Press "Enter" to skip to content

XXI asr tadbirkorlari uchun asosiy adabiyotlar: biznes haqidagi eng yaxshi kitoblarning Top-10 taligi

Jorjtaun universitetining kompyuter fanlari dotsenti Kel Nyuport 2007-yildan beri raqamli texnologiyalar ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar ko‘rinishida odamlarni butunlay chalg‘itayotgan bir davrda qanday qilib samarali ta’lim olish va ishlash bo‘yicha o‘z blogini yuritib keladi.

Tadbirkorlar uchun eng foydali 10 ta kitob

Amerikaning Fortune jurnali muharriri, yuqori texnologik kompaniya va startaplar bo‘yicha mutaxassis Li Gallaxer tunash uchun kamtarona joy izlash servisidan onlayn-gigantga aylana olgan Airbnb kompaniyasining yaratilish tarixi va rivojlanishi haqida kitob yozdi. Gallaxer “firma siri”ni ochadi va Airbnb asoschilarining inqirozli vaziyatlardan chiqish bo‘yicha maslahatlarini keltiradi.

Kompaniya asoschilari yengib bo‘lmasdek tuyulgan to‘siqlarni bosib o‘tishdi. Ularga hech kim ishonmasdi. Ular qaynoq yelim, sarmoyadorlarning muzdek munosabati, zo‘riqishlar sabab uyqusiz tunlar va ota-ona xavotirini boshdan kechirdi. Biroq hozir biznesning oliy ligasiga yetib kelishdi. Demak ularni oldinda murakkabliklarning yuqori darajasi kutib turardi”.

Tamoyillar

Amerikaning CIO jurnali “Sarmoyalashning Stiv Jobsi” deb atagan Rey Dalio – investitsion dunyoning eng ahamiyatli shaxslaridan biridir. 26 yoshida o‘z xonadonidan turib, (yana olti yil normal ofisi bo‘lmagan) keyinchalik dunyodagi eng yirik fondga aylangan Bridgewater Associates xedj-fondiga asos soldi, uning o‘zi esa jahonning eng badavlat va obro‘li kishilari ro‘yxatidan mustahkam joy egalladi. Uning so‘zlariga qaraganda, kitobni boshqalarga muvaffaqiyatli bo‘lishga yordam berish uchun yozgan. Chunki tamoyillar (ham hayotiy, ham ish bilan bog‘liq) barini tizimlashtirish, qarorlarni tezroq qabul qilish va hayot darajasini oshirish imkonini beradi.

Tamoyillar — bu odam xulq-atvori asosi bo‘lgan, unga hayotda erishmoqchi bo‘lgan maqsadlarni qo‘lga kiritish imkonini beradigan fikrlardir. Maqsadga yetish uchun ularni turli vaziyatlarda qayta-qayta o‘zgartirib, qo‘llash mumkin. Samarali tamoyillar to‘plamini muvaffaqiyatning yaxshi kitobi bilan taqqoslash mumkin. Barcha muvaffaqiyatli kishilar ularga muvaffaqiyatli bo‘lishda yordam beradigan tamoyillarga qarab ish tutadi”.

Matryoshka. Biznesni xorijliklar bilan qanday yuritish kerak

Endi Freka — amerikalik bo‘lib, deyarli 2 yil davomida Rossiyada o‘z biznesini yuritmoqda. Kitobning nomi muallifning Moskvada ilk marta xarid qilgan buyumi bilan bog‘liq bo‘lib, hozirda u rossiyalik mahsulot va xizmatlar ramziga aylangan. Freka kitobxonni xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va jahon bozorida o‘z biznesini to‘g‘ri targ‘ib qilishga o‘rgatadi.

G‘arblik mijoz uchun shaffoflik juda muhim. Shuning uchun biznesingiz qanday qurilgani borasida istiqboldagi mijozlarga maksimal batafsil ma’lumot berish – a’lo darajadagi yo‘l. Ish bilan bog‘liq masalalarni qanday hal qilishingiz haqida detallarigacha so‘zlab bering. Bu istiqboldagi mijozlar ishonchini shakllantirishda yordam beradi”.

