Press "Enter" to skip to content

Ona tili haqida sherlar to plami (2020)

Ne-ne allomalar sening sha’ningga,
Go‘zal baytlar bitgan, fikrlar aytgan.
Men ham bir farzanding, angladim, beshak,
Sendan boshlanadi aslida Vatan!
Asrlar bag‘rida mardona tilim,
Sevib-ardoqlaymiz, ey, ona tilim!

Maktab haqida sara sherlar to’plami

Maktab haqida va qadirdon sinfdoshlar haqida bir biridan ajoyib sherlar to’plami. Marhamat tanishib chiqishingiz mumkin.

Birinchi ustoz

Qalam tutib qo’limga ilk bor,
Yozuv chizuv o’rgatgan Ustoz!
Eslagaymiz biz sizni ko’p bor,
Ta’lim bergan birinchi Ustoz!

Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar,
Siz uchun yaralsin bari roxatlar.
O’quvchimas sizga go’yo farzandlar,
Jon fido aylagan birinchi Ustoz!

Bizni yetaklagan kamolot sari,
Bilim berganida ketmagin nari.
Aylanar haqiqat bularning bari,
Bilimlar chashmasi birinchi Ustoz!

Ko’p ozorlar bersak ham sizga,
Barcha bilganlariz o’rgatdiz bizga.
Bolada sho’xliklar qiladi menga,
Deb yana boshimiz silagan Ustoz!

Hanuz sog’inaman yoshlik chog’larim,
Deysiz bular mening óquvchim.
Ko’chada ko’rganda o’g’il,qizlarim,
Qayta o’qisaydim birinchi Ustoz!

Bahorlar qaytadi yoshlik qaytmaydi,
O’tgan bolaligim yoddan chiqmaydi.
Beg’ubor damlarim kutub tursaydi,
A’lo baholarni olardim Ustoz!

Shamshod Safar o’tdi yoshliging,
Ko’p beg’ubor ko’p sho’xliging.
Armon bo’ldi aziz maktabing,
Siz ardoqda birinchi Ustoz!

Sinfdoshlarim

Eslab yoshlik chog’larim,
Ko’zdan oqar yoshlarim,
Omonmisiz, Bormisiz?
Aziz Sinfdoshlarim!

Ko’z oldimda ko’zingiz,
Qulog’imda so’zingiz,
Ko’rgim kelar o’zingiz,
Aziz, Sinfdoshlarim!

Sho’xligimiz bir osmon,
O’ynar edik shodumon,
Esingizdami, hamon,
Aziz, Sinfdoshlarim!

Salom sinfdosh qizlar!
Xusni oy go’zal yuzlar,
Xali ham o’shasizlar,
Aziz, Sinfdoshlarim!

Har kun yo’lingiz kutib,
Sochlaringizdan tortib,
Yurardim gaplar otib,
Аziz, Sinfdoshlarim!

Ko’ngli quchog’idan keng,
Biri yoqa, biri yeng,
Yaqinimsiz meni eng,
Aziz, Sinfdoshlarim!

G’animatmiz o’ylaylik,
Bir-birimiz yuqlaylik,
Oqibatli bo’laylik,
Aziz, Sinfdoshlarim!

Ustoz haqida sher

Ulug’ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o’sgay, muallim.

Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go’yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug’ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Salom maktab — Jon maktab

Bog‘cha bilan xayrlashdik,
O‘sib qoldik, chayrlashdik.
Bog‘chadagi o‘g‘il qizlar,
O‘quvchimiz endi bizlar.

Olti yoshga to‘lib qoldik,
Maktabjonga kulib keldik.
Salom maktab, salom maktab,
Salom maktab!

Maktab bag‘ri issiq ekan,
Kitoblari qiziq ekan.
Keng sinfga to‘lib-to‘lib,
Dars tinglaymiz xushyor bo‘lib.

Yetti yoshga to’ldim men

Yetti yoshga toʻldim men,
Rosa oʻynab-kuldim men.
Endi navbat oʻqishga,
«Alifbe» oʻrganishga.

Xayr sevimli bogʻcham,
Xayr oʻyinchoqlarim.
Men maktabga boraman,
Xayr qoʻgʻirchoqlarim.

