Toshkentdagi ichki kiyimlar do‘konini tanqid qilgan bloger diniy kontenti uchun jarimaga tortildi
“Uenzdey” serialidagi rollardan birini Persi Xayns Uayt ijro etgan, biroq uning ikkinchi mavsumda ishtirok etishi haligacha ma’lum qilinmadi, chunki u mashhurlikka erishgandan so‘ng maktab davridagi harakatlari sabab ayblovlarga duch keldi. Muxlislar uning o‘rniga “Uyatsiz” serialida Karl Gallager rolini o‘ynagan Itan Katkoskiyni nomzod qilib ko‘rsatmoqda.
“Uenzdey”dan “Titanik”gacha: mashhur film va seriallar qanday tasvirga olingani aks etgan qiziqarli suratlar
Mashhur film va seriallarning nafaqat syujetida, balki suratga olish jarayonlarida ham qiziqarli voqealar sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. “Email.ru” nashri muvaffaqiyatli mashhur loyihalarning sahna ortida olingan kadrlarini e’lon qildi.
Jenna Ortega “Uenzdey” serialining barcha suratga olish jarayonlarida unga hamrohlik qiladigan Qo‘l obrazini gavdalantirgan insonni sezdirmaslikka harakat qiladi.
“Uenzdey” serialidagi rollardan birini Persi Xayns Uayt ijro etgan, biroq uning ikkinchi mavsumda ishtirok etishi haligacha ma’lum qilinmadi, chunki u mashhurlikka erishgandan so‘ng maktab davridagi harakatlari sabab ayblovlarga duch keldi. Muxlislar uning o‘rniga “Uyatsiz” serialida Karl Gallager rolini o‘ynagan Itan Katkoskiyni nomzod qilib ko‘rsatmoqda.
Roza poshnali tufli kiygani uchun yiqilib tushishdan qo‘rqadi
Film oxirida tomoshabinlarga kemada qolgan va uni butunlay suv bosgan paytda qo‘llarini tutib turgan keksa er-xotin ko‘rsatiladi. Aslida, bu qahramonlar haqiqiy personajlar — Rozali Ida Shtraus va Isidora Shtraus asosida yaratilgan. Roza Idaga qutqaruv qayig‘idan joy taklif qilishadi, biroq u buni rad etadi, chunki Isidor barcha ayollar va bolalar kemadan evakuatsiya qilinmaguncha qutqaruv qayig‘iga chiqishdan bosh tortadi.
“Ninza toshbaqalar” kinokartinasidagi harakatni suratga olish texnologiyasi eng yaxshisi deb e’tirof etilgan
“Ninza toshbaqalat” filmi dastlab “O‘smir mutant ninza toshbaqalar” deb nomlangan va keyinchalik “Ninza toshbaqalar”ning boshqa qismi suratga olinmasligi e’lon qilingan, biroq bu kinokartinaning yangi qismini qaytarishni talab qilgan muxlislarni g‘azablantirgan va studiya loyihaning davomini suratga olgan.
Kris Xemsvort bolg‘asini qimirlatguniga qadar Elizabet Olsen va Benedikt Kamberbetch qo‘llarini qimirlatgan
“Qasoskorlar: Intiho” filmining boshida tomoshabinlarga Klint Barton oilasi bilan yaxshi vaqt o‘tkazayotgani ko‘rsatiladi va keyin hamma birdan g‘oyib bo‘lgani aniq bo‘ladi. Dastlab, bu sahna “Qasoskorlar: Abadiyat jangi” kinokartinasining yakunida paydo bo‘lishi kerak edi, ammo ijodkorlar uni “Qasoskorlar: Intiho”ga ko‘chirishga qaror qildi, chunki “Qasoskorlar: Abadiyat jangi” filmi davomida Haukey hech qachon paydo bo‘lmagan va u bilan bo‘lgan sahna, rejissorlarning fikriga ko‘ra, film oxirida chalkashib ketishi mumkin.
Frensis Ford Koppola va bosh roldagi aktyorlar ularning filmi kultga aylanishidan ham shubhalanmaydi
Agar kimdir bugun kechqurun ko‘rish uchun film so‘rasa, ko‘pchilik “Cho‘qintirgan ota” kinokartinasi haqida o‘ylaydi, chunki u bir qator nashrlar uchun eng yaxshi loyihalardan biriga aylangan filmdir, lekin suratga olish jarayonlarida hech kim bu ishdan biror arziydigan narsa chiqishiga ishonmadi. Frensis Koppola tajribasi kam bo‘lgan, mashhurlikka erishmagan rejissor edi va shuning uchun uni hech kim jiddiy qabul qilmadi.
Al Pachino ham xuddi shunday mashhur bo‘lmagan aktyor edi va shuning uchun uni ishdan bo‘shatishni istagan prodyuserlarning tanqidiga duch keldi. Marlon Brando esa mashhur aktyor edi, biroq u juda muammoli vaziyatlarga sabab bo‘lganligi bois studiya Koppolani bosh rollardan birini o‘ynashiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildi. Suratga olish jarayonlari ham oson bo‘lmagan, ba’zi aktyorlar faqat suratga olish oralig‘ida zavqlanishgan va film muvaffaqiyatiga ishonmagan. Ammo “Cho‘qintirgan ota” kartinasi chiqqaniga 50 yildan ortiq vaqt o‘tganiga qaramay, barcha holatlarda esda qoladigan filmga aylandi.
Maykl Jordan yashil odamlardan hayratda qoladi
Basketbol o‘yini oxirida Daffi Bill Myurreydan bu yerga qanday yetib kelganini so‘raydi, u “Prodyuser mening do‘stim”, — deb javob beradi. Bill haqiqatan ham uning do‘sti bo‘lgan prodyuser Ivan Reytman tufayli ushbu filmga tushadi.
