Press "Enter" to skip to content

Bosh og’rig’i — sabablari, qanday qilib bosh og’rishidan qutilish mumkin

Maxsus bosh og’rig’ini rivojlanish xavfi mavjud — bu og’riq qoldiruvchi vositalardan kelib chiqqan bosh og’rig’i (Абузусная головная боль) deb ataladi. Bunday holda, og’riq qoldiruvchi preparat bosh og’rig’ini qo’zg’atadi. Bunday og’riqni davolash juda qiyin kechadi.

Bosh og‘rishi — sabablari, belgilari va asoratlari

Bosh og‘rishi – tibbiyot sohasida eng ko‘p uchraydigan simptomlardan biridir. Bosh og‘rishi belgilari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

Og‘riqning bosh aylanishi va hushdan ketish bilan birga kechishi

Bosh og‘rishi vaqtida qon tomirlarning holati o‘zgarganligi sababli bosh aylanishi va hushdan ketish holatlari kuzatilib turadi. Ko‘p tarqalgan shunday kasalliklardan biri – migrendir. Bu holat vaqti vaqti bilan takrorlanib turib, vaqt o‘tgan sari ahvol og‘irlashib boradi. Bunday holatga sabab uzoq vaqt ovqatlanmaslik natijasida qon tomirlar orqali yetarlicha oziq moddalar kelmasligi bo‘ladi.

Ko‘pincha bosh og‘rig‘i qon bosimi past yoki yuqori bo‘lganlarda uchraydi. Inson hushini yo‘qotganda uning qon bosimi tushib ketadi. Bu holatni uyquchanlik bilan taqqoslasa ham bo‘ladi.

Agar simptomlar peshona sohasida bo‘lib, shu vaqtda ko‘rish o‘tkirligi ham pasaygan bo‘lsa, bunga sabab ortiqcha tana vaznidir. Odatda bosh og‘rig‘i va hushdan ketishlar turli xil travmalardan keyin, ba’zida miya shishida yuzaga keladi. Inson hushini yo‘qotgandan keyin o‘ziga kelganda bosh og‘rishi bilan ko‘ngil aynishi ham seziladi. Qo‘shimcha simptomlarga ko‘z oldida nuqtalar va qora dog‘ ​ lar paydo bo‘lishi, qo‘l va oyoq uchlarining muzlashi kiradi. Bunda inson boshini biror-bir narsa bilan qattiq o‘ralgandagi kabi holatni sezadi. Bir vaqtning o‘zida eshitish qobiliyati ham susayishi kuzatilishi mumkin. Agar bosh aylanishiga – spirtli ichimlik sabab bo‘lsa, bosh og‘rig‘i qon hujayralarining intoksikatsiyasi bilan tushuntiriladi.

Bosh og‘rishi va ko‘ngil aynishi, siqib og‘rishi

Bunday holatning kuchli namoyon bo‘lishi meningit, orqa va bosh miyaning infeksiya ta’sirida zararlanishidan dalolat beradi. Bir vaqtning o‘zida tana harorati ko‘tariladi va inson umumiy holsizlikni sezadi, umumiy qaltirash boshlanadi. Katta yoshdagi odamlar bunday simptomni bosh miya qon tomirlari shikastlanganda sezishadi. Ko‘pincha holsizlik travma olish natijasida yoki uning asorati sifatida kelib chiqadi. Bunda moddalar almashinuvi buzilib inson quyidagi simptomlarni sezadi:

  • Qo‘l va oyoqlarning qaltirashi;
  • Ularning muzlashi;

Bundan tashqari, yondosh simptomnlar ham birga keladi, masalan ko‘ngil aynishi va qusish kabi, simptomlar insult, bosh miya ichki qon quyilishlari, subdural gematomalarda. Agar og‘riq sababi – frontit bo‘lsa, og‘riq peshona, chakka sohalariga tarqaladi.

Bosh og‘rishi va tana harorati oshishi

O‘RVI va gripp – shu kabi yallig‘lanish kasalliklari tana harorati oshishiga sabab bo‘ladi. Organizmda intoksikatsiya ketadi. Tana harorati stabil ya’ni 37,5 C dan past bo‘lmagan ko‘rsatkichlarda bo‘lsa, bu organizmda qandaydir infeksion jarayon ketayotganligidan dalolat beradi. Meningitda og‘riq juda kuchli bo‘ladi, tana harorati oshishi ham kuzatiladi. Bundan tashqari tana mushaklari qisqargan bo‘ladi. Agar simptomlarga qayt qilish ham qo‘shilsa zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat etish kerak.

Grippda bosh og‘rishi kuchsizroq namoyon bo‘ladi va quyidagi sohalarda kuzatiladi:

  • Ko‘zlarga;
  • Chakkaga – bir taraflama yoki ikki taraflama;
  • Peshona.

Gripp kasalligini aniqlab olish oson, bunda bosh og‘rig‘i eng xavfsiz simptomdir. Tana harorati ko‘tarilishi qon tarkibining o‘zgarib ketishiga olib keladi. Organizm og‘riqqa sabab bo‘lgan infeksiyalar bilan kurashadi va bu kurash tana harorati ko‘tarilishi bilan yuzaga chiqadi. 38 C tana harorati kuzatilsa, isitma tushiruvchi preparatlar qo‘llash tavsiya etiladi. Bunda bosh og‘rig‘i siquvchi, bo‘yin mushaklari harakati chegaralangan bo‘ladi. Agar simptomlar hayz ko‘rish vaqtida yuzaga kelsa oddiy og‘riqsizlantiruvchi preparatlar bilan og‘riqni qoldirsa bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Matonatli Dildora. U qanday qilib noto‘g‘ri tashxisni yengdi?

