Press "Enter" to skip to content

Tib qonunlari 4 kitob

38 U yurtga yordamching Nun o‘g‘li Yoshua kiradi. Unga dalda ber. Yurtni xalqqa mulk qilib, olib beradigan o‘shadir.

Qonunlar 1 bob

“Qonunlar” kitobi Musoning Mo‘ab yurtida Isroil xalqiga aytgan nutqlari to‘plamidan tashkil topgan. Muso bu nutqlarini sahrodagi uzoq sayohatdan keyin, Isroil xalqi Kan’on yurtiga kirmasidan oldin aytgan edi.

Kitob tarkibidagi nutqning eng muhim mavzulari quyidagichadir:

Muso Isroil xalqiga o‘tgan qirq yil davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim hodisalarni eslatadi. Shu bilan birga, xalqni Xudoga sodiq va itoatkor bo‘lishga undaydi. Muso ularga shunday deb uqtiradi: “Egangiz Xudo sizlarga sahroda g‘amxo‘rlik qilganini yodingizda tutinglar.”

Muso o‘nta amrni qayd qiladi. Birinchi amrga alohida urg‘u berib, xalq yolg‘iz Xudoga sajda qilishi kerakligini ta’kidlaydi. So‘ng Isroil xalqining ijtimoiy hayotini boshqaradigan turli xil qonunlarga to‘xtalib o‘tadi.

Muso xalqqa Xudo tuzgan ahdning ma’nosini eslatadi. Xalqni ahd majburiyatlariga sodiq bo‘lishga chaqiradi.

Muso Xudo xalqining navbatdagi yo‘lboshchisi qilib Yoshuani tayinlaydi. So‘ng Xudoning sodiqligiga atalgan bir kuyni ijro etadi, Isroil qabilalarini birma–bir duo qilib chiqadi. Oxiri, Iordan daryosining sharqiy tomonidagi Mo‘ab yurtida olamdan ko‘z yumadi.

Kitobning mohiyati shundan iboratki, Xudo O‘zi tanlagan sevimli xalqini qutqardi, ularga baraka berdi. Isroil xalqi buni yodda tutishi kerak edi, Xudoni sevib, Unga itoat etishi lozim edi. Shundagina ular yashab, barakaga to‘la hayotga ega bo‘lishadi.

Mazkur kitobning 6–bobidagi 4-6–oyatlar muhim oyatlar hisoblanadi. Iso Masih bu oyatlardagi so‘zlarni amrlarning eng buyugi, deb ataydi: “Ey Isroil, quloq sol! Egamiz Xudoyimizdir, Egamiz tanhodir. Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun vujudingiz bilan sevinglar.”

1–BOB – Qonunlar

Sinay tog‘idagi voqealarning qayd qilinishi

1 Mazkur kitobda Musoning Isroil xalqiga aytgan nutqi bayon qilingan. U bu nutqini Iordan daryosining sharq tomonidagi cho‘lda aytgan edi. Bu cho‘l Suf degan joyning qarshisida joylashgan bo‘lib, uning bir tomonida Poron shahri, qarama– qarshi tomonida Tofal, Lobon, Xazero‘t va Dizaxab shaharlari bor edi.

2 (Sinay tog‘idan Kadesh–Barnagacha Seir tog‘lari bo‘ylab o‘n bir kunlik yo‘ldir.)

3 Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin, qirqinchi yilning o‘n birinchi oyi birinchi kunida Muso ularga Egamizning amr etgan so‘zlarini aytdi.

4 Bundan oldin u Xashbonda hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixo‘nni hamda Ashtaro‘t va Edrey shaharlarida hukmronlik qilgan Bashan shohi O‘gni mag‘lub qilgan edi.

5 Iordanning sharqiy tomonida, Mo‘ab yurtida Muso bu qonunlarni Isroil xalqiga quyidagicha tushuntira boshladi:

6 Egamiz Xudo Sinay tog‘ida bizga shunday dedi: “Bu tog‘da ancha vaqt turib qoldingizlar.

7 Endi yo‘lga tushinglar, Amor xalqining qirlariga va ularga qo‘shni bo‘lgan Kan’on xalqining yurtiga boringlar. Bu o‘lkaga Iordan vodiysi, qirlar, g‘arbdagi qirlar etaklari, Nagav cho‘li, O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i, Lubnon va buyuk Furot daryosigacha bo‘lgan yerlar kiradi.