Ertaklarni oʻrgatgan,
Uxlasak alla aytgan,
Xayr bogʻcha opajon,
Sogʻ boʻlingiz har qachon.

Biz bilan qoʻshiq kuylab,
Biz bilan sheʼr yod olgan.
Xayr, musiqa ustoz,
Sogʻinamiz sizni rost

Sport maydonchasida
Chiniqib kuchga toʻldik.
Bir-birimizni quvlab,
Oʻyinga ham xoʻp toʻydik.

Axil-inoq boʻlgancha,
Oʻynadik bekinmachoq,
Nogoh topib olganda,
Sevindik birga shu choq.

Vatan, ona soʻzining,
Maʼnosini bildik biz.
Hur oʻlkam madhiyasin,
Quloqlarga ildik biz.

Davlatim bayrogʻini,
Shon-shuhrat mayogʻini,
Ranglar maʼnosin anglab
Tushundim yarim oyini.

Xumo qushi qanotin,
Yozib turgan baralla,
Yurtim gerbi haqida,
Soʻzlab beray jaranglab.

Xayr qoʻgʻirchoqlarim,
Hayr oʻyinchoqlarim,
Xayr bogʻcham, jon bogʻcham,
Menga qadrdon bogʻcham.

Salom maktab

Salom, jonajon maktab,
Tabarruk makon, maktab!
Qalbga ilm nurin sochgan,
Bamisli oftob maktab!

Chorlading quchog’ingga,
Keldik bilim bog’ingga,
Munis ona misoli
Bizga mehribon, maktab.

Nur taratgan shamsimon,
Ilm bog’iga bog‘bon,
Ustozlar ta’lim berar,
Biz niholsimon, maktab.

Qancha buyuk insonlar,
Alloma-yu jahonlar,
Senda olishgan ta’lim,
Sen – nurli bo‘ston, maktab!

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

Ona tili haqida sherlar to’plami (2020)

Эй она тил, азиз қадрдоним,
Илтифоти руҳим, Раҳмоним.

Туғдиғим кундан айладинг улфат,
Ўлгунча айилма, эй жоним.

Менга илм-у адаб сан ўргатдинг,
Чин адиб, муаллим, шоним.

Миллатнинг руҳини кўтаргучисан,
Эй муқаддас карамли султоним.

Ёбонларнинг чексизлиги,
Ҳам самуми, ҳам ҳовури,
Онажонлар алласидан,
Қўз ёшидан, оқ сутидан;
Тўқайларнинг тенгсизлиги,
Жилғаларнинг шўх ғовури,
Йигитларнинг ялласидан,
Сулувларнинг сукутидан —
Йўғрилган тил —
Она тилим.

Дарёларнинг тошқин пайти
Арслон янглиғ ариллаши,
Довонларнинг кўк қиёси,
Қорли тоғлар жилосидан,
Чўпонларнинг қамиш байти,
Чилдирманинг дариллаши,
Гўрўғлининг алп сиймоси,
Алпомишнинг даъвосидан —
Туғилган тил —
Она тилим.

Тулпорларнинг асовлиги,
Тош чақиши, оловлиги,
Боболарнинг олтин сўзи,
Бўёқчининг ўланидан:
Тўқувчининг алғовлиги,
Чилангарнинг далғовлиги,
Бу тупроқнинг қўш ҳўкизи,
Қўшчиси ҳам қўланидан —
Яралган тил —
Она тилим.

Шу тупроқнинг жон аямас
Тарлонлари, бургутлари,
Келинларнинг дилдошлиги,
Ёр-ёрларнинг жарангидан;
Босқинларнинг бедодлиги,
Бувиларнинг ўгитлари,
Дўмбиранинг мунгдошлиги,
Дуторнинг ҳам тарангидан —
Таралган тил —
Она тилим.

Мунгли қушим, сайраб-сайраб кел, англат,
Кимлар эрур Турк тилини сотғучи?
Булбул каби сайраб турган бу тилни
Уялмайин бу ўлкадан отгучи?
Болдай тотли, жондан азиз туркчани
Тушунмайин, хўрлаб-хўрлаб ётғучи?
Мунгли қушим, уларни қўй, сен сайра!
Турк тилининг донғин чиқар кўкларга!
Қўй уларни, улар йўлдан озсинлар,
Эл ичида бўш бўғузлик сотсинлар!

