Ilm haqida o’ylaganlarim
5- FATVO
Zinedin Zidan: Oyoq kiyimim yo’qligidan yig’lardim, bir kun oyoqlari yo’q insonni ko’rib qoldim.
Jahon va Evropa chempioni, Oltin to’plar sohibi, ECHLni qatorasiga ikki yil yutgan dunyodagi birinchi murabbiy bugun 45 yoshga to’ldi.
SHu munosabat bilan ajoyib futbolchi va murabbiyning faoliyati davomida aytgan eng sara fikrlarini taqdim etishga qaror qildik.
Otam hech qachon meni yaxshi ko’rishini aytmagan. Biroq uning qilayotgan ishlari tufayli meni juda yaxshi ko’rishini sezardim.
Agar nimanidir qattiq orzu qilsangiz bir kun kelib u amalga oshadi
Marselda yomon tumanda yashaganmiz. Qaerda yashash emas qanday yashash muhim. 20 nafardan ortiq bolalar bilan o’rtoq edim, ularning hech biri ichmasdi va chekmasdi.
Otam doim boshqa davlatdan kelgan inson mahalliy xalqdan ko’proq mehnat qilishi kerakligini aytardi.
Yoshligimda ko’plab bolalar bilan futbol o’ynardim. Nima uchun ular orasidan faqat men futbolchi bo’ldim? Balki, qolganlar kuniga 24 soat futbol haqida o’ylashmagani uchundir.
Marselda qiynalgan bo’lsam ham eng sevimli shahrim bo’lib qoladi. U erda o’zining muhiti bor. Bu borada Marsel Liverpulga o’xshashib ketadi.
Sevimli klubim – Olimpik. Xatto Kann sharafini himoya qilganimda ham Velodromga borardim.
Sen kimligin va qaerdan kelganingni unutmasliging lozim. Hech qachon birga katta bo’lgan o’rtoqlarimni unutmayman.
Yoshligimizda bolalar bilan biznesimiz bo’lgan. Dam oluvchilarga “sosiskalar”ni kim tez tanovul qilish bo’yicha chempionat o’tkazardik. Ko’pincha men g’olib chiqardim.
Bordoga o’tish meni o’zgartirgandi. Rivojlana olishimni sezgandim. Bordo men uchun ajoyib tramplin bo’la oldi.
Ovqat tayyorlashni yomon ko’raman. Tuxum pishira olaman xolos. Xotinim Veronika esa ajoyib pazanda. U xattoki Jazoir oshxonasidagi bazi ovqatlarni o’rganib ham olgan.
Sportda doping – juda yomon. Yuventusda Franciyada taqiqlangan modda kreatinni istemol qilganman. U boshqa mamlakatlarda taqiqlanmagan. U mening sog’ligimga tasir qilmagan deb o’ylayman.
Franciya terma jamoasida turli millat futbolchilari o’ynashadi? Qanday ahmoqlik! Jamoamiz juda ahil va inoq. Qaerdan bo’lmaylik vatanimiz bitta – Franciya, har bir o’yinda bor kuchimiz bilan o’ynaymiz.
Agar qachondir menga Zinedin Zidanga o’xshashni istayman desa haqiqatdan ham baxtli bo’laman.
Men musulmonman va barcha narsani yaratgan Xudoga ishonaman.
Kuchni tejash – senga pul to’layotgan klubni aldash.
Orzuim bor. Jahon chempionati finalida o’ynayapman, 90-daqiqa o’tib borayapti va to’p menga etib keldi, zarba… Albatta, bu amalga oshmasa kerak.
Hayotimdagi eng katta yutuq bu medal yoki kuboklar emas farzandlarim menga yaxshi otasiz deyishganidir.
Materacci? U futbolkani rosa ko’p tortqilayverdi, o’yindan so’ng unga futbolkamni sovg’a qilishimni aytdim. Bunga javoban u onam va singlimni haqorat qildi. O’zimni tutib tura olmadim. Bu yomon qaror edi, barchasi juda tez sodir bo’ldi.
Buffon mening zarbam haqida hakamga aytgani yaxshi bo’lgan. Franciya hakam xatosi tufayli chempion bo’lganini hazm qila olmagan bo’lardim.
Ispaniya chempionati zerikarli ekanligiga qo’shilmayman. Menimcha u Evropadagi eng kuchlilaridan biri. Bu erda kuchsiz jamoalar yo’q.
Messi va Ronaldu – g’aroyib futbolchilar. Ammo Frank Riberi Franciya futboli brillianti.
Futboldagi barcha ishlarimni tugatganimdan so’ng otam bilan birga Jazoirga qaytamiz. Xuddi o’sha otam cho’pon bo’lgan qishloqqa boramiz. Bu mening futboldan tashqari eng katta orzuim.
Ota-onam menga o’zingni boshqalardan ustun qo’yma deb o’rgatishgan, ularga shunday tarbiya uchun rahmat aytaman.
Men dunyoning eng kuchli murabbiyiman? Yo’q-yo’q, bunday emas (ECHL finalida ikkinchi marta g’olib chiqilganidan so’ng).
Yoshligimda futbol o’ynash uchun oyoq kiyimim yo’qligi uchun yig’lardim, kunlardan bir kun men oyoqlari yo’q insonni ko’rib qoldim.
Ilm haqida o’ylaganlarim..
Ilmga ta’rif berishdan oldin uni hosil qilish haqida fikr yuritsak. Odamzod ilmni o’rganish orqaligina hosil qiladi. O’rganish esa kishining tafakkuri narsa va hodisotlarga kuchi yetganicha aniqlik kiritishidir. Ilmni Odam bolasi yaratilgandan boshlab to’xtovsiz ravishda o’rganadi. Hatto o’lim ham insonni o’rganishdan to’xtatib qo’ya olmaydi. Jannat va do’zax hayotida ham o’rganish jarayoni to’xtovsiz va abadiy davom etadi. Ilmni qisqacha biz o’rgangan narsa yoki narsalarning majmuyi desak bo’laveradi. Oyoq kiyimni to’g’ri kiyishdan to quyoshning radiusini bilishgacha bo’lgan barcha narsa (undan uyog’i ham) ILMdir.