Bosh og‘rishi va qusish

Kuchli bosh og‘riq va qayt qilish meningit sababli bo‘lishi mumkin. Bunda og‘riq juda kuchli va diffuz (tarqoq) bo‘ladi. Og‘riq xuddi “bosh ichidan yorilib chiqadigandek” bo‘ladi. Bu esa miya ichi suyuqliklari sintezi kuchayotgani va miya ichida shish ketayotganidan, bosh miya ichki bosimi oshayotganidan dalolat beradi. Og‘riq retseptorlari kuchli qo‘zg‘aladi. Bosh miya ichki bosimi oshganda bemor kuchli qo‘zg‘algan bo‘ladi, ayniqsa gallyutsinatsiyalarda bemor baqiradi va har xil harakatlar qiladi. Bosh terisi ta’sirchan, mushaklar qisqarishi ortgan bo‘ladi. Bosh og‘rig‘I birinchi soatlardan paydo bo‘ladi va qayt qilish bilan kechadi.

Ko‘pincha og‘riq va qayt qilish har xil travmalarda ham kuzatiladi, masalan bosh miya chayqalishi, kontuziya, lat yeyish kabi. Bosh miyaning zararlanishlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Kompressiya;
  • Qon tomirlar devori yorilishi;
  • Bosh suyaklari sinishi va shu kabilar;
  • Subaroxnoidal qon ketishlarda ham bosh og‘rig‘i va qayt qilish kuzatiladi. Buning oqibati ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.

Bosh og‘rig‘i va quloqlardagi shovqinlar

Ko‘pchilikka vestibular apparat shikastlanishi degan patologiya ma’lum. Bu organ qon bilan juda yaxshi ta’minlangan. Vestibular apparatning zararlanishida bosh og‘riq bosh va ko‘z olmasini harakatlantirganda kuchayadi. Bunda bosh og‘rishi bilan birga quloqlarda shovqinlar ham eshitiladi, bosh miya ichki bosimi oshadi. Ko‘ngil aynishi va qusish yuzaga keladi. Belgilar 2-5 soatgacha davom etdi. Bunga sabab umurtqalararo qon tomirlarining siqilib qolishidir. Bu esa miyada qon oqib ketishining qiyinlashishiga, miya ichki bosimi oshishiga olib keladi.

Bosh og‘rig‘i bo‘yin va tomoq og‘rig‘i bilan birga

Ko‘pincha bo‘yin umurtqalari osteoxondrozida “bo‘yin migreni” kuzatiladi. Uni odatiy migren bilan adashtirmaslik kerak. Og‘riq bo‘yin umurtqalari sohasidan boshlanib, boshga ham o‘tadi. “Bo‘yin migreni” simptomlari bosh og‘rig‘i ko‘proq bo‘yin sohasidan boshlanib, chakka sohasiga, ko‘zlarning bir tomoniga tarqaladi. Og‘riq xurujsimon ko‘rinishda keladi, qayt qilish ham yuzaga kelishi mumkin. Xurujning davomiyligi 6-10 soat. Bemor boshini og‘ ​ riq bo‘lmagan tomonga burgan holatda bo‘ladi.

Bo‘yin osteoxondrozida ba’zida bosh miyaning ayrim sohalarida ham kamchiliklar uchraydi. Ko‘proq diensefal yoki gipotalamik qismida. Bunda bosh og‘rig‘i yurak urishi, qaltirash bilan birga keladi. Xuruj 20-30 daqiqa davom etadi.

Tomoqdagi og‘riqlarga noinfeksion va infeksion sabablar bo‘ladi. Gaymorit va sinusit – yiringli bakteriyalar natijasida kelib chiqadigan kasallik. Burun oldi bo‘shlig‘i shilliq qavati yallig‘lanishida o‘ziga xos simptomlar kuzatiladi. Og‘riq burun yoni, ko‘zlarning osti va ustida sezilib, bosh og‘rig‘i ko‘proq bir taraflama bo‘ladi. Og‘riq bosimli, siquvchi xarakterda bo‘ladi. Ba’zida bemor chiday olmaydigan darajada kuchli og‘riq og‘riqni sezishi mumkin, qovoq shishi ham kuzatiladi, ayniqsa zararlangan tarafda.

Bo‘yin sohasi mushaklari va umurtqalari travmasi natijasida bosh og‘rig‘i va migren kuzatiladi. Buning sababi mushaklar spazmidir. Og‘riq to‘satdan paydo bo‘ladi. Odatda og‘riq boshning orqa sohasida, ba’zida kalla suyagining yuqori qismida paydo bo‘ladi.