Til haqida eng sara she’rlar

Barcha xukm qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu, bo’lak ishni qotirmadim,
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri dilim,
Ona tilim, kechir meni ona tilim.

Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,
Paravozni xansiratgan bug’doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni o’zbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni ona tilim.

Kimdir mayday millat bo’ldi, kimdir katta,
Katta millat Afandisi yo’qdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni ona tilim.

Sen bo’lmasang nima bizga silliq she’rlar,
Bu dunyoda tili yo’qda dil yo’q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni ona tilim.

Bir qarasam harshevangda ming jilolar,
Har novdangda, har mevangda ming jilolar,
Qodiriylar, Cho’lponlar-u Abdullalar,
Sening qaytgan kuning tug’ilgan yilim,
Ona tilim, kechir meni ona tilim.

Ona tilimsan (H. Nuriy)

Navoiy g’azalin har bir satrida,
Nafosat, go’zallik sharh tilga xosdir.
Shunchalar qudrat bor so’zning atrida,
Har bir durdona yoki olmosdir.

Tongotar fayzini nay navosini,
Dalalar shukuhin ob-havosini.
Visol chog’larini, dil sadosini,
Odamning jamiki muddaosini.

Barini, barini kuylamoq mumkin,
Odamda ni bo’lsa o’ylamoq mumkin.
Shu qadar serma’no ona tilimsan,
Tarjimon, eng dono ona tilimsan.

“Paxta” degan oddiy bitta so’zingda,
Jahonga arzirlik ulug’ ma’no bor.
Nega maqtamayin men ona tilim? –
Dilrabo so’zlari o’ynatsa dilim.

Ona tilimda (Jumaniyoz Jabborov)

Dunyo ishi sho’x mavjlanadi ona tilimda,
Har bir so’z yuz ma’noli durdona tilimda.
Izhori ko’ngil chog’i ipak tovlanadir ul,
Burro-yu go’zal, go’lib-u mardona tilimda.
Do’stlarning shirin davrasida shaydo shakardir,
Har jilvasi bir gulxan-u gulxona tilimda.
Bor unda Navoiy ruhi, unda Bobur bor,
Har shevasi qasr ila koshona tilimda.
Dunyoda bor ilm-u hunar unda jilobaxsh,
So’ngsiz xazina qomus-u afsona tilimda.

Ona tilim o’lmaydi (Erkin Vohidov)

Notiq dedi:
Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo’qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda.
Ey, voiz pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan.
Navoiy bilan Pushkin,
Turib keldi qabrdan.
Kim darg’azab, kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.
Vazingni qo’y birodar,
Sen aytganing bo’lmaydi.
Barcha dedi barobar,
Ona tilim o’lmaydi.

Ona tilim – jonu dilim (Latofat Bo’riyeva)

Dilim yayrar so’zlaganda,
Nais qalam izlaganda.
Kundan-kunga chiroy ochding,
Ona tilim – jonu dilim.

Madhing dildan kuylay jo’shib,
Ohanglaring qo’shib-qo’shib.
O’rganarman sendan bilim,
Ona tilim – jonu dilim.

O’zbegimning iftixori,
Til millatning nomus ori.
Ardoqlaydi sevib elim,
Ona tilim – jonu dilim.

Ona tilim (Orif To’xtash)

Alla bo’lib qulog’imga kirgan tilim,
G’azal bo’lib sabog’imga inggan tilim.
Gullab-yashnab ko’z-ko’z etding jamolingni,
Dilim yayrar ko’rib yuksak kamolingni.

Bobur mirzo sog’inchida yig’ladingmu,
Amir Temur ag’yorlarin tig’ladingmu?
Ona tilim, boqiy tilim, jon tilim,
Yillar osha yashnab turgan xon tilim.

Seni asrab-ardoqlayin shirin so’zlab,
Xazinangga yo’l axtargum durlar izlab.
Ona tilim, go’zal tilim, jon tilim,
Har lutfida bir siri bor xon tilim.

