlar A.Usupov, L.Bure, R.Vommer, I.Kazakov asarlarida ko’rindi. 30-yillarda P.Benkov bilan birgalikda N.Kashina, Z.Kovalevskayalar muvaffaqiyatli izlanishlar olib bordilar. Mahalliy rassomlardan A.Abdullaev, B.Hamdamiy, A.Toshkenboev, Z. Saidnosirova, L.Abdullaev, R.Temurovlar o’z izlanishlarini boshladilar. 40-yillarda tashviqot plakatlariva hajviy chizgilar “O’z TAG oynasi” da bosilib chiqdi. 50-yillarda zamonaviy me’morchilikka xos asarlar, manzara, portret, batal janridagi izlanishlar ko’zga ko’rina boshladi. Bu davr Sankt-Peterburg Badiiy akademiyasini bitirib kelgan mahalliy rassomlar R.Axmedov, M.Saidov, N.Qo’ziboev, shuningdek Z.Inog’omovlarning ijodiy faoliyati bilan bog’liq. Mahobatli rangtasvir rivojida Ch.Axmarov izlanishlari e’tiborga molikdir. Haykaltaroshlikda F.Grishenko, N.Krimskaya, A.Ivanov ijodi ahamiyatlidir. Shuningdek, bu davrda kitob va dastgohli grafika ham jonlandi. 60-80-yillarda ifodaviy vositadagi ta’sirchanlik xususiyatining jadal suratlar bilan kuchayishi yuz berdi. San’atdagi egiluvchan echim uslubining kuchayishi, naturani obrazli umumlashma darajasiga ko’tarish alomati sezildi. Rangtasvirda N.Pak, R.Choriev, B.Boboev, J.Umarbekov, S.Abdullaev, Sh.Abdurashidov, Y.Melnikov, V.Burmakinlar ijodi ayniqsa ko’zga tashlandi.

Grafikada shu yillari Q.Basharov, V.Parshin, M.Kagarov, F.Kagarov, T.Muhamedov, S.Subxonov, A.Siglensevlar samarali ijod qildilar. Ular milliy harakterning teran ildizlarini anglashga intildilar. Haykaltaroshlar A.Axmedov, M. Musaboev, A. Boymatov, D. Ro’ziboev, X. Husniddinxo’jaev, R. Nemirovskiylar faol izlanishlar olib bordilar. Savollar: 1. Pyotr I reformalarining rus san’atining rivojlanishiga ko’rsatgan ta’siri nimada? 2. Bu davrlarda rus me’morchiligi san’atining rivojlanishi. 3. Rus tasviriy san’at janr va turlari qanday rivojlangan? 4. XIX asr tarixida rus san’atining tutgan o’rni? 5. Qanday rassomlar yashab, ijod qilishgan? 6. A.G.Venetsianov rus san’atida qanday o’rin egallaydi? 7. “Pompeyning so’nggi kuni” asarining muallifi kim, asar qanday g’oyalarni ilgari suradi? 8. X1X-asr oxiri rus san’atining xarakterli tomoni nimada? 9. “Ko’chma ko’rgazmalar birodarligi”ning mohiyati, uning rus demokratik san’atining rivojlanishiga o’tkazgan ta’siri nimadan iborat? 10. I.Repin, V.I.Surikov, V.M.Vasnetsov ijodi to’g’risida nimalarni bilasiz? 11. Bu davrda yashagan rassomlar ijodida qanday mavzular etakchi o’rinni egallaydi? 12. Rus manzara janri va uning vakillari to’g’risida nimalar bilasiz? 13. XX asr. Sobiq sovet san’atining xarakterli tomoni nimada? 14. Bu davrda qanday janrlar vujudga keldi? 15. Qanday rassom va haykaltaroshlar yashab ijod qildilar? 16. Bu davrda maishiy janr qanday mazmun kasb etdi, uning avvalgi davr san’atidan farqi nimada? 17. Portret va manzara janrlarida sodir bo’lgan o’zgarishlarni aytib bering. 18. XIX asrda Xiva, Buxoro, Samarqand, Qo’qonda rivojlangan me’morchilik uslublarining o’ziga xosigi haqida gapiring. 19. 20-30- yillardagi qurilishlarda qo’llanilgan 3 xil me’morchilik uslublarini sharxlab bering.

14 – Mavzu: XX asrning birinchi vа ikkinchi yarmida O’zbekiston san’ati REJA: Talabalarga ushbu mavzuni tushuntirish va tanishtirish. Etakchi rassomlar ijodi bilan tanishtirish. Adabiyotlar: 1. Oydinov N. Tasviriy san’at tarixidan lavhalar. Toshkent, O’qituvchi 1997 y. (53-60) MAVZUNING MATNI: XX asr boshlarida O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi, san’atda ham o’z ifodasini topdi. Buni dekorativ amaliy san’at asarlaridagi kompozitsiyalarda, ularning syujet va motivlarida, real hayotning tasvirlanishida, voqe’likni ustalar tomonidan real tasvirlashga intilishlarida ko’rish mumkin. Bunday o’zgarishlar rus va o’zbek me’morchilik san’ati an’analarining bir-biriga yaqinlashishi va qo’shilishi natijasida paydo bo’lgan yangi uslublarda ham namoyon bo’la boshladi. Realistik dastgoh san’ati maydonga keldi. Buni birinchi bo’lib, XIX asrning 40-yillaridan boshlab O’rta Osiyoga kela boshlagan rus badiiy maktabining talabalari boshlab berdilar. Bu borada rus rassomlari A.Karazin, I.Kazakov, S.P.Yudin, R.Zommer, 1886 yilgi ko’rgazmada toshkentlik To’xtaSodiq Xo’jaevning alebastrdan yasagan ot va kiyik haykalchalarining qo’yilishi, 1915 yil bosmadan chiqqan S.Siddiqiyning “Ko’ro’g’li” epik poemasiga ishlangan grafik illyustratsiyalarining yuzaga kelishi davr taqozosi edi. O’zbekistonda san’atni targ’ib etish, ko’rgazmalar uyushtirish, muzeylarni milliylashtirish kabi ishlar amalga oshirildi. 1918-20 yillarda Toshkent, Samarqand shaharlarida badiiy maktablar ochildi. Ularga ko’plab mahalliy yoshlar jalb etildi. Bunda rus va boshqa milliy rassomlar faol ishtirok etdi. Shu bilan birga o’zbek xalq san’atini o’rganish orqali rassomlar haqiqiy milliy san’at namunasini yaratishga, o’z asarlarida davrning muhim voqealarini aks ettirishga harakat qildilar. Shunday rassomlardan biri O.K.Tatevosyan bo’ldi. Korovinning shogirdi bilan bu rassom 1915 yil birinchi bor O’zbekistonga keldi. Uning serjilo tabiati, boy me’morchilik yodgorliklari yosh rassomni o’ziga mahliyo etdi. O’zbekistonda o’z ijodiy izlanishlari uchun katta imkoniyatlar borligini his qilgan rassom o’qishni bitirgach, butunlay O’zbekistonga ko’chib keldi va o’zining sermahsul ijodini boshladi, yosh rassomlarga murabbiylik qildi. Uning ilk ijodidagi asarlar asosan Samarqandga bag’ishlangan. Gavjum ko’chalar, noz-ne’matga boy bozorlar, choyxonalar rassomning ko’pgina asarlarining mazmunini tashkil etdi. Xalq milliy san’at namunalarini o’rgandi. Asarlarida O’zbekistonda bo’layotgan o’zgarishlarni, odamlarning mehnatga bo’lgan munosabati badiiy ifodasini topa boshladi. O’sha yillari O’zbekistonda bir qator iste’dodli rassomlar yashab ijod qilganlar. Bular ichida Farg’onada tug’ilib o’sgan Aleksandr Volkovning asarlari juda rang-barang va falsafiy mazmunga boy. Voronejdan kelgan va butun umr Toshkentda yashab ijod qilgan Usto Mo’min (Nikolaev) bir qator ajoyib nafis, lirik, shoirona asarlar yaratdi. Davr kayfiyati, kishilarning hayotga bo’lgan yuksak munosabati uning asarlarida o’zining haqiqiy poetik ifodasini topdi. Uning shunday asarlari ichida