Biz o’rgangan ilm qanchalik to’g’ri?
Bizga yoshligimizda o’rgatilgan yoki o’zimiz ixlos qo’ygan ustozlarimiz aytgan juda ko’p narsalarni ishonch bilan to’g’ri va haq deb bilamiz. Aslida esa har doim ham bunday bo’lmasligi mumkin. Gapimni isboti o’laroq so’nggi 20 yilda tabiiy fanlar sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlarni misol qilib keltirishim mumkin. Shu kunlargacha insoniyat bu sohalarda anchagina yanglish tushunchalar bilan yashab kelayotgani aniqlandi va hozirda ham fanda kamchiliklar yo’q emas. Shuningdek olimlar o’z tajribalari orqali ilmiy isbotlab bergan narsalarni qonuniyat tarzida qa’bul qilib biz o’zimizdagi ilmni boyitib boramiz.
Ilm zararmi?
Bu savolga bir vaqtning o’zida ha va yo’q deb javob bersa bo’laveradi. Zararning foydadan farqi, u odam(zot)ning moddiy va manaviy ehtiyojlarini sifatliroq qondirish uchun hizmat qilmaydi hamda mavjud muvozanatlarni buzib tashlaydi. Ushbu xulosadan kelib chiqib ayta olamiz-ki, zararli ilm — insonga moddiy va ma’naviy jihatdan nafsiz bo’lgan “ilm”dir. U eng kamida behuda vaqt sovurishdir.
Ilm nima uchun kerak?
Yuqorida aytganimdek oyoq kiyimni to’g’ri kiyish ilmdir. To’g’ri nafas olishni bilish, nimalarni yeb-ichishni bilish ham ilmdir. Odam ilmsiz mavjud bo’la olmaydi. Dunyo yuzini ko’rgan odam bolasi bor ekan u so’nggi nafasigacha unga hamroh bo’ladigan ehtiyojlar bilan yashaydi. O’sha ehtiyojlarni yaxshiroq va sifatliroq qondirish uchun esa unga bir qancha vositalar kerak bo’ladi, masalan: pul. Pul deb ataladigan narsaga ega bo’lish va uni sarflash uchun hisob-kitobni bilish, foyda-zararni aniqlay olish, aqidaga ko’ra halol-xaromni tanish talab qilinadi. Bularning barchasi albatta ILMdir.
Ilm olishning va uning afzalliklari.
Ilm olish butun umr davom etadigan sayohatdek gap. Sayohatingiz davomida sizni hursand qiladigan ba’zan xafa qiladigan ko’pincha asabiylashtiradigan holatlarga duch kelasiz. Bu safarda yo’qolib qolishingiz hech gap emas! Ammo ilmning afzalligi shularda ko’rinadi-ki, u ko’paygani sayin o’zingiz va atrofingizdagi olamni yaxshiroq taniy boshlaysiz. Ilmning afzalligi sizni hech narsangiz qolmaganida ham tark etmasligi, ishlatilgani sayin ko’payib borishi va albatta oldingizga qo’ygan maqsadlaringizga ertaroq yetishishingizga ko’maklashishidir.
P.S. Alloh nasib qilsa kelasi blogimda real va onlayn bilim olish to’g’risida yozib, ularni o’zaro taqqoslab chiqaman va unda to’plagan tajribalarim asosida sizlarga tavsiyalar berishga harakat qilaman.
Tahoratga doir fatvolar (“Ming bir fatvo”, 1-qism)
Tahorat qilayotganda ko‘zlar qattiq yumilmaydi. Aks holda ko‘z atroflariga suv yetmasligi natijasida tahorat chala bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘zlar erkin yumib turiladi. Ochib ichiga suv yetkazish shart emas.
«Olamgiriya», «Sirojiya», «Qozixon», «Muhit»
2- FATVO
Tahorat va g‘uslda oyog‘i shol odam garchi kesganda ham sezmaydigan bo‘lsa-da, yuvishi vojibdir.
«Olamgiriya», «Tatarxoniya», «Yatima»
3- FATVO
Oyoqlarini yog‘lagandan so‘ng yuvsa, yog‘ suvni ostiga o‘tishga to‘sqinlik qilsa ham tahorati durust hisoblanadi.
4- FATVO
Bir a’zodagi suvni ikkinchi a’zoga ko‘chirib yuvish tahoratda mumkin emas, g‘uslda mumkin. Lekin boshqa a’zoga olib o‘tilayotgan suv mo‘l bo‘lib, tomchilab turadigan bo‘lishi shartdir.
5- FATVO
Yomg‘ir ostida qolgan yoki oqin ariqqa tushib ketgan kishining hamma a’zosiga suv yetgan bo‘lsa tahoratga ham, g‘uslga ham o‘tadi. Faqat og‘zi bilan burnini chayib olishi kerak bo‘ladi.
6- FATVO
Boshiga mash tortish o‘rniga uni yuvsa ham mash o‘rniga o‘tadi, lekin bu ishi makruh sanaladi.
7- FATVO
Suv bilan istinjo qilishdan oldin ham, undan keyin ham ikki qo‘lni uch marta yuvish kerak. «Bismilloh»ni avratni ochmay turib bir marta, istinjodan keyin avratni yopgandan keyin yana bir marta aytgani afzaldir.
