Bolalarda tish chiqishi – tartibi, muddati va parvarishlash
Birinchi boʻlib pastki qator tishlar – markaziy kurak tishlari chiqa boshlaydi. Ular bir vaqtning oʻzida yoki ketma-ket chiqishi mumkin. Soʻngra xuddi shu tishlarning tepa qismidagilari chiqadi.
Tush tabiri bolalar kiyimi
Информация о характеристиках, комплекте поставки, внешнем виде и цвете книжной продукции носит справочный характер и основывается на последних доступных к моменту публикации сведениях.
Электронная книга
Перед покупкой рекомендуем ознакомиться с разделом “Как читать купленную книгу”!
Чтобы оформить заказ, Вы должны быть авторизованы.
Бумажная книга
Сотувчи – KITOBXON
Дўкон тел.: +998 90 959-25-26, +998 90 976-99-88
Поделиться с друзьями в соцсетях
- Аннотация
- Отрывок из книги
- Комментарии и отзывы
Туш ғайб олами билан боғловчи бир омил, десак, хато бўлмаса керак. Фақат уни тўғри таъбир қилиш учун катта билим талаб этилади. Замонамизда таъбирчиларни топиш қийин, албатта. Шунинг учун мазкур китобда Ибн Сирин, Нобулсий каби олимларнинг китобларидан фойдаландик.
А
Аврат
Ким тушида аврати очилиб, ундан аврат жойи кўринганлигини кўрса, сири фош бўлади.
Аёлнинг бели
Ўрта ёшлардаги аёлнинг белини кўриш қийин ишни талаб қилишга далолат қилади. Ундан ана шу иш йироқлашган бўлади.
Аёл сочининг оқлиги
Аёл сочининг оқлиги ёмон сўздир. Баъзида талоққа ишора.
Аёл сочининг қоралиги
Аёл сочининг қоралиги икки нарсага: эрининг муҳаббати ва турмуш тарзининг яхшиланишига ишорадир.
Аёл сути
Кимки аёлининг сутини кўрса, у аёл асло туғмайди. Агар уларнинг боласи бўлса, у ўз аҳлига бош бўлади.
Аёл супурувчи
У тушда паст амалларни қилувчи киши учун яхши далилдир. Фақирлар учун ҳам, бойлар учун ҳам мол кўпайишига далолат қилади.
Bolalarda tish chiqishi – tartibi, muddati va parvarishlash
Tugʻruqxonalarning oʻzidayoq yangi onalar dunyoga kelgan bolakaylari hayotining ilk oylarida qanday qilib parvarish qilish kerakligi haqida maʼlumotga ega boʻladilar: choʻmiltirish, oziqlantirish, bolakay bilan sayr qilish va boshqalar. Bu vaqtda bolakaylarning ilk tishi chiqishi haqida oʻylashga biroz erta.
Ammo, vaqt bir joyda turmaydi, bolakayda maʼlum bir muddat oʻtgach sut tishlari chiqa boshlaydi. Bu esa bolakay organizmida sezilarli oʻzgarishlarga sabab boʻladi va bolakay uchun hamda ota-onalar uchun ham noqulay holatlarini tugʻdiradi.
- Bolalarda tish chiqishi qachon roʻy beradi?
- Bolalarda tish chiqishi jadvali
- Tish chiqishi kechikishi sabablari
- Bolalarda sut tishlari chiqish tartibi
- Bolakayda nechta sut tishlari boʻlishi kerak?
- Bola organizmi ilk tishlarga qanday taʼsirlanadi?
- Koʻngil aynishi va ich ketishi
- Tish chiqishida isitma kuzatilsa…
- Bolalar sut tishlari chiqayotgan vaqtda qanday yordam koʻrsatish mumkin?
- Sut tishlar chiqish vaqtida bolalar uchun dori preparatlar
- Xulosa
Bolalarda tish chiqishi qachon roʻy beradi?
Bolalarda sut tishlari chiqishi – bu bola bir yoshga kirgunga qadar sodir boʻladigan eng muhim holatlardan biridir. Sut tishlarining chiqishi bola sogʻlom oʻsayotganligidan dalolat beradi. Odatda sut tishlari bola 6 oyligida chiqa boshlaydi. Ammo, bu albatta nisbiy muddat. Sut tishlari ertaroq yaʼni 3-4 oylikda, yoki kechroq 8-9 oylikda ham chiqishi mumkin. Yodda tutish zarur, sut tishlari qancha erta muddatlarda chiqsa, bolakay parvarishi shunchalik eʼtibor talab etadi. Baʼzida bolakaylar tugʻilgan vaqtlaridayoq tishlarga ega boʻladi.
