Press "Enter" to skip to content

Oyoq zamburug’i (gribok) qanday kasallik? Va uni davolash usullari

Bundan tashqari quyidagi bir necha usullar yordamida oyoqlarda kuzatiladigan zamburugʻli kasalliklardan xalos boʻlish mumkin:

Tush tabiri oyoq kiyim korsa

Tushda Oy ko’rsa / Тушда Ой курса

Oy – yashirin xukmronlik qilish, osoyishtalik, tasodiflik belgisi. Oy to’lishganligini tushda ko’rish – Yerda yovuz kuchlar hukmronlik qiladigan, jodugarlik, afsungarlik davri boshlanadigan vaqt kelishidan ayon etadi. Tush ko’ruvchiga bunday tush afsungar bilan uchrashishidan, bu uning taqdiriga sezilarli ta’sir ko’rsatishidan shoxidlik beradi. Tushda oyga intilish, sizning qandaydir yangilikka, boshdan kechirmagan voqealarga intilishingizni bildiradi. Ehtimol, bu tush unchalik uzoq, bo’lmagan vaqt ichida shunchalik o’zlashtirilib, kosmik ekspedisiyalar oyga tez-tez borib turadigan vaqt kelishidan va yerda yashovchilarga ham borish imkoni tug’ilishidan xabar beradi. Tushingizda siz ko’rib turgan oy yorqin qizil yoki to’q qizil rangda bo’lsa, ehtiyot bo’lishga ogohdantirishdir, shuningdek, hokimiyat almashuvini bildirishi mumkin. Agar tushingizda oy yorug’ini ko’rayotgan bo’lsangiz – o’ngda bartaraf etishingiz ancha qiyin kechadigan, kutilmagan qarshiliklarga ro’paru kelasiz. Oy aksini suvda yoki oynada ko’rish tushga kirsa, bu voqealarning kutilmaganda o’zgarib ketishini bildiradi. Tushda bo’laklanib ketgan oyni ko’rish, bu o’ngda o’z hayot yo’lingizni tanlashda ruxan charchab, qiyinchiliklarni kechirishingizni bildiradi. Agar tushingizda oy ma’budiga sajda qilish marosimini ado etayotgan bo’lsangiz, o’z zavqingizning qurboni bo’lishni oldini oling.

Oyoq zamburug’i (gribok) qanday kasallik? Va uni davolash usullari

Oyoqlardagi zamburugʻli kasallik dermatovenerologiya sohasida eng keng tarqalgan kasallik boʻlib barcha teri kasalliklari orasida ikkinchi oʻrinda turadi.
Oyoq zamburug’i (griboki) tovonning kam holatlarda butun oyoqning yuza terisi zararlanishi bilan kechadi.

Patologik zamburugʻ bemor inson bilan muloqot vaqtida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etmaslik natijasida yuqadi.

Foto: iStock

Shifokor konsultatsiyasi

Muolajalar va diognostika

Quyida oyoqda uchraydigan zamburugʻli kasallikning yuqish yoʻli, kasallik simptomlari va uning davo chora tadbirlari haqida batafsil maʼlumot keltiramiz.

Kasallik sabablari

Kasallik qoʻzgʻatuvchisi Trixofiton (Trichophyton) turkumiga kiruvchi mikroskopik zamburugʻlardir. Ushbu zamburugʻlarning bir necha turi sogʻlom inson terisida ham uchraydi, ammo ular kasallik chaqirmaydi. Ayrim holatlardagina kasallik yuzaga chiqishi mumkin. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:

  • Oyoq terisi jarohatlanishi;
  • Noqulay oyoq kiyim kiyish;
  • Oyoq terlashi;
  • Oyoqlarda qon aylanishi buzilishiga olib keluvchi surunkali kasalliklar (Reyno kasalligi, ateroskleroz va boshqalar);
  • Oyoqlarning sovuq qotishi va sovuq urishi;
  • Immunitetning zaiflashuvi ;

Oyoq zamburugʻli kasalligi koʻpincha tirnoqlarda kuzatiladigan zamburugʻli kasallik bilan birga kechishi mumkin. Kasallik erkaklarda koʻproq qayd etiladi. Bunga sabab erkaklar oyoq terisining oʻziga xos tuzilganligi, koʻp terlashi va koʻproq noqulay oyoq kiyimlar kiyishidir.