Spetsnaz usullari bilan biznesni boshqarish. Bosh direktorga aylangan snayperning maslahatlari

Brendon Uebb nostandart karera yo‘lini bosib o‘tdi: “dengiz mushuklari” – AQSh dengiz harbiy kuchlari elita spetsnazidan – Hurricane Group, Inc.shaxsiy media tarmoq egasigacha. O‘z kitobida harbiy va biznes-tajribasidan kelib chiqib, har qanday vaziyatlarga moslashish va muammolarni nostandart yo‘l bilan yechish bo‘yicha maslahatlar beradi. Bu yerda “muvaffaqiyatli biznesmenlarning yetti tamoyillari” va ko‘plab tadbirkorlarning tajribasi to‘plangan.

Bunkerda yashab bo‘lmaydi. Tashqi dunyodan nafaqat xavf balki yoqimli imkoniyatlar ham keladi. Kichik firma egasi ham, mayda korxona xo‘jayini ham, yakka tadbirdagi tadbirkor ham, yirik kompaniya rahbari ham biznesning boshqa sohalari uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagani sabab ulardan yuz o‘girib ketishi mumkin emas. Balki bugun bog‘liq emasdir, lekin ertaga nima bo‘lishini hech qachon bilmaysan”.

Agile: Loyihalarni baholash va rejalashtirish

Kitob muallifi, loyihalarni rejalashtirish sohasi mutaxassisi Mayk Kon kitobxonlarga ishga agile-yondashuv haqida gapirib, biznes-loyihalarni o‘z vaqtida va byudjyetdan chiqmasdan amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan instrumentlarni ochib beradi. Kon aniq misollar, amaliy tavsiyalar, usullar va grafiklar bilan o‘rtoqlashadi.

Agile-rejalashtirish mahsulotni ishlab chiqishning umumiy savol – qanday resurslar bilan qanday funksiyalarga erishish va qancha vaqt davomida amalga oshirish kabi masalalarga optimal javobni topishdan iborat.Agile-yondashuv bu savolga muvaffaqiyatli javob berish imkonini beradi”.

Boshqaruvning Osiyocha usuli: Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyada biznes qanday boshqariladi

Muallif Sing Ong Yuning fikriga ko‘ra, g‘arb kompaniyalari ratsionallik va samaradorlik tushunchalari bilan ish ko‘radi, sharqliklar uchun esa axloq-odob kodeksi va o‘zaro munosabatlar muhimroq. Singapurlik biznes-maslahatchi o‘z kitobida boshqaruvning turli modellari, muvaffaqiyat va g‘arb kompaniyalarining Osiyo bozorlaridagi omadsizliklaridan misollar keltiradi. Bu kitob ishbilarmonlik madaniyati va Osiyolik hamkasblar bilan mustahkam munosabat o‘rnatishni istaganlar uchun foydali yo‘lboshlovchiga aylanadi.

G‘arbdagi menejyerlar biznesni yuritishning sharqiy usullariga moslashishlari zarur, Osiyolik rahbarlar esa g‘arbdagi biznes-amaliyotni tushunishlari lozim. Shuning uchun menejyerlar ko‘priklar qurish va sharq hamda g‘arb amaliyotining eng yaxshi elementlarini o‘zaro birlashtirishni o‘rganishlari lozim”.

Xaypdan pul ishlang. Qaroqchilar, xakerlar, dilerlar va tartibli jamiyatda gapirilmaydiganlardan nimani o‘rganish mumkin

Innovatsiya bo‘yicha mutaxassislar Aleks Kley va Kira May Fillips tadqiqoti markazida xayp iqtisodiyoti yotadi. Ularning fikriga ko‘ra, mazkur usul innovatsiyalar va nostandart biznes-yechimlar topishga yordam beradi. Mualliflar kitobxona biznes-tafakkurniing odatiy chegaralaridan chiqib, rezonans mavzuda qanday qilib pul topish mumkinligini o‘rgatishadi. Buning uchun maxsus falsafani tushuntirib, o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida qoidalarni buzadiganlar (shu jumladan, kompyuter xakerlari, prankerlar yoki xarobada yashaydiganlar)ning beshta belgisini tasvirlaydilar: quvvatga egalik, ig‘voga moyillik, qat’iylik va mimikriya (ba’zi hayvon va o‘simliklarning o‘z muhitidan ajratib bo‘lmaydigan shakl va tusi).

Muvaffaqiyatli tadbirkor bo‘lish uchun zarur bo‘lgan sifatlar orasida bittasi keskin ravishda ajralib turadi: jamiyatga qarshi xulq-atvorga o‘smirlarga xos moyillik“.