Pulsatsiyali bosh og‘rig‘i

Pulsatsiyali kuchli bosh og‘riqlari odatda tomirlardan qon oqishi buzilishidan kelib chiqadi. Gipotoniyada qon tomirlarning kengayib ketishi hisobiga pulsatsiyali og‘riq paydo bo‘ladi, bunga sabab qon tomirlar vegetodistoniyasidir. Eng keng tarqalgan, pulsatsiyali kuchli bosh og‘rig‘i arteriovenoz shuntlarning patologik ochilib ketishida yuzaga keladi. Ba’zida alkogol ta’sirida organizmda gistamin va adrenalin miqdori ham oshadi, shunday holatda ham boshda pulsatsiyali (lo‘qqilovchi) og‘riq paydo bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Migren kasalligi (So‘ragan edingiz)

Gipertoniyada ham pulsatsiyali bosh og‘riqlar uchrashi mumkin. Ko‘pincha shamollashda arterial bosim oshishi hisobiga boshda “lo‘qqilovchi, ichki tomondan urganga” o‘xshagan og‘riq yuzaga keladi. Bundan tashqari, stress holatlarida arterial bosim oshishidan ham pulsatsiyali og‘riq kuzatiladi.

Bosimli (siquvchi) bosh og‘rig‘i

Bosh og‘riqlari ichida eng ko‘p uchraydigani. Aholining 90 % ga yaqinida uchrab turadi. Har qanday yoshda yuzaga chiqadi, eng xavfli yosh 25-30 yoshlar hisoblanadi, ayniqsa ayollarda. Bunga sabab odatda organizmning zo‘riqishidir. Masalan psixologik zo‘riqishlarda boshning og‘riqli qismida bosim, nima bilandir siqib turganga o‘xshagan belgilar namoyon bo‘ladi, xuddi “siqib turgan bosh kiyimi” kabi. Bunda boshning chakka, peshona, tepa sohalarida og‘riq hissi paydo bo‘ladi. Og‘riq bo‘yinga, ko‘z sohasiga tarqalishi ham mumkin.

Yuqoridagi kabi simptom bosh miya absessida ham kuzatilishi mumkin. Bosh miya to‘qimalarining yiringli bakteriya ta’sirida zararlanishidir. Agar uning kelib chiqishiga quloqlardagi patologiyalar sabab bo‘lsa, og‘riq lokalizatsiyasi chakka sohasi bo‘ladi. Absessning joylashgan joyi simptomatikaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi.

Bosimli og‘riq ensefalitda ham yuzaga chiqishi mumkin. Bunda og‘riq doimiy, qayt qilish bilan birgalikda keladi.

Bosh og‘rig‘iga sabablar

Gipertoniya sababli og‘rishi

Gipertonik kasallik vaqt o‘tishi bilan xavfli bo‘lib bormoqda. Bu kasallikning asosiy belgilaridan biri bosh og‘rig‘idir. Ilmiy izlanishlarda 30 % yaqin gipertoniya bilan kasallangan insonlar, o‘zlarida aynan shu kasallik borligini doimiy bosh og‘rig‘iga shikoyat qilib shifokorga murojaat etganlarida aniqlab olishgan.

Arterial bosim oshishi qon tomirlar tonusining oshishi va nerv oxirlarini qo‘zg‘atishi bilan tushuntiriladi. Qo‘zg‘algan nerv oxirlari impuls tarqatib bosh miyada to‘planadi va doimiy bosh og‘riqlariga sabab bo‘ladi. Bosh miya ichki bosimi ortishi ham miyaning siqilishiga olib kelib, doimiy, to‘mtoq bosh og‘riqlari sabab bo‘ladi.

Qon-tomir-vegetodistoniyasi sababli bosh og‘rishi

Vegeto-tomir distoniyas ​i (vegetososudistaya distoniya) – asr kasalliklaridan biri. Uning ko‘p uchrashiga sabab psixosomatika bilan bog‘liq. Kasallik psixologik zo‘riqishlar oqibatida yuzaga chiqadi. Yurak ishlashi sezilarli darajada o‘zgaradi, bu esa gipertonik kasallik yoki yurak ishemik kasalligi boshlanishidan darak beradi. Vegeto-qon-tomir distoniyasida bemorlar bosh og‘rishiga shikoyat qilishadi, og‘riq boshning turli sohalarida, har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Agar gipertoniya natijasida og‘riq kelib chiqsa, ko‘pincha boshning chakka, peshona qismlarini qamrab oladi. Sutkaning har qanday qismida paydo bo‘ladi va to‘mtoq, simillovchi, cho‘ziluvchan xarakterga ega bo‘ladi. Shu bilan birga teri rangi oqarishi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik ham yuzaga keladi. Gipotonik xarakterda og‘riq pulsatsiyali ko‘rinishda bo‘ladi.

O‘sma kasalligida bosh og‘rig‘i

Bosh miyani ezib qo‘ygan o‘sma o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi. U juda kuchli namoyon bo‘lib, bemor zudlik bilan shifokorga murojaat etishni xohlaydi. Miya o‘smalarida og‘riq miya hujayralarining ezilib og‘riq retseptorlarining qo‘zg‘alishi natijasida kelib chiqadi. O‘smaning joylashgan joyiga qarab og‘riq ham turli sohalarda paydo bo‘ladi, ayniqsa uyqudan keyin, egilganda, aksa urganda va yo‘talganda kuchayadi.

