Press "Enter" to skip to content

Tush tabiri oyoq kiyim ibn sirin

Муҳаммад ибн Сирин роҳимаҳуллоҳ туш таъбирига моҳир эди. Ўша пайтда у зот “аср Юсуфи” деган лақаб олган эди. У бундан ташқари муҳаддис, фақиҳ эди. Илмни ибн Аббос, Зайд ибн Собит, Абдуллоҳ ибн Умар розияллоҳу анҳумдан олган эди. Кейинги босқичда эса имом Молик роҳимаҳуллоҳнинг ҳузурида ҳам илм ўқиган эди.

Tovon nega og‘riydi?

Tanamizdagi ayrim bir sohalar borki, ular umumiy ahvolimizga u qadar yomon ta’sir ko‘rsatmasada, og‘rig‘i odamni ancha azobga qo‘yadi. Aslida, aynan tovon hamda oyoq kafti bizni to‘g‘ri yurishimizning sababchilaridir. Tovon esa yana amortizator vazifasini ham bajaradi. Bu oyoqning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun undagi og‘riq ancha noqulaylik tug‘dirishi tabiiy.

Belgilari va alomatlari

Tovon og‘rig‘i asta-sekin, tashqi jarohatlarsiz boshlanadi. Bu og‘riq, asosan, qattiq oyoq kiyim kiyib yurish natijasida kelib chiqadi. Qattiq tovonli oyoq kiyim tovon shishishiga ham olib kelishi mumkin. Dam olgandan keyin og‘riq belgilari kuchayadi. Uyqudan turgandan keyin bemorni kun davomida og‘riq bezovta qiladi. Agar ozgina harakat qilinsa, og‘riq o‘z-o‘zidan yo‘qolishi, ba’zida esa kun davomida yanada kuchayishi mumkin.

Nima uchun tovonda og‘riq paydo bo‘ladi?

Tovon suyagi boshqa suyaklarga qaraganda mustahkam hisoblanadi. U g‘ovak-g‘ovak tuzilishga ega bo‘lib, unda ko‘pgina qon tomirlari hamda nerv oxirlari joylashgan. Shuning uchun ham tovon juda sezuvchan bo‘ladi. Xo‘sh, tovon nima uchun og‘riydi? Quyida buning sabablarini keltirib o‘tamiz.

Tovon pixi

Tovonning g‘adir-budur joyida teri ostida hosil bo‘ladigan suyak o‘simta kasalligidir. Kasallikka, asosan, oyoq panjasi boylam apparatining doimiy va uzoq muddatgacha shikastlanib turishi (raqqosalarda, sportchi-yuguruvchilar va b.), shuningdek, yassioyoqlik sabab bo‘lishi mumkin. Tovon pixi ba’zan gavda og‘irligining tez ortib borishi natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda yuqumli kasalliklardan, podagradan keyin vujudga keladi. Og‘riq kuchi hamisha pixning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘lavermaydi. Aksari g‘oyatda kichik, hatto rentgenda ham ko‘rinmaydigan suyak tuzilmalari kuchli og‘riqqa sabab bo‘lishi mumkin. Tovon pixining tashqi belgilari bo‘lmaydi.

Fassiya (tovon muskul pardasi)

Tovonning ortiqcha zo‘riqishi bo‘lib, juda past poshnali oyoq kiyim kiyish natijasida yuzaga keladi. Tovon pardasi tovondan boshlab oyoq kafti suyaklarigacha keng chiziq hosil qiladi. Og‘riq chiziq bilan tovon ulangan joyda bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Bo‘g‘imlardagi tuzlarni yo‘qotamiz?

Payli jarohatlar

Bunda baland poshnali oyoq kiyim kiyish natijasida tovon zo‘riqib, pay hosil bo‘ladi. Agar bu holat davom etaversa, mavjud bo‘lgan yassitovonlikning kuchayishiga olib keladi.