PIXAR. Qayta ishga tushirish. Inqirozlarga qarshi boshqaruv bo‘yicha betakror kitob

Lourens Levi 12 yil davomida u 2006 yilda Disney’ga sotib yuborilguniga qadar Amerikaning Pixar kinostudiyasi moliyaviy direktori lavozimini egallagan. O‘z kitobida Stiv Jobsning qo‘ng‘irog‘idan keyin Pixar’da ish boshlagani, ko‘ngilochar sanoatning o‘ziga xosligi, kompaniyaga uzoq yillar mobaynida gullab-yashnash imkonini bergan strategik va biznes vazifalar haqida so‘zlaydi.

Pixar’ning yaratilishi yangi tog‘ning cho‘qqisini itaruvchi yuqori bosim ostida tektonik qoplama tagidagi azobli harakatga o‘xshardi. Qoplamalardan biri innovatsiyalarning yuqori kuchidan iborat edi: oliy adabiy va ijodiy asarlarga intilish, yangi kashfiyotlar, kompyuter animatsiyalari yordamida ularni yetkazishga bo‘lgan harakat. Boshqa qatlam esa haqiqiy hayotdagi boshqa qiyinchiliklarni o‘z bo‘yniga olgandi: pul ishlab topish, kino chiptalarining sotilishi, ishlab chiqarish tezligini oshirish. Bu ikki kuch bir-biri bilan to‘qnashar, yer silkinishlari va keyingi itarishlarni yuzaga keltirardi”.

Ko‘m-ko‘k okeanga o‘tish

INSEAD V. biznes-maktabi Strategiya va xalqaro menejment biznes-nazariyachilari va professorlar Chan Kim va Rene Moborn “Ko‘m-ko‘k okean strategiyasi” bestselleri mualliflari kitobxonlarni muvaffaqiyatli tadbirkorlik strategiyasi bilan tanishtirishda davom etishmoqda. Ular to‘lgan bozorlarda kuchli raqobatni yengib o‘tgan ko‘plab kompaniyalar tajribasini o‘rganib, muvaffaqiyat uchun ijodkorlikni ishga solish va ishonchni mustahkamlash kerak, degan fikrga kelishdi. Tadqiqotchilar sizga, jamoangizga, tashkilotingizga yangi biznes-muhit – “ko‘m-ko‘k okean”ga o‘tish imkonini beradigan qadam-baqadam amalga oshiriladigan qo‘llanmani ishlab chiqishdi.

Biz buni Eynshteyndan keyingi atomlashtirish deb nomladik: agar nimanidir bo‘laklarga bo‘lib, mayda qismlarga ajratsangiz va ularni birma-bir, navbatma-navbat bartaraf etishga diqqatni qaratsangiz, hatto juda jiddiy bo‘lib ko‘ringan muammo ham aqliy va ruhiy jihatdan hal etiladigan darajaga yetadi.

Agar odamlarda taassurot, yangi strategiyangizga ishonch uyg‘otsangiz, ular o‘zgarishlarni oxirigacha olib borishga harakat qilishadi”.

Yopishish uchun qilingan

Bestseller muallifi aka-uka Chip va Den Xiz — Stenford universiteti biznes maktabi va Dyuk Universiteti ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish markazi yetakchi mutaxassisi nima uchun ba’zi biznes-g‘oyalar “jon saqlab qolishi”, boshqalari esa aksincha ekani haqida o‘z-o‘zlariga savol berishadi. Ular “yopishqoq” g‘oyalarni keys (o‘rganiladigan holat) sifatida tanlab olib, g‘oyalarning hayotiy salohiyatini xotirada yopishqoq nazariya (Velcro theory of memory; biz avval bilganlar bilan solishtirish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni yaxshiroq eslab qolamiz) yordamida oshirish usullarini tasvirlashgan.

Odamlarda o‘z g‘oyamizga qanday qilib qiziqish uyg‘otamiz? Biz ularni boshlaridan “tahlil shlyapasi”ni yechishga majbur qilamiz. Ularga o‘zimizning rahmdilligimizni namoyish etamiz. Ular befarq bo‘lmagan narsalar biz uchun ham qiziq ekanini ko‘rsatamiz”.