8- FATVO
Misvok ishlatish erkaklar uchun sunnat. Ayollarning saqich chaynashi misvok o‘rniga o‘tadi.
«Olamgiriya», «al – Bahrar – roiq»
9- FATVO
Tahoratda har bir a’zoni uch martadan yuvish sunnat. Agar uch marta to‘liq yuvganiga shak-shubha qilsa yoki tahorat ustiga tahorat bo‘lsin deb niyat qilib uch martadan ko‘p yuvsa joizdir.
«Olamgiriya», «Nihoya», «as – Siroj al – vahhoj»
10- FATVO
Bo‘yinga mash tortish — mustahab. Lekin tomoqqa mash tortish — bid’at.
«Olamgiriya», «al – Bahr ar – roiq»
11- FATVO
Masjidda muayyan bir joyni o‘zi uchun xoslab olish makruh bo‘lganidek, tahorat qilish uchun o‘ziga xos idish tutish ham makruhdir.
«Olamgiriya», «al – Vajiz»
12- FATVO
Qulog‘idan yiring oqsa, qaraladi — agar og‘riq bilan oqsa tahorat sinadi. Og‘riq bo‘lmasa sinmaydi. Zero, og‘riq quloq ichidagi jarohatdan dalolatdir.
«Olamgiriya», «Muhit», «Zaxira», «Sirojiya»
13- FATVO
Egarsiz ulovga mingan odam uxlab qolsa, qaraladi — agar tekkislikda yoki balandlikka chiqib ketayotgan bo‘lsa, tahorati sinmaydi. Bordi-yu, pastlikka tushayotgan bo‘lsa, tahorati sinadi. Egarda uxlab qolsa tahorati sinmaydi.
14- FATVO
CHo‘zilib yotgan holda mudrash ikki xil bo‘ladi: Biri — qattiq mudrash bo‘lib, odamlarning gurungini eshitmay, anglamay qoladi. Bunda tahorat sinadi. Ikkinchisi — yengil mudrash bo‘lib, odamlarning gurungini eshitib yotadi. Bunda tahorat sinmaydi. Uxlagandan yoki yel chiqqandan keyin tahoratni yangilaganda suv bilan «istinjo» qilinmaydi.
«Olamgiriya», «Muhit», «Zaxira», «Qozixon»
15- FATVO
G‘uslda kindik ichiga barmoq bilan suv kiritib yuvish ham vojib amallardandir.
16- FATVO
G‘usl oldidan tahorat qilganda boshiga mash tortadi. Undan keyin boshiga suv quyib barcha a’zolarini uch bor yuvadi.
«Olamgiriya», «az – Zohidiy»
17- FATVO
G‘usl qilmoqchi bo‘lgan odam niyatni dilida qilib, tili bilan ham aytadi va qo‘lini yuvish oldidan «Bismilloh»ni aytadi va istinjo qiladi.
«Olamgiriya», «al – Javhara an – Nashira»
18- FATVO
G‘uslda suvni ortiqcha isrof qilmaslik, shuningdek, haddan ziyod tejab yubormaslik, qiblaga yuzlanmaslik sunnat darajasidagi amallardandir.
19- FATVO
G‘uslda har bir a’zoni uch martadan yuvish, birinchi martasida ishqalab yuvish, yuvinish asnosida imkoni boricha gapirmaslik, yuvinib bo‘lgach, sochiq bilan artinish sunnat amallardandir.
20- FATVO
Junub kishi uxlashdan oldin g‘usl qilib olgani yaxshi. Lekin namoz vaqti yaqinlashgunga qadar uxlab olsa yoki ikki qo‘li va og‘zini yuvib ovqatlansa zarari yo‘q.
21- FATVO
Janobatdagi odam namoz vaqti kirgunga qadar g‘usl qilmay tursa gunohkor bo‘lmaydi. Zero, tahoratsiz odamga tahorat qilish, janobatdagi va hayz yoki nifosdan chiqqan ayolga g‘usl qilish namoz o‘qish yoki boshqa tahoratsiz qilib bo‘lmaydigan amallarni bajarish oldidan vojib bo‘ladi.
«Olamgiriya», «al – Bahr», «Muhit»
22- FATVO
Ishlatilgan suv (obi musta’mal) Imom Muhammad (rh.) nazdida pok, tahoratli odamning qo‘l, oyoq yoki badaniga yopishgan loy, xamir yoki kirlarni ketkazish uchun ishlatgan suvi «obi musta’mal»ga aylanmaydi. Demak, uni tindirib, yana ishlatsa bo‘ladi. Salqinlash maqsadida cho‘milishga ishlatgan suvi ham musta’mal hisoblanmaydi, balki tahorat, g‘usl, najosatni ketkazish kabilar uchun ishlatilgan suv Imom Muhammad (rh.)dan boshqalar nazdida nopoklik sifatini oladi.
23- FATVO
Janobatdagi odam g‘usl qilayotganda sachragan suv idishdagi suvga tushsa zarari yo‘q. Ammo badanidan oqayotgan suv idishga quyilib tushsa uni nopok qiladi.
24- FATVO
Agar inson qo‘lining kaftini mushuk yalagan bo‘lsa, qo‘lini yuvib namoz o‘qishi lozim bo‘ladi. Aks holda namozni makruhlik bilan ado etgan bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Tabyin»
25- FATVO
Insonning sochi tig‘ bilan yoki qaychi bilan qirqib olinsa u toza hisoblanadi. Yulib olingan soch nopokdir.