Bolakaylarda sut tishlarining chiqishida tana harorati koʻtariladi, uyquchanlik, burun bitishi, oshqozon ichak tizimida oʻzgarishlar kuzatiladi. Bunday holatlarda albatta shifokor tavsiyalarini olish zarur. Ammo, bu kabi belgilar barcha bolalarda kuzatilmasligi mumkin.
Bolakayda ilk sut tishi chiqishi oson emas. Bu vaqtda bolakay injiq, doimiy yigʻlaydigan va notinch holatga keladi. Albatta, bu bolakay va ota-ona uchun yetarlicha qiyinchilik tugʻdiradi. Xoʻsh, bu vaziyatda bolakayga qanday yordam berish mumkin? Ilk tishlar chiqayotgan vaqtda kelib chiqadigan diskomfortlarni bartaraf etuvchi biror bir preparat yoki muolaja mavjud emas. Shunday boʻlsada bolakayga yordam berish va holatni “yumshatish”ning iloji bor.
Bolalarda tish chiqishi jadvali
Ota-onalar bilishlari muhim boʻlgan davrlar bor. Bolakayda sut tishlari chiqishining aniq bir jadvali yoʻq. Barcha ketma-ketliklar shunchaki nisbiydir. Har bir bola organizmi qatʼiyan individual va oʻziga xos xususiyatlarga ega, yaʼni sut tishlari ham barcha bolalarda turli muddatlarda yorib chiqadi. Hatto, egizaklarda ham tishlar chiqish muddati bir biridan farq qilishi mumkin.
Pediatriya sohasida ilk sut tishlari bola 6 oyligidan chiqa boshlaydi deb oʻrtacha hisobda qabul qilingan. Bola 1 yoshga kirgunga qadar 6-8 ta sut tishlari chiqishi kerak. Ammo, yuqorida taʼkidlaganimizdek bu muddatlarda barcha bolalarda bir xil boʻlavermaydi. Bu muddat bolakayda yondosh kasalliklar boʻlmaganda va sogʻlom bola uchun xosdir.
Ilk sut tishlari chiqish muddatini taxmin qilayotganda ayrim jihatlar va holatlarni inobatga olish kerak boʻladi:
- Nasliy omil (genetik oʻziga xoslik);
- Tashqi muhit sharoitlari (iqlim);
- Bola ovqatlanish ratsioni, ichilayotgan suv kimyoviy tarkibi va sifati;
- Endokrin tizimidagi kasalliklar;
- Bolakay parvarishi va boshqalar.
O‘QING: Qiz bolalarda vulvit kasalligi – sabablari, belgilari, turlari va davolash usullari
Tish chiqishi kechikishi sabablari
Agar ilk sut tishlari chiqishi kechikayotgan boʻlsa – bu normal holat. Ammo, ayrim vaziyatlarda bunga sabab biror bir kasallik boʻlishi ham mumkin:
Adentiya – tugʻma kasallik, tishlar oʻzagi boʻlmasligi. Bunday holatda tishlar chiqishining imkoni yoʻq. kasallik rentgenografiya yordamida aniqlanadi.
Raxit – bolalarda koʻp uchraydigan patologiya, organizmda vitamin Dni qabul qilishi kamayib ketadi. Natijada organizmda toʻqimalar oʻsishi va rivojlanishi uchun kalsiy elementi yetishmaydi. Shu sababli tishlar chiqishi kechikishi mumkin.
Tish oʻzaklari homiladorlik vaqtining birinchi haftalaridanoq shakllana boshlaydi (taxminan 6-7 haftalarda). Bu vaqtda ona hatto oʻzining homilador ekanligini ham sezmaydi.
Bolalarda sut tishlari chiqish tartibi
Tish chiqishi ketma-ketligi inson genetik materialida oldindan belgilab qoʻyilgan boʻladi. Odatda, birinchi boʻlib pastki oldingi tishlar, soʻngra yuqori tishlar chiqadi. Qoziq tishlarining chiqishi bir muncha murakkab jarayon va ularning chiqishi biroz kechroq. Shu sababli qoziq tishlar chiqqunga qadar bolakayni shamollashdan saqlash kerak. Sut tishlarining toʻliq chiqishi bolaning 3 yoshlarida roʻy beradi.
Birinchi boʻlib pastki qator tishlar – markaziy kurak tishlari chiqa boshlaydi. Ular bir vaqtning oʻzida yoki ketma-ket chiqishi mumkin. Soʻngra xuddi shu tishlarning tepa qismidagilari chiqadi.