8 Mana shu yerlarni sizlarga beryapman. Boringlar, o‘sha yurtni mulk qilib olinglar. Men, Egangiz, bu yerlarni ota–bobolaringiz Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga hamda ularning avlodlariga beraman, deb ont ichganman.”

9 Biz Sinay tog‘ida turgan paytimizda men sizlarga shunday degan edim: “Bir o‘zim og‘irligingizni ko‘tara olmayman.

10 Egangiz Xudo sizlarni ko‘paytirdi. Mana, bugun sizlar osmondagi yulduzlarday son–sanoqsiz bo‘ldingiz.

11 Ota– bobolaringizning Xudosi — Egamiz O‘z va’dasiga muvofiq sizlarni yana ming karra ko‘paytirsin, sizlarga baraka bersin.

12 Bir o‘zim sizning og‘irligingizni, muammolaru janjallaringizni ko‘tara olarmidim?!

13 Endi har bir qabilangizdan dono, aql–idrokli va obro‘li kishilarni tanlab olinglar. Men o‘sha odamlarni sizlarga yo‘lboshchilar qilaman.”

14 Sizlar menga: “Rejangiz yaxshi”, deb javob berdingizlar.

15 Shunda men dono va obro‘li qabila yo‘lboshchilaringizni ustingizdan nazoratchi qilib tayinladim. Ularga mingboshi, yuzboshi, ellikboshi, o‘nboshi va turli nazoratchilar vazifalarini bo‘lib berdim.

16 O‘sha vaqtda hakamlaringizga shunday deb buyurgan edim: “Birodarlaringiz orasidagi muammolarga yaxshilab quloq soling. Hukmingiz to‘g‘ri bo‘lsin, Isroil xalqi orasidagi muammolarni hamda qondoshingiz bilan musofir orasidagi muammolarni to‘g‘ri hukm qiling.

17 Hukmda tarafkashlik qilmang. Kattaga ham, kichikka ham birday quloq soling. Odamlardan qo‘rqmang, chunki hukm Xudonikidir. O‘zingiz yecha olmagan masalalarni menga olib keling, ularni o‘zim yechaman.”

18 Qilishingiz lozim bo‘lgan hammasini o‘shanda sizlarga aytdim.

19 Keyin Egamiz Xudo buyurganiday biz Sinay tog‘idan ketdik. O‘zlaringiz ko‘rgan keng va vahimali sahro orqali Amor xalqining qirlariga boradigan yo‘ldan yurib, Kadesh–Barnaga bordik.

20 Shundan keyin men sizlarga aytdim: “Mana, Egamiz Xudo bizga berayotgan Amor xalqining qirlariga yetib keldik.

21 Qaranglar, mana shu yerlarning hammasini Egamiz Xudo sizlarga berdi. Qani, endi boringlar, ota–bobolaringizning Xudosi — Egamizning va’dasiga muvofiq o‘sha yerni qo‘lga kiritinglar. Qo‘rqmanglar, vahimaga tushmanglar.”

22 Sizlar hammangiz oldimga kelib aytdingizlar: “Bormasimizdan oldin odamlar yuboraylik. Ular o‘sha yurtni tekshirsin. Biz boradigan yo‘l va bosib oladigan shaharlar haqida xabar olib kelishsin.”

23 Rejangiz menga ma’qul bo‘ldi. Orangizdan o‘n ikki kishini, har bir qabiladan bittadan odamni tanlab oldim.

24 Ular qirlarga chiqdilar, Eshko‘l vodiysigacha yetib borib, o‘sha yurtni tekshirdilar.

25 U yurtning mevalaridan bizga olib keldilar. “Egamiz Xudo bizga bergan yurt yaxshi ekan”, deb aytdilar.

26 Lekin sizlar bu yurtga borishdan bosh tortdingizlar, Egangiz Xudoning amriga qarshi chiqdingizlar.

27 Chodirlaringizda ming‘irlab shunday dedingiz: “Egamiz bizni yomon ko‘radi. U bizni Amor xalqining qo‘liga berib, o‘ldirish uchun Misrdan olib chiqdi.