26- FATVO
Sichqon mushukdan qochib ketayotib, idish ustidan sakrab o‘tsa, idish ichidagi suv nopok bo‘ladi. Zero, u odatda mushukdan qo‘rqqanidan siyib yuborgan bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Muhit», «Xulosa»
27- FATVO
Bir marta ishlatilgan suv (obi musta’mal) Imom Abu Hanifa va Abu Yusuf (rh.)lar nazdida najas, ya’ni nopok hisoblanadi. Imom Muhammad (rh.) nazdida esa pokdir. Lekin shunga qaramay, obi musta’mal bilan ho‘l qilingan sochiq yoki badandan tomchilab tushib ivitib yuborgan kiyim bilan namoz o‘qish har uch imom nazdida ham joizdir.
28- FATVO
Tayammum qilishda “bismilloh”ni o‘qib, ikki qo‘l barmoqlarini ochiq tutgan holda panjalarining oldi va orqasi bilan tuproqqa urgandan keyin qo‘llarni bir-biriga ishqalab, yopishgan changlarni yengillatish, oldin yuzga, so‘ngra ikki qo‘lning tirsaklarigacha surtib chiqish sunnat hisoblanuvchi amallardandir.
«Olamgiriya», «Bahrur – roiq»
29- FATVO
Ota bilan o‘g‘ilda faqat bir kishiga yetadigan suv bo‘lsa, u bilan ota tahorat qiladi, o‘g‘li esa, tayammum bilan kifoyalanadi.
30- FATVO
Oyoq kiyimiga mash tortishning shartlaridan biri — poyafzalning eng kami uch kunlik safarga yaraydigan bo‘lishidir. Yana bir sharti — poyafzal oyoqning oshiqdarini yopib turishidir. Oshiqdan ustki qismi yopilgan bo‘lishi shart emas.
31- FATVO
Bir oyog‘ida jarohat bo‘lib, uni yuvish va mash tortishning iloji yo‘q bo‘lsa, ikkinchi oyog‘iga mash tortishi mumkin. Shuningdek, oyog‘ining oshig‘idan pastki qismi kesib tashlangan kishi ham ikkinchi oyog‘ini yuvishi va poyafzal ustidan mash tortishi mumkin. Kesilgan joyda uch barmoq miqdori joy qolgan bo‘lsa, o‘sha joyga mash tortadi. Undan kam bo‘lsa tortmaydi.
32- FATVO
Janobatdan g‘usl qilganda badanida tangadek joy suv tegmay quruq qolgan bo‘lsa, o‘sha joyini poyafzal kiygandan keyin yuvsa, hadas yetgandan keyin tahorat qilganda poyafzalga mash tortaveradi.
33- FATVO
Tahorat qilganda tangadek joy yuvilmay qolgan bo‘lsa, to o‘sha joy yuvilmaguncha oyoq kiyimini kiyib, mash tortishi joiz emas.
34- FATVO
Yara ustidagi matohga (bintga) mash tortish uning ostini yuvish bilan barobardir. Shunga ko‘ra, bir oyog‘iga mash tortib, ikkinchi sog‘ oyog‘ini yuvgan odam har ikki oyog‘ini yuvgan bo‘ladi.
35- FATVO
Bir oyog‘idagi jarohat ustiga mash tortgach, ikkinchi oyog‘ini yuvib, shu sog‘ oyog‘iga poyafzal kiyib olsa, keyingi tahorat qilganda mash tortishi joiz emas. Ammo ikkala oyog‘iga poyafzal kiyib olsa, mash tortaveradi.
«Qozixon», «Olamgiriya», «Muhit»
Z6- FATVO
Oyoq kiyimlariga mash tortib qo‘yishni boshqa kishiga buyursa ham joizdir.
37- FATVO
Tug‘ilgan ikki chaqaloq egizak hisoblanishi uchun ikkinchi chaqaloq ikki oydan kam muddatda tug‘ilgan bo‘lishi shart. Agar ikkisining oralig‘idagi muddat olti oy yoki undan ko‘p bo‘lsa, ular ikki homila va ikki “nifos” bolalari hisoblanadi.
38- FATVO
Hayzdagi ayol, shuningdek, junub kishiga Qur’on oyatlaridan o‘qish taqiqlanadi. Lekin turli xil duolar, azon javobi, “qunut duosi” kabilarni o‘qish mumkin.
«Olamgiriya», «Zahiriya», «Sirojiya»
39- FATVO
Junub kishilar hayz va nifosdagi ayollar o‘qimasdan Qur’on oyatlariga qarashlari mumkin. Ularga oyatlarni yozish ham joiz emas.
«Olamgiriya», «Javhara», «Zaxir»
40- FATVO
Burnidan yoki yarasidan tinmay qon oqayotgan kishi namozni oxirgi vaqtigacha kutadi. Qon to‘xtasa xo‘b, yo‘qsa, vaqt chiqib ketmasidan oldin tahorat qilib namozni o‘qiyveradi.
41- FATVO
Idishdagi moyga sichqon tushgan bo‘lsa, qaraladi – agar quyuq, qotgan moy bo‘lsa, atrofidagi tegib turgan moylari bilan qo‘shib sichqonni olib tashlansa, qolgan moy toza hisoblanadi. Bordi-yu, moy suyuq bo‘lsa, u nopok bo‘ladi va uni ovqatdan boshqa yeyilmaydigan narsalarga ishlatiladi.
42- FATVO
Hojatxonadagi pashshalar kiyimga qo‘nsa, zarari yo‘q. Ammo ular ko‘p bo‘lsa kiyimni nopok qiladi.
43- FATVO
Nopok tuproqni suvga yoki nopok suvni tuproqqa aralashtirib loy qilinsa, u najas hukmidadir. Lekin shu loydan yasalgan idishlarda pishirilgan ovqat toza hisoblanadi.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Xulosa»
44- FATVO
Sut sog‘ib turganda hayvonning qumalog‘i sutga tushsa, darhol olib tashlansa sut nopok bo‘lmaydi. Ammo u titilib ketsa idishdagi bor sut nopok bo‘ladi.