XXI asr tadbirkorlari uchun asosiy adabiyotlar: biznes haqidagi eng yaxshi kitoblarning Top-10 taligi

Forbes nashri XXI asrning yosh va tajribali tadbirkorlari uchun biznes va boshqaruv haqida eng yaxshi asarlar to‘plamini saraladi.

Foto: Getty Images

Saralanma ikki qismdan iborat: birinchi beshta kitob — o‘z-o‘zini rivojlantirish va biznes psixologiyasi bo‘yicha eng yaxshi biznes-adabiyot bo‘lsa, qolgan beshtasi ma’lum kompaniyalar tarixiga ega biznes haqidagi kitoblarni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi samarali boshqarish va biznesni to‘g‘ri yuritishga yordam beradi.

Daniel Kaneman “Thinking, Fast and Slow” (2011)

Xulq-atvor psixologiyasi asoschilaridan biri va 2002-yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Daniel Kaneman yosh va tajribali tadbirkorlar orasida ommalashib ulgurgan, nima uchun hattoki eng aqlli kishilar xatoga yo‘l qo‘yishi, bu qanday va qaysi tamoyillar bo‘yicha yuz berishi kabi savollarga javob beradigan o‘z asarini taqdim etdi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Kaneman asr boshlaridan beri dunyoning eng mashhur odamlari ro‘yxatiga bir necha bor kiritilgan, uning asari esa dunyoning turli tillariga tarjima qilingan bestseller asarlar reytingidan joy olgan. Kaneman, shuningdek, sarmoyadorlarga xos kognitiv xatolardan ko‘plab misollar keltiradi.

Ushbu kitob fond bozoridan foyda olishga intiluvchi odamlar uchun o‘qilishi shart bo‘lgan, balki fundamental tahlil haqidagi har qanday kitobdan foydaliroq bo‘lgan asardir.

Kerol Duek “Mindset: The New Psychology of Success” (2006)

Yaqinda Pfizer top-menejerlaridan biri bo‘lmish Anjela Xvang kompaniya barcha yutuqlarga Kerol Duek kitobining o‘sish tafakkuri konsepsiyasi tufayli erishgani haqida gapirdi .

Bu — Stenford universiteti psixologiya fanlari professorining XXI asr tadbirkorlari va menejerlari haqidagi kitobdan keltirilgan yagona misol emas.

Bir qarashda uning asosiy g‘oyasi unchalik ham kashfiyotdek ko‘rinmaydi — muallif muvaffaqiyatga erishish uchun bor kuchni sarflash qanchalik muhim ekanligini butun asar davomidagi turli misollar va tadqiqotlar orqali namoyish qiladi.

Uning nazariyasiga ko‘ra, odamlar ikki turga bo‘linadi: birinchisi — qobiliyatlar va imkoniyatlar yoshlikdan insonga berilganligiga ishonuvchi ega insonlar (fixed mindset) ongi, ikkinchisi esa har qanday qobiliyatni shakllantirish mumkinligini ta’kidlovchi o‘zgaruvchan ongga (growth mindset) ega insonlardir.

Asar ikkinchi turdagi insonlar hayotda ko‘proq imkoniyatga ekanligini aniq isbotlab berishini sezish qiyin emas.

Kel Nyuport “Deep Work: Rules for Focused Success in a Distracted World” (2016)

Jorjtaun universitetining kompyuter fanlari dotsenti Kel Nyuport 2007-yildan beri raqamli texnologiyalar ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar ko‘rinishida odamlarni butunlay chalg‘itayotgan bir davrda qanday qilib samarali ta’lim olish va ishlash bo‘yicha o‘z blogini yuritib keladi.

U o‘zi tomonidan o‘ylab topilgan yuqori samaradorlik texnikasini tavsiflab beruvchi “deep work” (chuqur mehnat qilish) konsepsiyasini shakllantirdi.

O‘z-o‘zini rivojlantirish haqidagi asarda ushbu texnika mazmuni tavsiflab berilgan va shaxsiy kognitiv imkoniyatlar doirasida ishlash haqida tushuntirib berilgan.

Ushbu bestseller asar nafaqat biznes va karyerada raqobat ustunligiga o‘zining samaradorligi orqali erishishni istovchilar, balki a’lo darajada amalga oshirilgan ishdan tez-tez zavqlanish hissini olishni istovchilar uchun ham juda foydalidir.

