Press "Enter" to skip to content

Avtomat kir yuvish mashinalarida yuvilgan kiyimlar pok bo‘lmaydimi

Савол. Пайғамбаримиз Муҳаммад Мустафо соллаллоҳу алайҳи ва саллам оламдан ўтган пайтлари улар ювилган сув буғланиб булутга айланган, кейин ўша булут ёмғир бўлиб, ҳар бир томчиси тушган жойда масжидлар бор, деп эшитганман. Шу фикр тўғрими?

ПАЙҒАМБАРИМИЗ АЛАЙҲИССАЛОМ ЮВИЛГАН СУВ

Савол. Пайғамбаримиз Муҳаммад Мустафо соллаллоҳу алайҳи ва саллам оламдан ўтган пайтлари улар ювилган сув буғланиб булутга айланган, кейин ўша булут ёмғир бўлиб, ҳар бир томчиси тушган жойда масжидлар бор, деп эшитганман. Шу фикр тўғрими?

Жавоб. Бу ҳақида ишончли оят ёки ҳадис ёки ривоят мавжуд эмас. Ушбу фикрнинг тарқалишига давримиз уламоларидан Муҳаммад Мутаваллий аш-Шаъровий раҳимаҳуллоҳ деган олимнинг каромати сабаб бўлган:

Бир анжуманда у зот ана шу саволни – “Пайғамбаримиз Муҳаммад Мустафо соллаллоҳу алайҳи ва саллам оламдан ўтган пайтлари улар ювилган сув қаерга кетган?” деган саволни анжуман иштирокчиларга берган, лекин ҳеч ким жавоб бера олмаган. Шунда анжуман раиси уйига келиб китобларни ахтариб, бу борада бирор маълумот топа олмай ухлаб қолади. Тушида Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламни бир фонус кўтарган одам билан бирга кўради. Дарҳол у зотдан: “Сизнинг ғусл қилинган сувингиз қаерга кетган?”, деб сўрайди. У зот фонус кўтариб олган одамга ишора қиладилар. У эса: “Улар ювилган сув буғланиб булутга айланган, кейин ўша булут ёмғир бўлиб, ҳар бир томчиси тушган жойда масжидлар барпо бўлади”, деб жавоб беради. Анжуманнинг эртасига раис: “Кечаги саволга жавоб бермоқчиман”, дейди. Ҳазрат аш-Шаъровий: “Жавобини биласизми? Қани айтингчи!”, дейдилар. У киши: “Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ювилган сув буғланиб булутга айланган, кейин ўша булут ёмғир бўлиб, ҳар бир томчиси тушган жойда масжидлар барпо бўлади”, дейди. Ҳазрат аш-Шаъровий: “Буни қаердан билдингиз?”, деб сўрайди. У киши: “Тушимда Пайғамбаримиз алайҳиссаломни кўрдим, у зотнинг ўзлари айтдилар”, дейди. Шунда, Ҳазрат аш-Шаъровий: “Йўқ, уни сизга фонус кўтарган киши айтдику!” дейди. Раис ва анжуман қатнашчилар бу гапдан даҳшатга тушишади, ҳайрон бўлишади. Бировнинг кўрган тушини ҳам биров билар эканми?! Ҳа, авлиёлик шундай бўлади: ундан “Сиз буни қаердан билдингиз?”, деб сўрайдилар. Шунда, Ҳазрат аш-Шаъровий раҳимаҳуллоҳ: “Ўша фонус кўтарган одам мен эдим!”, деб жавоб берадилар.

Муҳаммад Мутаваллий аш-Шаъровий (1911-1998) Мисрлик машҳур олим. 100 га яқин асарлар муаллифи, у «Қуръон»нинг кўп жилдлик тафсири билан шуҳрат қозонган. Муфассир сифатида бутун дунёга танилган улуғ олимлардан бири бўлган. Аллоҳ раҳмат қилсин.