45- FATVO
Istinjoda adad belgilanmagan, balki bir martada toza bo‘lsa, shuning o‘zi kifoya. Ammo uch martada ham toza bo‘lmasa, istinjo chala qilingan bo‘ladi.
«Sirojiya», «Olamgiriya», «Muzmarot»
46- FATVO
Istinjoda faqat chap qo‘lidan foydalanadi. Uzrli holatlardagina o‘ng qo‘l ishlatiladi. Olatdan siydik chiqmay qolgunga qadar chap qo‘lda kesak kabi namlikni o‘ziga tortadigan narsani tutish vojibdir. Bu «istibro» deyiladi.
«Olamgiriya», «Zohidiy», «Zahiriya»
47- FATVO
Har kim istibroni ko‘ngli qaror topgunga qadar davom ettiradi. So‘ngra shaytonning vasvasasiga parvo qilmaslikka harakat qiladi. Masalan, tahorat qilib namoz o‘qib turganida soniga sovuq narsa tekkandek bo‘ladi. Ko‘pincha bu siydik tomchisi bo‘lmay, shaytonning chalg‘itish uchun qilgan ishi bo‘ladi. Shuning uchun suv bilan istinjo qilgan paytda olati va sonlariga suv sepib qo‘yish tavsiya etiladi. Shunday qilganda shayton vasvasa qila olmay qoladi.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Muzmarot», «Zahiriya»
48- FATVO
O‘zi tahorat qilishga qodir bo‘lmagan bemorga o‘g‘li yoki birodari tahorat qildirib qo‘yadi. Lekin xotini bo‘lmasa, istinjo qildirilmaydi. Bu uning zimmasidan soqit bo‘ladi. Bemor ayol hukmi ham xuddi shunday. Unga qizi yoki opa-singlisi tahorat qildiradi. Lekin istinjo soqit bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Muhit», «Qozixon»
49- FATVO
Hojatxonaga chap oyoq bilan kirib o‘ng oyoq bilan chiqiladi. U yerda gapirilmaydi, salomga alik olinmaydi, azonga, aksirgan kishiga javob aytilmaydi, o‘zi aksirsa dilida «alhamdu lilloh» deydi, tilini qimirlatmaydi, avratiga, axlatiga qaramaydi, tupurmay, burnini qoqmay, yo‘talmay, ko‘zini osmonga qaratmay o‘tiradi. Hojatxonada iloji boricha uzoq o‘tirmaslikka harakat qiladi.
«Olamgiriya», «as – Siroj al – vahhoj»
50- FATVO
Quduqdan sichqon yoki qush o‘ligi topilsa, qaraladi — agar go‘shti aynib, hidlangan bo‘lsa, shu quduq suvi bilan tahorat qilib o‘qilgan uch kunlik namoz qayta o‘qiladi. Bordi-yu, aynimagan bo‘lsa, Abu Hanifa (rh.) so‘ziga ko‘ra, bir kecha kunduzgi namoz qayta o‘qiladi.
51- FATVO
Tovuqning yangi tuqqan tuxumi suvga tushsa, suvni nopok qilmaydi.
Izoh: Bu fatvoning ahamiyati shundaki, hech kim odatda tuxum tushgan suvni iste’mol qilmaydi. Lekin ayrim savodxonlar qozonga yoki idishga xom tuxumni chaqib oqizsa, u haromga aylanadi, chunki tuxum po‘chog‘ining ustki qismi nopok. Unga tegib tushgan suyuqlik ham nopok bo‘ladi , deb odamlarni shubhaga solayotganliklari ma’lum bo‘lgani uchun mazkur fatvoni topib yozishga to‘g‘ri keldi. Demak, tuxum po‘chog‘ining ustki qismi shar’an toza hisoblanar ekan.
52- FATVO
Daraxt tanasidan chiqqan va turli mevalardan siqib olingan suvlar bilan tahorat qilish mumkin emas.
53- FATVO
Junub kishi og‘zini chaymay turib, suv ichsa, qaraladi — agar u faqih bo‘lsa ichgan suvi og‘izni chayish o‘rniga o‘tmaydi. Zero, faqih kishi suvni og‘izning hamma joyiga tegadigan qilib ichmay, istihola bilan so‘rab ichadi. Ilmsiz kishi bo‘lsa, ichgan suvi og‘iz chayish o‘rniga o‘tadi. Zero, u so‘rib ichmay, og‘zini to‘ldirib xo‘plab ichadi. Natijada suv og‘izning hamma joyiga tarqaladi.
54- FATVO
Go‘shti halol hayvonlarning siydigi Imom Abu Hanifa (rh.) nazdida — najas, Imom Abu Yusuf (rh.) nazdida — yengil najas, Imom Muhammad (rh.) nazdida — toza hisoblanadi.
55- FATVO
Tovuq, o‘rdak, g‘ozdan boshqa go‘shti halol parrandalarning axlati toza hisoblanadi. Inson, it va yirtqich hayvonlarning axlati najasdir. Lochin, kalxat kabi yirtqich qushlarning axlati kiyimni benamoz qilmaydi. Pashsha, bit, burga qoni ham shunday.
56- FATVO
Bo‘ynida it yoki bo‘ri tishidan yasalgan taqinchoq osiqlik bo‘laturib namoz o‘qish mumkin.
57- FATVO
Qo‘yni so‘yganda pichoqqa yopishgan qonni uning yungiga artib qon izi ketkazilsa pichoq toza bo‘lur. Shuningdek, metalldan yasalgan qilich kabi boshqa tig‘li narsalar ham najosatdan tozalash uchun tuproq yoki latta bilan artiladi.
58- FATVO
Qo‘yning kallasi qonga belangan bo‘lsa-da, uni kuydirib, so‘ngra qozonga solib, qaynatib pishirilsa, sho‘rvasini ichish mumkin. Kalla uni palid qilmaydi.
