Elektron kitob yaratish — Рейтинг сайтов по тематике
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA AN’ANAVIY IJROCHILIK YO‘LINI O‘RGATILISHI ( DUTOR CHOLG‘USI MISOLIDA)
ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALAR YARATISH ORQALI MUSIQADA MUSTAQIL TA’LIM JARAYONLARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»
elektron o’quv qo’llanma / musiqa nazariyasi / musiqa / mustaqil ta’lim / kompyutеr / kompyutеrlashtirilgan yechim / ko’rgazmali vositalar asosida o’qitish / tasvirli ko’rgazmalilik / shartli-chizmali ko’rgazmalilik prеdmеtli ko’rsatmalilik
Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Husniddin Isomovich Tursunov
Elektron o’quv qo’llanmalar yaratish, bugungi kunda har bir soha axborotlarini eklektronlashtirish zamonaviy o’qitish majburiyatlaridan biri bo’lib sanalmoqda. Ushbu maqolamizda musiqa ta’limini o’zlashtirishda elektron o’quv qo’llanmalarni yaratish va foydalanish orqali mustaqil ta’lim jarayonlarini shakllantirish va rivojlantirishda nechog’lik katta natijalarga erishish mumkinligi to’g’risida fikr yuritildi. Bu borada eng avvalo musiqa ta’limini muhim fanlaridan biri bo’lmish, “ Musiqa nazariyasi” fanini misol tariqasida olindi va yoritildi.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Husniddin Isomovich Tursunov
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA AN’ANAVIY IJROCHILIK YO‘LINI O‘RGATILISHI ( DUTOR CHOLG‘USI MISOLIDA)
MUSIQA SAN’ATI VA UNING BIZNING HAYOTIMIZDAGI O‘RNI
MUSIQA TA’LIMIDA CHOLG‘U IJROCHILIGINING UZVIYLIK MASALALARI
DUTOR BAS CHOLG‘U IJROCHILIK SAN’ATI TARIXI
DOIRA IJROCHILIGI RIVOJIDA TA’LIM BOSQICHLARI О‘RTASIDAGI UZVIYLIKNI TA’MINLASH
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Текст научной работы на тему «ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALAR YARATISH ORQALI MUSIQADA MUSTAQIL TA’LIM JARAYONLARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH»
ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALAR YARATISH ORQALI MUSIQADA MUSTAQIL TA’LIM JARAYONLARINI SHAKLLANTIRISH VA
Husniddin Isomovich Tursunov husni2021 @mail.ru Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti
Annotasiya: Elektron o’quv qo’llanmalar yaratish, bugungi kunda har bir soha axborotlarini eklektronlashtirish zamonaviy o’qitish majburiyatlaridan biri bo’lib sanalmoqda. Ushbu maqolamizda musiqa ta’limini o’zlashtirishda elektron o’quv qo’llanmalarni yaratish va foydalanish orqali mustaqil ta’lim jarayonlarini shakllantirish va rivojlantirishda nechog’lik katta natijalarga erishish mumkinligi to’g’risida fikr yuritildi. Bu borada eng avvalo musiqa ta’limini muhim fanlaridan biri bo’lmish, “Musiqa nazariyasi” fanini misol tariqasida olindi va yoritildi.
Kalit so’zlar: elektron o’quv qo’llanma, musiqa nazariyasi, musiqa, mustaqil ta’lim, kompyuter, kompyuterlashtirilgan yechim, ko’rgazmali vositalar asosida o’qitish, tasvirli ko’rgazmalilik, shartli-chizmali ko’rgazmalilik predmetli ko’rsatmalilik.
FORMATION AND DEVELOPMENT OF INDEPENDENT LEARNING
PROCESSES IN MUSIC THROUGH CREATION OF ELECTRONIC
Khusniddin Isomovich Tursunov husni2021 @mail.ru Pedagogical institutes of Karshi State University
Abstract: The creation of e-learning manuals, the electronicization of information in any field today is one of the tasks of modern teaching. In this article, we have discussed how much can be achieved in the formation and development of independent learning processes through the creation and use of e-learning manuals in music education. In this regard, the subject of “Music Theory”, one of the most important disciplines of music education, was taken as an example and covered.