Tovon suyagini bexosdan urib olganda, tovonda og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Bunda zarba sababli qo‘shni to‘qimalar yallig‘lanadi. Og‘riq juda qattiq va achituvchi bo‘lib, yurganda yanada ko‘chayishi mumkin.

Bulardan tashqari, tovon og‘riqlari tovonning yallig‘lanishiga sabab bo‘luvchi ba’zi infeksiyali kasallik (gonoreya, xlamidoz va boshqa)lar sababli yuzaga kelishi ham mumkin. Tovon faqatgina yurganda emas, balki tinch holatda, masalan, yotganda ham og‘riydi.

Odatda, yallig‘lanish bilan birga quyidagi kasalliklar ham birga bo‘ladi: psoriartik artrit , podagra , tomirlar yallig‘lanishi va h.k. Bunda og‘riq kasallikning asorati bo‘lishi mumkin.

Foydali maslahatlar

Albatta, har bir kasallikni mutaxassis davolagani ma’qul. Shikastlanishning kechishini aniqlash maqsadida rentgenga tushish kerak.

Biz sizga kasallikning oldini olish hamda og‘riqni ozgina bo‘lsa ham, yengillashtirish maqsadida quyidagilarni tavsiya etamiz.

  • Oyoq kiyim tanlashda e’tiborli bo‘ling. Poyabzal yurish uchun qulay bo‘lishi kerak. Ahamiyat bering, sifatli oyoq kiyimlarda maxsus ko‘tarib turuvchi yumshoq matodan tayyorlangan patak bo‘ladi.
  • Agar tovonda og‘riq bo‘layotganini sezsangiz, sport bilan shug‘ullanmaganingiz ma’qul. Yugurish, sakrash, og‘ir yuk ko‘tarish, ko‘p yurish mumkin emas. Bu holatlar vaziyatni yanada chuqurlashtirishi mumkin.
  • Yotishdan oldin tovonga bo‘rsiq yog‘i surtib yotish lozim.
  • Tovon og‘rig‘ini davolash vaqtida muolajalar ta’siri samarali bo‘lishi uchun ko‘proq dam olish kerak.
  • Agar kerak bo‘lsa, baland poshnali oyoq kiyimlardan butunlay voz keching. Oyoq kiyimlarga maxsus ortopedik pataklar qo‘yib yurgan ma’qul.
  • Agar tovon og‘rig‘i doimiy hamda kuchli bo‘lsa, albatta, shifoxonaga boring.

Xalq tabobati usullari bilan davolash

Kartoshkali kompress. Kartoshka po‘sti bilan qaynatiladi. So‘ng yaxshilab ezilib, iliq holda tovonga qo‘yiladi. Doka bilan mahkam bog‘lanadi. Ertalab olib tashlanadi. Muolaja bir oy davom ettiriladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Suyak bo‘g‘imlarining yoshini qanday uzaytirish mumkin?

Turpli muolaja. O‘rtacha kattalikdagi turp qirg‘ichdan chiqarilib, jarohatlangan tovonga bog‘lanadi. Muolaja kamida 3 marta bajariladi.

Tovon og‘rig‘ida bargizub (podorojik)ning barglari samarali yordam beradi. Buning uchun yangi uzib olingan bargizub barglari tovonlarga bog‘lanadi. Barg qurigach, yana yangisi qo‘yiladi. Muolaja 5 6 kun bajariladi.

Tovon pixida og‘riq qolguncha poyabzal kiyishdan oldin paypoq ichiga bitta yong‘oq bargini qo‘yib yurish tavsiya etiladi.

Kechqurun uxlashdan oldin og‘rigan oyoq tovonini sho‘r iliq suvga (suv harorati 35 36 daraja bo‘lishi kerak) solib o‘tirish tovon pixini davolashda yordam beradi.

© G‘ayrat NURIMOV, travmatolog-ortoped.
«Shifo-info» gazetasi.