Keyinchalik yonbosh kurak tishlar chiqadi, avvaliga pastki qatorda soʻngra yuqorigi qator tishlari. Odatda, bir yoshga kirgan bolakayda 4 ta yuqorida va 4 ta pastki sohada barcha kurark tishlari chiqqan boʻlishi kerak.
Soʻngra qoziq tishlari chiqa boshlaydi, ammo qoziq tishlar koʻpincha kech chiqadi va boʻsh tish oʻrinlarini qoldiradi. Shu tariqa qolgan tishlar ketma-ketlikda chiqishda davom etadi.
Tibbiyot amaliyotida tishlar quyidagi tartibda chiqadi va tushib ketadi:
- Markaziy kurak tishlar. Pastki kurak tishlar 6-10 oylikda chiqadi, yuqorigi kurak tishlar esa 7-12 oylikda. Ular bola 6-8 yoshlarida tushib ketadi.
- Yonbosh kurak tishlar. Pastki kurak tishlar 7-16 oylikda, yuqorigi kurak tishlar esa 9-12 oylikda chiqadi. Ularning tushib ketishi bola hayotining 7-8 yillariga toʻgʻri keladi.
- Qoziq tishlar. Pastki qoziq tishlar 16-23 oylikda chiqadi. Yuqorigi qoziq tishlar esa 16-22 oylikda chiqadi va bu tishlar 9-12 yoshga kirganda toʻkilib ketadi.
- Kichik oziq tishlar. Pastki kichik oziq tishlar 12-18 oylikda, yuqorigi kichik oziq tishlar esa 13-19 oyda chiqadi. Bola 9-11 yoshga kirganida tushib ketadi.
- Katta oziq tishlar. Pastki qismdagilar 20-31 oylarda, yuqorigi esa 25-33 oyda chiqsa, bola hayotining 10-12 yoshlarida tushib ketadi.
Bola 3 yoshga kirganida 20 dona tishlarga ega boʻladi. Ammo, bu ham albatta har bir bolakay uchun individual hisoblanadi. 20 ta sut tishlari erta muddatlarda ham chiqishi mumkin (masalan, 2-2,5 yoshda).
Bolakayda nechta sut tishlari boʻlishi kerak?
Bu kabi savol barcha ota-onalarni qiziqtiradi. Ota-onalar bolakay 6 oylik boʻlishi bilanoq tish chiqishi, ularning soniga jiddiy eʼtibor qaratadilar. Har bir chiqayotgan yangi tish bolakayda notinchlik, tana haroratining oshishi, injiqlik, milklarning shishi va boshqa bir qator noxush belgilar bilan namoyon boʻladi.
O‘QING: Chaqaloqni choʻmiltirish tartibi va foydali tomonlari
Yuqorida taʼkidlaganimizdek barcha sut tishlari chiqish muddati hammada oʻziga xosdir. Tishlar ketma-ket qonuniyat asosida chiqaveradi. Kurak tishlari, soʻngra kichik oziq tishlar, keyinroq esa qoziq tishlar chiqa boshlaydi. Kurak tishlar ozuqani yulib olishda, oziq tishlar esa ularni parchalashda ishtirok etadi.
Bola 3 yoshigacha boʻlgan muddatda 20 dona sut tishlari toʻliq chiqib boʻlishi haqida bildingiz. Bu son oʻzgarmasdir, yaʼni tish chiqishi soni homiladorlik vaqtidayoq bolakay gen darajasida belgilab qoʻyilgan boʻladi.
Poliodontiya kasalligi – organizm mutatsion holati boʻlib, bunda tishlar chiqish joyidan, jagʻ ichida qoʻshimcha tish ildizlari rivojlanishidir. Fanga bu kabi holat maʼlum, mutatsiyaga uchragan insonda butun hayoti davomida 232 dona tish chiqqan. Poliodontiya juda kam holatlarda uchraydi, shu sababli xavotirga oʻrin yoʻq. hozirgi kunga qadar bor yoʻgʻi bir necha donagina shu kabi holat qayd etilgan.
Bola organizmi ilk tishlarga qanday taʼsirlanadi?
Tishlar chiqishi bola organizmini zoʻriqtiradi. Shu sababli organizm adaptatsiyasi va tishlar chiqishi fiziologik holat boʻlishiga qaramay bolada sezilarli diskomfort holatlari kelib chiqadi.