“Bahor”, “Bedanaboz”, “Do’stlik», «Muhabbat”, “Kuyov”, “Choyxonachi” kabilardir. O’zbekistonda samarali mehnat qilgan rus rassomlaridan biri Pavel Petrovich Benkov edi. U o’zbek san’atining rivojlanishiga, milliy kadrlar etishib chiqishiga katta hissa qo’shdi. U Buxoro, Xiva, Samarqand haqida juda ko’p polotnolar ishlagan. Bular asosan yarim manzara va yarim maishiy janrda bo’lib, ularda rassom kundalik xalq turmushini qadimgi nodir me’morchilik fonida ustalik bilan tasvirlaydi. Ajoyib ayollar obrazini ham yaratadi. “Dugonalar”, “Dutorchi qiz” deb nomlangan asarlar do’stlik mavzusida yaratgan yirik asarlaridir. 20-30yillardan boshlab milliy rassomlar ko’rina boshlandi. Ular o’zlarining dastlabki asarlari bilan respublika badiiy ko’rgazmalarida ishtirok etib, badiiy hayotni yanada jonlantirdilar. Bu yillarga kelib san’at mavzusi kengaydi. Do’stlik, tinchlik, mehnat go’zalligini kuylovchi asarlar yaratildi. Iste’dodli yosh rassom Bahrom O’amdamiyning “Ish tugadi” deb nomlangan kartinasi shu davrda kishilar ongida sodir bo’lgan o’zgarishlar o’z ifodasini topdi. Shu bilan birga Lutfulla Abdullaevning “Yosh shoir uyidagi uchrashuv” deb nomlangan asar yoshlar orasida san’at va ma’rifatga intiluvchi yoshlarning fazilatlarini ochib berishga bag’ishlangan. Bu yosh rassomlar O’zbekiston san’atining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shdilar. Ikkinchi jahon urushi yillari o’zbek rassomlari uchun katta sinov bo’ldi. Ular g’oyaviy jihatdan chiniqdilar. Ular front g’alabasi uchun rag’batlantira oladigan asarlar yaratishga harakat qildilar. Urush yillarida O’zbekistonga evakuatsiya qilingan Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov badiiy institutlari, ular bilan birga kelgan etuk san’atkorlar – D.Moor, V.Favorskiy va boshqalar respublika badiiy hayotini jonlantirishga ko’maklashdilar. Urush tugagach, tinchlik yillari o’zbek san’ati ham o’z rivojlanishida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Inson go’zalligi, tabiat ulug’vorligi rassomlarimiz polotnosida o’z ifodasini topa boshladi. Bu urushdan keyingi yillarda yaratilgan A.Abdullaevning A.O’idoyatov portreti, T.Oybek, L.Abdullaevning “Qahramonni kutib olish”, O’.Tansiqboevning “Qayroqqum GESida tong”, R.Ahmedovning “Onalik o’ylari”, R.Timurovning “Samarqand”, Yu.Elizarovning “O’zbekiston san’atkorlar guruhi portreti”, N.Karaxonning “Oltin kuz”, V.Fadeevning “Soqchi ayol”, M.Saidovning “Xirmonda”, Ch.Ahmarovning devoriy rasmlari va boshqalar o’zbek san’ati tarixida o’zlarining munosib o’rnini egallaydi. Respublikamiz rassomlari bu davrdan boshlab, barcha ko’rgazmalarda faol ishtirok etib, san’atimiz ta’sirchanligini ortib borayotganini namoyish ettilar. Bizning rassomlar ko’plab ko’rgazmalarda qatnashdilar. 60-70 yildan boshlab, o’zbek san’ati yangi pog’onaga qadam qo’ydi. Bu davrda faqat keksa rassomlar ijodidagina emas, balki yoshlar ijodida ham yangi ifoda vositalarini izlash, asarlarini talqin etishda uning emotsional tomoniga e’tibor berish kuchayganligi yaqqol ko’zga tashlandi. Buni B. Boboev va R. Chorievlarning kartinalarida, T. Muhammedovning karikaturalarida, F. Grishchenkoning, X. Xusniddinho’jaevning haykallarida ko’rish mumkin. O’zbek san’ati zafarli yo’lni bosib o’tdi. Savollar:

1. XX asr boshlarida o’zbek san’atida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi? 2. O’zbek san’atida realistik dastgoh san’atining rivojlanishida an’ana va o’ziga xoslik nimada? 3. O’zbek san’ati taraqqiyotining asosiy bosqichlarini ayting. 4. XX asrlarda O’zbekistonda qanday rassomlar yashab ijod qilib kelganlar? 5. B.Hamdamiyning “Ish tugadi” asari qaysi davr haqida hikoya qiladi? 6. P.Benkovning ijodi to’g’risida nimalar bilasiz?

15 – Mavzu: Mustaqillik davri O’zbekiston san’ati REJA: 1. Shu davr san’atkorlari va ularning asarlari bilan tanishtirish. Adabiyotlar: 1. Oydinov N. Tasiriy san’at tarixidan lavhalar. Toshkent «O’qituvchi» 1997. (6089) MAVZUNING MATNI: O’zbekiston tasviriy dastgoh san’ati juda qisqa vaqtda rivojlanib, katta yutuqlarga erishdi. O’zbekiston san’ati zafarli yo’lni bosib o’tdi. Respublikamiz rassomlari ko’pgina ko’rgazmalarda faol ishtirok etib, san’atimiz ta’sirchanligining ortib borayotganini namoyish etdilar. Bizning rassomlarimiz ko’pgina janrlarda ijod qilib kelmoqdalar, manzara, natyurmort, portret va boshqa. Natyurmortda bozorlarimizning to’lib toshgan noz-ne’matlarini, manzara janrida esa, o’lkamizning go’zalligini va bepoyonligini, oddiy tabiat ko’rinishidagi go’zallikni to’laqonli ifodalashga harakat qilmoqlar. Shu bilan birga qadimdan qolgan butun dunyoga taniqli ajib me’morchilikning nodir yodgorliklarini o’z asarlarida ko’rsatdilar. Portret janrida esa Vatanimizning ilg’or kishilarini, mehnatkash xalqni, shoir, rassom, musiqachilarni tasvirladilar. Bizning O’zbekiston Vatanimiz ajoyib iste’dodli rassom va haykaltaroshlarni etkazib berdi. Bular ichida Iskandar Ikromov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiev, Mannon Saidov, Damir Ro’ziboev, Ilhom Jabborov, Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Alisher Mirzaev, Akmal Ikromjonov, Ne’mat O’akimov, Osimxon Vosixonov, Temur Sa’dullaev, o’ofur Abdurahmonovlar alohida mavqega ega. O’zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzaev rangtasvir ustasi xalqimiz an’analariga, boy va sermazmun o’tmish tasviriy san’at merosiga hurmat bilan qaraydi. Rassom o’z xalqiga xos psixologik kechinmalarni chuqur tahlil qila oladi. Rassom ona-tabiat bag’rida o’zbekona an’analarni, to’ylarni, beg’ubor o’zbek bolalarini, lobar qizlarni, mushtipar onalar kabi obrazlarni aks ettira olishga muvaffaq bo’ldi. Jumladan, “Toshkent – tinchlik va do’stlik shahri” triptixi, “Bola xonada”, “Intizorlik”, “Yosh oila haqida qo’shiq” kabi o’nlab asarlar moybo’yoqda yaratilgan. Umuman rassom tabiat va jamiyatda bo’layotgan o’zgarishlarni e’tiborsiz qoldirmaydi. Rassom rangtasvirlarga shunday jon bag’ishlaydiki, undagi go’zallik sirlari odamlarni ezgulikka etaklaydi. Rassom asarlari bugungi kunda xalqimiz hurmatini qozonish bilan birga, ko’pgina xorijiy davlatlarda ham ma’lum va mashhurdir.