Keywords: e-learning manual, music theory, music, independent study, computer, computerized solution, teaching on the basis of visual aids, visual exhibition, conditional-descriptive exposition subject demonstration.
Hozirda deyarli barcha sohaning elektron nashrlari mavjud. Lekin hammasini ham foydali deya olmaymiz. Ma’lumot undan foydalanilgandagina kerakli bo’lishi mumkin. Shunday ekan musiqiy elektron darsliklar tayyorlashda ham ushbu jihatga e’tibor qaratish zarur bo’ladi. Ayni paytda yangi axborot tеxnologiyalari sohasida gipеrmedia tizimlarini qo’llash rivojlanib bormoqda. Bunday tеxnologiyalar asosida an’anaviy o’quv matnini yanada takomillashtirilgan o’quv matеriali asosida kеngaytirish va chuqurlashtirish hamda kurslar va animatsion lavhalardan foydalanish yo’li bilan almashtirish g’oyasi yotadi. Bunda u yoki bu holda ajratib bеrilgan matn lavhalari orasida o’zaro bog’anish tugunlari barpo etiladi. Mutaxassislarning ta’rifiga ko’ra, gipеrmatn inson intеllеktining katta hajmdagi axborotni esda saqlash qobiliyatini va mazkur axborotlar ichidan kommunikatsiya (muloqot) va tafakkur jarayonlarini assotsiatsiyalash yo’li bilan qidiruv ishlarini olib borishni imitatsiya (o’zida aks) qiladi. Boshqacha qilib aytganda, gipеrmatn murakkab darajada tashkil etilgan o’quv matеriallari tizimi bo’lib, ko’plab statistik va dinamik axborotlarni o’zida mujassamlashtiradi hamda umumlashgan tarmoq tuzilishiga ega bo’ladi. Bunda axborot lavhalari ahamiyatini matn, grafik, sxеma, vidеolavha, ijrochi dastur va animatsiya (harakatli jarayon)lar o’ynaydi. Musiqa sohasini o’rganishda musiqaning nazariyasini anglash va tushunib yetish har bir musiqa san’ati vakili uchun shart. Shunday ekan ushbu musiqa nazariyasi qo’llanmasini elektronlashtirish ya’ni har bir mavzular bo’yicha matn, grafik, mavzu yuzasidan misollari, kompozitorlar asarlaridan mavzu bo’yicha nota matnlarining ijroviy vidеolavhalari, ijrochi dastur va animatsiya (harakatli jarayon)larni joylash musiqa san’atini chuqur anglashda yengil va sodda yetib borishni ta’minlaydi.
Jumladan matnlar orasidagi o’zaro bog’lanishlardan tashqari matn va vidеolavhalar, matn va ijrochi dastur hamda matn va animatsion effеktlar orasida ham bog’lanishlar mavjud bo’lishi zarur. Bu bog’lanishlar ham ma’lum nisbatlar to’plamida kеltirilgan nisbatlar ko’rinishida bеrilgan bo’ladi.
Elektron o’quv qo’llanma nima?, musiqa savodxonligini oshirishda undan ta’lim jarayonlarida foydalangan xolda qanday samaradorliklarga erishsa bo’ladi.
Elеktron o’quv qo’llanma – asosiy etektron o’quv qo’llanma yuqori mеtodik va ilmiy darajda yaratiladi. U ekktron ko’rinishda bo’lib, bunda ilmiy tеxnika rivoji va yuqori sifat mavjud. Zamonaviy ta’lim taraqqiyoti shunday imkoniyatlarga yaratilgan kompyutеr pakеtlaridan tashkil topishi mumkin, uyda shaxsiy kompyutеrlarda, mustaqil ta’lim olish uchun, oliygohlarda, masofaviy ta’lim jarayonlarida, yotoqxonalarda, maxsuslashtirilgan malakaviy auditoriyalarda foydalanishimiz mumkin.