Spirtli ichimliklardan keyingi bosh og‘rig‘i

Alkogolik ichimlikning har qanday bo‘lishidan qat’iy nazar qon hujayralariga, tomirlarga, ayniqsa yurak tomirlariga salbiy ta’sir etadi. Alkogoldan keyin bosh og‘rishiga asosiy sabab kislorod tanqisligidir. Qizil qon tanachali kislorod tashish o‘rniga alkogol ta’sirida o‘z vazifasini bajara olmay qoladi. Kislorod tanqisligiga esa miya eng sezuvchan organdir, kislorod yetib kelmagandan keyin miya hujayralari o‘la boshlaydi. Miya esa o‘lgan hujayralarni chiqarib tashlash uchun ichki bosimni oshiradi va bu boshda og‘riq paydo bo‘lishiga olib keladi. Og‘riq pulsatsiyali siquvchi, xuddi “bosh yorilib ketadigandek” ko‘rinishda bo‘ladi, qo‘shimcha ravishda qayt qilish, kekirish va oshqozonda og‘riqlar ham paydo bo‘ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: “Bebosh bola” sindromi (4-qism)

Egilganda bosh og‘rishi

Agar bosh og‘rig‘i tanani pastga egganda yuzaga kelsa, bunga sabab quyidagi bir qator kasalliklar bo‘lishi mumkin:

  • Bo‘yin sohasi mushaklari zo‘riqishi;
  • Bo‘yin spondilyozi;
  • Arterial gipertenziya – kam harakat, bo‘yin sohasi mushaklari qotib qolgan bemorlarda ko‘proq kuzatiladi. Uzoq muddatli stress ham gipertenziyaga sabab bo‘ladi;
  • Bo‘yin osteoxondrozi (bo‘yin migreni);
  • Bosh miya o‘smalari;
  • Gaymorit, sinusitlar;
  • Og‘riq chakka, ensa, peshona sohalarida kuzatilib, unchalik kuchli xarakterga ega bo‘lmaydi.

Zo‘riqishlardagi bosh og‘rig‘i

Emotsional, psixologik, stress natijasida zo‘riqishlarda boshda doimiy, boshning butun qismini egallab oluvchi, to‘mtoq, bir xil darajadagi og‘riqlar seziladi. Jismoniy zo‘riqishlar, charchash, bo‘yin mushaklari zo‘riqishida ham boshda og‘riqlar bo‘ladi. Bunday turdagi og‘riqlar vaqtinchalik xarakteriga ega dam olgandan keyin, asablar tinchlanganda keyin o‘tib ketadi.

Issiq ob- havo ta’sirida bosh og‘rishi

Quyosh nuri ostida uzoq muddat turish mumkin emas. Ko‘pchilik issiq ob havo ta’sirida bosh og‘riqlarini sezishadi, bunda og‘riq pulsatsiyali bo‘ladi. Issiq ob havo ta’sirida organizm suvsizlanadi, buning natijasida miyada qon aylanishi sekinlashadi va og‘riqlarga sabab bo‘ladi. Bosh og‘rig‘i faqatgina issiq ob havo emas, balki dim xonalarda ham bo‘ladi. Dim xonalarda karbonat angidrid gazi ko‘payganligi uchun bosh og‘rishi, lanjlik, uyquchanlik holatlari kuzatildi.

Orgazm vaqtidagi (jinsiy aloqa) bosh og‘rishi

Bu barcha organlar jisniy aloqaning kulminatsion nuqtasiga yetganda kuchli qo‘zg‘alishi va miyaga qon ko‘p kelishidan kelib chiqadigan bosh og‘rig‘idir. Bunday og‘riq vaqtinchalik bo‘ladi.

Bosh og‘rig‘iga sabablarni sanab o‘tamiz:

  • Bosh miya kasalliklari. O‘tkir va surunkali travmalar, o‘smalar, meningit va boshqalar;
  • Qon tomir kasalliklari (migren, arterial giper va gipotoniya);
  • Psixogen – stress, uyqusizlik;
  • Bosh miya ichki bosimi oshishi;
  • Miyadan tashqari sabablar – infeksion kasalliklar, dorilarning nojo‘ya ta’sirlari, bosh suyakalari, umurtqa pog‘onasi, mushaklardagi kasalliklar;

Bosh og‘rig‘ining asoratlari

Barcha kasalliklar o‘zlaridan asorat qoldirishadi. Bosh og‘rig‘i ham biror-bir kasallik asoratidir, uni simptomatik belgi desak ham bo‘ladi. Bosh og‘rig‘ini umumiy kasallik fonida davolash kerak.

Arterial gipertenziyada kelib chiqqan bosh og‘rig‘i, har safar qon bosim oshganda paydo bo‘laveradi. Tongda, aksa urganda, yo‘talda, hayajonlanganda paydo bo‘lib, insonga diskomfort tug‘diradi. Arterial bosim normada bo‘lib, boshda og‘irlik hissini sezish bosh miya qon tomirlarida ateroskleroz ketayotganidan dalolatdir.

Ba’zida kitob o‘qigandan keyin ham bosh og‘rishi kuzatiladi. Bu ko‘zlarning adaptatsion mexanizmi buzilganidan dalolat beradi. Agar kerakli chora tadbirlar ko‘rilmasa – ko‘ruv o‘tkirligi bilan muammolar kelib chiqishi mumkin. Peshonadagi og‘riqlar – ba’zida glaukomaning simptomi ham bo‘lib keladi.

Xullas, bosh og‘rig‘i turli xil jiddiy kasalliklar belgisidir, shuning uchun bosh og‘rig‘ining asl sababini aniqlab o‘z vaqtida davo choralarini ko‘rish zarur.