Bahodir Jalolov ham O’zbekiston xalq rassomi bo’lib, zamonaviy rangtasvir san’ati rivojiga katta hissa qo’shib kelayotgan iste’dodli rassomlardan biridir. B.Jalolov tasviriy san’at borasidagi tahsilni davom ettirib, keyinchalik Ch.Ahmarov, R.Choriev, E.P.Melnikov, B.D.Korolyovlardan tasviriy san’at sirlarini o’rgandi. Shu sababli ham u yaratgan portretlarda yuksak mahorat aniq ko’zga tashlanib turadi. Uning ijodidagi tuyg’ular uyg’unligi tomoshabinni o’ziga mahliyo etib qo’yadi. U portret san’atida ko’p yutuqlarga erishdi. Uning to’laqonli asarlarida o’zbek xalqining sevimli farzandlari siymosi o’z ifodasini topgan. U bir katta seriya portretlarni yaratadi, bular ichida akademiklar, rassom va boshqa taniqli odamlar obrazlari bor. B.Jalolov ijodida olam sirlari o’zgacha talqin etiladi. Bunga, “Gul va Rayhon afsonasi”, “Nido”, “Baxt qushi”, “Abadiy va navqiron Hindiston”, “XXI asr Madonnasi” kabi ko’plab asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Mustaqil O’zbekiston tarixiga bag’ishlangan O’zbekiston xalqlari tarixiy muzeyi devoriga ishlangan monumental ko’rinishdagi surat jiddiy va mazmunli tarixiy dalillar orqali salobatli tasvirlanishi bilan har qanday tomoshabin e’tiborini o’ziga jalb qila oladi. Polotnoni kuzatgan tomoshabin boy tarix sahifalariga ega bo’lgan o’zbek xalqining buyuk va qudratli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qiladi. B.Jalolov ijodi shu jihati bilan qadrlidir. Haykaltaroshlik san’atining o’lkamiz hududidagi zamonaviy jihatlarini ijodkor Damir Ro’ziboev faoliyatida yaqqol qurish mumkin. Dastlab rangtasvir va grafika san’ati bilan shug’ullangan D.Ro’ziboev haykataroshlik olamiga asoan 60 yillarda kirib keldi. San’atkor ijodida shakl va hajmlarning o’ziga xosligini harakatlarni tabiiylik bilan tasvirlanishi, u tanlagan mavzularning rang-barang va keng qamrovligidan ham yaqqol sezish mumkin. Uning bir qancha haykallarida xalqimizning madaniy hayoti va ziyolilar qiyofasini aks ettirgan asarlariga duch kelamiz. Shu bilan birga u portret janrida ham ijod qiladi. San’atshunos olim R.Toqtash obrazi, rassom V.Savitskiy va Saida portretlarida zamondoshlarimiz obrazlari to’laqonli o’z ifodasini topgan. D.Ro’ziboev haykaltaroshlik san’atida katta bir maktabni o’tab kelayotir. Uning izlanishlari rang-barang uslublarga boy. Buni biz san’atkor ijodida rangli haykaltaroshlik san’atining yuzaga kelganligi orqali guvohi bo’lishimiz mumkin. Ro’ziboev haykallaridagi shakl va hajmlarga bo’yoq berish bilan ularning sehrli olamini yanada mo’’jizali qila oladi. San’atkor bu bilan qoniqmasdan haykalda aks ettirilayotgan voqeani rangin sirlarini matolarda yanada to’ldiradi. Yana bir muhim tomoni D.Ro’ziboevning izlanishlari kelajak muammolarini talqin qilishga qaratilgan. San’atkor ko’tarinki ruh bilan musiqa, rangtasvir asarlarini o’rganib, o’z haykallarida mujassamlashga intiladi. O’aykaltaroshning ajoyib fazilatlaridan yana biri uning asarlarida hissiy mazmundorlik boyib borayotganligidadir. Ana shunday mazmundorlik orqali u inson ma’naviyatini tobora to’laroq qamrab ifodalashga harakat qiladi. O’zbekiston tasviriy san’ati tarixi – jahon tasviriy san’ati tarixining ajralmas qismidir. O’zbekiston san’ati boy merosga ega. O’ozirgi zamonda esa bizning rassomlarimiz va haykaltaroshlar butun dunyoga taniqli bo’lib qolgan. Dekorativ-amaliy san’atimiz esa qadim zamonlardan odamlarni zavqlantirib kelgan. Ustalarimiz ijodi nafaqatgina mustaqil O’zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham o’z obro’e’tiboriga ega.

Savollar: 1. Zamonaviy O’zbekiston san’ati to’g’risida nimalar aytib bera olasiz? 2. Zamonaviy O’zbekiston rassomlari ijodida qanday mavzular etakchi o’rinni egallaydi? 3. A.Mirzaev hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz? 4. Xaykaltarosh D.Ro’ziboev hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz?

1–9 sinflar toshkent 2010

– tasviriy faoliyat jarayonida texnika xavfsizligi va gigiyena qoidalariga rioya qila olish.

I. Davlat ta’lim standartiga sharh

Tasviriy san’at ta’limining maqsad va vazifalari:

Tasviriy san’at o’quv fanining maqsadi o’quvchilarda ma’naviy madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan badiiy-estetik madaniyatni, tasviriy savodxonlikni shakllantirishdan iborat.

Tasviriy san’at o’quv fani o’quvchilarda badiiy va axloqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. U mazmunan tasviriy, dekorativ-amaliy, me’morlik kabi san’at turlarini o’z ichiga oladi:

– borliqdagi va san’atdagi go’zalliklarni ko’ra bilish, idrok etish va qadrlashga o’rgatish;

– badiiy – ijodiy qobiliyatni o’stirish;

– tasviriy san’atning qonun-qoidalarining oddiy nazariy asoslarini o’rgatish;

– tasviriy malaka (rasm ishlash, haykal yasash v.b.)larni rivojlantirish;

– estetik va badiiy didni o’stirish;

– o’quvchilarning badiiy fikr doirasini kengaytirish;

– tasviriy, amaliy va me’morlik san’ati yuzasidan asosiy tushunchalar berish (san’atning turlari, janrlari, oqimlar, atama va iboralar v. b.).

– san’atga qiziqishni o’stirish va unga nisbatan muhabbatni tarbiyalash;

– tasviriy, amaliy san’at asarlarini badiiy idrok etishni va estetik zavqlanish hissini tarbiyalash;

– badiiy kasb-hunarlar haqida tasavvurlarni shakllantirish.
II. O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan

zaruriy talablar

Borliqni idrok etish:

– tabiat va uning go’zalligi, fasllarning o’ziga xosligi;

– yil fasllari (kuz, qish, bahor va yoz) va ularning o’ziga xos holatlari (yomg’ir, qor, shamol, tong, oqshom, shafaq)ning ko’rinishida rang tuslarining ahamiyati;

– har bir faslda o’ziga xos go’zallikni anglash va idrok etish;

– tasviriy san’at asarlarida shu kabi holatlarni taqqoslash va unga nisbatan estetik munosabat bildirish.
Naturaga qarab tasvirlash:

– tasviriy san’at darslarida qo’llaniladigan o’quv qurollari (qalam, rangli qalamlar, moybo’yoqlar, haykaltaroshlik steklari)dan foydalanish, ular yordamida tasviriy vositalar, turli ko’rinishdagi chiziq (shtrix)lar, rang dog’lari va qoplamalar (barg, gul, daraxt, bulut va shu kabi tasvirlar)ni hosil qilish;

– naturaning holati, buyumlarning tuzilishi va nisbatlari.
Kompozitsion faoliyat:

-berilgan mavzu asosida elementar kompozitsion tasvirlar hosil qilish, uni qog’oz sathida to’g’ri joylashtirish (kompanovka), odamlar, hayvonlarning ko’rinishlarini turli holatlarda tasvirlash;

– mustaqil kompozitsiya tuzish va bu jarayonda ijodiy izlanish metodidan foydalanish. Xalq ertaklari, sevimli multfilmlar syujetlari bo’yicha illyustrativ rasm ishlash;

– naqqoshlik namunalaridan elementar kompozitsiyalar hosil qilish.

– unda ranglardan maqsadga muvofiq ravishda foydalana olish. Bo’yoqlarni o’zaro aralashtirish usuli bilan yangi rang tuslarini hosil qilish.
O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

– tasviriy san’at darslarida qo’llaniladigan ish jihozlari va o’quv qurollarining nomlari va ular bilan ishlashni;

– tabiiy materiallar va ularning nomlarini;

– tuzilishi jihatidan sodda bo’lgan o’yinchoqlarni rasmga, chizmaga ko’ra haykalini ishlash;

– asosiy (qizil, sariq va zangori) va hosila (zarg’aldoq, ko’k, binafsha va yashil) ranglarni, shuningdek, oq, qora, kul rang kabi rang nomlarini;

– ranglar haqida (issiq va sovuq) tasavvurga ega bo’lish;

– qalam, qog’oz, bo’yoq va mo’yqalamdan to’g’ri foydalanish usullarini bilish;

– tasvir mazmuniga ko’ra qog’oz o’lchami va holati (gorizontal, vertikal)ni to’g’ri belgilay olish;

– rasm chizish va haykal yasash tartibini bilish;

– tasviriy san’atning “natyurmort”, “manzara”, “portret” janrlarida ijod qilgan 5 ta rassomning ismi va familiyasi hamda ular yaratgan tasviriy san’at asarlarining nomlarini ayta olish.

– tasviriy san’at darslarida qo’llaniladigan ish jihozlari va o’quv qurollaridan foydalana olish;

– tabiiy materiallardan foydalanish tartib qoidalariga amal qila olish;

– tuzilishi jihatidan sodda bo’lgan o’yinchoqlarni rasmga, chizmaga ko’ra haykalini ishlash;

– asosiy (qizil, sariq va zangori) va hosila (zarg’aldoq, ko’k, binafsha va yashil) ranglarni, shuningdek, oq, qora, kul rang kabi ranglar bilan ishlashni;

– ranglar haqida (issiq va sovuq) tasavvurga ega bo’lish;

– qalam, qog’oz, bo’yoq va mo’yqalamdan to’g’ri foydalanish;

– tasvir mazmuniga ko’ra qog’oz o’lchami va holatini (gorizontal, vertikal) to’g’ri belgilay olish;

– rasm chizish va haykal yasash tartibini.
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:

– qalam va mo’yqalamda to’g’ri va egri chiziqlar chizish;

– mo’yqalamning mo’yna qismini bosish orqali turli shakllar hosil qilish;

– narsaning o’ziga qarab tasvirlashda ular shaklidagi xarakterli xususiyat va o’lchovlarni to’g’ri olish (keng, tor);

– mavzu asosida rasm ishlashda narsaning kuzatuvchiga nisbatan turlicha uzoqlikda joylashganligini hisobga olib, olisdagi narsalarni kichikroq o’lchamda qog’ozning teparoq qismiga, yaqinda joylashgan narsalarni esa qog’ozning pastrog’iga kattaroq o’lchamda chizish orqali bo’shliqni ifodalash;

– ishlanayotgan rasmning mazmuniga ko’ra qog’oz holatini (gorizontal, vertikal) to’g’ri tanlash;

– tasviriy faoliyat jarayonida gigiena qoidalariga amal qilish.
2 – sinf

Borliqni idrok etish:

– tabiatda uchraydigan tabiiy hodisalar, fasllar va uning o’ziga xos holatlari, ko’rinishlari borasida 1-sinfda egallangan tasavvur, estetik tushunchalarni takomillashtirish;

– borliqni kompleks idrok etish (tabiat, uning elementlari: daraxt, tog’, adir, suv, maysa, uylar, odamlar, hayvonot dunyosi va boshqalar);

– tabiat va unda mavjud bo’lgan barcha voqea-hodisalarning o’zaro bog’liqligi, ulardagi go’zallik, buyum va narsalarning o’zaro aloqasi, shakllari, nisbatlari va boshqalar.

