Press "Enter" to skip to content

Tush tabiri oq kiyim

Nima uchun yotoq tush ko’radi?

Tush tabiri oq kiyim

Jahon Chempionati 2014 VIDEO TAMOSHA / ONLAYN KO’RISH / JCH 2014 GOLARNI KO’RISH / ЖЧ 2014 ТАМОША КИЛИШ

Hidoyat sari / ҲИДОЯТ САРИ / IBRATLI / ISLOM / HADISLAR

salat tayyorlash sirlari, antiqa salatlar qilish, salat qilishni organish, pazandalik sirlari, salatlarni qanday tayyorlaydi, yangicha salatlar, 2017 2018 salatlar,

tort qilish, tortni qanday tayyorlaydi, pishiriqlar qilishni o’rganish, yangicha tortlar qilish sirlari, ajoyib malumotlar, to’rt tayyorlash sirlari, o’rganish, tort kursiga

shirinliklar tayyorlash, pazandalik sirlari, ayollar oshxonasi, pishiriq qilishni o’rganish, pazanda o’quv kurslari, mazali pishiriq, mazali shirinlik tayyorlash, sherlar.net. . Soqol o’stirish uchun nima qilish kerak (yigitlarga maslahatlar)

AYOLLAR UCHUN FOYDALI MASLAHATLAR MAKEUPLAR / АЁЛЛАР УЧУН ФОЙДАЛИ МАСЛАХАТЛАР МЭЙКАПЛАР BO’YANISH USULLARI KOSMETIKALAR MASLAHATLAR AYOLLAR UCHUN PARVARISHLAR GIGIENIK MASLAHATLAR KERAKLI MA’LUMOTLAR Макияж Гўзаллик мактаби Тенденциялар Интервью Ҳаёт тарзи Янгиликлар ДЎКОН

Tush tabiri oq kiyim

Onaning hayotdagi eng katta quvonchi, shodligi uning farzandi bilan bog‘liq. Shu tufayli ham ona sifatida bolamning bexosdan bir marotaba yo‘talib qo‘yishi, qo‘lini ko‘proq og‘ziga solishi, yurgan yo‘lida bir-ikki yiqilishi ham xavotirimga sabab bo‘ladi. Shunday paytlarda tanish shifokorlarimning bariga qo‘ng‘iroq qilib chiqaman. Kunning qaysi paytiligidan qat’i nazar qo‘ng‘irog‘imga javob beradigan shifokorlarning ham shaxsiy hayoti bo‘lishi, men uni bezovta qilgan mahal, balki, oila a’zolari bilan dasturxon atrofida o‘tirib, kechki taomni tanovul qilayotgan yoxud uning ham o‘ziga yarasha muammolari bo‘lishi mumkinligi haqida sira o‘ylab ko‘rmagan ekanman. Onamning tanish shifokori bor. Er-xotin bir sohada faoliyat yuritgani uchun ham kasallik bilan bog‘liq biror savol tug‘ilsa, ko‘proq unga qo‘ng‘iroq qilib maslahat so‘rayman. Tunov kuni ham shunday bo‘ldi:

– Assalomu alaykum, Yusuf aka, yaxshimisiz?

– Vaalaykum assalom, nima bo‘ldi?

– Sizni bezovta qilib qo‘ymadimmi?

– Aslo yo‘q. Rulda edim. 5 soniya kutib turing, bir chekkada to‘xtab olaman.

– Farzandimning qorni og‘rib qoldi.

– Nechchi yosh? Tug‘ilganida hech qanday asoratlar bo‘lmaganmidi? Nima sababdan og‘ridi? Iste’mol qilgan mahsulotlarini ayting. Qaysi dori preparatlaridan berdingiz. Men sizni qiynayotgan masala yuzasidan kelinoyingiz bilan ham maslahatlashaman. Hozir u yonimda emasdi. U bilan bir qarorga kelib keyin siz bilan bog‘lanamiz.

Oila a’zolarimdan biri xastalanib qolgan mahal doim shunday qilar ekanman. Ushbu suhbatni yozish jarayonida o‘z harakatlarimdan uyalib ketdim. Mahalla shifokori kelguniga qadar mana shunday qo‘ng‘iroqlar qilib, farzandimni qiynayotgan muammo haqida qisqacha bo‘lsada, ma’lumot olishga ulguraman. Yusuf aka bilan suhbatlashish jarayonini qog‘ozga tushirgan mahal, ushbu oilaning naqadar mehridaryo ekaniga yana bir bora amin bo‘ldim. Ularning hattoki familiyasini ham bilmasligimdan uyalib ketdim. Shu tob shifokorlarning nega endi oppoq xalat kiyib yurishlari sabablaridan birini topgandek bo‘ldim. Tibbiyot xodimi doimo orasta bo‘lib yurishi uchun tatbiq etilgan ushbu maxsus kiyimlar ularning naqadar qalbi pok ekanligidan ham dalolat bergandek, go‘yo. Inson xastalanib qolgan mahal birinchi bo‘lib shifokorlarga najot ko‘zi bilan qaray boshlaydi. Xuddiki, uning kelgusi hayotini u belgilaydigandek. Bir tomondan haq gap. Shifokorning malakasi, bilimi bemor ahvolining yaxshilanib, oyoqqa turib ketishiga sababchi bo‘lishi barchamizga ayon.