Richard Taler va Kas Sansteyn “Nudge: Improving Decisions About Health, Wealth, and Happiness”( 2008)

XXI asrning xulq-atvor iqtisodiyoti va insonlarni, ularning tanlov erkinligiga daxl qilmagan holda, ma’lum qarorlar va harakatlarga undash (nudge) haqidagi asosiy kitoblardan biri.

Asar manipulyatorlar uchun qo‘llanma emas, balki qaror qabul qilish jarayoni psixologiya nuqtayi nazaridan qanday tuzilgan va qanday usullar orqali unga ta’sir o‘tkazish mumkinligi haqidagi ilmiy faktlar jamlanmasidir.

Taler va Sansteyn g‘oyalari o‘limdan keyingi donorlik uchun “rozilik prezumpsiyasi” asosiga borib taqaladi, pandemiya davrida esa ular insonlarni vaksina olishga “undash” uchun qo‘llanildi.

Kitob xulq-atvor iqtisodiyotining asosiy prinsiplarini tushunishni istovchi tadbirkorlar va marketologlarga asqatadi.

Erin Meyer “The Culture Map: Breaking Through the Invisible Boundaries of Global Business”(2014)

Erin Meyer — madaniyatlar o‘rtasidagi farqlar haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega, hozirda Parij shahridagi biznes-maktabda faoliyat yurituvchi amerikalik ayol.

Erin Meyer nafaqat turfa madaniyatlar to‘qnashuvi haqidagi hayotiy hikoyalar to‘plamini taqdim etadi, balki asosiy va muhim xususiyatlar bo‘yicha madaniyatlar o‘rtasidagi farqlarni tizimlashtiradi.

Turli darajadagi tadbirkorlar bilan ishlagan Meyerning aytishicha, hattoki eng tajribali va mahoratli biznes vakillari ham madaniyatlar o‘rtasidagi farqlar sababini chuqur o‘rganmaganliklari sabab xato qilishga va yanglish fikrlarga ishonishga moyil.

Mazkur asar xalqaro hamkorlar va kompaniyalar bilan ishlashni rejalashtirayotgan, shuningdek, boshqa madaniyatlar haqida chuqur bilimga ega bo‘lishni istovchilar uchun katta yordam beradi.

Jon Karreyru “Bad Blood: Secrets and Lies in a Silicon Valley Startup” (2018)

Jon Karreyru — tergovlari tufayli Theranos kompaniyasining kutilmaganda barbod bo‘lishiga sababchi bo‘lgan The Wall Street Journal nashri jurnalisti.

Kompaniya asoschisi Elizabet Xolms Forbes ma’lumotlari bo‘yicha 4,5 mlrd dollar boylik bilan 2015-yildagi eng muvaffaqiyatli yakka tartibdagi tadbirkorlarning Top-15 taligiga kiritilgan edi, ammo kutilmaganda uning biznesi yolg‘onlarga qurilgani, pullarni esa firibgarlik yo‘li bilan topgani ayon bo‘ldi.

Asar o‘z faoliyatini endi boshlagan tadbirkorlarga biznesda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xatolar haqida ma’lumot beradi. Boshqalar uchun esa yosh tadbirkor ayol va Kremniy vodiysidagi muvaffaqiyat qanday qurilganligi haqida so‘zlaydigan qiziqarli triller hisoblanadi.

Betani MakLin, Piter Elkind “The Smartest Guys in the Room: The Amazing Rise and Scandalous Fall of Enron” (2003)

Yana bir muvaffaqiyatsizlik tarixi bu safar Fortune nashri jurnalistlari Betani MakLin va Piter Elkinddan. 2003-yildagi moliyaviy firibgarliklar atrofida yuz bergan shov-shuvlar va Amerikaning Enron kompaniyasi inqirozi haqidagi bestseller asosida.

2005-yili asar asosida film suratga olingan (film IMDb va Rotten Tomatoes saytlarida yuqori reytingga ko‘tarilgan), bundan tashqari, milliarder Uorren Baffet ushbu kitobni o‘z mijozlariga tavsiya qilgan .

Kitob moliyaviy bozor, shuningdek, boshqaruv va yetakchilik mavzulariga qiziquvchi tadbirkor va sarmoyadorlarga o‘zining foydali ma’lumotlarini taqdim etadi.