Zamburugʻlar koʻproq oyoq yalang yuradigan joylarda: suv havzalari, sauna, hammom va goʻzallik salonlarida yuqish ehtimoli yuqori boʻladi.

Oyoq zamburug’i belgilari

Oyoq terisining zararlanishi turli xil koʻrinishida boʻlishi mumkin. Kasallikning bir necha shakllari mavjud, aynan shular kasallikning bosqichlari boʻlib ham hisoblanadi.

Skvamatoz – barmoqlar orasi, barmoqlar asosi va kaft yuzasi terisining qipiqlanishi bilan namoyon boʻladi. Bemorlarni bu bosqichda kasallik bezovta qilmaydi.

Skvamatoz-giperkeratotik – teri qipiqlanishi natijasida ayrim sohalar terisi qalinlashadi, terida qadoqlar hosil boʻladi. Barmoqlar orasida qichishish kuzatiladi.

Intertrigioz – qattiqlashgan va qadoqlangan terida yalligʻlanish jarayoni boshlanadi, terida chuqur yaralar paydo boʻladi. Qichishish bilan birgalikda achishish hissi bemorlarni bezovta qila boshlaydi. Ushbu bosqichda koʻpincha tirnoqlarda ham zamburugʻli kasallik rivojlanadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Yuzdagi qora nuqtalar paydo bo’lishi sabablari va ketkazish usullari

Disgidrotik – yalligʻlanish oʻchogʻida seroz pufakchalar paydo boʻladi, ularning ichi suyuqlik bilan toʻladi. Pufakchalar yorilgandan soʻng yarali iz qoldiradi. Bunda bemor achishish va ogʻriq hissini sezadi. Tana harorati koʻtarilishi mumkin. Kasallikning bunday koʻrinishi yiringli asoratlar qoldirishi bilan xavfli hisoblanadi.

Oyoq zamburug’i (griboki)​ kasalligining davosi

Zamburugʻli kasallik davosining samaradorligini oshirishi uchun shifokor mutaxassis bilan maslahatlashish zarur. Shifokor kasallikka aniq tashxis qoʻyadi va davo muolajalarini ham toʻgʻri tanlashda yordam beradi.

Zamburugʻlarga qarshi preparatlar:

  • Maz va kremlar – kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻldiruvchi moddalardan iborat boʻladi.
  • Boltushkalar – zamburugʻlarga qarshi qoʻllaniladigan maxsus dori vositasi boʻlib tarkibida ogʻriq qoldiruvchi, shishga qarshi, zamburugʻlarga qarshi, qurituvchi va boshqa moddalarni saqlaydi.
  • Antiseptik mazlar – yalligʻlanishga qarshi va teri, tirnoqlarda yiringlash ehtimolini kamaytirish uchun qoʻllaniladi. Antiseptik vositalardan tayyorlangan eritmada oyoqlarni vannochkalar qilish davo muolajalar samaradorligini yana-da oshiradi.
  • Tizimli taʼsir etuvchi preparatlar – kasallikning ogʻir kechishida ayniqsa, disgidrotik shaklida bemorlarda ichga qabul qilish uchun dori vositalari buyuriladi.
  • Har qanday mahalliy qoʻllaniladigan preparatlar zararlangan sohaga suriladi.

Zamburugʻli kasallikka qarshi xalq tabobati yordamida kurashish

Teri qipiqlanishi va yaralar hosil boʻla boshlaganda och pushti rangli kaliy permanganat eritmasi (margansovka) da vannochkalar qilish oyoq zamburug’i bezovta qilganda ancha samaralidir.