28 Qayerga ketyapmiz o‘zi?! Birodarlarimiz yuragimizni yorib bo‘ldi–ku! U yerdagi odamlar bizdan kuchliroq, bo‘ylari ham balandroq ekanini aytishdi. Ularning ulkan shaharlari osmon o‘par devorlar bilan o‘ralgan ekan! U yerda hatto Inoq avlodini ham ko‘rishgan ekan.”

29 Shunda men sizlarga dedim: “Vahimaga tushmanglar, ulardan qo‘rqmanglar.

30 Egangiz Xudoning O‘zi oldingizda yuradi. Ko‘zingiz oldida Misrda jang qilganday, sizlar uchun jang qiladi.

31 Egangiz Xudo sizlarga sahroda g‘amxo‘rlik qilganini o‘zingiz ko‘rdingiz. U sizlarni shu yergacha, xuddi ota o‘g‘lini opichlaganday, butun yo‘l bo‘yi ko‘tarib keldi.

32 Shunda ham sizlar Egangiz Xudoga ishonmayapsiz.

33 U esa qarorgoh qurishingiz uchun joy qidirib, oldingizda yurardi. Yuradigan yo‘lingizni ko‘rsatib, kechasi ustun shaklidagi alanga ichida, kunduzi esa ustun shaklidagi bulut ichida borardi.”

34 Egamiz noliganingizni eshitib, g‘azablandi. U ont ichib dedi:
35 “Men ota–bobolaringizga va’da qilgan hosildor yurtga bu qabih naslining birontasi ham kirmaydi.

36 O‘sha yurtni faqat Yafunax o‘g‘li Xolib ko‘radi. U Menga sodiq qoldi. Shuning uchun unga va uning avlodiga o‘zi qadam qo‘ygan yerni beraman.”

37 Sizlarni deb Egamiz mendan g‘azablanib aytdi: “Sen ham u yerga kirmaysan.

38 U yurtga yordamching Nun o‘g‘li Yoshua kiradi. Unga dalda ber. Yurtni xalqqa mulk qilib, olib beradigan o‘shadir.

39 O‘shanda sizlar, bolalarimiz dushmanlarga o‘lja bo‘ladi, deb aytgan edingizlar. Bolalaringiz hanuz yaxshi bilan yomonning farqiga bormaydi, ammo yurtga kiradigan o‘shalardir. Men u yurtni bolalaringizga beraman. Ha, ular o‘sha yurtni egallab oladilar.

40 Sizlar esa sahroga qaytinglar! Qizil dengizga boradigan yo‘ldan ketinglar.”

41 Egamizning bu gaplaridan keyin, sizlar menga shunday dedingizlar: “Egamizning oldida gunoh qildik. Endi borib, Egamiz Xudo bizga amr qilganidek, jang qilamiz.” Sizlar, o‘sha qirlarni qo‘lga kiritish oson bo‘ladi, deb o‘ylab, jang qurollaringizni oldingiz.

42 Lekin Egamiz menga shunday dedi: “Ularga ayt, tepaga chiqishmasin. Jang qilib yurishmasin. Axir, Men ular bilan bo‘lmayman. Aks holda, dushmanlari ularni mag‘lub qiladi.”

43 Sizlarga shunday desam ham, menga quloq solmadingizlar. Egamizning amriga qarshi chiqib, o‘zboshimchalik bilan qirlarga chiqdingizlar.

44 O‘sha qirlarda yashaydigan Amor xalqi qarshilik ko‘rsatib, sizlarni arilar kabi quvdilar. Sizlarni Seirda tor– mor qildilar. Xo‘rmaxgacha ta’qib qilib, qirib tashladilar.

45 Omon qolganingiz qaytib kelib, Egamizga faryod qildingizlar. Lekin Egamiz na nolangizga quloq soldi, na sizlarga e’tibor berdi.

Kutubxona

Chekishni tashlashning osongina yo’li – Allen Karr
Allen Karr 1934 yili Londonda tug‘ilgan. Asli kasbi hisobchilik. 18 yoshidan cheka boshlab, 30 yil davomida ashaddiy kashanda bo‘lgan. 1983 yili chekishni batamom tashladi va bu borada o‘z usulini ishlab chiqdi. U chekishga qarshi faol kurashchilardan biriga aylandi, «Oson yo‘l» deb ataluvchi xalqaro klinikalar tarmog‘iga asos soldi. «Chekishni tashlashning osongina yo‘li» kitobidan tash­qari ichishni tashlash va ozishga bag‘ishlangan asarlari ham butun dunyoda mashhur. «Chekishni tashlashning osongina yo‘li» dun­yo­ning yigirmadan ortiq tillariga tarjima qilingan.