Юқоридаги ривоят Ҳазрат аш-Шаъровийнинг авлиёлиги ва кароматини билдирса ҳам, лекин, бу ривоятга унчалик тўғри келмайдиган бошқа нақллар ҳам мавжуд:

Пайғамбаримиз алайҳиссаломнинг вафотларидан кейин у зотни ечинтирилмасдан кийимлари билан бирга ювилгани маълум. Ювилган сув тоғорага олинган. Имом Аҳмад раҳматуллоҳи алайҳи ривоят қилишларича, ўша тоғорага олинган сувни Ҳазрати Али разияллоҳу анҳу ичганлар. Унда бундай дейилган:

كَانَ الْمَاءُ مَاءُ غُسْلِهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حِينَ غَسَّلُوهُ بَعْدَ وَفَاتِهِ يَسْتَنْقِعُ فِي جُفُونِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَكَانَ عَلِيٌّ يَحْسُوهُ

“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам вафотларидан кейин у зотни ювилган сув Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг тоғораларига йиғиб олинган. Ҳазрати Али разияллоҳу анҳу уни ҳўплаб-ҳўплаб ичган эдилар” (Аҳмад, 1/2403).

Пайғамбаримиз алайҳиссаломни ювилганидаги сувни Ҳазрати Али разияллоҳу анҳу ҳўплаб-ҳўплаб ичганлари ва ҳатто иккала кўзларига тўпланган сувни ҳазрати Али разияллоҳу анҳу сўриб-шимиб олиб ютиб юборганлари “Саҳиҳи Бухорий” шарҳловчиларидан бири Аллома ал-Қасталоний раҳимаҳуллоҳ томонидан ёзилган “ал-Мавоҳиб ал-ладуния” асарида нақл қилинган. У Пайғамбаримиз алайҳиссалом ҳақларида ёзилган 4 жилдлик муҳим китоб ҳисобланади. Бироқ, у ерда бу ривоятнинг саҳиҳ эмаслиги айтилган (Аҳмад ал-Қасталоний. ал-Мавоҳиб ал-ладуния. 4-жилд. – Байрут: ал-Мактаб ал-исломий, 2004. – Б. 557).

Хуллас, агар мана шу икки ривоятни ҳақиқат деб қабул қиладиган бўлсак, Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи ва саллам оламдан ўтган пайтлари улар ювилган сувдан Ҳазрати Али каррамаллоҳу важҳаҳу табаррук сифатида ичганлар. Лекин, сувнинг ҳаммасини ичиб йўқотмаган, албатта. У зотдан қолдирилган сув ҳавога буғланиб кетган бўлиб чиқади. Ўша буғланган сувлар томчиси ерга тушган бўлса, ҳар бир томчиси тушган жойда масжидлар барпо қилинади.

PAYG’AMBARIMIZ ALAYHISSALOM YUVILGAN SUV

Savol. Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallam olamdan o’tgan paytlari ular yuvilgan suv bug’lanib bulutga aylangan, keyin o’sha bulut yomg’ir bo’lib, har bir tomchisi tushgan joyda masjidlar bor, dep eshitganman. Shu fikr to’g’rimi?
Javob. Bu haqida ishonchli oyat yoki hadis yoki rivoyat mavjud emas. Ushbu fikrning tarqalishiga davrimiz ulamolaridan Muhammad Mutavalliy ash-Sha’roviy rahimahulloh degan olimning karomati sabab bo’lgan:
Bir anjumanda u zot ana shu savolni – “Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallam olamdan o’tgan paytlari ular yuvilgan suv qayerga ketgan?” degan savolni anjuman ishtirokchilarga bergan, lekin hech kim javob bera olmagan. Shunda anjuman raisi uyiga kelib kitoblarni axtarib, bu borada biror ma’lumot topa olmay uxlab qoladi. Tushida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni bir fonus ko’targan odam bilan birga ko’radi. Darhol u zotdan: “Sizning g’usl qilingan suvingiz qayerga ketgan?”, deb so’raydi. U zot fonus ko’tarib olgan odamga ishora qiladilar. U esa: “Ular yuvilgan suv bug’lanib bulutga aylangan, keyin o’sha bulut yomg’ir bo’lib, har bir tomchisi tushgan joyda masjidlar barpo bo’ladi”, deb javob beradi. Anjumanning ertasiga rais: “Kechagi savolga javob bermoqchiman”, deydi. Hazrat ash-Sha’roviy: “Javobini bilasizmi? Qani ayting-chi!”, deydilar. U kishi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yuvilgan suv bug’lanib bulutga aylangan, keyin o’sha bulut yomg’ir bo’lib, har bir tomchisi tushgan joyda masjidlar barpo bo’ladi”, deydi. Hazrat ash-Sha’roviy: “Buni qayerdan bildingiz?”, deb so’raydi. U kishi: “Tushimda Payg’ambarimiz alayhissalomni ko’rdim, u zotning o’zlari aytdilar”, deydi. Shunda, Hazrat ash-Sha’roviy: “Yo’q, uni sizga fonus ko’targan kishi aytdi-ku!” deydi. Rais va anjuman qatnashchilar bu gapdan dahshatga tushishadi, hayron bo’lishadi. Birovning ko’rgan tushini ham birov bilar ekanmi?! Ha, avliyolik shunday bo’ladi: undan “Siz buni qayerdan bildingiz?”, deb so’raydilar. Shunda, Hazrat ash-Sha’roviy rahimahulloh: “O’sha fonus ko’targan odam men edim!”, deb javob beradilar.
Muhammad Mutavalliy ash-Sha’roviy (1911-1998) Misrlik mashhur olim. 100 ga yaqin asarlar muallifi, u “Qur’on”ning ko’p jildlik tafsiri bilan shuhrat qozongan. Mufassir sifatida butun dunyoga tanilgan ulug’ olimlardan biri bo’lgan. Alloh rahmat qilsin.
Yuqoridagi rivoyat Hazrat ash-Sha’roviyning avliyoligi va karomatini bildirsa ham, lekin, bu rivoyatga unchalik to’g’ri kelmaydigan boshqa naqllar ham mavjud:
Pay’gambarimiz alayhissalomning vafotlaridan keyin u zotni echintirilmasdan kiyimlari bilan birga yuvilgani ma’lum. Yuvilgan suv tog’oraga olingan. Imom Ahmad rahmatullohi alayhi rivoyat qilishlaricha, o’sha tog’oraga olingan suvni Hazrati Ali raziyallohu anhu ichganlar. Unda bunday deyilgan:

كَانَ الْمَاءُ مَاءُ غُسْلِهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حِينَ غَسَّلُوهُ بَعْدَ وَفَاتِهِ يَسْتَنْقِعُ فِي جُفُونِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَكَانَ عَلِيٌّ يَحْسُوهُ

“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan keyin u zotni yuvilgan suv Payg’ambar sollallohu alayhi va sallamning tog’oralariga yig’ib olingan. Hazrati Ali raziyallohu anhu uni ho’plab-ho’plab ichgan edilar” (Ahmad, 1/2403).
Payg’ambarimiz alayhissalomni yuvilganidagi suvni Hazrati Ali raziyallohu anhu ho’plab-ho’plab ichganlari va hatto ikkala ko’zlariga to’plangan suvni hazrati Ali raziyallohu anhu so’rib-shimib olib yutib yuborganlari “Sahihi Buxoriy” sharhlovchilaridan biri Alloma al-Qastaloniy rahimahulloh tomonidan yozilgan “al-Mavohib al-laduniya” asarida naql qilingan. U Payg’ambarimiz alayhissalom haqlarida yozilgan 4 jildlik muhim kitob hisoblanadi. Biroq, u yerda bu rivoyatning sahih emasligi aytilgan (Ahmad al-Qastaloniy. al-Mavohib al-laduniya. 4-jild. – Bayrut: al-Maktab al-islomiy, 2004. – B. 557). Xullas, agar mana shu ikki rivoyatni haqiqat deb qabul qiladigan bo’lsak, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam olamdan o’tgan paytlari ular yuvilgan suvdan Hazrati Ali karramallohu vajhahu tabarruk sifatida ichganlar. Lekin, suvning hammasini ichib yo’qotmagan, albatta. U zotdan qoldirilgan suv havoga bug’lanib ketgan bo’lib chiqadi. O’sha bug’langan suvlar tomchisi yerga tushgan bo’lsa, har bir tomchisi tushgan joyda masjidlar barpo qilinadi.
Hamidulloh Beruniy.

Avtomat kir yuvish mashinalarida yuvilgan kiyimlar pok bo‘lmaydimi?

Savol: Hozirgi kunda ko‘pchilik avtomat kir yuvish mashinalaridan foydalanadi. Unga pok va nopok kiyimlar aralash solinadi. Shunday yuvilgan kiyimlar pok bo‘ladimi?

Javob: Nopok kiyimlar zamonaviy avtomatik kir yuvish mashinalarida yuvilsa, shubhasiz, pok bo‘ladi va ular bilan turli ibodatlarni bajarish mumkin.