Naturaga qarab tasvirlash:

– turli ko’rinishlar va holatlardagi chiziqlar (shtrixlar)ni chizish; ulardan naturaning holati, shakli, konstruktiv tuzilishi va boshqa xarakterli xususiyatlarni tasvirlashda yordamchi chiziqlardan foydalanish malakalarini shakllantirish;

– loy va plastilindan turli jonivorlar (shu jumladan o’yinchoq hayvonlar)ning rasmi va hajmdor ko’rinishdagi namunasidan haykalchalar yasash;

-ularning harakatdagi holatlarini, xarakterli ko’rinishlarini, tana qismlarining nisbatlarini to’g’ri tasvirlay olish.

Kompozitsion faoliyat:

– tabiatni idrok etish jarayonida shakllangan taassurotlar asosida mustaqil manzara ko’rinishini ishlash;

– unda tabiatdagi holat va kayfiyatlarni rang vositasida ifodalash;

– mavzu bo’yicha (o’qituvchi tomonidan taklif etilgan yoki mustaqil tanlangan) mustaqil kompozitsiya ishlash;

– kompozitsion faoliyatni tasviriy san’at turlari va janrlarida qo’llash.

– turli shaklda (yo’lsimon, kvadrat) naqsh kompozitsiyalarini tuzish, uning xususiyatiga monand rang tuslarini ishlatish;

– sovuq va issiq ranglarning o’ziga xosliklaridan kompozitsiya mazmuni mohiyati tarzida foydalanish;

loy va plastilindan mustaqil ravishda dekorativ haykaltaroshlik (mayda plastika) kompozitsiyalarini ishlash.

O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

– tasviriy san’atning “natyurmort”, “manzara”, “portret”, “maishiy”, “tarixiy” janrlarida ijod qilgan yana 6-7 rassomning ismi-sharifi hamda ular yaratgan asarlarning nomlarini bilish;

– tanlangan mavzuning mazmuniga ko’ra, qog’oz o’lchami va holatini to’g’ri tanlashni (uzunchoq, to’g’ri to’rtburchak, yotiq yoki tik qo’yish);

– narsa va uning bezagi o’rtasidagi bog’liqlikni tushungan holda tasvirlashni;

– rasmlardagi obrazlarni va turli kayfiyatlarni (quvonchli, qayg’uli) ifodalashda ranglardan to’g’ri foydalanishni;

– birinchi sinfda o’rganilganlardan tashqari yana 4-5 ta rang nomlarini bilishlari va ularning tuslarini farqlay olishni;

– daraxtlarning tuzilishini (tanasi, shox-shabbalari, bargi, guli, mevalari);

– geometrik shakllar (doira, to’rtburchak, uchburchak va boshqalar)ning nomlari va shaklining o’ziga xosligini;

– geometrik shakllar (kvadrat, doira, uchburchak va h.k.) shaklida naqsh hosil qilish tartibini;

– loy va plastilin bilan ishlash tartibini;

-milliy bayramlar (“Navro’z” v.b.) uchun bezak ishlash hususiyatlarini;

– o’zbek xalq amaliy san’atida qo’llaniladigan iboralar nomini (uchburchak, lolagul, shobarg, marg’ula va boshqalar) bilishlari kerak.

Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:

– tasviriy faoliyatda berilgan mavzuga mos badiiy material (qog’oz, plastilin, mato va bosh.) va tasvirlash texnikasi (akvarel, rangli qalam va h. k.) ni qo’llay olish;

– birinchi sinfda egallagan bilim, malakalarini mustaqil tarzda takomillashtirishga odatlanish;

– tabiatni kuzatish jarayonida undagi turli holatlarni anglash, taassurotlardan tasviriy faoliyatda foydalana olish;

– hayotdagi turli shakllar (aylana, uchburchak, to’rtburchak va h. k.)ni ko’ra bilish hamda ularning ijtimoiy mohiyatiga ko’ra foydalana olish;

– maishiy turmushda qo’llaniladigan amaliy buyum san’ati hamda badiiy hunarmandlik namunalarini ko’ra bilish, ulardan andoza ola bilish hamda o’z tasviriy faoliyatiga tatbiq eta olish.

Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:

– san’atdagi va atrof muhitdagi narsa va hodisalarning shakli va ranglarini ishlagan rasmlarida ifodalay olishni;

– mo’yqalamni qog’ozga tegizish orqali turli shakllar (barglar, gullar, nuqtalar, to’g’ri va egri chiziqlar chizish va boshqalar)ni hosil qilishni;

– qog’oz yuzasidagi shaklni bir tekisda bo’yashni;

– bo’yoqlarni palitrada (suv bo’yoqlar bilan och yoki to’q bo’yoqlar qo’shish orqali aralashtirib, u yoki bu ranglarning och, to’q tuslarini) hosil qilishni;

– tabiiy shakllar (anor, lola, paxta, barg v.b.)ni tasvirlash, ulardan dekorativ rasm ishlash jarayonida foydalana olish.

Borliqni idrok etish:

– tabiatdagi go’zallikni estetik idrok etishni shakllantirish;

– tabiat va undagi borliqni mazmun jihatidan (qishloq manzarasi, tog’ manzarasi, daryo, shahar manzarasi va bosh.) estetik idrok etish;

– tabiat va uning ob’ektlari o’rtasidagi aloqadorlik, undagi go’zallikni his qilish, estetik idrok etish va undan atrofdagilarni ham bahramand etish;

– inson va tabiat munosabatlari, uning estetik va ekologik jihatlari.
Naturaga qarab tasvirlash:

– naturaning xarakterli jihatlari (shakli, rangi, o’lchami, nisbatlari, fazoviy holati)ni tasviriy san’at qonunlari (yorug’-soya, rang) asosida tasvirlash;

– turli geometrik shakllar, tabiat namunalari (barg, shox, gul, meva), hayvonot va hashorat dunyosi (kapalak, qush), uy-ro’zg’or buyumlari, sport, san’at atributlari, o’quv qurollaridan tashkil topgan 1-2 buyumli natyurmortni bosqichlar bilan ishlash, bu jarayonda rang va uning tuslaridan to’g’ri foydalanish;

– loy yoki plastilindan reproduksiya yoki haykal namunasiga qarab odam, hayvon va parrandalarning haykalini yasash.

Kompozitsion faoliyat:

– mavzu asosida mustaqil kompozitsiya ishlashda asosiy va yordamchi vositalarni o’rinli qo’llash. Kompozitsiya mavzusini ochib beruvchi asosiy ob’ektlardan oqilona foydalanish (bo’rttirish, badiiylashtirish, stilizatsiyalash va h.k.);

– individual va jamoa bo’lib kompozitsiya ishlash. Bo’laklar, elementlarni bir butunga bo’ysundirish;

– xalq amaliy san’ati namunalari asosida turli shaklda (yo’lsimon, kvadrat, aylana) naqsh kompozitsiyalarini tuzish va uning mazmuniga mos rang, rang tuslaridan foydalanish;

– adabiy asarlarning mazmuni asosida illustrativ rasm ishlash;

– uning kompozitsiyasini topish ijodiy jarayonning (qoralama, eskiz ishlash) mohiyatini anglash va undan tasviriy ijodiy faoliyatda foydalanish;

– bayram va turli sanalarga oid dekorativ kompozitsiya ishlash;

– rangli qog’ozlarni buklash va qirqish orqali turli shakl va naqsh elementlarini hosil qilish, ularni har xil rang va shaklda ustma-ust, yonma-yon yopishtirib naqsh kompozitsiyasini hosil qilish;

– haykaltaroshlik materiallaridan mavzuiy kompozitsiya ishlash.