59- FATVO
Go‘shtning ustiga so‘yilganda oqqan qondan tekkan bo‘lsa, uni yuvmasdan ishlatib bo‘lmaydi. Ammo go‘shtning o‘zida yoki tomirlarida qolgan qon bo‘lsa zarari yo‘q.
60- FATVO
Qozon qaynab turganda osmondan qush uchib kelib tushsa qozondagi hamma narsa palid (nopok) bo‘ladi, hammasi to‘kib yuboriladi. Ammo qaynamay sokin turganda tushsa, sho‘rvaning suvi to‘kib tashlanib, go‘shti yuvib qayta ishlataveriladi.
61- FATVO
Ikki qo‘li shol bo‘lib qolg‘an odam tahoratga ham tayammumga ham qodir bo‘lmasa, ikki bilagini tirsaklari bilai yerga, yuzini devorga surtib tayammum qilib, namoz o‘qishi mumkin.
«Qozixon», «Naf’ul – muftiy»
62- FATVO
Tahorat qilgandan keyin mo‘ylabini, sochini qirsa yoki tirnog‘ini olsa, tahorat qaytadan qilinmaydi.
63- FATVO
Tahorat yoki g‘usl qilganda badandagi mavjud kir ustidan yuvilsa, u suvni o‘z ostiga o‘tkazgani uchun tahorati ham, g‘usli ham joiz hisoblanadi. Ammo junub ayolning tirnoqlari ostidagi xamir yoki loysuvoq qilgan kishining tirnoqtari ostida qolgan loy qoldiqlari yoki bo‘yoq asoratlari suv o‘tkazishi to‘g‘risida ixtilof qilganlar. Ba’zi ulamolar suv o‘tkazadi deb fatvo berganlar. «Sirojiya» kitobida tirnoq ostida xamir qolgan bo‘lsa, g‘usl joiz emas, deyilgan.
64- FATVO
Junub kishiga g‘usl qilishdan oldin ovqatlanishga to‘g‘ri kelib qolsa, qo‘llarini yuvib, og‘iz va burnini suv bilan chayib ovqatlanishi mumkin.
65- FATVO
Junub kishi peshob qilmay turib g‘usl qilgan va namoz o‘qigan bo‘lsa namozi durust. Bordiyu, shundan keyin maniy qoldig‘i chiqib qolgudek bo‘lsa, Abu Hanifa bilan Muhammad (rh.)lar nazdida u g‘uslni qayta qiladi, Abu Yusuf (rh) nazdida esa, bu bilan g‘uslni ham, namozni ham takrorlamaydi.
66- FATVO
Ishtonbog‘ (yoki kamar) it yungidan qilingan bo‘lsa kiyimni benamoz qilmaydi.
67- FATVO
Safarda junub, hayzdan pok bo‘lgan ayol va mayyit birga bo‘lib qolsa va ularda bir kishining g‘usliga yarasha suv bo‘lsa, qaraladi – agar suv ulardan biriga qarashli bo‘lsa, o‘sha ishlatadi. Bordi-yu, suv uchoviga qarashli bo‘lsa, hammasi tayammum qilib, suvni ichishlari mumkin. Agar suv egasiz bo‘lsa, junub g‘usl, ayol tayammum qiladi. Mayyit ham tayammum qildiriladi.
68- FATVO
Istinjoni tahoratdan keyin qilsa, tahorati buzilmaydi.
69- FATVO
Tahorat qilgach, ikki oyog‘ini nopok yerga qo‘ysa, qaraladi – agar yer qattiq va quruq bo‘lib, uzoq turmay, darhol oyoqlarini u yerdan olsa zarari yo‘q. Ammo oyoqlari qurigan, yer esa nam bo‘lib, oyoqlariga o‘sha namlik o‘tsa, oyoqlarini yuvib olishi kerak bo‘ladi.
70- FATVO
Gul, qovun, tarvuz suvlari, sut, sirka kabi suyuqliklar toza hisoblanadi va ular bilan qo‘l va kiyimlar yuvilsa toza bo‘ladi, lekin ular bilan tahorat yoki g‘usl qilinmaydi.
71- FATVO
Tayammumni barcha yer jinsidan bo‘lgan narsalar bilan qilish mumkin. Masalan, qum, chang, tosh, ohak, surma, ganch, zirnix (margimush) yoqut, marjon, zumrad, feruza, g‘isht va boshqalar. Ammo kul, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, shisha, tuz, loy kabi narsalar bilan tayammum qilinmaydi. Imom Saraxsiy va Hussomiddin (rh.)lar so‘ziga ko‘ra, tog‘ tuzlari bilan tayammum qilish joiz, suv tuzlari bilan mumkin emas. Oltin, kumush, temir, mis kabi metallar yerdan olinib, buyum yasalmay turgan holatida ular bilan tayammum qilish mumkin.
«Sirojiya», «Naf’ul – muftiy»
72- FATVO
Qiz boladan to‘qqiz yoshga yetmay turib hayz qoni kelsa, u shar’an hayz hisoblanmaydi.
73- FATVO
Ro‘zador kishi tahoratda og‘zini g‘arg‘ara qilmay chayadi. Suv tomoqqa ketib qolish xavfi bo‘lgani uchun g‘arg‘ara qilish makruh hisoblanadi.
«Naf’ul – muftiy», «Hoshiyatul Viqoya»
74- FATVO
Qalin soqolli odam tahoratda soqoli ostiga suv yetkazishi shart emas, balki ustki qismini yuvib qo‘yaveradi. Ammo soqoli siyrak kishi soqol ostiga suv yetkazishi farz amallardan hisoblanadi. Lekin g‘uslda qalin soqol ostiga suv yetkazish shart. Matnlarda kelgan soqolning to‘rtdan biriga mash tortish masalasidan yuvish farzligiga o‘tilgan.