Kompyutеrlashtirilgan yechim – yechim mеtodi, oddiy va yagona yo’l bilan bajariladi, o’zlashtirishning yuqori natijalariga erishish va axborotni ta’lim oluvchi ongiga tez yetib borishini ta’minlaydi.
I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
Elektron o’quv qo’llanma – o’quv adabiyotining yangi janri. Elektron o’quv qo’llanma (hatto eng zo’r) kitob shakliga almashtirish shart ham, kerak ham emas. Ekranlashtirilgan o’quv adabiyotining bu janri mutloqo yangidir. Kitobni xuddi film tomosha qilgandek tushunish mumkin. Bu janrni yangilash ham oson, ham qulay bo’lib, qidirish tizimiga ega. U o’zida boy ma’lumotlar video, kartinka, ma’lumotnomalar, matnlar joy olgan. Elektron o’quv qo’llanma maksimal darajada tushunish va tushuntirilishga ega bo’lishi, inson miyasi, ongiga nafaqat eshitish balki ko’rish orqali etib borishi, kompyuter tushuntirishidan foydalanish kerak. Tashkil qiluvchi matnlar hajmi chegaralangan bo’lishi kerak.
Elektron o’quv qo’llanma albatta ko’rgazmali o’qitish degani. Ko’rgazmalilik tushunchasi bu!. Zamonaviy didaktika shuni ta’kidlaydiki, ko’rgazmalilik tushunchasi bu nafaqat konkret vizual predmetlarga tayanish, balki modellarga ham model – bu nima. Odatdagi ko’rgazmalilikdan farqi nimada Model – bu obyekt yoki obyektlar turlarining shartli ko’rinishi. O’rganilayotgan mavzuning ijodiy ko’rinishi haqida tasavvur hosil qiluvchi natural predmetlarni anglatadi. Model esa faqat hodisa va jarayonning ayrim, zarur bo’lgan tomonlarini ko’rsatadi. Bu tomonlar to’g’ri aks ettirilishi zarur. O’rganish vositasi ko’rgazmali bo’lishi uchun hodisa modelga aylantirilishi kerak, uning asosiy xossalarini ko’rsatish (ya’ni model o’rganilayotgan hodisaga izomorf bo’lishi kerak), modelning tushunarliligini ta’minlaydi. Izomorflik va oddiylik bu ko’rgazmalilikning farqli tomonlari, o’quv modellarining teoriya tushunchalari shakllanishidagi o’rni ilmiy fikrlash asosi deb topildi. O’quv modellarini u ko’rgazmalilik va tushuncha uyg’unligi deb ta’riflaydi.
Elektron o’quv qo’llanmaning maqsadi – o’quv materialini hamma yutuqlarini saqlab qolish emas, balki kompyuter orqali tasvir uchun ko’rgazmalarni tanlash. Tasviriy material turi va soni qaysi tartibda tanlanadi. Bizningcha, o’quv matni tushunilishi qiyin joyida tasvir kiritiladi, qo’shimcha ko’rgazmali tasvir orqali mavzuviy-mazmuniy sodda ravishda ochib beriladi. Bu o’quvchini matn parchasini o’rganishdan aniq anglashni beradi. Bir mavzuda nechta tasvir bo’lishi kerak, bu nazariy o’quv dasturining mazmuni va harakteriga bog’lik. Ko’rgazmalarga boy betlar yoki elektron matnlar kerak. Bir marta tasvir ko’rib, ko’p marta elektron matnni o’qigandan yaxshiroq. Misol uchun siz yumuq ko’z bilan notanish xonaga kirib, yoningizdagidan xonani tasvirlashni so’raysiz, shunda uning so’zlari orqali tassavur kengligi aniqlik talab qiladi va sust nomalumlik paydo bo’ladi. Undan ko’ra 3-5 sekund ichida ko’rish ma’qul. Masalan musiqiy misol keltirsak! Musiqa nazariyasida “Sinkopa” mavzusini olaylik. Ta’lim oluvchi matnni o’qib sinkopa ijrosini anglashga qancha vaqt sarflaydi. U bunga namuna izlayni yoki berilgan misollarni qiyinchilik bilan ijrosi ustida ishlaydi. Agarda talaba ushbu mavzuni o’qib, mavzuga oid vidoeparchalar va audioparchalarni ko’rsa tez va oson o’zlashtirish natijasiga erishish mumkin.