Bosh og’rig’i — sabablari, qanday qilib bosh og’rishidan qutilish mumkin

Bosh bir necha sabablarga ko’ra og’rishi mumkin — shamollashdan, biron sababga ko’ra zix bo’lishdan. Ba’zan bosh og’rig’i shu darajada tez-tez uchraydiki, dorilarni hadeb qo’llash xavfsiz bo’lmaydi yoki bosh og’rig’i shunday joyda yuz beradiki, og’riq qoldiruvchi dori yoki dorixona topishning iloji bo’lmaydi.

Ba’zi kishilarda esa og’riq qoldiruvchi dorilarga allergiya mavjud yoki salomatlik holati bo’yicha bunday preparatlarni qo’llash taqiqlangan bo’ladi. Shunday holatlarda dori-darmonlarsiz, qo’l ostida mavjud narsalar va xalq tabobati yordamida qanday qilib bosh og’rig’ini qoldirish mumkin?

Albatta, quyida keltirilgan retseptlar og’riqni yo’qotish uchun 100% kafolat emas, lekin ular ko’pincha sezilarli yengillikni baxsh etadi va sog’lig’ingizga zarar yetkazmaydi.

Og’riqqa qarshi aromaterapiya

Qadim zamonlarda turli xil o’simliklarning efir moylari hidi ko’plab kasalliklarni davolashda ishlatilgan. Bosh og’rig’ida lavanda xushbo’yligi bilan yordam beradi — u yengillik baxsh etadi, ruhiy zo’riqishni yumshatadi va tinchlantiradi, uxlab qolishga yordam beradi.

Agar siz lavandani yoqtirmasangiz, yalpiz samara berishi mumkin — u ham stressga barham berib, ba’zan bosh og’rig’iga javobgar nervlarni tinchlantiradi. Yalpiz moyini bosh terisiga o’n daqiqa davomida surtib, uqalash tavsiya etiladi. Yalpiz moyi bo’lmasa, yangi yalpiz barglarini qo’llashingiz mumkin: ularni yaxshilab ezib, chakka, bo’yin va peshonaga muloyimlik bilan surting.

Asal qo’shilgan yalpizli choy ichishingiz mumkin. Yoningizda bir flakon yalpiz yoki lavanda moyi olib yuring, og’riqning dastlabki belgilarida uni oching va har bir burun bilan taxminan bir daqiqa usbu xushbo’y hidlarni hidlang.

Yordamchi sovuq

Zo’riqish, allergiya, spazm yoki shamollash tufayli yuzaga kelgan bosh og’rig’ida sovuq yordam beradi. Muzni sochiqqa o’rang va sochiqni biroz namlab oling, so’ngra peshona va boshning ikki yon qismiga tuting. Agar boshning hamma joyi og’riyotgan bo’lsa, bo’yinga va yelkalarga qo’yishingiz mumkin.

Muzni sochiqqa o’ramasdan foydalanmang. Bu qon tomirlarning spazmiga sabab bo’ladi va birozdan keyin og’riqni kuchaytiradi.

Tinchlantiruvchi issiqlik

Agar bosh og’rig’i bo’yin osteoxondrozi yoki mushaklarning spazmi bilan bog’liq qon ayalnishining buzilishi tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, boshning qon aylanishini normallashtirish kerak. Bunday maqsadda tomirlarni biroz kengaytirish talab etiladi va bo’yin sohasiga issiq suvli grelka qo’yish yoki issiq dush qabul qilish aynu muddaodir.

Aytgancha, dush o’z-o’zidan bosh og’rig’idan halos qiladi, ayniqsa kontrast dush. Agar yaqin atrofda isitish uchun grelka yoki dush bo’lmasa, bo’yin mushaklarini, boshni ayalana bo’ylab harakatlantirish va bo’yinning orqa qismini uqalash ham qon aylanishini yaxshilaydi.

Toza havo

Ko’pincha bosh og’rig’i oddiygina gipoksiya, ya’ni kislorod yetishmasligi tufayli yuzaga keladi, ayniqsa isitish mavsumida, isitgichlar bizga kerak bo’lgan kislorodni yoqib yuborganida. Bunday vaziyatlarda har soat 5 daqiqadan toza havodan nafas olish yoki yarim soat toza havoda sayr qilish bosh og’rig’ini samarali qoldirishi mumkin. Sayr qilishning iloji bo’lmasa, balkonga chiqib, 10 daqiqa chuqur va sekin nafas oling. Hech bo’lmaganda bir kunga chekishni tashlash kerak: nikotin va sigaretaning tutuni gipoksiya va bosh og’rig’i rivojlanishiga hissa qo’shadi.

Sog’lom uyqu

Ko’pincha bosh og’rig’i uyquga to’ymaslik va ortiqcha charchash oqibatida kelib chiqadi. Bunday vaziyatda shunchaki yotib, ko’zingizni yuming, uyquga ketishga harakat qiling yoki hech bo’lmaganda bir necha soat mobaynida dam oling. Xona derazalarini bir muddatga oching yoki xonani oldindan shamollatib qo’ying va yotoqxona nam va salqin ekanligiga ishonch hosil qiling.

Nuqtali va umumiy massaj

Anchadan buyon ma’lum: tananing muayyan nuqtalarini bosib, ko’p alomatlarni tuzatish mumkin.