O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

– 2, 3 – sinflarda o’tilganlardan tashqari yana 4-5 rang nomlarini;

– kishilar hayotida tasviriy san’atning tutgan o’rni, uning asosiy tur va janrlarini;

– rasm ishlash jarayonlarining o’ziga xos go’zalliklarini;

– O’zbekistonning taniqli rassomlari va haykaltaroshlarning ismi-familyasini, ularning asarlari nomlarini;

– bu asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalardagi go’zalliklarni ko’ra bilish va asar mazmunini so’zlab berishni;

– tasviriy san’at iboralarini (iliq, sovuq, axromatik va xromatik rang nomlarini);

– dekorativ haykaltaroshlikda qo’llaniladigan dekorativ elementlarning nomini;

– tabiiy materiallarning nomlari va ularni mashg’ulotga tayyorlashni.
Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:

– o’z ish joyini mashg’ulotga tayyorlash;

– qalam va mo’yqalamni to’g’ri ushlay olish;

– to’g’ri va qiya ko’rinishdagi chiziqlarni qiynalmasdan o’tkaza olish;

-borliqni idrok etishdan olgan taassurotlarini ishlagan rasmlarida aks ettira olish;

– rasm chizib bo’lingach, qog’oz sirtini suv bilan yuvib bo’yash jarayoniga tayyorlash;

– suv bo’yoq (akvarel) bilan ishlash tartibini (suv bo’yoq bilan ishlashdan oldin unga suv tomizib chiqish, mo’yqalamni bo’yoqqa tez-tez botirib turishni);

– ranglarning murakkab tuslarini hosil qila olish (masalan: ko’kish, yashil, qizg’ish, jigarrang, qoramtir va h.k.);

– mo’yqalamni ish tugagandan so’ng tozalab yuvib qo’yish;

– o’z ish joyini yig’ishtirib qo’yish.

Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:

– haykaltaroshlikdan 2-3 ta figurali yaxlit kompozitsiya tuza olishni;

– loydan yoki plastilindan haykallar ishlashda alohida-alohida, “yaxlit” va “aralash” ishlov berish usullaridan foydalana olishni;

– ranglarning murakkab tuslarini hosil qilish (ko’kish, yashil, qizg’ish, jigarrang, qoramtir va h.k.);

– rasmda narsalarni kompozitsiya qonuniyatlariga bog’liq ravishda joylashtirishni;

– dekorativ ishda assimetrik tasvirlarni ifodalashda muvozanatni saqlay olishni;

– o’simliksimon naqsh elementlaridan mustaqil naqsh kompozitsiyasini tuza olishni;

– tabriknoma kompozitsiyalarini ishlay olishni.

Borliqni va san’atni idrok etish:

– borliqni kuzatib, undagi nafislik va go’zallikni ko’ra bilish, idrok etish;

– olgan taassurotlardan badiiy-ijodiy faoliyatlarda foydalana bilish;

– kuzatuvlar orqali ayrim ob’ekt va hodisalarni qalam va bo’yoqlar bilan bajarish;

– tabiatning turli fasllaridagi ko’rinishlar, o’zgarishlar, undagi kayfiyatlar haqida tasavvurga ega bo’lish hamda ularni tasvirlay olish;

– tabiatdagi jonzot va narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o’lchovlari, o’lchov nisbatlarini ma’lum miqdorda tahlil qilish va umumlashtirish ko’nikmasiga ega bo’lish.

San’atshunoslik asoslari:

– tasviriy san’at, dekorativ-amaliy san’at, me’morlik san’atlari-san’atning alohida turlari ekanligi;

– tasviriy san’at-san’atning bir turi ekanligi;

– tasviriy san’atni kishilar hayoti va faoliyatidagi ahamiyati;

– uni kishilar turmushi bilan bog’liqligi;

– O’zbekiston xududidan topilgan eng qadimgi tasviriy san’at asarlari; (Afrosiyob, Varaxsha, Tuproqqal’a v.b.)

– tasviriy san’atning turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) va janrlari (portret, manzara, natyurmort, turmush, tarixiy, animal, afsonaviy);

– rangtasvir turlari-dastgohli rangtasvir, monumental rangtasvir, miniatyura, freska, mazoika;

– haykaltaroshlik turlaridan dastgohli haykalatroshlik (relef, barelef, gorelef) dekorativ haykaltaroshlik, monumental haykaltaroshlik);

– grafika turlari (dastgohli grafika, kitob grafikasi, gazeta-jurnal grafikasi, shtamp, plakat, etiketka v.b.);

– O’zbekistonning eng mashhur rassomlari va ularning asarlari. Markaziy Osiyoning hozirgi mashhur rassomlari va ularning asosiy asarlari;

– Sharq miniatyurasi va uning maktablari;

– O’rta Osiyo miniatyurasi. Yevropada Uyg’onish davri tasviriy san’ati;

– Jahonning mashhur rassomlarining asarlaridan 3-4 tasini nomini;

– rassomlardan Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, O’rol Tansiqboev, Chingiz Ahmarovlarning hayoti va ijodi;

– jahon tasviriy san’atidagi asosiy oqimlar (realizm, romantizm, imprisionizm, abstraksionizm, formalizm v.b.);

– dunyoning eng yirik muzeylari, O’zbekistondagi eng yirik san’at muzeyi;

– tasviriy san’atda ishlatiladigan asosiy atama va iboralarning 5-8 tasi nomini;

– rassom va haykaltaroshlarning ish qurollari;

– tasviriy san’at asarlarining ifodalilik vositalari (chiziq, rang, ritm, simmetriya, assimetriya, hajm, kompozitsiya);

– dekorativ-amaliy san’at-san’atning bir turi ekanligi;

– dekorativ-amaliy san’atning kishilar hayoti va turmushidagi ahamiyati;

– o’zbek xalq amaliy san’ati va uning asosiy turlari. Naqqoshlik, ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, misgarlik, sopoldo’zlik, kashtachilik, zardo’zlik v.b;

– amaliy san’at ustalarining ish qurollari;

– o’zbek xalq amaliy san’ati rivoj topgan markazlar;

– amaliy san’atning ifodalilik vositalari (ritm, simmetriya, asimmetriya, rang, kompozitsiya);

– amaliy san’at buyumlaridagi badiiy bezaklarni ularning vazifasi va shakliga bog’liqligi;

– tabiiy shakllarni stilizatsiyalash;

– Toshkentdagi o’zbek xalq amaliy san’ati muzeyi;

– miniatyura-dekorativ san’atning bir turi ekanligi;

– me’morlik-san’atning bir turi ekanligi va uni kishilar hayoti bilan bog’liqligi;

– O’zbekiston hududida yer ostidan topilgan eng qadimgi me’morlik binolari (Afrosiyob, Varaxsha, Dalvarzintepa, Bolalik tepa v.b.);

– O’zbekistonning hozirgi zamon me’morligi;

– XVIII-XIX asrlarda Sharq va G’arbning mumtoz me’morligi;

– Jahonning hozirgi zamon ilg’or me’morligining o’ziga xos xususiyatlari.

Naturaga qarab tasvirlash ikki qismdan tashkil topadi:

1. Naturaga qarab rasm ishlash. 2. Naturaga qarab haykal ishlash.

1. Naturaga qarab rasm ishlash:

– hayotdagi estetik qiymatga ega bo’lgan narsalar, shuningdek qush, hayvon, odam tuzilishi, shakli, rangi, o’lchovlarini asliga yaqinlashtirgan holda elementar tarzda rasmini ishlash;

– ayrim narsa va predmetlarni alohida yoki natyurmort tarzida rasmini ishlash;

– rasmning qog’oz formati va o’lchovini to’g’ri olish;

– naturaning fazoviy holatini, undagi perspektiv qisqarishlarni tasvirlay olish;

– naturaning estetik jihatlarini ko’ra bilish, rasmda ifodalay olish.

2. Naturaga qarab haykal ishlash:

– hayotda mavjud qiziqarli, jihatlari bilan kishi e’tiborini o’ziga tortadigan hashoratlar, qushlar, mayda o’lchovdagi hayvonlar, ularni xarakterli holatda yumaloq va relefli haykalini loy yoki plastilin bilan ishlash;

– ularning tuzilishi, shakli, hajmi, o’lchovlarini asliga yaqinlashtirgan holda harakatsiz yoki harakatli tasvirlash.

3. Kompozitsion faoliyatning mazmuni, uning asosiy qoidalari

1. Rangtasvir kompozitsiya. 2. Dekorativ kompozitsiya. 3. Haykaltaroshlik kompozitsiya.

Kompozitsiyaning uch turi bo’yicha ijodiy ishlarni bajarish:

– kompozitsiya haqida umumiy tushunchalar;

– kompozitsiyaning elementar qoidalari va unga bo’lgan asosiy talablar.
Rangtasvir kompozitsiya:

– tevarak-atrofdan; shuningdek tarixiy voqea va hodisalardan, ko’rinishlar, mehnat jarayonlarini kuzatish asosida olingan syujetlarni ijodiy tarzda tasavvurdan tasvirlash;

– afsonaviy mavzularda, shuningdek boshqa sayyoralar, suv ostidagi hayot ko’rinishlarning fantaziya asosida rasmini ishlash.
Dekorativ kompozitsiya:

– dekorativ kompozitsiyaning o’ziga xos xususiyatlari;

– yo’lsimon, kvadrat, to’rtburchak, doira shaklida naqshlar ishlash;

– gazlama yoki gulqog’oz uchun bezak eskizini ishlash;

– kvadrat yoki to’rtburchak shaklidagi quticha tomonlari uchun naqsh eskizini ishlash;

– tabiiy materiallardan kompozitsiya ishlash yo’llari va usullari;

– tabiiy shakllarni stilizatsiyalash;

– milliy o’zbek liboslari eskizini ishlash;

– adabiy asarlarning mazmuni asosida kitoblarni ichki va tashqi bezak eskizini ishlash;

– dazmol, choynak uchun taglik, shuningdek, naqshli yoki ganchli namoyon, panjara uchun eskizlar ishlash.