Tush tabiri oyoq kiyim ibn sirin

Муҳаммад ибн Сирин роҳимаҳуллоҳ туш таъбирига моҳир эди. Ўша пайтда у зот “аср Юсуфи” деган лақаб олган эди. У бундан ташқари муҳаддис, фақиҳ эди. Илмни ибн Аббос, Зайд ибн Собит, Абдуллоҳ ибн Умар розияллоҳу анҳумдан олган эди. Кейинги босқичда эса имом Молик роҳимаҳуллоҳнинг ҳузурида ҳам илм ўқиган эди.

Ибн Сирин билан Ҳасан Басрий роҳимаҳуллоҳнинг орасида қандайдир келишмовчилик бор эди. Ҳасан Басрийнинг ҳузурида ибн Сирин эсланса “қўйинглар ўша тўқувчининг ўғлини эсламанглар!”, дер эди. Ибн Сириннинг аҳли кўпчилиги кийим тўқиш билан шуғулланар эди.

Бир оқшом Ҳасан Басрий роҳимаҳуллоҳ туш кўрди. Тушида у яланғоч бўлиб, қўлидаги таёқ билан гўнг уюмини савалаётган эди. Ҳасан роҳимаҳуллоҳ ғамгин ҳолатда уйғонди. У асҳобларидан бирини ибн Сириннинг ҳузурига юборди. У бориб ибн Сириндан тушни гўёки Ҳасан эмас, ўзи кўргандек қилиб сўради.

Аммо ибн Сирин унга деди:

“Тушнинг соҳибига айт, тушининг таъбири ҳақида тўқувчининг ўғлидан сўрамасин!”.

Ҳасан Басрий роҳимаҳуллоҳ соҳибидан бу гапни эшитгач ибн Сирин рохимаҳуллоҳнинг мажлисига келди. Ибн Сирин уни ўрнидан туриб кутиб олди. Улар қучоқлашишди, бир-бирлари билан ярашишди, бир-бирларига танбеҳ беришди. Сўнг Ҳасан Басрий деди:

– Кел энди, буларни қўй! Тушимнинг таъбирини айт! Қалбимни анча машғул қилиб қўйди.

– Ташвиш қилма! Тушингда яланғочлигинг дунёдан яланғочликдир. Яъни, дунёдан узоқликдир. Сен дунё талабидаги инсон эмассан. Гўнг уюми эса дунёдир. Сен дунёнинг ҳақиқатини кўра оласан. Қўлингдаги таёқ эса инсонларга айтадиган ҳикматларингдир!

Ҳасан Басрий сўради:

– Тушнинг соҳиби мен эканлигимни қаердан билдинг?!

– Бундай тушни кўришга сендан муносиб инсон йўқлигидан.

Ибрат:
Инсонлар, тенгдошлар орасида келишмовчиликлар бўлиб турар экан. Агар биров бу нарсалардан омонда бўлиши мумкин бўлганида Ҳасан Басрий ва Муҳаммад ибн Сиринлар бундан омонда бўлишар эди. Инсон ҳаттоки хусумат қилиб турган кишисига нисбатан ҳам оқилона ҳаракат қилиш лозим экан.

Ҳасан Басрий роҳимаҳуллоҳ ибн Сирин роҳимаҳуллоҳнинг туш илмида моҳир эканлигини билиб ундан тушининг таъбирини сўраб одам юбораяпти. Ибн Сирин роҳимаҳуллоҳ эса Ҳасан Басрийнинг тақвосини билгани учун бу тушга ундан бошқа ҳеч ким ҳақли эмас деб билаяпти.

Улуғларимиз ўзаро ихтилофларини имкони борича энг тез фурсатда бартараф қилишга ҳаракат қилишган. Ҳасан Басрий ва ибн Сирин роҳимаҳуллоҳлар ихтилофларини йўқотиб садоқатни тиклашга битта тушни сабаб қилишаяпти! Аллоҳ бизни ҳам ислоҳ қилсин!