  • Bosh barmoq ko’rsatkich barmoq bilan uchrashadigan joyni massaj qiling. Barmoqlaringizni ikki tomonga yoying, agar uni bosgan paytda og’riq his qilsangiz, bu faol nuqtadir. Taxminan 5 daqiqaga massaj qiling, bosh og’rig’i tezda pasayadi.
  • Burunning ustidagi nuqtaning massaji bosh og’rig’ini kamaytirishga yordam beradi, ushbu nuqtani aniqlash uchun qosh chizig’i va burun chizig’i tutashadigan joyni tasavvur qiling.
  • Ikki simmetrik nuqta bor — bu qoshlarning tugagan joylari, bir vaqtning o’zida ikkalasini ham massaj qilish kerak.
  • Soch o’sishi biroz burilgan burchakka ega bo’lgan nuqtalar, ikki barmoqlaringiz bilan bir vaqtning o’zida massaj qiling.
  • Ko’pincha, quloqning yumshoq qismini massaj qilish yordam beradi.
  • Bo’yinning soch o’sish qismi joyi, bo’yin umurtqasining ikki yonidagi chuqurchalarni bosish. Ushbu sohani aniqlash yanada osonroq bo’lishi uchun ko’ylak yoqasi mavjud deb tasavvur qiling, ana o’sha yoqa balandligida bo’yin umurtqasini toping.

Monitordan uzoqlashing

Ko’pincha bosh monitorning o’chib-yonishidan og’riydi, ayniqsa, u suyuq kristalli displey bo’lmasa yoki uning chastotasi 60 MHz ga teng bo’lsa. Bunday ekranda ko’zga ko’rinmaydigan, ammo miya tomonidan seziladigan o’chib-yonish mavjud, u miyani bezovta qiladi va charchatib qo’yadi.

Ishda har soat 10 daqiqali tanaffuslar qilishga harakat qiling, tanaffus vaqtida siz butunlay turishingiz va monitordan uzoqlashishingiz, uzoqqa qarab, biroz yengil mashqlar qilishingiz kerak.

Xalq tabobati vositalari

Ilgari, har bir uyda «oltin yulduzcha» yoki «yulduzcha» balzami bor edi. Ularni yonoqqa va qoshlar orasiga qo’yishardi, bu juda katta yordam edi («yulduzcha» hozirda ham sotilmoqda).

Valeriana ildizini qaynoq suvga solib, kuniga uch marta bir osh qoshiqdan ichishingiz mumkin, bu stress tufayli paydo bo’lgan bosh og’rig’iga yordam beradi.
Limon po’stlog’ini olib, og’riqli joyga qo’ying, og’riq o’tib ketadi.

Agar bosh og’riqlar doimiy ravishda kuzatilsa — shifokorga murojaat qilish kerak!

Bosh og’rig’i — sabablari, turlar va uy sharoitida davolash usullari

Bosh og’rig’i yoki sefalgiya eng ko’p uchraydigan shikoyatlardan biridir. Bu zudlik bilan davolanishni talab qiladigan turli xil kasalliklarning alomati bo’lishi mumkin.

  • Bosh og’rig’i sabablari
  • Bosh og’rishi turlari
    • Migren
    • Kuchlanish og’rig’i (Tenzion turi)
    • Klaster bosh og’rishi (Хортоновская головная боль)
    • Yuqumli kasalliklar tufayli bosh og’rishi
    • Sinusli bosh og’rig’i
    • Bosh miya ichki bosimi oshishi sababli bosh og’rishi
    • Uch shoxli nerv chaqirgan bosh og’rig’i
    • Bosh og’rishiga qarshi dorilar
    • Bosh og’rig’i kuzatilganda og’riq qoldiruvchi dorilarni necha marta qabul qilish mumkin?
    • Og’riq qoldiruvchi dorilarni tez-tez ishlatilish xavfi qanday?
    • Uy sharoitida bosh og’rig’ini davolash va oldini olish usullari

    Bosh og’rig’i sabablari

    Bosh og’rig’i quyidagi sabablarga ko’ra yuzaga keladi:

    • bo’yin va bosh jarohatlari;
    • gormonal muvozanat buzilishi;
    • doimiy stressli vaziyatlar;
    • surunkali charchoq;
    • meteota’sirchanlik;
    • miya saratoni;
    • bosh nervlarining yallig’lanishi;
    • yuqumli kasalliklar;
    • qon bosimi oshishi;
    • ruhiy kasalliklar;
    • qon tomir kasalliklari;
    • meningit;
    • insult;
    • infektsiyaning mavjudligi.

    Ba’zida tabletka ko’rinishidagi kontratseptivlarni va tarkibida tiramin miqdori yuqori bo’lgan ovqatlarni qabul qilish paytida bosh og’rig’i yuzaga kelishi ham mumkin.

    Bosh og’rishi turlari

    Bosh og’rig’ining quyidagi turlari ajratiladi:

    Migren

    Ko’ngil aynishi bilan birga kechib, kuchli hidlarga va yorqin nurga toqat qilmaslikka olib keladigan kuchli og’riq. U umumiy zaiflik bilan birga keladi. Og’riq xurujining davomiyligi 4 soatdan 3 kungacha. Ko’pincha migren 20 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan odamlarda uchraydi. Bu hayot uchun xavfli emas, lekin bu odamga jiddiy noqulaylik tug’diradi.