«Naf’ul – muftiy», «Sharh Niqoya», «Vadoye»
75- FATVO
Insonning badanidan chiqqan ter shar’an toza hisoblanadi. Ammo muttasil araq ichishga mubtalo bo‘lgan kishining teri najas hisoblanadi.
76- FATVO
Og‘iz to‘lib qayt qilish tahoratni sindiradi. Ammo ovqat oshqozonga yetib bormay turib qayt qilsa tahorat sinmaydi.
«Sirojiya», «Xazonatur – rivoyot»
77- FATVO
Baliqning ichidan chiqadigan qonga o‘xshash narsa qon hisoblanmaydi. U tozadir. Zero, qon oftobga tutilsa qorayishi kerak. Balikdan chiqqan narsa oftobda oqaradi.
78- FATVO
It suvga belanib silkinganida sachragan suv kiyimga tegsa qaraladi — agar suv it yungining ostigacha ivitgan bo‘lsa, kiyimga tekkan nopok suv miqdori bir dirham miqdoricha bo‘lsa kiyim nopok bo‘ladi. Bordi-yu, it yungining ustki qismigina ivigan bo‘lsa, sachragan suv kiyimni nopok qilmaydi.
«Naf’ul – mufshiy», «Jomeul – muzmarot»
79- FATVO
Kiyimking najosat tekkan joyi unutilib, uni topishning imkoni bo‘lmasa, kiyimning bir joyini qasd qilib yuvib qo‘yilaveradi. Shuningdek, donni yanchiyotgan eshaklar tezagini ajratib olib tashlash qiyin bo‘lgani tufayli bir qism donni olib yuvilsa yoki yuvmay ehson qilib yuborilsa yanchilgan donning hammasi poklangan bo‘ladi.
«Muxtasar», «Naf’ul – muftiy», «Xulosa»
80- FATVO
Gilam, palos kabi suvini siqib chiqarish mumkin bo‘lmagan narsalarga najas tekkan bo‘lsa, ularni bir kecha oqin suvga tashlab qo‘yish bilan poklanadi.
«Naf’ul – muftiy», «Fathul – Qadir», «Muxtasar»
81- FATVO
Asalga najas tushsa, uni poklash uchun asalga suv qo‘shib qaynatiladi. Suv bug‘lanib tamom bo‘lishi bilan yana suv quyib, ushbu jarayon uch marta takrorlanadi. Suvning miqdori o‘nga ikki, ya’ni asalning beshdan biricha suv qo‘shiladi.
82- FATVO
Badan, kiyim, idish va boshqa narsalarni poklash uchun ishlatiladigan vositalarning turlari ko‘pdir.
- Suv. Toza suv poklovchi vosita hisoblanadi. Binobarin, bir marta ishlatilgan suv «musta’mal» bo‘lib qolishi sababli uning poklash vositasi bo‘lish va bo‘lmasligida ixtilof qilingan. Abu Hanifa va Abu Yusuf (rh.)lar nazdida «musta’mal» suv najas hisoblanib, boshqa narsani poklay olmaydi. Muhammad (rh.) nazdida esa, u toza hisoblangani sababli boshqa narsani ham poklashga yaraydi.
- Suvdan boshqa sutoqlik turlari. Sirka, ishqor kabi suyuqliklarning suv o‘rniga o‘tish sharti – suyuq holatda bo‘lishi bilan birga najosatni ketkazuvchi, toza suyuqliklar sirasiga kiruvchi bo‘lishidir. Shunga ko‘ra, yog‘, sut, qon, siydik kabi narsalar hech narsani poklay olmaydi. O‘zi najosat, bo‘lgach, narsadagi najosatni ketkazgan taqdirda ham, baribir yuvilgan narsani nopok qilib qo‘yaveradi. Masalan, siydik bilan kiyimdagi qonni ketkazish mumkin. Lekin qon ketib, siydik asorati qolishi natijasida kiyim nopokligicha qolaveradi.
- Yerga surtish. Oyoq kiyimlari ostiga najosat tegsa, Abu Hanifa bilan Abu Yusuf (rh.)lar nazdida yerga ishqash bilan poklash mumkin. Imom Muhammad, Zufar, Shofiiy, Molik (rh.)lar nazdida faqat suv bilan yuvish bilan poklanadi. Qurigandan keyin belgisi qolmaydigan suyuq najosatlar faqat suv bilan yuvib poklanadi. Lekin qaysi vosita bilan bo‘lsa-da, najosatning hidi, rangi qolmaguncha tozalansa har qanday narsa toza bo‘laveradi, deb ittifoq etilgan.
- Ishqalash. Kiyimda qurib qotib qolgan maniy ishqalab tashlash bilan ham pok bo‘ladi.
- Tuproq. Shisha, pichoq va boshqa qattiq metaldan yasalgan silliq asboblar yerga, tuproqqa yoki boshqa matohlarga artish va ishqash bilan poklanadi.
- Matoh bilan artish. Qon olingan a’zodagi qon yuqini latta, paxta, bint kabi narsalar bilan artib poklash mumkin.
- Olov. So‘yilgan hayvon kallasi qonga belangan bo‘lsa-da, olovda kuydirilsa u poklangan holda pishadi. Uning sho‘rvasi ham halol. Qizigan tandirga nopok suv sepib quritilgach, pishirilgan non toza hisoblanadi. Temirdan yasalgan asboblarga tekkan najosat ham olov bilan poklanadi.