Ezgu o’yni ezgu so’zga ko’chirgan til

Ey daryodek sermavj, zilol, injuga boy,
Yuz buloqdan qonib suvlar ichirgan til.
Alpsan, erksan, yorug’liksan, ham bilimsan,
Ezgu o’yni ezgu so’zga ko’chirgan til.

Ona tilim – a’lo tilim

O’tmishi bor tarixga boy,
Navoiydan olgan chiroy.
Orzu havas bunda talay,
Ona tilim – a’lo tilim.

Yana qayta tug’ilgansan,
Baxt – iqbolga yog’rilgansan.
O’lkamizga nur bo’lgansan
Ona tilim – a’lo tilim.

Sen mangusan, baqosan

Sen mangusan, baqosan,
Men esam o’tkinchi zot.
Sen hamisha bahorsan,
Men – lahzalik xotirot.
Ona tilim, jon tilim,
Sensiz men so’ladurman
Devona bo’ladurman.
Tuqqanimga yettiyot
Begona bo’ladurman.

Muqaddasim, munavvarim, ona tilim!

Bir sehrli tillo sandiq- ayoni bor,
Durin sochsang, na cheki, na poyoni bor.
Ham tig’i bor, ham tug’i bor, tug’yoni bor,
Muqaddasim, munavvarim, ona tilim!

Moh siymosi bo’lmasa, mohitobon nadur?
Aytar so’zi bo’lmasa gar, zabun nadur,
Ona yerga ona tilsiz zamon nadur,
Muqaddasim, munavvarim, ona tilim!

Ona tilim qadri

Dunyolarni lol aylagan ona tilim,
Azizdirsan, onajonim yopgan nonday.
O‘zing xushbo‘y, o‘zing xushro‘y, o‘zing so‘lim,
Asragayman seni abad shirin jonday!

Ona tilim — onam tili, qadri — osmon,
G‘ururimsan, sururimsan — otamdayin.
Ham akamsan, ham opamsan — jon tomirim,
Asragayman ko‘zim nuri — bolamdayin!

Ming yillarkim bulbul kalomi

Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.

Ona tilim, omon bo‘l mangu

Belanchaging uzra Koshg‘ariy,
Kuylab o‘tdi qadim navoni.
Va navqiron yaproqlaringga,
Dil qonini berdi Navoiy.

Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini.
Olib ketdi ona-yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.

Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsanki, men ham o‘lmayman.
Tildan qolsam, seni Oybekday
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.

Mardona tilim

Ne-ne allomalar sening sha’ningga,
Go‘zal baytlar bitgan, fikrlar aytgan.
Men ham bir farzanding, angladim, beshak,
Sendan boshlanadi aslida Vatan!
Asrlar bag‘rida mardona tilim,
Sevib-ardoqlaymiz, ey, ona tilim!

Men tinglagan allalar yodi

Dunyoda eng buyuk, muqaddas so’zni,
Shu tilda aytganim bilan baxtliman.
Yurak mahzanining ochqichi sensan,
Sening borliging-la men qudratliman.
Men tinglagan allalar yodi,
Yuragimga ildizdek botgan.
Ilk so’zimni aytganim chog’i.
Boshim uzra oppoq tong otgan.
Shu yog’duga yog’rilgan tilim,
Chashmalarda poklanib chiqqan,
Vatan senga qilaman ta’zim,
Sen-ku meni so’z bilan tuqqan.