Foto: LiveInternet

Bundan tashqari quyidagi bir necha usullar yordamida oyoqlarda kuzatiladigan zamburugʻli kasalliklardan xalos boʻlish mumkin:

  • Chistotel. Yarim litr qaynoq suvga 3-4 osh qoshiq chistotel sokidan solamiz. Oyoq terisining zararlangan sohalarini botirgan holatda har kuni 25-30 daqiqa davomida vannochka qiling. Odatda muolaja 20 marotaba takrorlanadi.
  • Dengiz tuzi. 1 litr suvga 1 osh qoshi dengiz tuzi soling. Har kuni oyoqlarni ushbu eritma bilan yuvib turing.
  • Sirka kislotasi. Sirka kislotasi kislotali muhit hosil qilganligi uchun zamburugʻlarni nobud qiladi. Buning uchun 1 litr suvga 100-150 ml 9 % li sirka kislotasini qoʻshing va tayyor boʻlgan eritmada oyoqlarni vannochka qiling.
    Ehtiyot boʻling – kuchli konsentratsiyali sirka kislotasi oyoq terisi kuyishiga olib kelishi mumkin!
  • Qariqiz bargi bilan bogʻlam qoʻyish. Qariqiz bargini maydalang va oyoqning zararlangan sohalarini bint yordamida oʻrab qoʻying. Bunday bogʻlamni kun davomida 2 marotaba takrorlang. Muolaja odatda 3 haftagacha davom etadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Eshak yemi (urtikariya) sabablari, tashxislash va davolash

Oyoq griboki profilaktikasi

Oyoq zamburug’i kasalligining eng samarali davosi – kasallik yuqmasligiga harakat qilishdir. Qoʻzgʻatuvchi oyoqlaringizga tushmasligi uchun bir necha chora tadbirlarni qoʻllang:

  • Begona insonlarning oyoq kiyimlarini kiymang va oʻzingizning oyoq kiyimingizni ham ularga bermang;
  • Agar oila aʼzolaringizdan birida zamburugʻli kasallik kuzatiladigan boʻlsa, shaxsiy gigiyena vositalarini alohida-alohida holda saqlang, Hojatxona va vannalardan foydalanganda ham shaxsiy oyoq kiyimi alohida boʻlishi shart;
  • Oyoq kiyimlarni muntazam ravishda sirka kislotasi yoki 1 % li xlorgeksidin eritmasi bilan artib turing;
  • Oʻzingizga qulay boʻlgan “nafas oladigan” oyoq kiyimini tanlang;
  • Har kuni toza paypoq kiying;
  • Agar oyoqlaringizda koʻp ter ajralsa, talk yoki boshqa kukunlardan foydalaning;
  • Oyoqlarni har kuni kamida 2 marotaba yuvib turing.

Oyoq og’rig’i — sabablari, tashxislash va davolash

Oyoq og’rig’i doimiy bo’lishi yoki vaqti-vaqti bilan paydo bo’lishi mumkin. Og’riq harakatda qo’zg’atilishi mumkin yoki harakat bilan aloqasi yo’q bo’lishi mumkin. Oyoq og’rig’i turiga qarab, boshqa alomatlar bilan kechishi mumkin, masalan: mahalliy isitma, qizarish, uyqusizlik yoki sanchiq.

Qo’l va oyoqlar og’rig’ini keltirib chiqaradigan kasalliklarning aksariyati oyoqlarda kelib chiqadi. Og’riq oyoqning yoki qo’lning butun uzunligi bo’ylab yoki uning biron bir qismida paydo bo’lishi mumkin. Bo’gimlar og’rig’ini esa boshqa maqolada muhokama qilamiz.

Shifokor konsultatsiyasi

Diagnostika

Oyoq og’rig’i sabablari

Shikastlanish va haddan zo’riqish oyoq-qo’llarning og’rig’ining eng ko’p uchraydigan sabablari hisoblanadi, ammo bunday holatda og’riq sababi jarohat ekani aniq ma’lum. Bu maqolada biz jarohatlar yoki zo’riqishlar bilan bog’liq bo’lmagan oyoq-qo’l og’rig’ini muhokama qilamiz. Bunday og’riqning ko’p sabablari bor.