Eshli Vens “Elon Musk: Tesla, SpaceX, and the Quest for a Fantastic Future”(2015)

Biznes-jurnalist Eshli Vens 2015-yili biografiya uchun qahramon tanlay turib, eng to‘g‘ri qarorni qabul qilgan. Ilon Mask mavzusi hanuzgacha shov-shuvlar markazida bo‘lib qolmoqda.

Uning har bir xabari odamlarni pul sarflashga (va topishga) undab, bozorni harakatga keltiradi , uning har bir chiqishi esa motivatsiya beruvchi iqtiboslarga aylanadi .

Tadbirkor o‘z biznesini qanday boshlagani va muvaffaqiyatga qanday erishgani haqidagi ushbu kitobni biznes haqida hattoki hech qachon o‘ylab ko‘rmagan har qanday inson o‘qib chiqsa arziydi.

Fil Nayt “Shoe Dog: A Memoir by the Creator of Nike” (2016)

Fil Nayt 1964-yili Blue Ribbon Sports kompaniyasiga asos soldi, 1978-yilda esa kompaniya nomi g‘alaba ma’budasi Niki sharafiga Nike nomiga o‘zgartirildi.

Haqiqatan ham yangi nom kompaniyaga katta muvaffaqiyat keltirdi: Yaponiyadan import qilingan krossovkalar kichik biznesi milliardlab daromadga ega sport imperiyasiga aylandi.

Fil Naytning o‘zi 2021-yilda Forbes milliarderlari reytingida 25-o‘rinni egalladi, uning tadbirkorlik faoliyati yo‘li haqidagi kitobi esa 2018-yilda The New York Times bestseller asarlari ro‘yxatiga kiritildi.

Rid Xastings, Erin Meyer “No Rules Rules: Netflix and the Culture of Reinvention” (2020)

Yosh tadbirkorlar uchun eng yaxshi kitoblardan biri. Netflix asoschisi Rid Xastings va madaniyatlar o‘rtasidagi farqlar haqida ma’lumot beruvchi mashhur kitob muallifi Erin Meyer tomonidan hamkorlikda yozilgan ushbu kitob shaxsiy biznes boshlash, biznes yuritish bo‘yicha tavsiyalarga ega bo‘lishni va xodimlarni to‘g‘ri boshqarish haqida o‘rganishni istagan har qanday insonga foydalidir.

Asar 2020-yilda taqdim etilgan bo‘lib, shu kungacha eng yaxshi biznes adabiyotlar namunasi ro‘yxatiga bir necha marotaba kirdi. Buning sababi, Netflix kompaniyasining ochilishi va rivojlanishi hikoyasi — shubhasiz, o‘z zamonasining eng qiziqarli asarlaridan biri bo‘lib qoladi.

Top biznes kitoblar

Spot, dunyoda eng ko’p sotilgan va biznes vakillari tomonidan tavsiya qilingan kitoblar ro’yxatini shakllantirdi.

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Spot internet tarmog’i va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan manbalar orqali siz uchun qiziq bo’lgan kitoblarni bir joyda to’pladi.

Mazkur kitob sotuv sohasida qanchalik talab kuchayayotganini ko’rsatib beradi va sotuv bo’yicha eng samarali texnikalarni yoritadi.

Bu kitob ishbilarmonlik madaniyati va Osiyolik hamkasblar bilan mustahkam munosabat o‘rnatishni istaganlar uchun foydali yo‘lboshlovchiga aylanadi.

Freka kitobxonni xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va jahon bozorida o‘z biznesini to‘g‘ri targ‘ib qilishga o‘rgatadi.

Muallif o’z kitobida harbiy va biznes-tajribasidan kelib chiqib, har qanday vaziyatlarga moslashish va muammolarni nostandart yo‘l bilan yechish bo‘yicha maslahatlar beradi. Bu yerda “muvaffaqiyatli biznesmenlarning yetti tamoyillari” va ko‘plab tadbirkorlarning tajribasi to‘plangan.

Ushbu kitobda mahsulotni sotish va oʻz qoʻl ostidagilarning yashirin potensialini amalga oshirishni istovchi menejer va marketologlar uchun kerakli tavsiyalar oʻrin olgan.

Bestseller nafaqat muvaffaqiyatli bitimlarning ko’plab jonli misollarini topadigan tadbirkorlar uchun , balki bizning zamonamizning taniqli shaxslari bilan qiziqadigan odamlar uchun ham qiziqarli bo’ladi.