Davo tadbirlari – Bositxon ibn Zoxidxon Shoshiy

Donolar salomatlik haqida

Xomilador va emizuvchi ayollar hamda go’daklarni parvarishlash tadbiri – Bositxon ibn Zoxidxon Shoshiy

Xulosat ul-Hukamo – Hakimlar xulosasi

1001 Tibbiy hikmat – Mahmudjon Maxdum

Tabiiy davolar – M. Nabiev, E. Jo’raev, H. Xayrullaev
Kitobda tabiat ehsonlari – Shifobaxsh o’simliklardan xonadon sharoitida turli dorivorlar tayyorlash yo’llari bayon etilgan. Tabiatda bunday o’simliklarni yig’ish, ulardan dorivorlar tayyorlash, saqlash va xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda qo’llash masalalari o’qimishli tarzda yoritib berilgan. Shifobaxsh o’simliklarni begona namunalaridan farqlash maqsadida ularning turlari, navlari, botanik tariflari ham keltirilgan. Keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.
Yuklash

Tabobat durdonalari
Ushbu kitobcha XIV, XV, XVI va XVII asrlarda yashagan to’rt tabibning qisqacha tarjimai holi va ularning asarlaridan keltirilgan parchalardan tuzilgan. Unda Sharqda jumladan Markaziy Osiyodagi ko’p asrlar davomida ishlatib kelingan shifobaxsh o’simliklar, parhez ovqatlar va boshqa dorivor moddalarning ayrimlariga shu soha bilan qiziquvchi mutaxassislarimiz diqqatini jalb qilishga yordam beradi.
Yuklash

Giyohlar tilga kirganda – G’iyosiddin Jazoiriy
Ushbu risola dorivor o’simliklar va meva-chevalarning tabbiy xosiyatlarini ochib berishga bag’ishlangan. Bunda har bir dorivor modda o’z tilidan gapirib, o’z bag’ridagi xosiyatlarini ochib berishga bag’ishlangan. Bunda har bir dorivor modda o’z tilidan gapirib , o’z bag’ridagi xosiyatlarini birma-bir bayon qiladi. Qiziqarli va sodda til bilan yozilgan bu risolada har kuni yeyiladigan mevalar va yon-atrofimizda o’sib yotgan o’simliklarning kundalik hayotimizda naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini anglab olish mumkin. Risola tabobat tarixi va davolash usullari bilan qiziqadigan shifokorlar uchun mo’ljallangan.
Yuklash

Yosh onalarga shifokor maslahatlari
Sog’lom avlod yilida chop etilgan ushbu kitobcha yosh onalarga bola tarbiyasida dasturilamal vazifasini o’taydi, degan umiddamiz. Bunda bola tug’ilganidan to maktabga chiqqungacha bo’lgan davrda uni tarbiyalash, parvarish qilish, turli kasalliklar, shikastlanishlardan asrab-avaylash yuzasidan shifokor maslahatlari o’rin olgan.
Yuklash

Baxtli bo’lishning o’nta siri – Adam Jekson
Istagan kishingizdan hayotdan hammadan ortiq qanday tilagi borligini so’rasangiz, eng ko’p tarqalgan javob: «Men shunchaki baxtli bo’lishni istayman», degan so’zlardan iborat bo’ladi. Bo’lmasa, nima uchun baxtli insonlar shunchalik oz?
Yuklash

Salomatlikning o`nta siri – Adam Jekson
Universitet kasalxonasi yo’lagiga chiqayotgan yigitchaning chehrasi bo’zargan, shifokor xonasi eshigini ochayotgan qo’llari titrardi. U qadamini bosgan sari quvvati uni tobora tark etayotgandek tuyular, ko’zlari xiralashgan va yanada shishin-qiragandek edi. Ifodasiz nigohi uzoqlarga qaratilgan, tevaragida kechayotgan hodisalar uning ongiga borib yetmasdi. Kengroq vestibyulga tushganida u shunday behollikni tuydiki, ko’z oldi jimirlashib, atrofdagi narsalarning hammasi go’yo suzib ketgandek bo’ldi. Eng yaqindagi oromkursiga bazo’r yetib bordi-da unga o’zini tashladi.
Yuklash