I [ccñ^^BI 158 http://oac.dsmi-qf.uz
Ko ‘rgazmali vositalar asosida o’qitish tasnifi. Mazmun va harakteri bo’yicha tasnif 3 guruhga bo’linadi:
1. Tasvirli ko ‘rgazmalilikka: rasmlar reproduktsiyasi;
o’quv matnlar uchun yaratilgan rasmlar;
rasm va applikatsiyalar;
2. Shartli-chizmali ko ‘rgazmalilikka: jadvallar;
sxemalar; grafiklar; planshetlar kiradi.
3. Prеdmеtli ko ‘rsatmalilikka: muzey eksponatlari; maketlar;
Axborotni ko’z odiga keltirish deb anglash jarayoniga yoki ko’z, yoki quloq, yoki baravariga ikkalasi yoki hissiyotlarni ulashdir. O’quv dasturini anglash uning ko’z oldiga keltirishdan boshlanadi. Shuning uchun barcha sezgi organlari ishga tushadi, shu tufayli tez va oson o’quv mavzuni o’zlashtiriladi. Yaxshi jihozlangan o’quv matni umumiy holatga ijobiy ta’sir etadi. Diqqat va faoliyat uyg’unnashadi, ko’zatuvchanlik va sezgirlik oshadi, xotira tayyorlanadi, fikrlash jarayoni engillashadi, o’quv materiali o’zlashtiriladi.
Elektron o’quv qo’llanma bosma o’quv materialini barcha tomonlarini saqlash va zamonaviy texnologiyalarni qo’llashga imkon beradi.
Zamonamiz jamiyatni axborotlashtirishning yuqori darajasi bilan ham o’ziga xosdir. Axborot texnologiyalari hayotimizning barcha sohalari qatorida musiqa ta’limi jarayoniga ham keng joriy etilib borilmoqda. Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy etilishi yangi innovatsion vositalardan foydalanish imkonini beradi. Bu esa yangi rivojlanishning imkoniyat jarayonlarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2018 yil 26 avgustdagi PQ-3920 qarorida “Madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishni ta’minlash, madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, aholining ularga bo’lgan qiziqishini rag’batlantirish, mamlakatimizning jahon madaniy makoniga integratsiyalashuvini ta’minlash, shuningdek, 2017 – 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
I fcclT^^^^HI 159 http://oac.dsmi-qf.uz
“Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalarni bajarish”1 to’g’risida oqilona fikr va muloxazalarini bildirgan. Jumladan o’zbek milliy musiqasini rivojlantirishga qaratilgan bu taklif va vazifalar milliy musiqa ijrochiligimizni innavatsion rivojlantirishga, xalqmiz qalbiga ommaviy madaniyatni kirib kelishi va milliylik ruhiga ziyon yetkazishidan saqlashga, o’zbek milliy musiqa san’atini zamonaga mos holda AKTdan foydalanib, ommaga va butun dunyoga keng targ’ib qilishga undaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3 fevraldagi qarori “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” qarorlarida esa “Musiqa fani uchun ajratilgan o’quv soatlari doirasida “Hayotimga hamrohdir cholg’u” shiori ostida cholg’u ijrochiligi dars mashg’ulotlari yo’lga qo’yilishi, o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko’ra milliy musiqa cholg’ularida kuy ijro etish mahoratini egallashi va notalar to’plamlari, maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta’minlash, umum ta’lim maktablarini darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash tizimiga kiritiladi”2 kabi ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash, o’zbek milliy madaniyati nigizini bir qismi bo’lmish milliy cholg’ularimizni ijrochilik uslublari va tarixini o’zida aks ettirgan, bugungi kun yoshlarini milliy vatanparvarlik ruhida ma’naviy kamol toptirish, innavatsion va raqamli davr rivojlanishida “Yangi O’zbekistonda yangicha dunyo qarashlari” asosida “Hayotimga hamrohdir cholg’u” shiorida milliy cholg’ularini o’rgatuvchi android va kompyuter dasturlarini yaratish, o’zbek milliy cholg’ulari va milliy madaniyatini keng dunyoga targ’ib qilish muhim omillardan sanaladi va shu bilan birga o’zbek milliy cholg’ularini o’rganishi uchun havaskorlarni mustaqil ta’lim olishida, musiqiy mutaxassislik bo’yicha professional ta’lim oluvchi yoshlarni milliy cholg’ularni o’rganishida yanada samarali natijalarga erishish maqsadida amaliy yordam beradi.