    Kuchlanish og’rig’i (Tenzion turi)

    Bosh og’rig’ining eng keng tarqalgan turi. Ko’pincha yengil, ammo u odamni muntazam ravishda bezovta qilishi va 7 kungacha davom etishi mumkin. Og’riqning tabiati siqilish yoki bosish kabi bo’ladi. Og’riq peshona, tepa va ensaga tarqaladi. Ushbu turdagi og’riq sindromi uzoq vaqt davomida o’tirish holatida bo’lgan yoki kuchli psixo-emotsional stressga duchor bo’lgan odamlarda uchraydi.

    Klaster bosh og’rishi (Хортоновская головная боль)

    Bosh og’rig’ining eng og’ir va xavfli turlaridan biri. Uzoq muddatli pulsatsiyalanuvchi tutilishlar bilan tavsiflanadi. Og’riq sindromi ko’z yoki peshona hududida paydo bo’lib, qizarish, ko’z yoshlanishi va shish paydo bo’lishiga olib keladi. Bosh og’rig’i xurujlari 30 daqiqadan 1,5 soatgacha davom etishi mumkin. Bu asosan o’rta yoshdagi erkaklarda uchraydi.

    Yuqumli kasalliklar tufayli bosh og’rishi

    Bunday og’riqli hislar isitma va titroq bilan birga keladi. O’tkir nafas yo’li infektsiyalari va gripp bilan og’riqlar frontal yoki temporal qismlarda lokalizatsiya qilinadi. Agar og’riq sindromiga bakterial kasalliklar sabab bo’lsa, unda u turli xil nevrologik alomatlar bilan birga kelishi mumkin.

    Sinusli bosh og’rig’i

    Ushbu turdagi og’riq burun sinuslari hududida yallig’lanish jarayoni bilan yuzaga keladi. U burun va burun yo’llari shishi bilan birga keladi. Burun atrofi sohasi va peshona qismlarda og’riqli hislar yuzaga keladi. Ular asosiy kasallik tuzalguncha odamni bezovta qilishi mumkin.

    Bosh miya ichki bosimi oshishi sababli bosh og’rishi

    Kuchli og’riq, ko’ngil aynishi va yorqin nurga toqat qilmaslik bilan birga keladi. Ular boshning butun yuzasiga tarqalib, ko’z atrofigacha og’riq yetib borishi mumkin. Og’riqning bu turi tug’ilish jarohatlaridan so’ng va bosh miya jarohati olganlarda kuzatiladi.

    Uch shoxli nerv chaqirgan bosh og’rig’i

    Bunday og’riqning xuruji bir necha soniya davom etadi, ammo og’riqli yo’l bilan farq qiladi. Bu gaplashayotganda yoki ovqat eyayotganda paydo bo’lishi mumkin. Uch shoxli nervning zararlanishi tufayli bosh og’rishi stomatit, sinusit va kariyes fonida rivojlanadi.

    Bosh og’rig’i belgilari

    Bosh og’rig’iga quyidagi asosiy alomatlar hamroh bo’lishi mumkin:

    • qon bosimining ko’tarilishi;
    • qon tomirlar kengayishi;
    • pastki qovoqlarning og’irligi;
    • umumiy charchoq;
    • noaniq nutq;
    • qusish;
    • ongni chalkashishi;
    • mushak og’rig’i;
    • isitma;
    • aqliy charchoq.

    Diagnostika usullari

    Bosh og’rig’ining sababini aniqlash uchun shifokor bemorni tekshiradi va og’riqli hislarning tabiati, davomiyligi va lokalizatsiyasini aniqlaydi. Tashxisni tasdiqlash uchun yuqumli kasalliklar, autoimmun kasalliklarni va boshqalarni aniqlash maqsadida elektroensefalografiya, rentgen, kompyuter tomografiyasi, elektromiyografiya, MRT va boshqa laboratoriya diagnostika usullari amalga oshiriladi.

    Qaysi shifokor bilan bog’lanish kerak?

    Agar jarohatdan keyin bosh og’rig’i sizni bezovta qilsa, travmatolog yoki jarroh qabuliga boring. Boshqa hollarda, avval terapevtga tashrif buyuring. Shifokor dastlabki tashxislashni o’tkazadi va qaysi tor mutaxassisga murojaat qilish kerakligini aytadi, bular nevropatolog, LOR, endokrinolog, ortoped bo’lishi mumkin.

    Bosh og’rig’i davosi

    Davolash strategiyasi bosh og’rig’iga sabab bo’lgan kasallik yoki jarohatga bog’liq. Odatda davolash uchun quyidagilar ishlatiladi:

    • yallig’lanishga qarshi dorilar;
    • og’riq qoldiruvchi dorilar;
    • miorelaksantlar;
    • antidepressantlar;
    • manual terapiya;
    • ignaterapiya;
    • massaj;
    • fizioterapiya;
    • osteopatiya;
    • fizioterapiya.

    Qiyin holatlarda mutaxssislar tomonidan gormonal vositalarni qo’llash orqali og’riqdan xalos bo’lishga yordam beriladi. Davolash kursi kasallikning og’irligiga bog’liq. Bemor kofein va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni kamaytirishi yoki butunlay cheklashi, chekishni tashlashi va o’rtacha jismoniy faollikni ta’minlashi kerak.