Ochlik Mo’jizasi – Pol Bregg
Bregg kitoblarining eng mashxuri “Ochlik mo’jizasi” G’arbda ko‘p millionlab nusxada nashr etilgan. Breggning shaxsi, uning tajribalari, xayot tarzi olimning ma’ruzasi, maqola va kitoblarining eng yaxshi ko‘rsatmasi edi. To‘qson yoshda xam u yigitlarday kuchli, xarakatchan, egiluvchan va chidamli edi. U xar kuni uch, besh kilometr masofaga yugurar, ko‘p suzar, tog‘larga chiqar, tennis o‘ynar, raqsga tushar, uzoq masofalarga piyoda safarlarga chiqar, tosh va gantel ko‘tarish bilan shug‘ullanar, syorfing – okean to‘lqinlari ustida maxsus taxtada changidagidek uchar edi. Uning ish vaqti o‘n ikki soat davom etar, kasallik va charchoq nimaligini bilmas, kayfiyati doimo ko‘tarinki bo‘lardi.
Yuklash

Yosharish sirlari – Tibet lamalarining ming yillik siri – Piter Kelder
Tibet lama(donishmand)lari Xitoyning jabubida, dunyodagi eng baland Himolay tog’lari orasidagi yassi tog’liklar hududida istiqomat qilishadi. Donishmandlarning xastaliklarni davolash ilmi g’arbliklarni juda qiziqtirib qo’ydi. Sababi ularning yoshi ulug’lari Yevropa yoshi ulug’lariga nisbatan ancha bardamroq edi. Shu maqsadda XX asr boshlarida Tibet davolash ilmini o’rganishga kirishildi. Bu sirlar 1938 yilda AQShda chop qilingan Piter Kelderning “Yosharish sirlari” kitobifa bayon qilindi. 1985 yilda “Yosharish sirlari” ikkinchi kotobining nashri chinakkam shov-shuvga sabab bo’ldi, chunki bunda bu sirning 50 yillik natijalari keltirilgan edi.
Yuklash

Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 1-jild
Ushbu kitobda tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari, tabobat ilmining taʼrifi, uning vazifalari, xilt va mizoj haqidagi taʼlimot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining “oddiy” aʼzolari — suyak, togʻay, asab, arteriya, vena, pay, bogʻlam va muskullar haqida qisqa anatomik ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, koʻrinishlari, turlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida sogʻliqni saqlash haqidagi taʼlimot yoritiladi. Surgi qilish, qayt qildirish va qon olish masalalariga ayrim boblar ajratilgan.
Yuklash

Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 2-jild
2-kitobda oʻsha davrda oʻsimlik, hayvon va maʼdanlardan olinadigan 800 dan ortiq doridarmonlar taʼrifi, ularning davoli xususiyatlari va qoʻllanish usullari bayon qilingan. Muallif Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq hamda Oʻrta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan doridarmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, Oʻrta dengiz atrofi va b. joylardan keltiriladigan koʻplab dori va moddalarni ham koʻrsatib oʻtadi. Ibn Sino tavsiya qilgan koʻpgina dorilar farmakopeyada hozirgi ham qoʻllanadi.
Yuklash

Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 3-jild
3-kitobda odam gavdasining boshidan tovonigacha boʻlgan aʼzolarida yuz beradigan “xususiy” yoki “mahalliy” kasalliklar haqida maʼlumot beriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga bagʻishlangan. Unda bosh miya (shu jumladan, asab kasalliklari va ruhiy kasalliklar), koʻz, quloq, burun, ogʻiz boʻshligʻi, til, milk, lab, tomoq, oʻpka, yurak, koʻkrak, qiziloʻngach va meʼda kasalliklari, soʻngra jigar, oʻt pufagi, taloq, ichak, orqa chiqaruv yoʻli, buyrak, qovuq, erkak va ayollarning jinsiy aʼzolari kasalliklari haqidagi maʼlumotlar keltiriladi.
Yuklash