Shifokor insonning nafaqat organizmi, balki ruhiy holatini ham davolaydi, – deydi biz bilan suhbatda pedagog Aziza Qobulova – chunki ruhiyatdan tashqari tananing o‘zini davolab bo‘lmaydi. Pedagog ham o‘qituvchi, ham psixolog hisoblanadi, tibbiyot xodimi esa barcha kasblar majmuasidan xabardor kimsa. U ham shifokor, ham psixolog, ham to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib etuvchi oshpaz, ham tibbiy madaniyatni o‘rgatuvchi o‘qituvchi. Qabulga kelgan bemorlarning ko‘pchiligi, xastaligi qolib, shaxsiy hayotidagi muammolarini ham ayta ketadi. Shu paytda shifokorning «Siz nima uchun dardingizni menga dasturxon qilyapsiz. O‘zimning muammolarim ham yetadi», deganini hech eshitmaganman.

Maqolani tayyorlash jarayonida uy bekalarining ham fikri bilan qiziqdik. Poytaxtimizning Olmazor tumanida istiqomat qiladigan Mavluda Rajabova ham o‘z mulohazalarini bildirishga shoshildi:

– Ko‘pincha uy yumushlari bilan bo‘lib, vaqtida tibbiy ko‘rikka chiqa olmayman. Shu paytda patronaj shifokorlar kelib, mening va farzandimning holidan xabar olib, albatta, ko‘rikka chiqib ketishim kerakligini tayinlab ketishadi. Shunday paytlar qaynonam hazillashib, chiqmaguningizcha qo‘yishmaydi, deydilar. O‘zimcha, shunday bo‘lgani ham yaxshi, deb o‘ylayman. O‘zbek ayollari ko‘pincha o‘zini farzandlari, turmush o‘rtog‘iga bag‘ishlab, salomatligi haqidagi masalani eng quyi o‘ringa qo‘yishadi. Hattoki ushbu holatlarni o‘ylab ishlab chiqilgan tizim biz ayollarni salomatligimiz haqida jiddiyroq o‘ylashga chorlaydi.

Shu o‘rinda bugungi kunda tibbiyot xodimlari va ularning faoliyatiga qaratilayotgan e’tibor haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishni joiz, deb bildik. Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tizimida 126 ta ambulator-poliklinika va 41 ta statsionar muassasa mavjud bo‘lib, bosh boshqarma va tuman birlashmalari boshqaruvida ushbu muassasalar tomonidan Toshkent shahrining 2 milliondan ortiq aholisiga jami 8 000 dan ziyod shifokor va qariyb 20 000 hamshira, o‘rta tibbiy va farmatsevt xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirda soha mutaxassislarining kasbga oid bilimlarini yanada oshirishga katta e’tibor qaratilyapti. Ushbu maqsadda Germaniya, Italiya, Fransiya, Avstriya, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Malayziya, Singapur, AQSh, Isroil va boshqa mamlakatlardagi yetakchi klinika hamda tibbiyot markazlarida mutaxassislarimizning tajriba oshirishi tashkil etilayotgani so‘zimiz isbotidir.

Shuningdek, 2006 yil 12 sentyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda shifokorlar bayrami sifatida keng nishonlanadi. Hozirda aholi salomatligi borasida jon kuydirib, mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari ushbu sanani keng nishonlashmoqda. Zero, kasbiga sadoqatli insonlar bayram kunlari ham mahoratlarini ishga solib kasalliklarni davolashda faol mehnat qiladilar.

Feruza Umrzoqova

Nima uchun yotoq tush ko’radi?

Uyqusizlik vaqtida bir kishi boshqa hodisalarga tushib qoladi va ba’zi voqealarni yashaydi. Kecha tafakkurini talqin qilishda eng asosiy narsa, aniqroq javob olish uchun maksimal miqdorda ma’lumotni chaqirishdir.

Nima uchun yotoq tush ko’radi?

Bunday orzular yaxshiroq hayot, yaxshiroq farovonlik uchun umid ko’rsatadi. Ba’zan ular sog’liq va kasallik bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlarni anglatadi. Buzilgan to’shakda muammolar, biznesdagi muammolar, rejalar muvaffaqiyatsizligi va’da qilinmoqda. Yotoqda yotish, tinchlantiruvchi tartibga solingan hayotning belgisidir. Agar boshqa odamning to’shagi tush bo’lsa, u egasining o’limini yoki undan uzoqlashishini anglatadi. Ayol bilan to’shakda yotish – bu osonlikcha qochish mumkin bo’lgan yo’qotishlarni va odamni yangiliklar bilan qabul qiladigan tushni. Yotoqda yotgan kishidan yashirish, vaziyatni o’z-o’zidan hal qilish qobiliyatining yo’qligi.

Katta yotoq nimaga o’xshaydi?

Bunday to’shak, shuningdek, mo’l-ko’l bezatilgan, yaxshi hayotni bildiradi va kuch-qudratga ega bo’lgan odamlarning muammolari va himoyasidan himoya qiladi. Bir ayol uchun ikki kishilik to’shak nikoh demakdir.

Nima uchun bo’sh yotoq tush ko’radi?

Bu tush faqat yolg’iz hayot haqida gapiradi. Bunday tushdan keyin siz juda ehtiyotkor bo’lishga harakat qilishingiz kerak. Hatto bu orzu ham yaqin tanishimning o’tishi mumkin.

Nega yotoq qilishni orzu qilaman?

To’shakni muloyimlik bilan qoplagan tushingiz, yaqinda qilgan harakatlaringizdan noqulay bo’lganingizni anglatadi va siz haqiqatan ham bu haqda unutishni xohlaysiz.

Nima uchun yotoq sotib olishni orzu qilasiz?

Agar siz do’konda to’shagingizni sotib olsangiz yoki uni sotib olishdan keyin qanday qilib uyga olib kirilganligini bilsangiz, u etarlicha yaqin nikoh yoki shaxsiy mol-mulkni olish belgisidir. Agar sizga to’shagingizni sotib olish tavsiya etilsa, ko’rgan narsa sizning his-tuyg’ularingizni ochadigan maxfiy muxlisingiz degan ma’noni anglatadi.