    Bosh og’rishiga qarshi dorilar

    1. Paratsetamol. Ushbu vosita steroid bo’lmagan yallig’lanishga qarshi dorilar guruhiga kiradi va og’riq qoldiruvchi xarakterga ega. Agar ushbu preparat bosh og’rig’ini yengillashtirsa, yangi preparat izlashingizga xojat yo’q.
    2. Bo’shashtiruvchi vositalar: Agar bosh og’rig’i ish joyida uzoq vaqt o’tirishdan kelib chiqsa (kuchlanish og’rig’i), bu holda relaksantlar eng samarali bo’ladi. Bunga quyidagilar kiradi: midokalm, sirdalud.
    3. NSYQDlar — nosteroid yallig’lanishga qarshi dorilar: Ibuprofen, Diklofenak, Asetilsalitsil kislotasi.
    4. Kombinatsiyalangan analgetiklar. Analgetiklik darajasini oshirish uchun NSYQD vositalar spazmlitiklar, paratsetamol va kofeinning turli xil birikmalariga asoslangan ko’plab preparatlar mavjud. Bular sitramon, pentalgin, solpadein, novigan. Ular bir tarkibli dori-darmonlarga qaraganda samaraliroq ishlaydi.
    5. Triptanlar. Faqat tasdiqlangan tashxis bilan tayinlanadi.

    Shuni unutmasligimiz kerakki, har qanday dori juda ko’plab yon ta’sirlarga ega. Ularni nazoratsiz qabul qilish bir qator asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Bosh og’rig’i kuzatilganda og’riq qoldiruvchi dorilarni necha marta qabul qilish mumkin?

    Mutaxassislar og’riqli dorilarni oyiga 15 kundan ortiq qabul qilishni tavsiya etmaydi. Bu bitta faol moddadan iborat bo’lganlarga tegishli. Bir necha faol moddalarni o’z ichiga olgan og’riq qoldiruvchilarni oyiga 10 kundan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi.

    Og’riq qoldiruvchi dorilarni tez-tez ishlatilish xavfi qanday?

    Maxsus bosh og’rig’ini rivojlanish xavfi mavjud — bu og’riq qoldiruvchi vositalardan kelib chiqqan bosh og’rig’i (Абузусная головная боль) deb ataladi. Bunday holda, og’riq qoldiruvchi preparat bosh og’rig’ini qo’zg’atadi. Bunday og’riqni davolash juda qiyin kechadi.

    Biror kishi uzoq vaqt (oylar, yillar) og’riq qoldiruvchi moddalarni iste’mol qilsa, bu turli xil organlarning ishiga ta’sir qilishi mumkin, ya’ni: jigar, buyraklar, oshqozon-ichak trakti (ba’zida o’limga olib keladigan qon ketishiga olib keladi). Eng an’anaviy og’riq qoldiruvchi vositalarni nazoratsiz ishlatish foydadan ko’ra ko’proq zarar etkazishi mumkin!

    Uy sharoitida bosh og’rig’ini davolash va oldini olish usullari

    • Yetarlicha suv iching — Suvsizlanish fonida bosh og’rig’i yuzaga kelganda uni yengillatish uchun kun davomida ko’proq suv ichish, tarkibida suyuqlik miqdori yuqori bo’lgan ovqatlarni iste’mol qilish kifoya.
    • Ratsionga magniy qo’shing — Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, magniy yetishmovchiligi migren bilan og’rigan odamlarda tez-tez uchraydi. Bemorlarga kuniga 600 mg magniy sitrat ichish so’ralgan. Ushbu choralar bosh og’rishi xurujlari intensivligini va chastotasini pasaytirgan.*
    • Spirtli ichimliklardan voz keching — Spirtli ichimliklar vazodilatator hisoblanadi. Bu qon tomirlarini kengayishiga olib keladi va qon oqishini osonlashtiradi. Odamlarning ma’lum bir toifasida bunday mexanizmlar bosh og’rig’iga sabab bo’ladi. Spirtli ichimliklar gipotenziv dorilar kabi ishlaydi, bu esa yon ta’sir sifatida bosh og’rig’iga sabab bo’lishi mumkin.
    • To’g’ri uyquni ta’minlang — Uyqusizlik ba’zi odamlarda bosh og’rig’i yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Shu jumladan ko’p uxlash ham bosh og’rishiga sabab bo’lishi mumkin. Kuniga 7-9 soat uxlash tavsiya etiladi.
    • Gistamin o’z ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlarini cheklang.
    • Efir moylaridan foydalaning — Bosh og’rig’iga qarshi kurashda yalpiz va lavanta efir moylari yaxshi natijalar beradi.
    • B vitaminlarini iste’mol qiling;
    • Sovuq kompresslarni sinab ko’ring — Sovuq kompresslar kuchli bosh og’rig’ini engillashtiradi.
    • Choy yoki kofe iching — Qahva yoki choyni asta-sekin ichish bosh og’rig’iga yordam beradi. Kofein emotsional fonga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, kuch beradi, qon tomirlarini toraytiradi. Bu xususiyatlarning barchasi bosh og’rig’i xuruji paytida odamning holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
    • O’tkir hidlardan saqalning — Konsentrlangan atirlardan, kuchli hidli mahsulotlardan, tamaki tutunidan qochish migren xuruji ehtimolini pasaytiradi.
    • Zanjabilli choy iching — Zanjabil ildizi antioksidant va yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega foydali elementlarga boy. Zanjabil ko’ngil aynishidan xalos bo’lishga, bosh og’rig’i alomatlarini yo’qotishga yordam beradi.