Tishlar chiqayotgan vaqtda bola immun tizimi ham zaiflashadi. Bolakay turli xil infeksiyalarga beriluvchan va zaif boʻlib qoladi. Bunday vaqtda bolani shamollamasligida harakat qilish kerak. Bundan tashqari bunday vaziyatda emlashni ham toʻxtatish zarur.
Bola tishi chiqayotgan vaqtda kelib chiqadigan oʻzgarishlar ham barcha bolakaylarda bir xil boʻlavermaydi. Bu ham bolaning ayni shu vaqtdagi holati va sogʻligʻiga bogʻliq.
Quyida ayrim bir simptomlar haqida maʼlumot berib oʻtamiz, ularning namoyon boʻlishi koʻpincha tishlar chiqayotganidan dalolat beradi:
- Soʻlak ajralishining koʻpayishi;
- Ishtahaning pasayishi, butunlay ovqatlanishdan bosh tortish;
- Bolakayning harakatchanligi ortib ketishi, yaʼni u qoʻliga ilingan narsani ogʻziga olib oboraveradi. Buning sababi milklarning qichishishidir;
- Milklar shishi va qizarishi;
- Uyquning buzilishi va injiqlik;
- Soʻlak ajralishining koʻpayishi.
Soʻlak ajralishining koʻpayishi ayrim kasalliklarda kuzatiladi. Ammo, bolakaylarda ilk sut tishlar chiqa boshlaydigan vaqtda ham soʻlak ajralishi koʻpayadi. Bunday vaziyatda bolakaylarda bir qator yondosh kasalliklar ham rivojlanishi mumkin.
- Burun bitishi (soʻlak ajralishining koʻpayishi natijasida soʻlakning oʻrta quloqqa oʻtishi);
- Xirillash, yoʻtal, ayniqsa yotgan holatda kuchayishi. Soʻlakning tomoqqa tushishi va yoʻtal paydo boʻlishi;
- Ich kelishining buzilishi, koʻproq ich ketishi;
- Soʻlak ajralishining koʻpayishi koʻkrak, ogʻiz va iyaklar terisining qoʻzgʻaluvchanligi ortib ketishi;
- Qoʻzgʻaluvchanlik ortishi va bolakay injiqligi.
Qoʻzgʻaluvchanlikning ortishi – bolakaylarda koʻp uchraydigan holatdir, ayniqsa ilk tishlar chiqa boshlagan vaqtda bolalar juda injiq boʻlib qoladilar. Buning sababi quyidagicha:
- Ogʻrib chiqayotgan milklar sohasida qichishish, qichishishning quloq, yonoq va burunga tarqalishi. Doimiy qichishishlar bolakay bezovta boʻlishiga olib keladi.
- Ogʻriq hissi, yumshoq toʻqimadan tuzilgan milklarni yorib chiqayotgan tishlar ogʻriq hissini tugʻdiradi, milklar nerv oxirlariga boy boʻlganligi sababli ogʻriq kuchli boʻladi.
Koʻngil aynishi va ich ketishi
Koʻngil aynishi va ich ketishi – tishlar chiqa boshlaganda kuzatiladigan eng yoqimsiz holatdir. Bunga sabab bolakay oʻz soʻlagini koʻp yutishidir. Agar ich ketishi va koʻngil aynishi bilan birgalikda tana harorati ham koʻtariladigan boʻlsa, bu infeksion kasallikdan dalolatdir. Masalan: astrovirus, norovirus, rotovirus, adenovirus va kalisiviruslar. Agar shu kabi holat bolakayda kuzatiladigna boʻlsa, zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat etish kerak.
O‘QING: Bola uyquda ko’p terlash sabablari, tashxislash va davolash usullari
Tish chiqishida isitma kuzatilsa…
Sut tishlari chiqa boshlaganda tana harorati koʻtarilishi uchrab turadi. Tana harorati odatda 38 gradusdan oshmaydi. Buning asosiy sababi bolakay ogʻiz boʻshligʻida yalligʻlanish jarayonidir. Tana haroratining koʻtarilishi bunday vaziyatda xavfli emas.
Tishlar chiqishi va infeksion kasalliklarni farqlash ota-onalar uchun biroz qiyinchilik tugʻdiradi. Shu sababli yuqorida keltirilgan belgilardan birortasi bolakayda yuzaga chiqadigan boʻlsa darhol shifokor bilan maslahatlashing.
Bolalar sut tishlari chiqayotgan vaqtda qanday yordam koʻrsatish mumkin?
Sut tish chiqishi vaqtida belgilarni kamaytirish va bola umumiy ahvolini yaxshilash biroz qiyinchilik tugʻdiradi. Ammo, bir qator chora tadbirlarni qoʻllash bilan bu davrni yengilroq oʻtkazish ham mumkin.