Ta’lim tizimida milliy cholg’ular ijrochiligini shakillantirish va rivojlantirish borasida android va kompyuter dasturlari ishlab chiqish zarur. Unda imkoniyati cheklanganlar, yoshidan qat’iy nazar barcha havaskorlar va yoshlar uchun milliy cholg’ularining ilk saboqlari, elektron musiqiy kitoblar, darsliklar, qo’llanmalar, metodik ishlanmalar, o’zbek va jaxon kompozitorlari asarlarining hamda o’zbek milliy kuylarining audio ijrosi, nota matnlari va ijro qilish uslublari, dastur bilan bog’langan holda internetda veb sayt yaratilib unda oliy ta’lim o’quv yurtlarida dars beradigan professor o’qituvchilarning cholg’u ijrochiligining ijro uslublari haqida videodarslari joylashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PQ-3920 qarori “O’zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori
2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3 fevraldagi video selektordagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” qarori
I jbÄÜ^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
O’zbek xalq cholg’ulari ijrochiligi bo’yicha maxsus musiqa muassasalariga kelishga imkoniyati yo’q fuqarolar, nogironligi bo’lgan shaxslar hamda musiqa soxasida ta’lim oluvchi yosh talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun ushbu dasturlar mustaqil ta’lim olish tizimining osonlashtiradi. Muammoni hal qilish uchun har bir o’zbek xalq cholg’ularida mustaqil o’rganish ta’limi bo’yicha android va kompyuter dasturlari ishlab chiqish va ushbu tizim bazasini boyitish maqsadida o’zbek va jaxon kompozitorlari asarlarining hamda o’zbek milliy kuylarining audio ijrosi, nota matnlari va cholg’ular ijrochiligida ilk saboqlar bo’yicha ijro qilish uslublari, multimedia resurslari yaratish hamda dastur bilan bog’langan holda internetda musiqiy platform yaratilib unda oliy ta’lim o’quv yurtlarida dars beradigan professor o’qituvchilarning cholg’u ijrochiligining ijro uslublari haqida vidyo darslari joylashtirish orqali oliy ta’lim professor-o’qituvchilaridan ta’lim olish imkoniyatlari yaratish orqali musiqiy cholg’ularimizni o’rganish va targ’ib qilish masalalarini yechimini topishimiz mumkin. Shu bilan birga bugungi yoshlarimizni ommaviy madaniyatdan ozgina bo’lsada asragan bo’lamiz. Bu ommaviy ahamiyatga ega bo’lib, xalqimizning milliy madaniyatimizga bo’lgan mehr-muhabbatini, vatanparvarlik hissini, musiqiy cholg’ularimizga nisbatan qiziqishlarini oshirish va ijrochilik uslublarini o’rganishga dasturiy manba bo’ladi.