Turkona til

Men qadim Turkiy til,Turkona tilman,
Yofas,Abuturkda buyuk bir meros .
Alfozim chechakdir sharqona tilman
Latofat nazokat jarang menga xos
O’rxun – Enasoydan toshlariga ko’chdim
O’g’lim To’nyuquqning nidosi bo’lib
ne ne to’fonlardan sog’ omon kechdim
Temyrdek mard o’g’il sadosi bo’lib
Ey turkiy “Shoxnoma”-“Qutadg’u bilig”
Hojib qalamida bitildi menda
O’zim ulug’ tilman ulug’ deyulik
To’maris shiroqning swhiddati menda
Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni”damen,
Alforizm jilosi, ko’rkini ko’rdim.
Har subhu sodiqda beshik tebratgan,
Ona allasida olamniko’rdim
Ulug’ asar bitdi Ahmad Yuknakiy
Mening alfozimdan terib chechaklar
! Ahmad Yassaviyning hikmatlarida
Olloh kalomiga qondi yuraklar
Rabg’uziy qissasin o’qigil o’g’lim
Sen undan topasan dardingga malham
Ular shunchaki bir qissalar emas
Unda payg’ambar o’gitlari bor
bobong Xorazmiy sir yoqasida
“Muhabbat”nomasinyozib bitganda
Shakardek til bo’lib olamni tutdi
Quvonchdan yig’ladim bolam o’zim ham
Sayfi saroyi bu tengi yo’q shoir
‘Guluston ”ni bitdi men turkiy tilda
Sadiy o’gitlari joy topdi mangu
Har turkiy yurag-u har turkiy tilda
Atoyi bobomning har bir baytida
Jilo berdim o’zim ko’rk berdim o’zim
Lutfiy g’azallarining ajab taftidan
Yana jilolandim toblandim o’zim.

Ona tilim buyuk

Assalom, tilimning shaydolariga,
Assalom, elimning shaydolariga.
Assalom, onadek tilni qutlovchi,
Assalom, dilimning shaydolariga!

Bobolarim ruhi shod bugun,
Ona tilim qadri ko’p baland.
O’z tilini qadrlab elim,
Boshi bo’ldi yana sarbaland.

Tilim, qadring tiklandi yana,
Imkon berdi yashashga qonun.
Yurtimizda bugun tantana,
Yigirma beshga to’libsan mana.

Men bugun madh etay ona tilimni,
Ona tilim axir onamday buyuk.
O’zbeklarning tilin-o’zbek tilining
Jumlayi kalomi biz uchun suyuk.

Bobolardan meros til

Bobolardan meros qolgan,
Butun olam e’zoz qilgan,
Bu dunyoda yagonamsan
Ona tilim – jon-u dilim!

Sen ancha vaqt orzu bo‘lding,
Qaramlikdan juda to‘yding.
Oxir o‘zni tiklab olding,
Ona tilim – jon-u dilim!

Hozir juda go‘zaldirsan,
Hamma tildan o‘zing zo‘rsan,
Zulmatdagi nurimdirsan.
Ona tilim – jon-u dilim!

Men sen ila o‘zbekdurman,
Sensiz men ham qul bo‘lurman.
Allalar tinglagan tilim,
Ona tilim – jon-u dilim!

O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim

Zargarimsan, gavharimsan, so`zimsan,
Oq-qorani tanituvchi ko‘zimsan.
Pok tuprog`im, rizq-u ro‘zim, tuzimsan
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim,
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim

Qon qardoshlar davrasida o‘rning bor,
O‘z bayrog`ing, madhiyang bor, tug`ing bor,
Mardliging bor, subuting bor, qadring bor
O‘zbek tilim, ona tilim, o‘z tilim,
O‘zbek elim, ona elim, o‘z elim

Til haqida to’rtlik she’rlar

Kelib-ketdi necha dunyolar,
Keldi hayot yig’ladi o’lim
Sen deb jafo chekdi bobolar
Ular ketdi – sen qolding tilim.

Kultegin, Bilga xoqon, To’nyuquq kabi
Shuhrat bog’idagi ulkan daraxtlar.
O’zxun xatlariga boqing, ajoyib,
Xalqim tarixidan sado bu xatlar.

Men o’bekman, istasangiz shu,
O’zimniki qilgum dunyoni.
Tilim , elim, saodatim-la,
Lol etaman yer-u samoni.

Millatimning sharaf-shoni — ona tilim,
Navoiyni maftun qilgan tanho gulsan!
Bobolarim duosidan masrur dilim,
Elimdayin, yurtimdayin seni suysam!

Ona tilim, aylanayin kalomingdan,
So‘z boshingdan, shirinsuxan salomingdan.
Ishqing bilan bulbuldayin xonish qilay,
Uchrashaylik to‘ylaringda, ayyomingda.

Mayli qashshoq bo’lsin, mayli behasham,
Lekin mening uchun aziz va suyuk.
Jahon minbarida yangramasa ham,
Ona tilim menga muqaddas, buyuk.