Ulamolarimiz najosatlarni ikkiga – ko‘rinadigan va ko‘rinmaydiganga ajratadilar. Ko‘rinadigan najosatlarni poklash to‘g‘risida “Fatavoi hindiyya”da shunday deyiladi: “Agar ko‘rinadigan najosat bo‘lsa, uni poklash – ayni o‘zini ketkazish, agar izi (rangi, hidi) yo‘qoladigan narsa bo‘lsa, izini yo‘qotish bilan bo‘ladi. Bu ishda yuvish sonining e’tibori yo‘q (“Muhit”).

Bir marta yuvganda najosatning ayni (ya’ni, o‘zi) ketsa, shu bilan kifoyalanadi. Agar uch martada ham ketmasa, toki najosatning ayni ketguncha yuviladi” (“Sirojiya”).

Asmo roziyallohu anho ayt dilar: «Bir ayol Nabiy sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: “Birortamiz kiyimida hayz ko‘rsa (ya’ni, kiyi miga najosat tegsa), qanday qiladi?” dedi. U zot alayhissalom: “Uni (ya’ni, ayni najosatni) ketkizasiz, ke yin suv bilan ishqalab yuvasiz. So‘ngra u kiyimda namoz o‘qiyverasiz”, deb javob berdilar» (Imom Buxoriy rivoyati).

Asari (ya’ni, hidi yoki rangi) ko‘rinmaydigan najosatdan poklash – uni uch marotaba yuvish va agar imkoni bo‘lsa, uch marotaba siqish bilan bo‘ladi (“Muxtasarul viqoya”).

“Aslida kiyimni najosatdan poklash (yuvish) “Endi kiyim toza bo‘ldi”, degan xayolga kelguncha davom etadi. Chunki mana shunday g‘olib gumon shar’iy masalalarda (xususan, aniq bilish uzrli bo‘lgan holatlarda) dalildir. Lekin vasvasadan qutulish uchun yuvishning sonini uch yoki yetti marta, deb belgilab qo‘yiladi” (“Ixtiyor”).

Demak, ko‘rinmaydigan najosatlarda siqish imkoni bo‘lgan ashyolarni poklash uchun ularni uch marotaba yuvish va har yuvganda siqib, imkon qadar suvini chiqarib yuborish lozim bo‘ladi.

Zamonaviy kir yuvish mashinalarida yuvilgan narsalarni hukmi haqida Misrning “Darul-ifto” fatvo hay’ati quyidagicha xulosa qiladi: “…Kiyimlarni avtomatik kir yuvish mashinalarida poklash – boshqa yuvish usullaridan ko‘ra ancha mukammaldir. Chunki avval boshda bir necha marta yuvish bilan najosatning ayni – ta’mi, rangi va hidi yo‘qoladi. Keyingi (to‘rtinchi va beshinchi) yuvishlar bilan najaslik hukmi ham ketadi. Kiyimlarni avtomatik mashinalarda poklash – ularni najosatdan mukammal tozalashdir”.

Demak, avtomat kir mashinalarga solingan nopok kiyimlarga dastlab sovunli suv quyilganda (taxminan uch marta) najosat tarqaladi, lekin shu bilan birga undagi ayni najosatlar ketadi. To‘rtinchi va beshinchi marta toza suv bilan yuvilganda esa najosat hukmi butunlay ketadi. Buning ustiga har gal suv quyib yuvilganda kiyimdagi suv butkul chiqarib yuboriladi va bu siqishning o‘rniga o‘tadi.

Avtomat kir yuvish mashinasi ichidagi kiyimlar solinadigan chambarak (baraban)ning o‘zi qanday pok bo‘ladi, deyilsa, unga “Fatavoi hindiyya” kitobida keltirilgan jumla bilan javob beriladi: “Najosat kiyim uchta kir yuvish tog‘orasida (bir martadan) yoki bitta tog‘orada uch marta yuvilsa va har safar siqib olinsa, pok bo‘ladi. Chunki shu tarzda yuvish odat tusiga kirgan. Agar shunda ham kiyim poklandi, deb hisoblanmasa, odamlarga mashaqqat bo‘ladi”.

Xulosa o‘rnida, hozirgi kunda ommalashib ulgurgan avtomatik kir yuvish mashinalarida yuvilgan kiyim va matolarni najosatdan to‘liq pok langan deyishimiz mumkin.

Shuni eslatib o‘tish kerakki, yuqorida aytilgan hukmlar faqat to‘liq avtomat kir yuvish mashinalariga tegishli, yarim avtomat yoki oddiy kir yuvish mashinalariga tegishli emas. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati

“Islom Nuri” diniy-ma’rifiy gazetasining 2020-yil, 22-sonida