Haykaltaroshlik kompozitsiyasi:

– haykallarni yasashda turli elementlardan tashkil topgan kompozitsiyalarni ijodiy tarzda tuzish;

– loy yoki plastilindan qiziqarli shaklda afsonaviy haykalchalar va o’yinchoqlar yasash.

O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

– ish qurollari va jihozlarini, ular bilan ishlay olishni;

– yil fasllarini kuzatish hamda undagi go’zalliklar haqida tushunchaga ega bo’lish;

– oddiy shakl va tuzilishdagi narsalarni to’g’ri tasvirlay olishni;

– bo’yoqlarni aralashtirib yangisini olishni;

– berilgan qog’oz yuzasini bir me’yorda bo’yay olishni;

– asosiy va qo’shimcha ranglarni, iliq va sovuq, axromatik va xromatik ranglarni farqlay olishni;

– sodda mazmunda rasm chizish, haykal (yumaloq va relefli) yasash, bajara olishni.

Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:

– narsalarni shakliga ko’ra to’g’ri tasvirlash;

– ranglarni tasvir ob’yekti (buyum)ga nisbatan to’g’ri qo’llash;

– mustaqil tarzda o’quv dasturidagi mavzular bo’yicha rangtasvir janrlarida ijodiy faoliyat yuritish;

– tasviriy faoliyatni texnika havfsizligi, tartiblilik va ozodalik qoidalariga amal qilgan holda tashkil etish;

– turli shaklda ijodiy oddiy naqshlar chiza olishni;

– manzara va turmush janridagi asarlarning mazmunini o’qiy olishni.
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:

– tasviriy va amaliy san’atda ishlatiladigan 5-8 ta atama va tushunchalarni;

– manzara va turmush janrlarida rasm ishlaganda unga mazmunini to’g’ri tanlay olishni;

– 15-20 ta atrofida rang nomlarini;

– turli tasviriy ishlarni bajarganda texnika xavfsizligi va gigiyena qoidalariga rioya qilishni.

San’atshunoslik asoslari:

– tasviriy san’at turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik);

– tasviriy san’at janrlari (portret, manzara, natyurmort, batal, animal, maishiy);

– san’at turlari va janrlari tarixi, zamonaviy holati, rassomlarning hayoti, ijodi, asarlari;

– rangtasvirda ranglar, ularning xususiyatlari va texnologiyalari.

Tasviriy faoliyat (naturaga qarab tasvirlash):

– naturadan rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik turlarida ishlash;

– tasviriy san’at turlarining tasviriy vositalarida janrli (manzara, portret) syujetlar yaratish;

– tabiatning obrazli tasvirlari (turli holatlari)ni, turli badiiy materiallar va texnikada tasvirlash (qalamda, flomaster, akvarel, guash, tush);

– manzarada chiziqli va havo perspektivasi;

– manzara ob’yektiga monand tarzda tasvir sathini tanlash va unda elementlarni (daraxt, adir, tog’, ufq, jilg’a va h.k.) gorizontal, vertikal, diagonal bo’yicha, shuningdek, planlilik (birinchi plan, o’rta plan, orqa plan)da joylashtirish;

– naturadan 2-3 predmetdan iborat mavzuiy natyurmort (mevalar, uy-ro’zg’or buyumlari, sport yoki san’at atributlari va bosh.)ni tasvirlash;

– naturadan odam, hayvon, qushlarni turg’un va harakatdagi holatlarini hajmdor (yumaloq), rel’ef, barel’ef shakllarini (haykallarini) ishlash (loyda, plasilinda).

Kompozitsion faoliyat:

– mustaqil tarzda mavzuiy portret-kompozitsiya ishlash (Onam portreti, do’stim portreti, ustozim portreti, men sevgan qahramon portreti va h.k.);

– turli mazmunlarda mavzuiy kompozitsiya variantlarini mustaqil tanlash, unda kompozitsiyaning yordamchi vositalari (qoralama, eskiz)dan foydalanish;

– kompozitsiya qonuniyatlari (o’lcham, ranglar, ularning nisbati va uyg’unligi; kompozitsiya markazi, kompozitsiyada muvozanat, harakat, simmetriya, assimetriya, ritm), vositalari (chiziq, yorug’-soya, rang surtmalari va dog’lari, hajm, faktura v h.k.);

– kompozitsion faoliyatda grafik usul, vosita va materiallardan foydalanish;

– haykaltaroshlikdan berilgan mavzu asosida mustaqil kompozitsiya ishlash. Unda haykaltaroshlikning turli materiallari, shakllaridan foydalanish;

– real haykaltaroshlik va mayda plastika (dekorativ haykaltaroshlik) namunalarini yaratishda tarixiy badiiy an’analardan foydalanish (Hamro Rahimova, A.Muxtorov, U.Jo’raqulov va boshqa xalq ustalari ijodiy namunalari misolida).

O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

-tasviriy san’atning turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) va asosiy janrlari (portret, natyurmort, manzara)ning xususiyatlarini bilish;

– tasviriy san’atning tur va janrlarida qo’llaniladigan badiiy materiallar, tasviriy vosita va usul, texnikasini bilish;

– tasviriy san’at tarixi va nazariyasini mazkur standartida nazarda tutilgan xususiyatlarini, portret, manzara, natyurmort janrlarida ijod qilgan rassomlarning hayoti va ijodini bilish;

– tasviriy san’atning portret, natyurmort va manzara janrlarida kartina yaratish qonuniyatlarining asosiy elementlarini bilish;

– tasviriy san’atning turlarida janrlarning umumiy va farqlanuvchi jihatlarini bilish (masalan, portret janrining rangtasvir, grafika va haykaltaroshlikdagi umumiyligi);

– tasviriy san’at turlarining bir-biri bilan bog’liqligini (masalan: qalamtasvir tasviriy san’atining barcha turlarning asosi ekanligi) bilish va o’z faoliyatlarida unga amal qilish;

– O’zbekison va jahon tasviriy san’ati, ularning namoyondalaridan boshlang’ich maktabda o’rgatganlariga qo’shimcha 5-6 nafarini va ularning asarlarini bilish;

– rassomlarning ijodiy usullarini farqlay bilish;

– berilgan topshiriqning mazmuniga muvofiq material, texnika va ifoda vositalarini bilish;

– tasviriy san’atga oid atamalarni tushunish va ulardan o’z nutqlarida to’g’ri foydalana bilish;

– tasviriy san’atning ifoda vositalarini ijodiy jarayonda qo’llanilishi, tasviriy san’atning tur va janrlariga muvofiq tarzda ularni tanlash xususiyatlarini bilish.

Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:

– turli buyum va predmetlarning konstruktiv tuzilishlarini, odam gavdasining harakatdagi holati, tanasining turli bo’laklari nisbatlarini (qalamtasvirda, haykaltaroshlikda) to’g’ri tasvirlay bilish;

– berilgan topshiriqqa mos tarzda kompozitsiyaning rangshunoslik yechimini to’g’ri hal eta olish (masalan: manzarada turli holat hamda kayfiyatlarni tasvirlashda rang va uning tuslaridan, shuningdek, kontrast, issiq-sovuq ranglardan maqsadli foydalana olish);

– kompozitsion faoliyatda chiziq, chizgi (shtrix), rang surtmasi, dog’, yorug’-soya kabi grafik tasvir vositalarini, hajm, fazo va perspektivani tasvirlashda, rang va uning tuslari va koloritini tasvir mazmuniga mos tarzda tasvirlashda, havo perspektivasini ifodalashda qo’llay olish;

– grafika va rangtasvirda manzara ishlay olish;

– plastilin va loydan relefsimon (qabariq) tasvir ishlay olish;

– yaxlit kompozitsiya, obraz yaratishda ranglarning mutanosibligini saqlay olish;

– tasviriy san’at turlari (grafika, rangtasvir) va janrlarida (manzara, portret, natyurmort) rasm ishlay olish.

Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:

– turli buyum va predmetlarning konstruktiv tuzilishlarini, odam gavdasining harakatdagi holati, tanasining turli bo’laklari nisbatlarini (qalamtasvirda, haykaltaroshlikda) to’g’ri tasvirlay bilish;

– berilgan topshiriqqa mos tarzda kompozitsiyaning rangshunoslik yechimini to’g’ri hal eta olish, misol uchun, manzarada turli holat hamda kayfiyatlarni tasvirlashda rang va uning tuslaridan foydalana olish;

– kompozitsion faoliyatda chiziq, chizgi, dog’ yorug’-soya kabi grafik tasvir vositalarini, hajm, fazo va prespektivani tasvirlashda, rang, uning tuslari va koloritini tasvir mazmuniga mos tarzda, havo perspektivasini ifodalashda qo’llay olish;

– yaxlit kompozitsiya, obraz yaratishda ranglarning mutanosibligini saqlay olish;

– tasviriy san’at turlari (grafika, rangtasvir) va janrlarida (manzara, portret, natyurmort) rasm ishlay olish;

– tasviriy san’atning tur va janrlariga muvofiq tarzda tasviriy vosita va usullardan amaliy faoliyatda maqsadga muvofiq tarzda foydalana bilish;

– kompozitsiya yaratishda yordamchi vositalar (qoralama, eskiz)dan mustaqil tarzda foydalana olish;

– tasviriy faoliyat (rangtasvir)da issiq va sovuq ranglar gammasidan foydalana bilish;

– mustaqil tasviriy faoliyatda kompozitsiya qonuniyatlariga amal qilish;

– adabiy asar syujeti asosida portret-illyustrasiya ishlay bilish, unda mazmun va tasvir mutanosibligini ifodalay olish.

6 – sinf
San’atshunoslik asoslari:

– o’rta asrlar san’ati. San’atdagi usul va yo’nalishlar (me’morlikda roman, gotika usullari);

– Sharq me’morligidagi shakl va usullar (peshtoq, gumbaz, minora);

– Sharq miniatyura san’ati: O’rta Osiyo, Hindiston, Eron, Arabiston, Turkiya miniatyura maktablari;

– Sharq miniatyura san’atida umumiylik va o’ziga xoslik;

– miniatyurada sintetik jarayonlar (syujetli kompozitsiyalar, naqqoshlik, xattotlik va boshq.);

– miniatyura markazlari (Buxoro, Hirot, Tabriz va bosh.);

– Sharq miniatyura san’atida umumiylik va o’ziga xoslik;

-Sharq miniatyura san’atining yirik namoyondalari (Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Murod Muhammad Samarqandiy);

– O’zbekiston zamonaviy miniatyura san’ati. O’zbek miniatyurachi rassomlari (Sh.Muhammadjonov, N.Xolmatov, H.Nazirov, A.Tursunov, Sh.Shoyoqubov va bosh.);

– miniatyura san’ati namunalari (Dehlaviy, Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy, Bobur, Sharofutdin ali Yazdiy asarlari misolida), ular saqlanadigan yirik muzeylar (Nyu-York-Metropoliten muzeyi, Parij-Fransiya milliy kutubxonasi, London-Britaniya muzeyi, Sankt-Peterburg-Ermitaj, Hindiston, Turkiya muzey va kutubxonalari, Toshkent Sharqshunoslik kutubxonasi va h.z.);

– dastgoh rangtasviri, uning turlari, ijodkorlari, rassomning kartina yaratish jarayoni;

– tasviriy san’atda buyuk siymolar tasviri (M.Nabiev – Amir Temur, Beruniy, Bobur, Ibn Sino portretlari; I.Jabborov – Amir Temur haykali, Toshkent, Samarqand, A.Ikromovning Mirzo Ulug’bek; T.Quryozov – Jaloliddin Manguberdi;

J.Umarbekov – Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro yoshligi; O.Qozoqov – Kamoliddin Behzod);

– Uyg’onish davri Yevropa tasviriy san’ati (Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelandjelo, A.Dyurer va bosh.);

– XIX asr oxiri XX asr boshlari rus tasviriy san’ati (A.Bryullov, Tropinin, I.Shishkin, I.Levitan, A.Vasilev, V.Kuinji, B.Savrasov, I.Repin, V.Serov, A.Surikov va bosh.);

– O’zbekiston tasviriy san’ati (O’.Tansiqboev, N.Karaxon, R.Timurov, N.Qo’ziboev, R.Ahmedov, M.Nabiev, Ch.Ahmarov, J.Umarbekov, B.Jalolov, A.Ikromjonov va boshq.);

– haykaltaroshlik turlari (dastgoh, mahobatli va dekorativ haykaltaroshlik).
Tasviriy faoliyat (naturaga qarab tasvirlash):

– natyurmort o’quv modeli (natura) sifatida, uning kompozitsiyasi, tasviriy vositalari;

– buyumlarni (naturani) tasvirlashga ijodiy yondoshish, unga badiiy talqin berish, shaxsiy munosabatlarni badiiy obrazlar vositasida aks ettirish;

– naturani tasvirlashda tasviriy faoliyatning bosqichlari (qoralama ishlash, uning konstruktiv va fazoviy holatini aniqlash, kompanovka, rang yechimi, uning to’yinganlik darajasi, tuslari, yorug’-soya imkoniyatlarining hajmini sezdirishdagi ahamiyati, rangda (qalamda) naturani umumlashtirish;

– turli mavzulardagi naturalarni (portret, natyurmort, manzara) har xil tasviriy vositalar (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik)da ishlash.

Kompozitsion faoliyat:

– o’rta murakkablikda hajmdor haykal ishlash (odam gavdasi, uning tuzilishi, qismlari nisbatlari, ishlash xususiyatlari; odam gavdasining harakatdagi va harakatsiz, mehnat, sport mavzulari) holatlarida muvozanat, tayanch nuqtasi;

– haykaltaroshlik kompozitsiyasida harakatdagi va harakatsiz gavda (odam, hayvon, parranda)ni tasvirlashda karkaslardan foydalanish;

– mazmunli, muayyan holat (yomg’ir, qor, quyosh, shamol, tong, oqshom)dagi tabiat manzarasini xotiradan yoki tasavvurdan ishlash;

– tarixiy mavzularda, folklor asarlari, xalq dostonlari asosida batal yoki portret janrlarida ishlash (Shohnoma, Alpomish, Go’ro’g’li, Rustamxon, Kuntug’mish va boshqa manbalar);

– muayyan mavzu bo’yicha mustaqil syujetli kompozitsiya yaratish;

– kompozitsiya yechimini «Ijodiy izlanish» metodi asosida topish (qoralama, eskizlar ishlash, ularni tahlil etish va umumlashtirish).

O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

– atrof-muhitdagi (inter’yerdagi, manzaradagi va h.k.) go’zallikni ko’ra olish, uni baholash va sharhlay olish;

– rassomlarning, amaliy san’at ustalari va me’morlarning ijodiy faoliyatlari, san’at asarlarining ijtimoiy mohiyatini to’g’ri anglay bilish;

– turli janrlardagi san’at asarlarining yaratilish texnikasini ajrata olish va ularni tahlil eta bilish;

– rassomlar, ularning asarlarini og’zaki yoki yozma nutqda sharhlay bilish;

– o’rta asrlar san’ati, uning uslub va yo’nalishlarini bilish;

– Sharq san’ati, Sharq miniatyura san’atining tarihi, ularning tasviriy-ifodaviy usullarining o’ziga xos xususiyatlarini bilish;

– miniatyuradagi rassomlar, ularning asarlarini bilish;

– miniatyura san’ati bilan realistik tasviriy san’atning umumiylik hamda farqli jihatlarini bilish;

– san’atdagi usul va yo’nalishlar, uning Sharq san’atidagi talqinini to’g’ri baholay bilish;

– dastgoh asarlari, syujetli kartinalarning yaratilish jarayoni, haykaltaroshlik turlari (dastgoh, monumental, hiyobon uchun ishlanadigan haykal) haqida tasavvurga ega bo’lish;

– odam gavdasiing anatomik nisbatlari haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo’lish;

– odam gavdasining harakatdagi holat qonuniyatlari (tayanch nuqtasi, harakat dinamikasi)ni bilish;

– syujetli kartinalarning mazmuni va shaklini badiiy idrok etish;

– jahon va O’zbekistonning mohir rassomlari, haykaltaroshlari, ularning hayoti, ijodi, asarlarini bilish.
Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:

– atrof muhitdagi go’zallik haqidagi bilimlarini o’z faoliyatiga tatbiq eta olish;

– tasviriy amaliy san’at va me’morlik san’atining ijtimoiy xususiyatlaridan amaliy jihatdan foydalana bilish;

– o’z tasviriy-ijodiy o’quv faoliyatida tasviriy san’at ashyolari, badiiy materiallar va tasvirlash texnikasini amaliy jihatdan qo’llay olish;

– tasviriy san’atdan o’quv faoliyatida milliy va sharq san’ati an’analarini sintetik tarzda qo’llay bilish;

– tasviriy faoliyatda namunalardan (rassom, haykaltarosh asari)dan o’z faoliyatida to’g’ri foydalana olish;

– miniatyura san’ati usulida rasm (illyustratsiya) ishlay olish;

– tasviriy faoliyat uchun qo’shimcha materiallarning amaliy asoslarini real hayotda ko’ra bilish va ulardan foydalana olish;

– tasviriy faoliyatda shaxsiy gigiyena va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish.
Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:

-tasvirlanayotgan buyumlar guruhi (natyurmort)ni plastik yaxlitlikda ifodalash;

– haykaltaroshlikda odam va hayvonlarni obrazli tasvirlash, unda ob’yektning o’ziga xos xususiyatlari, xarakteri, nisbatlarini to’g’ri talqin etish;

– miniatyura san’ati usulida rasm (illyustratsiya) ishlay olish;

– tasviriy faoliyatda Sharq miniatyura san’atining tasviriy usullarini tatbiq eta olish;

– kompozitsiya yaratishda eskiz variantlarini ishlash va ularni umumlashtira olish;

– o’z ijodiy faoliyatlarida dramatizm va lirizm kayfiyatlarini tasvirlay olish;

– o’z «asari» uchun material to’plash va ulardan tasviriy faoliyatda foydalana olish;

– tasvirlanayotgan buyumlar guruhi (natyurmort)ni plastik yaxlitlikda ifodalash;

– haykaltaroshlikda odam va hayvonlarni obrazli tasvirlash;

– syujetli kartina yaratish usullarini o’z tasviriy faoliyatiga tatbiq eta bilish.