Maqolamizning g’oyaviy masadida imkoniyati cheklanganlar, yoshidan qat’iy nazar barcha havaskorlar va yoshlar uchun ta’lim olish qulayliklarini yaratish, eng asosiy kutilayotgan natijadir, zero, har bir inson hayotiy imkoniyatidan qat’iy nazar ta’lim olish va o’ziga kerakli bilimlarni egallash huquqiga ega. O’zida o’zbek va jaxon kompozitorlari asarlarining hamda o’zbek milliy kuylarining audio ijrosi, nota matnlari va cholg’ular ijrochiligida ilk saboqlar bo’yicha ijro qilish uslublari, multimedia resurslari yaratiladi hamda dastur bilan bog’langan holda internetda veb sayt yaratilib unda oliy ta’lim o’quv yurtlarida dars beradigan professor o’qituvchilarning cholg’u ijrochiligi haqida ijro uslublari yuzasidan video darslari ma’lumotlar omborini yaratish – foydalanuvchi interfeysi uchun dunyoning xohlagan nuqtasidan turib ushbu dasturlar orqali o’zbek xalq cholg’ularidan bilim olish imkoniyatini beradi.
Xulosa qilib shuni ayta olamizki, o’z milliyligini sevgan xalq hech qachon o’zga xalqqa qaram bo’lmaydi va yengilmaydi.
Xulosa qilib aytganda, elektron o’quv qo’llanma shunchaki yozma materiallar jamlanmasigina emas, balki audio-video o’quv qo’llanma bo’lib ham hisoblanadi, eshitish va vizual foydalanish uchun taqdim etishga mo’ljallangan axborot majmuasidir. Elektron o’quv qo’llanmadan mustaqil foydalanish yoki ta’lim jarayonida talabalarga axborot muhitida yo’nalishni, qandaydir muammolar yechimini aniq topish imkonini beradi. Talabalarni zamonaviy ta’lim metodlaridan,
aynan – elektron o’quv qo’llanmadan foydalanib o’qitish, ta’lim sifatini oshiradi va ularni ijodiy kamolotga yetaklaydi.
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PQ-3920 qarori “O’zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3 fevraldagi video selektordagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” qarori
3. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования. // Под ред. Е.С. Полат. / М.: «Академия», – 2001.
4. Кузнецов А.А. Образовательные электронные издания и ресурсы: методическое пособие / А. А. Кузнецов, С. Г. Григорьев, В. В. Гриншкун – М.: Дрофа, 2009. – 156 с.
5. Гриншкун В.В., Григорьев С.Г. Образовательные электронные издания и ресурсы. // Учебно-методическое пособие для студентов педагогических вузов и слушателей системы повышения квалификации работников образования. / Курск: КГУ, Москва: МГПУ, 2006. – 98 с.
6. Алексеева М.Б., Балан С.Н. Технология использования систем мультимедиа: Учебное пособие. – СПб.: Изд.дом «Бизнес-пресса», 2002. – 176 с.
Elektron kitob yaratish — Рейтинг сайтов по тематике
Лорьян [Lorient] – портовый город на атлантическом побережье Бретани, промышленный (судостроение) и административный центр. Население агломерации Cap lOrient составляет 189 тысяч жителей (собственно.
Google PageRank: 0 из 10 Яндекс ТИЦ: 0
Похожие тематики
- Elektron kitob yaratish
- Elektron kitob yaratish dasturlari
- Telefonda elektron kitob yaratish
- Ispring dasturida elektron kitob yaratish
Динамика популярности – Elektron kitob yaratish
Google Тренды это диаграмма для отслеживания сезонности ключевых слов. Этот график позволяет лучше понять сезонное изменение полулярности запросов по определенной тематике.
Значения приведены относительно максимума, который принят за 100. Чтобы увидеть более подробную информацию о количестве запросов в определенный момент времени, наведите указатель на график.
Все товарные знаки и торговые марки являются собственностью их владельцев и используются здесь исключительно в целях идентификации.