Foto: phlebolog.org

Oyoq og’rig’ining eng keng tarqalgan sabablari:

  • Chuqur tomirdagi qo’yilib qolgan qonning yig’ilishi (chuqur tomir trombozi)
  • Bakterial teri infeksiyasi (flegmona)
  • Orqa miya nerv ildiziga bosim

Kamdan kam uchraydigan, ammo tezkor tekshiruv va davolanishni talab qiladigan oyoq og’rig’ining jiddiy sabablarga quyidagilar kiradi:

  • Qo’l yoki oyoq arteriyasining to’satdan berkilib qolishi (o’tkir arterial okklyuziya)
  • Yumshoq to’qimalarning chuqur infeksiyasi
  • Miokard infarkti (og’riq faqat qo’lda bo’ladi)

Oyoq og’rig’ining boshqa kamroq tarqalgan sabablarga suyak o’smalari, suyak infeksiyalari (osteomielit) va asabga bosim o’tkazilishi yoki nasliy asab kasalligi kabi nevrologik muammolar kiradi (masalan, diabet yoki uzoq muddatli spirtli ichimliklarni suiste’mol qilish)

Oyoq og’rig’i sababini tekshirish

Og’riq paydo bo’lganda, birinchi bo’lib, odamda arteriyani to’satdan berkilib qolmaganiga ishonch hosil qilish kerak, chunki oyoq gangrenasi bir necha soatdan ko’proq vaqt davomida qon oqimi bo’lmagan taqdirda rivojlanishi mumkin. Quyidagi ma’lumotlar shifokorga qachon murojaat qilish kerakligini va tekshiruv paytida qanday tahlillarni o’tkazish kerakligini hal qilishga yordam beradi:

Ushbu maqolani ham o‘qing: Oyoq terlashi va hidlanishining sabablari hamda davolash usullari

Oyoq og’rig’i belgilari — qachon xavfli bo’ladi

Ma’lum alomatlar va belgilar oyoq og’rigi bilan birga kelsa tashvishga sabab bo’lishi mumkin. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • To’satdan kuchli og’riq
  • Ko’rinishi rangi qochgan yoki paypaslaganda sovuq bo’lgan a’zo
  • Ko’krak qafasidagi og’riq, terlash, nafas qisilishi yoki tezkor yurak urishi
  • Jiddiy kasallik belgilari (misol uchun: ong chalkashligi, isitma yoki kollaps)
  • To’satdan shishish, pufakchalar yoki qora dog’lar paydo bo’lishi
  • Yaqinda o’tkazilgan operatsiya, yotoqda dam olish yoki oyoq gipsini quyish kabi muolajalar chuqur tomir trombozi uchun xavfli omillardir
  • Yangi nevrologik simptomlar, masalan, ta’sirlangan oyoq-qo’llarda zaiflik yoki uyqusizlik

Oyoq og’rig’i — qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Ushbu ogohlantiruvchi belgilarga ega bemorlar darhol shifokorga murojaat qilishlari kerak. Agar ogohlantiruvchi belgilar bo’lmasa ham, shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.Alomatlar, yosh va boshqa tibbiy holatlarning mavjudligiga qarab, shifokor bemorni shoshilinch tekshiruvdan o’tkazish zarurligini hal qiladi. Taxminan bir necha kunga kechikish odatda sog’likka katta zarar yetkazmaydi.

Oyoq og’rig’i — shifokor ko’rigi:

Shifokorlar avval bemordan kasallik alomatlari va kasallik tarixi haqida so’rashadi. Keyin ular jismoniy tekshiruvdan o’tadilar. Anamnez va fizik tekshiruv natijalariga ko’ra, ko’pincha oyoq-qo’lda og’riq sababini taxmin qilish va zarur tekshiruvlarni rejalashtirish mumkin.