- Bir jinsdan boshqa jinsga aylanish. Aroq sirkaga aylantirilsa halol bo‘ladi. Tuz koniga singib ketgan eshak, cho‘chqa kabi hayvonlar bilan tuz nopok bo‘lib qolmaydi. Bu Abu Hanifa bilan Muhammad (rh.)lar nazdida shunday. Ammo Abu Yusuf (rh.) nazdida tuz nopok bo‘ladi. Fatvo oldingi hukmga berilgan.
- Kesish. Taxta, yog‘och kabi narsalarning najosat tekkan joyi kesib tashlansa qolgan qismi pok hisoblanadi.
- Yerni haydash. Najosat tushgan yerni chopish, haydash, ag‘darish kabi ishlov bilan poklash mumkin.
- O‘yib olib tashlash. Masalan, qotib qolgan yog‘, moy, qaymoq kabi narsalarga sichqon yoki boshqa palid narsa tushsa, o‘sha narsani atrofi bilan o‘yib olib tashlansa, qolgani pok hisoblanadi.
- Oqin hovuz. Kichik hajmdagi hovuzga suv bir tomondan kirib, ikkinchi tomondan chiqib ketayotgan bo‘lsa, unga najas tushsa nopok qilmaydi.
- Oshlash. O‘limtik va go‘shti harom hayvonlarning terisi oshlash bilan toza bo‘ladi. O‘limtikning yungi, suyagi, payi ham toza hisoblanadi. Terisi oshlashni qabul qilmaydigan hayvonlar terisi poklanmaydi. Masalan, ilon, sichqon kabilarning terisi oshlashni qabul qilmaydi. Itning o‘zi toza yoki najas ekanida ixtilof qilingan. Ko‘pchilik ulamolar toza deganlar. Shuningdek, uning terisi najas, yungi esa toza deyilgan.
- «Bismilloh» bilan so‘yish. Go‘shti yeyilmaydigan (cho‘chqadan boshqa) hayvonlarni musulmon odam «Bismilloh» bilan so‘ysa terisi, go‘shti toza bo‘lib qoladi. Ammo yeyish uchun halol bo‘lmaydi.
- Yerning qurishi. Yerga najosat tushgan bo‘lsa, qurib asorati ketishi bilan yer toza bo‘ladi. Imom Zufar, Ahmad va Shofiiy (rh.)lar nazdida yuvilmaguncha toza bo‘lmaydi. Yerga yopishgan, masalan devor, daraxt, giyoh, qamishga o‘xshagan narsalar ham xuddi shunday. Shag‘al hukmi ham tuproq kabidir. Agar daraxt yoki qamishdan kesib yoki sindirib olinsa va unga najas tegsa faqat yuvish yoki kesib tashlash bilan toza bo‘ladi. Yerga yotqizib terilgan g‘ishtlar ham yer hukmidadir.
- Suvini chiqarish. Quduq suviga najas tushsa belgilangan miqdorda suv olib tashlash bilan quduqdagi qolgan suv pok hisoblanadi.
- Taqsimlash. Donni yanchiyotgan hayvonlar siydigi aralashib ketgan don taqsimlab olinsa yoki bir qismini olib yuvilsa yoxud birovga berib yuborilsa, qolgan qismi halol hisoblanadi.
- Bir qismini yuvish. Agar kiyimning bir joyiga najas tegsa, keyin uning qaysi joy ekani ma’lum bo‘lmasa, bir joyni qasd qilib yuvilsa, qolgan qismi ham toza hisoblanadi.
83- FATVO
Kiyimning yupqaligidan yirtilib ketmasin deb yuvganda siqmagan bo‘lsa ham zarurat yuzasidan joiz bo‘ladi.
«Naf’ul – muftiy», «ad – Durrul – muxtor»
84- FATVO
Zamzam suvi bilan g‘usl qilish joiz, lekin istinjo qilish makruhdir.
«Naf’ul – muftiy», «ad – Durrul – muxtor»
85- FATVO
Dasht, sahro joylardagi toshlar ustiga siyish, ular bilan istinjo qilish joiz emas. Zero, toshli joylar jinlar maskani hisoblanadi. Shuningdek, suyak va tezaklar bilan ham istinjo qilinmaydi. Zero, suyaklar jinlar ozuqasi, tezaklar esa ulovlarining ozuqasidir.
86- FATVO
Qasddan betahorat namoz o‘qigan kishi kofir bo‘ladi. Imom Halvoniy so‘ziga ko‘ra, tahoratning farzligini bilib turib, betahorat namoz o‘qigan kishi zindiq bo‘ladi.
87- FATVO
Hayz ko‘rgan ayol har bir namoz vaqti kirganda tahorat olib kelib har kuni o‘qiydigan joyiga o‘tirib, bir namoz o‘qiganchalik vaqt mobaynida tasbeh, tahlil o‘qib o‘tirishi mustahab amallardan hisoblanadi.
88- FATVO
Yirtqich qushlarning og‘zidan qolgan suv yoki taom makruh. Lekin ular qafas yoki boshqa ihota qilingan joylarda toza yemish bilan boqilayotgan bo‘lsa, tumshuqlari nopok narsadan ifloslanmayotgan bo‘lsa, ularning og‘zidan qolgan yoki og‘zi tekkan narsa makruh emas. Bu Abu Yusuf (rh.)ning so‘zlari bo‘lib, shunday deb berilgan fatvoni mashoyixlar ma’qullaganlar.
89- FATVO
Katta hovuz yoki oqin ariq suviga hayvon tezagi yoki boshqa najosat turlaridan biri tushgan bo‘lsa, uni biror idish bilan olib tashlaganda shu idish va uning ichidagi suv nopok bo‘ladi. Hovuz va ariq suvi esa pokligicha qolaveradi.
MING BIR FATVO (1-qism)
Shamsiddinxon BOBOXON
Shayx Abdulaziz MANSUR
«O‘zbekiston milliy endiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent – 2005