Tishlar yorib chiqishini yengillashtirish moslamalari. Bolakay chaynashga boʻlgan ehtiyojini kamaytiradi. Sovitilgan holda ishlatish tavsiya etiladi. Sovuq qichishi va achishish hissini kamaytiradi. Bun moslamalarning kamchiligi doimo muzlatib turish kerak boʻlishidir.
Soʻrgʻichlar va soʻrgʻichli shishachalar. Bolakaylarning chaynashga boʻlgan ehtiyojini kamaytiradi. Soʻrgʻichlar tanlayotganda ularning shakliga eʼtibor berish lozim. Bolakaylar uchun ortodontik soʻrgʻichlar tanlagan maʼqul. Bular orasida eng yaxshisi silikon yoki lateksdan tayyorlanganlaridir.
Milklarni massaj qilish. Bolakaylar tishini namlangan tampon bilan yengil massaj qilish mumkin. Shu yoʻl bilan ogʻiz boʻshligʻidagi diskomfort hissini kamaytiradi, hamda antiseptik eritmalar shimdirilgan tamponlar ham ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasiga ham foyda. Eng asosiysi – massaj qilish vaqtida ehtiyotkorlikka rioya etish lozim.
Sut tishlar chiqish vaqtida bolalar uchun dori preparatlar
Zamonaviy farmatsevtika sohasida bolakaylarda ilk sut tishlar chiqish vaqtida diskomfort hissini kamaytirish uchun qoʻllaniladigan dori preparatlari koʻplab ishlab chiqarilmoqda. Albatta, dori preparatlaridan foydalanmagan holda tabiiy usullar bilan diskomfort hissini kamaytirish biroz mushkul. Ammo, foyda berar ekan deb dori preparatlaridan tartibsiz foydalanish ham tavsiya etilmaydi. Bu kabi preparatlarning koʻpchiligida lidokain saqlanadi. Ularni qoʻllashdan oldin pediatr bilan maslahatlashish shart!
- Solkoseril. Gel koʻrinishida chiqariladi. Milklarda ochiq yaralar bitishiga ancha foyda beradi.
- Dentinoks. Romashka ekstrakti va lidokaindan tashkil topgan kompleks preparat. Anestetik (ogʻriq qoldiruvchi) va yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega. Gel va tomchi koʻrinishida chiqariladi. Bir kunda 3 marotabadan ortiq qoʻllash tavsiya etilmaydi (allergik reaksiyalar keltirib chiqarishi mumkin).
- Kalgel – lidokain tarkibli preparat. Yengil ogʻriq qoldiruvchi taʼsirga ega. Shirin taʼmga ega, allergik reaksiyalar keltirib chiqarishi mumkin. Preparat bola 5 oyligidan boshlab qoʻllanilishi mumkin. Gel koʻrinishida chiqariladi va kunda 6 marta qoʻllash mumkin.
- Beybi doktor. Boshqa preparatlardan farqli ravishda tarkibida oʻsimlik saqlaydi. Ogʻriq qoldiruvchi va yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Ammo, allergik reaksiyalar keltirib chiqarmaydi.
- Xolisal. Tarkibida xolin salitsilat saqlaydi, yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega. Kun davomda 2-3 marotaba ishlatish mumkin.
Gomeopatik preparatlar – «dantinorm bebi» quyidagicha taʼsirga ega:
- Yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega;
- Ogʻriqni qoldiradi;
- Ovqat hazm qilishini yaxshilaydi.
Yuqorida keltirilgan prepratlarning barchasini qoʻllashda qarshi koʻrsatmalar mavjud. Shu sababli preparatlarni qoʻllashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Shifokor bolaning umumiy ahvoli, uning sogʻligʻi va boshqa holatlarini hisobga olib tegishli tavsiyalarni beradi!
Xulosa
Bolakaylar tishi chiqqunga qadar va tishi chiqib boʻlgandan keyin ham shirinliklar berish mumkin emas. Aks holda kariyes rivojlanishi mumkin.
Yalligʻlanish va diskomfort hissini kamaytirishda milklarni romashka eritmasi bilan artish yaxshi samara beradi. Ilk tishlar chiqqanidan keyin ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasiga eʼtibor berish kerak. Bolakayning tishlari chiqayotgan vaqtda ularga koʻproq eʼtibor qaratish va undagi boʻlayotgan oʻzgarishlarni eʼtibordan qochirmaslik zarur.
Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu – Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.
Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.