7- sinf
San’atshunoslik asoslari:

– san’atdagi oqim va yo’nalishlar, ularning kelib chiqish sababi, asosiy omillari;

– oqim va yo’nalishlar (impressionizm, postimpressionizm, fovizm, kubizm, puantelizm, syurrealizm, abstraksionizm) nomlanishining mazmuni va mohiyati;

– XIX asr oxiri XX asr boshlaridan Yevropa tasviriy san’atidagi oqimlarning yirik namoyondalari (K.Mone, O.Renuar, K.Pisarro, A.Matiss, P.Sezann, A.Sinzyak, Van Gog, Pol Gogen va b.);

– zamonaviy O’zbekiston tasviriy san’atida oqim va yo’nalishlarning tasviriy talqini (A.Mirsoatov, A.Yunusov, O.Qozoqov, A.Nuriddinov, S.Alibekov, B.Jalolov);

– tasviriy san’at tarixida ramziylik tasviri, geraldika;

– O’zbekiston amaliy bezak san’atida qo’llaniladigan shakllarning ramziy ma’nolari (o’simlik va hayvonot dunyosi misolida);

– dizayn san’atining tarixi, uning maishiy turmushni madaniylashtirishdagi o’rni, buyumlar, jihozlar, katta va yirik o’lchamdagi texnika vositalari (avtomobil, samolyot va h.z.)ni, binolar va ularning intererlari va boshqalarni badiiy loyihalashtirish;

– qadimiy O’zbekiston madaniyati va san’ati (me’morlik san’ati misolida, unda san’at turlarining sintezi);

– me’moriy ansambl va atrof muhit landshafti;

– kitobat san’ati, Sharq kitobat san’atining nodir namunalari;

– jahon va O’zbekiston kitobat san’atining yirik namoyondalari (O.Domge, G.Dore, Ye.Kibrik, D.Shmarinov, V.Favorskiy, D.Bisi; I.Ikromov, T. Muhamedov, A.Bobrov).

Tasviriy faoliyat:

– namuna asosida naqsh elementlari, kompozitsiyalarni chizish va bo’yash;

– naturadan (namunadan) manzara ishlash, unda turli oqim va yo’nalishlar usullarini qo’llash;

– turli mavzuda kubizm usulida natyurmort ishlash;

– me’moriy ansambl (jamoaviy ish) maketini yasash hamda unga badiiy ishlov berish.

Kompozitsion faoliyat:

– tabiiy shakllarni stillizatsiyalash vositasida naqsh elementlarini hosil qilish, ulardan mustaqil ravishda naqsh kompozitsiyasini yaratish;

– turli shakllarni badiiy loyihalash (texnikaviy dizayn, libos dizayni, me’morlik dizayni, jihozlar, anjomlar dizayni);

– shakl va mazmun mutanosibligi. Kulolchilik namunalari shakllarining variantlarini yaratish (grafik yechim);

– me’moriy ansambl kompozitsiyasi (jamoa ishi). Uning maketini karton va qog’ozdan yasash, unda shakl, nisbat, masshtab, simmetriya, atrof-muhit bilan uyg’unligi);

– geraldika (ramzlar, muhrlar, gerblar) bo’yicha kompozitsiya variantlarini yaratish;

– me’moriy mavzuda manzara-kompozitsiya ishlash (akvarel, guash bo’yoqlari, oddiy va rangli qalamlar, flomaster, pastel va boshqa yumshoq grafik materiallar);

– ixtiyoriy manbalar (ertak, hikoya, rivoyat, qissa, roman, doston, badiiy va video yoki multfilm) asosida kitobat san’ati elementlari (muqova, titul varag’i, badiiy harf, frontiptis, illyustratsiya v.b.)ni ishlash.
O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari kerak:

– san’atning ijtimoiy mohiyati va inson shaxsiy kamolotidagi ahamiyatini anglash;

– tasviriy san’atdagi oqim va yo’nalishlarni, uning yirik vakillari asarlarini bilish;

– hozirgi zamon san’atida sodir bo’layotgan badiiy jarayonlar haqida tassavurga ega bo’lish;

– dizayn san’ati va uning turmushdagi ahamiyatini bilish;

– o’zbek amaliy bezak san’ati tarixi, uning taniqli ustalari, ularning asarlar xususiyatlarini bilish. Amaliy bezak san’ati buyumlarining dizayn yechimini, ularning funksional mohiyatiga mosligini tushunish;

– amaliy bezak san’atining mazmun va shakl mutanosibligi xususiyatlarini bilish;

– badiiy bezak motivlari, ramzlari, tasviriy-ifodaviy vositalarini to’g’ri talqin eta bilish;

– me’morlik tarixiga oid bilimlarga ega bo’lish hamda uni sintetik san’at turi sifatida idrok etish;

– badiiy loyihalash, maket yasashning texnologik xususiyatlarini bilish;

– kitob san’atining tarixi, uning o’ziga xos xususiyatlari, tasviriy usul va vositalari, kitob bezovchi rassomlar haqida ma’lumotga ega bo’lish;

– kitobat san’atini yaxlit kompozitsiya, sintetik san’at asari sifatida idrok etish;

– tasviriy san’atning geraldika sohasi va uning ma’nosini bilish;

-o’rganilgan san’at turlariga oid atama va tushunchalarlarni talqin etish.

Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:

– Tasviriy faoliyatni tashkil etishda tozalik va xavfsizlik qoidalariga amal qilish;

– tasviriy faoliyatning turlari, uning bosqichlarini bilish va o’z faoliyatiga uning talablarini tatbiq etish;

– tasviriy vosita va texnikalarni berilgan topshiriq xususiyatiga mosligini ta’minlay bilish;

– maishiy turmushdagi estetik holatlar (rang, shakl, mazmun go’zalligi va h.k.) ga moslashish, uni targ’ib qilish;

– shaxsiy hayotida milliy san’at (me’morlik, amaliy bezak san’ati, kitobat san’ati va h.k.) an’analariga amal qilish va uni ijobiy davom ettirishga intilish;

– bo’yoqlar (akvarel, guash) va anjomlar (mo’yqalam, qalam va h.k.)dan to’g’ri foydalanish;

– geraldika sohasida mustaqil ravishda ramziy belgi(tasvir) ishlay olish;

– amaliy san’at kompozitsiyasi, mazmuniga mos shakl va rang qo’llay olish;

– jamoa bo’lib ishlash ko’nikma va malakalariga ega bo’lish;

– shaxsiy ish tajribasini jamoaning tasviriy faoliyatiga tatbiq eta olish.

Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:
– Turli texnikalar va tasvir usullaridan badiiy obraz yaratishda foydalana olish;

– turli usulda impressionizm, kubizm va boshqa usulda rasm ishlay olish;

– tabiiy shakllarni uslublashtirish va ulardan amaliy bezak kompozitsiyasida foydalana olish;

– me’moriy mavzularda rasm ishlay olish va unda tarixiy me’morlik va zamonaviy elementlarini aks ettira olish;

– kitob san’atining turli badiiy-grafik elementlarining funksiyasini bilish, adabiy asar mazmuniga mos tasviriy obraz yarata olish, kitobning badiiy elementlaridan yaxlit maket yarata olish;

– xona intereri, buyumlarning dizayni bo’yicha eskizlar ishlash;

– berilgan topshiriqqa muvofiq tarzda badiiy material (qog’oz, bo’yoq, kerakli anjomlar va h.k.) va tasvir vositasi, texnikasini tanlay bilish;

– bajarilayotgan ishning mazmuni va mohiyatiga ko’ra mustaqil tarzda tasviriy usul, material va vosita tanlay olish va undan amaliy foydalana bilish;

– tasviriy faoliyat jarayonida olingan bilim va malakalarni o’z hayotiga tatbiq etish.

Tasviriy san’at fanidan o’quv dasturi