Piter Jekson Ien Makkelenga sehr ishlatmaslikni, hammani tayoq bilan urish kerakligini tushuntiradi.
“Cho‘qintirgan ota” filmdagi Koppola singari, Piter Jekson ham “Uzuklar hukmdori” loyihasi bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Jon Tolkinning ulkan asarining ekranga moslashuvi ko‘pchilik uchun uddalash qiyin bo‘lgan loyiha bo‘lib chiqdi, ammo Jekson yuzlab o‘qish qiyin bo‘lgan matn sahifalarini tuzib, ularni uchta filmga joylashtirdi, shunda filmda sodir bo‘layotgan voqealar tomoshabinga yetkaziladi. Tolkinning ijodi bilan tanish bo‘lmagan muxlislar uchun ham, oddiy tomoshabinlar uchun ham ekrandagi voqealar oson ko‘rinadi.
Piter Jekson hali ham ba’zi muxlislarning, jumladan, Kristofer Tolkinning g‘azabiga duch keldi. Ular Jeksonga muhim sahnalarni kesib tashlagani va ba’zi nuqtalarda hikoya chizig‘ini o‘zgartirgani uchun tanbeh berdi. Bungacha Piter loyihani suratga olishdan oldin va suratga olish jarayonida tanqidlarga uchragan. Avvaliga u juda ko‘p qiziqarli sahnalarni va hatto butun syujetlarni kesib tashlamoqchi bo‘lgan Vaynshteyn bilan kurashdi, lekin oxirida Jekson o‘z ssenariysini boshqa studiyaga ko‘chirish orqali ustunlikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Biroq u yerda ham hamma narsa joyida emas edi. Bir kuni kinostudiya vakili rejissorning oldiga suratga olish jarayonlari vaqtida kelib, agar film muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, uyi musodara qilinishini aytdi. Jekson muloyimlik bilan uni kuzatib qo‘ydi va loyihani suratga olishda davom etdi.
Toshkentdagi ichki kiyimlar do‘konini tanqid qilgan bloger diniy kontenti uchun jarimaga tortildi
Toshkentdagi Milavitsa ichki kiyimlar do‘konining tashqi vitrinasiga modellar surati tushirilgani va bunday suratlarni joylashtirishga «ruxsat bergan» tuman hokimligini tanqid qilgan bloger 24 yoshli Chirchiq shahrida yashovchi Sh. A. bo‘lib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar berdi.
«Mana bunga ahamiyat bering. Yaxshilab qarang. (Bolalarning — tahr.) ko‘zlarini tezroq ochilsin deb bunga ruxsat berdinglarmi? To‘rtinchi, beshinchi sinf o‘quvchilari shu yerdan o‘tadi. Bunga chora ko‘rasizlarmi?», — degandi bloger videoda.
Keyinroq muallif yana bir video e’lon qilgan. Unda do‘kon oynasida modellarning fotosuratlari yo‘qligini ko‘rish mumkin.
«Bollar, mana buni qaranglar. Kechagi videodan keyin bu yerdagi fohishalarning rasmini olib tashlashibdi. Rahbarlarga tushungani uchun rahmat. Ko‘ryapsizmi, hammamiz bir jamoa bo‘lib mushtni bir joyga ursak, ko‘p ishlarni hal qilib tashlasak bo‘ladi», — deya murojaat qilgan u obunachilarga.
Biroq oradan vaqt o‘tib, ichki kiyimlar do‘koni modellar suratini vitrinaga qaytardi, ularning bir qismini almashtirdi. Hokimlik esa do‘konni suratlarni olib tashlashga majburlamaganini bildirdi.
Poytaxt IIBBning xabar berishicha, 16 fevral kuni Sh. A. Chirchiq shahar IIO FMB taklif etilgan. O‘tkazilgan suhbatda u yuqorida keltirilgan do‘kondagi reklama bannerlariga nisbatan munosabatini «o‘zining diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda bildirganligini» aytgan.
Shuningdek, erkak turli diniy mavzudagi materiallarni amaldagi qonunchilikka zid ravishda ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali tarqatib kelayotganligi aniqlangan. U bilan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonuniga asosan o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida qonunchilik hujjatlari talablari tushuntirib o‘tilgan.
Xususan, unga tadbirkorlik subyekti mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi kabi qonun normalari tushuntirilgan. Tadbirkorlik faoliyati subyekti o‘z ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlarga raddiya berilishini sud tartibida talab qilishga haqli ekani ma’lum qilingan.
«Turmushda va jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishda insonlar o‘zlarining shaxsiy diniy va axloqiy qarashlari orqali boshqalarga baho berishi yoki boshqacha ko‘rinishda aralashishi mumkin emas. Ushbu tartibga qarshi har qanday insonlarning harakati qonun asosida qat’iy ta’qib qilinadi», — deyiladi boshqarma xabarida.
Qayd etilishicha, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunining 10-moddasiga binoan, mamlakat hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatish dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan, sud idoralari tomonidan fuqaro Sh. A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184−2-moddasiga (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) asosan, bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
«Turli millat va konfessiya vakillari istiqomat qiladigan jamiyatimizda qonun bilan o‘rnatilgan va ijtimoiy kelishuv asosida tartibga solinadigan munosabatlarga qarshi har qanday turdagi nojoiz gap-so‘z va sa’y-harakatlar aholi orasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishiga va turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Jamiyatda qabul qilingan yurish-turish qoidalarini hurmat qilgan holda, milliy qonunchiligimizga itoatkor bo‘lishga chaqiramiz», — deyiladi Toshkent IIBB axborotida.