Shifokorlar quyidagilarni aniqlaydilar:

  • Oyoq-qo’l og’rig’i qancha vaqt davom etganligi
  • Og’riq ma’lum bir vaqtda yoki muayyan harakatlar paytida paydo bo’lishi
  • Og’riqning intensivligi
  • Og’riqning o’tkir yoki pulsatsiyali kechishi
  • Og’riq joyi
  • Qanday harakatlar og’riqni keltirib chiqaradi yoki kuchaytiradi
  • Odam og’riqni yo’qotish uchun nima qilganligi
  • Og’riq bilan birga boshqa alomatlar (masalan, uyqusizlik yoki sanchish) paydo bo’ladimi

Shifokorlar og’riq sababini ko’rsatadigan alomatlarni izlashadi. Bir nechta yaqqol belgilar oyoq-qo’l og’rig’ining sabablarini aniqlashda katta yordam beradi. Masalan, bel yoki bo’yin og’rig’i asab ildizlariga ta’sir qilishi mumkin, isitma esa infeksiyani anglatadi. Nafas qisilishi va yurak urishi qon tomirlari bilan oyoqdan o’pkaga yetkazilgan qo’yilgan qon yig’indisi arteriyaga tiqilib qolishi natijasida paydo bo’lishi mumkin (o’pka tomirlari emboliyasi). Doimiy bo’lmagan yurak urishi, yurak ritmidagi ba’zi bir anormalliklarni (arterial fibrillatsiya) ko’rsatadi, bu qon quyqasini yurakdan chiqib ketishiga va oyoqdagi arteriyani to’sib qo’yishiga olib keladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Bo’g’im og’rishi – sabablari, diagnostikasi va davolash usullari

Og’riq paydo bo’lgan a’zo rangi, shishishi va terining yoki sochlarning har qanday o’zgarishini aniqlash uchun tekshiriladi. Shifokor shuningdek sizning puls, isitma, sezgirlik va krepitatsiyani tekshiradi (yumshoq to’qimalarda yorilish hissi, bu og’ir infeksiya sababli gazlanishni ko’rsatadi). Og’riyotgan va sog’lom tomonlarning kuchi, sezgirligi va reflekslari solishtiriladi. Arterial bosim ba’zida zararlangan oyoqning to’pig’ida yoki qo’l bilagida o’lchanadi va sog’lom qo’l yoki oyoqdagi bosim bilan taqqoslanadi. Agar ta’sirlangan a’zodagi qon bosimi ancha past bo’lsa, oyoq tomirlarini to’silganligi ehtimoli bor.

Oyoq og’rig’ida o’tkaziladigan tahlillar

Qo’l-oyog’ida og’rig’i bo’lgan barcha bemorlar uchun tekshiruv zarur emas. Shifokor ko’pincha alomatlar va fizik tekshiruv natijalariga ko’ra oyoq-qo’llarining ba’zi bir sabablarini, masalan, flegmonani, miyofasiyali og’riqni va og’riqli polinevropatiyani aniqlay oladi. Odatda og’riqning boshqa mumkin bo’lgan sabablarini baholash uchun tahlil tekshiruvi talab qilinadi. Masalan, shifokor periferik arteriya kasalligini aniqlash uchun to’piq-yelka indeksni tekshirishi mumkin. Qon bosimi ikki qo’lda va ikkala oyoqda o’lchanadi. To’piqdagi qon bosimi yelka arteriyasidagi bosimdan ma’lum miqdorda pastroq bo’lsa (qo’l bosimining 90% dan kamrog’i), oyoq-qo’lning qon bilan ta’minlanishi yetarli emas deb hisoblanadi.

Oyoq og’rig’ini davolash

Oyoq-qo’l og’rig’ini davolashning eng yaxshi usuli bu asosiy kasallikni davolashdir. Asetaminofen va steroid bo’lmagan yallig’lanishga qarshi dorilar kabi analgetiklar og’riqni yengillashtiradi. Ba’zida opioidlar ham kerak bo’lishi mumkin.

Maqoladagi maʼlumotlar tanishish maqsadida berilgan. Ushbu maqolada berilgan dori preparatlarini qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar mavjud. Qoʻllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishingiz zarur.

Asosiy natijalar

To’satdan, qattiq og’riq paydo bo’lgan bemorlarda oyoq-qo’ldagi qon oqimi tez-tez to’xtaydi yoki kamayadi, bu holda tekshiruv tezda o’tkazilishi kerak.

Shifokor tekshiruvi paytida aniqlangan alomatlar va xususiyatlar odatda oyoq-qo’l og’rig’ining sababini aniqlashga yordam beradi.